Authors

  • NAZIROVA ZILOLA XUSNIDDIN QIZI
  • NOROVA MAHBUBA FAYZI QIZI
  • NORQOBILOVA MASHXURA OTABEKOVNA
  • OCHILDIYEVA ZARNIGOR ABDIMURODOVNA

Author Biographies

  • NAZIROVA ZILOLA XUSNIDDIN QIZI

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

     

  • NOROVA MAHBUBA FAYZI QIZI

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

     

  • NORQOBILOVA MASHXURA OTABEKOVNA

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

  • OCHILDIYEVA ZARNIGOR ABDIMURODOVNA

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94494

Keywords:

o’yin obraz psixika agressiya muammo muhit muloqot mehnat faoliyati

Abstract

Ushbu maqolada o’yinning bola xayotidagi ahamiyati, o’yinning bolaga psixik, fiziologik va ma’naviy ozuqa berishi, o’yin orqali bola hayotga moslashishi dunyoqarashining o’sishi, muloqoting boyishi bilan bog’liq ma’lumotlar keltirib o’tilgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

264

PSIXOLOGIKK JIXATDAN BOLALARNING O’SISHIDA O‘YIN

FAOLIYATINING TA’SIRI

NAZIROVA ZILOLA XUSNIDDIN QIZI

NOROVA MAHBUBA FAYZI QIZI

NORQOBILOVA MASHXURA OTABEKOVNA

OCHILDIYEVA ZARNIGOR ABDIMURODOVNA

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi

1-bosqich talabalari

Annotatsiya: Ushbu maqolada o’yinning bola xayotidagi ahamiyati,

o’yinning bolaga psixik, fiziologik va ma’naviy ozuqa berishi, o’yin orqali bola

hayotga moslashishi dunyoqarashining o’sishi, muloqoting boyishi bilan bog’liq

ma’lumotlar keltirib o’tilgan

Kalit so’z: o’yin, obraz, psixika, agressiya muammo, muhit, muloqot, mehnat

faoliyati

Shaxsning rivojlanishida o‘yin muhim rol o‘ynaydi. Kattalar rolini o‘z

zimmasiga olayotib, ular faoliyatini va o‘zaro munosabatlarini tasvirlayotib, bola

ularga xos bo‘lgan qoida va axloq motivlari bilan tanishadi. Ulardan o‘zaro muloqot

paytida foydalanadilar. Masalan, ustaxonadagi ishchi rolini bajarayotib, bola o‘z

ishiga javobgarlik bilan yondashadi, shifokor rolini bajarayotib kasallarga

jonkuyarlik va e’tiborlilik munosabatida bo‘ladi va h.k..

Kattalar va tengdoshlarning ta’siri asosan faoliyatda amalga oshiriladi.

Bolalarning faoliyatini tashkillashtirib kattalar o‘yin sujeti, rasmlar to‘g‘risida

maslahat va ko‘rsatmalar beradilar. Bolalarni tasvirlangan odamlarning o‘zaro

munosabati va ishi bilan tanishtiradilar, bolalarning ishi va harakatlariga ham ma’lum

talab qo‘yadilar, baholaydilar, faoliyat paytida vujudga keladigan qiyinchilik va

nizolarni hal qilishga yordam beradilar. O‘zaro birgalikdagi faoliyatda bolalar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

265

birlashadilar, bolalar jamoasi asosi bo‘lgan va uning a’zolarida shaxsni rivojlanishiga

yordam beradi- gan o‘zaro aloqaga kirishadilar.

O‘yin bolalarni o‘ziga jalb qiladi, ularni tasvirlanayotgan personajlar hissiy

holatini — mayl, kasallarga, bolalarga hamdardlikni haqiqatdan ham qilishga majbur

qiladi. O‘yin davomida qo‘g‘irchoqlarga va o‘yinchoq hayvonlarga bola muloyimlik

bilan munosabatda bo‘ladi. O‘yinga qiziqish, rolni yaxshi bajarish istagi bolalarda

shunchalar yuqoriki, bunday sharoitlarda o‘zlari uchun murakkab, yoqimsiz

harakatlarni bajaradilar, yoki boshqa xohishlarni qoniqtirishdan o‘zlarini tiyadilar.

Maktab o‘quvchilarini tasvirlayotib, maktabgacha yoshdagi bolalar uzoq vaqt va

hafsala bilan zerikarli, bir xil ish bilan shug‘ullanadilar, ya’ni bir xil harflarni bir

necha marta ko‘chirish ular uchun qiziqarli emas. Sotuvchi rolini o‘ynayotib, besh

yoshli qizaloq o‘z tasarrufidagi pechenyelarni yemaydi, chunki bu xaridorlarga

tegishlidir, sotuvchi manfaatlariga zid.

Lekin o‘yin davomida erishilgan yutuqlar bolalar tomonidan boshqa

sharoitlarga, kundalik xulq-atvorlariga bevosita ko‘chirilishi mumkin deb o‘ylash

noto‘g‘ri. Shifokor rolida bemor qizga g‘amxo‘rlik qilayotgan bola, o‘yin tugagandan

so‘ng shu qizdan, ko‘z yoshlariga ahamiyat bermay o‘yinchoqni tortib olayotganini

ko‘pincha ko‘rish mumkin.

O‘z zimmasiga rol olish tufayli bolalar ma’lum xulq-atvor motivlari, kattalar

harakati, hissiyotlari bilan tanishadilar. O‘yin bolalarni faqat mazmuni,

tavsirlanadigan rollari tomoni bilan tarbiyalamaydi. O‘yin xususida bo‘lgan real

munosabatlar paytida, o‘yin mazmunini muhokama qilishda, rollarni, o‘yin

materiallarini bo‘lishishda bolalar o‘z o‘rtog‘ining qiziqishlarini inobatga olishni,

unga hamdard bo‘lishni, yon berishni, umumiy ishga o‘z hissasini qo‘shishni

o‘rganadilar. Bolalar orasida o‘yinni kim tashkillashtirishi yoki o‘tkazishi xususida

nizo chiqadi. Bunday nizo sababi, odatda, o‘z reja va harakatlarini muvofiqlashtira

olmaslikning natijasidir. Bunday holda yordamga tarbiyachi keladi.

O‘yin qancha murakkab bo‘lsa, qatnashchilar soni ko‘p bo‘lsa, mazmuni ular

orasida birdamlikni, bog‘liqlikni talab qilsa, tarbiyachini bolalar xulqiga, o‘zaro

munosabatlariga, ularning harakatlarini muvofiqlashtirishga bo‘lgan talabi ham


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

266

shuncha katta bo‘ladi. Shuning uchun o‘yinning murakkabligi bilan maktabgacha

yoshdagi bolalar shaxsining rivojlanishidagi ahamiyati ham oshadi.

Aksariyat o‘yinlarda turli xil bolalar tomonidan ijro etiladigan rollar bir xil

bo‘lmaydi. Asosiy rollar (kapitan, shifokor, tarbiyachi ayol) va ikkinchi darajali

(matros va yo‘lovchilar, hamshiralar, sanitarlar va bemorlar, enaga va bolalar) rollar

bo‘ladi.

Asosiy rollar ko‘proq e’tiborga ega bo‘lganligi uchun, ular bolalarni o‘ziga

ko‘proq jalb qiladi. Bola yolg‘iz o‘ynayotganda va boshqa personajlarni,

qo‘g‘irchoqlarni aks ettirayotganda asosiy rolni albatta o‘ziga oladi. O‘yinda bir

necha bola qatnashayotganda esa, tabiiyki, ularning bari asosiy rolga da’vo qila

olmaydilar. Odatda, bolalar bog‘cha guruhlaridanoq o‘yin o‘ylab topadigan va uni

tashkillashtiradigan, rol bo‘lishni boshqaradigan, bolalarga kerakli harakatlarda yo‘l

ko‘rsatadigan bolalar ajralib turadilar. Ular odatda asosiy rolni ijro etadilar, yoki uni

olishni xohlagan boshqa bolaga beradilar.

Bu o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan real munosabatlar qanday ruhda kechishi,

bunday «yo‘lboshchilarni» axloq xususiyatlariga, ular qanday yo‘llar bilan o‘z

talablari bajarilishiga erishishlariga yetarli darajada bog‘liq bo‘ladi. Bunday

vaziyatlarda alohida e’tibor, mehr qozongan, tengdoshlari bilan kelisha oladigan,

ularning istaklarini hisobga oladigan, tushunmovchiliklarni bartaraf etadigan bolalar

bo‘lishi mumkin. Boshqa hollarda esa «yo‘lboshchi» sifatida buyruq berishga

intiladigan, boshqalarni bo‘ysundiradigan, buyruq beradigan, jismoniy ta’sir

o‘tkazadigan bolalar paydo bo‘ladi.

O‘yin orqali bolalar orasida bunday munosabatlarni tashkillashtirish

tarbiyachiga bog‘liq. Ular bola shaxsining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zarur

paytda tarbiyachi bolalarga o‘yin mazmunida yordam beradi, rollar taqsimlanishini

tekshirib boradi (ba’zida aralashish kerak bo‘ladi), bolalar kelishib harakat qilish-

larini kuzatib boradi. Bolalar asta-sekin oddiy qatnashuvchilardan o‘zaro

munosabatlar talab qiladigan, bir-birlari bilan ko‘proq maslahatlashishga

majburlaydigan o‘yinlarga o‘tishi lozim. O‘yin «yo‘lboshchilari»ga alohida e’tibor


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

267

berish zarur. Boshqa bolalar ularga taqlid qilganliklari sababli ularning harakatlarini

boshqarish kerak.

Bolaning axloq motivlari butun bolalik davri davomida jiddiy o‘zgaradi.

Maktabgacha kichik yoshdagi bola, his-tuyg‘ulari va istaklari ta’sirida harakat qiladi.

Ular turli xil sabablar tufayli paydo bo‘ladi, bola o‘z harakatlari haqida, uni u yoki bu

ishni qilishga nima majbur qilganligi haqida o‘ziga hisob bermaydi. Maktabgacha

katta yoshdagi bola harakatlarni ko‘proq anglagan holda amalga oshiradi. Ko‘p

hollarda u nega boshqacha emas aynan shunday ish qilganini zehni bilan tushuntirib

beroladi. Uch yoshli bola tovuqlarga donni ularning hamma yoqdan yugurib kelib bir

yerda to‘planishlarini va cho‘qilab yeyishlarini ko‘rish uchun bersa, olti yoshli bola

buni onasiga uy ishlarida yordam bo‘lsin deb qiladi.

Bularga asoslanib, butun maktabgacha yoshga xos bo‘lgan va bola xulqiga

katta ta’sir ko‘rsatuvchi motivlarni bir necha turlarga ajratish mumkin. Bu birinchi

navbatda bolalarning kattalar dunyosiga qiziqishi, ularni kattalardek harakatlarga

intilishi bilan bog‘liq. Bolani katta yoshli odamga o‘xshash xohishi mazmunli- rolli

o‘yinlar orqali amalga oshiriladi. Bunday xohish ko‘pincha bolani kundalik hayotda

u yoki bu talabni bajarishiga erishish quroli sifatida foydalaniladi. «Sen katta bolasan,

kattalar o‘zi ki- yinadi» deyish, bolani mustaqil harakat qilishga undaydi. «Kattalar

yig‘lamaydi» degan gap bola ko‘z yoshini tutishi uchun kuchli turtki bo‘ladi.

Bolalar xulqida doim namoyon bo‘ladigan motivlarning yana bir guruhi bu

o‘yin, o‘yin jarayonining o‘ziga bo‘lgan qiziqish bilan bog‘liq motivlardir. Bu

motivlar o‘yin faoliyatini egallash mobaynida yuzaga keladi va kattalardek harakat

qilish ishtiyoqi bilan chatishib ketadi. O‘yin faoliyatidan chetga chiqqan holda ular

bolani butun axloqini yo‘lga soladi va maktabgacha yosh davrining qaytarilmas

o‘ziga xosligini yuzaga keltiradi. Har qanday ishni bola o‘yinga aylantirishi mumkin.

Kattalar bola jiddiy mehnat bilan band va qunt bilan biron nimani o‘rganayapti deb

o‘ylagan paytda, bola aslida o‘zi xayolida vaziyat yaratib o‘ynayotgan bo‘ladi.

Masalan, psixologik tadqiqot vaqtida bolalarga to‘rt predmet tasviridan (odam, sher,

ot va arava) «ortiqchasini» ajratish so‘raldi. Bolalar sherda to‘xtadilar va o‘z

tanlovlarini shunday izohladilar: «Amaki otni aravaga qo‘shadi va haydab ketadi,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

268

sher unga nimaga kerak bo‘ladi? Sher uni o‘zini ham, otni ham yeb qo‘yishi mumkin,

uni hayvonot bog‘iga jo‘natish kerak».

Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bola xulqida kattalar va boshqa bolalar

bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatish va ularni saqlab qolish motivlari katta ahamiyatga

ega. Bola atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni xohlaydi, bu bola uchun

juda zarurdir. Kattalarning erkalatishlariga, ma’qullashlariga, maqtoviga erishish

xohishi bola xulqining asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Bolalarning ba’zi

harakatlarini shu xohish bilan izohlash mumkin. Kattalarning ijobiy munosabatiga

intilish bolani ular fikri va baholari bilan hisoblashishiga, ular tomonidan o‘rnatilgan

axloq qoidalarini bajarishga majbur qiladi.

Tengdoshlari bilan aloqa kuchaygani sari bola munosabati doirasi

murakkablashib boradi. Uch yoshli bola birinchi marta bolalar bog‘chasiga kelganda,

u bir necha oy davomida boshqa bolalarni sezmasligi, xuddi ular yo‘qdek harakat

qilishi mumkin. Masalan, o‘tirishni istasa, boshqa bola o‘tirgan stulni tortib olishi

mumkin. Lekin vaqt o‘tgan sari holat o‘zgaradi. O‘zaro faoliyatda bo‘lish, bolalar

jamoasining shakllanishi, tengdoshlarining ijobiy bahosi va ularni e’tiboriga erishish

bola axloq motivlarini ijobiy tomonga o‘zgartiradi.

O‘z shaxsiyatini namoyon qilish, izzattalablik motivlari kichik va o‘rta

bog‘cha yoshi davrida ko‘rina boshlaydi. Maktabgacha yosh davrida o‘zini boshqa

odamlardan ajratish, katta yoshli odamga munosabatda bo‘lgandek muomala qilishni

xohlaydi. Kattalarning ishga borishi, bola ko‘z o‘ngida mehnat turlari bilan

shug‘ullanishi, o‘zaro munosabatlarga kirishishi, shuningdek, uni, bolani

tarbiyalashlari, talablar qo‘yib ularning bajarilishiga erishishlarini kuzatadi, ko‘radi.

Bola uni ham boshqalar hurmat qilishlariga va quloq solishlariga, unga e’tibor

berishlariga, uni is- taklarini amalga oshirishlariga da’vo qila boshlaydi. O‘yin faoli-

yatida ham bosh rolni ijro etish talabi o‘z shaxsiyatini namoyon qilishning

ko‘rinishidir. Bolalar ko‘pincha bola rolini ijro etish- ni yoqtirmaydilar. Hurmat va

obro‘ qozongan katta yoshli odam roli doimo ularni o‘ziga jalb qiladi. Hayotga mos

kelishi yoki kelmasligi haqida o‘ylamasdan ham o‘zlarida jasurlik, kuch va boshqa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

269

xislatlarni keragidan bo‘rttirib ko‘rsatadilar. Kuchi haqida berilgan savolga, bola

albatta kuchliman, hattoki «filni» ko‘tara olaman, deb javob beradi.

O‘z shaxsiyatini namoyon qilishga intilish ayrim hollarda injiqlik va qaysarlik

kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Maktabgacha yoshdagi bolalar injiqliklari uch yoshli bolalarning krizis

paytida uchraydigan negativizmni juda ham eslatadi. Injiqliklar ko‘pincha bolaga bu

davrda noto‘g‘ri yondashuv, yuzaga kelgan salbiy munosabatlarning oqibati

hisoblanadi. Lekin injiqlikning psixologik tabiati «krizis» shaklidan farq qiladi.

Krizis paytida bola o‘z mustaqilligiga qat’iy ishontirmoqchi bo‘ladi. Injiqlik esa

barchaning e’tiborini o‘ziga qaratish, kattalardan «ustun» kelish usulidir. Ko‘pincha

zaiflashgan, tashab- buskor bo‘lmagan bolalar injiq bo‘lib qoladilar. Ular o‘z shax-

siyatlarini namoyon qilish istagini boshqa yo‘l bilan, ayniqsa tengdoshlar bilan

suhbatda qoniqtira olmaydilar.

Kichik va o‘rta bog‘cha yoshi davrida bolalar faoliyatini murakkablashtirish

bilan bog‘liq bo‘lgan motivlarning yangi turi shakllanadi. Ularga bilim olishga

intilishning o‘zaro raqobatchi- lik motivlari kiradi. Bola uch-to‘rt yoshidayoq

atrofdagilarni sa- vollarga ko‘mib tashlashi mumkin: «Bu nima?»; «Qanday qilib?»;

«Nima uchun?» va h.k.. Keyinchalik «Nimaga?» degan savol ko‘p uchraydigan

bo‘ladi. Bolalar ko‘pincha faqat savol bermaydilar, balki o‘zlari ham unga javob

topishga, kichik tajribalari bilan tushunarsiz narsalarni izohlashga, gohida hattoki

«eksperiment» o‘tkazishga ham harakat qiladilar. Barchaga yaxshi ma’lumki, bolalar

o‘yinchoqlarni «ichida nima borligini bilishga» urinib, «ichak-chavog‘ini olib

tashlashni» yoqtiradilar.

Bunday dalilni maktabgacha yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan qiziquvchanlik

belgisi deb hisoblashadi. Aslida esa bolalarning savollari ularni bilimga qiziqishini,

atrof-muhit haqida biron yangi ma’lumot olishga intilishini bildirmaydi. Kichik va

o‘rta yoshdagi bolalar beradigan savollarning aksariyat qismi kattalar e’tiborini

o‘ziga tortishni, ularni suhbatga chorlashni, ular bilan vujudga kelgan kechinmalarni

bo‘lishishni maqsad qiladi. Bolalar ko‘p hollarda o‘z savollariga javobni kutmaydilar

va oxirigacha eshitmaydilar, katta yoshli odamning gapini bo‘lib, yangi savolga o‘tib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

270

ketadilar. Faqatgina unga o‘rgatuvchi, turli xil bilimlarni yetkazuvchi, shu bilan birga

savollarga asosli va tushunarli tarzda javob beruvchi kattalar ta’siri ostida, bola asta-

sekinlik bilan atrof-muhitga ko‘proq qiziqishni, yangi narsalar haqida bilishga

intilishni boshlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

M.G. Davletshin, Sh. Do‘stmuhamedova, M. Mavlonov, S. To‘ychiyeva.

Yosh

davrlari va pedagogic psixologiya (o‘quv-me- todik qo‘llanma). TDPU, — T.: —

2004.

2.

Z. Nishanova.

Bolalar psixodiagnostikasi. TDPU nashriyoti. Toshkent —

1998.

3.

M. Rasulova, D. Abdullayeva, S. Oxunjonova.

Bolalarning maktabga

psixologik tayyorligi. — Toshkent. — 2003.

4.

S.X. Jalilova va boshqalar.

Shaxsning psixik taraqqiyoti diagnostikasi. —

Toshkent. — 2009.

5.

Шомуротов, У. (2024). ТЕХНОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕТОДОВ АРТ-

ТЕРАПИИ В УСТРАНЕНИИ ЛИЧНОСТИ АГРЕССИИ.

Предпринимательства

и педагогика

,

5

(2), 91-95.

6.

Melikboboyevich,

S.

U.

(2024).

MAKTABGACHA

TA’LIM

TASHKILOTLARIDA

BOLALALARNI

MAKTAB

TA’LIMIGA

TAYYORLASHNING

AHAMIYATI,

MAQSAD

VA

VAZIFALARI.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В

МИРЕ

,

42

(1), 123-128.

7.

MELIKBOBOYEVICH, S. U., QIZI, M. M. F., & SALIMJONOVNA, E. F.

(2024). BOLALARNING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIGIGA TA’SIR

ETUVCHI OMILLAR.

TADQIQOTLAR. UZ

,

37

(4), 203-209.

8.

MELIKBOBOYEVICH, S. U., AKRAMOVNA, O. M., & O‘G‘LI, X. M. A.

(2024).

SHAXSNING

RIVOJLANISHIGA

QOBILIYATNING

O’RNI.

TADQIQOTLAR. UZ

,

37

(5), 12-17.

9.

MELIKBOBOYEVICH, S. U., QIZI, A. M. A., QIZI, T. D. U., & QIZI, Q. S.

Q. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIGA QISQA MUDDATLI


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

271

GURUHLARDA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH.

TADQIQOTLAR.

UZ

,

37

(4), 154-158.

10.

Sobirjon, T., & Melikboboyevich, S. U. (2024). KORISHNING VAZIFA VA

FUNKSIYALARI.

TADQIQOTLAR. UZ

,

37

(1), 55-59.

11.

Melikboboyevich, S. U. (2024). BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA

TAYYORLASH SHAKLLARI VA METODLARI.

Journal of new century

innovations

,

50

(2), 189-195.

12.

Melikboboyevich,

S.

U.

(2024).

MAKTABGACHA

TA’LIM

TASHKILOTLARIDA

BOLALALARNI

MAKTAB

TA’LIMIGA

TAYYORLASHNING

AHAMIYATI,

MAQSAD

VA

VAZIFALARI.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В

МИРЕ

,

42

(1), 123-128.

13.

Melikboboyevich, S. U., & Istamqulovna, N. S. (2024). XX ASRNING

BOSHLARIDA BOLA RIVOJLANISH NAZARIYALARI.

TADQIQOTLAR.

UZ

,

33

(2), 235-239.

14.

Melikboboyevich, S. U. (2024). BOLA SHAXSINING SHAKLLANISHIDA

O ‘YIN FAOLIYATINING TA’SIRI.

NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI

USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA'LIMNING INNOVATSION

YO'NALISHLARI

,

1

(3), 24-31.

Most read articles by the same author(s)

NORQUVVATOVA MAFTUNA O‘ROL QIZI, YAXSHIBOYEVA GULSANAM CHORI QIZI, OCHILDIYEVA ZARNIGOR ABDIMURODOVNA, XURRAMOVA SABINA YO‘LDOSH QIZI, BOLALARNING RIVOJLANISHIDA YANGICHA NAZARIYALAR VA ULARNING TA’SIRI , Modern education and development: Vol. 20 No. 1 (2025)