Authors

  • NORQUVVATOVA MAFTUNA O‘ROL QIZI
  • YAXSHIBOYEVA GULSANAM CHORI QIZI
  • OCHILDIYEVA ZARNIGOR ABDIMURODOVNA
  • XURRAMOVA SABINA YO‘LDOSH QIZI

Author Biographies

  • NORQUVVATOVA MAFTUNA O‘ROL QIZI

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

  • YAXSHIBOYEVA GULSANAM CHORI QIZI

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

  • OCHILDIYEVA ZARNIGOR ABDIMURODOVNA

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

     

  • XURRAMOVA SABINA YO‘LDOSH QIZI

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

    Maktabgacha  ta’lim yo’nalishi

    1-bosqich talabalari

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94493

Keywords:

ontogenez genetik metod genetik psixologiya psixologiya M.Montessori Syoll filogenez

Abstract

Maqolada bo‘lajak psixologlarda bola rivojlanish nazariyalari haqida ilmiy bilimlarni hosil qilish, bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari ahamiyatini singdirish va  mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish qaratilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

272

BOLALARNING RIVOJLANISHIDA YANGICHA NAZARIYALAR

VA ULARNING TA’SIRI

NORQUVVATOVA MAFTUNA O‘ROL QIZI

YAXSHIBOYEVA GULSANAM CHORI QIZI

OCHILDIYEVA ZARNIGOR ABDIMURODOVNA

XURRAMOVA SABINA YO‘LDOSH QIZI

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi

1-bosqich talabalari

Annotatsiya: Maqolada bo‘lajak psixologlarda bola rivojlanish nazariyalari

haqida ilmiy bilimlarni hosil qilish, bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik

omillari ahamiyatini singdirish va mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv

maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish qaratilgan.

Kalit so’zlar: ontogenez, genetik metod, genetik psixologiya, psixologiya,

M.Montessori Syoll, filogenez,

XX asrning birinchi 10-yilligida bola shaxsi rivojlanishi muammosi bilan

shug‘ullangan psixologlar orasida eng yetakchilari sifatida A.Bine, E.Meyman,

D.Syolli, E.Klaperd, V.Shtern, A.Gezell va boshqalarni kiritish mumkin. Ingliz olimi

Dj.Syolli inson psixikasini shakllanishiga nisbatan assotsiativ yondashuv

pozitsiyasidan qaragan. U aql his-tuyg‘u va irodani psixikaning asosiy tarkibiy qismi

sifatida ajratib ko‘rsatgan. Uning izlanishlari bolalar tarbiyasi amaliyoti uchun

bolalardagi birinchi assotsiatsiya va ularni yuzaga kelishining ketma-ketligi tarkibini

aniqlashdan iborat edi.

M.Montessori Syollining izdoshi sifatida uning xulosalariga tayanib

maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish jarayoni rivojlanish tizimini ishlab

chiqdi. U bola shaxsini o‘rganishda ular rivojlanishining ichki impulslarini bilish va

inobatga olish haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqadi. Bolalarning bu davri hissiylik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

273

davri deb e’tirof etilib, bu vaqtda o‘zining moyilligi mavjud bo‘lgan bilimlarini

o‘zlashtirishga imkon berishi kerak. M.Montessori turli xil his-tuyg‘u va harakatlarni

mashq qildirish orqali ularni sekin-asta anglashga murakkablashtirishga,

mukammallashtirishga katta ahamiyat qaratgan. Natijada bu tafakkur jarayonining

rivojlanishiga olib keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limi va tarbiyasini

tashkil etishga nisbatan Montessorining g‘oyasi juda keng tarqaldi va hozirgi vaqtda

Rossiyada bu tamoyillar bo‘yicha bir nechta bolalar bog‘chasi yoki guruhlarga

qo‘Jlanilgan.

Nemis psixologi va pedagogi E.Meyman ham bolalarning bilish jarayonlarini

rivojlanishi muammolariga, shuningdek, ta’limning metodologik asoslarini ishlab

chiqishga asosiy e’tiborini qaratgan. Meyman tomonidan davrlashtirishda 3

bosqichga, ya’ni fantastik sintez bosqichi, analiz bosqichi, fikriy sintez bosqichlariga

ajratilgan.

E.Meyman laboratoriyasi qoshida tashkil etilgan eksperimental maktabda

bolalarning ta’lim dasturlariga tayyorlik darajasini diagnostika qilish metodlari ishlab

chiqilgan. Unga ko‘ra, ta’lim dasturlari va sinflarni shakllantirish mezonlari sinovdan

o‘tkazilgan (masalan, intellekt darajasi, qiziqishlari, o‘qituvchi bilan hamkorlik

bo‘yicha).

Shveysariyalik psixolog E.Klapared Xollning rekapitulatsiya tasavvurlarini

tanqid qilib chiqqan. Uning psixika filogenezi va ontogenezi umumiy mazmunga ega

va bu rivojlanishning birinchi qatorini o‘xshashligiga olib keladi, ammo ularni bir xil

demaydi. Klaparedning o‘ylashicha bola psixikasining rivojlanish bosqichlari

instinktiv jihatdan aniqlanmagan, u qobiliyatlarni o‘zida shakllantirish g‘oyasini

taqlid va o‘yin mexanizmlari yordamida deb hisoblagan. Tashqi omillar rivojlanishga

ta’sir etib, uni yo‘nalishini aniqlaydi hamda tempini kuchaytiradi.

Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim

nazariy va amaliy vazifalar turadi. Bolalar psixologiyasining nazariy vazifalari uning

nazariy muammolarini yechishga qaratilgan. Jumladan, uning nazariy vazifalariga

quyidagilar kiradi:

1.

Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

274

bolalarning idrokiga, sezgi — tuyg‘ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va

tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o‘rganish.

2.

I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida turli

yoshdagi bolalar psixik jarayonlari xususiyatlarining nerv- fiziologik asoslarni

o‘rganish.

3.

Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab

berish.

4.

Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo’lgan qonuniyatlarni

o‘rganish.

5.

Bola shaxsiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganish.

6.

Bolani maktab ta’limiga tayyorlash.

7.

Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini

faollashtirish.

8.

Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini

shakllantirish.

9.

Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish.

10.

Ta’lim-tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir.

Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti

xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilar, o‘qituvchilar, ota-onalar, ya’ni

jamoatchilar o‘rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy

vazifasi — keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi

farqlar va ularga individual munosabatda bo‘lish yo‘llariga doir, ruhiy taraqqiyot

qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo‘lmoqlarini ta’minlashdan

iborat. Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish, ro‘znoma va

oynomalarga maqolalar yozish, radio va teleko‘rsatuvlarda turli eshittirishlar tashkil

qilish, ota-onalar bilan suhbatlashish, mahallalarda bola tarbiyasi haqida ma’ruza,

suhbat va bahslar uyushtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga

oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Psixik rivojlanishni Klapared tafakkur rivojlanishiga tenglashtirilgan va

tafakkur tipining o‘zgarishiga tayanib 4 bosqichga ajratgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

275

1-bosqichda (2 yoshgacha) predmetlarning tashqi ko‘rinishini eslab qolish

idrokni shakllanishi sodir bo‘ladi;

2-bosqichda (2 yoshdan 3 yoshgacha) nutqiy predmetlar nomlari

o‘zlashtiriladi.

3-bosqichda (3 yoshdan 7 yoshgacha) tafakkur bolaning umumiy aqliy

qobiliyatlari

4-bosqichda (7 yoshdan 12 yoshgacha) maxsus qiziqishlar shakllanadi va

individning individual moyilliklari ifodalanadi.

E.Meyman va E.Klapared ishlari bolalar yosh davrlari psixologiyasiga asos

bo‘ldi va uning predmetini aniqlab maxsus vazifa va muammolarni shakllantiradi.

Bolalar psixologiyasi pedalogiya pedagogikani rivojlanishi, bolalar psixik

rivojlanishini tadqiq etishning ishonchli metodlarini ishlab chiqilishini taqozo etdi.

Fransuz psixologi A.Bine bolalar psixologiyasida testologik va normativ

yo‘nalishlarning asoschisidir. Bine bolalarda tafakkur rivojlanishining darajalarini

eksperimental tadqiq etdi. Ularning oldiga tushunchalarni aniqlash topshirig‘ini

qo‘ygan holda («stul» nima, «ot» nima va boshqalar). Turli yoshdagi bolalarning

javoblarini umumlashtirib, u 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar tushunchalari

rivojlanishining 3 bosqichini aniqladi: sanoq bosqichi, ta’riflash bosqichi va

interpretatsiya bosqichi. Наг bir bosqich ma’lum yosh bilan tenglashtirilgan va Bine

intellektual rivojlanishni ma’lum normativlari mavjudligi haqida xulosa qildi.

Ta’lim vazirligi talabiga ko‘ra Bine rivojlanishda normadan og'ishgan va shu

tariqa yordamchi maktabda ta’lim olishga muhtoj bo‘lgan bolalarni ajratib oluvchi

metodni ishlab chiqdi. Keyinchalik u 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni

intellektual rivojlanishning umumiy diagnostika qilish uchun testlar ishlab chiqdi.

Har bir yosh davri uchun Bine murakkablik darajasi bo‘yicha variatsiyalari bilan

intellektual rivojlanishini turli tomonlarini tadqiq etuvchi topshiriqlarni tanlab oldi.

Ularga so‘z boyligini, sanoqni, xotirani, umumiy bilimini, makoniy mo‘ljalga olishni,

mantiqiy tafakkurni va boshqalarni tekshiruvchi topshiriqlar kiritilgan. Bine

g‘oyasiga ko‘ra, topshiriqlar bu yoshdagi barcha bolalarga xos bo‘lgan minimal

malakaga yo‘naltirilgan. Faqat shundagina teng diagnostik sharoitda tug‘ma yuqori


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

276

intellektual darajali bolalar, ya’ni qobiliyatli va tarbiyali bolalar bo‘ladilar. Binening

shogirdi T.Simon tomonidan tuzilgan maxsus shkala yordamida bolaning aqliy yoshi

hisoblangan.

Keyinroq aniqroq diagnostika qilish uchun nemis psixologi Shtem intellekt

koeffitsientini kiritishni taklif etdi. Bine intellekt darajasi tug‘ma qobiliyat sifatida

hayot mobaynida o‘zgarmaydi va turli topshiriqlarni bajarishga yo‘naltirilgan.

Intellektual norma 70 dan 130% koeffitsient deb hisoblangan. Shunga ko‘ra aqlan

qoloq bolalar 70% dan past ko‘rsatkichlarni olganlar, iqtidorlilar 130% dan yuqori

ko‘rsatkichni olganligini ko‘rishimiz mumkin.

Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilganidan yetuklik

davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan, ya’ni har bir

shaxs uzoq bolalik davrini boshdan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik

jarayon va xususiyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida

ajratib o‘rganiladi va uni ontogenetik (tug‘ilgandan ulg‘aygungacha o'sib yetilish

davri) taraqqiyot yo‘li deyiladi.

Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy

xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni ham o‘rganadi. Bolalar

psixologiyasi bu muammolarni hal qilishda mustaqil fan sifatida o‘ziga xos

vazifalarni hal etmog‘i lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va va peda- gogik psixologiya».

— T.: TDPU. 2009.

2.

Nishanova Z.T., Dusmuxamedova Sh.A. va b. «Yosh davr- lari va

pedagogik psixologiya». — T.: Fan va texnologiyalar nashri- yotining bosmaxonasi.

2013. -344 b.

3.

MELIKBOBOYEVICH, S. U., O‘G‘LI, E. B. M., &

XAYRULLOYEVICH, D. U. (2024). OILAVIY TARBIYA USLUBLARI VA

ULARNING SHAKILANISHI.

TADQIQOTLAR. UZ

,

37

(1), 41-45.

4.

Melikboboyevich, S. U., & Yusufaliyevna, H. S. (2024). EDUCATOR'S

SKILL IN ELIMINATING AGGRESSIVE SITUATIONS OF CHILDREN RAISED


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–1_ Февраль –2025

277

IN PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION.

SAMARALI TA’LIM VA

BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI

,

1

(6), 611-616.

5.

Melikboboyevich, S. U. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR

FAOLIYATNING PSIXOLOGIK TAHLILI.

NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI

USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA'LIMNING INNOVATSION

YO'NALISHLARI

,

1

(2), 93-103.

6.

Melikboboyevich,

S.

U.

(2024).

MAKTABGACHA

YOSHDAGI

BOLALARDA O ‘YIN FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI. BOLA

HAYOTIDA O ‘YINNING AHAMIYATI.

NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI

USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA'LIMNING INNOVATSION

YO'NALISHLARI

,

1

(2), 85-92.

7.

Melikboboyevich,

S.

U.

(2024).

BOLALARNING

PSIXIK

RIVOJLANISHIGA O ‘YINCHOQLARNING TA’SIRI.

SAMARALI TA’LIM VA

BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI

,

2

(2), 172-179.

8.

MELIKBOBOYEVICH, S. U., QIZI, O. R. Z. S., & QIZI, Q. K. A. (2024).

INSONIY

MUOMALA

VA

MULOQOTNING

PSIXOLOGIK

VOSITALARI.

SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR

JURNALI

,

2

(2), 180-188.

9.

Melikboboyevich, S. U. (2024). MEASURES TO PREVENT AGGRESSIVE

ATTITUDES BY THE TEACHER TO THE STUDENT FOR LATING TO THE

LESSONS.

SAMARALI

TA’LIM

VA

BARQAROR

INNOVATSIYALAR

JURNALI

,

2

(2), 127-134.

10.

Abdukarimovich, T. Y. L., Melikboboyevich, S. U., & Isokovich, U. F. (2024).

Xotira haqidagi qarashlar va xotirani rivojlantirish.

SAMARALI TA’LIM VA

BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI

,

2

(2), 109-117.

Most read articles by the same author(s)

NAZIROVA ZILOLA XUSNIDDIN QIZI, NOROVA MAHBUBA FAYZI QIZI, NORQOBILOVA MASHXURA OTABEKOVNA, OCHILDIYEVA ZARNIGOR ABDIMURODOVNA, PSIXOLOGIKK JIXATDAN BOLALARNING O’SISHIDA O‘YIN FAOLIYATINING TA’SIRI , Modern education and development: Vol. 20 No. 1 (2025)