MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
15
QURUQLIK BILAN O‘RALGAN O’ZBEKISTONNING XALQARO
BOZORGA MAHSULOT YETKAZIB BERISHDA DUCH KELAYOTGAN
LOGISTIK MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
39a-24 Logistika guruh talabasi
Qilichova Muxlisa Yunus qizi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgani uchun uning bevosita dengiz
portlariga chiqish imkoniyati yo‘q. O‘zbek tovarlari xalqaro savdoga chiqish uchun bir
necha davlatlarning chegarasidan o‘tishi lozim. Bu esa ortiqcha xarajat va muammolarni
keltirib chiqadi. Davlatimiz quruqlikda joylashgani uchun biror mahsulotini chetga suv
yo‘li orqali chiqarmoqchi bo‘lsa, yukini olib o‘tadigan davlatlarning transport
infratuzilmasiga bog’lanib qoladi. Bu esa yuk yetib borishi yoki kelishidagi
kechikishlarni yuzaga keltiradi. Bunday muammosi bor davlatlar dunyoni 39 tani
tashkil
qiladi. Transport xarajatlari yuqori bo‘lgandan keyin eksport qilinayotgan
mahsulotlarning narxi oshadi va ularning xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligi
pasayadi. O‘zbekistonning ichki transport tuzulmasi ham xalqaro savdo talablariga
javob bermaydi. Ular modernizatsiyaga muhtoj , sababi yo‘l tarmoqlarining ko‘plab
qismi eskirib qolgan. O‘zbekiston tranzit mamlakatlar bilan hamkorlikdagi harakatlarni
kuchaytirish va xalqaro hamkorlik loyihalarida faol ishtirok etishi lozim. Xalqaro savdo
yo‘llariga kirish, O‘zbekiston uchun logistika xarajatlarini kamaytirish va iqtisodiy
o‘sishni tezlashtirishga imkon yaratadi. O‘ylashimiz mumkinki, o‘sha tovarlarni xalqaro
savdoga boshqa usulda, ya’ni suv yo‘li orqali emas balki, havo yo‘llari orqali chiqarsa
ham bo‘ladi deb, biroq havo orqali tashish juda qimmat, suv orqali tashish eng arzon
tashuv hisoblanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
16
O‘zbekistonning xalqaro savdo bozoriga raqobatbardosh mahsulotni kam
xarajatlar orqali chiqarishi uchun, davlatimiz transport va bojxona sohalarida raqamli
hamkorlikni kuchaytirishi lozim. Geografik joylashuvi xalqaro savdoda turli
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, lekin bu cheklovlarni ko‘ptarmoqli transport tizimini
takomillashtirish orqali hal qilish mumkin.