MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
278
“KAPALAKLAR O‘YINI” ROMANIDA TRAGIK VAZIYAT
XRONOTOPI
To‘ychiyeva Laylo,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
O‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktaranti
toychiyevalaylo0@gmail.com
Tel. +998910039326
Annotatsiya.
Ushbu moqolada Kapalaklar o‘yini romanida tog’
xronotopining fojiaviy vaziyatni anglatishi ko‘rsatilgan. Sardorning o‘limi faqat o‘z
ma’nosida bo‘lmay metaforik ahamiyat kasb etgani yozilgan. Insonning tragik
vaziyati va go‘zallikni anglash vaziyati tog’ xronotopi orqali ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Xronotop. Vaziyat xronotopi. Kapalaklar o‘yini. Fojiaviy
vaziyat. Go‘zallikni anglash.
Abstract.
This article shows how the mountain chronotope in the novel The
Game of Butterflies represents a tragic situation. It is written that the death of the
commander has a metaphorical significance, not only in its meaning. The tragic
situation of man and the situation of understanding beauty are revealed through the
mountain chronotope.
Keywords:
Chronotope. Situational chronotope. The Game of Butterflies.
Tragic situation. Understanding beauty.
Абстрактный
. В данной статье показано значение горного хронотопа
в романе «Игра бабочек» как трагической ситуации. Написано, что смерть
Сардара не только значима, но и метафорична. Трагическое положение
человека и ситуация понимания красоты раскрываются через горный
хронотоп.
Ключевые слова:
Хронотоп. Хронотоп ситуации. Игра «Бабочка».
Трагическая ситуация. Понимание красоты.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
279
Xronotop asar mazmunini, umumiy syujet liniyalarini va asar
kompozitsiyasini bir ritmda ushlab truvchi asosiy vositadi. Xronotop atamasiga oid
qarashlar bir qancha mulohazalarning yuzaga kelishiga olib keldi. O‘zbek
adabiyoshunosligida Uzoq Jo‘raqulov, Bahodir Karimov, Qozoqboy Yo‘ldoshev va
boshqa bir qator olimlar xronotop haqida o‘zlarining qimmatli ma’lumotlarini berib
kelmoqdalar. Biz ushbu maqolamizda “Kapalaklar o‘yini” romanida targik (fojiaviy)
vaziyat xronotopini yoritishni maqsad qildik. Asarda tragik vaziyat bir necha
o‘rinlarda ushraydi, ammo, Sardorning o‘limi bilan bog’liq holatga biz asosiy fojiaviy
vaziyat deb qarashni joiz deb topdik. Sardor bilan bog’liq eng yorqin xronotop
shakllaridan biri esa tog’ xronotopidir. Tog‘ xronotopi
asar kompozitsiyasida muhim
burilish nuqtalari va ruhiy anglash jarayonlari orqali ifodalanadi. U syujetning turli
bosqichlarida paydo bo‘lib, voqealar rivojiga ta’sir qiladi. Bu xronotop orqali asar
strukturasida sirli boshlanish, keskin dramatik cho‘qqi va anglash bosqichi bir-biriga
bog‘lanadi. Tog‘ xronotopi asarda nafaqat syujet rivojining muhim komponenti, balki
kompozitsiyaning ichki strukturasini shakllantiruvchi va vaziyat kategoriyalarini
ochib beruvchi markaziy element sifatida namoyon bo‘ladi. Bu xronotop asar
kompozitsiyasida voqealar tizimliligi, dramatik cho‘qqilar, anglash jarayoni bilan
bog‘langan bo‘lsa, vaziyat kategoriyalari bilan murakkablik, go‘zallik va uni anglash,
fojiaviylik mezonlari asosida uzviy munosabatda turadi.
Asar kompozitsiyasida tog‘ xronotopi uch asosiy bosqichda ko‘rinadi:
1. Sirli bosqich – Sardorning shaxsiy makoni sifatida seziladi, lekin hali
bevosita ochilmaydi.
2. Fojiaviy cho‘qqi – Sardorning jarlikka qulash sahnasi orqali dramatik
burilish hosil qiladi.
3. Anglash bosqichi – Do‘stlari Sardorning sirini ochadi va bu joy ularning
anglash makoniga aylanadi.
Tog‘ning ushbu uch bosqichda aks etishi asarning dramatik ritmini
shakllantiradi. Syujet chizig‘ida tog‘ xronotopi bo‘limlararo bog‘lovchi vazifani
bajaradi. Sardorning sir saqlash bosqichi, fojiaviy yakun va xotira, anglash jarayonlari
shu xronotop orqali uzviy bog‘lanadi.Shu tariqa, tog‘ xronotopi asar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
280
kompozitsiyasida sir, fojea va anglash bosqichlarini bog‘lovchi markaziy tuzilma
sifatida xizmat qiladi. Tog‘ xronotopi va vaziyat kategoriyalari bilan munosabati
tahliliga e’tibor bersak, asarda vaziyat kategoriyalari o‘zgaruvchan, ko‘p qatlamli va
murakkab tuzilishga ega. Tog‘ xronotopi ushbu kategoriyalarni ochib beruvchi
markaziy obraz sifatida namoyon bo‘ladi.
a)
Murakkablik va ulug‘vorlik kategoriyasi.
Tog‘ xronotopi Sardorning shaxsiyati bilan bog‘liq bo‘lib, inson ruhiyati va
tabiatning ulug‘vorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Tog‘ oddiy geografik
makon emas, balki inson ongining chuqur qatlami, ruhiyati, ichki olami bilan bog‘liq
muhitdir. Sardor tog‘ni o‘ziga xos makon sifatida tanlaydi – tog‘ning ulug‘vorligi
Sardorning ulug‘vor shaxsiyatiga ishora qiladi. Bu kabi ulug’vor tog’ faqat haqiqiy
sardorlargagina o‘z g’ozalligini ko‘rsatishi, jilva qilishi romanda ko‘plab ramziy
ma’nolarni anglatadi
b)
Go‘zallik va uni anglash kategoriyasi.
Roman davomida g‘amgin ruh hukm suradi. Achinish, afsuslanish, xo‘rsinish
kabi tuyg‘ular yetakchilik qiladi. Biroq tog‘ xronotopi butunlay o‘zgacha: u tasalli
beruvchi, inson qalbida ajib tuyg‘ularni uyg‘otuvchi, Baqahovuzning boshqa
joylariga o‘xshamaydigan makon sifatida tasvirlanadi. Muallif ushbu xronotopni
Badal Armon tilidan quyidagi so‘zlar bilan keltiradi:
“O‘zi tug‘ilib o‘sgan
shaharning bunchalik zebo ekanini u sira xayoliga keltirmagandi. Osmonda
charaqlayotgan son-sanoqsiz yulduzlar ham Badalning ko‘ziga hech qachon bu
qadar fusunkor ko‘rinmagandi. Xuddi qo‘l cho‘zsa yetadigandek. Lekin
cho‘zmaysan—ularga teginib to‘zg‘itishga botinmaysan...”
1
Sardor tirikligida tog‘,
faqat, uning shaxsiy makoni, bu joyni boshqalar bilmaydi. Uning o‘limidan keyin tog‘
do‘stlari uchun ham falsafiy anglash joyiga aylanadi. Badal tog‘da yolg‘iz qolganida
Sardorni va uning hayot falsafasini to‘liq tushuna boshlaydi. U go‘zallikni faqat tog’
xronotopi orqaligina his qildi. Bu jihatdan tog‘ xronotopi inson anglash jarayonining
oxirgi bosqichini belgilaydi. Shu tarzda tog‘ endi shunchaki makon emas, balki
go‘zallikni anglashning yakuniy joyiga aylanadi. “Kapalaklar o‘yini” romani
1
To’xtamurod.R.Dengizni ko’rmagan odamlar.toshkent.2020. 340-bet
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
281
kompozitsiyasida go‘zallikni anglash bosqichining ibtidosi ham intihosi ham faqat
tog’ xronotopi orqali namoyon bo‘ladi.
c)
Fojiaviylik kategoriyasi.
Asar ichida vaqt va fojia elementlari tog‘ xronotopi orqali ifodalanadi. Tog‘
xronotopi o‘tgan vaqtning guvohi, uning fojiaviy to‘xtashi va xotiraga aylanishining
markaziy nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda turg’unlashgan millat ichra yashab,
jarlikdan qulayotgan ne-ne navqiron Sardorlarning fojiaviy qismatini aks ettiradi.
Tog’ xronotopi hamda unda aks etuvchi tabiat manzarasi, Sardorning do‘stlari
yuzidagi achinish, maxzunlik kayfiyati bilan umumiy tarzda tasvirlanadi. Shu tariqa,
tog‘ xronotopi asar kompozitsiyasida sir, fojiaviy yakun va anglash jarayoni kabi
asosiy syujet elementlarini bog‘lovchi markaziy xronotopga aylanadi. Bu holatlarni
yuzaga chiqarishda tog’ xronotopi, murakkab va ulug’vorlik, go‘zallik va uni anglash,
fojiaviylik kabi vaziyat kategoriyalari bilan bog’liqlikda namoyon bo‘ladi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, "Kapalaklar o‘yini" romanida tog‘
xronotopi muhim badiiy va falsafiy vazifa bajaradi. Tog‘ asarda shunchaki geografik
joy emas, balki inson hayoti va ichki kechinmalari aks etuvchi timsol sifatida
namoyon bo‘ladi. Tog‘ xronotopi romandagi dramatik voqealar rivojida ham muhim
ahamiyatga ega. Tog‘ insonning tabiiy muhit bilan munosabatini, o‘z taqdiri va
borliqni anglash jarayonlarini ochib beradi. Bu muhit voqealarning shiddatliligi va
qahramonlarning ichki kechinmalariga ta’sir qilib, ularning harakatlarini, qarorlarini
shakllantiradi. Bir so’z bilan aytganda, romanda tog‘ xronotopi qahramonlarning
ruhiy izlanishlari va falsafiy mushohadalarini chuqurlashtirish bilan birga, asarning
umumiy poetik tuzilishida ham muhim o‘rin egallaydi. Romanda tog‘ nafaqat sahna,
balki voqealar rivojini belgilovchi muhim timsol hamda vaziyat xronotopi vazifasini
ham bajargan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
:
1.
Baxtin M. “Romanda zamon va xronotop shakllari”. T.: “Akademnashr”.2015
2.
Jems Joys “Uliss sarguzashtlari” roman Toshkent “O‘zbekiston” 2013 y.
3.
Rustamov T. “Kapalaklar o‘yini” Sharq nashriyoti. T. 2000
4.
Rustamov T. “Dengizni ko‘rmagan odamlar” T.: “Global books”-2020y
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
282
5.
Jo‘raqulov U. “Nazariy poetika masalalari”. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi
NMIU, 2015.
6.
Журакулов У. Алишер Навоий “Хамса”сида хронотоп поэтикаси
(монография)
Тошкент турон-иқбол нашриёти 2017
7.
Темирболат А.Б. Проблема хронотопа в современной прозе: Учебное
пособие. – Алматы, 2003. –С.11.
8.
To‘rayeva B. “Zamonaviy romanchilikda xronotop poetikasining qiyosiy
tipologik tahlili”. Diss.Toshkent -2022.40-b