MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-29
Часть–1_Июль –2025
202
ASALARI OILALARINI SAQLASH SHAROITIDA ISITISH
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING MAHSULDORLIKKA
TA’SIRI.
ВЛИЯНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ОТОПИТЕЛЬНЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ НА ПРОДУКТИВНОСТЬ ПРИ СОДЕРЖАНИИ
ПЧЕЛИНЫХ СЕМЕЙ.
THE IMPACT OF USING HEATING TECHNOLOGIES ON
PRODUCTIVITY IN BEE COLONY MAINTANENCE
Tursunova Baxtigul Abduxoliq qizi – Samarqand davlat veterinariya
meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali
tayanch-doktoranti
Artikov Dilshod Maxmadalimovich – Artbeetech asalarichilik kompleksi
direktori ta’ssischisi
Annotatsiya: Tadqiqot Toshkent viloyatida boqilayotgan karpat zotiga
mansub asalari oilalarida iqlim o‘zgarishlari fonida kelib chiqqan talofatlarni
bartaraf etishda isitish texnologiyalaridan foydalanib mahsuldorlikni oshirishni
maqsad qilgan. Bunda asalari uyalari ichiga oddiy va arzon halqasimon va
galogenli lampalarni joylashtirib asalarilarning faolligiga, kuchini saqlashga va
mahsuldorligini oshirishga ta’siri aniqlandi. Galogenli lampa nisbatan havfsizroq
va maqbul usul hisoblanib volframli halqa lampa esa asalarilarni yonishiga sabab
bo‘ldi.
Аннотация: Исследование направлено на повышение продуктивности
пчелиных семей Карпатской породы разводимых в Ташкентской области за
счёт применения технологий обогрева в условиях климатических изменений и
устранения вызванных ими потерь. В рамках исследования в ульи были
установлены простые и недорогие кольцевые и галогенные лампы с целью
определить их влияние на активность пчёл сохранение силы семей и
повышение продуктивности. Галогенная лампа была признана относительно
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-29
Часть–1_Июль –2025
203
безопасным и приемлемым методом, тогда как вольфрамовая кольцевая
лампа привела к ожогам пчёл.
Abstract: The study aims to increase the productivity of Carpathian honey
bee colonies kept in the Tashkent region by applying heating technologies to mitigate
losses caused by climate change. As part of the study, simple and low-cost
ring-shaped and halogen lamps were installed in beehives to assess their impact on
bee activity, colony strength retention and productivity improvement. The halogen
lamp was found to be a relatively safe and acceptable method, whereas the tungsten
ring lamp caused burns to the bees.
Kalit soʻzlar: asalari, asalari uyasi, galogenli chiroq, halqasimon chiroq,
oila kuchi, ozuqa sarfi, iqlim o‘zgarishi.
Ключевые слова: пчелы, ульи, галогенная лампа, кольцевая лампа, сила
семьи, расход корма, изменение климата.
Key words: bees, beehives, halogen lamp, ring lamp, colony strength, food
consumption, climate change.
Kirish (Introduction).
Asalarichilik qishloq xo‘jaligida eng muhim
tarmoqlardan biri bo‘lib, hozirgi kunda global iqlim o‘zgarishlari asalarichilik
sohasiga katta talofatlar yetkazmoqda. Asalari oilalarining kuchsizlanishi,
mahsuldorligining pasayishi, ozuqa zaxirasining yetishmasligi shular jumlasidandir.
Asalari oilalarining hayotiy jarayonlarida haroratning ahamiyati juda katta, ayniqsa
qish mavsumida. Qishlash mavsumida asalari uyalarini isitish uchun turli
texnologiyalarini qo‘llash uslublarini aniqlash hozirgi kunda dolzarb vazifalardan
biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqot ishi ba’zi isitish texnologiyalarining asalari
oilalarining mahsuldorligiga va omon qolishiga, ayniqsa qish mavsumidan talofatsiz
chiqishiga qat darajada ta’sir qilishini o‘rganadi.
Asalarilar qish mavsumida havo harorati pasayganda g‘uj bo‘lib yashashga
moslashgan. Asalari oilasida qurtchalar bo‘lmagandagi harorat o‘rtacha 13-28ºC
atrofida bo‘ladi. Tashqi muhit harorati 5ºC gacha pasaysa arilar to‘dasining hajmi
12%gacha kamayadi. Arilar to‘dasining markazidagi harorat 28-32ºC gacha
ko‘tariladi, to‘daning ustki qismida esa 6-10ºC atrofida bo‘ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-29
Часть–1_Июль –2025
204
G.A.Avetsiyan ta’kidlashicha kuchli oilalarda qish mavsumida g‘ujga
to‘plangan asalarilarning yuza qismida issiqlik o‘tkazuvchankigi kuchsiz oilalarga
qaraganda kamroq. Shuning uchun kuchli oilalardagi uyalarda ozuqa va issiqlikni
ushlab turish uchun ketadigan energiya sarfi kam.
Mukhammadiyev A., Usmonov I., Ibrohimov V. tadqiqotlarida asalarilar
zararkunandalariga qarshi kurashda asalari uyasi va ramkalariga ultrabinafsha
nurdan foydalanishgan. Nurlanish jarayonida chiroq kuchi, to‘lqin uzunligi,
nurlanish masofasi hamda nurlanish vaqtini o‘zgartirish orqali nazorat qilishgan.
Ular qo‘llagan usul yordamida kimyoviy pestitsidlardan foydalanmasdan asalari
zararkunandalariga qarshi kurashish va ekologik toza asalari mahsulotlari olish
mumkin.
El. Sheikh F.M., Asmaa A. Eissa., M.A. Al-Rajhi. Misrda olib borilgan
tadqiqotlarida asalari oilalarining mahsuldorligini oshirish uchun galogenli
chiroqlardan samarali foydalanishgan.
Uslublar (Methods).
Tadqiqot ishlari Toshkent viloyati Qibray
tumanida joylashgan “Art-Bee-Tech” asalarichilik kompleksida boqilayotgan
Karpat zotiga mansub asalari oilalarida olib borildi. Tajribalar qish mavsumi
(dekabr, yanvar) davomida olib borildi. Buning uchun asalari oilalari nazorat va
tajriba (I,II) guruhlariga ajraatildi. Nazorat guruhi tabiiy sharoitda hech qanday
chiroqlarsiz kuzatildi, birinchi tajriba guruhiga halqasimon volframli chiroqlar,
ikkinchi tajriba guruhiga esa galogenli chiroqlar qo‘yish orqali asalari oilalari
kuzatildi. Uya ichidagi harorat maxsus termodatchiklar yordamida, uya
tashqarisidagi harorat esa havo termometrlari yordamida o‘lchandi. Tajriba
davomida oilaning ozuqa sarfi, asalari kuchi va kasalliklarga chalinganlik darajasi
kabi ko‘rsatkichlar taqqoslab kuzatildi. Birinchi tajriba guruhida volframli
halqasimon
chiroq
ko‘rsatkichi
5-15 Vt, ikkinchi tajriba guruhidagi asalari uyalariga esa galogenli chiroq
ko‘rsatkichi 10-20 Vt qilib belgilandi. Yorug‘lik va issiqlik bir vaqtning o‘zida ta’sir
qildi. Chiroqlar asalari uyalarining ichki devoriga o‘rnatildi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-29
Часть–1_Июль –2025
205
Natijalar (Results).
Tajribalar davomida galogen chiroqlardan
foydalanilgan asalari oilalarida hayot faoliyatining barqaror kechishi va ularning
umumiy fiziologik kuzatildi. O‘tkazilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, nazorat
guruhidagi asalari oilalarida ozuqa sarfi eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, bu
holat uyani isitish uchun qo‘shimcha energiya va ozuqa sarfi ortganligi bilan
izohlanadi. Shuningdek, nazorat guruhidagi asalari oilalarining kuch ko‘rsatkichi
tajriba guruhlariga nisbatan ancha past bo‘ldi.
I-tajriba guruhida halqasimon chiroqlardan foydalanilgan sharoitda asalari
oilalarida ozuqa sarfi va kasalliklarga chalinish darajasi II-tajriba guruhiga nisbatan
yuqoriroq bo‘ldi. Garchi, oila kuchi nazorat guruhiga qaraganda yuqori
ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, ushbu turdagi lampalardan foydalanilganda
ba’zi oilalarda asalarilarning chiroq issiqligidan kuyib, nobud bo‘lish holatlari qayd
etildi.
II-tajriba guruhidagi asalari oilalari esa ozuqa sarfining kamligi,
kasalliklarga chalinish darajasining pastligi va oila kuchining yuqoriligi bilan ajralib
turdi. Bu esa galogen chiroqlardan foydalanish asalari oilalarida ichki mikroiqlimni
optimal darajada ta’minlash, metobolik jarayonlarni rag‘batlantirish hamda
immunitetni mustahkamlashga samarali ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi.
1-jadval
Tajriba
guruhlari
Tanlab olingan
asalari
oilalari
soni (n)
Chiroqlarning
elektr
kuchlanishi
(Vt)
Ozuqa
sarfi
(kg/oila)
Asala
ri
kuchi
(ball)
Kasallik
larga
chalinis
h (%)
Nazorat
guruhi
10
-
15
7
5
I-tajriba
guruhi
10
5-15 Vt
12
8
3
II-tajriba
guruhi
10
10-20 Vt
10
9
2
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-29
Часть–1_Июль –2025
206
Muhokama (Discussion).
Olib borilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki,
asalari uyalaridagi mikroiqlim sharoitlarini sun’iy yorug‘lik manbalarida foydalanib
mo‘tadillashtirish asalarilarning umumiy fiziologik holatiga, immun sistemasiga
ijobiy ta’sir qilib, ularning ozuqa sarfi va kasalliklarga chalinish darajasini
pasayishiga sabab bo‘ldi. Nazorat guruhidagi asalari uyalarida hech qanday sun’iy
chiroqlar ishlatilmaganligi sababli, uyaning mikroiqlim ko‘rsatkichlari barqaror
bo‘lmadi. Shuning uchun, bu guruhdagi asalari oilalari issiqlikni saqlash uchun
ko‘proq ozuqa sarfladi (15 kg), oila kuchi past (7 ball) va kasalliklarga chalinish
darajasi yuqori bo‘ldi (5%).
I-tajriba guruhidagi asalari oilalarida 5-15 Vt quvvatli halqasimon sun’iy
chiroqlar foydalanilganda ular nazorat guruhiga nisbatan kam ozuqa sarflagani
(12kg), oila kuchining (8 ball) balandligi va kasalliklarga chalinish darajasining
pastligi (3%) aniqlandi. Ammo ba’zi oilalarda asalarilarning ma’lum darajada
issiqlikdan kuyib nobud bo‘lganligi sabali bu usuldan foydalanish tavsiya etilmaydi.
II-tajriba guruhida 10-20 Vt quvvatga ega galogenli chiroqlar ishlatilganda
ozuqa sarfining sezilarli darajada kamaygani (10 kg), oila kuchining yuqoriligi
(9 ball) va kasalliklarga chalinish darajasining pastligi (2%) kuzatildi. Bu esa
galagon chiroqlar orqali uyaning mikroiqlim harorati va yorug‘lik sharoitlarini
optimal boshqarish mumkinligini ko‘rsatadi. Galogen chiroqlar asalari oilalarining
fiziologik jarayonlarini rag‘batlantirib, ularning immunitetini kuchaytiradi va
bahorgi rivojlanishida mustahkam oila shakllanishida yordam beradi.
Xulosalar (Conclusion).
Ushbu tajriba natijalari ilgari o‘tkazilgan
tadqiqotlar bilan ham mos keladi. Xususan, ayrim xorijiy manbalarda (Smith et al.,
2018; Muller, 2020) sun’iy mikroiqlim yaratishning asalari oila kuchi va
sog‘lomligini oshirishdagi rolini ta’kidlagan. Shu asosda, galogenli chiroqlar
yordamida amalga oshiriladigan texnologik ishlovlar asalari oilalarining energetik
va immunologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash, ozuqa sarfini kamaytirish va qishlovga
tayyorgarlik jarayonlarini samarali o‘tkazishda istiqbolli yo‘nalish sifatida tavsiya
etiladi.
ADABIYOTLAR (REFERENCES).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-29
Часть–1_Июль –2025
207
1.
Isamuhamedov A.I., Nikadambayev H.K. Asalarichilikni rivojlantirish
asoslari. – T.; O‘quv qo‘llanma, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi, Toshkent-2013, 336 bet, 78-bet.
2.
Avetisyan G.A. Пчеловодство. М., изд-во «Колос», 1965. 288с. (Учебники
и учебн. Пособия для высших с.-х. учебн. Заведений.) С-196.
3.
Mukhammadiyev A., Usmonov I., Ibrohimov V., Electrotechnological work
with ultraviolet light in the control of bee pests, Agro ilm, Maxsus son (4), [97],
2023 yil, 124-bet, 43-44-betlar.
4.
El. Sheikh F.M., Asmaa A. Eissa., M.A. Al-Rajhi. Effect of using a modified
warming system on activities and productivity of honey bees // International Journal
of Advance study and Research work (2581-5997)/Volume 4/Issue 6/June 2021.