Vol. 22 No. 4 (2025)

Vol. 22 No. 4 (2025)
Published: 19-07-2025

Articles

3-6 14 4

ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ НА СОВРЕМЕННЫЙ РУССКИЙ ЯЗЫК

Туланова Зухра Боходиржон Кизи

В данной статье рассматривается влияние социальных сетей на современный русский язык. В результате исследования выявляются основные изменения, происходящие в языке под воздействием интернет-коммуникации. Также анализируются характерные черты языка социальных сетей и их влияние на устную и письменную речь современных пользователей.

114-118 13 6

XOTIN-QIZLARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Shukurоva Ilminur Bahtiyоrjоn qizi, Salohiddinova Mushtariybegim Jo‘raxon qizi

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga yaratilayotgan  ta’lim  imkoniyatlari  va  ularni  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, shunindek jamiyat hayotida xotin-qizlarning nufuzi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, mahalla tizimida xotin-qizlarni himoya qilish va ularga moddiy, ma’naviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, tashabbuslar hamda ijtimoiy-ma’naviy targ‘ibot ishlari yoritilgan.

205-217 19 6

TERMOSTATIK XONALARDA HARORATNI NAZORAT QILISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Hajiyev Nurbek Matyakubovich, G’aibnazarov Boburjon Usmonjon o’g’li

Ushbu maqolada termostatik xonalarda haroratni nazorat qilishning dolzarb muammolari va ularni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Kimyo, biologiya va farmatsevtika sohasidagi akkreditatsiyalangan laboratoriyalar uchun haroratni barqaror saqlash muhim ahamiyatga ega. Maqolada haroratni monitoring qilish usullari, termometrlarning metrologik tasdiqlash choralari va signal sozlamalarini aniqlash usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot FD V 08-601 hujjatiga asoslanib, xonaning harorat barqarorligini ta’minlashda monitoring termometrlaridan foydalanishning samaradorligini baholaydi.

119-122 19 7

YALPIZ O'IMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI

Raxmanova Firuza Erdanovna, Pardayeva Sabrina Sunnat qizi

Ushbu maqolada  yalpiz  oʻsimligining biologik xususiyatlari va xalq tabobatida qoʻllanishi yoritilgan. Oʻsimlikning kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlarini ilmiy asosda tahlil qilish orqali uni tibbiyot va farmatsevtikada qoʻllash imkoniyatlari oʻrganiladi. Natijada, yalpizning nafas va oshqozon kasalliklarida, stress va og’riq kamaytirishda foydalanilishi aniqlandi.

123-126 11 3

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI TABIATSHUNOSLIK DARSLARI ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA O'RGATISH USULLARI

Erkinova Shohsanam Faxriddin qizi

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini tabiatshunoslik darslari  orqali mustaqil fikrlashga o'rgatishning ahamiyati,  tabiatshunoslik darslarida qo’llanadigan usullar to’g’risida batafsil hikoya qilinadi.

127-131 11 4

HOMILADORLIKDA SEPSIS FONIDA TUGʻILGAN CHAQALOQLARDA BUYRAKDAGI PATOMORFOLOGIK OʻZGARISHLAR

Eshqobilov Ozodbek Abdisodiqovich, Shaymardonova Marjona Sherali qizi
Homiladorlikda sepsis og‘ir asoratlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan jiddiy holat hisoblanadi. Sepsis fonida tug‘ilgan chaqaloqlarda turli tizim va organlarda patologik o‘zgarishlar kuzatiladi, xususan, buyrak faoliyatining buzilishi ulardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada sepsis sababli buyrakda yuzaga keladigan patomorfologik o‘zgarishlar keng tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar, ilmiy izlanishlar va ilg‘or tadqiqotlar asosida ushbu patologiyaning klinik va morfologik xususiyatlari yoritiladi.

Sepsis in pregnancy is considered a serious condition that can cause severe complications. In babies born against the background of Sepsis, pathological changes are observed in various systems and organs, in particular, impaired kidney function is one of them. This article analyzes extensively the pathomorphological changes that occur in the kidney due to sepsis. Based on statistics, scientific research and Advanced Research, the clinical and morphological features of this pathology are highlighted.

132-138 16 4

YASHIL IQTISODIYOT VA SOLIQ SIYOSATI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA KELAJAK STRATEGIYALARI

M.G’oziyev, N.Erkinova, N.Yo’ldoshova

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotga oid soliq tizimining muammolari va ularning hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. Ekologik soliqlarning kichik va o‘rta biznesga ta’siri, ularning iqtisodiy samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rag‘batlantirishdagi roli hamda yangi soliq mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati yoritilgan. Shuningdek, soliq siyosatining shaffofligi va raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tajribalar asosida yashil soliqlarning iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari baholanib, uzoq muddatli barqaror rivojlanish uchun samarali soliq strategiyalarini ishlab chiqish taklif etiladi.

139-142 14 5

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA INKLYUZIV TA’LIMMI TASHKIL ETISH YO‘LLARI

Bozorova Ziyoda SHuhratovna

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim orqali bolalarga mehr va shu kabi axloqiy sifatlarni shakllantirish orqali ularda axloqiy sifatlarni tarbiyalashning ahamiyati, shakllari va metodlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

143-148 13 9

ВАЖНОСТЬ И ПРИМЕНЕНИЕ GЕR НА ПРАКТИКЕ В ВУЗАХ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

Набиева Г. А.

Tillar bo'yicha umumiy Evropa ma'lumot doirasi (GeR) - bu xorijiy tillarni bilish darajalari tizimi va hozirda Evropa Ittifoqida keng qo'llaniladi. Muloqot va nutq ko'nikmalarini Yevropa standartlariga moslashtirishning asosiy vositasi sifatida u barcha Yevropa tillari uchun qo'llaniladigan baholash va o'qitish usuli hisoblanadi.

149-152 12 5

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM JARAYONIDA QO‘LLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Jalilova Yoqutxon

Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayonida qo‘llash usullari, ularning samaradorligi va o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli ta’lim vositalari, sun’iy intellekt, virtual va kengaytirilgan reallik kabi innovatsion usullarning ta’limga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimidagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning joriy etilishi va ularning natijalari haqida amaliy misollar keltirilgan. Xususan, “STEAM” ta’limi, flipped classroom (teskari dars) modeli va adaptiv o‘quv platformalaridan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, ularning kreativlik va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

153-157 12 7

TAʼLIM MUASSASASIDA SUITSIDAL HOLATLARNING OLDINI OLISHDA MAKTAB PSIXOLOGINING VAZIFALARI

JUMAYEV HAMZA XASANOVICH

Maktab psixologi ta’lim muassasasida nafaqat o‘quvchilarning psixologik holatini kuzatish, balki ularning psixologik muammolarini hal etish va og‘ir holatlarning oldini olishga mas’ul shaxs hisoblanadi. Yoshlar o‘rtasida depressiya, stress va zo‘ravonlik natijasida suitsidal fikrlarning rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada maktab muhitida suitsidal holatlarning oldini olish bo‘yicha psixologning asosiy vazifalari, zamonaviy yondashuvlari va samarali profilaktika choralari yoritiladi. Tadqiqot maktab sharoitidan kelib chiqib psixologik jihatlarni tahlil qiladi va amaliy tavsiyalar beradi.

158-166 12 5

“GESTATSION QANDLI DIABET BILAN HOMILADORLARNI OLIB BORISH TAMOYILLARINI TAKOMILLASHTIRISH”

Sidikxodjaeva M.A, Yangiboyeva L

Gestatsion qandli diabet (GQD) homiladorlik davrida aniqlangan, ammo "manifest" qandli diabet mezonlariga javob bermaydigan giperglikemiya bilan tavsiflanadigan, homilador ayollarda endokrinologlar va akusher-ginekologlar tomonidan eng ko'p aniqlanadigan metabolik kasallik hisoblandi. Dunyoning turli mamlakatlarida GQD tarqalishi umumiy homiladorlik sonining 1-20% ni tashkil qiladi va ko'p jihatdan o'rganilayotgan aholi soniga va qo'llaniladigan diagnostika mezonlariga bog’liq.


GQDning bir qancha perinatal va akusherlik asoratlari mavjud: makrosomiya tug’ruq vaqtida ayol va bolaning travmalariga, diabetik fetopatiya (DF) esa yangi tug’ilgan chaqaloqda gipoglikemiya va nafas olish muammolariga sabab bo’ladi. GQD bilan og'rigan bemorlarni tekshirish va davolash perinatal asoratlarni yaxshilaydi, makrosomiya va DF bilan og'rigan bolalar foizini kamaytiradi va buning natijasida aholi orasida operativ tug'ish sonining kamayishiga olib keladi.

167-171 16 3

SHAXSIY KOMPYUTERDA BIOS HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.

Axtamova Zarnigor Avazovna

BIOS (asosiy kirish/chiqish tizimi) - bu kompyuter mikroprotsessori uni yoqilgandan keyin kompyuter tizimini ishga tushirish uchun foydalanadigan dastur. Bundan tashqari, u kompyuterning operatsion tizimi (OT) va qattiq disk, video adapter, klaviatura, sichqoncha va printer kabi biriktirilgan qurilmalar o'rtasidagi ma'lumotlar oqimini boshqaradi.

172-175 19 6

EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI HIMOYALASH

Turdimuratova Saxizoda Jangabaevna, Bekniyazova Indira Baltaniyazovna

Ushbu maqolada ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning ahamiyati, zamonaviy ekologik muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Barqaror rivojlanish tamoyillari asosida inson faoliyatining tabiiy muhitga ta’siri, ekologik muammolarni hal qilishda davlat va jamiyatning ro‘li yoritiladi. Shuningdek, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik innovatsiyalar va yashil iqtisodiyotning rivojlanishi muhokama qilinadi.

176-184 16 7

BREEDING OF PRODUCTIVE GENOTYPES OF WINTER BREAD WHEAT WITH HIGH YIELD, GRAIN QUALITY INDICATORS

Dilmurodov Sherzod Dilmurodovich

While high temperatures adversely affect grain yield, weight, and grain number in plants, drought reduces the amount of organic matter accumulation in plants, slows leaf growth, reduces the working leaf surface through which basic photosynthesis takes place, and results in lower yields, no pointing, and technological quality of grain. The selection of primary material when creating and introducing into the production of new highly productive bread wheat varieties in the irrigated lands of the Republic is the main factor. The need for high-yielding wheat varieties is growing day by day when growing high-quality crops on existing sown areas. The study investigated the relationship between the weight of 1000 grains, natural weight and yield of 47 lines created and selected in local conditions. Based on the results of the research results on productivity indicators, 9 lines were selected and transferred to the next stages.

185-196 12 7

СТРАТЕГИК ВА МУҲИМ ДАВЛАТ ОБЪЕКТЛАРИНИ ЗАМОНАВИЙ ТАҲДИДЛАР ҲИМОЯ ҚИЛИШ

Муслимов Хусан Нишонбоевич

Мазкур мақолада террористик ҳаракатлар пайтида муҳим давлат объектларига уюштириладиган замонавий таҳдидларнинг ҳалокатли таъсири, муҳим давлат объектларининг хавфсизлигини таъминлайдиган замонавий муҳандислик-техник қўриқлаш воситаларининг имкониятлари, ҳамда муҳандислик-техник қўриқлаш воситаларидан фойдаланган ҳолда муҳим давлат объектларининг хавфсизлигини таъминлашда мавжуд муаммолар, муҳим давлат объектларига таҳдид солувчи энг муҳим воситалардан кичик ҳажмдаги учувчисиз учиш аппаратларига қарши курашиш учун мўлжалланган муҳандислик-техник қўриқлаш воситалари мажмуаларидан иборат аниқлаш ва йўқ қилиш ускуналари самарадорлигини ошириш усуллари ёритилган. Шунингдек, мақолада инфратузилма объекти хавфсизлигини таъминлашнинг асосий вазифалари, махфий маълумот манбаларига киришнинг олдини олиш, видеокузатув тизимидан фойдаланиш, муҳандислик-техник ҳимоя воситалари мажмуасининг ишлашини текшириш ҳамда ахборот хавфсизлиги воситаларининг дастурий-аппарат комплексини бошқариш кабилар ёритилган.

197-204 15 2

КОРРУПЦИЯ В ОБЛАСТИ ЗДРАВООХРАНЕНИЯ

Рустамов Сарварбек

Коррупция в сфере здравоохранения является одной из наиболее разрушительных проблем, оказывающих негативное воздействие на качество медицинских услуг и доступность здравоохранения для населения. В статье рассмотрены основные аспекты коррупционных проявлений в здравоохранении, включая взяточничество, откаты, мошенничество при трудоустройстве и повышении квалификации, а также в процессе предоставления медицинских услуг. Приведены примеры коррупции в Узбекистане, такие как взятки за установление инвалидности, трудоустройство и выдачу медицинских сертификатов. Несмотря на усилия по реформированию системы здравоохранения, включая внедрение аутсорсинга, коррупция сохраняет свою актуальность. Для эффективной борьбы с коррупцией необходимо усиление контроля, повышение квалификации медицинских работников и улучшение прозрачности в системе государственного управления.

218-225 14 7

TIBBIY BIOLOGIYA LABORATORIYALARIDA AKKREDITATSIYA JARAYONINING AHAMIYATI VA TALABLARI

Qurbanbayev Mansurbek Taxirovich, G’aibnazarov Boburjon Usmonjon o’g’li

Ushbu maqola tibbiy biologiya laboratoriyalarida akkreditatsiya jarayonining ahamiyatini va talablarini o‘rganadi. NF EN ISO 15189 standartlari asosida sifat menejmenti, texnik talablar va jarayonlarni boshqarish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqsad – akkreditatsiya orqali natijalarning ishonchliligini oshirish va bemor xavfsizligini ta’minlash. Hujjatli tahlil usuli qo‘llanilgan. O‘zbekiston laboratoriyalari uchun moslashtirilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

57-62 14 6

LOGISTIKA TEXNOLOGIYALARINI KORXONALARGA JORIY QILISH HAMDA XORIJIY MAMLAKATLARDA JORIY QILINGAN INTELLEKTUAL TIZMLARNI O‘RGANISH

Raxmonov Xokimjon Nu’monjon o‘g‘li

Maqolada korxonalar ishlab chiqarish jarayonlariga logistika axborotlar tizimlarini joriy qilish, korxonalar ishlab chiqarish jarayonlariga logistika axborotlar tizimlarini joriy etish orqali muammolarni yechish hamda logistika sohasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va ulardan amalda samarali foydalanish bo‘yicha masalalar tahlil qilingan.Shuningdek, shahar transportida yo‘lovchi va yuklarni tashishda innovatsion texnologiyalar, transport oqimlari hamda kelgusida mintaqaviy transport-logistika tizimiga intellektual transport texnologiyalarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

7-16 17 6

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

SAFAROVA MOHICHEHRA XONZAFAROVNA

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish orqali ularni ijtimoiy muhitda o‘z fikrlarini bayon qilish, do‘stlari, ota-onalari va tarbiyachilar bilan faol muloqotga kirishishi uchun kommunikativ yondashuv masalalari o‘rganiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqi og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan hollarda shakllanishi aniqroq ochib beriladi va bolalarning erta yosh davridagi muloqotining shakllanmay qolish sabablari bayon qilinadi. Bolalarni maktab ta’limiga faol tarbiyalab, muloqotchanligini oshirish dolzarbligi hisoblanadi. Ushbu maqolada bolaning erkin kommunikator ekanligi va muloqotida o‘z fikr-mulohazalarini o‘z tili, ya’ni sheva va lahjalarida qanchalik bayon qila olishi ko‘rsatilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning so‘z boyligining shakllanish darajalari ko‘rsatib o‘tilgan va bola hayotida kommunikatsiya qanchalik muhim ekanligi asosiy muammo sifatida qaralgan.

17-20 14 3

ИМЯ ПРИЛАГАТЕЛЬНОЕ

Алимова Шохида Илхомжоновна

Имя прилагательное — это самостоятельная часть речи, обозначающая признак предмета и отвечающая на вопросы какой? какая? какое? какие?. Прилагательные изменяются по родам, числам и падежам, согласуясь с существительным.


В зависимости от значения прилагательные делятся на:Качественные (красивый, быстрый, умный);Относительные (деревянный, школьный, зимний);Притяжательные (отцов, лисий, мамин).


Прилагательные играют важную роль в речи, придавая ей выразительность и точность. Они используются для описания характеристик предметов, явлений и состояний, обогащая язык и делая его более образным.

21-25 20 8

THE USE OF FUEL IN THE GASEOUS STATE USED FOR CARS

Jomiyeva Shakhnoza Mamatqul qizi

This article explores the use of gaseous fuels in the automotive industry, focusing on their environmental, economic, and technical advantages. By analyzing the current literature on gaseous fuels such as compressed natural gas (CNG), liquefied petroleum gas (LPG), and hydrogen, the paper outlines the methods, results, and future prospects for integrating these fuels into the automotive sector. It also presents suggestions for further development and implementation.

26-28 12 4

GLOBAL PROBLEMS

Махмудхужаева Зиедахон Исомитдиновна

This article analyzes the current global problems of modern world. Climate change is covered by issues such as climate change, environmental problems, demographic problems, poverty and social problems, terrorism and technological risks. The reasons for these problems are discussed on humanity and the potential solutions. The role of international organizations and governments in addressing these problems will be considered. The article includes a comprehensive approach to global problems and suggestions for their elimination.

29-33 11 3

JADIDLAR ASARLARI ORQALI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING INSONIYLIK FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH

Pulatova Dilfuza Saidbayevna

Ushbu maqolada   Jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik merosi - boshlang'ich sinf o'quvchilarining insoniylik fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati to’g’risida batafsil hikoya qilinadi.

34-4 15 4

INSTINKTLAR VA GURUHIY PSIXOLOGIYA

Shamsiddinov Sadriddin Saparovich

Mazkur maqolada instinktlarning inson psixologiyasiga va guruhiy qaror qabul qilish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Guruhiy psixologiyaning shakllanishi, individuallik va kollektiv ong o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda instinktlarning ijtimoiy xatti-harakatlarga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, instinktlar guruh ichida muayyan naqshlarni shakllantirishi va odamlarning guruh qarorlariga bo‘ysunishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, maqolada ommaviy xatti-harakatlar, yetakchilik va guruhiy bosim kabi hodisalar instinktlar bilan bog‘liq holda tahlil etiladi.

46-52 15 3

ГИЛАМДЎЗЛИК-АСРЛАРГА ТЕНГДОШ АНЪАНА

Гафурова Камола Мирсалиевна

Ушбу  мақолада  гиламчилик  тарихи, ривожланиши, турлари ҳақида ёритиб   берилган. Унинг      ҳудудлари   ва   тараққий   этиш   босқичларини   фарқлари тўғрисида сўз борган. ХIХ -ХХ асрда гиламлар тўқишда  ишлатиладиган  ўсимликлар (пахта,  зиғир,  жун)  толалари,  жун (қўй, эчки,  туя  жуни)дан  тайѐрланган  иплар  ҳақида  ёритилган.  Гиламдўзлик санъатининг инсон ҳаётига кириб келиши, нима мақсадларда қўлланилишига тавсиф берилган.

53-56 9 2

IMPROVE YOUR ENGLISH THROUGH SONGS

Rakhmonova Mokhinur

The use of music as a pedagogical tool in language learning has gained considerable attention in applied linguistics and educational psychology. This paper explores how songs can improve English language acquisition, focusing on vocabulary development, pronunciation, listening comprehension, and cultural literacy. Through a review of empirical studies, this article demonstrates the effectiveness of music as a multimodal learning aid that stimulates cognitive and affective processes involved in second language acquisition (SLA).

109-113 12 5

OILAVIY NIZOLAR SABAB BOLALARDA KECHADIGAN PSIXOLOGIK O’ZGARISHLAR

Shavkatova Kamola Dilshod qizi

Ushbu maqolada oilaviy nizolar haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan islohotlar, qonun-qarorlar va chora tadbirlar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, oilaviy nizolarning kelib chiqishi va bolalarda psixologik o‘zgarishlari yoritib berilgan.

63-67 16 4

NAFAS OLISH FIZIOLOGIYASI: GAZ ALMASHINUVI VA NAZORAT MEXANIZMLARI

Alimova Zebiniso Farhodjon qizi, Normurodova Ruhshona Rustam qizi
Nafas olish fiziologiyasi inson organizmidagi eng muhim jarayonlardan biri bo‘lib, uning to‘g‘ri ishlashi hayotiy ahamiyatga ega. Gaz almashinuvi jarayoni hujayralarni kislorod bilan ta’minlash va uglerod dioksidini organizmdan chiqarib tashlash orqali muvozanatni saqlaydi. Ushbu maqolada nafas olish fiziologiyasining nazariy asoslari, gaz almashinuvi mexanizmlari va uning boshqaruv tizimlari tahlil qilinadi.  Tadqiqotda ilmiy faktlar va raqamlar orqali mavzuning dolzarbligi yoritiladi.
68-71 13 5

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA AXBOROT KOMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI

Mamatmutova Muxarram Choriyevna

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati va afzalliklari batafsil ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy AKT vositalarining bolalarning o‘quv jarayoniga ijobiy ta’siri, ularni qiziqtirish va rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada ushbu texnologiyalardan samarali foydalanish usullari va natijalari kengroq yoritiladi

72-77 10 5

YAPON TILIDA SANASH SAN’ATI: SANOQ QO‘SHIMCHALARI VA ULARNING O‘ZIGA XOSLIGI

Ilhomova Nozima

Ushbu maqolada yapon tilidagi sanoq qo‘shimchalari haqida so‘z boradi. Yapon tilida sanash uchun oddiy sonlarni ishlatish bilan cheklanmay, sanalayotgan obyektlarning shakli, hajmi va tabiati asosida turli sanoq qo‘shimchalari talab qilinadi. Maqolada eng ko‘p ishlatiladigan sanoq qo‘shimchalari, ularning ishlatilish qoidalari va istisnolari tushuntiriladi. Shuningdek, ushbu tizimni osonroq o‘rganish va tushunish bo‘yicha foydali usullar ham ko‘rib chiqiladi.

78-85 11 3

O‘ZBEK VA YAPON TILLARIDAGI KELISHIK TIZIMI: QIYOSIY TAHLIL

Ilhomova Nozima

Ushbu maqolada o‘zbek va yapon tillaridagi kelishik tizimi qiyosiy tahlil qilinadi. O‘zbek tilida kelishik maxsus qo‘shimchalar orqali ifodalanadi, yapon tilida esa bu vazifani 格助詞 (kaku joshi) deb ataluvchi partikllar bajaradi. Tadqiqot davomida ushbu ikki til tizimidagi grammatik farqlar va o‘xshashliklar o‘rganiladi. Shuningdek, kelishik kategoriyasining sintaktik va semantik jihatlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola natijalari yapon va o‘zbek tillarining grammatik tuzilishini tushunishda hamda tarjima jarayonlarida foydali bo‘lishi mumkin.

86-94 14 7

YAPON VA O‘ZBEK TILLARIDA SANOQ QO‘SHIMCHALARI: LINGVISTIK VA QIYOSIY TAHLIL

Ilhomova Nozima

Ushbu maqolada yapon va o‘zbek tillaridagi sanoq qo‘shimchalari lingvistik jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi. Yapon tilida sanoq qo‘shimchalari otlarning turiga qarab o‘zgarishi va maxsus kategoriyalar bilan bog‘lanishi o‘rganiladi. O‘zbek tilida esa sanoq qo‘shimchalari umumiyroq ishlatilishi va qanday kontekstlarda o‘zgarishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada bu qo‘shimchalarning grammatik va semantik jihatlari o‘rganilib, ularning o‘xshashlik va farqlari aniqlanadi. Maqolada yapon va o‘zbek tillarida sanoq qo‘shimchalari  tizimi va ularning  lingvistik xususiyatlari chuqurroq yoritiladi.

95-103 13 7

YAPON VA INGLIZ TILLARIDA INKOR YASOVCHI AFFIKSLAR: QIYOSIY LINGVISTIK TAHLIL

Ilhomova Nozima

Ushbu maqolada yapon va ingliz tillarida inkor yasovchi affikslar – prefiks va suffikslarning lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida yapon tilidagi 不 (ふ), 無 (む), 非 (ひ) prefikslari hamda ingliz tilidagi un-, in-, dis-, -less affikslarining so‘z yasalishidagi o‘rni, ma’no shakllantirishdagi roli va grammatik xususiyatlari qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu affikslarning qo‘llanish chegaralari, bir-biriga o‘xshash va farqli tomonlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yapon va ingliz tillaridagi inkor shakllarining lingvistik tizimidagi o‘rnini aniqlashga hamda ularning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishga xizmat qiladi.

104-108 18 8

MAKTABGACHA TA’LIMDA MUQOBIL TA’LIM SHAKLINING RIVOJLANISHI

Uzoqova Maftuna Yori qizi

Ushbu maqolada kundan-kunga rivojlanib borayotgan maktabgacha ta’lim tizimiga yangi innovatsion ta’lim shakllarining va texnologiyalarining joriy etilishi, rivojlanish strategiyasining ishlab chiqilishi, chekka qishloqdagi mamlakatimiz aholisi uchun maktabgcha ta’lim tashkilotlarini barpo qilinishi va shart – sharoitlar yaratish , maktabgacha ta’limga qamrov sonini oshirish, har bir bolani maktabgacha ta’limda mukammal ta’lim va tarbiya olishi uchun ijmoiy ko’maklashish kabi isloatlar haqida so’z boradi.

389-399 15 6

GINO YAT REGULATION OF THE SCOPE OF APPLICATION OF LAWS IN THE SPACE WITH INTERNATIONAL LAW NORMS

Otaev O'tkirbek Matyokubovich

This article provides scientifically based proposals and recommendations on the theoretical and practical aspects of regulating the scope of criminal laws in the territory by international law.

337-342 14 3

LINGUISTIC AND CULTURAL CHARACTERISTICS OF STABLE COMPOUNDS BASED ON ORNITHONYMS

Iskenderova Saxibjamal, Kalimbetov Bayram

The language of people preserves and transmits invaluable information about its history, culture and everyday life from generation to generation. In addition, through language, people convey to subsequent generations their accumulated experience over centuries. Over time, everything might be destroyed-cities, buildings and other objects of material culture, but information about them is constantly preserved in the language. In the implementation of this function of the language, such units as phraseological units, proverbs and sayings play a significant role. That is why the comparative study of phraseology and of unrelated languages ​​remains one of the most relevant areas of modern linguistics.

343-345 11 3

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY FOJIASI: JADIDCHILIK YO‘LIDAGI QURBONLIK

Quqonboyeva Moxlaroyim Elmurodjon qizi

XX asrda Turkistonda boshlangan jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z faoliyati davomida xalq ma’rifatli bo‘lishi hamda Vatani mustaqil bo‘lishi uchun harakat qildi. Bu yo‘lga qat’iy kirishgan Behbudiy davr mutasaddilari uchun haqiqiy raqib bo‘ldi. Shu sababli ma’rifatparvar Behbudiy fojiali tarzda o‘ldirildi. Ushbu maqolada Behbudiy faoliyati, fojiali taqdiri haqida so‘z yuritiladi.

346-348 12 3

TEACHING PHARMACEUTICAL BIOTECHNOLOGY IN NURSING PRACTICE

Ergashova Dilnavoz Samandar kizi

Pharmaceutical biotechnology plays a crucial role in modern healthcare by providing advanced therapeutic options and personalized treatment approaches. Teaching this subject to nursing students enhances their understanding of biotechnology-based drugs, genetic engineering, and bio-pharmaceutical applications in patient care. This paper explores the significance of integrating pharmaceutical biotechnology into nursing education, its impact on clinical practice, and effective pedagogical strategies for teaching the subject.

349-357 10 3

SHАXSGА DOIR MА’LUMOTLАRNI HIMOYA QILISH MASALASINING VUJUDGА KELISHI VА RIVOJLАNISHI

Abdug‘ofurov Baxriddin Abdug‘ani o‘g‘li

Ushbu maqolada Shаxsgа doir mа’lumotlаrni himoya qilish masalasining vujudgа kelish tarixi, rivojlanishi, Amerika Qo’shma Shtatlari va Yevropada Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishga oid hujjatlarning paydo bo’lishi, dunyo bo’ylab tarqalishi masalalari bayon qilingan.

358-359 10 7

SAVING ELECTRICITY-A BRIGHTER FUTURE

SAFAROVA MUXLISA

   It is hard to imagine modern society without electricity. From home lighting to factories and industrial plants, electricity is used everywhere. However, wasting electrical energy not only harms the environment but also leads to economic losses and the needless depletion of resources.

360-364 17 3

INFОRMАTIKА FАNI DАRSLАRIDА ZАMОNАVIY DАSTURLАSH TILLАRIDAN FOYDALANISH

Hasanov Behzod Mamirjonovich

Ushbu mаqоlаdа infоrmаtikа fаni dаrslаridа zаmоnаviy dаsturlаsh tillаrini о‘rgаnishning аhаmiyаti vа ulаrning о‘quvchilаr rivоjlаnishigа qо‘shgаn hissаsi tаhlil qilinаdi. Dаsturlаsh tillаri mаntiqiy vа аlgоritmik fikrlаshni rivоjlаntirish, texnоlоgik bilimlаrni оshirish, kаsbiy yо‘nаlishdаgi imkоniyаtlаrni kengаytirish vа yаrаtuvchаnlikni shаkllаntirish uchun muhim vоsitа sifаtidа nаmоyоn bо‘lаdi. Mаqоlаdа Pythоn, JаvаScript, C++ kаbi zаmоnаviy dаsturlаsh tillаrining о‘quvchilаrgа bо‘lgаn tа’siri, shuningdek, ulаrni sаmаrаli о‘qitish usullаri, jumlаdаn, interfаоl vа аmаliy yоndаshuvlаr yоritilgаn. Tа’lim jаrаyоnidа dаsturlаsh tillаrini о‘rgаtish yоsh аvlоdni rаqаmli texnоlоgiyаlаr аsrigа mоslаshgаn, rаqоbаtbаrdоsh mutаxаssislаr sifаtidа shаkllаntirish uchun zаrur ekаnligi аsоslаnаdi.

365-371 14 5

BEMORLARNI SUN’IY OVQATLANTIRISHDA HAMSHIRALIK PARVARISHI

Maxammatova Oltinoy Iskandar qizi

Bemorlarni sun’iy ovqatlantirish – og‘iz orqali oziqlanish imkoni bo‘lmaganda bemorlarga oziq moddalar yetkazib berish usuli. Bu usul og‘ir kasalliklar, jarrohlik amaliyotlari, komatoz holat yoki yutish refleksi buzilgan bemorlar uchun qo‘llaniladi. Sun’iy ovqatlantirish organizmning energiya, oqsil, yog‘ va vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yordam beradi. U bemorlarning sog‘lig‘ini saqlash, tezroq tiklanish va oziq yetishmovchiligini oldini olishda katta ahamiyatga ega. Ushbu jarayon shifokor nazorati ostida olib borilishi kerak, chunki noto‘g‘ri ovqatlantirish asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

372-388 10 6

АЁЛЛАР ТАДБИРКОРЛИГИ: ҲУҚУҚИЙ КАФОЛАТЛАР ВА РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ

Даминова Хилола Салимовна

Ушбу илмий мақолада аёллар тадбиркорлигининг ҳуқуқий кафолатлари ва ривожланиш тенденцияларига оид тадқиқот амалга оширилади. Мақолада аёллар тадбиркорлигини ривожлантириш учун давлат томонидан амалга оширилаётган ҳуқуқий ва иқтисодий қўллаб-қувватлашлар, шунингдек, ушбу соҳадаги муаммолар ва имкониятлар тўғрисидаги таҳлиллар олиб борилади. Хусусан, Ўзбекистонда аёллар тадбиркорлигини
қўллаб-қувватлашга қаратилган дастурлар ва уларнинг самарадорлиги, гендер тенглигини таъминлаш, молиявий ёрдам ва ҳуқуқий кафолатлар борасидаги муаммолар муҳокама қилинади. Мақолада аёллар тадбиркорлиги ривожидаги барча асосий тенденциялар, уларнинг ижтимоий-иқтисодий ривожланишга қўшган ҳиссаси ва гендер тенглигини таъминлашдаги аҳамиятига эътибор қаратилади. Мазкур тадқиқот аёллар учун тадбиркорлик муҳитини яхшилаш, уларнинг иқтисодий мустақиллигини таъминлаш ва иқтисодий тараққиётга ҳисса қўшишга қаратилган асосий тавсияларни ўз ичига олади. Тадқиқот натижалари аёллар тадбиркорлигини ривожлантиришга оид ҳуқуқий кафолатлар ва ривожланиш тенденцияларининг мураккаб хусусиятларини яққол намоён этди. Ўтказилган таҳлил ва тадқиқотлар аёллар тадбиркорлигини қўллаб-қувватлаш бўйича Ўзбекистонда амалга оширилган тадбирлар, муаммолар ва самарадорликка оид натижалар кўрсатилган.

332-336 13 3

PHYSICAL DEVELOPMENT OF CHILDREN AND ADOLESCENTS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN: ISSUES OF STUDY AND ASSESSMENT

Kuliev Serdar Batyrovich, Kosimov Khayruddin Olimovich

The article presents an analysis of studies on the physical health (physical development and physical fitness) of children, adolescents, and young people living in Uzbekistan. It examines the influence of environmental and socio-economic factors on physical health indicators. Special attention is given to the role of the ethnic factor in shaping the physical health of this population category.

400-411 11 5

КИЧИК БИЗНЕСНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА АЁЛ ТАДБИРКОРЛАРНИНГ РОЛИ

Ахмедова Зарифахон Шавкатовна

Ушбу мақолада бозор иқтисодиёти шароитида мамлакат иқтисодиётида муҳим ўрин тутувчи кичик бизнесни ривожлантиришда аёллар тадбиркорлигининг ахамияти, иқтисодий барқарорлик ва ривожланишга қўшадиган муҳим ҳиссаси,  миллий хўжаликда янги иш ўринлари яратилиши, аҳолининг даромад манбаларини ошириш ҳамда тадбиркорлик муҳитини яхшилашдаги ўрни ва роли тўғрисида сўз боради. Мазкур мақолада кичик бизнесни ривожланишида хотин-қизлар тадбиркорлигининг ривожланиш йўналишлари, унинг давлат томонидан қўллаб-қувватлаш механизмлари ҳамда иқтисодий аҳамияти таҳлил қилинган. Шунингдек, кичик бизнесни ривожлантиришда аёл тадбиркорлар дуч келиши мумкин бўлган муаммолар ва уларни ҳал қилиш йўллари, бу борада мамлакатда амалга оширилаётган ислоҳотлар ҳақида ҳам фикр юритилади.

412-425 12 4

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING EKSPORT SALOHIYATI VA XALQARO BOZORGA CHIQISH IMKONIYATLARI

Tolibov Abbos Ibrohim o‘g‘li

Ushbu maqolada kichik biznes subyektlarining (qishloq xo’jaligi mahsulotlari misolida) eksport salohiyati va xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari, hukumat tomonidan ularga yaratilayotgan sharoitlar, qabul qilingan qonun hujjatlari, ularni qo‘llab quvvatlash va xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari tahlili yoritib berilgan.

426-429 16 4

,,BOSH MIYA YARIMSHARLARI FUNKSIYONAL ASSIMETRIYASI VA DIAGNOSTIKASI’’

MAVLONOVA MALIKA VA MUSTAFOQULOVA MADINA

Bosh miyaning ikki yarim shari - chap va o'ng yarim sharlari, o'ziga xos va bir-birini to'ldiruvchi funksiyalarni bajaradi. Ularning har biri o'ziga xos kognitiv, motor va sezgir vazifalarni bajarishga mas'uldir. Yarim sharlarning funksional asimetriyasi, ya'ni ularning turli vazifalarni bajarishdagi farqlari, insonning psixologik va nevrologik xususiyatlarini shakllantiradi. Ushbu maqolada bosh miya yarim sharlarining funksional asimetriyasi, uning fiziologik asoslari va diagnostika usullari haqida so'z boradi.

430-432 21 4

OILAGA TEGISHLI MUNOSABATLAR: HOZIRGI ZAMON VA UNING O‘ZGARUVCHAN DINAMIKASI

Klimova Ayzada, Mambetiyarova Venera Reyimbaevna

Oilaga tegishli munosabatlar jamiyatning asosiy tuzilmalari bo‘lib, ularning tarixi, rivojlanishi va hozirgi holati ijtimoiy o‘zgarishlarga, madaniyatga va iqtisodiyotga bog‘liqdir. Oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlar ko‘p jihatdan individning o‘zini qanday anglashiga, jamiyatdagi roliga va turmush tarziga ta’sir qiladi. Mazkur maqola oilaga tegishli munosabatlarning nazariy asoslari, o‘zgarish sabablari va hozirgi jamiyatdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi. Shuningdek, oilaning rivojlanishiga, oila a'zolari o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qiladi va kelajakda oila institutining qanday shakllanishi mumkinligini ko‘rsatib o‘tadi.

433-436 24 6

OILA VA MEHNAT MUAMMOLARI

Qayipova Bekzada Ańsatbay qizi, Mambetiyarova Venera Reyimbaevna

Ushbu maqola oila va mehnat muammolarini tahlil qiladi. Oila jamiyatning asosiy elementlaridan biri bo'lib, uning salomatligi va farovonligi, albatta, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning ko'rsatkichlaridan biridir. Mehnat esa insonning iqtisodiy faoliyatini ta'minlovchi asosiy omil bo'lib, oilaning moddiy va ma'naviy farovonligiga bevosita ta'sir qiladi. Oila va mehnat o'rtasidagi o'zaro aloqalar ko'plab muammolarni keltirib chiqaradi, jumladan, ayollarning mehnat bozoridagi o'rni, oilaviy mas'uliyatlar, ish va oilaviy hayot orasidagi muvozanatni topish kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Maqola oila va mehnatning jamiyatdagi o'rni, o'zaro ta'siri va ular bilan bog'liq ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni tahlil qilishga qaratilgan.

437-439 22 4

OILA VA UNING PSIXOLOGIK FAROVONLIGI

Kewlimjaeva Ayjamal Abaevna, Mambetiyarova Venera Reyimbaevna

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, inson hayotidagi birinchi ijtimoiy muhitni tashkil etadi. Oilaning psixologik farovonligi, oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari va hissiy holatlari, jamiyatning umumiy farovonligini belgilovchi muhim omillardandir. Oila ichidagi munosabatlar, sog‘lom psixologik atmosferaning mavjudligi, oilaning farovonligi va a’zolarining ruhiy salomatligi o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Ushbu maqolada, oilaning psixologik farovonligining muhim jihatlari, uning oilaviy munosabatlar, hissiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy moslashuvga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, oila a’zolarining psixologik ehtiyojlarini qondirishning ahamiyati va oila ichidagi stress, ziddiyat va ularning psixologik farovonlikka ta’siri ham tahlil qilinadi. Maqolada oilaviy terapiya va psixologik maslahatlarning oila farovonligi uchun muhim vosita sifatida roli alohida ta’kidlanadi.

440-442 22 4

OILADA BOLALAR VA OʻSMIRLARNING EMOTSIONAL RIVOJLANISHI

Ziyawatdinova Muxabbat, Mambetiyarova Venera Reyimbaevna

Ushbu maqola oilada bolalar va oʻsmirlarning emotsional rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillarni tahlil qiladi. Bolalar va oʻsmirlar emotsional rivojlanishining muhim bosqichlari va oilaviy muhitning roli koʻrib chiqiladi. Maqolada oilaning bolalarning o'zini anglash, hissiy barqarorlik, hamda stress va ijtimoiy munosabatlarga ta'siri keng yoritilgan. Bundan tashqari, turli ota-ona munosabatlari va ularning bolalarga bo'lgan tasiri, emotsional rivojlanishga ijobiy va salbiy ta'sirlarni aniqlash maqsadida tahlil qilinadi.

443-447 15 3

ODAM GAVDASIDAN OLINADIGAN O’LCHOVLARNI STEAM USULI ORQALI O’QITISH SAMARADORLIGI

Muxamadaliyeva Gulhayo Qahramonjon qizi

Ushbu maqolada odam gavdasi haqida, hamda gavdadan olinadigan asosiy o’lchovlar haqida malumotlar yoritilgan. Shuningdek, bu mavzuni o’quvchilarga tushuntirishda ,,STEAM’’ usulidan foydalanib, o’quvchilar bilim samaradorligini 20-25% oshganligi ko’rsatilgan.

289-296 11 4

MAKTABDA BASKETBOL DARSLARIDA O’YIN TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYATI

Muratov Djamshid Isoxonovich

Ko‘p yillik sport trenirovkasining dastlabki tayyorgarlik bosqichi barcha mutaxassis-olimlar tomonidan texnik-taktik mahoratga asos soluvchi fundamental bosqich deb tan olingan. Shunday ekan dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlab tanlangan sport turiga xos harakat texnikasiga o‘rgatishda u harakatning mantiqiy xususiyatlarini ifodalovchi va bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan aniqlik hamda tezkorlik omillari e’tiborga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. . 11-12 yoshli bolalarda keskin o‘zgaruvchan yo‘nalish bo‘ylab to‘pni urib yugurib kelib basketbol savatiga tashlash tezligi, texnikasi va aniqligini baholash.

226-235 15 8

BOSIM VA HARORATNI O‘LCHASHNING ZAMONAVIY USULLARI VA QO‘LLANILISHI

Qurbanbayev Mansurbek Taxirovich, G’aibnazarov Boburjon Usmonjon o’g’li

Ushbu maqola bosim va haroratni o‘lchashning zamonaviy usullarini, ularning texnik sohalardagi qo‘llanilishini va dolzarbligini o‘rganadi. Maqolada klassik mexanik usullardan tortib, zamonaviy elektron sensorlargacha bo‘lgan texnologiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda WIKA Instrument Corporation tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar misolida bosim va haroratni aniq o‘lchashning ahamiyati ko‘rsatiladi. Maqola konferensiyaning texnik o‘lchovlar mavzusiga mos keladi va sanoat, ilmiy tadqiqotlar hamda kundalik hayotda ushbu texnologiyalarning qo‘llanilishi haqida ma’lumot beradi. Kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari, masalan, raqamli sensorlar va masofaviy o‘lchash tizimlari ham muhokama qilinadi.

236-247 14 3

PAST HARORATDA QURITISH UCHUN OCHIQ MANBALI VAKUUM PECHNI LOYIHALASH VA UNING QO‘LLANILISHI: PET VA BIOMATERIALlar MISOLIDA

Yuldoshov Maqsudbek Nuraddinovich, G’aibnazarov Boburjon Usmonjon o’g’li

Ushbu tadqiqotda kichik hajmli, ochiq manbali vakuum pechni loyihalash va uning quritish samaradorligi sinovdan o‘tkazildi. Pech arzon narxlardagi tayyor qismlar va 3D bosib chiqarish texnologiyasi yordamida ishlab chiqarildi. Quritish tezligi va samaradorligi qayta ishlangan polietilen tereftalat (rPET) va biomateriallar (tereftalat chiqindilarini biologik qayta ishlash uchun bakterial konsorsium) misolida baholandi. Natijalar vakuum pechni kichik hajmdagi namunalar uchun issiq havoli quritgichga qaraganda tezroq va samarali ekanligini ko‘rsatdi. Tizim tijoriy vakuum quritgichlar narxining 20% dan kamrog‘iga ishlab chiqarilishi mumkin, bu esa uni laboratoriya va sanoat qo‘llanilishi uchun iqtisodiy yechimga aylantiradi.

248-254 12 6

RIVOJLANAYOTGAN lDAVLATLARNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH STRATEGIYALARI

Usmonov Sardorbek Beg'amovich

Ushbu maqola rivojlanayotgan davlatlarning global bozorda raqobatbardoshligini oshirish va barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish uchun qoʻllanilishi mumkin boʻlgan eksport salohiyatini oshirish strategiyalarini tahlil qiladi. Maqolada eksport diversifikatsiyasi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, sifat standartlarini yaxshilash, tashqi bozorlarga chiqishni osonlashtirish, savdo infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish kabi asosiy yoʻnalishlar koʻrib chiqiladi. Shuningdek, muvaffaqiyatli eksport strategiyalarini amalga oshirishda duch kelinadigan muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari muhokama qilinadi. Maqola rivojlanayotgan davlatlarning hukumat vakillari, iqtisodchilar, tadqiqotchilar, eksportyorlar va ushbu mavzuga qiziquvchi keng oʻquvchilar uchun moʻljallangan.

255-262 14 3

BARQAROR INVESTITSIYALAR: YASHIL IQTISODIYOTGA SARMOYA KIRITISHNING AFZALLIKLARI

Usmonov Sardorbek Beg'amovich

Ushbu maqola barqaror investitsiyalarning mohiyati va "yashil" iqtisodiyotga sarmoya kiritishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy afzalliklarini tahlil qiladi. Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi, barqaror transport, yashil texnologiyalar va boshqa ekologik toza loyihalarga investitsiyalarning ahamiyati koʻrib chiqiladi. Shuningdek, barqaror investitsiyalarning moliyaviy rentabelligi, xatarlarni boshqarishdagi roli va uzoq muddatli iqtisodiy oʻsishga qoʻshadigan hissasi muhokama qilinadi. Maqola investorlar, moliyaviy tahlilchilar, siyosatchilar, tadqiqotchilar va barqaror rivojlanish masalalariga qiziquvchi keng oʻquvchilar uchun moʻljallangan.

263-266 15 6

USING AMERICAN PHRASEOLOGY IN DIALOGUES WITH PRAGMATICS

MAVLONOV SARDOR, SHOHISTA MAMATQULOVA

This article analyzes the use of American idioms and expressions in dialogues

267-277 13 4

“PIYELONEFRIT BILAN KASALLANGAN HOMILADORLARDA HOMILADORLIKNING KECHISHI VA TUG’RUQ ASORATLARINI O’RGANISH”

Najmutdinova D.K, Аxrorova Saida

Homiladorlik davrida piyelonefrit ona va homila uchun xavf tug'dirishi sababli sog'liq uchun jiddiy muammo hisoblanadi. O'tkir piyelonefrit tug'ruqdan oldin kasalxonaga yotqizilish holatlarining 1-2% qismini tashkil qilsa, surunkali piyelonefrit va uning asoratlari natijasida 15-25% homilador ayollar gospitalizatsiyaga muhtoj bo’lishadi. Bundan tashqari: anemiya, sepsis (15-20%), o’tkir buyrak kasalligi va erta tug’ruq xavfi (20-50%) kabi jiddiy asoratlarga olib


Piyelonefrit homila bilan bog’liq quyidagi xavflarni yuzaga keltirishi mumkin: Bu holat muddatiga yetmasdan tug’ilish, kam vaznlilik va o’tkir respirator distress sindromi (O’RDS) sababli neonatal intensiv terapiyaga muhtojlik holatlari. Kritik  holatlarda onaning infeksiyasi homila o'limiga olib kelishi mumkin.


Yana bir dolzarb muammo sifatida pielonefritning takrorlanishi va antibiotiklarga rezistentlik holatlatrini keltirish mumkin. Taxminan 20% ayollar homiladorlik davrida takroriy infeksiyalarni boshdan kechirishi mumkin, bu esa davolanishni murakkablashtiradi va buyraklarning uzoq muddatli shikastlanish ehtimolini oshiradi.

278-282 13 5

“KAPALAKLAR O‘YINI” ROMANIDA TRAGIK VAZIYAT XRONOTOPI

To‘ychiyeva Laylo

Ushbu moqolada Kapalaklar o‘yini romanida tog’ xronotopining fojiaviy vaziyatni anglatishi ko‘rsatilgan. Sardorning o‘limi faqat o‘z ma’nosida bo‘lmay metaforik ahamiyat kasb etgani yozilgan. Insonning tragik vaziyati va go‘zallikni anglash vaziyati tog’ xronotopi orqali ochib berilgan.

283-288 10 3

CHET TILLARNI OʻQITISH METODIKASIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH MASALALARI

Imomov Navro`z, Ergasheva Sevara

Chet tillarini o'qitish sohasida innovatsion yondashuvlar va axborot texnologiyalarining integratsiyasi tadqiqot va rivojlantirishning hal qiluvchi sohasi sifatida paydo bo'ldi. Ushbu maqola chet tilini o'qitishning pedagogik amaliyotida innovatsion metodologiya va axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan bog'liq ko'p qirrali masalalarni o'rganadi. Pedagogika, texnologiya va til o'rganishning kesishishini o'rganib chiqib, ushbu tadqiqot chet tillarini o'qitish samaradorligi va faolligini oshirish uchun innovatsion yondashuvlarni o'z ichiga olishning ahamiyatini ochib beradi. Onlayn platformalar, til oʻrganish ilovalari, virtual reallik vositalari va raqamli resurslar kabi turli axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali oʻqituvchilar oʻquvchilarning turli ehtiyojlari va xohishlariga javob beradigan dinamik va interaktiv til oʻrganish muhitini yaratishi mumkin. Mavjud tadqiqot va nazariy asoslarga tayangan holda, ushbu maqola xorijiy tillarni o'qitish metodologiyasida innovatsion yondashuvlar va axborot texnologiyalarini integratsiyalashuvi bilan bog'liq muammolar va imkoniyatlarni o'rganadi. Muvaffaqiyatli amalga oshirish strategiyalari va natijalarini ko'rsatish uchun amaliy misollar va amaliy misollar muhokama qilinadi, til o'rganish tajribasini qayta aniqlash uchun texnologiyadan foydalanishning o'zgaruvchan salohiyatini ta'kidlaydi. Oxir oqibat, ushbu maqola zamonaviy ta'lim sharoitida o'quvchilar o'rtasida samarali muloqot, madaniy tushunish va tilni bilishni rivojlantirish uchun innovatsion metodologiya va axborot texnologiyalarini qo'llash muhimligini ta'kidlab, chet tillarini o'qitishning rivojlanayotgan manzarasi haqida tushuncha berishga qaratilgan.

448-456 13 6

OʻSIMLIKLAR QOPLAMINING MINTAQALAR BOʻYLAB TARQALISH QONUNIYATLARI

Mirzayeva Malika Xurram qizi, Turayeva Sabrina Kamoliddin qizi

Yer yuzidagi o'simlik qoplami o'ziga xos ekologik, iqlimiy va geografik naqshlarga ko'ra taqsimlanadi.  Ushbu taqsimot naqshlarini tushunish ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va erni boshqarish uchun juda muhimdir.  O'simliklarning tarqalishi iqlim zonalari, topografik o'zgarishlar, tuproq tarkibi va inson faoliyati.  Ushbu maqola o'simliklarning tarqalishiga ta'sir qiluvchi asosiy omillarni va turli mintaqalarda kuzatilgan asosiy naqshlarni o'rganadi.

297-301 10 6

YOSH ERKIN-KURASHCHILARNI MAXSUS JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI.

Allaberganov Samandar Ne’matjon o‘g‘li

Erkin kurash – Olimpiya sport turlaridan biri bo‘lib, bu mashg'ulot orqali o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida Vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, jismonan sog‘lom va ma‘nan barkamol qilib tarbiyalash muhim o`rin tutadi. Aynan shu jihatlarni inobatga olgan holda sportning barcha turlariga yurtimizda davlat siyosati darajasida e‘tibor qaratilmoqda. Xususan, 2022 yil 29-iyuldagi PQ-336-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining―Sport kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.[1]


Kurashchilar trenirovkasiga nisbatan umumiy va maxsus tayyorgarlik birligi tamoyili umumiy hamda maxsus tayyorgarlikning o‘zaro bog‗liqligini nazarda tutadi. Bunda ko‘p yillik sport trenirovkasining birinchi bosqichlarida umumiy tayyorgarlik etakchi o‘rin egallaydi. Umumiy tayyorgarlik organizm funksional imkoniyatlarining ma‘lum bir poydevorini hamda harakat malakalari va ko‘nikmalari zahirasini yaratadi.

302-305 11 6

MATEMATIKANING INSON ONGIGA TA’SIRI

Abdukabirova Yulduzxon Islomjon qizi, Mirzayev Murodjon Mo’minovich

Maqolada  matematikani o‘quvchi shaxsining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar,  matematikani  inson miyasidagi omillar, matematikaning tafakkurga ta’siri, analitik qobiliyatni oshirish  to‘g‘risida fikrlar bayon qilingan.

306-309 15 4

O’QUVCHILARDA KELAJAK KASBLARIGA QIZIQISHNI OSHIRISH

Qo’shnazarova Munojatxon Dehqonboyevna, Umarova Xurshidaxon Rahimovna, Abdukabirova Yulduzxon Islomjon qizi

Maqolada  maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim o‘quvchi shaxsining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar,  shaxsiy rivojlanish, kasbiy laboratoriyalar va seminarlar analitik qobiliyatni oshirish  to‘g‘risida fikrlar bayon qilingan.

310-315 17 11

ABU RAYHON BERUNIYNING “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR” ASARIDAGI AYRIM ANTROPONIMLARNING GRAMMATIK TUZILISHI

Hamida Orislanova

Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridagi antroponimlarning grammatik tuzilishi o‘rganiladi.
Asardagi shaxs nomlari grammatik jihatdan sodda, yasama va qo‘shma nomlarga ajratilib tahlil qilinadi. Antroponimlarning lug‘aviy o‘zagi,
ularning semantik va morfologik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.

316-319 11 3

O‘SMIRLARDAGI XULQ-ATVORGA OILAVIY MUHITNING TA’SIRI

Nilufar Kirgizbayeva

Inson faolligini o‘ziga xosligi shundaki, u muttasil boshqa odamlar yoki o‘zi yaratgan narsalar bilan o‘zaro munosabatda kechishidadir. Ular o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi tabiiy qonunlardan tashqari ijtimoiy hayotning gohida munosabatlar variativligini muayyan darajada belgilab turuvchi ahloqiy normalarning qat’iy qoidalar shaklidagi qonunlari kuchga kiradi. Ushbu maqolada shu haqida ma’lumot berilgan.

320-325 14 7

THE CONCEPT, CONTENT AND ESSENCE OF COLLABORATION BETWEEN HIGHER EDUCATION, SCIENCE AND PRODUCTION

Navruzova Gulrukh Uktamovna

The integration of higher education, science, and production is a vital framework for fostering innovation, economic growth, and sustainable development. This collaboration enables the alignment of theoretical knowledge with practical applications, ultimately creating a knowledge-driven society. Below is a detailed exploration of the concept, content, and essence of this integration.

326-331 13 3

IXTISOSLASGAN SAN’AT MAKTABLARIDA INFORMATIKA O’QUV KURSI MAZMUNINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURIYATI

Egamberdiyeva Nasiba Shavkat qizi

Ushbu maqolada ixtisoslashgan san’at maktablarida informatika fanini o‘qitishning ahamiyati, Informatika o’quv kursi mazmunini rivojlantirishning asosiy komponentlari, mazmuni va samarali o‘qitish metodikalarini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Shuningdek, informatika fanining zamonaviy talablarga javob beruvchi o‘quv dasturlari, innovatsion texnologiyalardan foydalanish va o‘quvchilarni kasbiy ko‘nikmalar bilan ta’minlash metodikalari tahlil qilingan.