Vol. 25 No. 4 (2025)
Articles
REAKTIV QUVVATNI KOMPENSATSIYALASHDA MODERN TEXNOLOGIYALAR VA USULLAR
Ushbu ilmiy maqola reaktiv quvvatni kompensatsiyalashda zamonaviy texnologiyalar va usullarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Elektr energiyasi tizimlarida reaktiv quvvatning mavjudligi tarmoqlarda energiya samaradorligini pasaytirishi, kuchlanishning ortiqcha o‘zgarishiga sabab bo‘lishi va tizimning barqarorligini buzishi mumkin. Shuning uchun reaktiv quvvatni kompensatsiyalash tizimlarini joriy etish, energiya tarmoqlarining samarali ishlashini ta’minlash va energiya iste’molining kamayishini ta’minlash uchun muhimdir. Maqolada reaktiv quvvatni kompensatsiyalashning asosiy metodlari va texnologiyalari, jumladan, statik va dinamik kompensatsiya tizimlari, kondensatorli va induktiv kompensatsiya tizimlari, shuningdek, avtomatik boshqarish tizimlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada bu texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi va atrof-muhitga ta’siri ham tahlil qilinadi. Maqola energiya samaradorligini oshirish, energiya tarmog‘ining ishlashini yaxshilash va ekologik ta’sirni kamaytirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning zarurligini ko‘rsatadi.

O’QUVCHINI MUSTAQIL FIKRLASHGA YO’NALTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMNING ROLI
Ushbu maqolada o‘quvchilarning integratsiyalashgan dars jarayoni orqali o'quvchilarning nutqini ostirish haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga zamonaviy metodlardan unumli foydalanish o'rgatuvchi va o'rganuvchi uchun samarali usullardan foydalanilgan. Bundan tashqari zamonaviy ta'limning boshqa maqsadi instegratsiya ta'limi orqali rivojlanishi e'tirof etilgan.
PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA O‘QITUVCHINING ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHI
Pedagogik ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bugungi kunda o‘qituvchidan raqamli savodxonlik, yangicha yondashuv va doimiy o‘zgaruvchan texnologiyalarni o‘zlashtirishni talab etadi. Ushbu mavzuda o‘qituvchining ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakasi, darsning interaktivligi, samaradorligi va o‘quvchining o‘quv jarayoniga faol jalb qilinishidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Ta’lim sifatini oshirishda raqamli resurslar, onlayn platformalar, multimediyali vositalar va boshqa innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi o‘qituvchining didaktik va metodik imkoniyatlarini kengaytiradi. O‘qituvchining zamonaviy texnologiyalardan foydalanish borasidagi tayyorgarligi va doimiy rivojlanishga intilishi zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylangan
BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada boshlang‘ich maktabda integratsiyalashgan ta’limning mohiyati, maqsadi va ahamiyati tahlil qilinadi. Integratsiyalashgan yondashuv orqali turli fanlar o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatilib, o‘quvchilarning bilimlarini amaliyotga tadbiq etish qobiliyati rivojlantiriladi. Tadqiqotda integratsiyalashgan darslarning o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikrlashi va ijodiy yondashuvini kuchaytirishga ijobiy ta’siri ko‘rsatilgan. Shuningdek, dars jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar haqida ham so‘z yuritiladi.
MATEMATIKA O’QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematikani o’rgatishda innovatsion metodlar,yangi o’rgatish usullari haqida ma’lumot berilgan.Shuningdek,o’quvchilarda matematik hisob -kitob ko’nikmasini shakllantirishda o’quv jarayonining ahamiyati tahlil qilinadi.
BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini integratsiyalashgan ta'limdagi bilim samaradorligini oshirishga yordam beradi.Bola shaxsini har tomonlama madaniy rivojlantirish.insoniyat yaratgan barcha madaniy boyliklarni bilishga asoslanadi.Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish uchun qanday usullardan foydalanish,o'zaro bog'lashda har xil metod,interfaol o'yinlarni qo'llash borasida gap ketgan.Qolaversa, fanlarni bog'lash orqali o'quvchilarni kreativ fikrlashga, tafakkurini kengaytirishga yordam berishi haqida yoritilgan.
BOSHLANG’ICH TAʼLIM FANLARINING OʻZARO INTEGRATSIYASI
Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim fanlarini o'zaro integratsiya qilish haqida so'z borgan. Matematika fanlarning eng a‘losi ekanligi va barcha fanlar shu fan orqali bog'lana olishi haqida urg'u berilgan. Bundan tashqari fanlar integratsiyasi orqali o'quvchilarning nutqini o'ziga bolgan ishonchi, mustaqil fikrlashi haqida ham so'z borgan. Shuningdek, integratsiyaning afzalliklari va kamchiliklari borasida ham fikr yuritilgan.
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA FANLAR INTEGRATSIYASINING NAZARIYASI VA AMALIYOTI
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida fanlar integratsiyasi jarayoni, uning didaktik asoslari, shakllari va zamonaviy ta’limdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, integratsiyalashgan ta’limning afzalliklari, muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola amaliy misollar asosida boyitilgan hamda ilg‘or xorijiy tajribalar bilan solishtirilgan.
YASHIL IQTISODIYOTGA O’TISHNING EKONOMETRIK TAHLILI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni ekonometrik modellashtirish asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2005–2023 yillar davomidagi statistik ma’lumotlar asosida panel regressiya va vektor xatoliklarni tuzatish modeli (VECM) qo‘llanilgan. Tahlillar natijasida qayta tiklanuvchi energiya ulushi, ekologik investitsiyalar va ifloslanish ko‘rsatkichlarining YaIM o‘sishiga ta’siri aniqlangan. Maqolada yashil iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish iqtisodiy va ekologik jihatdan samarali strategiya ekanligini tasdiqlaydi.
O’ZBEKISTONNING BARQAROR RIVOJLANISHI VA YASHIL IQTISODIYOTGA O’TISHNING EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH YO’NALISHLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida yashil iqtisodiyotga o‘tishning o‘rni, iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi munosabatlar, hamda bu aloqalarni baholash uchun ekonometrik modellashtirishning dolzarbligi yoritiladi. Taklif etilgan model orqali qayta tiklanuvchi energiya, CO₂ chiqindilari va atrof-muhitga yo‘naltirilgan investitsiyalar iqtisodiy o‘sishga qanday ta’sir qilishi tahlil qilinadi.
REAKTIV QUVVATNI BOSHQARISH TEXNOLOGIYALARI
Mazkur maqolada elektroenergetika tizimlarida reaktiv quvvatni boshqarish masalasi tahlil qilinadi. Reaktiv quvvatning paydo bo‘lish sabablari, uni kamaytirish va kompensatsiya qilish texnologiyalari, zamonaviy uskunalar (masalan, STATCOM, SVC, UPFC, kondensatorlar, sinxron kompensatorlar), ular yordamida quvvat sifati va tizim barqarorligini oshirish yo‘llari keng yoritilgan. Shuningdek, raqamli boshqaruv tizimlari va sun’iy intellektning bu sohadagi qo‘llanilishi, ilmiy manbalar asosida adabiyotlar sharxi berilgan.
IBORALAR VA MAQOLLAR TARJIMASIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR
Mazkur maqolada o‘zbekcha-ruscha va ruscha-o‘zbekcha tarjimalarda frazeologik birliklar — iboralar, maqollar, semantik va funksional birliklar — tarjimasida uchraydigan muammolar tahlil qilinadi. Muammolarning asosiy sabablari, ularning turlari va bu muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladigan samarali tarjima strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot nazariy mulohazalar bilan birga, amaliy misollar bilan boyitilgan. Maqolaning asosiy maqsadi — tarjimada yo‘l qo‘yiladigan xatolarni aniqlash va tarjimonlar uchun amaliy yondashuvlar taklif etishdan iborat.
TEACHER'S SPEECH AS A COMMUNICATIVE TOOL
Teacher speech is a fundamental communicative tool in educational contexts, shaping not only the transmission of knowledge but also the classroom environment, student engagement, and overall learning outcomes. This article explores the multifaceted role of teacher speech, analyzing its function in instructional delivery, classroom management, student motivation, feedback mechanisms, and relationship building. Drawing on research from educational psychology, linguistics, and pedagogy, the article emphasizes the importance of verbal communication strategies in fostering effective teaching and learning. The study also highlights how adaptive and inclusive speech practices can address diverse student needs and promote equity in the classroom.
SPEECH COMUNICATION IS THE TOOL
This article explores the role of speech communication as a multifaceted tool in various aspects of human life. It emphasizes that speech is not just a method of transmitting information but also a medium for relationship building, persuasion, education, and cultural expression. The paper examines how speech functions socially and psychologically, offering insights into its ability to influence, connect, and teach. It also discusses the challenges of effective spoken communication in modern contexts, particularly in multicultural and digital environments. The conclusion highlights the ongoing importance of mastering speech communication for personal development and societal advancement.
PRAGMATICS OF TEACHERS’ SPEECH IN PROCESS OF TEACHING
This article examines the pragmatic dimensions of teacher speech in educational settings and their impact on the teaching-learning process. Drawing on pragmatic linguistics, discourse analysis, and educational research, the study explores how teachers' linguistic choices, speech acts, and communicative strategies influence classroom dynamics, student comprehension, and knowledge construction. The analysis focuses on key pragmatic features including speech acts, implicature, politeness strategies, and contextual adaptation in classroom discourse. Findings suggest that effective teaching is intrinsically linked to teachers' pragmatic competence—their ability to adapt language use to specific educational contexts, learning objectives, and student needs. The article highlights how conscious attention to the pragmatic dimensions of classroom discourse can enhance pedagogical effectiveness, foster more inclusive learning environments, and facilitate deeper student engagement. Theoretical implications for teacher education programs and practical applications for classroom practice are discussed, emphasizing the need for explicit development of pragmatic awareness among teaching professionals.
SPEECH ACT ANALYSIS OF TEACHER SPEECH IN THE CLASSROOM
This article examines the pragmatic functions of speech acts in teacher discourse within classroom settings. Through systematic analysis of authentic classroom interactions, we investigate how teachers employ different speech act categories—directives, expressives, representatives, commissives, and declarations—to facilitate learning, manage classroom behavior, and develop rapport with students. Our findings reveal that teachers predominantly utilize directive and representative speech acts, with significant variations across educational levels, subject matters, and pedagogical approaches. The research demonstrates that conscious attention to speech act deployment can enhance teaching effectiveness, student engagement, and classroom dynamics. Implications for teacher education programs and professional development are discussed, emphasizing the importance of pragmatic awareness in successful teaching practice.
ATOM ENERGETIKASINING HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING TARIXIY VA TADRIJIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Ushbu maqolada atom energetikasini huquqiy tartibga solish masalasi yoritib berilgan bo’lib,bu maqolani o’qish orqali atom energetikasini huquqiy tartibga solishning tarixiy va bugungi davrda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar bilan tanishasiz.Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish uchun qabul qilingan turli xalqaro hujjatlarning qabul qilinish uchun zarurat va ularning qanchalik samarali ishlayotganligi yoritib berilgan.Xalqaro tashkilotlarga a’zo davlatlar o’rtasidagi o’zaro hamkorliklar va bu tashkilotlarning faoliyati haqida tanishishingiz mumkin.
INTEGRATSIYALASHGAN DASTURLAR. INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada integratsiyalashgan dasturlar haqida uning ijobiy va salbiy tomonlari haqida fikr yuritilgan. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish uchun qanday usullardan foydalanish, fanlararo va mavzulararo bir biriga bog'lashda har xil metodlar qo'llash borasida gap ketgan.Bundan tashqari, fanlarni o'zaro integratsiya qilish jarayonida o'quvchilar mustaqil fikrlashga, tafakkurini kengaytirishga yordam berishi bayon qilingan.
SHARQ ALLOMALARNING ASARLARIDA MUDARISSLAR MEHNATI TO'G'RISIDA ILG'OR PEDAGOGIK FIKLAR
Ushbu maqolada sharq allomalarning asarlari, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari bayon etilgan. Shu bilan birga ularning o'qituvchi va o‘quvchilar uchun g‘oyatda zarur bo'lgan ģoyalarga to'xtalib ótilgan. Bundan tashqari Forobiy asarlarida inson kamoloti ta'lim tarbiyasi haqida kelajak rivoji uchun muhimligi keltirib o'tilgan.
O’QUVCHINI MUSTAQIL FIKRLASHGA YO’NALTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMNING ROLI
Ushbu maqolada o‘quvchilarning integratsiyalashgan dars jarayoni orqali o'quvchilarning nutqini ostirish haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga zamonaviy metodlardan unumli foydalanish o'rgatuvchi va o'rganuvchi uchun samarali usullardan foydalanilgan. Bundan tashqari zamonaviy ta'limning boshqa maqsadi instegratsiya ta'limi orqali rivojlanishi e'tirof etilgan.
PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA O‘QITUVCHINING ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHI
Pedagogik ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bugungi kunda o‘qituvchidan raqamli savodxonlik, yangicha yondashuv va doimiy o‘zgaruvchan texnologiyalarni o‘zlashtirishni talab etadi. Ushbu mavzuda o‘qituvchining ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakasi, darsning interaktivligi, samaradorligi va o‘quvchining o‘quv jarayoniga faol jalb qilinishidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Ta’lim sifatini oshirishda raqamli resurslar, onlayn platformalar, multimediyali vositalar va boshqa innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi o‘qituvchining didaktik va metodik imkoniyatlarini kengaytiradi. O‘qituvchining zamonaviy texnologiyalardan foydalanish borasidagi tayyorgarligi va doimiy rivojlanishga intilishi zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylangan
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINING RIVOJLANISHI
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning buxgalteriya hisobi tizimiga ko‘rsatayotgan ta’siri hamda ularning amaliyotda qo‘llanilishi o‘rganiladi. Raqamli transformatsiya sharoitida buxgalteriya tizimining avtomatlashtirilishi, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va boshqa innovatsion vositalar orqali qanday rivojlanayotgani tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli muhitda buxgalterlarning yangi kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarurati, axborot xavfsizligi va hisobotlarning shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada raqamli transformatsiya jarayonlarining ijobiy va salbiy jihatlari muhokama qilinib, buxgalteriya hisobini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
XALQARO BUXGALTERIYA STANDARTLARINING MILLIY TIZIMGA TA’SIRI
Ushbu maqolada xalqaro buxgalteriya standartlarining (XBS) O‘zbekistonning buxgalteriya hisobi tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, XBS’ga o‘tishning afzalliklari, mavjud muammolar va milliy standartlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqolada amaldagi qonunchilik, buxgalteriya amaliyoti va moliyaviy hisobotlarning xalqaro darajadagi shaffofligini ta’minlash masalalari yoritiladi. Xulosa qismida esa XBS’ni joriy etish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiya jozibadorligini oshirish va korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytirish istiqbollari bayon etilgan.
OZIQ-OVQAT SANOATIDA ISHLATILADIGAN OZIQAVIY QO‘SHIMCHALAR VA ULARNING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI
Oziq-ovqat sanoatida oziqaviy qo‘shimchalardan mahsulotlarning saqlash muddatini uzaytirish, ta’mini va tashqi ko‘rinishini yaxshilash maqsadida keng foydalaniladi. Ba’zi konservantlar, bo‘yoqlar va lazzat kuchaytirgichlar allergik reaktsiyalar, ovqat hazm qilish muammolari, gormonal buzilishlar va saraton xavfini oshirishi mumkin. Ushbu tezisda oziqaviy qo‘shimchalarning turlari, ularning inson salomatligiga ijobiy va salbiy ta’sirlari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Sog‘lom turmush tarzini saqlash uchun tabiiy qo‘shimchalarga asoslangan mahsulotlarni tanlash va ularning zararli ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.
AMALIY SAN’ATDA USTOZ-SHOGIRD TIZIMI: TARIX VA AN’ANALAR
amaliy san’at turlarida shakllangan ustoz-shogird an’analarining tarixiy ildizlari, hozirgi davrgacha saqlanib qolgan shakllari va ularning tarbiyaviy-ma’naviy ahamiyati tahlil qilinib, bu an’analarni zamonaviy ta’lim tizimida rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan.
KULOLCHILIK SAN’ATIDAGI MINTAQAVIY MAKTABLAR VA ULARNING FARQLARI
kulolchilik san’atining rivojlanishi va kulolchilik kasbining kelib chiqish tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keng va atroflicha yoritilgan. Qadimgi davrlardan hozirgacha davom etib kelayotgan kulolchilik maktablari, ularning uslublari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
O'ZBEK YOG'OCH O'YMAKORLIGI SAN’ATI: TARIXIY ILDIZLARI, ESTETIK AHAMIYATI VA IJTIMOIY FUNKSIYALARI
maqolada O‘zbekiston xalq amaliy san’atining muhim turlaridan biri bo‘lgan yog‘och o‘ymakorligi san’atining tarixiy ildizlari, mintaqaviy maktablari, badiiy xususiyatlari, funksional ahamiyati va zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, bu san’at turining estetik, tarbiyaviy, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy funksiyalari tizimlashtirilib, uni saqlash va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, ta’limiy hamda xalqaro targ‘ibot ehtiyojlari asoslab berilgan
KANDAKORLIK SAN’ATINING MINTAQAVIY MAKTABLARI VA ULARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada Markaziy Osiyodagi kandakorlik san’atining tarixiy taraqqiyoti, ayniqsa, Buxoro, Xiva, Qo‘qon va Toshkentdagi mintaqaviy maktablarning shakllanishi va rivojlanishi hamda ularning o‘ziga xos badiiy-texnik uslublari tahlil qilinadi. Har bir maktabning milliy an’analarni saqlab qolgan holda yangi ifoda vositalarini joriy etishdagi hissasi ochib beriladi.
TOSHKENT VILOYATI CHIMQ' ORGO' N SUV OMBORINI MASOFADAN ZONDLASH ORQALI MONITORING QILISH
Ushbu maqolada 2020 va 2024 yillardagi masofadan zondlash ma'lumotlaridan foydalangan holda Chimqo’rg’on suv ombori maydonini kuzatish ko'rib chiqiladi. Sentinel-2 sun'iy yo'ldosh tasvirlari asosiy ma'lumot manbai sifatida ishlatilgan va suv yuzasini ajratish uchun normallashtirilgan farq suv indeksi (NDWI) ishlatilgan. O'tkazilgan qiyosiy tahlil suv omborining belgilangan davrdagi o'zgarishini aniqlashga imkon berdi. Natijalar suv resurslarini baholash, suv omborini boshqarish va iqlim va antropogen omillarning ta'sirini o'rganish uchun amaliy ahamiyatga ega.
TARJIMASHUNOSLIKDA DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Tarjimashunoslik – bu tillararo aloqa va madaniyatlararo almashinuvning muhim vositasi bo‘lib, globallashuv sharoitida uning roli yanada ortib bormoqda. Bugungi kunda ilm-fan, texnologiya, adabiyot va boshqa sohalarda tarjima xizmatlari muhim rol o‘ynaydi. Biroq bu jarayon qator muammolar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning yechimi tarjimashunoslik rivojining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada zamonaviy tarjimashunoslikdagi dolzarb muammolar va ularning ehtimoliy yechimlari haqida so‘z yuritiladi
XXI ASRDA RUS TILINING EVOLYUTSIYASI: YANGI SO'ZLAR VA TENDENTSIYALAR
Maqola XXI asrda rus tilida yuzaga kelayotgan muhim evolyutsion o'zgarishlarni tahlil qiladi. Unda zamonaviy texnologiyalar, internet, globalizatsiya va ijtimoiy-madaniy transformatsiyalar ta'sirida paydo bo'layotgan yangi so'zlar, neologizmlar va leksik tendentsiyalar ko'rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, ushbu o'zgarishlarning tilning fonetik, grammatik va semantik tizimlariga ta'siri ham baholanadi. Rus tilining zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari, xususan, ingliz tilidan o'zlashgan so'zlarning faollashuvi, jargon va slengning kengayishi, shuningdek, tilning kommunikativ funksiyasidagi o'zgarishlar alohida e'tiborga olinadi. Tadqiqot rus tilshunosligi uchun dolzarb bo'lgan ushbu jarayonlarni chuqur tushunishga qaratilgan.
XULQI OG’IR BOLALAR BILAN PSIXOLOGIK PROFILAKTIKA ISHLARINI AMALGA OSHIRISH MASALALARI
Maqolada xulqi og‘ishganlikning sabablari va uni profilaktika qilishning psixologik yo‘llari haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqola mazmunida xulqi og‘ishganlik, deviant xulq, voyaga yetmagan yoshlar, anomiyaga moslashish, xulqi og‘ishganlikni oldini olishning zamonaviy choratadbirlari, psixoprofilaktik, pedagogik ishlar majmui kabilar ham keng yoritilgan.
SHAMOL GENERATORINING TEMIRBETON USTUNI VA POYDEVORINI TADQIQ ETISH
Shamoldan elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasida generatorlarning konstruktiv hisobi muhim o‘rin tutadi. Shamol generatorlari, ayniqsa, balandligi yetarlicha katta bo‘lganlari, samaradorlik va ishonchlilik nuqtai nazaridan chuqur tahlil va hisob-kitoblarni talab qiladi. Ushbu maqolada shamoldan elektr ishlab chiqaradigan, balandligi o‘rtacha yuz metrdan yuqori bo‘lgan shamol generatorlarining konstruktiv hisoblari haqida ma’lumotlar berilgan.
VOYAGA YETMAGANLARNING VIKTIMLIGI: BULLING MUAMMOSI VA UNING OLDINI OLISH YO'LLARI
Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar o'rtasida bulling muammosi, uning psixologik, ijtimoiy va kriminologik jihatlari hamda bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. Voyaga yetmaganlar viktimligini o'rganish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar, ilmiy tadqiqotlar va amalga oshirilayotgan amaliy ishlar yoritilgan. Maktablarda bulling holatlarini barvaqt aniqlash, profilaktika qilish va voyaga yetmaganlarning psixologik xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
VOYAGA YETMAGANLAR VIKTIMOLOGIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI: PROVOKATIV VIKTIMLIKNING KRIMINOLOGIK VA VIKTIMOLOGIK TAHLILI
Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar orasida provokativ viktimlik muammosi kriminologik va viktimologik nuqtai nazardan chuqur va har tomonlama tahlil qilingan. Maqolada provokativ viktimlikning nazariy-metodologik asoslari, voyaga yetmaganlar orasida uning namoyon bo'lish shakllari, xalqaro tajriba va muammoni bartaraf etish yo'llariga oid ilmiy asoslangan tavsiyalar bayon etilgan. Tadqiqot natijasida voyaga yetmaganlar provokativ viktimligining oldini olish va kamaytirish bo'yicha kompleks tavsiyalar ishlab chiqilgan.
XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN VA SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH TA'LIM SAMARADORLIGINING GAROVI
Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda. Ushbu maqolada raqamli platformalar, interaktiv ilovalar, til o‘rganishga mo‘ljallangan sun’iy intellekt tizimlari orqali xorijiy tillarni o‘rganishda qanday yondashuvlar natija berayotganligi tahlil qilinadi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqotni raqamli vositalar yordamida kuchaytirish, ta’limni individuallashtirish, baholash tizimini avtomatlashtirish kabi jihatlar ham keng yoritiladi. Bu usullar xorijiy tillarni tezroq va samaraliroq o‘zlashtirish imkonini beradi.
TA’LIM SOHASIDA MASHINALI O’QITISHNING QO’LLANILISHI TA’LIM SAMARADORLIGINING OMILI
Ta'lim sohasida mashinaviy o‘qitish texnologiyalari o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan ta'lim dasturlarini yaratishda keng qo‘llaniladi. Ushbu texnologiyalar o‘quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlari va bilim darajalarini tahlil qilib, ularning o‘rganish jarayonini optimallashtirishga yordam beradi. Onlayn ta'lim platformalari mashinaviy o‘qitishdan foydalanib, o‘quvchilarga shaxsiylashtirilgan o‘quv materiallarini tavsiya qiladi va ularning muvaffaqiyat darajasini oshiradi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash imkoniyatlarini kengaytirish, ularning o‘zlashtirish jarayonini kuzatish va o‘quv jarayonidagi yondashuvlarni innovatsion ravishda o‘zgartirish uchun ham mashinaviy o‘qitish texnologiyalari muhim ahamiyatga ega. Ushbu texnologiyalar ta'lim jarayonini yanada samarali qilish, o‘quvchilarning bilim olish jarayonini individuallashtirish va ularning muvaffaqiyatini oshirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi.
MOBIL ILOVALAR ORQALI MASOFAVIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
Masofaviy ta’lim so‘nggi yillarda butun dunyoda keng tarqalgan ta’lim shakllaridan biriga aylanib borayotganligi e’tirof etilib, mobil ilovalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini interaktiv qilish hamda o‘quvchilarga qulaylik yaratish imkonini berayotganligi ta’kidlanmoqda. Mobil texnologiyalar ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bilan birga, o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Masofaviy ta’lim jarayonida o‘quv materiallarini yetkazish, bilimlarni mustahkamlash va baholash jarayonini avtomatlashtirishda mobil ilovalar muhim rol o‘ynamoqda.
Mobil ilovalar orqali masofaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarga istalgan joy va vaqtda ta’lim olish imkonini berish natijasida, nafaqat an’anaviy darslarni raqamli muhitga moslashtirish, balki o‘qitish jarayonini butunlay yangi darajaga olib chiqish imkoniyatini taqdim etmoqda. Masofaviy ta’limning asosiy afzalliklari sifatida o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish imkoniyati, ta’lim jarayonining moslashuvchanligi va joy hamda vaqt bo‘yicha cheklovlarning kamayishi qayd etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarga o‘z tezligida o‘rganish imkonini berishi va individual yondashuvni ta’minlashi ham uning muhim jihatlaridandir.

IMPORTANT FACTORS IN PREPARING STUDENTS FOR PROFESSIONAL ACTIVITIES BASED ON INTEGRATION OF NATURAL SCIENCES
The article analyzes the important factors of preparing students for professional activity on the basic of the integration of graphic sciences and the results of research work carried out by several scientists in this field. On the basic of these analyzes, the integration of graphic disciplines was developed and a questionnaire on professional activities was conducted among students, and their results are also covered in the article. The teaching of graphic sciences, which is a key factor in the development of students in the field of graphic design, design and their integration, is based on clear evidence and conclusions and recommendations that in the future these personnel will play a key role in mastering the field and their professional activities.
МЕТАПРЕДМЕТНЫЙ ПОДХОД В ПРЕПОДАВАНИИ ФИЗИКИ В ВУЗАХ ТЕХНИЧЕСКОГО НАПРАВЛЕНИЯ
В статье рассматривается использование метопредметных методов преподавания в обучении физики в вузах технического направления.
METHODS OF TEACHING PHYSICS AND NEW TECHNOLOGIES IN DISTANCE EDUCATION
The development of new teaching methods in accordance with the new state educational standards should help to obtain fundamental education that contributes to the further development of the individual. It is necessary to give a panorama of the most universal methods, laws and models of modern physics, to demonstrate the specifics of the rational method of cognition of the surrounding world, to focus on the formation of students ' General physical Outlook and the development of physical thinking.
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARINI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirish tizimi holati tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Tahlil natijalari maktabgacha ta’lim tizimining asosan davlat byudjeti hisobiga moliyalashtirilayotganini va bu holat tizimning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqot davomida SWOT tahlil, taqqoslash, empirik va tahliliy usullar asosida muammo ildizlari aniqlanib, tizimni ko‘p manbali moliyalashtirish modeliga o‘tkazish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va budjetdan tashqari manbalarni jalb qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida moliyaviy mexanizmlarni diversifikatsiyalash va hududlar kesimida moliyaviy tenglikni ta’minlash zarurligi asoslab berilgan.
HARNESSING DIGITAL TOOLS AND LEARNER-CENTERED STRATEGIES TO ENHANCE ENGLISH LANGUAGE INSTRUCTION
This article explores the role of digital tools and learner-centered teaching strategies in enhancing the effectiveness of English language instruction. It highlights how technology-driven methods and personalized learning approaches can reshape classroom dynamics, boost learner engagement, and foster the development of communicative competence. By integrating multimedia resources and adaptive teaching models, educators can respond more effectively to students’ individual needs, making the learning experience more interactive, relevant, and outcome-driven. The findings aim to support English educators in designing flexible and impactful teaching environments aligned with 21st-century educational demands.
ТАКТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РОЗЫСКА: ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПОИСКА БЕЗ ВЕСТИ ПРОПАВШИХ ГРАЖДАН ОПЕРАТИВНЫМИ ПОДРАЗДЕЛЕНИЯМИ ОВД
В статье рассматриваются тактические особенности и практические подходы к розыску без вести пропавших лиц органами внутренних дел. Анализируются этапы организации розыска, алгоритмы действий сотрудников, проблемы, возникающие в ходе розыскной работы, а также пути повышения эффективности этой деятельности. Отдельное внимание уделено применению современных технологий, межведомственному взаимодействию и работе с гражданским обществом.
PEDAGOGIK TA'LIM JARAYONIDA O'QITUVCHINING ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHI
Mazkur maqolada pedagogik ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan (ZAT) samarali foydalanish masalalari yoritiladi. O'qituvchining zamonaviy texnologiyalarni bilishi va ulardan maqsadli foydalanishi ta'lim sifati va samaradorligini oshirishdagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi.
AGIOMATNLAR TARJIMASIGA AKSIOLOGIK YONDASHUVNING IFODALANISHI
Oxirgi yillarda barcha sohalarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda aksiologik yondashuv asosiy ilmiy nazariya sifatida yetakchilik qilmoqda. Mazkur yondashuv nafaqat, falsafa yoki qadriyatshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar, balki fizika, kimyo, matematika, informatika, tarix, dinshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik va tarjimashunoslikda ham muhim nazariya sifatida maydonga chiqdi. Mazkur paragrafda agiografik terminlarning tarjimasida aksiologik yondashuvning zarurati va ahamiyatiga doir masalalarga to‘xtalishdan oldin, uning leksikografik ta’rifi hamda mazmun-mohiyatini aniqlashtirib olishni joiz topdik.
THE VANISHING OASIS: WARNING FOR THE FUTURE
Central Asia is known for its great heritage and the big contribution for the world history. Its nature is also known for picturesque views namely forests, mountain resources, and river sides, However, in the beginning of 19th century, political issues had a sweeping effect on its ecology. Drying of the main water source, the Aral Sea (68,000 square kilometers before, 26,300 square kilometers now), created a number of environmental and economical based barriers for Central Asian countries. This article will explore the causes and effects of this habitual catastrophe led by human mismanagement and natural disaster as well as the providing with the measures that are taken.
PSIXOKORREKSION RIVOJLANTIRUVCHI ISHLARDA INTER- FAOL USULLARDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada psixokorreksion rivojlantiruvchi ishlarda inter-faol usullardan foydalanish haqida tahlil qilib beriladi.
UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA O’QUVCHILARNI KASBGA YO’NALTIRISH ISHLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH
Ushbu maqola umumta’lim maktablarida o’quvchilarini sifatli va zamon talablariga mos hamda oʻquvchining istak va xohishlaridan kelib chiqqan holda kasbga yoʻnaltirish haqida fikr yuritilgan.
ФОРМИРОВАНИЕ МНОГОСЛОЙНОЙ НАНОСИСТЕМЫ Si/NiSi2/Si, ПОЛУЧЕННЫХ МЕТОДОМ ТВЕРДОФАЗНОГО ОСАЖДЕНИЯ
FYODOR DOSTOYEVSKIYNING “JINOYAT VA JAZO” ASARIDA INSON RUHIYATI, AXLOQIY TANLOV VA POKLANISH MASALALARI
Ushbu maqolada rus adabiyoti klassigi Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asarida inson ruhiyati, axloqiy tanlov va poklanish masalalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Asarda bosh qahramon Raskolnikovning ichki kurashi, uning jinoyat sodir etishga undovchi psixologik va ijtimoiy omillar,
shuningdek, u orqali insoniy vijdon, pushaymonlik va ma’naviy yangilanish jarayonlari ochib beriladi. Muallif ushbu obraz orqali inson ruhiyatidagi ziddiyatlar, axloqiy mezonlarning sinovda bo‘lishi va ongli poklanishning chuqur falsafiy mohiyatini ifodalagan. Tadqiqot davomida asarga psixologik, falsafiy va adabiy yondashuv asosida tahlil berilgan, ayniqsa Sigmund Freyd, Viktor Frankl va Karl Gustav Jungning psixoanalitik nazariyalari bilan bog‘liqliklar ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu maqola adabiyotshunoslar, psixologlar hamda axloqiy-falsafiy tafakkur bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
HUQUQBUZARLIKLARNING SABABLARI VA SHART-SHAROITLARINI TAHLIL QILISH: O’ZBEKISTONNING HUQUQIY TIZIMIDAGI MUAMMOLAR
Mazkur ishda huquqbuzarliklarning sabablari va shart-sharoitlarini tahlil qilish, O'zbekistonning huquqiy tizimidagi mavjud muammolarni o'rganish va ularga yechimlarni taklif qilish maqsad qilib qo'yilgan. O'zbekistonning huquqiy tizimi, hukumatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi vakolatlari, sud tizimi va huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatini o'rganish orqali, huquqbuzarliklar sonining oshishiga ta'sir ko'rsatadigan omillar aniqlanadi. Shuningdek, bu muammoni bartaraf etish uchun ilg'or xalqaro tajribalar va O'zbekiston qonunchiligida mavjud bo'lgan me'yorlarni takomillashtirish yo'llari ko'rsatiladi.
XALQARO HUQUQDA DAVLATLARNING VORISLIK MASALALARI
Ushbu maqolada xalqaro huquqda davlatlarning vorisligi (successio) masalalari tahlil qilinadi. Davlatlararo munosabatlar kontekstida vorislik tushunchasining huquqiy asoslari, ularning tarixiy shakllanishi hamda zamonaviy xalqaro huquq normalaridagi ifodalanish shakllarini ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, sobiq mustamlaka hududlarining mustaqillikka erishishi, davlatlarning parchalanishi yoki birlashishi natijasida yuzaga kelgan vorislik holatlari tahlil qilinib, ularning xalqaro shartnomalar, moliyaviy majburiyatlar, diplomatik munosabatlar va mulkiy munosabatlardagi huquqiy oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot, xalqaro huquqiy hujjatlar, amaliy misollar va ilmiy-nazariy qarashlarga asoslanadi.
O’ZBEK TILINING ZAMONAVIY RIVOJI VA GLOBAL MIQYOSDAGI O’RNI
Mazkur maqolada o‘zbek tilining bugungi kundagi taraqqiyoti, raqamli texnologiyalar asosida shakllanayotgan imkoniyatlari hamda xalqaro maydondagi mavqeyi atroflicha tahlil etiladi. Davlat siyosati, raqamli infratuzilma, lingvistik korpuslar va xalqaro hamkorlik orqali tilning zamonaviy shaklda rivojlanish bosqichlari ochib beriladi. Shuningdek, o‘zbek tilining xalqaro ilmiy, madaniy va ta’limiy loyihalarda tutgan o‘rni ham yoritiladi.
YENGIL SANOAT KORXONALARI: MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI OPTIMALLASHTIRISH
Maqolada harajatlarni tahlil etish va optimallashtirish orqaliy kompaniyalar daromadini, foydasini oshirish masalalari o‘rganildi, unda: harajatlarga taʼsir qiluvchi omillarni tahlili, texnologik jarayonlarni belgilangan standartlarga muvofiqligi tahlili, ishlab chiqarish sexlarining va oborxonalarnig maqbul zahira bilan ta’minlangaligi tahlili, uzilishlar tahlili oʻrganildi va koʻrib chiqildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha harajatlarni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Kalit soʻzlar: harajat, harajatlarni kamaytirish, harajat kalkulyatsiya, harajatlarni tasniflash, tannarx, daromad, foyda.
TURIZM SEKTORINING TURKIYA IQTISODIYOTIGA KO’RSATGAN TA’SIRI
Turizm sanoati mamlakat iqtisodiy o'sishiga boshqa sohalarga qaraganda samarali ta'sir ko'rsatadigan eng yaxshi soha hisoblanadi. Turizm sanoati orqali iqtisodiyotni rivojlantirish asosiy usul bo’lganligi sababli Turkiya davlati o’z turizm sohasiga katta e’tibor qaratdi va rivojlantirdi. G’arb va Sharqni bog’lovchi Turkiya o’zining betakror tabiati, geografik joylashuvi, madaniyati va tarixi orqali turizm sohasini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega. Lekin, ba’zi hal qilinishi kutilayotgan muammolar sabali mamlakat turizm sohasi bir qancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ushbu maqolada turizm sanoatining Turkiya davlat iqtisodiyotiga ta’siri, bir qancha muammolar tahlil qilinadi va ushbu sohaning hozirgi holatini yanada yaxshilash uchun bir qator yechimlar taklif qilinadi.
ERYTHROCYTES AND THEIR FUNCTIONS
Erythrocytes, commonly known as red blood cells (RBCs), play an essential role in oxygen transport and the removal of carbon dioxide from the body. This article delves into the structure, functions, and biological significance of erythrocytes, highlighting key findings from relevant literature. Through a systematic analysis of various studies, this paper also discusses the latest advancements in understanding erythrocyte functionality and their broader implications for health and disease management.
“YOSHLARDA SHUKRONALIK VA SABR FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH MEZONLARI”
Mazkur maqolada yoshlar ongida shukur va sabr fazilatlarini shakllantirishning ahamiyati, diniy, axloqiy va ijtimoiy jihatlari tahlil qilinadi. Shukur va sabr fazilatlari nafaqat diniy e’tiqod nuqtai nazaridan, balki shaxsiy kamolot va barqaror hayot tarzi uchun ham muhim omil ekani ko‘rsatib o‘tiladi. Qur’oni karim va hadislar asosida ushbu fazilatlarning mohiyati yoritiladi, shuningdek, zamonaviy yoshlar tarbiyasida bu qadriyatlarni shakllantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqolada oilaning, ta’lim muassasalarining va ijtimoiy muhitning roli alohida ta’kidlanadi.
XALQ VA MILLAT BIRDAMLIGIDA MA’NAVIYATNING O’RNI
Mazkur maqolada xalq va millat birdamligini mustahkamlashda ma’naviyatning ahamiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va milliy qadriyatlarning tiklanishidagi roliga bag‘ishlangan. Maqolada Islom dinining insonlar orasida hamjihatlik, mehr-oqibat va adolatni targ‘ib etishdagi hissasi, shuningdek, tasavvufiy tarbiyaning milliy birdamlikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Xalq birligini ta’minlashda ma’naviy poklanish, axloqiy qadriyatlar va diniy tushunchalarning jamiyatga ta’siri haqida so‘z boradi.
DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI TIZIMINING TAKOMILLASHTIRILISH YO’LLARI
JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARINING DAVLAT ORGANLARI VA NODAVLAT-NOTIJORAT TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIGINI TUSHUNCHASI VA ASOSIY XUSUSIYATLARI
Ushbu maqola mavzusining dolzarbligi shundaki, tadqiqot ishida jazoni ijro etish muassasalarining davlat organlari va nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr va mulohazalar, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va kamchiliklar, muammolar, ularning o’ziga xos xususiyatlari, jazoni ijro etish muassasalarining davlat organlari va nodavlat- notijorat tashkilotlar bilan hamkorligini ta’minlash yuzasidan ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribasi, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarining hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan nazariy va amaliy muammolarning yеchimlariga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
PROCESSES IN OBTAINING NI NANOPARTICLES USING RAZRYADS
Nanolazerlardan foydalanish sohasida zarrachalar olish jarayoni murakkab va ko‘p bosqichli ilmiy-texnik jarayon hisoblanadi. Razryadlar yordamida nanozarralar olish usuli nanomateriallarni yaratishda innovatsion yondashuvlardan biri sifatida keng qo‘llanilmoqda. Bu usul yuqori samaradorligi, nazorat qilinadigan o‘lchamdagi zarrachalarni olish imkoniyati va ekologik tozaligi bilan ajralib turadi. Razryadlar yordamida nanozarralar olish jarayonining asosiy tamoyillari, mexanizmlari, shuningdek, bu jarayonda yuzaga keladigan fizik va kimyoviy hodisalar haqida batafsil tahlil qilish zarur.
O’ZBEK TILIDA TERMINOLOGIYA VA LEKSIK O’ZGARISHLAR
Mazkur maqolada Oʻzbek tilida terminologiya va leksik oʻzgarishlar jarayonlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, globalizatsiya davrida tilga kirib kelgan anglicizmlar va neologizmlarning o‘zbek tiliga adaptatsiyalash mexanizmi oʻrganilgan. Tadqiqot metodologiyasida morfologik-sintaktik korpus tahlili va izohli lug‘atlar namunalari asosida semantik o‘zgarishlar tahlili qo‘llanildi. Terminologik lug‘at tuzilishi va soha anʼanalari bu o‘zgarishlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi ham alohida ko‘rib chiqildi. Maqolada olingan natijalar o‘zbek tilshunosligida terminologik leksikaning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi. Morfemik qo‘shimchalarning neologik birliklarga moslashuvi tahlil qilinib, so‘z yasovchi qoliplar aniqlangan. Shuningdek, mintaqaviy dialektlardagi terminologik variantlar sotsiolingvistik nuqtai nazardan taqqoslandi. O‘zbek tilining ilmiy-texnik terminologiyasida rus va ingliz tili ta’siriga oid tadqiqotlar ham ko‘rib chiqildi. Ishlatilgan korpus ma’lumotlari O‘zbek tilining morfologik va fonetik xususiyatlarini ham inobatga olgan holda yig‘ildi.
THE CONCEPT OF SETRING IN SCIENCE FICTION .ROLE OF SETTING IN ASIMOV'S WORKS: CONTEXT AND IMPORTANCE
This article examines the setting features in two key works by Isaac Asimov “I, Robot” and “Foundation”. It explores how the setting influences character development and the development of central themes in the works, such as moral dilemmas, the ethics of artificial intelligence, problems of civilization survival, and the role of knowledge. In “I, Robot” the focus is on the relationship of humans and robots within an already existing society, while in Foundation the large-scale galactic setting serves as a backdrop for analyzing political and historical processes.
DINSHUNOSLIK VA HALQORO MUNOSABATLAR
Mazkur ilmiy ishda dinshunoslik fanining mazmun-mohiyati va uning xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni yoritilgan. Dinning ijtimoiy hayotdagi roli, turli dinlarning xalqaro siyosiy jarayonlarga ta’siri hamda konfessiyalararo munosabatlar, diniy erkinlik va tolerantlik kabi masalalar tahlil qilinadi. Xususan, din va siyosat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, diniy ekstremizm va radikalizm tahdidlariga qarshi xalqaro hamkorlik masalalari muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqilgan. Dinlararo muloqot va madaniy hamkorlik orqali tinchlikni ta’minlashda dinshunoslik yondashuvlarining ahamiyati alohida o‘rganilgan. Tadqiqotda tarixiy manbalar, zamonaviy xalqaro tajribalar va tahliliy metodlardan foydalanilgan bo‘lib, uning xulosalari global tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
AXLOQIY QADRIYATLARNI QO’LLASHDA IJTIMOIY INSTITUTLARNING O’RNI
Mazkur maqolada axloqiy qadriyatlar tushunchasi, ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati va ularni amalga oshirishda ijtimoiy institutlarning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Oilaning, ta’lim muassasalarining, diniy va davlat institutlarining bu boradagi roli ilmiy asosda yoritilgan. Muallif axloqiy qadriyatlarning barqaror jamiyatni shakllantirishdagi o‘rni va hozirgi davrdagi dolzarb muammolarni ko‘rsatadi.
DINSHUNOSLIK FANINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI
Mazkur maqolada dinshunoslik fanining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda dinshunoslik orqali yoshlarda ma’naviy va axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ularni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, Vatanga sadoqat va insoniylik ruhida tarbiyalash kabi jihatlar tahlil qilingan. Shuningdek, dinshunoslik fanining bugungi ta’lim tizimidagi o‘rni va yoshlar ongini to‘g‘ri shakllantirishdagi roli haqida fikr yuritilgan. Maqola yosh avlodni barkamol shaxs etib tarbiyalashda dinshunoslikning beqiyos o‘rnini ochib beradi.
DUNYOVIY VA DINIY MARIFAT UYGUNLIGI
Mazkur mavzuda dunyoiy va diniy ma’rifatning o‘zaro uyg‘unligi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va inson ma’naviyatiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritiladi. Dunyoviy bilimlar — ilm-fan, texnologiya, tibbiyot va boshqa sohalarda insoniyat yutuqlarini ifodalasa, diniy ma’rifat — axloq, halollik, adolat va ruhiy kamolot mezonlarini belgilaydi. Ushbu ikki yo‘nalishning uyg‘unlashuvi insonda mukammal dunyoqarash, barkamol shaxs tarbiyasini shakllantirishga xizmat qiladi. Annotatsiyada aynan dunyoiy bilim va diniy qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanatga erishish zarurligi, ular bir-birini inkor etmasligi, balki to‘ldirishi haqida fikr yuritiladi. Mavzu zamonaviy jamiyatda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazishdagi dolzarb jihatlarni ochib beradi.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДА ПРОЕКТОВ В ОБУЧЕНИИ РУССКОМУ ЯЗЫКУ И ЛИТЕРАТУРЕ: СОЗДАНИЕ ТВОРЧЕСКИХ И ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ ПРОЕКТОВ
В статье рассматриваются возможности применения
метода проектов на уроках русского языка и литературы. Обоснована
эффективность проектной деятельности в формировании ключевых
компетенций учащихся, развитии их мотивации, творческого и критического
мышления. Раскрываются виды проектов, применяемые в школьной практике,
особенности их организации и примеры успешных творческих и
исследовательских проектов. Отмечается, что использование проектного
метода способствует развитию речевых и аналитических навыков учащихся, а
также повышает интерес к предмету.
MADANIY O’ZIGA XOSLIKNI SHAKLLANTIRSHDA TILNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada madaniyat, madaniy o’ziga xoslik, madaniy o’ziga xoslikni shakllantirishda tilning ahamiyati, bir-biri bilan uzviy bog’liqligi hamda roli qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi haqida boradi. Madaniyat insonning o’ziga xosligini belgilovchi xususiyat bo’lib, u o’zini va ular bilan tanishgan jamoani qanday ifodalashiga hissa qo’shadi. Madaniyatni keng ma’noda bir guruh odamlar tomonidan yaratilgan, ajdoddan-avlodga o’tadigan turmush tarzi yig’indisi sifatida ko’rish mumkin. Til madaniyatning ajralmas qismidir. Qadriyatlar, e’toqodlar va urf-odatlarni yetkazish yordamchisi sifatida til katta ahamiyatga ega. Tilni yo’qotish madaniyat va o’zlikni yo’qotish bilan tengdir.
TURKIYA SOLIQ TIZIMI VA UNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada Turkiya davlatining soliq tizimi-uning rivojlanish tarixi, soliq stavkalari va xususiyatlari, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan soliq tizimiga oid islohotlar va erishilgan natijalarga to`xtalib o`tilgan.
SANOAT TURIZMIDA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING TURISTIK KO’RINISHI VA YANGI TURIZM TRENDI
Mazkur maqolada sanoat turizmining ishlab chiqarish korxonalaridagi turistik ko’rinishi , sanoat turizmning umumiy turizmdagi o’rni , Sanoat turizmida ishlab chiqarish korxonalarining turistik ko’rinishi , sanoat turizmi sohasidagi yangi yo‘nalishlar va uning rivojlanish istiqbollari haqida batafsil tahlil olib boradi. Sanoat turizmi – ishlab chiqarish jarayonlari, tarixiy sanoat ob'ektlari va faoliyatdagi ishlab chiqarish korxonalarini o‘rganish orqali turistik tajriba yaratishga qaratilgan turizm turi bo‘lib, so‘nggi yillarda yangi trendlarga ega bo‘lmoqda. Maqolada sanoat turizmining asosiy tushunchalari va xususiyatlari, uning tarixiy va zamonaviy sanoat ob'ektlaridagi turistik ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari va sanoat inshoatlarining turistik jihatdan qanday rivojlanayotgani, bu sohaning iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlarga ta’siri muhokama qilinadi. Maqolada sanoat turizmining mahalliy va global miqyosda qanday rivojlanayotganligi, yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning sanoat turizmiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, bu sohaning kelajakdagi istiqbollari o‘rganiladi.Shuningdek, maqolada sanoat turizmining mahalliy iqtisodiyotdagi o‘rni, turizmning bu turidan foyda olish imkoniyatlari, yangi turistik tajribalar yaratish va innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishning ahamiyati ko‘rsatiladi. Ushbu tahlil sanoat turizmi bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar, turistlar va yangi yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot olishni istaganlar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada taqdim etilgan ma'lumotlar sanoat turizmining kelajagi va uning yangi trendlari haqida chuqurroq tushuncha olishni xohlaganlar uchun foydali bo‘ladi.

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA O’QUVCHILARNI KASBGA YO’NALTIRISH ISHLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH