MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
167
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA BOLALAR ADABIYOTIDAN
SAMARALI FOYDALANISH YO’LLARI
Rajabova Noila Maxmadmuso qizi, Axborot texnologiyalari va menejment
universiteti Boshlangʻich ta'lim yo'nalishi talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida bolalar
adabiyotining ahamiyati, uning o‘quvchilarning tafakkuri, nutqi, axloqiy tarbiyasi va
badiiy didini shakllantirishdagi o‘rni, shuningdek, bolalar adabiyotidan samarali
foydalanish usullari tahlil qilinadi. Ilmiy-nazariy yondashuvlar hamda amaliy
tajribalarga asoslanib, pedagogik faoliyatda bolalar adabiyotidan foydalanishning
samarali yo‘llari yoritiladi.
Kalit so‘zlar: bolalar adabiyoti, boshlang‘ich ta’lim, badiiy asar, kitobxonlik,
tarbiya, nutqni rivojlantirish, didni shakllantirish.
EFFECTIVE USE OF CHILDREN'S LITERATURE IN PRIMARY
EDUCATION
Rajabova Noila Maxmadmuso qizi
University of Information Technologies and Management
Student of Primary Education Department
Abstract. This article discusses the importance of children's literature in the
primary education process, its role in developing students' thinking, speech, moral
upbringing, and aesthetic taste, as well as effective methods of using children's
literature. Based on scientific-theoretical approaches and practical experiences, it
highlights effective ways of integrating children's literature into pedagogical activities.
Keywords: children's literature, primary education, literary work, reading culture,
upbringing, speech development, aesthetic taste formation.
Introduction.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
168
Boshlang‘ich ta’lim inson hayotidagi eng muhim bosqichlardan biri bo‘lib, bu
davrda bola shaxsining intellektual, axloqiy, estetik va ijtimoiy jihatdan shakllanishi
sodir bo‘ladi. Ushbu jarayonda bolalar adabiyotining o‘rni beqiyosdir. Bolalar uchun
mo‘ljallangan badiiy asarlar nafaqat o‘qish malakalarini shakllantirish, balki
o‘quvchilarda ijobiy fazilatlarni tarbiyalash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga
yetkazish vazifalarini ham bajaradi.
Main part.
Bolalar adabiyotining boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni. Bolalar adabiyoti — bu
bolaning yoshiga, psixologik holatiga va tafakkur darajasiga moslab yaratilgan badiiy
asarlardir. Bu asarlar orqali bola hayot, tabiat, insoniylik, vatanparvarlik kabi
tushunchalar bilan tanishadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dunyoqarashi
endigina shakllanayotgan davrda ular uchun mo‘ljallangan adabiy matnlar orqali ko‘p
ma’naviy va axloqiy bilimlar berilishi mumkin.
Bolalar adabiyotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
Nutqni va fikrlashni rivojlantirish;
-
Axloqiy qadriyatlarni singdirish;
-
O‘quvchilarda mustaqil fikrlash va kitobxonlik madaniyatini
shakllantirish;
-
Estetik didni oshirish.
Bolalar adabiyotidan samarali foydalanish yo‘llari. Boshlang‘ich sinfda bolalar
adabiyotidan samarali foydalanish quyidagi metodik yondashuvlarni o‘z ichiga oladi
bular:
Badiiy asarlarni to‘g‘ri tanlash. Bolalar yoshiga mos bo‘lmagan asarlar
ularning qiziqishini so‘ndirishga olib keladi. Shu bois har bir sinf bosqichi uchun
quyidagilar tavsiya etiladi:
1–2-sinflar: ertaklar, qisqa she’rlar, topishmoqlar, masallar (misol: “Zumrad va
Qimmat”, Cho‘lponning bolalarga oid she’rlari).
3–4-sinflar: hikoya, rivoyat, dostonlar qismlari, realistik voqealarga asoslangan
asarlar (misol: G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari, Abdulla Qodiriyning qisqa
hikoyalari).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
169
Iborali va ifodali o‘qishga o‘rgatish. Asarlarni iborali o‘qitish orqali
o‘quvchilarning tovush boyligi, talaffuz aniqligi va badiiy tafakkuri rivojlanadi.
Matnni rollarga bo‘lib o‘qitish, dramatizatsiya qilish kabi usullar bu jarayonda
samaralidir.
Bolalar yoshiga mos bo‘lmagan asarlar ularning qiziqishini so‘ndirishga olib
keladi. Shu bois har bir sinf bosqichi uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
1–2-sinflar: ertaklar, qisqa she’rlar, topishmoqlar, masallar (misol: “Zumrad va
Qimmat”, Cho‘lponning bolalarga oid she’rlari).
3–4-sinflar: hikoya, rivoyat, dostonlar qismlari, realistik voqealarga asoslangan
asarlar (misol: G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari, Abdulla Qodiriyning qisqa
hikoyalari).
Asosiy g‘oyani tahlil qilish. Har bir o‘qilgan asardan keyin muhokama tashkil
etish orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin bayon qilishga o‘rgatiladi. Bu esa tanqidiy
va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Asardan keyin quyidagi savollar orqali tanqidiy
fikrlashni rivojlantirish mumkin:
Qahramonning qanday xatti-harakatlari sizga yoqdi?
Agar siz shu holatda bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lardingiz?
Bu asardan qanday xulosa chiqardingiz?
Illyustratsiyalardan foydalanish. Bolalar asarni o‘qibgina qolmasdan, uni
ko‘z oldiga keltirishi uchun rasm va tasvirlardan foydalanish muhimdir. Bu orqali
o‘quvchilarda tasavvur qilish qobiliyati oshadi. O‘quvchilar rollarga bo‘linib, asar
mazmuni asosida sahna ko‘rinishlarini tayyorlaydilar. Bu:
-
nutq madaniyatini rivojlantiradi;
-
jamoaviy ishlash malakasini oshiradi;
- tasavvur va ijodiylikni faollashtiradi.
O‘yin elementlarini qo‘llash. Badiiy matnlar asosida didaktik o‘yinlar,
viktorinalar, topishmoqlar va sahna ko‘rinishlari tashkil etish o‘quvchilarni kitobga
bo‘lgan qiziqishini oshiradi. O‘quvchilar asarni o‘qigach, unda tasvirlangan manzara,
voqea yoki qahramonni chizadilar. Bu usul:
- bolalarning estetik didini rivojlantiradi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
170
- matnni chuqur tushunishga xizmat qiladi.
6. Yozma mashqlar bilan bog‘lash
O‘quvchilar o‘qigan asarlar asosida insho yozish, personajga maktub yozish,
hikoya davomini to‘ldirish kabi topshiriqlar orqali yozma nutq malakalari rivojlanadi.
Zamonaviy axborot vositalari orqali adabiy asarlarni o‘rganish samaradorligini ohirish
mumkin:
-
Audiokitoblar: eshitish orqali matnni qabul qilish.
-
Videoertaklar: animatsion ko‘rinishda ko‘rish orqali tahlil.
-
Multimediali taqdimotlar: asarni PPT slaydlar orqali tushuntirish.
Interaktiv testlar: matn asosida onlayn savol-javoblar tuzish.
Bolalar adabiyotining tarbiyaviy ahamiyati. Bolalar adabiyoti orqali
o‘quvchilarda:
-
vatanparvarlik (Vatan haqida hikoyalar);
-
mehnatsevarlik (mehnatga oid ertaklar);
-
insonparvarlik (mehr-oqibat mavzulari);
-
adolat va halollik (axloqiy ertaklar) kabi fazilatlar shakllanadi.
Adabiyot vositasida tarbiya berish didaktik vosita sifatida yuqori samara
beradi. Chunki bola badiiy asar qahramonining hayoti orqali to‘g‘ri xulosa chiqaradi
va uni ongli ravishda o‘z hayotiga tadbiq etadi.
A.V. Zaporozhetsning asosiy g‘oyasida ilgari surilgan, bolalar adabiyoti
bolaning psixologik rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Zaporozhets bolalar
adabiyotini bolaning hissiy olami va aqliy faoliyatini shakllantirish vositasi sifatida
tahlil qilgan. L. S. Vygotskiy esa “Yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasiga ko‘ra, badiiy
matnlar bolada mavjud bo‘lmagan ijtimoiy va axloqiy tajribalarni o‘zlashtirish
imkonini beradi. Vygotskiy adabiyotni ijtimoiy ongni rivojlantiruvchi vosita sifatida
qaraydi. N. K. Krupskaya bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun
sifatli bolalar adabiyoti asosiy vosita hisoblanadi. U o‘qituvchi va kutubxonachining
hamkorligiga katta ahamiyat bergan.
O‘zbekiston Milliy Universiteti va Nizomiy nomidagi TDPU olimlari so‘nggi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
171
yillarda adabiy o‘qish, bolalar psixologiyasi va ta’limda innovatsion metodlar
bo‘yicha bir qancha ilmiy maqolalar e’lon qilindi. Ularda o‘qituvchilar uchun amaliy
ko‘rsatmalar va metodik tavsiyalar berilgan.
Conclusion
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida bolalar adabiyotidan samarali foydalanish
o‘quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi.
Bunday asarlar bolalarning dunyoqarashi, axloqiy qarashlari, badiiy-estetik didi va
ifodali nutqini shakllantirishda o‘ta samaralidir. O‘qituvchilar badiiy adabiyotdan
foydalanishda metodik yondashuvlarga asoslanib, o‘quvchilarning yosh va psixologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularni o‘qishga, tahlilga va ijodiy ishlarga
yo‘naltirishi zarur.
Ilmiy tadqiqotlar va pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bolalar
adabiyotidan foydalanishda dramatizatsiya, tasvirlash, ijodiy yozuv mashg‘ulotlari,
interaktiv texnologiyalar kabi usullar yuqori samara beradi. Shuningdek, adabiy
tanlovlar va kitobxonlik musobaqalari orqali o‘quvchilarda adabiyotga mehr
uyg‘otiladi.
Shunday ekan, boshlang‘ich ta’limda bolalar adabiyotini keng va maqsadli
qo‘llash, uni o‘quv-tarbiyaviy jarayonning asosiy komponenti sifatida shakllantirish —
zamonaviy ta’lim oldidagi dolzarb vazifalardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Vygotskiy, L. S. (1982). Pedagogik psixologiya. Moskva: Pedagogika nashriyoti.
2. Zaporozhets, A. V. (1979). Bola psixologiyasi. Moskva: Znaniye.
3. Krupskaya, N. K. (1955). Ta’lim va tarbiya masalalari. Moskva: Pedgiz.
4. Nurgaliyev, G. G. (2015). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy ongni
shakllantirishda adabiyotning o‘rni. Qozog‘iston: Al-Farobiy nomidagi QozMU.
5. Yo‘ldoshev, X. (2017). Adabiyot va estetik tarbiya. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.
6. Raxmonqulova, S. (2020). Boshlang‘ich ta’limda badiiy o‘qish metodikasi.
Toshkent: TDPU nashriyoti.
7. Mavlonova, R., Jo‘raeva, M. (2022). Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va
metodikasi. Toshkent: Innovatsiya Ziyo.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
172
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2021). Adabiy o‘qish darsliklari
(1–4-sinflar). Toshkent.
9. Saidahmedov, N. (2019). Pedagogik texnologiyalar. Toshkent: Fan va texnologiya
nashriyoti.
10. G‘afur G‘ulom. (2018). Tanlangan asarlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa birlashmasi.