Authors

  • Egamberanova Dilafruz Baxtiyorovna

Author Biography

  • Egamberanova Dilafruz Baxtiyorovna

    O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti

    Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi stajyor-o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117773

Keywords:

aksikologiya agiografik termin ilmiylik fenomen e’tiqod qadriyat aksiologik dominant tadqiqot ksenolaliya

Abstract

Oxirgi yillarda barcha sohalarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda aksiologik yondashuv asosiy ilmiy nazariya sifatida yetakchilik qilmoqda. Mazkur yondashuv nafaqat, falsafa yoki qadriyatshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar, balki fizika, kimyo, matematika, informatika, tarix, dinshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik va tarjimashunoslikda ham muhim nazariya sifatida maydonga chiqdi. Mazkur paragrafda agiografik terminlarning tarjimasida aksiologik yondashuvning zarurati va ahamiyatiga doir masalalarga to‘xtalishdan oldin, uning leksikografik ta’rifi hamda mazmun-mohiyatini aniqlashtirib olishni joiz topdik.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

273

AGIOMATNLAR TARJIMASIGA AKSIOLOGIK YONDASHUVNING

IFODALANISHI

O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti

Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi stajyor-o’qituvchisi

Egamberanova Dilafruz Baxtiyorovna

Annotatsiya: Oxirgi yillarda barcha sohalarda olib borilgan ilmiy

tadqiqotlarda aksiologik yondashuv asosiy ilmiy nazariya sifatida yetakchilik

qilmoqda. Mazkur yondashuv nafaqat, falsafa yoki qadriyatshunoslik yo‘nalishidagi

tadqiqotlar, balki fizika, kimyo, matematika, informatika, tarix, dinshunoslik,

lingvomadaniyatshunoslik, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik va tarjimashunoslikda

ham muhim nazariya sifatida maydonga chiqdi. Mazkur paragrafda agiografik

terminlarning tarjimasida aksiologik yondashuvning zarurati va ahamiyatiga doir

masalalarga to‘xtalishdan oldin, uning leksikografik ta’rifi hamda mazmun-mohiyatini

aniqlashtirib olishni joiz topdik.

Kalit so’zlar: aksikologiya, agiografik termin, ilmiylik, fenomen, e’tiqod,

qadriyat, aksiologik dominant, tadqiqot, ksenolaliya

Аннотация: В последние годы аксиологический подход становится

ведущей научной теорией во всех областях научных исследований. Этот подход

выступает как важная теория не только в философии и аксиологии, но и в

таких дисциплинах, как физика, химия, математика, информатика, история,

религиоведение, лингвокультурология, литературоведение, искусствоведение и

переводоведение. В данном параграфе, прежде чем перейти к вопросам

необходимости и значимости аксиологического подхода при переводе

агиографических терминов, мы сочли целесообразным уточнить его

лексикографическое определение и сущность.

Ключевые слова: аксиология, агиографический термин, научность,

феномен, вера, ценность, аксиологическая доминанта, исследование, ксенолалия


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

274

Annotation: In recent years, the axiological approach has emerged as a

leading scientific theory in research across all fields. This approach has become a

significant theory not only in philosophy and axiology but also in disciplines such as

physics, chemistry, mathematics, computer science, history, religious studies,

linguoculturology, literary studies, art studies, and translation studies. In this

paragraph, before addressing the necessity and significance of the axiological

approach in translating hagiographic terms, we found it appropriate to clarify its

lexicographic definition and essential meaning.

Keywords: axiology, hagiographic term, scientific nature, phenomenon, belief,

value, axiological dominant, research, xenolalia

Kirish qism:

AKSIOLOGIYA (yun. Axia - qimmat, qadr va logos-ta’limot)-

qadriyatlar to‘g‘risidagi fan degan ma’noni anglatadi.

“Aksiologiya” ning ta’rifi, qo‘llanilishi va sohalararo kesishuv masalalari

zamonaviy lingvistika uchun ahamiyatli bo‘lgani holda, mazkur fenomenning

mazmun-mohiyatiga doir izlanishlarning ildizi antik davrga borib taqaladi. Faylasuflar

o‘z ishlarida mazkur fenomen va unga yondosh tushunchalar, aksiosfera, aksiokonsept,

aksiologik yondashuv, aksiologik dominant, antropologik paradigma kabi bir qator

masalalarni yoritganlar. XIX asrning 60 yillarida nemis faylasufi G. Lotse ilk bor

mazkur fenomenga baholash me’zoni sifatida yondashadi. E. Fon Gartmann tomonidan

falsafaning bir yo‘nalishi sifatida talqin qilingan “aksiologiya” terminini fransuz

faylasufi P. Lapi ilk bor ilmiy muomalaga kiritadi. XIX asrning oxiri XX asrning

boshlariga kelib mazkur yo‘nalishda turli xil tadqiqotlar maydonga keldi. XX asrning

oxirlariga kelib, ijtimoiy sohalar, aniqrog‘i sosiologiyada ham mazkur mavzu doirasida

ilmiy munozaralar avj oldi.

Asosiy qism:

Aksiologiya sosiologiyada qadriyatshunoslik ya’ni, qadriyat

bilan bog‘liq masalalar, jamiyatda inson xulq-atvorining o‘ziga xos xususiyatlarini

bevosita belgilaydigan mexanizm sifatida talqin qilindi. Lingvomadaniyatshunoslik

hamda sosiolingvistika yo‘nalishida ham madaniyat va qadriyat, aksiologik

komponentlar, aksiosfera, aksiologik konseptlar, aksiologik strategiya kabi bir qancha


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

275

masalalar atrofida tadqiqotlar olib borildi. Mazkur tadqiqotlar natijasida va zamonaviy

yondashuvlar asosida yirik fundamental ishlar yaratildi hamda bu tadqiqotlar turli xil

rakurslarda amalga oshirildi.

Agiografik tadqiqotlarni tarjimashunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish mazkur

yo‘nalishga xos bo‘lgan so‘zlarning diniy matnlardan boshqa, ya’ni badiiy, siyosiy,

ijtimoiy hamda psixologik yo‘nalishdagi matnlarda ham uchrashi mumkinligini

namoyon etadi. Har qanday termin o‘z yo‘nalishidan tashqari maydonda

qo‘ llanilganda ma’lum bir semantik xususiyatlarini o‘zgartiradi. Mazkur

hodisa agiografiyaga oid terminlarni qayta ko‘rib chiqib, aynan qanday so‘zlar agio-

terminlarga tegishli bo‘la olishi masalasini oldimizga qo‘yadi. Xususan badiiy

matnlarda agiografik terminlarni aniqlash, ularning berilishi bilan bog‘liq

muammolarni ham o‘rganib chiqishni taqozo etadi. Tadqiqot jarayonida agiografik

matnlarni tahlil etish va ularning ma’nosini ochib berishda turli yondashuvlar

mavjudligi aniqlandi.

Jumladan, Bolonya universiteti tadqiqodchisi M.Marko buyuk insonlar

hayotiga bag ‘ishlab yozilgan asarlar va ularda berilgan noto‘g‘ri ma’lumotlarni

aniqlash jarayonida agiografik asarlarni tahlil etib o‘tgan. Uning fikricha, agiografik

matnlar ham asosan aniq bo‘lmagan manbalar asosida yoziluvchi badiiy asarlar turiga

kiradi. Badiiy biografiyaning ko‘p va xilma-xil shakllar taksonomiyasi o‘ziga xos

biografiya poetikasining tavsifi va uning adabiy masalalarini hamda adabiyot

1

dan

tashqari (tarixiy, sosiologik, falsafiy va hatto siyosiy) ta’sirlarni tahlil qiladi. Uning

epistemologik mazmunini voqelikning izohlovchi kategoriyasi sifatida baholash

mumkin. Insonning mavjudligini hikoya qilish usuli asrlar davomida madaniy sharoit

va yozuv uslublariga, ikkinchidan individuallikka berilgan e’tiborga qarab o‘zgarib

kelgan. Ushbu mezonlarning xilma-xilligi “Hayot”, “Afsona”, “Agiografiya”,

“Maqtov”, “Portret” nomlari ostida joylashgan matnli ob’yektlarni tashkil etadi va

biografik nutqning turli xil usullari bilan bog‘langan. Bu usullar quyidagi uchta turga

bo‘linadi: epidiktik, tarixiy va adabiy. Ushbu janrlarning barchasi qadimgi

parabiografiyaning belgisidir, ammo axloqiy asosda ifodalanishi nasroniy

1

Mongelli Marco. Narrer une vie, dire la vérité : la biofiction contemporaine. – Paris, 2019. – 450 p


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

276

adabiyotining martirologiyalari, afsonalari va agiografiyalari, O‘rta asrlarda taniqli

insonlar hayotining butun an’analarida ham aks etgan. Uyg‘onish davriga oid matn

tipologiyalarida shaxsning hayoti o‘z-o‘zidan kuchga ega emas, balki “parenetik

misol” o‘rnini egallaydi, boshqacha aytganda umumiy fazilatlarning kollektiv modeli

sifatida namoyon bo‘ladi. Estetik nuqtai nazardan an’anaviy biografik shakllarning

agiografiyasi va tarixiy shaxs hayotining qayta tiklanishi, hattoki, boshqa adabiy

shakllar (ayniqsa, teatr, kino, fotografiya, chizma, radio) dan foydalanishning

ahamiyatini ta’kidlash joizdir.

Faylasuf olim Alessandro Pozzo agiografik matnlardagi ilohiylashtirish

masalalariga falsafiy jihatdan yondashib, ulardagi moʻjizalarning ifodalanishini

“ksenolaliya” deb nomlaydi. Ksenolaliya so‘zi (ksenoglossia bilan sinonim) ikki

yunoncha so‘zdan iborat bo‘lib, ksenos, “begona” va laleo, “aralashtirib gapirish”,

degan ma’noni anglatadi. Bu tushuncha tilda hali to‘liq o‘rganilmagan moʻjizaviy

voqea-hodisalarni bildiradi. Insonlarni ijobiy ruhlantiruvchi agiografiya - bu o‘ziga xos

kompozisiya qoidalariga ega bo‘lgan adabiy janr. Ksenolaliya esa, moʻjizaviy ifoda

bo‘lib, tilda ilgari noma’lum bo‘lgan tushunchalarni ifodalaydi. Ushbu hodisa

2

olimlar

tomonidan ma’lum darajada tadqiq etilgan, biroq to‘liq o‘rganilmagan.

A.Pozzo mulohazalariga ko‘ra,ksenolaliyaning lingvistik xususiyatlari

o‘rganilmasligi agiomatnlarning ta’sir kuchini pasaytiradi.

3

A.L. Meril Bellini g‘arb agiografiyasi normalari va qonuniyatlari haqida yozar

ekan, mazkur manbalarda berilgan ko‘plab muloqot shakllarining gender

xususiyatlarni ham mavjudligini ta’kidlab, agiografik birliklar ko‘proq erkaklar

nutqiga xosligini ta’kidlaydi

4

. Shuningdek, mazkur tadqiqotda agiografiyaga tegishli

so‘zlarni tahlil qilishda etimologik tahlilga alohida ahamiyat berish kerakligi qayd

etilgan. Avliyolar hayoti va faoliyatidan so‘zlovchi asarlardagi ba’zi jumlalar

xalqlarning ijtimoiy hayot tarzi qonuniyatlariga aylanib borishi va shu jihatdan chuqur

tahlil etilishi yoritib o‘tilgan.

2

Mоngelli Marco. Narrer une vie, dire la vérité : la biofiction contemporaine. – Paris, 2019. – 450 p.

3

Alessandra Pozzo. Le pouvoir des mots au Moyen Âge. – Turnhout, 2014. – Р.16

4

Anne-Laure Méril-Bellini delle Stelle: Rezension von: Marie-Céline Isaïa / Thomas Granier: Normes et hagiographie

dans l'Occident latin (Ve - XVIe siècle). Lyon, 2010.

URL:http://www.sehepunkte.de/2015/03/25475.html


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

277

Islom agiografiyasida muhim ahamiyat kasb etgan tariqat, shariat, haqiqat

hamda ma’rifat kabi tushunchalar borki, ular bugungi kunga kelib inson ma’naviy-

ruhiy kamolotining asosiy me’zonlari hisoblanadi. A.L. Meril Bellini ham aynan

shunday so‘zlar tadqiqiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini aytib o‘tadi. Diniy

matnlarda qo‘llaniladigan agiografik so‘zlar shu sohaga oid terminologik asosni

to‘ldirib boradi. Agiografik asarlar orqali kirib kelgan so‘zlar va diniy-tarixiy asarlarga

xos so‘zlar o‘rtasidagi farqli hamda o‘xshash jihatlarni aniqlash mazkur so‘zlarning

matndagi mohiyatini aniqlashtirishga xizmat qiladi. Biroq, har ikki turga xos bo‘lgan

so‘zlarni bir-biridan keskin farqlab bo‘lmaydi, har ikkisi ham xalqlarning e’tiqodini va

diniy qarashlarini ifodalaydi. Agiografik matnlarda foydalanilgan so‘zlarni

terminologiya qonuniyatlari asosida tadqiq etish turli matnlarda, xususan badiiy

matnlarda beriladigan mazkur so‘zlarning ilmiy asoslarini yoritish, sharhlash va

ularning adekvat tarjimasiga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Agiografik

terminlarning lingvokognitiv va lingvokulturologik tahlili, ushbu tushunchalarning

xalq ongidagi tasavvurini aniqlashga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida agio-

terminlarning badiiy matndagi kontekstual ma’nosi hamda etimologiyasini qiyosiy

tahlil etishni taqozo etadi.

Florence Windmüller (Florans Vindmyuller) xorijiy tillarni o‘rgatishning

lingvokulturologik masalalarini pedagogika nuqtai nazaridan o‘rganish jarayonida “til

va madaniyat” mavzusi tarkibiga kiruvchi leksik birliklarni batafsil sanab o‘tadi

5

.

Tadqiqot davomida maqol, matal, ibora va shu kabi nutq birliklarini til o‘rganish

jarayonida birgalikda tahlil etib borish lozimligini uqtiradi hamda ularni agiografik

manbalar tarkibiga kiritadi. F.Vindmyullerning fikriga ko‘ra, til tarkibiga kiruvchi

hamda so‘zlovchining madaniyatini o‘zida ifodalovchi jumlalar xalqning e’tiqodlari

bilan bog‘liq, shuning uchun ham ularni agiografik manbalarga xos so‘zlar sifatida

talqin qilish mumkin. Olima fikr-mulohazalarini quyidagi misol orqali izohlaydi :

“Les allusions et les connotations s’inscrivent dans une trame infinie de

références culturelles partagées par les membres d’un même groupe culturel.

5

Florence Windmüller. «Apprendre une langue, c’est apprendre une culture.» Leurre ou réalité ?. :

http://nbn-

resolving.de/urn:nbn:de:hebis:26-opus-116421

. 2015.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

278

L’assertion suivante, par exemple, « Et bien, si demain vendredi nous sommes le 1er

avril, ce sera bel et bien le jour du poisson ! » exige la connaissance de la coutume

populaire du locuteur et de son destinataire pour être compréhensible. Chaque

collectivité est ainsi en possession d’un ensemble de mots, de proverbes, de vers, etc.

qui constituent les références hagiographiques de la culture implicite

6

”. Demak,

muloqot jarayonida foydalaniladigan ishora va qo‘shimcha sharhlovchi vositalar keng

qamrovli madaniyatning bir qismini tashkil etadi. Masalan, “ertaga 1 aprel –baliq kuni”

jumlasi o‘zida xalqning uzoq yillik turmush tarzi va e’tiqodini aks ettiradi. So‘zlovchi

va tinglovchi o‘rtasidagi muloqotning tushunarli hamda samarali bo‘lishi, madaniy

bilimlarning mustahkam bo‘lishini talab etadi. Maqol, she’r va diniy oyatlar ichki

agiografik ma’lumotlar tarkibiga kiradi.

Rus olimasi N.Yu. Bikeyeva g‘arb olimlarining agiografik matn va ulardagi

terminlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi tadqiqotlarini o‘rganib, agiografiyada

tarixiylik yoki ilmiylikdan ko‘ra ko‘proq badiiy xususiyat mavjudligini ta’kidlaydi

7

.

U o‘zining « Azizlar haqidagi afsonalar » asarida qayd etishicha, Ippopit Delee

avliyolarning hayotini « epik » va « tarixiy » turlarga bo‘lib, ularni "agiografiya" va

"tarixshunoslik" tushunchalaridan farqlashni taklif qildi. Agiografiya tarixni xronik

tarzda ifodalashni yoqlamaydi, shuning uchun bunday manbalarga yondashish

yilnomalar va tarixga yondashishdan farq qilishi kerak. Shuning uchun tarix ilmi

agiografik tushunchalar : xurofot", "folklor", "ommabop e’tiqod" va avliyolar yoki

moʻjizalar haqida yozilgan manbalarni inkor etgan. Avliyolarning hayoti,

shahidlarning kechinmalari, moʻjizalar haqidagi hikoyalar, vahiylar, yodgorliklarni

haqidagi hikoyalar agiografiyaning o‘rganish obyekti hisoblanadi.

Tadqiqotchi

olim

Kristel

Rue-Delaryu

(Christelle

Rouet-Delarue)

tarixshunoslar nutqining kognitiv xususiyatlarini o‘rgangan va agiografik terminlar

shakllanishiga alohida to‘xtalib o‘tgan.

8

Olim agiografik matnlarga xos so‘zlarning

6

Florence Windmüller. «Apprendre une langue, c’est apprendre une culture.» Leurre ou réalité ?. :

http://nbn-

resolving.de/urn:nbn:de:hebis:26-opus-116421

. 2015.

7

Бикеева Н. Ю. Средневековые жития святых между историей и историографией. /Диалог со временем 65. –

Москва, 2018. 432 с.

8

Christelle Rouet-Delarue. Analyse linguistique du discours historien: des sources au genre historique? Linguistique.

Université MicheldeMontaigne-Bordeaux,2014. – 446 р.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

279

mohiyatiga chuqur kirib borish uchun korpus tahlil qilish lozimligini ta’kidlaydi. Bu

esa o‘z navbatida, agioterminlarning adekvat tarjimasi va mohiyatining yetarlicha

yoritilishiga xizmat qiladi

Fransuz tarjimashunos olimasi Karolin Filippart agiografik asarlar

tarjimasining qonuniyatlarini aniqlab, ularga leksik, grammatik va semantik nuqtai

nazardan yondashadi.

9

Tadqiqot ob’yekti bo‘lgan agiografik matnlar tarjimasi zamonaviy matematik

lingvistika qoidalari asosida qiyoslangan va statistik hisoblash orqali bir tildan ikkinchi

tilga tarjima qilib borilgan agiografik matnlarning o‘zgarib borish dinamikasini ishlab

chiqqan. Bunda lotin tilidan tarjima qilinadigan asarlarning tarixiy bosqichlari ham

inobatga olingan. Uning ta’kidlashicha, agiografik janrdagi asarlar O‘rta asrlarning eng

boy adabiy merosi hisoblangan. Asrlar davomida xristian dinining lotin korpusi yangi

matnlarning kiritilishi, eskirganlarini qayta yozish va moslashtirish, shuningdek,

matnlarni tarjima qilish orqali boyitildi. Shuningdek, Karolin Filippartning fikriga

ko‘ra Gʻarbda agiografik qayta yozish hodisasi mavjud bo‘lib, Monike Goulet (2005

yilda) tomonidan mukammal sintez qilingan bo‘lsada, bu sohada tarjima qilish

amaliyoti yetarlicha o‘rganilmagan deb hisoblanadi. Biroq, Vizantiya dunyosidan

Lotin dunyosiga tarjima orqali kirib kelgan ko‘plab agiografik matnlar mavjud. Ushbu

tarjimalarning eng qadimgi va eng mashhurlaridan biri Antaniyaning “Antuan hayoti”

asari birinchi marta tarjima qilingan sanasi aniq emas, ikkinchi tarjima 357 yilda

Avliyo Jeromning do‘sti Antioxiya Yevagri tomonidan tarjima qilingan. Sharq

shahidlari, “Otalar hayoti” va tavba qilganlarning kechinmalari VI asrdayoq lotin tiliga

tarjima qilingan. Tarjima faoliyati turli darajadagi muvaffaqiyatlar bilan davom etgan

va Rim va Neapol tarjimonlari (9-10-chi) faoliyati natijasida rivojlanib borgan.

K. Filippartning fikriga ko‘ra, asosiy qiyinchilik adabiy an’analarning mobil

xarakterida yotadi, bu esa tarjimalarni aniqlash va matn o‘rganilishini jiddiy ravishda

qiyinlashtiradi. Chunki tarjima qilingan matnlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri lotin tilida

yozilganidek ishlatilgan. Shuning uchun tarjimalarni aniqlik bilan belgilash, tarjima

9

Caroline Philippart, « La traduction dans le domaine hagiographique médiolatin : l’apport de la linguistique

quantitative», URL :

http://journals.openedition.org/rursus/1285


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

280

qilingan matnni tarjima qilinmagan matndan ajratish, hattoki lotincha versiyasi uchun

namuna bo ‘lgan yunoncha matnni topish ham muhim ahamiyat

kasb etadi. Tadqiqotchi, tarjima subkorpusida kuzatiladigan xususiyatlar

barcha tarjimalarda mavjudmi yoki ba’zi matnlarning o‘ziga xos foydalanish usuli

mavjudmi, degan savolni qo‘ygan. Faktor tahlillari grammatik kategoriyalarni

taqsimlab o‘rganishning yaxshi usuli hisoblanadi, chunki u bir vaqtning o‘zida

matndagi o‘zgarishlarni hisobga olishi va o‘rganilgan matnlarda tahlil omillari sifatida

saqlanib qolgan parametrlar assosiatsiyasini ko‘rsatishi mumkin.

O‘zbek olimlari tadqiqotlari bilan tanishish jarayonida shu narsaga amin

bo‘ldikki, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarning aksariyati agiografik terminlar

emas, balki shu guruhga kiradigan asosiy istilohlar, ya’ni diniy terminlarning

tarjimasiga qaratilganligining shohidi bo‘ldik.

Masalan, Sh.R. Amonturdiyeva o‘zbek tilidagi diniy matnlarning funksional-

stilistik tadqiqiga bag‘ishlangan ilmiy ishida asosan, diniy matnlarda til birliklari

berilishi lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlarini aniqlagan, o‘zbek tili funsional

uslublari tizimida diniy uslubning mavjudligini asoslagan, shuningdek, o‘zbekcha

diniy matnlarni funksional-stilistik yo‘nalishda o‘rganib ularga vazifaviy-uslubiy

jihatdan munosabat bildirgan.

10

Mazkur tadqiqot qiyosiy aspektda olib borilmagan

bo‘lsada, unda tadqiqotchi tomonidan diniy matlarda qo‘llanilgan so‘zlarning leksik-

semantik xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratilganligi bizning tadqiqotimizda ham

agiogafik terminlarni guruhlashtirishda

o‘zining samarali natijasini berdi. Shoira Amanturdiyeva diniy matnlarni

quyidagi guruhlarga ajratgan:

− Alloh, din, mazhab kabi tushunchalar bilan bog‘liq so‘zlar: Alloh,

allayhissalom, anbiyo;

− shariat bilan bog ‘liq so ‘zlar: azon, valiy, zohid, imom;

− diniy ijtimoiy nufuz, mansab, bajariladigan amallar bilan bog‘liq so ‘zlar:

avliyo, valiy, zohid, imom;

10

Amanturdiyeva Sh.R. O ‘zbek tili matnining funksional-stilistik tadqiqi. Filol.fan.bo ‘yicha falsafa.dok (PhD). diss...

avtoref. –Samarqand, 2020. –B .14-15.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

281

− diniy joy nomlarini ifodalovchi so‘zlar: Gʻaytul haram, Baytulloh;

− diniy kitoblar, qog‘oz bilan bog‘liq so ‘zlar: Zabur, Injil, noma’i a’mol, oyat,

sura;

− kiyim-kechaklarni ifodalovchi so‘zlar: joma, salla;

− g ‘ayb dunyosini ifadalovchi so‘zlar: arosat, arsh;

− g ‘ayb mavjudotlarini bildiruvchi so‘zlar: Azozil, Azroil;

− diniy marosimlarni ifodalovchi so‘zlar: mavlud, aqiqa.

−His-tuyg‘u, munosabat ifodalovchi so‘zlar: Allohu akbar, alhamdulilloh,

astag’firilloh.

Shoxista Sultonova muqaddas matnlarda zamon tushunchasining talqini, uning

turli til birliklaridan voqealanishini yoritib bergan.

11

Xulosa:

Aslida, diniy atamalar agiografik terminlar tarkibiga kiradi, chunki

muqaddas joy nomlari, muqaddas insonlar, avliyolar va ularning hayoti va yashash

sharoitlariga aloqador barcha leksemalarni qamrab oladi. Mazkur istilohlar qaysi dinga

tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar, agiografik terminlar tarkibiga kirib ketadi. Shu sababli

biz, tadqiqot doirasida agiografik terminlarning o‘zbekcha-fransuzcha tarjima

lug‘atining nazariy-amaliy natijalarini ishlab chiqishda yuqoridagi tadqiqotdan unumli

foydalandik.

Muqaddas

matnlarda

zamon

kategoriyasining

lingvomadaniy

xususiyatlarini o‘rgangan.

Mazkur tadqiqotda muqaddas matnlarda zamon kategoriyasining talqini, uning

lingvomadaniy xususiyatlarining temporal so‘zlar, frazeologik birliklar, maqol va

matallarda ifodalanishi ikki til materiallari asosida ochib berilgan. Qur’oni Karim va

Injildagi zamon tog‘risidagi ta’limotlar lisoniy falsafiy jihatdan talqin qilingan.

Maqolamizda muqaddas matnlardagi zamon kategoriyasining quyidagi nazariy

asoslari ishlab chiqilgan:

1) zamonning mohiyatini ochib beruvchi umumiylik va muqaddaslik;

2) muqaddas matnga xoslik;

3) antroposentrik omil;

11

S

ultonova Sh.M. Muqaddas matnlarda zamon kategoriyasining lingvomadaniy xususiyatlari. Filo.fan.bo

‘yicha.falsaf.dok (PhD) diss... avtoref. –Farg ‘ona, 2018.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

282

4) zamon kategoriyasining lisoniy voqealanishi.

Sh. Sultonova muqaddas matnlardagi zamon kategoriyasining xalq ongi va

madaniyatida qay darajada aks etishini aniqlash jarayonida musulmon hamda xristian

xalqlari madaniyatiga xos diniy bayramlar, an’analar, marosimlar va amallarni

muqaddas zamon modelini til va madaniyatda maqol, matal va iboralar vositasida

uyg‘unlashuvini asoslab, leksik-semantik, komponent hamda lingvomadaniy tahlil

orqali isbotlab beradi.

Agiomatnlar tarkibida keluvchi agiografik terminlar va ular bilan bog ‘liq

milliy-madaniy axborotlarni tarjimada to‘laqonli yaratilishi tarjima adekvatligini

ta’minlaydi. Olimlar islom agiografiyasida mavjud leksemalar, ya’ni tariqat, shariat,

ma’rifat, haqiqat kabilarni inson ma’naviy, madaniy va ruhiy kamolotini belgilovchi

mezon deb ko‘rsatadilar. Musulmon va xristian madaniyatiga xos diniy marosimlar,

urf-odatlar, an’analarning agiomatnlar tarkibida kelishi ular tahliliga lingvomadaniy

aspektda yondashishni talab etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Alessandra Pozzo. Le pouvoir des mots au Moyen Âge. – Turnhout, 2014. – Р.16

2. Amanturdiyeva Sh.R. O ‘zbek tili matnining funksional-stilistik tadqiqi. Filol.fan.bo

‘yicha falsafa.dok (PhD). diss... avtoref. –Samarqand, 2020. –B .14-15.

3. Anne-Laure Méril-Bellini delle Stelle: Rezension von: Marie-Céline Isaïa / Thomas

Granier: Normes et hagiographie dans l'Occident latin (Ve - XVIe siècle). Lyon, 2010.

URL:http://www.sehepunkte.de/2015/03/25475.html

4. Caroline Philippart, « La traduction dans le domaine hagiographique médiolatin :

l’apport

de

la

linguistique

quantitative»,

URL

:

http://journals.openedition.org/rursus/1285

5. Christelle Rouet-Delarue. Analyse linguistique du discours historien: des sources au

genre historique? Linguistique. Université MicheldeMontaigne-Bordeaux,2014. – 446

р.

6. Florence Windmüller. «Apprendre une langue, c’est apprendre une culture.» Leurre

ou réalité ?. :

http://nbn-resolving.de/urn:nbn:de:hebis:26-opus-116421

. 2015.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

283

7. Mongelli Marco. Narrer une vie, dire la vérité : la biofiction contemporaine. – Paris,

2019. – 450 p

8. Sultonova Sh.M. Muqaddas matnlarda zamon kategoriyasining lingvomadaniy

xususiyatlari. Filo.fan.bo ‘yicha.falsaf.dok (PhD) diss... avtoref. –Farg ‘ona, 2018.

9. Бикеева Н. Ю. Средневековые жития святых между историей и

историографией. /Диалог со временем 65. – Москва, 2018. 432 с.