Authors

  • Yusufova Arofat Vali qizi

Author Biography

  • Yusufova Arofat Vali qizi

    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat òzbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.92319

Keywords:

ona tili darsligi yozma nutq pedagogik tahlil ijodiy topshiriq kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchi nutqi matn tuzish.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston umumta’lim maktablari uchun ishlab chiqilgan yangi avlod ona tili darsliklarida yozma nutqni shakllantirishga qaratilgan topshiriqlarning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda topshiriqlar turlari, ularning sinflar kesimidagi murakkablik darajasi, vazifalari va o‘quvchining muloqot kompetensiyasiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, topshiriqlarning shaxsiy fikr bildirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli empirik kuzatuvlar asosida baholanadi. Natijalar yangi darsliklar tarkibida yozma nutq topshiriqlarini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

236

YANGI AVLOD ONA TILI DARSLIKLARIDA YOZMA NUTQNI

RIVOJLANTIRISH TOPSHIRIQLARINING PEDAGOGIK TAHLILI

Yusufova Arofat Vali qizi,

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat òzbek tili va adabiyoti universiteti

talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston umumta’lim maktablari uchun

ishlab chiqilgan yangi avlod ona tili darsliklarida yozma nutqni shakllantirishga

qaratilgan topshiriqlarning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda

topshiriqlar turlari, ularning sinflar kesimidagi murakkablik darajasi, vazifalari va

o‘quvchining muloqot kompetensiyasiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek,

topshiriqlarning shaxsiy fikr bildirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va matn yaratish

ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli empirik kuzatuvlar asosida baholanadi.

Natijalar yangi darsliklar tarkibida yozma nutq topshiriqlarini takomillashtirish

bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: ona tili darsligi, yozma nutq, pedagogik tahlil, ijodiy topshiriq,

kompetensiyaviy yondashuv, o‘quvchi nutqi, matn tuzish.

Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida so‘nggi yillarda amalga

oshirilayotgan islohotlar doirasida umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklar va metodik

qo‘llanmalar yangilanishi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Ayniqsa, ona tili fani

bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi avlod darsliklarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma

nutq kompetensiyasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Yozma nutq —

o‘quvchining fikrini izchil, mantiqiy, grammatik jihatdan to‘g‘ri hamda uslubiy

jihatdan aniq ifoda eta olish ko‘nikmasi sifatida, uning umumiy nutqiy va ijtimoiy-

madaniy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.

Zamonaviy ta’limning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida kompetensiyaviy

yondashuv yozma nutqni rivojlantirishda ham o‘z aksini topmoqda. Shu munosabat

bilan, ona tili darsliklariga kiritilgan ijodiy topshiriqlar, bahsli savollar, matn


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

237

yaratishga qaratilgan mashqlar nafaqat til bilimlarini mustahkamlash, balki shaxsning

tafakkur, muloqot va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ushbu maqolada yangi avlod ona tili darsliklarida berilgan yozma nutq

topshiriqlarining pedagogik tahlili amalga oshirilib, ularning o‘quvchilarda

mustahkam yozma nutq kompetensiyasini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Maqola

pedagogik va metodik nuqtai nazardan yozilgan bo‘lib, mazkur topshiriqlarning shakli,

mazmuni, bosqichlar bo‘yicha murakkablik darajasi hamda ularning amaliy

samaradorligi tahlil qilinadi.

Adabiyotlar tahlili.

Yozma nutqni shakllantirishga oid adabiyotlar tahlili,

mavzuning ilmiy-nazariy va metodik asoslari chuqur ishlab chiqilganini ko‘rsatadi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan

o‘quv dasturi [1] va Xalilova, Usmonova muallifligidagi yangi avlod darsliklari [2]

yozma nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarning kompetensiyaviy

mazmunini ochib beradi.

D.R. Nazarova va S.A. Turaevalar o‘z maqolalarida matn strukturasini

shakllantirish, ijodiy yondashuv, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari haqida asosli tahlillar

bergan [3][4]. Bu fikrlar maqolada ilgari surilgan pedagogik xulosalarni

mustahkamlaydi.

N. Qodirova. metodik yondashuvlar, konstruktiv ta’lim va baholash tizimiga

oid nazariy asoslar taqdim etgan [5]. Xorijiy adabiyotlardan Richards & Rodgers [6]

hamda Harmer [7] tomonidan yozilgan qo‘llanmalar zamonaviy til o‘rgatish uslublari

va yozma nutqni bosqichma-bosqich shakllantirish metodikasiga oid muhim manbalar

hisoblanadi.

Asosiy qism.

Yozma nutq — bu inson tafakkuri, bilimi va muloqot ehtiyojini

ifodalovchi murakkab jarayon bo‘lib, u til vositalari orqali fikrni izchil, mantiqiy va

aniq shaklda bayon qilishni talab etadi. Pedagogika va lingvistika sohalarida yozma

nutq ko‘nikmasi shaxsning kommunikativ kompetensiyasining asosiy tarkibiy

qismlaridan biri sifatida qaraladi. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim bosqichida bu

kompetensiyani shakllantirish tilni o‘rgatish jarayonining muhim vazifasidir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

238

Zamonaviy ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asosida tuzilgan o‘quv

dasturlari va darsliklarda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, izchil muloqot yuritishi,

shaxsiy pozitsiyasini asoslangan holda ifoda etishiga alohida urg‘u berilmoqda. Yozma

nutq kompetensiyasi shunchaki grammatik jihatdan to‘g‘ri matn tuzish emas, balki

mazmuniy chuqurlik, matn tuzilishi, stilistik moslik va mantiqiy izchillik kabi bir

qancha ko‘nikmalar majmuasini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, yozma nutqni o‘rgatishda sintaktik, semantik va pragmatik

kompetensiyalar birgalikda shakllanadi. Masalan, o‘quvchi matnni faqat grammatik

jihatdan emas, balki mohiyatan aniq, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda qurishga

o‘rganadi. Bu esa tanqidiy fikrlash, muloqotga kirishish, madaniyatlararo aloqa

yuritish kabi zamonaviy ta’lim maqsadlariga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, yozma nutqni shakllantirish jarayonida o‘quvchining yosh

xususiyatlari, psixologik tayyorgarligi ham e’tiborga olinadi. Masalan, 5–7-sinf

o‘quvchilarida deskriptiv (tavsiflovchi), narrovativ (hikoya tarzida) topshiriqlar

ko‘proq samarali bo‘lsa, yuqori sinflarda esse, tanqidiy tahlil, muammoli matnlar bilan

ishlash samaradorlik beradi.

Tilshunoslikda yozma nutqni rivojlantirish quyidagi asosiy bosqichlarda

amalga oshiriladi:

1-rasm. Yozma nutqni rivojlatirish bosqichlari.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

239

Demak, yozma nutqni rivojlantirish o‘z ichiga nazariy bilimlar, amaliy

mashqlar, ijodiy yondashuv va metodik izchillikni olgan tizimli pedagogik jarayon

bo‘lib, bu jarayonning darsliklardagi ifodasi asosli bo‘lishi zarur.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida so‘nggi yillarda amalga

oshirilayotgan o‘quv dasturlari va darsliklarni yangilash jarayonlari kompetensiyaviy

yondashuv asosida tashkil etilmoqda. Ona tili fanidan ishlab chiqilgan yangi avlod

darsliklarida, xususan, yozma nutqni rivojlantirishga oid topshiriqlar mazmuni va

shaklida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bu topshiriqlar o‘quvchining shaxsiy

fikrini mustaqil, mantiqiy va izchil ifoda etish, matn yaratish ko‘nikmasini

shakllantirish, ijodiy yondashuvni rivojlantirish kabi maqsadlarga yo‘naltirilgan.

Topshiriqlar klassifikatsiyasi va ularning lingvodidaktik vazifalari.

Yangi

darsliklarda yozma nutqqa oid topshiriqlar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:

Deskriptiv topshiriqlar (tavsifiy) — hodisa, shaxs, predmet yoki voqelikni

tasvirlash orqali nutqiy tafakkurni rivojlantirish;

Narrativ topshiriqlar (hikoya asosidagi) — voqelikni izchil va xronologik

ketma-ketlikda bayon qilishni talab etadi;

Argumentativ topshiriqlar — fikr bildirish, dalillash, nuqtai nazarni asoslash

orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi;

Ijodiy topshiriqlar (esse, matn davom ettirish, erkin yozuv) — o‘quvchining

o‘z g‘oyasi, shaxsiy pozitsiyasi, uslubiy va leksik tanlovlarini amalga oshirishiga

zamin yaratadi.

Bu topshiriqlar o‘z mohiyatiga ko‘ra lingvodidaktik vazifalarni bajaradi, ya’ni:

til birliklarini kommunikativ maqsadga muvofiq qo‘llash, matn tuzish mexanizmlarini

egallash, kontekstual fikrlashga o‘rganish, uslubiy ongni shakllantirish va ijtimoiy-

madaniy kompetensiyalarni rivojlantirish.

Sinf bosqichlariga ko‘ra murakkablik dinamikasi.

Yozma nutq topshiriqlari

sinflar kesimida bosqichma-bosqich murakkablashadi. 5–6-sinflarda ko‘proq

ko‘chirma asosida, namunali yozuvga suyangan topshiriqlar ustun bo‘lsa, 9–11-

sinflarda esse, muammoli vaziyatlar asosidagi tahliliy matnlar ustunlik qiladi. Bu esa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

240

o‘quvchining psixologik va intellektual o‘sishini hisobga olgan holda kompozitsion va

mazmuniy murakkablikni oshirishga xizmat qiladi.

1-jadval.

Quyidagi jadval sinf bosqichlaridagi yozma topshiriqlar dinamikasini aks

ettiradi

Sinf bosqichi

Dominant

topshiriq

shakli

Didaktik xususiyatlar

5–6-sinf

Tavsif,

matn

asosida

hikoya

Reproduktiv,

namuna

asosidagi yozuvlar

7–8-sinf

Fikr

bildiruvchi

topshiriqlar

Mustaqil nuqtai nazar

shakllanishi

9–11-sinf

Esse, tahliliy matnlar

Yaratmali yozuv, ijtimoiy

fikrlash elementi

Pedagogik samaradorlik va metodik yondashuvlar.

Yangi darsliklardagi

yozma nutq topshiriqlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, muammoli o‘qitish, kritik

fikrlashni rivojlantirish, differensial yondashuv kabi zamonaviy metodik prinsiplar

asosida shakllantirilgan. Ular quyidagi pedagogik funksiyalarni bajaradi:

O‘quvchining shaxsiy tajribasi va dunyoqarashini hisobga olgan holda nutqiy

ijodini rag‘batlantiradi;

Matn yaratishda mantiqiy izchillik, struktura va kompozitsion yaxlitlikka

o‘rgatadi;

Tanqidiy yondashuvni shakllantirish orqali ijtimoiy faollikni oshiradi.

Amaliy misol: 6-sinf darsligidan tahlil

. 6-sinf ona tili darsligidagi quyidagi

topshiriqni misol tariqasida ko‘rib chiqamiz:

“Quyidagi rasm asosida hikoya tuzing. Hikoyada kim, qayerda, nima qildi

degan savollarga javob bo‘lishi shart.”

Bu topshiriq orqali quyidagi lingvodidaktik maqsadlar amalga oshiriladi:

O‘quvchi matn yaratishda sabab-oqibat bog‘lovchilarini qo‘llashga o‘rganadi;

Matn strukturasini tushunadi: kirish, asosiy qism, xulosa;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

241

Fikrni izchil bayon qilish orqali tafakkur, leksik boylik va muloqot

ko‘nikmalari rivojlanadi.

Kamchilik va takomillashtirish ehtiyoji.

Darsliklarda ayrim sinflarda ijodiy

topshiriqlar soni yetarli emasligi, ba’zan baholash mezonlarining aniqligi

ta’minlanmagani kuzatiladi. Bu esa o‘qituvchining subyektiv qaroriga olib kelishi,

yozma nutqni mustaqil rivojlantirish imkonini cheklashi mumkin. Shuningdek,

topshiriqlar orasida kommunikativ kontekst yetarli darajada aks ettirilmagan holatlar

ham mavjud.

Natijalar.

O‘quvchilarning yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda

darslikdagi topshiriqlarning pedagogik ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik tahlil

ko‘rsatadiki, yozma topshiriqlar nafaqat til o‘rganish vositasi, balki shaxsiy fikrni erkin

va mantiqiy ifoda qilish, tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirish, madaniy-ijtimoiy

kompetensiyalarni mustahkamlash omili sifatida xizmat qiladi.

O‘quvchining tafakkur va muloqot kompetensiyasiga ta’siri.

Yozma nutq

topshiriqlari orqali o‘quvchi:

Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantiradi: masalan, “Bir fikrga munosabat

bildiring” kabi topshiriqlar muammo yechimiga yo‘naltiradi;

Muloqot kompetensiyasi rivojlanadi: o‘quvchi matnni o‘quvchi yoki tinglovchi

uchun moslashtirib tuzishga o‘rganadi;

Ijodiy tafakkur faollashadi: esse, hikoya, matn davom ettirish kabi mashqlar

yangi g‘oya va uslubiy yondashuvlar orqali shaxsiy fikrni ifoda qilish imkonini

yaratadi.

Bu jarayonda o‘quvchi o‘z fikrini mantiqiy, izchil, maqsadga muvofiq va

uslubiy jihatdan mos shaklda bayon qilishga o‘rganadi. Bu esa nafaqat til fanidan, balki

boshqa fanlardan ham samarali foydalanishga olib keladi.

Nutqiy ko‘nikmalar va uslubiy ong shakllanishi.

Yozma topshiriqlar

o‘quvchilarda quyidagi nutqiy tarkibiy komponentlarni shakllantiradi:

Grammatik moslik: gap bo‘laklari, so‘z tartibi, morfologik shakllar;

Matn tuzilishi: kirish, asosiy qism, yakuniy xulosa;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

242

Bog‘lovchilik: sabab-oqibat, izohlovchi, qarama-qarshi bog‘lovchilarni to‘g‘ri

qo‘llash;

Uslubiy moslik: matnning janri va maqsadiga mos leksik-semantik vositalarni

tanlash.

Bu omillar yozma nutqni o‘rganishda sintaksis, semantika va pragmatikani

uyg‘unlashtiradi. Shuningdek, har bir topshiriq o‘z ichida o‘quvchining intellektual

mustaqilligini rag‘batlantiradi.

Ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalar.

Yozma nutq topshiriqlari

faqat til o‘rganish vositasi emas, balki kompleks ta’limiy vosita sifatida quyidagi

funksiyalarni bajaradi:

Funksiya turi

Namuna va ta’sir yo‘nalishi

Ta’limiy Matn orqali til birliklarini mustahkamlash, fikr ifodasini o‘rganish

Tarbiyaviy Ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida matn yozish (vatan, oila,

mehnat haqidagi yozuvlar)

Rivojlantiruvchi Fikrni erkin ifodalash, tafakkurni kengaytirish, muloqot

malakasini oshirish

Bunday topshiriqlarning psixologik va ijtimoiy ta’siri ham mavjud: o‘quvchi

o‘z ichki kechinmalari, qarashlari va nuqtai nazarini og‘zaki emas, balki yozma

shaklda ifodalash orqali nutq madaniyatini rivojlantiradi.

O‘quvchining motivatsiyasi va ishtirok darajasiga ta’siri.

Ilmiy kuzatuvlar

shuni ko‘rsatadiki, topshiriqlar qiziqarli, hayotiy va ijtimoiy kontekstda tuzilganida

o‘quvchilarning yozishga bo‘lgan motivatsiyasi ortadi. Ayniqsa, ijodiy topshiriqlar

(masalan, “Shaxsiy qahramoning haqida yoz”, “O‘zing boshdan kechirgan voqeani

hikoya qil”) o‘quvchini shaxsiy tajribasini qayta ko‘rib chiqishga undaydi.

Motivatsiyaga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat:

Topshiriqning o‘quvchining dunyoqarashi bilan bog‘liqligi;

Erkinlik va tanlov imkoniyatining mavjudligi;

Baholashning ochiqligi va adolatliligi;

O‘qituvchining

konstruktiv

fikr-mulohazalari

va

rag‘batlantiruvchi

yondashuvi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

243

Empirik asos: dars kuzatuvlari va tahlillar.

2023–2024 o‘quv yilida ayrim

umumta’lim maktablarida olib borilgan amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, yozma

nutqqa oid topshiriqlarni samarali bajarayotgan o‘quvchilar umumiy muloqotda ham

faolroq, erkinroq va izchil fikr yuritadi. Aksincha, namunaviy matnlarga ortiqcha

bog‘langan o‘quvchilar esa ijodiy va mustaqil fikr bildirishda qiyinchilikka duch

kelmoqda. Bu esa metodik yondashuvni diversifikatsiyalash zaruratini ko‘rsatadi.

Xulosa.

Yozma nutqni rivojlantirish umumta’limning asosiy maqsadlaridan

biri sifatida o‘quvchilarning muloqot madaniyati, tafakkur kengligi, ijodkorlik

salohiyati va shaxsiy nuqtai nazarini shakllantirishga bevosita xizmat qiladi. Yangi

avlod ona tili darsliklarida bu maqsadga erishish yo‘lida topshiriqlarning shakli va

mazmuni tubdan yangilangan bo‘lib, ularning lingvodidaktik va pedagogik ahamiyati

yuqori baholanishi mumkin.

O‘tkazilgan pedagogik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, topshiriqlar o‘quvchilarda

yozma nutq kompetensiyasining barcha tarkibiy jihatlarini – grammatik,

matnshunoslik, stilistik va kommunikativ ko‘nikmalarni – shakllantirishga xizmat

qilmoqda. Shu bilan birga, topshiriqlarning ijtimoiy mazmuni, tanqidiy va ijodiy

fikrlashga yo‘naltirilganligi, o‘quvchining shaxsiy tajribasini aks ettirish imkoniyati

ularning samaradorligini oshiradi.

Shunga qaramay, ayrim sinflarda yozma topshiriqlarning faqat reproduktiv

xarakterda bo‘lishi, baholash mezonlarining yetarli darajada ochiqlanmagani,

kommunikativ kontekstning kamligi kabi metodik cheklovlar mavjud. Bu esa

kelgusida darsliklarni takomillashtirishda muhim omil sifatida e’tiborga olinishi lozim.

Maqola natijalariga tayangan holda quyidagi tavsiyalarni ilgari surish mumkin:

1.

Yozma topshiriqlar turlarini differensial va bosqichma-bosqich yondashuv

asosida takomillashtirish;

2.

Baholash mezonlarini aniq va shaffof qilib belgilash;

3.

Kommunikativ va interaktiv yozuv vaziyatlarini ko‘proq kiritish;

4.

O‘quvchilarning shaxsiy hayot tajribasini aks ettirishga yo‘naltirilgan

topshiriqlar sonini ko‘paytirish;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

244

5.

Har bir topshiriq uchun o‘qituvchi uchun metodik yo‘riq va baholash

mezonlarini biriktirish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Ona tili fanidan

umumta’lim maktablari uchun o‘quv dasturi (5–11-sinflar). – Toshkent, 2021.

2.

Xalilova G., Usmonova M. Ona tili darsligi: 6–9-sinflar. – Toshkent:

O‘qituvchi, 2021–2023.

3.

Nazarova D. R. Nutq madaniyati va yozma nutq kompetensiyasini

shakllantirish usullari, Til va adabiyot ta’limi. – 2022. – №2. – B. 65–72.

4.

Turaeva S. A. Yozma nutqni o‘qitishda ijodiy topshiriqlarning ahamiyati,

Pedagogik izlanishlar. – 2023. – №4. – B. 51–57.

5.

Qodirova N. Yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy

metodik yondashuvlar, Filologiya fanlari. – 2022. – №1. – B. 38–44.

6.

Richards J. C., Rodgers T. S. Approaches and Methods in Language

Teaching. – Cambridge: Cambridge University Press, 2014.

7.

Harmer J. The Practice of English Language Teaching. – London: Pearson

Longman, 2007.