Vol. 26 No. 2 (2025)
Articles
O'ZBEKISTONDA RAQAMLI LOGISTIKANI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Hozirgi kunda har bir tarmoqdagi korxonalar raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirmoqda va o‘zlarining modellarini yangi raqamli transformatsiya tendentsiyalari asosida qayta shakllantirmoqda. Kompaniyalar yangi jarayonlarni taklif qilishda davom etishyapti yoki mavjudlarini o‘zgartiryapti. Bundan tashqari, yangi kompaniyalar madaniyatini yaratish, hatto iste’molchilarning o‘zgaruvchan ehtiyojlari va bozor, mijozlar talablarini qondirish uchun mijozlar yangi tajribalarini joriy etishyapti. Xususan, Logistika va transport sohasidagi raqamli o‘zgarish tarmoq kompaniyalariga yangi texnologiyalarning afzalliklaridan foydalanishga va doimiy ravishda kengayib borayotgan bozorda raqobatbardosh bo‘lishga yordam beradi.

TO`QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT KORXONALARINI IQTISODIY RIVOJLANTIRISH BO`YICHA MULOHAZALAR
Ushbu maqola to`qimachilik va yengil sanoat korxonalarini iqtisodiy rivjlantirish masalalariga bag`ishlanadi. Shuningdek, korxonalarni iqtisodiy rivojlanishdagi omillari, imkoniyatlari,ta`minot masalalari va energetika, xom-ashyo yetkazishdagi muammolar,va davlatimiz tomonidan ushbu sohani rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlar haqida gap boradi.
MUSIQALI DRAMMA OPERAL VA BALET
Ushbu maqolada musiqali drama, opera va balet san’at turlarining shakllanishi, o‘zaro aloqasi va badiiy ifoda vositalari ilmiy-tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi. Musiqa, dramaturgiya va sahna harakati uyg‘unligi orqali obraz yaratish jarayoni, tarixiy taraqqiyoti va bugungi davr san’atida tutgan o‘rni yoritiladi.
UNDERSTANDING DIFFERENT ENGLISH ACCENTS
English sounds different depending on where it is spoken. Whether it is a British accent, an American twang, or an Aussie drawl, each English accent offers a unique way of communicating. For learners, understanding these accents is essential - not just for language proficiency, but for building stronger connections with people from different backgrounds. Accents are more than just variations in speech, they reflect cultural identities and help shape how we communicate with others. This article explores why understanding different English accents is so important for language learners.
GEORG FRIDERIK GENDEL IJODIDA SHARQ MUSIQASI
TEMURIYLAR DAVRI CHOLG`ULARI
Buyuk sarkarda Amir Temur davrida musiqa va sanʼat gullab-yashnagan. Temuriylar koʻpincha ilm-fan va musiqaga e'tiborini qaratishadi. Shu davrda musiqa yanada rivojlanadi va bundan tashqari madaniy almashinuv va savdo sotiq ham rivojlana boradi. Amir Temurni oʻzi ham musiqani sevuchi va doim qoʻllab-quvvatlangan. Temuriylar saroyida musiqiy tadbirlar, bayramlar va marosimlar koʻp boʻlar edi. Saroyda musiqachilar, rassomlar, shoiru olimlar bir joyda faoliyat koʻrsatishgan. Bu davrida musiqa rivojlanishi uchun koʻplab yangiliklar yur beradi.
XORAZMSHOHLAR DAVLATI PARCHALANISHINING AYRIM SABABLARI
Ushbu maqolada Xorazmshohlar davlatining mo’g’ullar bilan olib borgan diplomatik aloqalar, o’zaro elchilik munosabatlari yoritib o’tilgan. Chingizxon elchilarining O’trordagi dahshatli halokati o’zaro aloqalarning buzilishiga hamda Xorazmshohlar davlatiga mo’g’ul bosqinchilarining yurishiga asosiy sabab bo’lganligi bayon etilgan
KIMYOVIY KINETIKA VA UNI OTM LARDA O’QITISHNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada asosan kimyo fanini o’qitishda talabani pedagogik mahoratiga oid tajribalarni qo’llash metоdlarini nazariy asoslari keltirilgan. Mazkur maqolada kimyoviy kinetikaning nazariy asoslari, reaksiyalar tezligi va uni ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Kimyoviy kinetikaning ilmiy va amaliy ahamiyati yoritilib, uni oliy ta’lim muassasalarida (OTM) samarali o‘qitishning dolzarbligi asoslab beriladi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion o‘qitish metodlarining kimyo fanini o‘zlashtirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, talabalarda mustaqil fikrlash va tajriba asosida tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda kimyoviy kinetika bo‘yicha bilimlarning o‘rni ko‘rsatib berilgan. Maqola OTMda kimyo fanini o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.
QUYOSH ENERGIYASINI ELEKTR ENERGIYASIGA AYLANTIRISHNING FIZIK ASOSLARI
ushbu maqolada quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda sodir bo’luvchi fizik jarayonlarning mohiyati va ahamiyati yoritib berilgan. Quyosh qurilmalarida sodir bo’ladigan issiqlik fizikaviy jarayonlar, yoqillg’i energiya tejamkorligiga erishishga doir tadqiqotlarning taxlili fizkaviy qonunlar asosida yoritilgan.
MIKROO’LCHAMLI KREMNIY ASOSLI TERMOELEKTRIK MATERIALLAR OLISH ISTIQBOLLARI
ushbu maqolada mikroo‘lchamli kremniy asosli termoelektrik materiallarning olinish texnologiyalari hamda texnika taraqqiyotida tutgan o‘rni, boshqa an’anaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqarishning iloji bo‘lmagan yangi materiallar va mahsulotlar olish imkonini berishi kabi avfzalliklari ahamiyati yoritib berilgan.
FOTOO’TKAZUVCHANLIK VA YORUG’LIKNING YARIMO’TKAZGICHLARDA YUTULISHI
ushbu maqolada fotoo’tkazuvchanlik haqida to’liq malumot hamda formulalr keltirilgan hamda yorug’likning yarimo’tkazgichlarda yutulishi to’g’risida batafsil yoritib berilgan. Fotoo’tkazuvchanlik mavzusi orqali quyosh nurini quyosh panellarida yutulishi hamda yarimo’tkazgich materiallarda fotonlarning yutulish hodisalari mukammal qilib o’rgatiladi.
FOTOEFFEKT HODISASINI FIZIK MAZMUNI HAMDA FOTOELEMENT XOSSALARINI O’RGANISH USULLARI
Ushbu maqolada fotoeffekt hodisasining fizik mazmuni va mohiyati, asosiy qonuniyatlari hamda fotoelement xossalarini o‘rganish usullari batafsil yoritib berilgan. Bu usullar orqali fotoeffekt hodisasi hamda fotoelement xossalari mukammal o'rganiladi va yangi texnologiyalar yaratishga asos sifatida xizmat qiladi.
KICHIK QUYOSH ELEKTR STANSIYALARINI TADBIQ QILISH VA LOHIHALASHTIRISH
ushbu maqolada kichik quyosh elektr stansiyalari qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ichida tutgan o’rni, ahamiyati, undan foydalanishning samarali usullari, uzoq hududlar, qishloq xo‘jaligi, kichik bizneslar va uy xo‘jaliklarini energiya bilan ta’minlashdagi avfzalliklari yoritilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston sharoitida quyosh energiyasidan foydalanish istiqbollari, davlat qo‘llab-quvvatlashi va kichik quyosh elektr stansiyalarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar muhokama qilingan.
QUYOSH ELEKTR STANSIYALARINING BOSHQARUV TIZIMI
ushbu maqolada quyosh elektr stansiyalarining boshqaruv tizimi, quyosh energetika stansiyasi quyosh energiyasini foydalanishga yaroqli elektr energiyasiga aylantirishi uchun birgalikda ishlaydigan muhim tizimlarning tasnifi keltirilgan. Quyosh energiyasi global energiya iste’molini kamaytirish va atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun muhim manba hisoblanadi. Ushbu maqolada quyosh elektr stansiyalarining boshqaruv tizimiga oid asosiy jihatlar, ularning samaradorligini oshirish va operatsiyalarini optimallashtirish maqsadida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar ko‘rib chiqiladi.
YARIMO’TKAZGICH MATERIALLARNI MUQOBIL ENERGETIKADAGI O’RNI
ushbu maqolada quyosh energiyasini o‘zgartirish va qayta ishlashda yarimo’tkazgich materiallarning ahamiyati, qo’llanilish sohalari yuzasidan fikr yuritilgan. Ularning xossalarini o‘rganish ustida olib borilayotgan tadqiqot ishlari hamda maliy natijalar muhokama qilindi hamda adabiyotlar tahlili amalga oshirildi.
YARIMO’TKAZGICH MATERIAL ASOSLI FOTOELEMENTLARDA FOTOO’TKAZUVCHANLIK
ushbu maqolada yarimo’tkazgichda yorug’lik yutilishi bilan belgilanuvchi noturg’un o’tkazuvchanlik elektronlarning va teshiklarning konsentratsiyalariga bog’liqlik qonuniyatlari muhokama qilingan. Yarimo’tkazgichning fotoo’tkazuvchanligini aniqlovchi asosiy parametr – tashuvchilarning yashash vaqti hisoblanib, bu parametrlarni boshqarish uchun turli xil tipdagi kirishmalar ishlatiladi. Ularning xossalarini o‘rganish ustida olib borilayotgan tadqiqot ishlari muhokama qilindi.
TURIZM IQTISODIYOTI: O’ZBEKISTONNING MADANIY MEROSINING IQTISODIY AHAMIYATI
Maqolada O‘zbekistonning boy madaniy merosi — tarixiy yodgorliklar, arxitektura ansambllari va qadimiy shaharlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri yoritiladi. Madaniy meros obyektlarining turizm sohasidagi o‘rni, ular orqali yaratilayotgan iqtisodiy imkoniyatlar, ish o‘rinlari, investitsiyalar va infratuzilma rivoji tahlil qilinadi. Ushbu obyektlarni saqlash va ulardan samarali foydalanish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash muhimligi asoslanadi.
O'ZBEKISTON VA MARKAZIY OSIYO: MINTAQAVIY IQTISODIY INTEGRATSIYA IMKONIYATLARI
Mazkur maqolada Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi oʻrni, mavjud imkoniyatlari va istiqbollari tahlil qilinadi. Mintaqa davlatlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, transport-logistika infratuzilmasining uygʻunlashuvi, energetika va suv resurslaridan foydalanish kabi ustuvor yoʻnalishlar integratsiyaning asosiy omillari sifatida koʻrib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yoʻlida mavjud toʻsiqlar, muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari haqida fikr yuritiladi. Maqolada iqtisodiy geografik yondashuv asosida Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasi, qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro manfaatli sheriklik munosabatlari va barqaror rivojlanishga erishish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
GLOBAL IQTISODIYOTDA RAQOBATBARDOSHLIKNING INNOVATSION OMILLARI
Global iqtisodiyotda raqobatbardoshlik omillari mamlakatlarning davomli taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Ularni rivojlantirish orqali har bir davlat o'z o'rnini mustahkamlashi hamda xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonishi mumkin.
JADIDCHILIK HARAKATI
Jadidchilik harakati O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin tutgan ijtimoiy va madaniy yangilanish harakati bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyatni zamonaviylashtirish, ta’lim tizimini isloh qilish, milliy ongni uyg‘otish va xalqning madaniy darajasini oshirish edi. Bu harakat XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllanib, asosan musulmon jamiyatining an’anaviy qadriyatlari va ta’lim tizimiga qarshi yangi, ilmiy va ma’rifiy yondashuvlarni targ‘ib qildi. Jadidchilik so‘zi arabcha “yangi” ma’nosini anglatadi va bu harakat o‘z nomiga mos ravishda eski va eskirgan qarashlarni yangilashga intildi. Ushbu maqolada Jadidchilik harakati va uning natijalari haqida ma'lumotlar berilgan.
UNDERSTANDING DIFFERENT ENGLISH ACCENTS
English sounds different depending on where it is spoken. Whether it is a British accent, an American twang, or an Aussie drawl, each English accent offers a unique way of communicating. For learners, understanding these accents is essential - not just for language proficiency, but for building stronger connections with people from different backgrounds. Accents are more than just variations in speech, they reflect cultural identities and help shape how we communicate with others. This article explores why understanding different English accents is so important for language learners.
NARROWBAND INTERNET OF THINGS SECURITY THREATS AND COUNTERMEASURES
Internet of Things technologies have become an integral part of business and public life. This technology can be seen in almost every major city in Russia. Many leading countries are at a relatively high level of mass implementation of Internet of Things technology. Many areas of activity of the country directly depend on the Internet of Things: "smart home", "smart city", digital agriculture, automation of production, etc. At the same time, it is necessary to take into account that the diversified use of technologies entails a special interest of attackers and an increase in security threats. In this regard, experts have a question of ensuring security. This article discusses the characteristics of Internet of Things devices, the main security threats of narrowband Internet of Things and recommendations for countermeasures.
MADANIYATLAR ARO FARQLAR VA ULARNING TARJIMA JARAYONIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada tarjima faoliyatida madaniyatlararo tafovutlarning o‘rni, ularning tarjima sifatiga ta’siri, madaniy birliklarning o‘ziga xosligi va ularni tarjima qilishdagi asosiy yondashuvlar ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Amaliy misollar asosida tarjimada uchraydigan madaniy tafovutlar aniqlanadi hamda tarjimada bunday xatolarni oldini olish tushuntiriladi.
FIZIKADA NYUTON HALQASI YORDAMIDA INTERFERENSIYA HODISASINI REAL VA VIRTUAL HOLDA KUZATISH
Fizika fani eksperimental fan hisoblanadi. Shu sababdan, uning asosini tajribalar tashkil etadi.
Mazkur maqolada Oliy ta’lim muassalarida fizikadan Nyuton halqasi yordamida interferensiya hodisasini real va virtual holda kuzatish tajribalarini bajarishga kompleks yondashuvning uslubiy asoslari tavsiflangan. Fizika fanini o‘qitishda yangi bo‘lgan real va virtual namoyish tajribalardan foydalanish usullarining afzalliklari bayon qilingan.
JISMONIY FAOLLIK VOSITASIDA SALOMATLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI VA MODELLARI
Jismoniy faoliyat sog‘liqni saqlashda eng muhim va samarali vositalardan biri sifatida tan olinadi. Ushbu tadqiqot jismoniy faoliyatning sog‘liqka ta’sirini va uning zamonaviy konseptlari hamda modellari tahlil qilinishiga qaratilgan. Hozirgi kunda jismoniy faoliyatning ahamiyatini e’tirof etgan ilmiy tadqiqotlar mavjud bo‘lib, bu borada yangi metodologiyalar va modellarga asoslangan yondashuvlar ishlab chiqilgan. Jismoniy faoliyatning sog‘liqka ta’sirini aniqlash va uning inson organizmidagi rolini o‘rganish uchun zamonaviy konseptlar va modellarning tahlili zarur. Shuningdek, jismoniy faoliyat bilan bog‘liq muammolar va cheklovlar, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish lozim. Jismoniy faoliyatning sog‘liqka ta’siri global sog‘liqni saqlash strategiyalari va har bir insonning turmush tarzini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy tadqiqotlar jismoniy faoliyatni sog‘liqni mustahkamlashning samarali va universallik keltiradigan vositasi sifatida ko‘rsatmoqda. Mavjud konseptlar va modellarni samarali amalga oshirish uchun individual va ijtimoiy xabardorlikni oshirish zarur.Ushbu tadqiqot jismoniy faoliyatning sog‘liqka ta’sirini yaxshilash va unga bog‘liq muammolarni hal qilishda yangi usullar va yondashuvlarni ishlab chiqishga qaratilgan.
THE IMPACT OF METACOGNITIVE STRATEGIES ON READING COMPREHENSION IN FRENCH LANGUAGE LEARNERS
This study examines the impact of metacognitive strategies on reading comprehension among beginner-level learners of French as a Foreign Language (FLE). Metacognitive strategies, including planning, monitoring, and evaluating, enable learners to regulate their cognitive processes and enhance understanding of complex texts. Through a mixed-methods approach, this research investigates how explicit instruction in these strategies influences learners’ ability to comprehend and analyze authentic French reading materials. The findings reveal a significant improvement in reading comprehension scores and increased learner awareness of effective reading techniques. This study underscores the pedagogical importance of integrating metacognitive strategy training into FLE curricula to foster autonomous and proficient language learners.
DAROMAD SOLIG'INING MAHALLIY BYUDJETLAR DAROMADLARIDAGI O'RNI: SIRDARYO VILOYATI MISOLIDA
Ushbu maqola Sirdaryo viloyati misolida mahalliy byudjet daromadlarida daromad soligʻining oʻrni, dinamikasi va iqtisodiy taʼsirini tahlil qiladi. Tadqiqotda 2020–2023 yillardagi statistik maʼlumotlar, qiyosiy tahlil (Polsha, Janubiy Koreya va Qozogʻiston tajribasi) va ekspert baholash usullari qoʻllanilgan. Natijalarga koʻra, viloyat byudjetidagi daromad soligʻining ulushi 32% dan 38% ga koʻtarilgan boʻlsa-da, qishloq xoʻjaligi va kichik biznesda soliq intizomining sustligi tufayli uning toʻliq salohiyati roʻyobga chiqmagan. Maqolada soliq yigʻimlarini oshirish uchun raqamli monitoring, agrosanoat klasterlari, soliq imtiyozlari va soliq madaniyatini rivojlantirish kabi takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu choralar amalga oshirilganda, viloyat byudjet daromadlarini 85% gacha oshirish, yashirin ish bilan bandlikni kamaytirish va soliq bazasini kengaytirish mumkin.
KICHIK YOSHDAGI BOLALARDA O’QISHGA QIZIQISHNI OSHIRISHDA O’QITUVCHINING ROLI
Ushbu maqolada kichik yoshdagi bolalarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishda o‘qituvchining tutgan o‘rni va vazifalari yoritilgan. Ayniqsa, o‘qituvchining shaxsiy namunasi, interfaol va o‘yin asosidagi metodlardan foydalanishi, shuningdek, dars jarayonida ijobiy psixologik muhit yaratish orqali o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan ichki motivatsiyani rivojlantirish usullari tahlil qilinadi. Maqola boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI O’QISH VA O’YIN FAOLIYATIDAGI QIZIQISHLARI
Maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning qiziqishlari va ularning shaxsiy rivojlanishidagi roli keng tahlil etiladi. Bolalar qiziqishlari orqali dunyoni anglaydi, bilimga intilishi kuchayadi va ijodkorlik salohiyati rivojlanadi. Tadqiqotda qiziqishlarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar – oilaviy muhit, ta’limiy jarayon, o‘qituvchining yondashuvi va tengdoshlar bilan munosabatlar yoritiladi. Shuningdek, qiziqishlarni aniqlash, rag‘batlantirish va ularga mos sharoit yaratish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi. Ushbu mavzu zamonaviy ta’limda dolzarb hisoblanadi, chunki har bir bolaning qiziqishi uning individual rivojlanish yo‘lini belgilab beradi.
ZAMONAVIY YOSHLARNING IJTIMOIY MOSLASHUVDAGI ASOSIY MUAMMOLARI VA ULARNING SABABLARI
Ushbu ilmiy maqola zamonaviy yoshlarning ijtimoiy moslashuv jarayonida duch keladigan asosiy muammolarini kompleks tarzda tadqiq etadi. Tadqiqotda psixologik, ijtimoiy, madaniy va texnologik omillarning yoshlar ijtimoiylashuviga ta'siri tahlil qilingan.Tadqiqotda retrospektiv tahlil usuli qo'llanilib, so'nggi 10 yil ichida nashr etilgan 15 ta ilmiy manba tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, yoshlarning ijtimoiy moslashuvi murakkab ko'p omilli jarayon bo'lib, uning samaradorligini oshirish uchun psixologik yordam, ta'lim islohoti va avlodlararo hamkorlikni kuchaytirish zarur.
EKONOMETRIK TADQIQOTLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Mazkur maqolada ekonometriya sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi, ularning statistik tahlil va modellashtirish jarayonidagi o‘rni hamda samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot dolzarbligi shundaki, hozirgi kunda iqtisodiy ma’lumotlar hajmi keskin ortib borayotgan bir paytda, ularni tezkor va aniq qayta ishlashda axborot texnologiyalari muhim vosita hisoblanadi. Ayniqsa, katta hajmdagi ma’lumotlarni (big data) tahlil qilish, murakkab regressiya modellari qurish va ularni optimallashtirishda dasturiy vositalarning roli beqiyosdir. Tadqiqotning asosiy maqsadi – ekonometriya fanida qo‘llanilayotgan dasturiy vositalar (Stata, EViews, R, Python va boshqalar) orqali ma’lumotlar bilan ishlash, tahlil qilish va prognozlash imkoniyatlarini o‘rganishdir. Metodologik yondashuv sifatida amaliy tahlil, statistik regressiya modellashtirish va kompyuter dasturlari bilan simulyatsion eksperimentlar asos qilib olingan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, axborot texnologiyalaridan foydalanish ekonometriya modellarini samarali qurish va ularni amaliy masalalarda tatbiq etishda muhim afzalliklar beradi. Xususan, real vaqt rejimida ma’lumotlar tahlili, avtomatlashtirilgan model tanlash, hamda vizualizatsiya orqali tushunarli taqdimot imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi.
TREND BO'YICHA REGRESSIYA TENGLAMASI QIYMATLARINI TEKSHIRISH: IMITATSION USUL VA SSENARIY USULI
Ushbu maqola trend bo'yicha regressiya tenglamalarining ishonchliligi va aniqligini tekshirishda qo'llaniladigan imitatsion usul (Monte-Karlo simulyatsiyasi) va ssenariy usulini keng yoritadi. Imitatsion usul tasodifiy o'zgarishlar orqali modelning barqarorligini sinovdan o'tkazsa, ssenariy usuli turli kelajak holatlari asosida bashoratlarning moslashuvchanligini baholaydi. Shuningdek, usullarni birgalikda qo'llashning afzalliklari va zamonaviy dasturiy vositalar yordamida hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi.
ZAMONAVIY SHAROITDA DAVLAT XARIDLAR TIZIMIDAGI MOLIYAVIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada zamonaviy sharoitda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va moliyaviy munosabatlarni samarali boshqarish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda davlat xaridlari tizimining huquqiy asoslari, moliyaviy munosabatlarning o‘rni va elektron xarid tizimlarining samaradorlikka ta’siri batafsil o‘rganilgan. Shuningdek, dunyo tajribasidagi ilg‘or yondashuvlar va ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ushbu maqola davlat xaridlari tizimini shaffoflik va samaradorlik nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "TAʼLIM TO'G'RISIDAGI" QONUNI
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, bank sohasida tahsil olayotgan talabalarning kasbiy tayyorgarligida mazkur qonunning tutgan oʻrni yoritiladi. Qonunda belgilangan tamoyillar, taʼlim shakllari va taʼlim muassasalari faoliyati bank tizimi uchun zarur boʻlgan malakali mutaxassislarni yetishtirishga qanday ta’sir qilishi asoslab berilgan. Bundan tashqari, maqolada uzluksiz taʼlim, kadrlar malakasini oshirish, xalqaro hamkorlik va zamonaviy taʼlim texnologiyalarining roli singari jihatlar ham yoritiladi. Maqola, ayniqsa, moliya va bank sohasi uchun zarur boʻlgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishda “Taʼlim to‘g‘risidagi” qonunning o‘rni qanday ekanini ko‘rsatishga qaratilgan.
TERMIZ TARIXINI O’RGANISH
Tarixiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan beri o‘troq holda yashab kelayotgan insonlarni o`zida jamlagan navqiron Termiz shahri haqida qadimda juda ko`plab olimlar o`z asarlarida to`xtalib o`tgan. Markaziy Osiyo tarixi va mintaqa xalqlarining madaniy taraqqiyotini Termiz shahri tarixisiz hamda osori-atiqalarisiz tasavvur qilish nihoyatda qiyin. Jahon tarixiga munosib hissasini qo`shgan va qo`shib kelayotgan bu qadimiy shahar o`zining taraqqiyot bosqichida ko`pdan-ko`p hayajonli davrlarni boshidan o`tkazdi, necha ming yillar davomida tashqi dushmanlarning hujumlariga munosib qarshilik ko`rsatib “Madinat ul-rijol” (Mardlar shahri) unvoniga ega bo`ldi. Balki shu sababdan Termiz shahri azal-azaldan jahon tarixchilari va olimlari, ulug` allomalarning diqqat-e`tiborini o`ziga tortib kelgan.

ELEKTROMOBILNI EKSPLUATATSIYASIDAGI KAMCHILIK TOMONLARINI TAXLILI
Elektromobillardan foydalanish va ishlab chiqarish bugungi kunda juda tez suratlarda oshib bormoqda.Bugungi kunda dunyoda avtomobillar ishlab chiqarishni juda ko‘p kompaniyalari o‘zlarining elekromobillarini namoyish etmoqda, masalan:Tesla volkswagen, BYD, Changan, avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ular bugungi hunda ko‘plab zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lsada, ekspluatatsiyasida qilish jarayonida ularning kamchiliklari ko‘zga tashlanadi, masalan:uzoq masofalarga yurishda buni yaqqol ko‘rish mumkin.
IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYATDA TEXNOLOGIYALAR
Mazkur tezisda ijtimoiy-pedagogik faoliyatda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda axborot-kommunikatsion texnologiyalar, multimedia vositalari, pedagogik yondashuvlar, virtual va masofaviy ta’lim shakllari hamda interfaol metodlarning ijtimoiy-pedagogik ishdagi roli tahlil qilingan. Texnologiyalarning yoshlar bilan ishlashdagi samaradorligi, ularni ijtimoiy jarayonlarga tayyorlashdagi yondashuvlar asoslab berilgan. Shuningdek, turli pedagogik texnologiyalar misolida ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
ASIMMETRIK AXBOROT NAZARIYASI VA BOZOR MUVAFFAQIYATSIZLIKLARI
Mazkur maqolada asimmetrik axborot nazariyasining iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni va uning bozor muvaffaqiyatsizliklariga olib keluvchi mexanizmlari tahlil qilinadi. Iqtisodiy agentlar o‘rtasidagi axborot tengsizligi sababli yuzaga keladigan "adverse selection" va "moral hazard" kabi hodisalarning ta’siri misollar orqali ochib beriladi. Xususan, sog‘liqni saqlash, sug‘urta va mehnat bozorlaridagi amaliy holatlar nazariy asoslar bilan bog‘lab ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu muammoni yumshatish yoki bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan signalling va screening kabi usullar hamda davlat aralashuvining zarurligi asoslanadi. Maqola bozor iqtisodiyoti samaradorligiga axborotning qanday ta’sir ko‘rsatishini chuqurroq anglashga yordam beradi.
THE ROLE OF SELF-REGULATION IN LANGUAGE LEARNING
This article explores the importance of self-regulation in the process of learning a foreign language. It highlights how learners who are able to set goals, manage their time, monitor their progress, and reflect on their strategies achieve better results. The article is based on theoretical frameworks such as Zimmerman’s self-regulated learning model and Oxford’s taxonomy of language learning strategies. The findings suggest that fostering self-regulation leads to more independent, motivated, and successful language learners.
MUKOVISTSIDOZDA KO’P TIZIMLI SHIKASTLANISHLAR VA KOMPLEKS DAVOLASH YONDASHUVLARI
Irsiy asosda rivojlanadigan mukovistsidoz, ko‘p tizimli shikastlanishlarga olib keladigan va organizmda CFTR genidagi mutatsiyalar sababli yuzaga keladigan jiddiy kasallikdir. Ushbu kasallikning klinik kechishi nafas yo‘llari, me’da-ichak trakti, jigar va reproduktiv tizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mukovistsidozda organizmda qalin va yopishqoq sekretlar to‘planib, yallig‘lanish jarayonlari rivojlanadi. Kasallikning samarali davolash uchun CFTR-modulyator dorilari, fizioterapiya, ovqatlanish nazorati va infeksiyalarga qarshi terapiyalar birgalikda qo‘llaniladi. Shu bilan birga, multidisiplinar guruhlar ishtirokida kompleks yondashuvlar kasallik kechishini yaxshilashda muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar bu yondashuvlarning bemorlar hayot sifatini sezilarli darajada oshirishga yordam berishini ko‘rsatdi.
КЛИНИЧЕСКИЙ СЛУЧАЙ ГИПЕРТОНИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНИ И АТЕРОСКЛЕРОЗА У МОЛОДОГО ПАЦИЕНТА
В этом тезисе приводится информация о клиническом случаи молодого пациента, который страдал гипертонической болезнью и атеросклерозом, про гипертоническую болезнь и атеросклероз их распространённость и негативные последствия. Приводится данные об результатах исследовании выявления причины атеросклероза и гипертонической болезни, оценки эффективности и безопасности проведенной терапии.
BOG’CHA YOSHIDA BILISH JARAYONLARI TARAQQIYOTI
Ushbu maqolada psixologiyada bilish jarayonlarining tasnifi va ularning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarda namoyon bo’lish shartlari nazariy tahlillar asosida yoritib berilgan.
INSHOOTLARNING CHO’KISHI BO’LADIGAN JOYLARDA QURILISH OLDI GEOTEXNIK TADQIQOTLARNING AHAMIYATI
Zamonaviy inshootlarning mustahkamligi va uzoq, xizmat qilishi birinchi navbatda qurilish joyining geotexnik sharoitlariga bevosita bog’liqdir. Ayniqsa, cho’kishga moyil joylarda noto’g’ri tanlangan poydevor turi yoki yetarlicha o’rganilmagan grunt qatlamlari inshootda cho’kish, deformatsiya, hatto buzilish xavfiga olib kelishi mumkin. Shu sababli qurilish oldidan chuqur geotexnik tadqiqotlar olib borish, gruntlarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash va loyihani shu asosda tuzish juda muhim sanaladi.
TRANSPORT XIZMATLARINING YALPI ICHKI MAHSULOTGA TA’SIRI
Aholi sonining ortib borishi natijasi o‘laroq hozirgi kunda transport xizmatlariga bo‘lgan talab ham yildan-yilga ortib bormoqda. Aholining transport xizmatlariga bo‘lgan talabini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston-2030“ strategiyasini ishlab chiqdi va 100 ta ustuvor vazifalari ichiga “O‘zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish” maqsadi ham 100 ta ustuvor maqsad ichida 53-o‘rinni egalladi. Asosiy vazifalaridan biri etib esa “Tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish sonini 2,5 barobar ko‘paytirish” vazifasini belgilab oldi.[1]
[1] . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori
NAVOIY VILOYATIDA MULTIMODAL LOGISTIKA TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
Logistika zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Rivojlangan mamlakatlarda logistika xarajatlari yalpi ichki mahsulotning (YaIM) taxminan 10% ini tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan O‘zbekiston kabi davlatlarda bu ko‘rsatkich 15-20% gacha yetadi. Multimodal logistika tizimi turli transport turlari (temir yo‘l, havo, avtomobil) o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan jarayonlarni birlashtirib, xarajatlarni kamaytirish va yetkazib berish tezligini oshirish imkonini beradi.
LOGISTIKA INFRATUZILMASINI MODERNIZATSIYA QILISHDA DAVLAT - INVESTITSIYA SIYOSATINING O’RNI
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida tobora rivojlanib borayotgan logistika sohasi mamlakat iqtisodiyoti o‘sishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Shu sababli ham ushbu soha infratuzilmasini moderinizatsiya qilishda davlat - investitsiya siyosatining o‘rni ahamiyatga molikdir.
JAMOAT TRANSPORTINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI (NAVOIY SHAHRI MISOLIDA)
O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunlarda olib borilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq aholi turmush tarzi kundan kunga yaxshilanib, aholining moddiy farovonligi ortib bormoqda. Shuni takidlash joizki, atrofimizni turli gadjetlar hamda texnikalar o‘rab olgan bu zamonda kundalik hayotimizni transport vositalarisiz tasavvur qilish imkonsizdir. Ayniqsa, jamoat transportlariga bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini ishlab chiqdi va uning 100 ta ustuvor maqsadlari orasida “O‘zbekiston Respublikasi global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish” maqsadi ham 53-o‘rinni egalladi hamda ushbu maqsadning dolzard vazifalari qatoriga shahar hamda tumanlarda avtobus va elektrobuslarning xizmat ko‘rsatkichlarini oshirish vazifasi ham ustuvor etib belgiladi.
Shu sababli, shahar hududida jamoat transportini rivojlantirish dolzard deb hisoblandi hamda Navoiy shahri misolida o‘rganib chiqildi
INVESTITSIYA RISKLARINING TURLARI
Mazkur maqolada investitsiya faoliyatida uchraydigan asosiy risk turlari tizimli tarzda o‘rganiladi. Zamonaviy iqtisodiy muhitda investitsion faoliyat bilan bog‘liq risklarning turlari, ularning kelib chiqish sabablari, iqtisodiy samaradorlikka ta’siri va ularni kamaytirish strategiyalari tizimli tarzda o‘rganiladi. Risk tushunchasining nazariy asoslari klassik va zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar nuqtai nazaridan tahlil qilinib, real amaliyotda uchraydigan investitsion xatarlarga oid aniq misollar keltiriladi. Xususan, bozor, kredit, likvidlilik, inflyatsiya, siyosiy, valyuta, operatsion va ijtimoiy-ekologik risklar har tomonlama tavsiflanadi. Risk tushunchasining iqtisodiy mazmuni, investitsiya jarayoniga ta’siri hamda risklarni boshqarish usullari xalqaro va mahalliy manbalar asosida ilmiy asosda yoritiladi
YOSHLAR ORASIDA BANDLIK MUAMMOSI VA UNI HAL QILISH YO’LLARI: IJTIMOIY YONDASHUV
Mazkur maqolada yoshlar bandligining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, mavjud muammolar va ularni hal qilishda ijtimoiy yondashuvning o‘rni yoritiladi. Statistik ma’lumotlar, tahliliy yondashuv va ijtimoiy faoliyat mexanizmlari asosida tahlil etilgan bu tadqiqot, yoshlarga nisbatan zamonaviy mehnat bozori talablari, davlat siyosatining yo‘nalishlari va jamoatchilik instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishga qaratilgan.
COMPARATIVE STUDY OF WORD FORMATION IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
This article provides a comprehensive comparative study of word formation processes in the English and Uzbek languages, emphasizing both structural mechanisms and semantic implications. It systematically analyzes the ways in which new words are created in these two typologically different languages. English, as an analytic language, relies significantly on syntactic constructions and less on morphological change, whereas Uzbek, as an agglutinative language, extensively uses suffixation and morphological inflection to express grammatical and lexical meaning. The article delves into major word formation techniques such as affixation, compounding, conversion, blending, and clipping in English, and compares them with corresponding methods in Uzbek, including suffixation, compounding, reduplication, and derivational morphology. In addition to outlining the similarities and differences in morphological processes, the study discusses the linguistic, cultural, and functional factors that influence lexical productivity in both languages. This comparative analysis contributes to a deeper understanding of how language typology affects word formation and offers valuable perspectives for fields such as contrastive linguistics, translation studies, second language acquisition, and lexicography.
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI ILM-FAN VA MAORIFINING KADRLAR TAYYORLASHDAGI O’RNI
Zamonaviy harbiy kadrlarni tayyorlash alohida e`tibor va texnologiyalarni talab etadigan jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonda o`tmishdagi buyuk bobolarimizning qarashlari, taktika va ilmiy salohiyatini qo`llash muhimdir. Ushbu maqolada Amir Temur va Temuriylar davri ilm-fan va harb ishining bugungi harbiy kadrlarni tayyorlashdagi ahamiyati muhokama etiladi.
СЛОЖНОЕ ПРЕДЛОЖЕНИЕ
В этой статье рассматривается сложное предложение. И виды сложного предложения. Как можно определить сложное предложение. Можете изучить подробнее сложные предложения.
KADRLARNI TAYYORLASH VA SIFAT JIHATIDAN TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada harbiy ta’limni sifat jihatidan takomillashtirish yo‘nalishlari, mexanizmlari, rivojlantirishning shart-sharoitlari va imkoniyatlaridan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
LOTIN ALIFBOSINING ZAMONAVIY LINGVISTIK VA MADANIY TARAQQIYOTIDAGI O’RNI
Ushbu maqolada lotin alifbosining zamonaviy lingvistik va madaniy taraqqiyotdagi o‘rni chuqur tahlil qilingan. Lotin grafikasi o‘zbek tilining rivojlanishiga, uning fonetik imkoniyatlarini kengaytirishga va so‘z ifodasining aniqligini oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatgani yoritilgan. Shuningdek, lotin alifbosiga o‘tish jarayonining madaniy hayotda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘lgani, xalqaro ilmiy va madaniy makonga integratsiyalashuvdagi roli haqida fikr yuritilgan. Maqolada lotin yozuvida ifodalanayotgan milliy o‘zlik va zamonaviy taraqqiyot tendensiyalari tahlil qilingan.
АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИГРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА
Данная статья посвящена анализу эффективности использования игровых технологий на уроках русского языка. В работе подчёркивается, что игровые методы являются важным инструментом для повышения мотивации учащихся, активизации их познавательной деятельности и формирования устойчивого интереса к предмету. Игры способствуют развитию когнитивных способностей школьников — памяти, внимания, логического и творческого мышления, а также речевых и коммуникативных навыков. Игровая форма обучения помогает создать положительный психологический климат в классе, снижает уровень тревожности и способствует более глубокому усвоению учебного материала. Также подчёркивается необходимость грамотного подхода со стороны педагога: игры должны быть тщательно подобраны и органично встроены в учебный процесс. Статья делает вывод о том, что игровые технологии являются эффективным средством обучения, которое делает уроки русского языка более динамичными, увлекательными и результативными.
IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL TEACHING AT THE INSTITUTE: PROBLEMS AND SOLUTIONS
Today, universities strive to ensure the normal functioning of the educational process, the qualitative achievement of educational results that meet the state standard, and the necessary level of motivation, health, and development of students. Educational institutions are trying to switch from a functioning mode to a development mode, purposefully engaging in innovative work. The purpose of this article is to create a control system as one of the ways to improve the effectiveness of education quality management.
BUTUN JAHON VA O'ZBEKISTON REPUBLIKASI IQTISODIDA LOYIHA MENEJMENTINING TUTGAN O'RNI VA UNI RIVOJLANTIRISHGA BO'LGAN TALABLAR
Mazkur maqola zamonaviy sohalardan biri bo’lgan Project Management ya’ni loyiha menejmentining nazariy asoslari, uning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni, ilg‘or davlatlar tajribasi hamda raqamli transformatsiya sharoitida bu sohaning rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida loyiha menejmentining tutgan o’rnini loyiha menejmenti tamoyillarini joriy etish zarurati va imkoniyatlari ham ochib berishga qaratilgan. Hozirgi davrda mamlakatlar iqtisodiyotining jadal rivojlanishi davrida yangidan yangi sohalarning vujudga kelishi va ularning boshqaruv shakllarinig o’zgarish jarayonlarida loyiha boshqaruvi va uning mutaxassislariga bo’lgan talab tobora ortib bormoqda. Maqolada iqtisod, sanaoat sihlab chiqarish sohalarida loyiha menejmentining ahamiyatliligi muallif tomonidan turli yondashuvlar bilan ko’rib chqiqilgan. Buning asosida xususan O‘zbekiston Respublikasida Project Management ning katta ahamiyatliligi va dolzarbligi asoslangan.
STEFAN-BOLSMON QONUNINI LABORATORIYA SHAROITIDA TEKSHIRISH
Bu ishda Stefan–Boltzmann qonunining nazariy asoslari va uni tajriba yo'li bilan ta'minlash usullari bayon qilingan.
Qonunga ko'ra, jism nurning intensivligi uning mutlaq haroratining to'rtinchi darajasiga mutanosibdir. Ish uchun issiqlik nurlanishining haroratga bog'liqligi maxsus laboratoriyai uchun o'rganilgan. Olingan eksperimental grafik ko'rinishda tahlil va qonunning haqiqiylik isbotlandi. Tadqiqotning Stefan–Boltzman qonunining amaliyotdagi ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi va issiqlik fizikasi bo'yicha bilimlarni chuqurlashtirishga yordam beradi.
FIZIKADA MALYUS QONUNINI REAL VA VERTUAL TAJRIBALAR ASOSIDA O’RGANISH
Ushbu tadqiqot fizikada Malyus qonunini real va virtual tajribalar asosida o‘rganishga bag‘ishlangan. Malyus qonuni, ya’ni yorug‘likning sinishi va qaytishi prinsipi optika sohasida muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda real laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan tajribalar va kompyuter simulyatsiyalariga asoslangan virtual tajribalar qiyoslanadi. Real tajribalarda optik asboblar (masalan, linzalar va prizmalar) yordamida yorug‘lik sinishi burchaklari o‘lchanadi, virtual tajribalarda esa maxsus dasturiy ta’minotlardan foydalanib, bir xil shartlar simulyatsiya qilinadi. Tadqiqotning maqsadi Malyus qonunining amaliy va nazariy jihatlarini tahlil qilish, shuningdek, real va virtual tajribalarning aniqligi, samaradorligi va o‘quv jarayonidagi o‘rnini baholashdan iborat. Natijalar real tajribalarning yuqori aniqlik berishini, virtual tajribalarning esa tezkorlik va xavfsizlik jihatidan afzalliklarini ko‘rsatdi. Tadqiqot fizika ta’limida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini ochib beradi.
NYUTON XALQALARINING INTERFERENSION MANZARASINI REAL VA VIRTUAL LABORATORIYA SHAROITIDA KUZATISH
Ushbu ishda Nyuton halqalarining interferension manzarasi optik tajriba orqali o‘rganiladi. Nyuton halqalari – bu yorug‘lik to‘lqinlarining interferensiyasi natijasida hosil bo‘ladigan doira shaklidagi rangli yoki qoramtir halqalardir. Ular tekis sirtga joylashtirilgan sharchaning ustiga yorug‘lik tushirilganda yuzaga keladi. Tajriba davomida interferensiya hodisasi asosida yorug‘lik to‘lqinlarining fazaviy farqlari va ularning natijasida hosil bo‘ladigan konstruktiv va destruktiv interferensiya tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu hodisaning optik asboblar va texnologiyalardagi ahamiyati, yuzalarning tekislik darajasini aniqlashdagi roli ham ko‘rib chiqiladi.
FIZIKADA FRENEL BIPRIZMASI YORDAMIDA YORUG’LIKNING INTERFERENSIYASINI ANIQLASH VA KUZATISH
Fizika fani eksprimental fan hisoblanadi. Shu sababdan uning asosini tajribalar tashkil etadi.
Mazkur tezisda Oliy ta’lim muassasalarida fizikadan frenel biprizmasi yordamida yorugʻlikning interferensiyasini aniqlash va kuzatish tajtibalarni bajarishga kompleks yondashuvning uslubiy asoslari tavsiflangan. Shuningdek fizika fanida labaratoriya va ekprimental tajribalardan foydalanishning qulayligi va afzalligi bayon qlingan.
“O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI” AJ EKSPLUATATSION FAOLIYATINING TEXNIK – IQTISODIY KO’RSTAKICHLARI KLASSIFIKATSIYASI
Temir yo‘l transportining ekspluatatsiya faoliyati (ishi) – bu tashish jarayonini tashkil etish va amalga oshirish bilan bog‘liq barcha temir yo‘l korxonalari va tarkibiy tuzilmalarining ishlab chiqarish faoliyatidir. Temir yo‘lning ekspluatatsiya ishi temir yo‘lni barcha element va tizimlarini birlashtiradi.
РАЗВИТИЕ МАРКЕТИНГОВОГО УПРАВЛЕНИЯ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ АВТОМОБИЛЬНОГО ТРАНСПОРТА
В данной статье изложены вопросы внедрения новых форм управления в качестве одного из приоритетных направлений совершенствования маркетинговой деятельности рынка услуг автомобильного транспорта в сфере грузоперевозок.
DEVIAND XULQ-IJTIMOIY PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Deviant xulq, odamning ijtimoiy me'yorlarga, qoidalar va odatlarga zid bo'lgan xatti-harakatlarini ifodalaydi. Bu holat, asosan, jamiyat tomonidan qabul qilingan normativ xulq-atvorlarning buzilishi sifatida qaraladi. Deviant xulqning shakllanishi ko'plab omillarga, jumladan, genetik, psixologik, ijtimoiy va madaniy ta'sirlarga bog'liq bo'lishi mumkin. Yoshlar orasida deviantsiya, o'zgaruvchan ijtimoiy sharoitlar, ta'limdagi muammolar, oilaviy nizolar va boshqa turli xil omillar tufayli keng tarqalgan.
Pedagogik nuqtai nazardan, deviantsiya – bu o'quvchilarning yoki yoshlarning normativ xulq-atvor me'yorlaridan chetga chiqishi, ularning ta'lim jarayoniga va ijtimoiy hayotga moslashishidagi qiyinchiliklarni anglatadi. Bunday holatlar, o'z navbatida, o'quvchilarning akademik muvaffaqiyatlariga, ijtimoiy o'zaro aloqalariga, va ular bilan ishlashdagi pedagogik yondashuvlarga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Deviant xulqni tahlil qilish va unga to'g'ri pedagogik yondashuvni ishlab chiqish jamiyatda ma'naviy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogika, bu turdagi xulqni o'rgatish va unga qarshi kurashish, yoshlarning salbiy xulq-atvorlarini oldini olish va ularni ijtimoiy normaga mos ravishda tarbiyalash uchun samarali metodlarni ishlab chiqish uchun zarurdir.
Deviant xulq bilan bog'liq pedagogik muammolarni hal etishda, ota-onalar, pedagoglar, psixologlar va boshqa mutaxassislarning hamkorligi katta ahamiyatga ega. Bunday yondashuvlar yoshlarni o'z hayotiga mas'uliyatli yondashishga, jamiyat me'yorlariga moslashishga va ijtimoiy muhitda muvaffaqiyatli bo'lishga yordam beradi.
ALALIYA
Alaliya – bu, odatda, odamning psixologik va jismoniy rivojlanishining cheklanishi yoki sekinlashuvi bilan bog'liq bo'lgan holat. U asosan, intellektual yoki psixologik qobiliyatlar, ijtimoiy munosabatlar va muloqotdagi qiyinchiliklar bilan xarakterlanadi. Alaliya, ko'pincha bolalik davrida rivojlanadi va ko'plab omillar, jumladan, genetik xususiyatlar, neyrobiologik o'zgarishlar va atrof-muhitning ta'siri bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Alaliya turli shakllarda namoyon bo'lishi mumkin: tilning rivojlanishining kechikishi, so'zlarni tushunish va aytishdagi muammolar, ijtimoiy o'zaro aloqalar o'zgarishi kabi. Bunday holatlar bilan kurashishda erta tashxis qo'yish va psixologik reabilitatsiya muhim ahamiyatga ega. Davolash usullari odatda maxsus muloqot va tilni rivojlantirish mashqlari, shuningdek, psixologik qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga oladi. Alaliya va unga o'xshash holatlar haqidagi ilmiy tadqiqotlar, shu bilan birga, turli davolash usullarining samaradorligini o'rganishga qaratilgan.
SENSOR KAMCHILIGIGA EGA BO'LGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA'LIM STRATEGIYALARI VA ULARNI AMALGA OSHIRISH SHART SHAROITLARI
Mazkur maqolada sensor kamchiligi bo'lgan bolalarning ta’lim olishi uchun ta’lim strategiyalari, sensor kamchilik turlariga qarab strategiyalar, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari, moliyalashtirish masalalari o'rganiladi. Jamiyatning sensor kamchiligi bor bo'lgan bolalarning ta’lim olishiga nisbatan munosabatini o'zgartirish, inklyuziv ta’limning afzalliklari yoritiladi.
LOGISTIKA JARAYONLARIDA SUN'IY INTELLEKTNI QO'LLASHNING SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada logistika jarayonlarida sun'iy intellektni qo‘llashning samaradorligi tahlil qilingan. Sun'iy intellekt texnologiyalarining logistika sohasidagi asosiy qo‘llanish sohalari, jumladan marshrutlarni optimallashtirish, omborlarni boshqarish, talabni prognozlash, avtomatlashtirilgan tizimlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish ko‘rib chiqilgan. Maqolada, shuningdek, sun'iy intellektning logistika jarayonlarida samaradorlikni oshirishdagi afzalliklari, jumladan xarajatlarni kamaytirish, xatoliklarni minimallashtirish va jarayonlarni tezlashtirishga qaratilgan jihatlar muhokama qilinadi. Sun'iy intellekt texnologiyalarining logistika sohasidagi rolini rivojlanish va optimallashtirish nuqtai nazaridan yoritish maqolani o'qish uchun foydali qiladi.
LOGISTIKANING YASHIL IQTISODIYOTGA TA’SIRI VA EKONOMIK TOZA TRANSPORTLAR
Ushbu tezisda logistika sohasining yashil iqtisodiyotga ko‘rsatadigan taʼsiri va ekologik toza transport vositalarining ahamiyati tahlil qilingan. Yashil logistika konsepsiyasi orqali resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ekologik toza — xususan, elektr va gibrid transport vositalarining amaliyotda qo‘llanishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy foydalari misollar bilan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil logistika tizimi barqaror rivojlanish va aylanma iqtisodiyot tamoyillarini qo‘llab-quvvatlab, zamonaviy transport infratuzilmasining ekologik barqarorligiga xizmat qiladi.
LOGISTIKA SOHASIGA SUN’IY INTELEKTNING TA’SIRI
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida tobora rivojlanib borayotgan logistika sohasi mamlakat iqtisodiyoti o‘sishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Shu sabali ham O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston-2030“ strategiyasini ishlab chiqdi va 100 ta ustuvor maqsadni ichida “O‘zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish” maqsadi ham 53-o‘rinni egalladi. Ushbu 53-maqsadning asosiy vazifalaridan biri bu - “Respublika hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 16 million tonnaga yetkazish va elektrlashgan temiryo‘llari ulushini 65 foizga oshirishdir”