Authors

  • Olimova Dano Shakirovna
  • Xasanova Lobar Hamro qizi

Author Biographies

  • Olimova Dano Shakirovna

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

    O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri p.f.n dotsent.

  • Xasanova Lobar Hamro qizi

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

    Bolalar xirurgiyasi y o‘nalishi magistranti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118241

Keywords:

ijtimoiy-psixologik bilimlar tibbiyot shifokor-bemor munosabatlari muloqot madaniyati empatiya stress sog‘liqni saqlash psixologik yondashuv.

Abstract

Mazkur maqolada tibbiyot sohasida ijtimoiy-psixologik bilimlarning ahamiyati, bemor va shifokor o‘rtasidagi muloqotning sifati, kasalliklarni tashxislash va davolash jarayonidagi psixologik yondashuvning roli tahlil qilingan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalarida ishlovchi xodimlar uchun ijtimoiy va psixologik kompetensiyalarni rivojlantirishning dolzarbligi yoritilgan. Maqolada tibbiy xodimlarning empatiya, stressni boshqarish, hamdardlik va ijtimoiy muloqot madaniyatini rivojlantirish orqali bemorlarning sog‘ayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ilmiy asosda bayon etiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

34

TIBBIYOTDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK BILIMLARNING O‘RNI VA

AHAMIYATI

Olimova Dano Shakirovna

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri p.f.n dotsent.

Xasanova Lobar Hamro qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

Bolalar xirurgiyasi y o‘nalishi magistranti.

Annotatsiya: Mazkur maqolada tibbiyot sohasida ijtimoiy-psixologik

bilimlarning ahamiyati, bemor va shifokor o‘rtasidagi muloqotning sifati, kasalliklarni

tashxislash va davolash jarayonidagi psixologik yondashuvning roli tahlil qilingan.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalarida ishlovchi xodimlar uchun ijtimoiy va

psixologik kompetensiyalarni rivojlantirishning dolzarbligi yoritilgan. Maqolada

tibbiy xodimlarning empatiya, stressni boshqarish, hamdardlik va ijtimoiy muloqot

madaniyatini rivojlantirish orqali bemorlarning sog‘ayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi

mumkinligi ilmiy asosda bayon etiladi.

Kalit

so‘zlar:

ijtimoiy-psixologik

bilimlar,

tibbiyot,

shifokor-bemor

munosabatlari, muloqot madaniyati, empatiya, stress, sog‘liqni saqlash, psixologik

yondashuv.

Zamonaviy tibbiyot nafaqat biologik va klinik bilimlarga, balki ijtimoiy hamda

psixologik bilimlarga ham asoslanadi. Tibbiyotning samaradorligi ko‘p jihatdan

shifokor va bemor o‘rtasidagi o‘zaro ishonchli munosabatlarga bog‘liq. Shu bois,

sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis ijtimoiy-psixologik

bilimlarga ega b o‘lishi zarur.

Psixologiya — bu inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakatida voqelikning

ruhiy aks etishini, psixik jarayonlar, holatlar va insoniy xususiyatlarni o‘rganuvchi

fandir. U sezgi va idrok, tafakkur va hissiyot, faoliyat hamda muomala kabi ruhiy

jarayonlarni o‘z tadqiqot doirasiga oladi. Psixologiyaning asosiy vazifasi —


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

35

psixikaning rivojlanish qonuniyatlarini filogenez (tur sifatida rivojlanish) va ontogenez

(shaxs sifatida rivojlanish) asosida ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishda

psixologiya biologiya, ayniqsa fiziologiya bilan, shuningdek, sotsiologiya,

pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq va boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‘liq.

Psixologiya, avvalo, inson psixikasining eng murakkab shakllari — ong va

o‘zini anglashni o‘rganadi. Tibbiyot psixologiyasi bo‘yicha ilk darslik XX asr

boshlarida mashhur nemis psixiatr va psixologi Ernst Krechmer tomonidan yozilgan.

Uning tavsiyasi asosida tibbiyot psixologiyasi Yevropada mustaqil fan sifatida o‘qitila

boshlandi. Keyinchalik ushbu sohaga oid turli darsliklar yaratilgan va hozirda bu fan

ko‘plab davlatlarning universitetlari va tibbiyot institutlarida o‘qitiladi.

1

Ta’kidlash joizki, “tibbiyot” juda keng tushuncha bo‘lib, psixologlar uning

deyarli barcha yo‘nalishlarida faoliyat yuritadilar. Ayniqsa, klinikalarda ishlovchi

psixologlar bemorlar bilan bevosita shug‘ullanadi, kasalliklarni tahlil qiladi va vrach

kabi ularni davolashda ishtirok etadi. Shu bois ko‘plab mamlakatlarda bu soha “klinik

psixologiya” deb ataladi.

Ijtimoiy psixologiya insonlarning o‘zaro munosabatlarini, jamiyatda tutgan

o‘rnini va ichki holatini o‘rganadi. Tibbiyotda bu bilimlar quyidagi jihatlar bilan

muhim ahamiyatga ega:

Shifokor va bemor munosabatlari: Samimiy va empatik muloqot

bemorning dardini to‘g‘ri tushunishga va aniq tashxis qo‘yishga yordam beradi.

Bemorning psixologik holati: Stress, xavotir va depressiya holatlarida

bemorga psixologik yordam ko‘rsatish davolanish samaradorligini oshiradi.

Jamiyat va tibbiyot: Kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini

shakllantirishda ijtimoiy-psixologik yondashuvlar muhim ro‘l o‘ynaydi.

Sog‘liqni saqlash xodimlari uchun treninglar: Shifokor va hamshiralar uchun

ijtimoiy-psixologik kompetensiyalarni rivojlantirish, stressga chidamlilikni oshirish

bo‘yicha muntazam treninglar o‘tkazilishi zarur.

1

Jalolov, A.A. (2012). Tibbiyot psixologiyasi asoslari. – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

36

Tibbiyot psixologiyasi - umumiy psixologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib

kasalliklarning kelib chiqishida psixikaning o‘rni va ahamiyatini o‘rganadi. Tibbiyot

psixologiyasi, tom ma’noda, bеmor psixologiyasini o‘rganuvchi fandir. Lеkin bu ta’rif

uning barcha imkoniyatlarini qamrab bеra olmaydi, albatta. Chunki u sog‘lom

kishilarda kasallikni kеltirib chiqaruvchi barcha tashqi va ichki omillarni o‘rganadi

hamda ularning sabablarini izlaydi. Tibbiyot psixologiyasi chеgara bilmas, kеng

qamrovli fandir. U uzoq tarixga ega bo‘lib, o‘zining rivojlanish bosqichida bir nеchta

davrlarni bosib o‘tdi.

Patopsixologiya psixologiyaning ana shu o‘zgarishlarini o‘rganadigan sohasi

yoki kasal odam psixikasi to‘g‘risidagi ta’limotdir. Tibbiyot psixologiyasi quyidagi

asosiy masalalarni o‘rganadi:

1) bemor va tibbiyot xodimining shaxsi, ular orasidagi o‘zaro munosabatlarni;

2) psixoprofilaktika, psixogigiyena va deontologiya muammolarini;

3) shifokor siri va etikasini;

4) yosh bilan bog‘liq tibbiypsixologik muammolarni;

5) sezgi va idrok, diqqat va xotira, shaxs, xulq-atvor, temperament, stress,

hissiyot, tafakkur, ong va ularning xususiyatlarini;

6) psixologik tekshirish usullarini.

Psixika sog‘liq va kasalliklarni davolashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Bemorning

ruhiy holatini yaxshilash maqsadida reja asosida doimiy ravishda psixologik yordam

berish psixoterapiya deb ataladi.

Kasalliklarning oldini olish, sog‘liqni saqlash va mustahkamlashda psixikaning

o‘rnini psixogigiyena va psixoprofilaktika fanlari o‘rganadi.

Tibbiyot psixologiyasi tarkibiga ikki o‘xshash, lekin bir-biridan farq qiladigan

tushuncha kiradi: psixopatologiya va patopsixologiya.

Psixopatologiya — bu ruhiy kasalliklar yoki boshqa turdagi kasalliklar fonida

psixikada yuzaga keladigan barcha o‘zgarishlarni o‘rganadigan sohadir.

Shuni aytish joizki, kuchli ruhiy zo‘riqishlardan so‘ng odamda turli jiddiy

kasalliklar – masalan, qandli diabet, yurak ishemik kasalliklari, yurak infarkti, insult,

hatto oshqozon-ichak yarasi yoki qon kasalliklari rivojlanishi mumkin. Odam


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

37

organizmida yuzaga keladigan har qanday xastalikda ruhiy holatning ta’siri muhim ro‘l

o‘ynaydi. Shu sababli, har bir shifokor psixologiya asoslarini chuqur o‘rganishi zarur.

Chunki bemorning ruhiy holati sog‘lom kishiniki bilan farq qiladi. Har bir inson

betoblikka turlicha munosabat bildiradi: ayrimlar juda siqilib, o‘z ahvolini

og‘irlashtiradi, boshqalar esa umidsizlikka tushib, taqdirga bo‘yin egadi, yana

boshqalar esa sog‘ayishiga umid bog‘laydi. Bularning barchasi bemorning

temperamentiga bog‘liq. Shu bois, har bir shifokor bemorni davolashga kirishar ekan,

uning temperament turiga – xolerik, sangvinik, melanxolik yoki flegmatik ekanligiga

e’tibor berishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, tibbiyotda ijtimoiy-psixologik bilimlardan foydalanish

sog‘liqni tiklash jarayonini tezlashtiradi, bemorlar bilan ishonchli munosabatlar

o‘rnatishga yordam beradi va tibbiy xizmat sifatini oshiradi. Shu bois bu bilimlarni

o‘rganish va amaliyotda qo‘llash zamonaviy tibbiyotning ajralmas qismidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Azizxo‘jaeva, N.N. (2004). Pedagogik va ijtimoiy psixologiya. – Toshkent:

O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti.

2.

Jalolov, A.A. (2012). Tibbiyot psixologiyasi asoslari. – Toshkent: Tibbiyot

nashriyoti.

3.

Ergashev, S. (2018). Tibbiyot xodimlari uchun psixologik madaniyat. –

Toshkent: “Ilm Ziyo” nashriyoti.

4.

Манаев, I. (2019). Tibbiy amaliyotda kommunikatsiya madaniyati. – Toshkent:

O‘zMU nashriyoti.

Most read articles by the same author(s)

Olimova Dano Shakirovna, Sapoyev Qodirbergan Otabek o’gli, TIBBIYOTDA NIZOLI VAZIYATLAR , Modern education and development: Vol. 24 No. 2 (2025)