MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
410
O’QUVCHILARGA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI
O’RGATISHDA KEYS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Karimov Qayum Mamashayevich
Qarshi davlat universiteti
dotsent, p.f.n.
O‘zbekiston Respublikasi, Qarshi shahri
Butayev Adham Nortojiyevich
Qarshi davlat universiteti
Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari
kafedrasi magistri
Annotatsiya: Maqolada maktab o'quvchilariga axborot texnologiyalarini keys
texnologiyasidan foydalangan holda o'qitishni tashkil etish bo‘yicha fikrlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: texnologiya, interaktiv metod, axborot texnologiyalari, keyslar,
"Case study" metodi, dasturiy ta'minot.
USING CASE TECHNOLOGY IN TEACHING INFORMATION
TECHNOLOGY TO SCHOOLCHILDREN
Karimov Kayum Mamashayevich
PhD, associate professor
Karshi State University, Republic of Uzbekistan, Karshi city
Butayev Adham Nortojiyevich
Master of Arts, Department of Algorithms and Programming Technologies,
Karshi State University
Annotation: The article presents ideas for organizing the teaching of
information technologies to schoolchildren using case technology.
Keywords: technology, interactive method, information technology, cases,
"Case study" method, software.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
411
Kirish.
Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning nafaqat bilim olishini, balki
mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv-larni
rivojlantirishni ham talab qiladi. Axborot texnologiyalari (AT) fani esa bu maqsadlar
uchun ayniqsa qulay maydon hisoblanadi. O‘quvchilarda AT sohasiga qiziqishni
oshirish, ularni real hayotdagi muammolarni hal qilishga tayyorlash uchun innovatsion
ta’lim metodlaridan foydalanish nihoyatda samaralidir
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari (AT) har bir sohaga chuqur kirib kelgan
bo‘lib, maktab ta'limida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.O‘quvchilarga axborot
texnologiyalarini o‘rgatishda zamonaviy metodlardan foydalanish samarali
hisoblanadi.
Ta‘lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta‘lim oluvchilarning mustahkam
nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga
aylanishini ta‘minlash maqsadida o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyadan foydalanish davr taqozosi, hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun
tartibiga qo‘yilmoqda[1].
Maktab ta’limining bugungi vazifasi, o’qituvchilarning yangi innovatsion
axborot texnologiyalari orqali dars davomida samarali foydalanib, o’quvchilarga
ma’lumotlarni aniq va tushunarli qilib yetkazib berish hisoblanadi. Shuning uchun ham
dars davomida o’qituvchi o’quvchilarning informatika va axborot texnologi-yalari
fanini tushunarli, aniq qilib o’rganib borishi uchun ham, darslarni yangi innovatsion
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish va o’rgatish maqsadga
muvofiqdir.
Ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Germaniya, Buyuk
Britaniya, Fransiya, AQSh, Isroil, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa
rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimida ham informatika fani umumiy ta’limning
asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Xususan, Janubiy Koreya axborotlashtirish va
kompyuterlashtirish darajasi bo‘yicha dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri
bo‘lib, maktablarda informatika o‘qitishning zamonaviy an’analariga ega[2].
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
412
O‘quvchilarning fanga qiziqishini orttirishda noan’anaviy, qiziqarli metodlar,
rolli o‘yinlar, hamda zamonaviy interfaol metodlardan foydalanish dars
samaradorligini oshiradi.
Ayniqsa, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, amaliy
muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Shunday texnologiyalardan biri
bu — keys (case-study) texnologiyasidir.Keys texnologiyasi — bu real hayotdan yoki
unga yaqinlashtirilgan vaziyat asosida tahlil qilish, muammoni aniqlash va unga
yechim topish jarayonini o‘z ichiga olgan interaktiv ta’lim metodidir. Bu usul
o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularni mustaqil fikrlashga, muloqotga va jamoada
ishlashga o‘rgatadi.
Shu bois o‘quvchilar axborot texnologiyalari bo‘yicha zaruriy bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarida darsda keys texnologiyasidan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot ishinig maqsadi:
O‘quvchilarning axborot texnologiyalari
bo‘yicha bilimlarini shakllantirishda keys texnologiyasidan foydalanishni tahlil qilish,
samarali jihatlarini aniqlash va ta‘lim jarayonida foydalanish holatini o‘rganish.
Tadqiqot vazifasi:
Keys texnologiyasining imkoniyatidan axborot texnologi-
yalariga oid bilimlarni o‘rgatishda foydalanish holat(potensial) larini aniqlash.
Darsda keys texnologiyasini qo‘llash o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlash,
analitik yondashuv, muammoni aniqlash va hal etish, guruhda ishlash va shaxsiy fikrni
asoslab berish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi
Axborot texnologiyalari darslarida keys texnologiyasidan foydalanishda
o‘quvchilarga muammoli vaziyatlar yaratish uchun o‘qituvchi tomonidan keyslar
tuziladi. Masalan, “Veb-saytda foydalanuvchilar xavfsizligini qanday ta’minlash
mumkin?”, dastur tuzilgan, lekin biror kodda xatolik bor, o‘quvchilar uni topishlari va
to‘g‘rilash yo‘llarini taklif qilishlari kerak, real yoki simulyatsiya qilingan information
texnologiya loyihalarini o‘rganish, ularning afzallik va kamchiliklarini tahlil qilish
kabi topshiriqlar bo‘lishi mumkin. Axborot xavfsizligi bo‘yicha keyslarlarga misol
sifatida “Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlari qanday o‘g‘irlangan?”, “Qanday chora
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
413
ko‘rilishi kerak edi?” kabi holatlarni keltirish mumkin. O‘quvchilar bu keyslarni tahlil
qilib, kerakli yechimlar taklif qilishlari zarur. Umumiy o‘rta ta‘lim maktalarida axborot
texnologiyalarini o‘rgatishda keys texnologiyasini qo‘llashga yana bir nechta misollar
keltiraylik:
1- keys: "Maktab tarmog‘idagi muammo"
Vaziyat
: Maktabda kompyuter sinfida internet sekin ishlayapti. O‘qituvchilar
onlayn testlar o‘tkaza olmayapti. Administrator nima qilish kerakligini bilmayapti.
Vazifa
:
Muammoning sabablarini aniqlang.
Tarmoqni optimallashtirish uchun nima qilish kerak?
Xavfsizlikni ta'minlash uchun qanday choralar ko‘rish lozim?
O‘quvchilarning faoliyati
:
Tarmoq sxemasini chizish,
Router, switch ishlashini tahlil qilish,
Internet tezligini oshirish uchun takliflar ishlab chiqish.
2- keys: "Mobil ilova yaratish g‘oyasi"
Vaziyat
: Maktab o‘quvchilari uchun dars jadvali, e’lonlar, baholar va
o‘qituvchilar bilan bog‘lanish funksiyasiga ega mobil ilova yaratmoqchisiz.
Vazifa
:
Ilovaning asosiy funksiyalarini belgilang.
Foydalanuvchi interfeysini loyihalang (UI sketch).
Qaysi platformalarda ishlashini aniqlang (Android/iOS).
Ilovani yaratishda qanday texnologiyalardan foydalaniladi?
O‘quvchilarning faoliyati
:
Guruhlarga bo‘linib, ilova dizaynini ishlab chiqish.
Prototip tayyorlash.
Dizaynni sinf oldida taqdim etish.
fikrlashni rivojlantiradi. Real hayotga yaqinlashtirilgan bilimlar orqali amaliy
ko‘nikmalarni shakllantiradi.O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, jamoada ishlash,
bahs-munozara yuritish, fikr almashish ko‘nikmalarini oshiradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
414
O‘qituvchi keysni darsda tatbiq qilishda quyidagi bosqichlarni amalga
oshirishi lozim:
1.
Keysni tanlash yoki yaratish – real hayotdagi axborot texnologiyaga oid
muammo yoki vaziyatga asoslangan keys tayyorlanadi.
2.
Keysni tahlil qilish – o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib keysni
o‘rganadilar.
3.
Yechimlarni ishlab chiqish – har bir guruh muammoni qanday hal etishni
rejalashtiradi.
4.
Natijalarni taqdim etish – guruhlar o‘z yechimlarini sinf oldida taqdim
etadilar.
5.
Tahlil va baholash – o‘qituvchi va boshqa guruhlar yechimlarni tahlil
qilib, baho beradilar.
Xulosa.
Keys texnologiyasi axborot texnologiyalari fanida nafaqat nazariy
bilim-larni chuqurlashtirish, balki o‘quvchilarni amaliy mashg‘ulotlarida ham juda
muhim vosita hisoblanadi. Bu texnologiya orqali o‘quvchilar o‘z fikrini erkin ifoda
etadi, analitik va mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi.
Keys texnologiyasi o‘rta maktab o‘quvchilarining axborot texnologiyalari
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, ularda amaliy tafakkurni
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu texnologiyadan foydalanish orqali
darslarda o‘quvchilar faollashadi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1. A.A.Abduqodirov, Q.M.Karimov, I.A.Yo‘ldoshev Aniq fanlarni o‘qitishda keys
texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti. -T.: Fan va texnologiya, 2015.-176 b.
2.Karimov
Q.M.,Omonova S.M. O‘quvchilarga informatika va axborot
texnologiyalariga oid bilimni o‘rgatishda internetdan foydalanish. Межд.научно-
практ. журнал “Экономика и социум”. №2(117)-1 2024. 359-364-betlar.
3. Karimov Q.M. “Maple” dasturlash tilini o‘rgatishda keys texnologiyasidan
foydalanish. Zamonaviy ta'lim. Ilmiy- amaliy ommabop jurnal. №8.T.:-2018.37-41
bet.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
415
4.Karimov Q.M. Talabalarga dasturlash tillarini o‘rgatishda keys texnologi-yasidan
foydalanish.Matematik–fizika va matematik modellashtirishning zamonaviy
muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Qarshi 3-4-dekabr 2021-yil. – 241-
243 b.
5. Каримов К.М. Использование интерактивных методов в обучении с помощью
компьютерной сети. Инновационно-технологическое развитие науки и
образования в ХХI веке. Междун. научно-практическая конф. Москва. 31 июль
2020. 33-35стр.
6. Karimov Q.M., Tog‘ayev I.B. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilimini
o‘rgatuvchi dasturiy vosita yordamida shakllantirish. Central Asian Journal of
Education and Computer Sciences, fevral, 2023. 60-64 bet.
7. Karimov Q.M. Talabalarning informatsion bilimlarini rivojlantirishda innovatsion
yondashuv
texnologiyalari.
Monografiya.
T.:"FIRDAVS-SHOH
NASHRIYOTI"2025-y.142 b.
8. Karimov Q.M. Talabalarni bilim va ko‘nikmalarini lokal kompyuter tarmog‘idan
foydalanib
rivojlantirish.
Pedagogika.
Ilmiy-nazariy
va
metodik
jurnal.
№06/2023.T.:2023-y. 203-205 betlar.
9. Karimov Q.M. Informatika o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma T.:“Fan va
ta’lim”nashr.2022-y. 242 bet.