Authors

  • RUSTAMOV HAKIM SHARIPOVICH
  • RUHILLOYEVA LAYLO BURHONOVNA
  • Xusanova Gulrux

Author Biographies

  • RUSTAMOV HAKIM SHARIPOVICH

    Buxoro davlat universiteti,

    amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi dotsenti

  • RUHILLOYEVA LAYLO BURHONOVNA

    Buxoro davlat universiteti,

    amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari  kafedrasi,

    I bosqich magistranti

  • Xusanova Gulrux

    Osiyo Xalqaro universiteti, umumtexnik fanlar kafedrasi,

    I bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85883

Keywords:

Xorijiy tillar raqamli texnologiyalar sun’iy intellekt ta’lim samaradorligi interaktiv o‘qitish onlayn ta’lim individual yondashuv avtomatik baholash til o‘rganish.

Abstract

Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda. Ushbu maqolada raqamli platformalar, interaktiv ilovalar, til o‘rganishga mo‘ljallangan sun’iy intellekt tizimlari orqali xorijiy tillarni o‘rganishda qanday yondashuvlar natija berayotganligi tahlil qilinadi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqotni raqamli vositalar yordamida kuchaytirish, ta’limni individuallashtirish, baholash tizimini avtomatlashtirish kabi jihatlar ham keng yoritiladi. Bu usullar xorijiy tillarni tezroq va samaraliroq o‘zlashtirish imkonini beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

205

XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARDAN VA SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH

TA'LIM SAMARADORLIGINING GAROVI

RUSTAMOV HAKIM SHARIPOVICH

Buxoro davlat universiteti,

amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi dotsenti

RUHILLOYEVA LAYLO BURHONOVNA

Buxoro davlat universiteti,

amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi,

I bosqich magistranti

Xusanova Gulrux

Osiyo Xalqaro universiteti, umumtexnik fanlar kafedrasi,

I bosqich magistranti

Annotatsiya. Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli texnologiyalar

va sun’iy intellektdan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim

vositalaridan biriga aylanmoqda. Ushbu maqolada raqamli platformalar, interaktiv

ilovalar, til o‘rganishga mo‘ljallangan sun’iy intellekt tizimlari orqali xorijiy tillarni

o‘rganishda qanday yondashuvlar natija berayotganligi tahlil qilinadi. O‘quvchilar va

o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqotni raqamli vositalar yordamida kuchaytirish,

ta’limni individuallashtirish, baholash tizimini avtomatlashtirish kabi jihatlar ham

keng yoritiladi. Bu usullar xorijiy tillarni tezroq va samaraliroq o‘zlashtirish imkonini

beradi.

Kalit so‘zlar: Xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, ta’lim

samaradorligi, interaktiv o‘qitish, onlayn ta’lim, individual yondashuv, avtomatik

baholash, til o‘rganish.

Аннотация. Сегодня использование цифровых технологий и

искусственного интеллекта в обучении иностранным языкам становится

одним из важных инструментов повышения эффективности образования. В


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

206

данной статье анализируется, какие подходы к изучению иностранных языков

с помощью цифровых платформ, интерактивных приложений и систем

искусственного интеллекта для изучения языков дают результаты. Также

широко освещаются такие аспекты, как укрепление коммуникации между

учениками и учителями с помощью цифровых инструментов, индивидуализация

обучения и автоматизация системы оценивания. Эти методы позволяют

быстрее и эффективнее осваивать иностранные языки.

Ключевые

слова:Иностранные

языки,

цифровые

технологии,

искусственный интеллект, эффективность образования, интерактивное

обучение,

онлайн-образование,

ИИ-системы,

индивидуальный

подход,

автоматическая оценка, изучение языка.

Annotation. Today, the use of digital technologies and artificial intelligence in

teaching foreign languages is becoming one of the important tools for increasing the

effectiveness of education. This article analyzes what approaches to learning foreign

languages through digital platforms, interactive applications, and artificial

intelligence systems for language learning are yielding results. Aspects such as

strengthening communication between students and teachers using digital tools,

individualizing education, and automating the assessment system are also widely

covered. These methods allow for faster and more effective mastery of foreign

languages.

Keywords:Foreign languages, digital technologies, artificial intelligence,

educational effectiveness, interactive teaching, online education, AI systems,

individualized approach, automated assessment, language learning.

Kirish. Bugungi g

loballashuv jarayonining kuchayib borayotganligi xorijiy

tillarni o‘rganish har bir shaxs uchun zaruratga aylanmoqda. Ayniqsa, zamonaviy

axborot texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan raqamli ta’lim muhitida

xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirish uchun innovatsion yondashuvlarga

ehtiyoj ortib bormoqda. Bugungi kunda ta’lim sohasida yuz berayotgan

transformatsiyalar raqamli vositalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘quv


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

207

jarayoniga faol integratsiyalashni talab qilmoqda[2]. An’anaviy o‘qitish usullarining

samarasi tobora pasayib borayotgan bir paytda, raqamli texnologiyalar ta’lim

oluvchilarning qiziqishini oshirish, mustaqil o‘rganishga yo‘naltirish va til

kompetensiyalarini mustahkamlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Interaktiv

platformalar, mobil ilovalar, sun’iy intellektga asoslangan mashqlar xorijiy til

o‘rganish jarayonini intuitiv, individual va moslashuvchanligini oshirmoqda. Shu

jihatdan, ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli texnologiyalar va sun’iy

intellektdan foydalanishning dolzarbligi, imkoniyatlari va metodik yondashuvlari keng

yoritilishi e’tirof etilmoqda[3].

Muammoning o‘rganilganlik darajasi.

Xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli

texnologiyalarni qo‘llash borasidagi ilmiy tadqiqotlar soni so‘nggi yillarda sezilarli

darajada oshgan. Jahon tajribasida AQSh, Yevropa davlatlari, Janubiy Koreya,

Yaponiya va Xitoyda raqamli ta’lim muhitlari samarali qo‘llanilib, ta’lim

samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynab kelmoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimida

ham so‘nggi yillarda raqamli transformatsiya yo‘lga qo‘yilib, interaktiv darsliklar,

elektron platformalar, onlayn o‘quv kurslar joriy etilmoqda. Ayni paytda xorijiy tillarni

o‘rganishda «Duolingo», «Memrise», «Busuu» kabi mobil ilovalar, shuningdek, sun’iy

intellekt asosida ishlovchi «ChatGPT», «Google Translate» kabi tizimlar keng

qo‘llanilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda ushbu vositalarning ta’limga ta’siri, o‘quvchi

motivatsiyasiga ijobiy ta’siri, individual yondashuvlarni kengaytirish imkoniyati tahlil

qilingan. Biroq hali ham bu yo‘nalish to‘liq o‘rganilmagan bo‘lib, ayniqsa o‘zbek tilida

sun’iy intellekt vositalarining o‘quv jarayonidagi roli bo‘yicha tadqiqotlar yetarli

emasligi bilan ajralib turadi.

Mazkur tadqiqotda xorijiy til o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalar va

sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishning metodologiyasi sifatida quyidagi

bosqichlarga e’tibor qaratildi:

- nazariy tahlil – mavjud ilmiy adabiyotlar, xalqaro tajriba, ilg‘or amaliyotlarni

o‘rganish;

- amaliy kuzatuv – o‘quvchilarning xorijiy tilni o‘rganishda qanday raqamli

vositalardan foydalanyotgani, ularning natijadorligi;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

208

- eksperiment – sun’iy intellekt asosidagi platformalardan foydalanish orqali

o‘quvchilar bilim darajasidagi o‘zgarishni kuzatish;

- tahlil – eksperiment natijalarini statistik jihatdan baholash, samaradorlik

darajasini aniqlash.

Ushbu metodologik yondashuvlar orqali sun’iy intellektning o‘quvchilarga

qanday ta’sir qilayotgani, raqamli texnologiyalar yordamida til o‘rganishning

afzalliklari chuqur tahlil qilindi.

Tadqiqot doirasida maktab va oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni

o‘qitishda foydalanilayotgan raqamli vositalar va sun’iy intellekt tizimlari tahlil

qilindi. O‘quvchilarga «Duolingo», «ChatGPT», «Quizziz» kabi platformalar orqali

mashqlar o’tkazilib ularning natijaviyligi aniqlandi. Bundan tashqari “Turk tilini

o’rgatuvchi” dasturiy vosita yaratilib xorijiy tillarni o’qitishda yuqori samaradorlikka

erishish amalga oshirilmoqda[1].

Tajriba natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan

o‘quvchilar grammatikani tezroq o‘zlashtirgan, talaffuzni yaxshilagan va matnlarni

tahlil qilishda faol bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ularning o‘rganishga

bo‘lgan qiziqishi va mustaqil ishlash ko‘nikmalari ham kuchaygan. Bunday

vositalarning joriy etilishi o‘qituvchilar uchun ham baholash jarayonini

avtomatlashtirish, individual yondashuvlarni qo‘llash imkonini bermoqda[6].

Xulosa.

Xorijiy tillarni o‘rganishda raqamli texnologiyalar va sun’iy

intellektdan foydalanish ta’lim samaradorligini oshiruvchi kuchli omil hisoblanadi.

Interaktiv va individual yondashuvlar o‘quvchilarning til o‘rganishdagi

muvaffaqiyatini oshiradi, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantiradi va

o‘qituvchilar ishini yengillashtiradi. Ushbu maqolada keltirilgan tajriba natijalari

raqamli vositalarning ta’limdagi ahamiyatini yana bir bor isbotladi. Kelgusida bu

texnologiyalarni yanada keng joriy qilish, ularni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish

va pedagoglar malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Назарова, Г.

Raqamli pedagogika asoslari

. Toshkent: O‘zbekiston Milliy

universiteti nashriyoti. 2021.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

209

2.

Rustamova, M. “Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari”.

Filologiya va tillarni o‘qitish

jurnali, 2020.№2(47), 65–69.

3.

Ким, С.

Artificial Intelligence in Language Education

. Seoul: K-EdTech

Publishers. 2022

4.

Jamshidov, B. “Sun’iy intellekt va ta’lim: yangi yondashuvlar”.

Ta’lim

innovatsiyalari

jurnali, 2022. №4, 34–38.

5.

Warschauer, M. & Kern, R.

Network-Based Language Teaching: Concepts and

Practice

. Cambridge: Cambridge University Press. 2022.

6.

Karimova, G. “Raqamli texnologiyalar orqali til o‘rgatishning afzalliklari”.

2023.

O‘qituvchi va zamon

jurnali, №1(61), 22–26.

7.

Duolingo Inc.

Duolingo Impact Report: Language Learning through AI

.

Retrieved from. 2023.

8.

Kukulska-Hulme, A.

Mobile Assisted Language Learning: A Selected Annotated

Bibliography

. 2012. The Open University, UK.

9.

Xalilova, N. “Xorijiy til ta’limida sun’iy intellektdan foydalanish istiqbollari”.

Pedagogika va psixologiya

jurnali, 2022.№3(85), 15–19.

10.

Ellis, R.

Task-Based Language Learning and Teaching

. Oxford: Oxford

University Press. 2003