MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
125
KADRLARNI TAYYORLASH VA SIFAT JIHATIDAN
TAKOMILLASHTIRISH
BAYMATOVA U.S.,
CHirchiq OTQMBYU Qo‘shinlar kundalik faoliyati va qo‘shinlarni boshqarish
kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsent.
Annotatsiya.
Maqolada harbiy ta’limni sifat jihatidan takomillashtirish
yo‘nalishlari, mexanizmlari, rivojlantirishning shart-sharoitlari va imkoniyatlaridan
unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
o‘quv jarayoni, harbiy ta’lim, pedagog kadrlar, yetakchilik,
rivojlantirish, samaradorlik.
Aннотация.
В статье раскрываются качество военного образования,
развитие
направлений,
механизмы
и
продуктивное
использование
возможностей и условий развития, а также требования, предъявляемые
учебным заведениям.
Ключевые слова:
учебный процесс, военная наука, педагогические кадры,
лидерство, развитие, эффективность.
Davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lmish komil inson tarbiyasiga mas’ul -
o‘qituvchi zimmasiga bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatimiz uchun ongi
yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan
bilimli, irodasi baquvvat, o‘z kasbini mukammal biladigan XXI asr kadrlarini
tayyorlash mas’uliyati yuklangan[1. 5-8 betlar].
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
50-moddasida:
Har kim ta’lim
olish huquqiga ega va 51-modda:
Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov
asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli deb belgilangan [5. 20-21
betlar].
2022 yil 28 yanvarda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida PQ-60 Prezident farmoni qabul qilindi va yettita
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
126
yo‘nalishda ishlar faoliyati belgilab berildi.
Jumladan, yettinchi yo‘nalish - Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa
salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘lib,
unda:
•
Qurolli Kuchlar yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish va
raqamlashtirishni yanada takomillashtirish.
•
Qurolli Kuchlarda yagona axborot kommunikatsiya tizimini yaratish va
axborot xavfsizligini ta’minlash.
•
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligi va tayyorgarligi hamda
o‘quv moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish.
•
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni saralash va tanlab olish tizimini
yanada takomillashtirish.
•
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasini
yaratish tizimini rivojlantirish.
•
Qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika hamda jihozlar
bilan ta’minlash.
•
Qurolli Kuchlarda axloqiy-ruhiy ta’minotni va harbiy psixologlar institutini
yanada takomillashtirish hamda harbiy xizmatchilarning jangovar ruhiyatini
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.
•
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlarini yanada
kuchaytirish belgilab berilgan [2. 216-225 betlar].
Belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda harbiy ta’lim o‘z oldiga quyidagi
maqsadlarni qo‘yadi:
belgilangan muddatlarda o‘z Vataniga sodiq, intellektual
jihatdan rivojlangan va teran fikrlay oladigan, zamonaviy umumqo‘shin janglarda,
qism va bo‘linmalarni qo‘llash nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha puxta bilimlarga ega,
ehtimoli mavjud bo‘lgan, harbiy harakatlar teatridagi, qiyin jangovar-xizmat va
tezkor vaziyatlarga tez aniqlik kirita oladigan, maqsadga muvofiq qarorlarni mustaqil
qabul qilib, mohirona amalga oshira oladigan, yuqori shtab madaniyatiga va oqilona
tashabbusga, keng dunyoqarashga, yuqori tarbiyaviy, mafkuraviy va ma’naviy-
ma’rifiy sifatlarga ega, qo‘shinlarni jangovar harakatlarini tashkillashtiradigan va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
127
ta’minlaydigan hamda ularni boshqara oladigan, shaxsiy tarkibni o‘qitish va
tarbiyalash, tarkibiy tuzilmalarda nizom talablarini mustahkam ushlab turish
mahoratiga hamda yuksak axloq-odob va dunyoqarashi hamda fikrlash doirasi keng
bo‘lgan yuqori professional, qism va bo‘linmalarda mustahkam intizomni ushlab
turish hamda harbiy xizmat xavfsizligini ta’minlash kabi amali ko‘nikmalarga ega
harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatli, fidoyi va mard oliy malakali ofitserlarni
tayyorlash [3].
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2022 yil 15 sentabr dagi 686-
sonli buyrug‘i, “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy
ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida” gi Nizom.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim
muassasalari (matn davomida-OHTM) faoliyatini belgilaydi.
OHTM o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari,
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri va Qurolli Kuchlar bosh shtabi
boshlig‘ining buyruq va direktivalari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, mazkur
Nizom va OHTM ustaviga amal qiladi.
Shuningdek, OHTM jangovar va safarbarlik shayligi, garnizon xizmati
masalalari bo‘yicha OHTM joylashgan harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining
buyruqlariga amal qiladi.
OHTM oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar:
o‘z Vatani – O‘zbekiston Respublikasiga va xalqiga sodiq, OHTM
bitiruvchisining ixtisoslik bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan malaka
talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorgarligini sifatli tashkillashtirish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
128
harbiy bo‘linmani mohirona boshqarish, murakkab taktik vaziyatda tezkor
qaror qabul qilishva mustaqil harakatlanish, maqsadga muvofiq qarorlarni qabul
qilish va shaxsiy reja namunasi bilan o‘z bo‘ysunuvchilarini jangovar-xizmat
vazifalarini bajarishga safarbar etish qobiliyatiga, harbiy ish sohasida chuqur bilimlar,
yuksak ma’naviy-ruhiy, ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, yetakchilik, keng
dunyoqarash va intellekt, yuqori tashkilotchilik va boshqaruvchanlik faoliyatiga oid
sifatlariga ega hamda ishonib topshirilgan jangovar texnika va qurol-aslahani to‘g‘ri
qo‘llashga oid ko‘nikmalarni puxta egallagan ofitserlarni tayyorlash;
OHTM magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ixtisosligi va yo‘nalishiga mos
keluvchi ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta’minlash;
o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkilotlarda kursant va
tinglovchilarning amaliyotlari, stajirovkasi, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik
dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlarini bajarishi uchun bu tashkilotlar bilan
OHTM (fakultet, kafedralar) o‘rtasida shartnomalar va kelishuvlarni tuzish;
magistratura tinglovchilarini tayyorlash jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim muassasalari, tarmoq ilmiy-izlanuvchilik va loyiha muassasalarining
yetakchi olimlari, shuningdek xorijiy olimlar, yuqori malakali, tajribali
mutaxassislarning soatbay asosida ishga jalb qilish;
operativ-taktik va taktik pog‘onaga mansub ofitser kadrlar va harbiy
pedagoglarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish;
professor-o‘qituvchilar tarkibining professional mahoratlarini oshirish,
qo‘shinlarda katta tajriba to‘plagan ofitserlarni, yuqori malakali mutaxassislarni,
mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilarini
o‘qituvchilik faoliyatiga jalb etish;
o‘quv va moddiy-texnik bazani rivojlantirish, ta’lim jarayoniga ta’limning
zamonaviy texnologiyalari, usullari, texnik vositalari va kompyuter texnologiyalarini
tatbiq qilish;
ta’lim jarayoni va qo‘shinlarning kundalik jangovar-xizmat faoliyati o‘rtasida
uzluksiz aloqani ta’minlash;
jangovar harakatlar olib borishning zamonaviy usullarini hamda harbiy fan va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
129
texnika sohasida erishilgan so‘nggi yutuqlarni chuqur tahlil qilish asosida o‘quv va
uslubiy adabiyotlar, qo‘llanma va nizomlarni ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi harbiy xizmat va ofitserlik
kasbi nufuzini oshirishda faol ishtirok etish.
OHTM boshlig‘i tinchlik va urush davrida: OHTMning jangovar va safarbarlik
shayligi; jangovar vazifalar OHTM tomonidan muvaffaqiyatli bajarilishi; OHTMdagi
ta’lim jarayoni, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligi, tarbiyasi, harbiy intizomi
va ma’naviy-ruhiy holati hamda harbiy xizmat xavfsizligi; kadrlarni lavozimga
tayinlash; ichki tartib; OHTM qurol-aslahalari, harbiy texnikasi va boshqa moddiy
vositalarining holati va but saqlanishi; OHTMning texnik, moddiy, tibbiy, moliyaviy,
ijtimoiy-huquqiy va maishiy ta’minoti uchun javob beradi. U O‘zbekiston
Respublikasi mudofaa vazirining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosariga
bo‘ysunadi va OHTMning barcha shaxsiy tarkibi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliq
sanaladi[4].
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:
1. Boshqaruv asoslari. Darslik. Toshkent-2020. O‘R QK Akademiyasi.
SH.To‘laganova, U.Boymatova, B.Djuraev.
2. Boshqaruv faoliyati asoslari. Darslik. 1 qism. ChOTQMBYU-2022. U. Baymatova,
J.Artikov, A.Nazarmatov, A. Djuraev.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 605-sonli buyrug‘i 2022 yil 16
avgust. –T., 2022.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 686-sonli buyrug‘i 2022 yil 15
sentyabr. –T., 2022
5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. “O‘zbekiston” –T., 2023.