Authors

  • Ro’ziohunova Husnida Nodirbek qizi

Author Biography

  • Ro’ziohunova Husnida Nodirbek qizi

    Andijon davlat chet tillari instituti magistranti

    Husnidanazirova2628@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85650

Keywords:

Xususiy atamalar pragmatika paralingvistika nutq strategiyalari kontekst kommunikativ ta’sir intonatsiya mimika tilshunoslik sotsiolingvistika psixolingvistika ijtimoiy diskurs multimodal kommunikatsiya

Abstract

Ushbu maqola xususiy atamalarning pragmatik va paralingvistik qo‘llanilishini tahlil qiladi. Xususiy atamalar muloqot jarayonida nutq mazmunini qanday shakllantirishi va kontekstga qarab qanday ma’no kasb etishi muhokama etiladi. Shu bilan birga, paralingvistik omillar – imo-ishora, mimika, intonatsiya va tana tili hususiy atamalarni qanday kuchaytirishi yoki o‘zgartirishi o‘rganiladi. Tadqiqot diskurs tahlili, kuzatuv va lingvistik eksperiment usullariga asoslanib olib borilgan bo‘lib, real nutq namunalaridan misollar keltirilgan. Natijalar xususiy atamalarning pragmatik jihatdan dinamik ekanligini, ularning qo‘llanilishi kontekst va paralingvistik vositalarga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot tilshunoslik, pragmatika va nutq amaliyoti sohalarida yangi yondashuvlarni taklif qilishi bilan ahamiyatlidir. Tadqiqot natijalari tilshunoslar, tarjimonlar va kommunikatsiya mutaxassislari uchun foydali bo‘lishi mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

320

XUSUSIY ATAMALARNING PRAGMATIK VA PARALINGVISTIK

QO’LLANILISHI

Ro’ziohunova Husnida Nodirbek qizi

Andijon davlat chet tillari instituti magistranti

Husnidanazirova2628@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqola xususiy atamalarning pragmatik va paralingvistik

qo‘llanilishini tahlil qiladi. Xususiy atamalar muloqot jarayonida nutq mazmunini

qanday shakllantirishi va kontekstga qarab qanday ma’no kasb etishi muhokama

etiladi. Shu bilan birga, paralingvistik omillar – imo-ishora, mimika, intonatsiya va

tana tili hususiy atamalarni qanday kuchaytirishi yoki o‘zgartirishi o‘rganiladi.

Tadqiqot diskurs tahlili, kuzatuv va lingvistik eksperiment usullariga asoslanib olib

borilgan bo‘lib, real nutq namunalaridan misollar keltirilgan. Natijalar xususiy

atamalarning pragmatik jihatdan dinamik ekanligini, ularning qo‘llanilishi kontekst

va paralingvistik vositalarga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot tilshunoslik,

pragmatika va nutq amaliyoti sohalarida yangi yondashuvlarni taklif qilishi bilan

ahamiyatlidir. Tadqiqot natijalari tilshunoslar, tarjimonlar va kommunikatsiya

mutaxassislari uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit so‘zlar: Xususiy atamalar, pragmatika, paralingvistika, nutq

strategiyalari, kontekst, kommunikativ ta’sir, intonatsiya, mimika, tilshunoslik,

sotsiolingvistika, psixolingvistika, ijtimoiy diskurs, multimodal kommunikatsiya.

Xususiy atamalar til tizimining muhim qismlaridan biri bo‘lib, ular inson

muloqotida pragmatik va paralingvistik omillar bilan chambarchas bog‘liq holda

ishlaydi. Pragmatika hususiy atamalarning kontekstga mos ravishda qanday ma’no

kasb etishini o‘rganadi

1

, paralingvistika esa ularning intonatsiya, imo-ishora va tana

tili bilan mustahkamlanishini tahlil qiladi. Zamonaviy lingvistika tadqiqotlarida

1

Levinson, S. C. (1983). Pragmatics. Cambridge University Press.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

321

xususiy atamalar faqat nominativ birlik sifatida emas, balki ijtimoiy va madaniy

jihatdan ta’sir kuchiga ega vosita sifatida ham o‘rganilmoqda. Shu sababli, ushbu

mavzuni tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi tadqiqot xususiy atamalarning pragmatik va paralingvistik

qo‘llanilishiga oid muammolarni yoritishga qaratilgan. xususiy atamalar kontekstga

qarab turlicha interpretatsiya qilinishi mumkin

2

, bu esa ularning pragmatik

funktsiyalarini chuqurroq o‘rganishni talab qiladi. Shuningdek, paralingvistik

vositalarning (masalan, ovoz balandligi, pauza, imo-ishora) xususiy atamalar bilan

qanday bog‘liq ekani hali to‘liq o‘rganilmagan.

Tadqiqotning maqsadi – xususiy atamalarning pragmatik jihatdan qanday

ishlashini va ularning paralingvistik xususiyatlar bilan qanday uyg‘unlashishini tahlil

qilishdir. Ushbu maqsad doirasida quyidagi vazifalar belgilangan:

1. Xususiy atamalarning pragmatik funksiyalarini aniqlash;

2. Turli kontekstlarda xususiy atamalarning ma’no o‘zgarishlarini tahlil qilish;

3. Paralingvistik omillarning hususiy atamalarni idrok etishga ta’sirini

o‘rganish;

4. Real nutq misollarida xususiy atamalarning ishlatilish xususiyatlarini tahlil

qilish.

Ushbu tadqiqot natijalari lingvistika, pragmatika va kommunikatsiya

sohalariga yangi yondashuvlarni taklif etishi bilan ahamiyatlidir.

Adabiyotlar sharhi.

xususiy atamalar tilshunoslikda uzoq vaqtdan beri

o‘rganib kelinayotgan tushunchalardan biri bo‘lib, ularning lingvistik va pragmatik

xususiyatlari haqida ko‘plab nazariy yondashuvlar mavjud

3

. Xususiy atamalar dastlab

onomastika doirasida o‘rganilgan bo‘lsa, keyinchalik ularning kommunikativ va

diskursiv xususiyatlari ham tilshunoslar e’tiborini tortdi. Masalan, Levinson (1983)

pragmatika doirasida ism va nomlarning muloqotdagi o‘rnini tahlil qilgan bo‘lsa,

Brown va Yule (1985) xususiy atamalarning diskursdagi funksional yuklamasi haqida

fikr yuritgan.

2

Yule, G. (1996). Pragmatics. Oxford University Press.

3

Mey, J. L. (2001). Pragmatics: An Introduction. Blackwell Publishing.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

322

So‘nggi yillarda xususiy atamalarning pragmatik ta’sir kuchi ko‘plab

tadqiqotchilar tomonidan o‘rganildi. Masalan, Wilson va Sperber (2004) relevans

nazariyasi asosida xususiy atamalar kontekstga qarab qanday ma’no kasb etishini

tushuntirgan

4

. Ularning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, xususiy atamalar nutq

aktlarining maqsadli interpretatsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, pragmatik

nazariyalarga ko‘ra, xususiy atamalar muloqot jarayonida referensiv aniqlikni

ta’minlash, kontekstual aniq­likni oshirish va ma’lumot oqimini soddalashtirish kabi

funksiyalarni bajaradi.

Paralingvistika nuqtai nazaridan esa, Mehrabian (1972) nutqdan tashqari

omillar, jumladan, intonatsiya va tana harakatlari xususiy atamalarning ta’sirchanligini

oshirishini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, xususiy atamalar intonatsion urg‘ular orqali

pragmatik kuchaytirish mexanizmi sifatida ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga,

Wierzbicka (1996) xususiy atamalarni madaniy kontekstga bog‘liq holda tushunish

zarurligini qayd etgan. Shunday qilib, ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlar xususiy atamalarni

lingvistik va pragmatik jihatdan chuqur o‘rganishga imkon bergan bo‘lsa-da, ularning

paralingvistik aspektlari hali to‘liq tadqiq etilmagan. Aynan shu jihat ushbu ishning

ilmiy ahamiyatini yanada oshiradi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqot xususiy atamalarning pragmatik va

paralingvistik qo‘llanilishini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, sifatli va qisman miqdoriy

tadqiqot usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot doirasida diskurs tahlili, kuzatuv,

lingvistik eksperiment va kontekstual tahlil usullari qo‘llanildi

5

. Diskurs tahlilidan

xususiy atamalarning turli kommunikativ vaziyatlardagi ishlatilish xususiyatlarini

o‘rganish uchun asosiy metod sifatida tanlandi. Ushbu usul yordamida xususiy

atamalar matn va muloqot kontekstida qanday pragmatik yuklamaga ega ekani tahlil

qilindi.

Nutq namunalari real muloqot muhitidan yig‘ilib, paralingvistik omillar,

jumladan, intonatsiya va tana tili bilan bog‘liq jihatlar qayd etildi. Lingvistik

eksperiment turli kontekstlarda xususiy atamalarni qo‘llash bo‘yicha ishtirokchilarga

4

Fairclough, N. (1995). Critical Discourse Analysis. Longman, 102b.

5

Creswell, J. W. (2014). Research Design: Qualitative, Quantitative, and Mixed Methods Approaches.

SAGE, 89b.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

323

test topshiriqlari berilib, ularning qabul qilish va interpretatsiya qilish jarayonlari

o‘rganildi. Kontekstual tahlilidan xususiy atamalar turli muloqot sharoitlarida qanday

semantik va pragmatik o‘zgarishlarga uchrashi tekshirildi

6

.

Muhokama va natijalar.

Ushbu tadqiqot natijalari xususiy atamalarning

pragmatik va paralingvistik qo‘llanilishi bo‘yicha muhim xulosalar chiqarishga imkon

berdi. Tadqiqot davomida 100 dan ortiq xususiy atamalar turli kontekstlarda o‘rganildi

va ularning ishlatilish xususiyatlari diskursiv, kontekstual va paralingvistik jihatdan

tahlil qilindi.

1. Pragmatik jihatdan hususiy atamalar

Xususiy atamalar nutq jarayonida referensiv aniq­likni ta’minlash va

kommunikativ samaradorlikni oshirish uchun ishlatiladi. Ayniqsa, inson ismlari,

geografik nomlar, tashkilot va brend nomlari ko‘pincha pragmatik kontekstda o‘ziga

xos ma’no yukiga ega bo‘ladi. Masalan, muayyan ijtimoiy yoki siyosiy kontekstda

biror shaxsning ismi bevosita ijobiy yoki salbiy pragmatik effekt hosil qilishi mumkin.

- Pragmatik tahlil natijalariga ko‘ra, xususiy atamalar quyidagi asosiy

funksiyalarni bajaradi:

- Identifikatsiya funksiyasida aniq bir shaxs yoki obyektni ajratib ko‘rsatish.

- Emotsional ekspressivlikda nutqni boyitish va hissiy ta’sirni kuchaytirish.

- Konnotativ yuklamada xususiy atamalar orqali ma’lum bir ijtimoiy yoki

madaniy konnotatsiya yaratish.

Diskursiv strategiya elementi sifatida ishlatilishi – xususiy atamalar muayyan

nutqiy niyatni ifodalashda yordam beradi.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, xususiy atamalar ba’zida nutqiy strategiya sifatida

ham ishlatiladi. Masalan, biror shaxs nomini aniq tilga olmasdan, “o‘sha odam”, “siz

bilgan inson” kabi muqobil ifodalardan foydalanish pragmatik jihatdan ma’lum bir

maqsadni ko‘zlaydi – masalan, nutqni neytrallashtirish yoki nisbatan yumshoqroq

ta’sir qilish.

2. Paralingvistik omillarning ta’siri

6

Grice, H. P. (1975). Logic and Conversation. In Cole, P., & Morgan, J. L. (Eds.), Syntax and Semantics

(Vol. 3). Academic Press, 55b.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

324

Paralingvistik tahlil xususiy atamalar intonatsiya, pauza, mimika va jestlar

orqali pragmatik jihatdan yanada boyitilishini ko‘rsatdi

7

. Masalan, biror shaxsning

ismini intonatsion urg‘u bilan aytish u haqdagi munosabatni ochiq ifodalash yoki

yashirin ma’no hosil qilish imkonini beradi.

Kuzatuv natijalariga ko‘ra xususiy atamalar intonatsiyaning kuchayishi yoki

pasayishi orqali turlicha ma’no kasb etishi kuzatildi. Masalan, yuqori intonatsiya hayrat

yoki e’tirozni ifodalagan bo‘lsa, past intonatsiya kinoya yoki istehzo ma’nosini beradi.

Qo‘l harakatlari va yuz ifodalari xususiy atamalar bilan birga qo‘llanilganda, ularning

pragmatik ta’siri ortadi. Masalan, ismini eshitganda odamning ko‘zini qisishi yoki

jilmayishi bu nomning unga qanday ta’sir qilishini ifodalaydi. Pauzalar xususiy

atamalar ta’sirini kuchaytiruvchi omil sifatida ishlaydi. Biror ism yoki joy nomidan

oldin yoki keyin pauza bo‘lishi uning semantik urg‘usini oshiradi. Bundan tashqari,

ba’zi xususiy atamalar metaforik yoki ironik usulda qo‘llanilishi mumkin. Masalan,

mashhur tarixiy shaxslarning ismlaridan foydalanish – “bu yerda yana bir Napoleon

paydo bo‘ldi” kabi iboralar kimgadir nisbatan shaxsiy yoki ijtimoiy baho berish usuli

sifatida xizmat qiladi.

3

. Turli kontekstlardagi semantik o‘zgarishlar

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, xususiy atamalar kontekstga qarab o‘z semantik

yukini o‘zgartirishi mumkin

8

. Masalan, ma’lum bir shaxsning ismi norasmiy suhbatda

oddiy referensiv ma’noga ega bo‘lsa, rasmiy chiqish yoki ommaviy axborot

vositalarida ishlatilganda u ijtimoiy va madaniy konnotatsiyalarga ega bo‘lishi

mumkin. Shuningdek, ba’zi xususiy atamalar slang va jargon shaklida ham paydo

bo‘lishi kuzatildi. Masalan, “Tesla” so‘zi oddiy brend nomi bo‘lishi mumkin, lekin

“Men ham Tesla bo‘laman” iborasi ilmiy innovatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi odamga

ishora sifatida ishlatilishi mumkin.

Xususiy atamalar, shuningdek, ba’zan metaforik yoki ironik ma’nolarni ham

ifodalashi mumkin. Masalan, “Napoleon” so‘zi oddiy ism sifatida qo‘llanilishi mumkin

7

Mehrabian, A. (1972). Nonverbal Communication. Aldine-Atherton, 77b.

8

Wierzbicka, A. (1996). Semantics, Culture, and Cognition. Oxford University Press, 120b

.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

325

bo‘lsa-da, u metaforik tarzda “ambitsiyali va hokimiyatga intiluvchi shaxs”ni

ifodalashi ham mumkin.

4. Ijtimoiy va madaniy kontekstdagi ta’sirlar

xususiy atamalarning pragmatik va paralingvistik qo‘llanilishi ijtimoiy va

madaniy omillar bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, turli jamiyatlarda biror ism yoki

toponim turlicha assotsiatsiyaga ega bo‘lishi mumkin. Tadqiqot natijalariga ko’ra,

ba’zi xususiy atamalar milliy va tarixiy identifikatsiya bilan bog‘liq, masalan,

“Temur” yoki “Shakespeare” kabi nomlar muayyan madaniyat yoki an’anaga ishora

qiladi. xususiy atamalar ba’zan axborot manipulyatsiyasi vositasi sifatida ham

ishlatilishi mumkin. Masalan, ommaviy axborot vositalarida shaxs ismini kontekstdan

ajratib ishlatish orqali ma’lum bir ta’sir o‘tkazish mumkin. Brend nomlari ijtimoiy

mavqe belgisi sifatida xizmat qilishi mumkin. Masalan, “Gucci kiyib yurish” iborasi

shunchaki brend eslatmasi emas, balki mamlakatdagi iste’mol madaniyati haqida ham

tushuncha beradi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, hususiy atamalar faqat

lingvistik birlik sifatida emas, balki pragmatik va paralingvistik omillar bilan bog‘liq

holda tahlil qilinishi zarur. Ular kontekstga qarab turlicha talqin qilinishi mumkin

bo‘lib, nutq jarayonida maqsadli ravishda ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi.

Xulosa.

Ushbu tadqiqot xususiy atamalarning pragmatik va paralingvistik

qo‘llanilishi bo‘yicha chuqur tahlil qilib, ularning kommunikativ jarayondagi o‘rnini

aniqlashga qaratildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xususiy atamalar faqatgina

shaxsiy nomlash funksiyasini emas, balki muloqot jarayonida ijtimoiy munosabatlarni

shakllantirish, nutqni ekspressiv qilish va hissiy ta’sirni oshirish vazifasini ham

bajaradi. Ular pragmatik kontekstga bog‘liq holda boshqaruvchi, manipulyativ, iliqlik

yoki masofa saqlash kabi turli nutqiy maqsadlarga xizmat qiladi.

Paralingvistik jihatdan esa, xususiy atamalar intonatsiya, pauza, tana harakati,

mimika va boshqa nutqdan tashqari elementlar bilan uyg‘unlashib, muayyan

emotsional tus olishi kuzatildi. Tadqiqot davomida turli madaniy muhitlarda xususiy

atamalar turlicha qabul qilinishi va ularning ma’nosi ijtimoiy kontekstga bog‘liq ekani

aniqlandi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida xususiy

atamalarning pragmatik jihatlari auditoriyani ma’lum bir nuqtai nazarga yo‘naltirish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

326

uchun qo‘llanilishi kuzatildi. Xususiy atamalar lingvistik birlik sifatida an’anaviy

qarashlardan kengroq ma’noga ega bo‘lib, ular psixolingvistika, sotsiolingvistika va

pragmatika sohalari bilan bevosita bog‘liqdir. Bu esa kelajakda ijtimoiy media, ko‘p

tillilik va xalqaro diplomatiya kabi sohalarda xususiy atamalarni qo‘llash bo‘yicha

chuqurroq tadqiqot olib borish zarurligini anglatadi.

Natijalar shuni tasdiqlaydiki, xususiy atamalar tilshunoslikda faqat nomlash

vositasi bo‘lib qolmay, balki nutqiy strategiyalar va kommunikativ samaradorlikni

oshirishning muhim elementi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu mavzuning ahamiyatini

inobatga olgan holda, kelajakda xususiy atamalar va ularning kontekstual qo‘llanilishi

bo‘yicha yana ham kengroq tadqiqotlar olib borish tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Levinson, S. C. (1983). Pragmatics. Cambridge University Press.

2. Yule, G. (1996). Pragmatics. Oxford University Press.

3. Grice, H. P. (1975). Logic and Conversation. In P. Cole & J. L. Morgan (Eds.),

Syntax and Semantics, Vol. 3 (pp. 41-58). Academic Press.

4. Fairclough, N. (1995). Critical Discourse Analysis. Longman, p. 102.

5. Austin, J. L. (1962). How to Do Things with Words. Harvard University Press.

6. Mey, J. L. (2001). Pragmatics: An Introduction. Blackwell Publishing.

7. Verschueren, J. (1999). Understanding Pragmatics. Edward Arnold.

8. Goffman, E. (1981). Forms of Talk. University of Pennsylvania Press.

9. Halliday, M. A. K., & Hasan, R. (1976). Cohesion in English. Longman.

10. Crystal, D. (2008). A Dictionary of Linguistics and Phonetics. Blackwell

Publishing.