MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
427
MUSTAQILLIKDAN KEYINGI YILLARDA TURIZMNI
RIVOJLANTIRISH UCHUN QABUL QILINGAN QONUN, FARMON VA
ULARNING AHAMIYATI
Xasanov Xojimurod To’ychiboy o’g’li
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
3-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka
erishganidan so‘ng hukumat tomonidan turizmni rivojlantirish va uni har-tomondan
qo‘llab-quvvatlash uchun Prizident tomonidan qabul qilingan qonunlar farmonlar va
hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlar bayon qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Buyuk Ipak yo‘li, Turizm to‘g‘risida, elektron viza, Аkademik
vizasi.
Abstract: In this article, after the independence of the Republic of Uzbekistan,
the laws and decrees adopted by the President to develop tourism and support it in
every way, and the actions taken by the government are described.
Key words: Great Silk Road, Tourism, e-visa, Academic visa.
Абстрактный: В данной статье после обретения независимости
Республики Узбекистан описаны законы и указы, принятые Президентом по
развитию туризма и всемерной его поддержке, а также действия,
предпринимаемые правительством.
Ключевые слово: Великий Шелковый Путь, Туризм, электронная виза,
Академическая виза.
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xizmatlar ko‘rsatish
sohasidagi turizm xizmatlari zamonaviy xizmat turlari sifatida talqin qilinib, unga
eʼtibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-
huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli meʼyoriy
hujjatlar qabul qilindi. Bu yo‘nalishdagi ishlar hozir ham davom etayotgani
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
428
fikrimizning isbotidir. O‘zbekistonda turizm sohasi faoliyatini ilmiy asosda yanada
takomillashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. «Turizmni iqtisodiyotning
strategik tarmog‘iga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi». Respublikada
ro‘yxatga olingan milliy tarixiy-madaniy obidalar soni bo‘yicha dunyodagi yetakchi
o‘n mamlakatdan biri sifatida eʼtirof etilishi, Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab turizmni
rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi, «Ipak yo‘li» turizm xalqaro
universitetining tashkil etilishi, ko‘plab xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun
O‘zbekistonga kirish vizasining bekor qilinishi turizmni rivojlantirish davlat
siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligidan dalolatdir.
1999-yil 20-avgustda O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi
Qonuni qabul qilingan edi. U 22-moddadan iborat bo‘lgan. Yangi tahrirdagi «Turizm
to‘g‘risida»gi Qonun 2019-yil 16-aprelda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul
qilingan, 2019-yil 21-iyunda Senat tomonidan maʼqullangan va 2019-yil 18-iyulda
tasdiqlandi. Ushbu qonun 10 ta bob, 45-moddadan iborat. O‘zbekiston
Respublikasining turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa
qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasidagi
munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga
solinadi. Аgar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasining turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Qonunning asosiy printsiplari:
- turistlarning, ekskursantlarning va turizm sohasi subyektlarining huquqlari,
erkinliklari, qonuniy manfaatlarini hamda xavfsizligini himoya qilish ustuvorligi;
-turizmni barqaror rivojlantirish va buning uchun qulay shartsharoitlar yaratish
shu va boshqa prinsiplardan tashkil topgan. Qonun va farmonlarning asosiy maqsad va
g‘oyasi shu prinsiplar kabi ishlabchiqilgan.
O‘zbekistonda ham 2019-yil davomida turizmni rivojlantirish bo‘yicha jadal
ishlar davom ettirildi. Shu jumladan, viza rasmiylashtirish jarayonlarini
soddalashtirish, ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish va sohaning investitsiya
jozibadorligini oshirish bo‘yicha qator choralar ko‘rildi. Natijada, 2019-yil yakunlariga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
429
ko‘ra turizm xizmatlari eksporti 2018-yilga nisbatan 26.1 foizga o‘sib, 1.3 milliard
dollarni tashkil qildi va sohaning xizmatlar eksportidagi ulushi 39.3 foizga yetdi. 47 ta
davlat fuqarolari uchun viza rejimi bekor qilindi va vizasiz rejimga ega mamlakatlar
soni 86 taga yetdi. Bundan tashqari, viza jarayonlarini soddalashtirish maqsadida
elektron viza olish imkoniyatiga ega mamlakatlar soni 57 ni tashkil etdi. Qo‘shimcha
ravishda, «Vatandosh», «Talaba», «Аkademik», «Ziyoratchi» va «Tibbiyot» viza
turlari joriy etildi. Qilingan ishlar natijasi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘tgan davr
bilan solishtirganda 2019yilda mamlakatimizga kelgan sayyohlar soni 26.2 foizga
ko‘paydi. Vizasiz rejim joriy etilgan davlatlardan tashrif buyurgan sayyohlar sonida
esa 58 foiz o‘sish kuzatildi. Natijada, sayyohlarni joylashtirish maskanlarining
yuklanish darajasi 62 foizdan 84 foizga ko‘paydi. Bundan shunisi aniqki mamlakat
turizm sohasida huquq mustxkamlanib o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda.
Qabul qilingan qonunlar:
Turizm to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
"Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni;
"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida" gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni;
"Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida" gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
"Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
"Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida" gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
Prezidentning farmonlari va qarorlari:
"Buyuk Ipak yo‘lini tiklash va respublikada xalqaro turizmni
rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida" gi qarori, 02.06.1995 y., PF-1162-son;
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida» 2012 yil 13 dekabrdagi PQ-
1879-sonli qaror;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
430
"Davlat mulki ob'ektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub'ektlariga sotish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 03.07.2014
yildagi PQ-2200-son buyrug‘i;
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba'zi farmonlariga o‘zgartishlar
kiritish to‘g‘risida" 2014 yil 9 dekabrdagi PF-4677-son;
"O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik industriyasini jadal rivojlantirishni
ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 02.12.2016 y. № PF-4861;
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasining turizmni rivojlantirish
bo‘yicha faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida" gi 02.12.2016 yil, PQ-2666 sonli;
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" 21.02.2017 yildagi № PF-4965-son;
o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" 04.05.2017 y. № PF-5033;
"Buxoro va Buxoro viloyatida 2017-2019 yillar uchun sayyohlik
salohiyatini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 19.05.2017 y.,
2017 yil 16 avgustdagi "2018-2019 yillarda sayyohlikni rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida" gi PQ-3217-sonli buyrug‘i;
"O‘zbekiston Respublikasining Konsullik Bo‘limi tarifiga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" 04.12.2017 yildagi PQ-3423-son;
"Chorvoq" erkin turistik zonasini barpo etish to‘g‘risida 2017 yil 5
"O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar
to‘g‘risida" 03.02.2018 y. № PF-5326;
RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATISH BO‘YICHA
QO‘SHIMCHA TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA" 06.02.2018 y.,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
431
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining turizmni
rivojlantirish bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"
"Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi
07.02.2018 yildagi PQ-3514-sonli buyrug‘i
Yuqorida sanab o‘tilgan qonun va farmonlardan tashqari yana ko‘plab hukumat
qaror va farmonlari ham mavjud. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki mamlakat
mustaqillikka erishganidan so‘ng sohaga oid o‘nlab qonunlar va farmonlar ishlab
chiqildi. Bular o‘z navbatida mamlakat turizmdagi huquqiy ehtiyojlarga yordam berib
kelmoqda. Ammo shuni ham aytish mumkinki mamlakatda yangi sohalardan biri
bo‘lgan turizmda boshqarish shakli bir necha martta o‘zgartrilib, sinovlardan
o‘tkazildi.
REFERENCES:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 18.07.2019 yildagi O‘RQ-549-son
‘TURIZM TO‘G‘RISIDA
”.
2.
TURIZMNING HUQUQIY АSOSLАRI_N.M.Umurzakova, D.R.Rustamova,
А.M.Muzaffarov/«Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi» Toshkent – 2021.
3.
https://uzbekistan.travel/uz/turizm-qonunlari/