Authors

  • Ibrohimov Diyorbek Sirojiddin o'g'li
  • Nilufar Zuhriddinova Nusrat qizi

Author Biographies

  • Ibrohimov Diyorbek Sirojiddin o'g'li

    Andijon davlat pedagogika instituti
    texnologik ta’lim yo`nalishi talabasi

  • Nilufar Zuhriddinova Nusrat qizi

    Andijon davlat pedagogika instituti
    fizika va texnologiya kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.91850

Keywords:

uy jihoz mebel garnitur dahliz mehmonxona pardoz lok bo`yoq.

Abstract

Har bir oila o‘zining ehtiyoji, imkoniyati va tushunchasiga qarab xonalarni o‘ziga xos qilib jihozlaydi. Xonalarni jihozlashda xonalarning soni, hajmi, o‘zaro mutanosibligi, eshik va derazalarning o‘lchami, shakllari, xonalarga kunduzgi yorug‘likning qanchalik tushishi va shu kabilar katta rol o‘ynaydi.
Ushbu maqolada uy jihozlash usullari haqida so‘z yuritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

16

UYNI JIHOZLASH USULLARI

Ibrohimov Diyorbek Sirojiddin oʻgʻli,

Andijon davlat pedagogika instituti

texnologik ta’lim yo`nalishi talabasi

Nilufar Zuhriddinova Nusrat qizi,

Andijon davlat pedagogika instituti

fizika va texnologiya kafedrasi o‘qituvchisi

ANNOTATSIYA

:

Har bir oila o‘zining ehtiyoji, imkoniyati va tushunchasiga

qarab xonalarni

o‘ziga xos qilib jihozlaydi. Xonalarni jihozlashda xonalarning soni,

hajmi, o‘zaro

mutanosibligi, eshik va derazalarning o‘lchami, shakllari, xonalarga

kunduzgi

yorug‘likning qanchalik tushishi va shu kabilar katta rol o‘ynaydi.

Ushbu maqolada uy jihozlash usullari haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so`zlar: uy, jihoz, mebel, garnitur, dahliz, mehmonxona, pardoz, lok

bo`yoq.

АННОТАЦИЯ

:

Каждая семья обставляет свои комнаты по-своему,

исходя из своих

потребностей, возможностей и понимания. При меблировке

помещений

важную роль играют количество, размер и пропорции комнат, размер

и форма

дверей и окон, количество дневного света, проникающего в комнаты, и

т. д.

В этой статье рассматриваются методы обустройства дома.

Ключевые слова: дом, оборудование, мебель, гарнитур, прихожая,

гостиница, отделка, лак.

ANNOTATION

:

Each family furnishes rooms in its own way, depending on

its needs, possibilities

and understanding. The number, size, mutual proportions of

rooms, the size and

shape of doors and windows, the amount of daylight entering the

rooms,

etc.

play

a

major

role

in

furnishing

rooms.

This article discusses methods of furnishing a house.

Keywords: house, equipment, furniture, set, hallway, hotel, decoration,

varnish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

17

KIRISH.

Mebellarni joylashtirish, xonalarning ichini bezash uy egalarining

didi, uquvi va ma’lum darajada fe’liga bog‘liq. Xonalar qulay, shinam bo‘lishi

uchun nimalar qilish, qanday jihozlar olish va ularni qanday joylashtirish, ularning

hajmi, shakli, bezagi, rangi qanday bo‘lishi kerakligini odatda oldindan o‘ylab

ko‘riladi.

Xonalar mebellar va turli buyumlar bilan qalashtirib tashlanmagani ma’qul. Har

bir jihozning o‘z o‘rni borligi, ular boshqa buyumlar va xonaning o‘zi bilan

mutanosib bo‘lishi lozim.

Xonalardagi mebel, jihozlar bir garnituradan bo‘lishi, bir to‘plamni tashkil

etishi

yoki zamonaviy bo‘lishi shart emas. Lekin hamma jihozlar shakli, hajmi, bezagi,

rangi bilan bir-biriga uyg‘un, mos bo‘lmog‘i kerak. Xonani jihozlashda har bir narsa

mebel, badiiy mato, chiroq, gilam, amaliy san’at namunalari, turli to‘shamalar

ma’lum bir maqsadga xizmat qilishi, xona ichiga fayz kiritishi lozim

Sandiq, xontaxta kabi milliy mebellar mahalliy sharoitga muvofiqligidan o‘z

ahamiyatini yo‘qotmagan. Ayniqsa qariyalar xonasini sandiq, xontaxta kabilarsiz

tasavvur etib bo‘lmaydi.

Odatda, sandiq xonaning bir burchagiga qo‘yiladi, ustiga ko‘rpa-yostiq

yig‘iladi.

Ko‘pincha, to‘g‘ri to‘rtburchak, ba’zan kvadrat, doira, oval shaklida ishlangan

xontaxta xonaning o‘rtasiga yoki bir chetiga qo‘yiladi, atrofiga ko‘rpacha tashlanadi.

Xontaxta va uning ustiga tashlanadigan dasturxon rangi bilan parda va devorning

rangi bir-biriga muvofiq bo‘lishiga ahamiyat berilsa xona chiroyli ko‘rinadi.

Mebelning barcha jihozlari yog‘ochning bir turidan tayyorlana-di yoki bir xil

pardoz beriladi. Xona ichida ranglarning yaxlitligiga erishish uchun yumshoq

mebellar bir xil mato bilan qopla-nishi, deraza pardalarining rangi ham xona ichidagi

jihozlar rangiga mutanosib bo‘lishi kerak.

Dahliz. Dahlizning asosiy jihozi kiyimilgich. Tor daxlizlar uchun qozig‘i yoki

ilmog‘i bo‘lgan kiyimilgichlar qulay. Yuqori qismi bosh kiyimlarga mo‘ljallangan

polga qo‘yiladigan kiyimilgichlar ham bor. Bolalar uchun kiyimilgichlar tayyorlash

mumkin, sumka, soyabon va boshqa narsalar uchun ham ilgaklar qo‘yiladi. Buning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

18

uchun devorga tik (vertikal ) qoqilgan taxtalarga oralig‘i 25—30 sm qilib, gorizontal

yo‘nalishda ensiz taxtalar qoqiladi.

Shu taxtalarga ilgaklar qo‘yiladi. Kiyim ilgichni moy bo‘yoq, emal, rangsiz lok

bilan bo‘yash mumkin. Agar joy bemalol bo‘lsa, kiyim g‘ijimlanmasligi uchun

kiyimosgichlardan foydalanish kerak. Kiyimilgichning ilgagi yer sathidan 190-200

sm balandlikda bo‘lishi kerak. Uning quyi qismida oyoq kiyimlari uchun tokcha

bo‘ladi.

Ko‘zgu dahlizning zarur jihozi hisoblanadi. Ko‘zgu foydalanish qulay bo‘lgan

joyga o‘rnatilgani yaxshi. Uning yoniga taxta tokcha yoki pardoz-andoz buyumlari

uchun stolcha qo‘yilishi lozim. Hajmi uncha katta bo‘lmagan ko‘zgular esa —

to‘g‘ri to‘rtburchak, yumaloq, oval shakllardagi bezakli yog‘och yoki metall

romlarga o‘rnatilgan bo‘lsa chiroyli ko‘rinadi. Daxdizda qurilma shkaflardan ham

foydalanish mumkin.

Mehmonxona. Umumiy xona, odatda, eng keng xona bo‘lib, undan umumiy

oilaviy dam olish, mehmon kutish uchun foydalaniladi. Bu xonaning vazifasi ko‘p

bo‘lganligi uchun uni jihozlashga alohida e’tibor berilishi kerak. Deraza oldi, odatda

dam olishga ajratiladi. Shu maqsadda bu yerga divan, pastakkina jurnal stoli, bir

yoki ikki kreslo, televizor, radiomagnitofon qo‘yiladi.

Xonaning katta-kichikligiga qarab yana servant, bezak ashyolar, kitob javoni

qo‘yish mumkin. Mehmon kutiladigan xonada albatta stol, stullar bo‘ladi. Xona

keng bo‘lib turishi uchun stol devorga yaqin qo‘yilsa, zarur paytda o‘rtaga olinadi

Mehmonxona tor bo‘lsa, stol yig‘ma bo‘lgani ma’qul. Xona o‘z nomi bilan

mehmonxona bo‘lgani uchun ham aksariyat shu xona bekalarning didi, ichki

madaniyatini namoyon etadi. Shuning uchun ham uni jihozlash va bezashga hamma

bekalar ham alohida ahamiyat berishadi.

Yotoqxona. Xonalar hajmi va oila a’zolarining soni, tarkibiga qarab yotoqxona,

ish kabineti, bolalar xonasi kabilarga ajratiladi. Yotoqxona uchun odatda kichikroq

xona tanlanadi. Unga faqat uxlash uchun zarur bo‘lgan mebellar qo‘yiladi. Bolalar

xonasi uchun kengroq xona ajratilgani, unda karavotdan chetroqda bolalar

o‘ynaydigan joy ham bo‘lgani ma’qul.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

19

Yosh bolalar 3—4 yoshgacha ota-onasining yotoqxonasida bo‘ladi. Bu yerda

asosiy yotish joyidan tashqari, albatta, bolalar karavoti uchun ham joy ajratiladi.

Xonalar kam bo‘lsa, yotoqxonalar ijodxona (kabinet) vazifa-sini ham o‘taydi.

Demak u yerga shunga mos jihozlar ham kiritiladi. Odatda ish stoli derazaga

taqab qo‘yiladi. Stolga yaqinroq devorga kitob javoni o‘rnatilsa, kam joy egallaydi.

Kiyim-kechak saqlanadigan shkaf, odatda, yotoqxonada bo‘ladi. Yotoqxonaga

pardoz stolchasini qo‘yish mumkin.

Yotoqxona odatdagi (shiftdagi) lampochkadan tashqari, karavotlar yonidagi

tumbochkalar tepasida devorga o‘rnatiladigan lampalar bilan ham yoritiladi. Ish

joyidagi stol ustiga, pardoz stolchasiga stol lampasi qo‘yilgani ma’qul. Deraza

pardalari, gilam, karavot ustidagi yopqichlar bir-biriga mos bo‘lsa, chiroyli

ko‘rinadi.

Bolalar xonasi. Imkon bor yerda bolalar uchun alohida yorug‘, oftob tushadigan

xona ajratiladi. Uni bolalar yoshiga qarab jihozlanadi. Bolalarning serharakatligi

inobatga olinib, ularning o‘yiniga kengroq joy ajratiladi. Bu xonada ortiqcha

narsalar bo‘lmagani ma’qul. Kunduzi yig‘ishtirib qo‘yiladigan karavotlar qo‘yilsa,

xona yana ham keng bo‘lib, bolalar bemalol o‘ynashiga sharoit yaratiladi

Farzandlarning yoshi, jinsiga qarab aksariyat otalar bolalar xonasiga mos ikki

qavatli karavot yoki rom oldiga yig‘ma stol yasab yoki burchakni bolalarning dare

tayyorlashiga moye qilib uchburchak stol yasab beradilar. Xonani jihozlashda

bolalarning o‘zlari ishtirok etsalar yana ham chiroyli bo‘ladi. O‘smirlarning xonasi

o‘zlariga mos qilib jihozlanadi. Ularning dars tayyorlashi uchun yozuv stolidan

foydalansa bo‘ladi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun parta shaklidagi

kichik stolchalar yaxshi bo‘ladi.

Oshxona. Oshxona ishlaridan eng ko‘p vaqt oladigani ovqat tayyorlashdir.

Ovqat tayyorlash uchun oshxonada maxsus jihozlar bo‘lishi lozim; ularning turlari

va o‘lchami uy (kvartira) tuzilishi va oila a’zolarining soniga bog‘liq bo‘lib

foydalanish uchun qulay qilib joylashtirilishi zarur. Bunday jihozlar mahsulotlar va

idishlarni yuvish qurilmasi, mahsulotlar ajratib tayyorlanadigan va oshxona idishlari

saqlanadigan stol-shkaf, quruq mahsulotlar saqlanadigan osma shkaflar, javonlar,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

20

shuningdek gaz plita va muzlatgichdan iborat. Yuvish qurilmasi tagidagi shkafga

chiqindilar

uchun

qopqoqli

chelak

qo‘yish

tavsiya

etiladi

Agar oshxona kattaroq bo‘lsa, u yerga qo‘shimcha jihozlar: issiq ovqatlarni

suzish va yaxna taomlarni solish uchun zarur bo‘lgan idishlar qo‘yiladigan stolshkaf,

ovqatlanish

stoli,

stullar

va

boshqalarni

joylashtirish

mumkin.

Gaz plitasining yuqorisiga oshxonaning havosini tozalaydigan havo tozalagich

(elektrofiltr) o‘rnatish kerak. Yuvish qurilmasi plita bilan yonma-yon joylashmagani

maqul. Aks holda unga suv sachrashi mumkin. Polga qo‘yiladigan oshxona jihozlari

poldan bir xil balandlikda (eng qulay balandlik 85 sm) bo‘lishi kerak. Devorga qoqib

o‘rnatiladigan shkaflar ish stoli yuzasidan 55 sm balandga joylashtirilishi lozim

Pardalar. Xonalarni hajmi, o‘rnidan qat’i nazar, ularni jihozlashda pardalar katta

ahamiyatga ega. Odatda pardalar deraza va eshiklarga tutiladi. Ular turli mato,

elastik sun’iy plyonka, to‘rlardan, shuningdek somon va ingichka novda, yupqa

taxtachalar-dan tayyorlanishi mumkin. Pardalarning rangi, guli xonalar hajmi,

devorlar rangi, xona ichidagi jihozlarga mos bo‘lishi kerak. Derazaga odatda ikki

parda (to‘r va qalin mato) tutiladi. Keyingi paytlarda deraza tomon devori bo‘ylab

yaxlit bir xil parda tutish ham urf bo‘ldi. Uylarning pastki qavatlarida yoki boshqa

uylarga yaqin qurilgan joylarda to‘r va qalin mato parda-lardan tashqari (uy ichi

tashqaridan ko‘rinmasligi uchun) deraza-ning quyi qismiga kalta pardalar (darparda)

ham tutiladi

Uy jihozlash bo‘yicha tavsiya. Uyimizni yangi ta’mirdan chiqarish jarayonida

biz ko‘pgina xatoliklarga yo‘l qo‘yishimiz oqibatida uning shinamligiga putur

etkazib qo‘yishimiz mumkin.

Hozirda sizlarga uyimizni jihozlash bo‘yicha bir nechta foydali maslahatlarni

berib o‘tmoqchimiz!

Uyingizdagi yorug‘lik ajoyib bir muhit yaratibgina qolmay, u sizning

kayfiyatingizga ham ta’sir qilish hususiyatiga ega, shuning uchun uyingizda

markazga joylashtirilgan yagona qandil to‘g‘ri kelmaydi. Maslahatimiz, yoritgich

joylashishi

mumkin

bo‘lgan

joylarga

qarab

uning

sonini

oshiring.

Kichik gilamchalar uyingizdagi muvozanatni buzib qo‘yishini hisobga olgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

21

holda, unga to‘g‘ri o‘lcham tanlash juda muhim hisoblanadi. Katta gilamlar esa

tasavvurni kengaytirib, xonani ko‘rkam qilish uchun xizmat qiladi.

Televizorni joylashtirish uchun eng qulay joy bu - bo‘sh devor hisoblanadi.

Televizoringizni oynaga qarama-qarshi tomonga yoki unga yaqin o‘rnatmang, bu

ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, tasvirni anglash

ko‘rsatkichini pasaytirib yuboradi. Televizor hamda divan orasidagi masofa esa

televizor ekranining o‘lchamiga bog‘liq.

Divaningiz uchun mo‘lallangan yostiqlar uyingizdagi muhitni a’lo darajada

bo‘lishiga xizmat qiladi. Yostiqlarni tanlashda uyingiz yoki divaningiz rangiga

e’tibor qaratingiz zarur.

Bu usul katta xonalar uchun qo‘llaniladi. Agarda xonangiz o‘lchami katta

bo‘lsa,

divanlarni devor yoniga emas, uni ko‘zga ko‘rinadigan joyga joylashtirganingiz

ma’qul. Har holda uyingiz raqs tushuvchi sinfga emas, mehmonxonaga ko‘proq

o‘xshaydi.

Agar qora rangli mebellaringiz bo‘lsa uyingizdagi yorug‘lik o‘rnini

qorong‘ulik

egalllashi turgan gap. Uncha katta bo‘lmagan mehmonxonagiz uchun

kichikroq

va

yorqinroq

divan

va

stollar

tanlang!

Shuni e’tiborga olishingiz hohlar edikki, mebelning chiroyli bo‘lishi emas, u

sizning xonangiz uchun qanchalik mos tushishi muhim. Asosiysi, mebelni siz uchun

qulayligini hisobga oling.

Mebellarning ham o‘z uslubi mavjud. Juda katta suyanchiqqa ega mebellar o‘z

ahamiyatini yo‘qotib qo‘ygan. E’tiboringizni an’anaviy divanlarga qaratgan holda,

iloji boricha takrorlanmas ranglarni tanlang.

Eng ajoyib joy - poldan rasm markaziga

153 sm oraliqdagi joy hisoblanadi.

Agarda sizda rasmlar juda ham ko‘p bo‘lsa, ularni

uyning har bir burchagiga emas,

alohida belgilangan joyga ilishingiz tavsiya etiladi.

XULOSA.

Tez-tez yo‘l qo‘yiladigan xatolik uydagi o‘lchami to‘g‘ri

kelmaydigan mebellardir. Buning oqibatida uydan zavq olish uchun hech qanday

joy qolmaydi. O‘z xonangizga iloji boricha ikki o‘rindiqli divan hamda kreslolardan

joylashtiring.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

22

Agar sizning uyingiz kvadrat shaklda bo‘lsa uni kitob javoni hamda shkaf

yordamida

to‘ldirib,

muvozanatni

salqab

qolishingiz

mumkin.

Xonadagi pardalarning ham joylashuvi uning ko‘rkiga juda katta ta’sir o‘tkazadi.

Kalta pardalar xona ko‘rinishini qisib qo‘yishi mumkin. U qancha uzun va

balandroqda ilingan bo‘lsa, uyingiz chiroyini shuncha ochib yuboradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Abdujabbarova M.T. Turar-joy binolarini loyihalash: O‘quv qo‘llanma. – T.:

TAQI, 2018.

2. Qodirova S.A. Jamoat binolarini loyihalash: O‘quv qo‘llanma. – T.: TAQI,

2015.

3. Inogomov B.I. Zamonaviy bino va inshootlarni loyihalash: O‘quv qo‘llanma.

- T.: TAQI, 2010.

4. Ubaydullayev X.M., Xidoyatov T.A, Abduraxmanov Y.I, Korobovsev G.I.,

Mansurov Y.M. Arxitekturaviy loyihalash: O‘quv qo‘llanma. - T.: TAQI, 2012.

Most read articles by the same author(s)

Ibrohimov Diyorbek Sirojiddin o'g'li, Nilufar Zuhriddinova Nusrat qizi, UYNI JIHOZLASH USULLARI , Modern education and development: Vol. 26 No. 5 (2025)