MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
271
MAVZU: SPORT MAKTABLARI BASKETBOL
MASHG’ULOTLARIDA O'YIN TEXNIKASINI O'RGATISH USLUBIYATI.
Axmatov Rustam Askarali o’g’li
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruvi va texnologiyalar universiteti 1-
bosqich magistranti
Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ishi 11-12 yoshli maktab o‘quvchilarida
basketbolga xos harakatlarni o‘rganish jarayonida to‘psiz va to‘pni urib yugurish
tezligi va texnikasining o‘zgarishlarini eksperimental usulda o‘rganishga
bag‘ishlangan. Tadqiqotda 2x14 metrga to‘psiz, to‘pni urib va keglilararo yugurish
testlari qo‘llanilib, 4 oylik mashg‘ulotlar davomida yugurish tezligi va texnikasining
dinamikasi kuzatilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, an'anaviy mashg‘ulotlar usuli
to‘pni urib yugurish texnikasini shakllantirishda yetarli samara bermaydi. Xususan,
to‘pni urib keglilararo yugurishda texnik ko‘nikmalarning sust shakllanishi (o‘rtacha
1.9±0.06 ball) va 4 oy davomida sezilarli yaxshilanmasligi qayd etilgan. Tadqiqot
natijalari bolalarni sportga o‘rgatishda texnik ko‘nikmalarni shakllantirishga xos
metodik yondashuvlarning zarurligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: basketbol, yugurish tezligi, texnik ko‘nikmalar, harakatlar
maktabi, yosh sportchilar, motor ko‘nikmalar, pedagogik eksperiment.
Abstract: This research work is devoted to the experimental study of changes
in the speed and technique of running without the ball and with the ball in the process
of learning basketball-specific movements in 11-12-year-old schoolchildren. The study
used 2x14-meter running tests without the ball, with the ball and between the pins, and
the dynamics of running speed and technique were observed during 4 months of
training. The results showed that the traditional training method does not provide
sufficient effectiveness in forming the technique of running with the ball. In particular,
the weak formation of technical skills in running with the ball (average 1.9±0.06
points) and the lack of significant improvement over 4 months were noted. The results
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
272
of the study indicate the need for specific methodological approaches to the formation
of technical skills in teaching children to play sports.
Keywords: basketball, running speed, technical skills, movement school, young
athletes, motor skills, pedagogical experiment.
Ma’lumki, iste’dodli yosh sport zahiralarini tayyorlash masalasida kichik yoki
katta muammo tushunchalari bo‘lmasligi darkor. “Ko‘zga ko‘rinmaydigan” eng kichik
muammolar ham sekin-asta yig‘ilib, katta muammoga mubtalo qiladi. So‘z
avvalambor bolalar tarkibidan yuksak mahoratli, sog‘lom sportchi yetishtirish uchun
birinchi navbatda uni jismoniy va funksional jihatdan har tomonlama me’yorlangan
mashg‘ulotlar asosida tayyorlamoq lozim. Faqat yetarli energetik zahiraga ega
jismoniy va funksional potensial sport mahoratini yengillik bilan o‘zlashtirish
imkoniyatlarni yaratadi.
Sport o‘yinlariga xos harakat ko‘nikmalarini shakllantirish muddati va
samaradorligi jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy-pedagogik mahorati, uni
o‘rgatish jarayoniga ilmiy-ijodiy yondashuvi va qo‘llaniladigan mashqlarning
mazmunan mutanosibligi bilan belgilanadi, ma’lumki, sport o‘yinlariga xos texnik-
taktik harakatlar aksariyat keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlarda yuzaga keladigan,
oldindan ma’lum bo‘lmagan vaziyatlar talablariga muvofiq ijro etilishi shu harakatlar
samaradorligini ta’minlaydi.
11-12 yoshli bolalarga keskin o‘zgaruvchan yo‘nalish bo‘ylab to‘psiz va
to‘pni urib yugurish tezligi
Yosh bolalarda keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab to‘psiz va to‘pni urib
yugurish tezligini o‘rganish natijalari ularni basketbol to‘garaklariga asosli tanlash
imkoniyatini yaratadi. Ilmiy uslubiy manbalardan ma’lumki, tezkorlik sifati, shu
jumladan ma’lum darajadagi chaqqonlik qobilyatini ifodalovchi keskin o‘zgaruvchan
yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish tezligi, nasliy qobilyatlarga asoslangan bo‘lib, bolaning
hayoti, turmush tarzi va ta’lim-tarbiyasi davomida shakllanib boradi. Binobarin
bolalarni sport maktablariga tanlash va ularni sport mashg‘ulotlariga jalb qilishda
ushbu sifatlarni rivojlanganlik ko‘rsatkichlardan foydalanish iqtidorli sportchilar
tayyorlash bolalar faoliyatini kuchaytirishga yordam beradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
273
Biz ana shu muhim ahamyatga ega fikr mulohazalarga asoslangan holda 11-12
yoshli maktab o‘kuvchilariga 2x14 m.ga to‘psiz va to‘pni urib moksimon yo‘nalishda
yugurish tezligini o‘rgandik. Bunday tezkorlik va ma’lum darajada chaqqonlikni
ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘rganishdan masalan keskin o‘zgaruvchan yo‘nalish
bo‘ylab to‘psiz va to‘pni urib yugurish tezligi o‘rtasidagi farqni aniqlashga qaratildi.
Ushbu farq ko‘rsatkichlari esa o‘z navbatida bolalarga to‘pni urib harakatlanish
texnikasi qanchalik shakllanganligini baholash imkonini beradi. Chunki, agar farq
katta bo‘lsa, demak to‘pni urib yugurish texnikasi zaif ekanligidan darak beradi. Zaif
texnika esa, o‘z navbatida yugurish tezligini susaytiradi. Olingan tatqiqot natijalari
jadvalda keltirilgan.
11-12 yoshli bolalarda to‘pli va to‘psiz yugurish tezkorligi
Tajriba guruhi
№ F.I.O
2x14 m to‘psiz
yugurish
(soniya)
2x14 m to‘pni
urib
yugurish
(soniya)
2x14m. to‘pni
urib
keglilararo
yugurish
(soniya)
1
Abduazimov O
5.8
10.2
15.4
2
Abdukamolov A
7.0
11.4
14.6
3
Abdurahimov A
7.0
9.8
13.8
4
Amirjonov I
7.2
12.6
15.4
5
Hamidullaev D
7.4
12.2
15.2
6
Hamidullaev I
6.8
12.2
14.0
7
Jo‘raev D
6.4
11.6
14.2
8
Komilov A
8.0
11.4
16.0
9
Mahmudjonov A
7.0
11.8
16.2
10 Nig‘matullaev S
8.2
10.8
15.4
11 Qodirov J
7.0
12.6
154
12 Rixsiev A
7.0
12.8
14.6
5.8 – 8.2
9.8 – 12.8
13.8 – 16.2
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
274
X=7.3
X= 11.6
X=15.2
Jadvaldan shu narsa kuzatiladiki, tadqiqotda ishtirok etgan 11 12 yoshli
o‘quvchi bolalarda to‘psiz va to‘pni urib yugurish tezligi bo‘yicha qayd etilgan
individual ko‘rsatkichlar, birinchidan, shu bolalarning jismoniy tayyorgarligi nisbatan
bir darajada rivojlanganligidan dalolat bersa, ikkinchidan, 2x14 m. ga to‘psiz yugurish
tezkorligi juda sust bo‘lib, 6,4-8,8 sek.ni tashkil etdi. Taqqoslash uchun quyidagi
ko‘rsatkichlarni keltirish mumkin. Basketbol to‘garagiga qabul qilinayotgan 11-12
yoshli bolalarda 60 m.ga to‘psiz yugurish o‘rtacha 9,5 sek.ni, shu yoshdagi qiz
bolalarda esa 10,5 sek.ni tashkil etar ekan (R.V.Sonina 2007). Ushbu tanlovdan ko‘rish
mumkinki 2x14 m. ya’ni 28 m.ga yugurish tezligining o‘rta kichik ko‘rsatkichi 6,4
soniya; eng katta ko‘rsatkichi 8,8 ga teng bo‘layotgan bo‘lsa basketbol to‘garagiga
qabul qilinayotgan 11- 12 yoshli bolalarda 60 m.ga yugurish tezligi 9,5 soniya bilan
ifodalanmoqda, demak bizning tadqiqotimiz bo‘yicha 8 m.ga yugurish tezligini 2
barobar masofaga (56 m.) ko‘paytirilsa, xatto eng kichik ko‘rsatkich (6,4 soniya) 12,8
soniyaga ortar ekan. Boshqacha qilib aytganda 60 m.ga yugurish tezligi 9,5 soniya 56
m.ga yugurish tezligi esa 12,8 soniya’ni tashkil etayapti. 2x14 m.ga yugurish sharti
murakkablashtirilgan sari – ya’ni to‘pni urib to‘g‘ri yo‘nalishda va keglilararo yugurish
tezligining eng kichik (min.) va eng katta (max.) ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda 10,4
– 13,0 va 13,6 – 16,4 sek.ni tashkil etmoqda.
Bunday holat, fikrimizcha tekshiriluvchi bolalarda hali to‘pni urib yugurish
texnikasi yaxshi shakllanmaganligi tufayli muvofiq masofaga to‘pni urib to‘g‘ri va
keskin o‘zgaruvchan yo‘nalish bo‘ylab yugurish vaqti juda kattalashib ketgan deb
hisoblash mumkin. Mazkur testlar 4 oydan so‘ng qayta qabul qilinganda ham qayd
etilgan yugurish ko‘rsatkichlari ijobiy tomonga katta farq bilan ifodalanmadi. Demak,
taxmin qilish mumkinki, 4 oy davomida yugurish tezligi ham, to‘pni urib yugurish
tezligi ham juda sust shakllangan.
Basketbol bo‘yicha ko‘plab professional jamoalarini tayyorlagan amerikalik
mashhur trener Nik Sortel (2005) bugungi basketbolga to‘pni urib keskin o‘zgaruvchan
yo‘nalishlarda yugurish o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash bilan bir
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
275
qatorda, bunday ko‘nikmani tanani ko‘proq bo‘lib tezkor yugurish texnikasiga amal
qilish zarurligiga e’tibor qaratadi.
11-12 yoshli bolalarda to‘pli va to‘psiz yugurish tezkorligi
Nazorat guruhi
№ F.I.O
2x
14
m
to‘psiz
yugurish
(soniya)
2x 14 m to‘pni
urib yugurish
(soniya)
2x 14m. to‘pni
urib
keglilararo
yugurish
(soniya)
1
Abdullaev H
6.4
10.4
15.2
2
Abdumajidov A
7.2
11.2
14.8
3
Akramov Sh
6.8
10.0
13.6
4
Durdiqulov J
7.4
12.6
15.2
5
G‘anixonov M
8.0
12.0
15.0
6
Habibullaev E
7.0
12.4
14.6
7
Hamidullaev A
6.6
11.8
14.4
8
Ibodullaev A
8.2
11.0
16.2
9
Madanov X
7.4
11.6
16.0
10 Muxtorbekov X
8.2
10.8
15.8
11 Soatov Husan
7.5
12.4
15.6
12 Turabekov S
7.2
12.6
14.8
6.4 – 8.2
10 – 12.6
13.6 – 16.2
X=7.5
X=11.8
X=15.3
Shunday ekan, demak bolalar avval to‘psiz tanani pastga tushirib yugurish
tezligi va texnikasini mukammal o‘zlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ana shu
jihatga 2x14 m.ga to‘psiz yugurish texnikasini o‘rganish muhim amaliy ahamiyat kasb
yetadi.
Dastlabki tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 2x14 m.ga to‘psiz yugurish texnikasi
ixtisoslashgan asosda shakllanmagan ekan. Chunonchi, 2022 yil oktabr oyida shu test
bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvda qayd etilgan eng kam miqdorga ega bo‘lgan yugurish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
276
texnikasi 2 ballni, eng ko‘pi (maksimal) 5,5 ballga teng bo‘ldi. O‘rtacha ko‘rsatkich
3,7 ballarini tashkil etdi.
11-12 yoshli bolalarda yugurish texnikasi (to‘pli va to‘psiz)
Tajriba guruhi
№ F.I.O
2x
14
m
to‘psiz
yugurish
2x 14 m to‘pni
urib yugurish
2x 14m. to‘pni
urib
keglilararo
yugurish
1
Abduazimov O
3.0
2.0
1.5
2
Abdukamolov A
3.5
2.0
2.0
3
Abdurahimov A
4.0
1.5
1.0
4
Amirjonov I
2.0
2.5
1.0
5
Hamidullaev D
4.5
3.0
1.5
6
Hamidullaev I
4.5
3.0
2.5
7
Jo‘raev D
4.0
2.5
2.0
8
Komilov A
3.5
3.5
3.0
9
Mahmudjonov A
3.0
2.5
2.0
10
Nig‘matullaev S
5.0
3.5
3.0
11
Qodirov J
4.5
3.0
2.0
12
Rixsiev A
5.5
3.0
2.0
2.0-5.5
1.5-4.0
1.0-3.0
X=3.7
X=2.8
X=1.9
2x14 m.ga to‘pni urib yugurish texnikasining min – max ko‘rsatkichlari 2,0 –
2,5 ball bilan ifodalandi. O‘rtacha ko‘rsatkich 3,7 ballni tashkil etdi . ko‘rinib turibdiki,
to‘pni urib yugurish texnikasi to‘psiz yugurish texnikasiga nisbatan min va max
ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham, o‘rtacha ko‘rsatkichlkar bo‘yicha ham sustlashib ketgan.
Demak yugurishda basketbol texnikasiga rioya qilish shu texnikani sustlashishiga olib
kelgan.
Yugurish texnnikasining yanada salbiy tomonga o‘zgarishi 2x14 m.ga to‘pni
urib keglilararo – ya’ni keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishda yugurishda yanada yaqqol
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
277
ko‘zga tashlandi. Bunday usulda yugurish texnikasini daq.ko‘rsatkichlari 1,0 ball, max.
ko‘rsatkichi esa 3,0 ballni tashkil etdi. O‘rtacha ko‘rsatkich 1,9 ballga teng bo‘ldi.
11-12 yoshli o‘uvchi bolalarda to‘psiz va to‘pni urib yugurish tezligini
ifodalovchi o‘rtacha ko‘rsatkichlar farqi.
( n=12 )
Test mashlari
min – max
X ±
2x14 m.ga to‘psiz yugurish
(soniya)
2x14 m.ga to‘pni urib yugurish
(soniya)
2x14 m.ga to‘pni urib keglilararo
yugurish (soniya)
Izoh: Suratda – 2025 yil 2 noyabrda olingan
Maxrajda – 2025 yil 3 fevralda olingan
Jumladan 2x14 m.ga to‘psiz yugurish tezligi bo‘yicha olingan dastlabki
tadqiqotda 2022 yil oktabrda min – max ko‘rsatkichlar oralig‘i
(
diapazoni
)
2,4 soniya
ni 4 oydan so‘ng bu ko‘rsatkich o‘zgarmadi – 2,4 soniya. ammo o‘rtacha ko‘rsatkichlar
bo‘yicha oktabr oyida 2x14 m.ga yugurish tezligi 7,5 ± ,6 sek.ni tashkil etgan bo‘lsa,
4 oydan so‘ng mazkur o‘rtacha ko‘rsatkich 7,3 ± 0,7 soniya ga teng bo‘ldi. Ya’ni
yugurish tezligi 0,2 soniya ga yaxshilandi.
2x14 m.ga to‘pni urib yugurish tezligi bo‘yicha min –max ko‘rsatkichlar
oralig‘i 2,6 soniya 4 oydan so‘ng – 3,4 soniyani tashkil etdi. O‘rtacha ko‘rsatkichlar
oktabr 11,8 ± 1,02 soniya 4 oydan so‘ng (yanvar) 11,6 ± 1,04 soniya bilan ifodalandi.
Ko‘rinib turibdiki 4 oylik an’anaviy mashg‘ulotlarda shug‘ullanish natijasida bu test
bo‘yicha qayd etilgan tezlik deyarli o‘zgarmagan. 2x14 m.ga to‘pni urib keglilararo
yugurish tezligi min va max ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2,8 soniya oraliq bilan farqlangan.
4 oydan so‘ng oraliq 2,4 soniyani tashkil etdi. O‘rtacha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bu
murakkab test bo‘yicha olingan o‘rtacha ko‘rsatkichlar 15,3 1,14 va 15,6±1,18 soniya
bilan ifodalanib, 4 oy mobaynida to‘pni urib keglilararo yugurish tezligi o‘zgarmay
qolganligini qayd etdi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
278
Sport o‘yinlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan qator mutaxassis-olimlarning
ta’kidlashicha, dastlabki tayyorgarlik bosqichi mashg‘ulotlarni muntazam o‘tkaza
borish, jismoniy sifatlar va texnik ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan
mashg‘ulotlarni maqsadli tashkil qilish natijasida hatto 4 – 6 oy ichida ham, masalan
to‘psiz yoki to‘pni urib turli yo‘nalishlarda yugurish tezligi hamda taxnikasi sezilarli
darajada o‘zgarishi mumkin ekan. (A.A.Sheretyuk 1991; Z.Koksevnjova 1991;
Y.N.Kleshev 2005; N.V.Sonina 2007;). Ma’lumki mazkur mualliflar tomonidan
bildirilgan bunday fikrlar–mulohazalar sport maktablarida o‘z ifodasini topsada,
afsuski, o‘rta maktab sport to‘garaklarida, olib borilayotgan mashg‘ulotlarda tanlangan
sport turiga xos jismoniy sifatlar va texnik–taktik ko‘nikmalarni shakllantirishga
mo‘ljallangan mashqlarni ilmiy asosda tanlashga va ularni tabaqalashtirilgan tartibda
qo‘llashga jiddiy e’tibor qaratilmaydi. Bundan xulosa basketbol bilan shug‘ullanishni
endi boshlagan bolalarda to‘psiz va to‘pni urib turli yo‘nalishlarda yugurish texnikasini
o‘rganish bo‘yicha olingan maxsus testlar natijalar asosida tasdiqlandi. (6-jadval)
Masalan, 2x14 m.ga to‘psiz yugurish texnikasi 11-12 yoshli o‘quvchi bolalarda.
11-12 yoshli o‘quvchi bolalarda to‘psiz va to‘pni urib yugurish texnikasini
ifodalovchi o‘rtacha ko‘rsatkichlar farqi
(n=12)
Test mashqlari
min – max
X
2x14 m.ga to‘psiz yugurish
texnikasi (ball)
2x14 m.ga to‘pni urib yugurish
texnikasi (ball)
2x14 m.ga to‘pni urib keglilararo
yugurish texnikasi (ball)
Izoh: Suratda – 2025 yil 5 martda olingan
Maxrajda – 2025 yil 5 mayda olingan
2,0 – 5,5 ballga teng bo‘lib o‘rtacha 3,7 ± 0,09 ballni tashkil etdi. Shu ballar
basketbol bilan 4 oy shug‘ullangandan so‘ng qayd etilgan ko‘rsatkichlar muvofiq
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
279
ravishda 2,0 – 5,0 ball, o‘rtacha 3,6 ± 0,08 ball bilan ifodalanadi. Texnikaning o‘sish
surati deyarli kuzatilmagan.
Mazkur testni biroz murakkablashtirish – ya’ni basketbolga xos yugurishni
to‘pni urib ijro etish shu ko‘nikma texnikasiga sezilarli ravishda salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Jumladan, 2x 14 m.ga to‘pni urib yugurish texnikasi o‘rtacha 2,8 ± 0,11 ballni tashkil
etdi. Bu ko‘rsatkich dastlabki o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli 1 ball (0,9 ball)ga
yomonlashdi. 4 oy davomida an’anaviy mashg‘ulotlarda shug‘ullangandan so‘ng
to‘pni urib yugurish texnikasi xiyol yaxshilandi va o‘rtacha 3,1 ± 0,12 ballni tashkil
etdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, qo‘llanilgan testni yanada murakkablashtirish,
ya’ni 2x14 m.ga to‘pni keglilararo urib yugurishda shu ko‘nikma texnikasi nisbatan
keskin susayib ketdi va dastlab 1,9 ± 0,06 ballni 4 oydan so‘ng 2,2 ± 0,05 ballni, tashkil
etdi.
Ko‘rinib turibdiki, basketbol bilan 4 oy shug‘ullanish natijasida (tekshiriluvchi
bolalar biz o‘tkazgan tadqiqot muddatidan oldin yana 2-3 oy shug‘ullanishgan) to‘p
urib yugurish texnikasi juda sust shakllangan, ayrim hollarda texnikaning shakllanishi
deyarli sezilarli bo‘lmagan. Test sharti murakkablashgan sari – ya’ni test asosida
yotgan to‘pni urib turli yo‘nalishlar bo‘ylab yugurishda, uning texnikasi keskin
yomonlashishining asosiy sababi, fikrimizcha, shu texnikani tezkor yugurish bilan
qo‘shma uslubda shakllantirilmaganidadir.
Xulosa
:
11-12 yoshli bolalarda to‘psiz yugurish tezligi (7.3±0.7 soniya) to‘pni urib
yugurish tezligiga (11.6±1.04 soniya) nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichlarga ega.
Bu farq to‘pni boshqarish texnikasining etarli darajada shakllanmaganligidan
dalolat beradi.
Texnik baholashda to‘psiz yugurish (3.7±0.09 ball) to‘pni urib yugurish
(2.8±0.11 ball) va keglilararo yugurish (1.9±0.06 ball)ga nisbatan ancha yuqori
ball oldi. Bu basketbolga xos harakatlarni o‘zlashtirishda maxsus metodikaning
yetishmasligini ko‘rsatadi.
Amaliy tavsiyalar:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
280
Yosh basketbolchilarni tayyorlashda avval to‘psiz tezkor yugurish
texnikasini mukammal o‘zlashtirishga, so‘ngra to‘pni boshqarish elementlarini
bosqichma-bosqich kiritishga e‘tibor berish zarur. Keskin yo‘nalish o‘zgarishlarini
talab qiluvchi mashqlarni (keglilararo yugurish) dastlabki bosqichlarda sekin
tempda, texnikani to‘g‘ri bajarish ustuvorligi bilan o‘tkazish maqsadga
muvofiq.Harakatlarni takrorlash chastotasini oshirish va vizual nazorat (video
tahlil) usullaridan foydalanish texnik ko‘nikmalarning tezroq shakllanishiga
yordam beradi.
Kelajakdagi tadqiqotlar uchun yo‘nalishlar:
Turli yosh guruhlarida to‘pni urib harakatlanish texnikasini
shakllantirishning optimal metodikasi. Texnik ko‘nikmalarning tezligi va
aniqligini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishga qaratilgan innovatsion mashq turlari.
Individual qobiliyatlar va jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olgan
holda differensiallashgan yondashuv. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yosh
sportchilarni tayyorlashda harakatlar texnikasini sifat jihatdan to‘g‘ri
shakllantirishga qaratilgan tizimli ish samaradorlikni oshirishning asosiy omili
hisoblanadi
ADABİYOTLAR:
1.«Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonun Toshkent 2015 yil. O‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni (Barkamol avlod - O‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori. –T.: Sharq nashriyot matbaa-konserni. 1997. –B.20-29.
2.O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» //Barkamol avlod
- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.:Sharq nashriyot matbaa-konserni.1997.
B.-31-61.
3.Usmаnхоdjаyеv T.S., Sh.Х.Isrоilоv, А.А.Pulаtоv, Sh.А.Pulаtоv “Milliy vа hаrаkаtli
o‘yinlаr” Dаrslik. - Toshkent, 2015, 300 b.
4.
Hudoshukurovich, S. O. (2025). MAKTAB OʻQUVCHILARNING FUTBОL
BOʻYICHA TЕХNIK-TАKTIK TАYYORGАRLIK TОMОNLАRINI OʻRGАNISH
MUАMMОLАRI.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
,
72
(1), 341-346.