MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
211
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI PORLOQ KELAJAKNING
ASOSIY POYDEVORI SIFATIDA
Ko‘chkinova Mahliyo Norbutayevna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
Tel: (99) 711-17-68
Hamzayeva Gavharshod Anvarovna
Aminjonova Aziza Telmon Qizi
Abduraxmonova Maxliyo Shavkat Qizi
“Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha ta'limning bolaning
intellektual, axloqiy va jismoniy kamolotidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.
Maktabgacha ta’limning zamonaviy yondashuvlari, innovatsion metodlari va tarbiya
jarayonida ta’sirchan vosita sifatida ishlatilishi yoritiladi. Shuningdek, bola
shaxsining shakllanishida maktabgacha ta’lim muassasalari hamda ota-onalar
hamkorligining ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Maktabgacha ta’lim, bola kamoloti, ta'lim, tarbiya, innovatsion
metodlar, hamkorlik, jamiyat, taraqqiyot.
KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasiga juda katta e’tibor
qaratilmoqda. Mustaqillik sharofati tufayli barcha sohalarda bo‘lgani kabi
maktabgacha ta’lim soxasida ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Har qanday
mamlakatning kuchi uning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Salohiyatga turli
yo‘llar bilan erishish mumkin. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha
davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
212
Tabiiyki, hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning maktabgacha ta’lim va
tarbiya yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter
xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Bog‘cha yoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri,
ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini
shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u
faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq me’yorlari,
kishilarni anglashi, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha
boshlaydi.
ASOSIY QISM
Barkamol avlodni tarbiyalash hamisha insoniyatning eng ezgu va eng
ulug’ orzularidan biri hisoblanib kelinadi. Agar tarix sahifalariga nazar
tashlaydigan bo’lsak, Al-Farobiyning “Fozil odamlar shaxri” asarida jamiyatdagi
har bir bilimli inson fozil odamdir. Bunday inson o’zi yashayotgan davlatdagi
barcha qonun va qoidalarga e’tiborli va unga amal qiluvchi, o’z kasbining
ustasi bo’ladi deb ta’kidlangan.
Kelajagi buyuk davlatimizning poydevori mustahkamligini ta’minlash
maqsadida respublikamiz rahbariyati tomonidan sog‘lom avlodni tarbiyalash,
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajaga ko‘tarish orqali barkamol insonlarni
voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zotan, kelajagi buyuk davlatni
bunyodga keltirish uchun har qanday davlatning fuqarosi dastlab oilada va so‘ngra
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mukammal tarbiyalanishi, shaxs sifatida
to‘laqonli shakllanish imkoniyatlariga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi. O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son Qarori asosidagi
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
Konsepsiyasi, 2020-yil 20-sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi
qonunning hayotga tadbiq etilishi, mamlakatimizda yangi o’quv tizimining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
213
vujudaga kelishiga hamda zamonaviy bilimga ega bo’lgan yosh mutaxassislarni
tayyorlashga zamin yaratdi.
O’zbekiston xalqi o’z oldiga huquqiy demokratik jamiyat qurish
maqsadini qo’ygan. Bu yo’lda birinchi, lekin juda muhim qadamlar qo’yilgan-
ki, xalqaro jamiyatda o’z o’rnimizni mustahkamlashga olib keladi. Negaki
dunyoning bugungi rivoji shunday bir mavqedaki, hal qiluvchi omil harbiy
qudratda
emas,
balki
intellektual salohiyatda,
fikrda,
aqlda,
ilg’or
texnologiyalardadir.
Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad – yurt tinchligi,
xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy
hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi ko’pdan-ko’p muhim
masalalardan iborat.
Pedagogning bolaga o’z shaxsiyati bilan ta’sir ko’rsatishi to’g’risidagi
g’oyani o’z davrida maktabgacha ijtimoiy tarbiya tizimining yaratuvchilaridan
biri G.A.Arkin rivojlantirgan edi. Uning pedagogik asarlarida quyidagi: “Biz
uchun tarbiyachining o’ziga xos gapirish intonatsiyasidan boshlab imo-ishoralari,
tabassumi harakatlaridagi bo’lgan barcha xususiyatlarini ko’rish va payqay bilish
g’oyat muhimdir”.
Bola qalbiga chuqur kira oladiga va u yerda individual yashirin qadriyatlarni
topa
biladigan,
ularni ro’yobga
chiqarishga
amaliyotda
qo’llanish
mustahkamlanishi hamda takomillashuviga sabab bo’la oladigan har qanday
rivojlanish faktori tarbiyachi ko’rsatadigan ta’sir oldida ojizdir degan fikrlarni
ta’kidlangan. Bola shaxsi rivojida tarbiyachining roli o’z navbatida
tarbiyachining yetakchilik rolini yuzaga keltiradi. Bu har bir bola shaxsini
shakllantirishda uning yelkasidagi
mas’uliyatdir.
1
Tarbiyachi
o’z
shaxsiyatida
bolalar
qanday muayyanlikni ko’rishmoqda, uni o’zlaricha kim
sifatida qabul qilishmoqda, uning shaxsiyatidagi qaysi shaxsi xususiyatlarini
o’zlari uchun mo’ljal qilib olishmoqda, bularning barini bilmog’i lozim.
1
Achilov, O. M., Kochkinova, M. N., & Kamolova, O. M. Q. (2021). THE IMPORTANCE OF ECONOMIC EDUCATION IN
PRESCHOOL CHILDREN. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(06), 137-140.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
214
Boshqacha aytganda tarbiyachining “men”i qanday qilib bolalar mulkiga
aylanmoqda, bolalarning o’zlariga xos bo’lgan xususiyatlariga nisbatan qay
ravishda taqlid
etilayotganligi
hamda tarbiyalanuvchilar uchun qanday
ahamiyat kasb etmoqdaligini tushunib yetmog’i zarur.
Atoqli rus pedagogi A.S.Makarenkoning “Agar bola yomon tarbiyalangan
bo’lsa, buning uchun mutlaqo tarbiyachi aybdordir. Agar bola yaxshi bo’lsa
bunday holda ham u o’z bolaligi uchun, tarbiyachisi oldida qarzdordir”,-degan
fikri hozir ham ahamiyatini yo’qotgan emas.
Bo’lajak tarbiyachilarning axloqiy sifatlari qanday bo’lishi ko’p jihatdan
oliy o’quv yurti hamda pedagogik bilim yurti o’qituvchisining ijodiy
tashabuskorligi va bilimi, istak va mahorati hozirgi zamon talabi darajasida
bo’lishiga bog’liq.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mavjud muammolarini yechish uchun
ularni
maktabgacha tarbiya tizimiga to‘la qamrab olish imkoniyati, uning
ommaviyligi ham barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili sifatida ta’lim-
tarbiya samaradorligining yuqori darajasiga erishish uchun tarbiyachi
pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish ishlarni maqsadli ravishda
amalga oshirishni talab etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya
berishda ta’lim muasasasida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlar tartibining tahlil
qilinishi bolalarda kommunikativ qobiliyatlarni shakllantirishning pedagogik-
psixologik xususiyatlarini e’tiborga olishni ta’minlaydi. Shuningdek, bolani
madaniyatli, aqlli, ma’naviyatli bo‘lishini tashxis qilish, istiqbolini belgilash hamda
shaxs xususiyatlarini rivojlantirishning samarali shakllari, pedagogik-psixologik va
ijtimoiy omillarini o‘rganish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, kelajak avlodni
boy ma’naviy hamda ilmiy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishning
ta’sirchan tizimini yaratish, ilg‘or pedagogik-psixologik tajribalarni, etnopsixologik
va etnopedagogik usul va vositalarini, shaxs kamolotiga qaratilgan asosiy omillarni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
215
o‘rganishda tarbiyachilarning kasbiy mahorati va uning odob axloq me’yorlariga
rioya etgan holda faoliyat olib borishi muvaffaqiyatga olib boruvchi yo’ldir.
2
XULOSA
Bolani tarbiyalash nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo‘lib, juda
qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Xususan,
qadimgi Gretsiya va Rim tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham
yosh avlod tarbiyasi o‘zining ma’naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat
a’zolari o‘rtasida yuksak hurmat ehtiromga sazovor bo‘lgan kishilar, ya’ni
donishmandlar zimmasiga ishonib topshirilgandir. Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi
uning tashkil etilishi mazmunini faqat shaxs kamolotini emas, balki jamiyat
taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha ta'lim muassasasining
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida "gi PQ528-sonli qarori.
2.
Z.T.Nishonova,G.Kalimova,A.Gʻ.Turg‘unboyeva,M.X.Asranboyeva “Bolalar
psixologiyasi va psixodiagnostikasi” Toshkent 2017-yil 80-82 bet
3.
Jalilova S.X. “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” «Faylasuflar»
nashriyoti Toshkent – 2017 138-167 bet
4.
Qodirova.F, Toshpolatovna. Sh, Kayumova. N, A’zamova. M – “Maktabgacha
pedagigika” Toshkent- 2019
5.
A
tayeva. N, Salayeva.M, Hasanov. S – “Umumiy Pedagogika”- Toshkent -2013
6.
K
o‘chkinova M. N., qizi Rahmonova D. I., qizi Rahmonova M. S. BO ‘LAJAK
O‘QITUVCHI KASBIY TAYYORGARLIGIGA DOIR ETIKET QOIDALARINI
TARKIB TOPTIRISHDA MULOQOTNING O ‘RNI //Educational Research in
Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 778-783
2
(Atamurodova Q. G. et al. Factors and means of individual spiritual development //ACADEMICIA: An International
Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 6. – С. 771-774.)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
216
7.
A
tamurodova Q. G. Factors and means of individual spiritual development
//ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т.
11. – №. 6. – С. 771-774
8.
Achilov, O. M., Kochkinova, M. N., & Kamolova, O. M. Q. (2021). THE
IMPORTANCE OF ECONOMIC EDUCATION IN PRESCHOOL CHILDREN.
CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(06), 137-140
9.
Achilov O. M., Kochkinova M. N., Kamolova O. M. Q. THE IMPORTANCE
OF ECONOMIC EDUCATION IN PRESCHOOL CHILDREN //CURRENT
RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2021. – Т. 2. – №. 06. – С. 137-140
10.
Ismatov S. et al. O’QUVCHI YOSHLAR TARBIYASIDA DINIY
EKSTRIMIZM VA TERRORIZM TAHDIDI VA ULARNI BARTARAF
ETISHNING MAVJUD SHAROITLARI //PEDAGOG. – 2023. – Т. 6. – №. 2. – С.
443-447
11.
Ismatov S. et al. O’QUVCHI YOSHLAR TARBIYASIDA DINIY
EKSTRIMIZM VA TERRORIZM TAHDIDI VA ULARNI BARTARAF
ETISHNING MAVJUD SHAROITLARI //PEDAGOG. – 2023. – Т. 6. – №. 2. – С.
443-447
12.
Ko‘chkinova
M.
KASBIY
ETIKET
QOIDALARINING
TAKOMILLASHUVIDA PEDAGOGIK MAHORAT VA O ‘QITUVCHI
KOMPETENSIYALARINING AHAMIYATI //" Science Shine" International
scientific journal. – 2024. – Т. 16. – №. 1
13.
Ko‘charova D., Ko‘chkinova M. XURSHID DO ‘STMUHAMMAD
NASRIDA DIDAKTIK TAMOYILLAR //Journal of Integrated Education and
Research. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 703-707
14.
Ko‘charova D., Ko‘chkinova M. ABDULLA QODIRIYNING OBRAZ
YARATISH MAHORATI //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. –
Т. 1. – №. 4. – С. 714-716
15.
Ko’chkinova Makhliyo Norbutayevna, & Ravshanov Muhammad G‘afur
o‘g‘li. (2021). THE ROLE OF INCLUSIVE EDUCATION IN THE LIVES OF
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
217
CHILDREN WITH DISABILITIES. European Scholar Journal, 2(6), 193-194.
Retrieved from https://scholarzest.com/index.php/esj/articl.
16.
F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, M.A'zamova “Maktabgacha pedagogika - T.:
Ma'naviyat 2019 y.
17.
Kayumova N. “Maktabgacha pedagogika”. TDPU nashriyoti T:. 2013 y. 14b
18.
Qayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika” TDPU nashriyoti -T.: 2017 y.