Authors

  • Mamajonova Guluzro Abdurashitovna

Author Biography

  • Mamajonova Guluzro Abdurashitovna

    Andijon davlat pedagogika instituti

    fizika va texnologik talim V.b dotsent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.91849

Keywords:

texnologik ta’lim innovatsion metodlar interfaol yondashuv loyiha asosida o‘qitish ijodiy fikrlash AKT samaradorlik.

Abstract

Ushbu maqolada texnologik ta’limda innovatsion metodlarni joriy etishning zarurati, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri hamda samaradorligi atroflicha tahlil qilingan. An’anaviy ta’lim shakllaridan farqli ravishda, interfaol va innovatsion metodlar o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirok etishga, mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarni yechishga o‘rgatadi. Xususan, loyiha asosida o‘qitish, “aqliy hujum”, “fikrlar kartasi”, rolli o‘yinlar, “besh barmoq” va “klaster” metodlarining qo‘llanilishi orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari, ijodiy yondashuvi va ijtimoiy faolligi rivojlanishi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yordamida darslarni interaktiv tashkil etish, multimediya vositalari orqali mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatlari ham yoritilgan. Ilmiy-nazariy tahlillar va amaliy kuzatuvlarga tayangan holda, innovatsion metodlarning texnologik ta’lim sifatini oshirishdagi roli asoslab berilgan va tavsiyalar ilgari surilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

23

"TEXNOLOGIK TAʼLIMDA INNOVATSION METODLARNI

QOʻLLASHNING SAMARADORLIGI"

Mamajonova Guluzro Abdurashitovna

Andijon davlat pedagogika instituti

fizika va texnologik talim V.b dotsent

Annotatsiya: Ushbu maqolada texnologik ta’limda innovatsion metodlarni

joriy etishning zarurati, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri hamda samaradorligi

atroflicha tahlil qilingan. An’anaviy ta’lim shakllaridan farqli ravishda, interfaol va

innovatsion metodlar o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirok etishga, mustaqil

fikrlash va muammoli vaziyatlarni yechishga o‘rgatadi. Xususan, loyiha asosida

o‘qitish, “aqliy hujum”, “fikrlar kartasi”, rolli o‘yinlar, “besh barmoq” va “klaster”

metodlarining qo‘llanilishi orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari, ijodiy

yondashuvi va ijtimoiy faolligi rivojlanishi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yordamida darslarni

interaktiv tashkil etish, multimediya vositalari orqali mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish

imkoniyatlari ham yoritilgan. Ilmiy-nazariy tahlillar va amaliy kuzatuvlarga tayangan

holda, innovatsion metodlarning texnologik ta’lim sifatini oshirishdagi roli asoslab

berilgan va tavsiyalar ilgari surilgan.

Kalit so‘zlar: texnologik ta’lim, innovatsion metodlar, interfaol yondashuv,

loyiha asosida o‘qitish, ijodiy fikrlash, AKT, samaradorlik.

Kirish:

XXI asrda jamiyatning barcha sohalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar,

ayniqsa, ta’lim tizimiga yangicha yondashuvni talab qilmoqda. Rivojlangan

mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’limda innovatsion texnologiyalarni

joriy qilish, o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini

rivojlantirish va nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishda muhim omil

bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, texnologik ta’lim ham zamon bilan

hamnafas bo‘lishi, an’anaviy yondashuvlardan zamonaviy va interfaol metodlarga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

24

o‘tishi zarur. Innovatsion texnologiyalar – bu ta’lim jarayonini yanada sifatli tashkil

etish, o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda samarali ta’lim

berish imkonini beruvchi zamonaviy vosita va usullardir.

Bugungi kunda texnologiya fanini o‘qitishda nafaqat bilim berish, balki

o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, kreativ tafakkurini rivojlantirish

ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchidan

yangilikka ochiqlikni, doimiy izlanishni va pedagogik mahoratini doimiy

takomillashtirishni talab etadi. Interfaol o‘qitish metodlari, axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanish, loyihaviy faoliyat, rolli o‘yinlar, o‘yinli texnologiyalar

kabi yondashuvlar texnologiya darslarini samarali tashkil etish imkonini beradi.

Ayniqsa, bunday usullar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiribgina

qolmay, balki ularning mustaqil ishlash, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul

qilish, ijtimoiy faollik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, texnologik ta’limda innovatsion

yondashuvlarni muvaffaqiyatli joriy etish uchun o‘qituvchilarning kasbiy

kompetensiyasi, ularning zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish darajasi ham katta

ahamiyatga ega. O‘quvchilarning ijtimoiy, psixologik va individual xususiyatlarini

inobatga olgan holda dars jarayonini tashkil qilish, ularning har biriga yondashuvni

shaxsga yo‘naltirilgan tamoyil asosida qurish bugungi ta’limda dolzarb vazifalardan

biridir. Shu asosda, mazkur ishda texnologik ta’lim darslarida innovatsion

texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari, ularning samaradorligi va amaliy

ahamiyati tahlil qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasida ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor

yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga

ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan

yangi bosqichga ko‘tarish, maktab ta’limni modernizasiya qilish, ilg‘or ta’lim

texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini

rivojlantirish va Maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari

natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning

innovatsion infratuzilmasini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

25

“O‘zbekiston Respublikasi maktab ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risi” dagi 08.10.2019 yil PF-5847-sonli farmonida

keltirilib o‘tilgan.Ta’lim sohasidagi innovatsion texnologiyalar doimiy ravishda

rivojlanib, ularning turlari kengayib bormoqda.

Innovatsion faoliyat sohasiga,ta’lim berishda axborot texnologiyalariga

aloqador dolzarb muammolarning yechimini izlashga o‘z vaqtida F.I.Peregudov

munosib hissa qo‘shdi. Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo‘nalish -

pedagogik innovasiya va ta’lim jarayonini yangilash g‘oyalarining paydo bo‘lishi

natijasida o‘qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo‘nalish «O’qituvchining

innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo‘ldi. «Innovatsion faoliyat» tushunchasini

tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mkritichyanning bu haqdagi fikri diqqatga sazovar: -

«Pedagogik tajriba sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy

tajriba, tajribasinov ishi, o‘qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda

innovasiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, o‘qituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi

tushunadi». Bizning mamlakatiimzda pedagogik innovatsiyani yaratilishi va

rivojlanishi keng jamoatchi pedagoglar harakati maktablarining tez rivojlanishi,

moderinizatsiya

qilinishi,

standartlarni

takomillashtirilishi

va

dasturlarni

yangilanishiga bo’lgan katta extiyoj tug’ildi.

Yangiliklarni izlash, yaratish, qo’llash ishlari jadallashib bordi. Shu sababli

yangi bilimlarga bo’lgan talab, “yangilik”, “innovatsiya” va “innovatsion jarayonlar”

paydo bo’ldi va u tushunchalarni izohlash, anglash zaruriyatini keltirib chiqardi.

Innovatsion jarayonlarning mikrostrukturasini o’rganib olimlar yangilik kiritishning

“hayotiy qismi (davri)” kontseptsiyasini ishlab chiqdilar, u yangilik kiritish vaqt

davomida o’tib boradigan jarayon degan fikrni ilgari surdilar. Bu jarayonda

yangilikning yaratilishi va ijro etilishini ta’minlovchi faoliyatlarni turlarga ajratuvchi

bosqichlarga bo’linadi. Shu davrga kelib ilmiy adabiyotlarda innovatsion jarayonlarni

quyidagi bosqichlarga ajratilmoqda: Yangi g’oya paydo bo’lishi yoki yangilik

kontseptsiyasi yuzaga kelishi bosqichi. Uni shartli ravishda fundamental va amaliy

ilmiy tekshirishlar (yoki birdan paydo bo’ladigan) natijalardan kelib chiqadigan

yangilik bosqichi deb ataydilar. Kashf etish vaqti, ya’ni amalga oshgan ob’ekt, moddiy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

26

yoki ma’naviy mahsulot namuna ko’rinishdagi yangilik yaratish. Yaratilgan yangilikka

amaliy ko’rinish topilib, uni qo’shimcha ishlab mukammallashtirish amalga oshiriladi.

Bu bosqich yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi.

Shundan so’ng yangilikning mustaqil mavjudligi boshlanib, yangilik kiritish jarayoni

keyingi bosqichga o’tadi. Bu bosqich faqatgina yangilikni qabul qilish shartida amalga

oshadi. Yangilikdan keyingi bosqichlar ko’rinadi. Yangilikning biror sohada tarqalishi,

uning boshqa sohalarga diffuziyalanib (qo’shilib) keng tatbiq etilishi bilan

yakunlanadi.

Yangilikning biror sohada xukmron bo’lishi, bunda xususan yangilik o’z

yangiligini yo’qotib, yangilik sifatida mavjud bo’lmay qoladi. Bu bosqich yangi

samarali yangilik paydo yoki undan ko’ra yanada samaralirog’i bilan almashtirilishi

bilan yakunlanadi. Yangilik doirasi qisqarib, uni yanada mahsuldorrog’i bilan

almashtirilishi bilan yakunlanadi. Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonning bir –

birini vaqtlar davomida yangi bosqichga ketma – ket almashtirib, muntazam tizim,

uning rivojlanib borishining soddalashtirilgan ko’rinishlarida ifodalaydi. Biroq aniq

innovatsion jarayon bu bosqichlarni o’z ichiga olib, ularning ketma – ket va

bog’liqliklariga har doim rioya qilinishi shart emas. Yangilikni kiritishni yangilik

yaratish va tarqatish kompleks va maqsadga muvofiq jarayon sifatida qarab, uning

maqsadi inson talab va extiyojlarini yangi vositalar bilan qondirilishi bo’lib, uning

samaradorligi muntazam va hayotiy yangilikni ta’minlovchi uslub va tizimlarni

ma’lum sifatli o’zgarishiga olib keladi. Innovatsion jarayon boshqa sifatli holatga

eskirib qolgan hamda vaziyat va ahamiyatlarini qayta ko’rib chiqish bilan bog’liq

bo’ladi. Bir darajali qator yangiliklar yig’indisi (umumiyligi) innovatsion yaxlitlikni

tashkil etadi. Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom ma’noda

ta’lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik

jarayonlarga kiritish to’rt bosqichda amalga oshiriladi: Muammoni tahlil asosida

aniqlash; Mo’ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash; O’zgarish va yangiliklarni

rejalashtirish; O’zgarishlarni amalga oshirish. Yangilik kiritish ichki mantiq va

yo’nalishlarga ega bo’lib, u yangilik g’oyasi (fikrini) tug’ilishdan to uni foydalana

boshlanishigacha bo’lgan xarakterlarni rivojlantirish ham innovatsion ishtirokchilari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

27

o’rtasidagi munosabat mantig’ini belgilaydi. Shu tariqa yangilik kiritish dinamik tizim

bo’lib, ichki mantiq kabi vaqt davomida qonuniy rivojlanishi, uning atrof – muhit bilan

o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Innovatsion jarayoni tuzilishi yangilikning bir

bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tib borishi bilan o’zgarib boradi.

Shu bilan yangilikning dinimaki xususiyatlaridan uning natija – yakuni va

samarasi o’zaro bog’liq bo’ladi. Yangilikning yakunlanganligi va uning imkoniyatlari

amalga oshirilganlik darajasi innovatsion jarayonning hamma bosqichlari qanchalik

muvafaqqiyatli o’tib borishiga bog’liq bo’ladi. Oddiy ishlab chiqarishdan

kengaytirilganiga o’tish keskin vaziyat hisoblanadi, bu o’tish amaliyotida ko’p

hollarda amalga oshirilmaydi, bu hol qaysidir yangilikning yakunlanmasligiga sabab

bo’lib, ko’pgina innovatsion muammolar mavjudligini yuzaga keltiradi.

Xulosa:

Texnologik ta’lim darslarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash

ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Bunday texnologiyalar

o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv, muammoli vaziyatlarni hal etish,

amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va darsga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim

o‘rin tutadi. Interfaol usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha

asosidagi yondashuvlar, rolli o‘yinlar kabi metodlar o‘quv jarayonini interaktiv va

mazmunli tashkil qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, innovatsion yondashuvlarning samarali qo‘llanilishi

o‘qituvchining kasbiy mahorati, doimiy o‘z ustida ishlashi va zamonaviy

texnologiyalarga moslasha olishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu boisdan,

pedagogik kadrlar malakasini muntazam oshirib borish, ularni yangi metod va

texnologiyalarni qo‘llashga tayyorlash ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan

biridir.

Umuman olganda, texnologik ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etish

nafaqat ta’lim samaradorligini ta’minlaydi, balki o‘quvchilarni kelajakda

raqobatbardosh, ijodkor va tashabbuskor mutaxassislar sifatida shakllantirishga xizmat

qiladi. Bu esa zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan avlodni

tarbiyalashning asosiy kafolati hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

28

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:

1.

“Taʼlim

to‘g‘risida”gi

Qonun.

O‘RQ-637-son.

2020-yil

23-

sentabr.https://lex.uz/

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi

PF-4947-son Farmoni //O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y.,

6-son, 70-modda

3.

O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni, Qonun xujjatlari to‘plami milliy

bazasi.

4.

Ishmuhamedov, R., Abduqodirov, A., & Pardayev, A. (2008).

Ta’limda

innovatsion texnologiyalar: Amaliy tavsiyalar.

Toshkent: Iste’dod.

5.

Qodirov, N. (2017).

Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.

Toshkent:

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.

6.

Azizxo‘jaeva, N. N. (2003).

Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.

Toshkent: Fan.

7.

Soliyev, A., & Rasulov, B. (2018).

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini

ta’lim tizimida qo‘llash.

Toshkent: TDPU.

Elektron ta’lim resurslari

1. www. Ziyonet. uz

2. www. edu. uz

3. tdpu-INTERNET. Ped