Authors

  • Umar Qurbonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.110060

Keywords:

O‘zbekiston uy-joy siyosati uy-joy huquqi rivojlanish bosqichlari ipoteka tizimi normativ-huquqiy hujjatlar ijtimoiy himoya mulk huquqi davlat dasturlari uy-joy tamoyillari adolat tenglik barqarorlik arzon uy-joy urbanizatsiya.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida uy-joy siyosatining shakllanishi, uning huquqiy asoslari va rivojlanish bosqichlari chuqur tahlil qilinadi. Uy-joy bilan ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilib, mustaqillikdan so‘nggi davrlarda amalga oshirilgan institutsional islohotlar, normativ-huquqiy hujjatlar hamda ijtimoiy himoya tizimidagi o‘zgarishlar yoritiladi. Ayniqsa, zamonaviy uy-joy qurilishi, ipoteka tizimining rivojlanishi, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarining huquqiy-me’yoriy asoslari asosida o‘rganiladi. Maqolada uy-joy huquqining asosiy tamoyillari – tenglik, adolat, shaffoflik va barqarorlik prinsiplari tahlil qilinib, O‘zbekiston tajribasi xalqaro me’zonlar bilan qiyosiy yondashuv asosida baholanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, uy-joy siyosatining huquqiy jihatdan takomillashuvi, aholining ehtiyojlariga yo‘naltirilgan, ijtimoiy adolatga asoslangan yondashuvlarni mustahkamlash lozimligi asoslab beriladi.

background image

49

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

O‘ZBEKISTONDA UY-JOY SIYOSATINING SHAKLLANISHI VA HUQUQINING

ASOSIY TAMOYILLARI RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Qurbonov Umar

Toshkent davlat transport universiteti 4-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15592967

Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida uy-joy siyosatining

shakllanishi, uning huquqiy asoslari va rivojlanish bosqichlari chuqur tahlil qilinadi. Uy-joy
bilan ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilib,
mustaqillikdan so‘nggi davrlarda amalga oshirilgan institutsional islohotlar, normativ-huquqiy
hujjatlar hamda ijtimoiy himoya tizimidagi o‘zgarishlar yoritiladi. Ayniqsa, zamonaviy uy-joy
qurilishi, ipoteka tizimining rivojlanishi, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha davlat
dasturlarining huquqiy-me’yoriy asoslari asosida o‘rganiladi. Maqolada uy-joy huquqining
asosiy tamoyillari – tenglik, adolat, shaffoflik va barqarorlik prinsiplari tahlil qilinib,
O‘zbekiston tajribasi xalqaro me’zonlar bilan qiyosiy yondashuv asosida baholanadi. Tadqiqot
natijalariga ko‘ra, uy-joy siyosatining huquqiy jihatdan takomillashuvi, aholining ehtiyojlariga
yo‘naltirilgan, ijtimoiy adolatga asoslangan yondashuvlarni mustahkamlash lozimligi asoslab
beriladi.

Kalit so’zlar: O‘zbekiston, uy-joy siyosati, uy-joy huquqi, rivojlanish bosqichlari, ipoteka

tizimi, normativ-huquqiy hujjatlar, ijtimoiy himoya, mulk huquqi, davlat dasturlari, uy-joy
tamoyillari, adolat, tenglik, barqarorlik, arzon uy-joy, urbanizatsiya.

1.Kirish

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan buyon uy-joy sohasida

keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlarning negizida aholini sifatli va arzon
uy-joy bilan taʼminlash maqsadi yotadi. Darhaqiqat, uy-joy siyosati mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi. Uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi aholining turmush sifati
va farovonligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Shu bois mustaqillik yillarida Oʻzbekiston
hukumati uy-joy sohasini isloh qilish, mulkchilik munosabatlarini oʻzgartirish, huquqiy bazani
yaratish va takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratdi.

Mazkur maqolada 1991-2024-yillar davomida Oʻzbekistonda uy-joy siyosatining

shakllanish va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Har bir davr muhim normativ-huquqiy
hujjatlar, institutsional islohotlar, davlat dasturlari va uy-joy fondi holati nuqtai nazaridan koʻrib
chiqilib, o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, uy-joy huquqining asosiy tamoyillari –
xususiy mulk daxlsizligi, ijtimoiy adolat, davlatning kafolati, qonuniylik, manfaatlar muvozanati,
raqobat prinsipi va boshqalar – huquqiy-nazariy manbalar asosida tahlil qilinadi. Nihoyat,
hozirgi bosqichda uy-joy fondini takomillashtirish borasidagi dolzarb islohotlar (raqamlashtirish,
xususiy sektor ishtiroki, davlat-xususiy sheriklik, innovatsion qurilish texnologiyalari,
urbanizatsiya va ekologik talablar) haqida soʻz yuritiladi.

3.Tadqiqot natijalari:
1-bosqich 1991–1998: Dastlabki islohotlar va huquqiy asosning shakllanishi:

1991-

yilda mustaqillikka erishgan paytda Oʻzbekistonning uy-joy sohasi sobiq Sovet Ittifoqidan meros
qolgan tizimda edi. Koʻp yillar davomida uy-joy fondining asosiy qismi davlat va jamoat
mulkida boʻlib, fuqarolar ijarachi sifatida yashab kelishgan. Mustaqillikning ilk yillarida davlat
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida qayta qurish jarayonida uy-joy siyosatida ham keskin
burilish yasadi Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida fuqarolarning uy-joyga egalik huquqlarini
taʼminlash, mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish zarurati tug‘ildi.


background image

50

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Birinchi navbatda, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish boʻyicha tarixiy qarorlar qabul

qilindi. 1993-yil 7-mayda “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish
toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, kuchga kiritildi. Ushbu qonunga muvofiq fuqarolar ixtiyorida
davlat uy-joy fondiga kiruvchi turar joylar ularga mulk qilib berila boshlandi. Natijada
mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatda ommaviy uy-joy xususiylashtirish jarayoni
kechdi. Masalan, 1992–1993-yillarda umumiy maydoni 57,4 mln m² bo‘lgan qariyb 990,6
mingta kvartira fuqarolarga imtiyozli shartlarda yoki bepul berilib, xususiy mulkka chiqarildi.

1

Shu tariqa uy-joy munosabatlarida xususiy mulk ustuvor mavqega ega boʻla boshladi. 1990-
yillarning oxiriga kelib davlat uy-joy fondining

98,8%

fuqarolarning shaxsiy mulkiga

aylantirildi. Uy-joylarni bepul xususiylashtirish, xususan, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat
sohalari xodimlariga xizmat uylari tekinga berilgani aholining ijtimoiy himoyasini taʼminlashga
xizmat qildi.

Uy-joyni xususiylashtirish bo‘yicha dastur uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasiga

sezilarli taʼsir ko‘rsatdi. 1991–2000-yillar mobaynida respublika boʻyicha jami

70 mln m²

dan

ortiq uy-joylar yangi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada aholining uy-joy bilan
taʼminlanish darajasi (yaʼni o‘rtacha turar joy maydoni) 1991-yildagi jon boshiga 12,2 m² dan
2000-yilga kelib 13,7 m² gacha oshdi. Bu o‘sish uy-joy qurilishi hajmining pasayib ketmasdan
davom etganini, xususiy sektor hamda yakka tartibdagi qurilish hisobiga uy-joy fondi
kengayganini koʻrsatadi. Darvoqe, 1990-yillarda iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, uy-joy
qurilishi to‘xtab qolmadi – 1991–1995-yillarda qishloq joylarda ham, shaharlarda ham minglab
xonadonlar barpo etildi.

2

Dastlabki islohotlarning muhim tarkibiy qismi normativ-huquqiy bazani yaratish edi.

1993-yilgi Xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonun ortidan uy-joy sohasida davlat siyosatining
asosiy yoʻnalishlarini belgilovchi konseptual hujjat qabul qilindi. 1996-yil 27-dekabrda Oliy
Majlis tomonidan “Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi

3

Qonun tasdiqlandi. Ushbu

hujjatda uy-joy sohasini isloh qilishning prinsipial masalalari, jumladan, mulkchilik shakllarini
oʻzgartirish, fuqarolarning uy-joy huquqlarini himoya qilish, uy-joy qurilishini rag‘batlantirish
kabi masalalar yuridik jihatdan mustahkamlandi. Masalan, mazkur Qonunda uy-joy sohasi davlat
iqtisodiy qudratining bir qismi ekani, undan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, uy-joy sohasida ijtimoiy himoya prinsiplariga rioya etish, davlat va xususiy sektor
oʻrtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish masalalari o‘z ifodasini topdi.

Umuman olganda, 1991–1998-yillar davri Oʻzbekistonda uy-joy siyosatining huquqiy va

iqtisodiy asoslari shakllangan davr bo‘ldi. Xususiy mulkchilikka o‘tish uy-joy munosabatlarining
tub mohiyatini oʻzgartirdi – fuqarolar oʻz uylariga egalik qilish huquqini qoʻlga kiritdilar. Davlat
esa oʻz navbatida xususiy sektorni ushbu soha rivojiga jalb etish, fuqarolarning uy-joy
huquqlarini qonuniy himoya qilish borasida mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Bu davrda qabul
qilingan qonunlar va qarorlar keyingi bosqichlardagi uy-joy qurilishi hamda uy-joy kommunal
xo‘jaligi islohotlari uchun mustahkam zamin yaratdi.

2-bosqich 1999–2005 Huquqiy bazani takomillashtirish va bozor mexanizmlariga

1

https://uz.wikipedia.org/wiki/Davlat_uyjoy_fondi#:~:text=Shahar%20va%20qishloqlarda%20zamonaviy%20andoz

adagi,bepul%20xususiy%20mulk%20qilib%20berildi

2

Э.АКРАМОВ, докт. экон. наук, проф., Институт повышения квалификации при Ташкентском финансовом

институте

экономические

реформы

в

республике узбекистан: внешнеэкономическая

сфера

https://dergipark.org.tr/tr/download/article-file

3

O‘zbekiston Respublikasining 27.12.1996 yildagi “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi 351-I-son

Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 50-modda; 2001-y., 5-son, 89-
modda //

https://lex.uz/docs/-55558


background image

51

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

oʻtish 1998–1999-yillarda uy-joy siyosatida yangi bosqich boshlandi.

Agar ilgari normativ hujjatlar alohida qonun va nizomlar bilan tartibga solingan bo‘lsa,

1998-yil oxirida uy-joy munosabatlarini kompleks qamrab oluvchi kodifikatsiyalash jarayoni
nihoyasiga yetdi. 1998-yil 24-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi qabul
qilinib, 1999-yil 1-apreldan kuchga kirdi.

4

Uy-joy kodeksi 11 boʻlim, 141 moddadan iborat

boʻlib, uy-joyga bo‘lgan mulk huquqi, turar joydan foydalanish va ijara munosabatlari, uy-joy
fondini hisobga olish va saqlash, uy-joy huquqlarini himoya qilish kabi barcha asosiy
masalalarni qamrab oldi. Kodeksning kuchga kirishi uy-joy sohasidagi tartib-taomillarni yagona
huquqiy platformaga soldi va fuqarolar hamda tashkilotlarning uy-joyga doir huquq va
majburiyatlarini aniq belgilab berdi. Shu bilan birga, 2002-yilda Oʻzbekiston Respublikasining
Shaharsozlik kodeksi qabul qilindi (2002-yil 4-aprel).

5

Ushbu kodeks uy-joy qurilishi va

shaharsozlik jarayonlarini rejalashtirish, yer ajratish, loyihalash va nazorat qilish tartiblarini
belgilab berdi. Shaharsozlik kodeksi va Uy-joy kodeksi o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, biri qurilish
va rejalashtirishning huquqiy asoslarini, ikkinchisi tayyor uy-joy fondidan foydalanish va egalik
qilish masalalarini tartibga soladi. Bunday huquqiy bazaning yaratilishi uy-joy siyosatini tizimli
ravishda amalga oshirish imkonini berdi.

Uy-joy sohasida bozor tamoyillarini joriy etish 2000-yillar boshida davom etdi. Xususan,

kapital qurilish sohasida davlatning monopolligini kamaytirish, xususiy pudrat tashkilotlari
ulushini oshirish choralari ko‘rildi. 2000-yil 5-avgustda Vazirlar Mahkamasi “Kapital qurilishda
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 305-son
qarorni qabul qildi.

6

Ushbu hujjatda qayd etilishicha, 2000-yilga kelib hanuz

koʻplab davlat

qurilish tashkilotlari saqlanib qolayotgan

, xususiy qurilish korxonalari pudrat bozorida

yetarlicha oʻrin egallamayotgan edi. Shuningdek, qurilish buyurtmalarini joylashtirishda tender
(tanlov) mexanizmi sust joriy etilayotgani tanqid qilindi. Shu sababli hukumat ushbu qaror orqali
qurilish sohasini liberallashtirish, kuchsiz va samarasiz davlat qurilish korxonalarini tugatish,

tender asosida

buyurtma taqsimlashni keng joriy etish choralarini belgiladi. Bu o‘z navbatida

uy-joy qurilishida raqobat muhitini shakllantirish va sifatni oshirishga xizmat qiluvchi muhim
qadam edi.

2000-yillar boshida ipoteka kreditlash tizimi ham rivojlantirila boshlandi. Xususan,

2006-

yil oktabr oyida

“Ipoteka toʻgʻrisida”gi

7

maxsus qonun kuchga kirdi. Bu qonun ipoteka –

ko‘chmas mulk garovi orqali uzoq muddatli kredit berish tartibini huquqiy jihatdan
mustahkamladi. Aslida, ipoteka krediti amaliyoti 1990-yillar oxiridayoq fuqarolarning
banklardan uy-joy qurilishi yoki sotib olishi uchun qarz olishi ko‘rinishida paydo bo‘lgan edi.
Biroq 2005–2006-yillarga kelib unga mustahkam huquqiy asos yaratildi. Markaziy bank
maʼlumotlariga koʻra, 2006-yilda ipoteka toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi mamlakatda
ipoteka kreditlari bozorini yangi bosqichga olib chiqdi. Buning natijasida tijorat banklari uzoq
muddatli ipoteka kreditlarini aholiga ko‘proq miqdorda bera boshladi, bu esa uy-joy qurilishi
surʼatlarini ushlab turishga yordam berdi.

4

O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi //Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi 03/25/1025/0116-son;

07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son //

https://lex.uz/ru/docs/-106136

5

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi //Qonunchilik ma’lumotlari milliy 03/24/960/0699-son;

07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son//

https://lex.uz/docs/-5307951

6

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.08.2000 yildagi “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni

chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 305-son qaori // https://lex.uz/docs/-345662

7

O‘zbekiston Respublikasining 04.10.2006 yildagi “Ipoteka to’g’risida”gi O‘RQ-58-son qonuni // O‘zbekiston

Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son

https://lex.uz/docs/-1063359


background image

52

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida ham dastlabki bozor islohotlari mazkur davrga

toʻgʻri keladi. 2003-yilda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun
qabul qilinib, uy-joy-kommunal xizmatlar sifati ustidan jamoatchilik nazorati kuchaydi. 2000-
yillar boshida kommunal xizmatlar tariflarini bosqichma-bosqich bozor narxlariga
yaqinlashtirish, sohaga xususiy shirkatlar va investitsiyalarni jalb etish masalalari kun tartibida
bo‘ldi.Shu davrda elektr energiyasi, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti kabi xizmatlar ko‘rsatish
tizimida ham islohotlar boshlanib, ayrim yoʻnalishlarda xususiy shirkatlar paydo bo‘la boshladi.

Umuman olganda, 1999–2005-yillar davri uy-joy sohasida bozor iqtisodiyoti

tamoyillariga oʻtish, hususan,

huquqiy bazani takomillashtirish va xususiy sektor rolini

oshirish

davridir. Uy-joy kodeksining kuchga kirishi uy-joy munosabatlarini huquqiy jihatdan

soddalashtirdi. Qurilish sohasida xususiy pudratchilar paydo bo‘lishi, tender tizimining joriy
etilishi uy-joy qurilishi sifatini oshirishga va samaradorlikka ijobiy taʼsir ko‘rsatdi. Banklar
tomonidan ipoteka kreditlarining berila boshlashi esa aholining uy-joy sotib olish imkoniyatlarini
kengaytirdi. Bu chora-tadbirlar keyingi yillardagi jadal uy-joy qurilishining asosini yaratdi.

3-bosqich 2006–2016: Davlat dasturlari, uy-joy kooperatsiyalari va institutsional

islohotlar

2006–2016-yillar oraligʻi Oʻzbekistonda uy-joy siyosatini yangi bosqichga olib chiqdi.

Ushbu davrda yirik davlat dasturlari qabul qilinib, uy-joy qurilishini bevosita davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash amaliyoti kengaydi. Bir tomondan, ko‘p qavatli uy-joylar ekspluatatsiyasi
sohasida xususiy boshqaruv elementlari joriy qilindi, boshqa tomondan, qishloq joylarda uy-joy
bilan taʼminlash boʻyicha maxsus davlat dasturlari ishga tushirildi.

2006-yilda

ko‘p kvartirali

uylarni boshqarish va taʼmirlashni tartibga soluvchi muhim qonun qabul qilindi – “Xususiy uy-
joy mulkdorlarining shirkati to‘g‘risida”gi Qonun (12.04.2006).

8

Ushbu qonunga muvofiq ko‘p qavatli uylarda yashovchi xonadon egalari o‘zaro birlashib,

uy-joy mulkdorlari shirkatlarini (UJMSh) tashkil etish huquqini oldilar. Shirkatlar har bir uy yoki
bir necha uy egalari tomonidan tuzilib, uyning umumiy mulkini birgalikda boshqarish, taʼmirlash
va saqlashga masʼul etib belgilandi. Bu tizim avval mavjud bo‘lgan davlat uy-joy ekspluatatsiya
idoralari (JEK) faoliyatini bosqichma-bosqich xususiy boshqaruvga oʻtkazish yoʻlidagi ilk
qadam edi. 2006-yilgi qonun asosida minglab UJMShlar tashkil topdi va ko‘p qavatli uylarning
boshqaruvi sohasida raqobat muhitiga asos solindi. Biroq, keyingi amaliyot shuni ko‘rsatdiki,
shirkatlarning hammasi ham samarali ishlamadi – ayrimlarida moliyaviy qiyinchiliklar,
tajribasizlik bois muammolar yuzaga keldi. Shunga qaramay, bu tizim mulkdorlarning o‘z
uylariga egalik hissini oshirdi va xususiy boshqaruv prinsipini mustahkamladi.

Ayni davrda hukumat aholining turli qatlamlarini uy-joy bilan taʼminlashga qaratilgan

maxsus

davlat dasturlarini

ham qabul qila boshladi. Ulardan eng yirigi –

“Qishloq joylarda

arzon uy-joy qurish” davlat dasturi

dir. 2009-yilda Prezident farmoni bilan 2009–2015-yillarga

moʻljallangan qishloq hududlarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish
dasturi tasdiqlandi. Ushbu dastur doirasida Qishloq qurilish banki va boshqa tijorat banklari
orqali qishloq aholisiga imtiyozli ipoteka kreditlari ajratildi, infratuzilmalar bilan taʼminlangan
yangi uy-joy massivlari bunyod etildi.

2009–2016-yillar

davomida respublika qishloqlarida

1

308 ta

yangi turar joy massividagi uylar qurilib foydalanishga topshirildi, jami

69 557 ta

zamonaviy, qulay yakka tartibdagi uylar barpo etildi. Natijada

83,5 mingdan ortiq

qishloq

8

O‘zbekiston Respublikasining 12.04.2006 yildagi “Xususiy uy-joyu mulkdorlarining shirkatlari to’g’risida”gi

O‘RQ-32-son qonuni

https://lex.uz/docs/-974124

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining

Axborotnomasi, 2006-y., 4-son


background image

53

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

oilasining turmush sharoiti sezilarli yaxshilandi. Bu raqamlar qishloq uy-joy dasturi nihoyatda
keng qamrovli bo‘lganini ko‘rsatadi. Dastlab odilona shubhalar bo‘lsa-da, davlat tomonidan
taklif etilgan namunaviy loyiha asosida qurilgan bir va ikki qavatli uylar qishloq aholisiga uzoq
muddatli (15 yilgacha) past foizli ipoteka krediti evaziga berildi. Bu ishlar natijasida
qishloqlarning qiyofasi o‘zgardi, yangi uylar atrofida muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilma (yoʻl, suv, elektr tarmoqlari, maktab, poliklinika, bozorcha va hokazo) shakllandi.

9

Xuddi shu davrda shaharlarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun arzon

uy-joylar qurish dasturlari ham boshlandi. 2010-yillarga kelib yoshlarga, kam taʼminlangan
oilalarga, byudjet tashkilotlari xodimlariga ko‘p kvartirali arzon uylardan xonadonlar berish
bo‘yicha alohida dasturlar tasdiqlandi. Shuningdek Qishloq joylarda arzon uy-joylar va
shaharlarda ko‘p qavatli uylar, yosh oilalarga, harbiy xizmatchilarga, budjet tashkilotlari
xodimlari va aholining boshqa toifalari uchun uy-joylar qurish bo‘yicha davlat maqsadli
dasturlarini (keyingi o‘rinlarda — maqsadli dasturlar) izchil amalga oshirish davom etmoqda.
Mazkur maqsadlar uchun respublikaning tijorat banklari tomonidan jami 10 trillion so‘mdan
ortiq ipoteka kreditlari berildi.

10

Jumladan, 2011–2015-yillarda “Yosh oilalarga – uy-joy” dasturi doirasida minglab

yoshlarga imtiyozli ipoteka asosida kvartiralar ajratildi. Bu uylar asosan viloyat markazlari va
katta shaharlarda yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan iborat edi. 2016-yilga kelib uy-joy
sohasini boshqarishning institutsional tuzilmasi ham sezilarli darajada oʻzgardi. Davlat organlari
ichida uy-joy va kommunal xizmatlarga masʼul alohida tuzilma shakllandi – 2017-yilda Uy-joy
kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etildi. Bu vazirlikka uy-joy kommunal xo‘jaligi
sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohani modernizatsiya qilish va rivojlantirish vazifasi
yuklatildi. Vazirlik eski va yaroqsiz holatdagi uylarni buzish hamda yangilarini qurish
jarayonlarini muvofiqlashtirish, ko‘p qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish kabi
vazifalarni ham bajardi. Ushbu institutsional o‘zgarish uy-joy sohasiga davlat darajasida
qaratilayotgan eʼtiborning ortganini anglatadi.

Xulosa qilib aytganda, 2006–2016-yillar uy-joy siyosatida davlatning bevosita ishtiroki

kuchaygan, keng koʻlamli qurilish dasturlari amalga oshirilgan davrdir. Xususiy uy-joy
mulkdorlari shirkatlari shaklida aholining oʻzini oʻzi boshqarish elementlari joriy etildi, shu
orqali ko‘p qavatli uylarning saqlanishi va ekspluatatsiyasi yaxshilandi. Bir vaqtning o‘zida,
davlat byudjeti va xalqaro moliya institutlari (jumladan, Osiyo taraqqiyot banki) ko‘magida
qishloq va shahar hududlarida arzon uy-joylar bunyod etish tizimi yoʻlga qo‘yildi. Bu dasturlar
uy-joy bilan taʼminlanish ko‘rsatkichlarini sezilarli oshirdi va ming-minglab oilalarning uy-joy
sharoitini yaxshiladi. Misol uchun, 2016-yilgacha bo‘lgan so‘nggi o‘n yillikda namunaviy
loyihalar asosida

123 mingdan ortiq

yakka tartibdagi uylar qurilib, foydalanishga topshirilgani

qayd etilgan.

11

Mazkur yillarda ipoteka kreditlari hajmi ham ortib bordi, uy-joy qurilishi va sotib

olish uchun uzoq muddatli kreditlar aholining keng qatlamlariga taqdim etildi. Shunday qilib,
2016-yilga kelib Oʻzbekiston uy-joy siyosati borasida qimmatli tajriba va muayyan zaxiralar
bilan yangi bosqichga qadam qoʻydi.

4-bosqich 2016–2024: Yangi davr islohotlari va uy-joy siyosatining jadallashuvi.
2016-yil Oʻzbekiston tarixida yangi siyosiy bosqich boshlanishi bilan uy-joy sohasida

9

https://president.uz/ru/lists/view/90

10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.05.2019 yildagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va

kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5715-son Farmoni //

https://lex.uz/acts/-4337770

11

Matyakubov Nurbek. (2021). Sources And History of Housing Policy in Uzbekistan (1991-2021).

Zien Journal of

Social Sciences and Humanities

,

3

, 144–146.

https://zienjournals.com/index.php/zjssh/article/view/547


background image

54

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

ham islohotlar yanada jadallashdi. 2016-yil oxirida davlat rahbariyatida yuz bergan oʻzgarishlar
(yangi Prezident saylanishi) ortidan uy-joy qurilishi va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash
masalalari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Bu davrni shartli ravishda “Yangi
Oʻzbekiston” davri deb atash mumkin boʻlib, uy-joy siyosatida quyidagi asosiy yoʻnalishlar
kuzatildi: jadal qurilish dasturlari, ipoteka tizimini isloh qilish, uy-joy sohasini raqamlashtirish,
xususiy sektor faolligini oshirish va qonunchilikni modernizatsiya qilish.

Shu tariqa, 2016–2024-yillar davri Oʻzbekiston uy-joy siyosati sifat jihatidan yangi

pogʻonaga koʻtarilgan davr boʻldi. Davlat uy-joy qurilishi hajmlarini misli koʻrilmagan darajada
oshirdi, minglab oilalar yangi uy-joyga ega bo‘ldi. Xususiy sektor va bozor mexanizmlari
ishtiroki kuchaydi – uy-joy qurilishi, moliyalashtirishi va boshqaruvida raqobat muhitining
samaralari sezildi. Fuqarolarning uy-joy huquqlarini himoya qilish kuchaytirildi – endi bu
huquqlar konstitutsiyaviy darajada tan olingan va sud tartibida kafolatlanmoqda. Uy-joy sohasida
zamonaviy yondashuvlar – raqamlashtirish, innovatsion qurilish, ekologik mezonlar – joriy
etilib, sohaga ilg‘or tajriba va yechimlar tatbiq qilinmoqda.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil

www.lex.uz

2.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik

islohotlar yoʻlini qat’iy davom ettiramiz. 06.11.2021 yil.

www.yuz..uz

3.

O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi //Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi

03/25/1025/0116-son; 07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son //

https://lex.uz/ru/docs/-

106136

4.

Э.АКРАМОВ, докт. экон. наук, проф., Институт повышения квалификации при

Ташкентском финансовом институте экономические реформы в республике
узбекистан: внешнеэкономическая сфера

5.

https://dergipark.org.tr/tr/download/article-file

6.

O‘zbekiston Respublikasining 27.12.1996 yildagi “Davlat uy-joy siyosatining asoslari

to‘g‘risida”gi 351-I-son Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi,

1997-y.,

2-son,

50-modda;

2001-y.,

5-son,

89-modda

//

https://lex.uz/docs/-55558

7.

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi //Qonunchilik ma’lumotlari milliy

03/24/960/0699-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son//

https://lex.uz/docs/-5307951

8.

O‘zbekiston Respublikasining 12.04.2006 yildagi “Xususiy uy-joyu mulkdorlarining

shirkatlari to’g’risida”gi O‘RQ-32-son qonuni

https://lex.uz/docs/-974124

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 4-son

9.

2022-2026-yillarga mo’ljallangan taraqqqiyot strategiyasi. 28.01.2022 yil 8. “Science and

innovation” international scientific journal 2022

10.

Matyakubov Nurbek. (2021). Sources And History of Housing Policy in Uzbekistan

(1991-2021). Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 144–146.

https://zienjournals.com/index.php/zjssh/article/view/547

11.

www.lex.uz

12.

www.sud.uz

13.

www.paruz.uz

14.

www.uz.undp.org

15.

www.norma.uz

References

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil www.lex.uz

Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yoʻlini qat’iy davom ettiramiz. 06.11.2021 yil. www.yuz..uz

O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi //Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi 03/25/1025/0116-son; 07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son // https://lex.uz/ru/docs/-106136

Э.АКРАМОВ, докт. экон. наук, проф., Институт повышения квалификации при Ташкентском финансовом институте экономические реформы в республике узбекистан: внешнеэкономическая сфера

O‘zbekiston Respublikasining 27.12.1996 yildagi “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi 351-I-son Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 50-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda // https://lex.uz/docs/-55558

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi //Qonunchilik ma’lumotlari milliy 03/24/960/0699-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son// https://lex.uz/docs/-5307951

O‘zbekiston Respublikasining 12.04.2006 yildagi “Xususiy uy-joyu mulkdorlarining shirkatlari to’g’risida”gi O‘RQ-32-son qonuni https://lex.uz/docs/-974124 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 4-son

2022-2026-yillarga mo’ljallangan taraqqqiyot strategiyasi. 28.01.2022 yil 8. “Science and innovation” international scientific journal 2022

Matyakubov Nurbek. (2021). Sources And History of Housing Policy in Uzbekistan (1991-2021). Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 144–146.

www.lex.uz

www.sud.uz

www.paruz.uz

www.uz.undp.org

www.norma.uz