Avgust, 2025-Yil
25
RAQAMLI AKTIVLAR BILAN BOG‘LIQ NIZOLARNI HAL QILISHNING MUQOBIL
USULLARI
Abdusatarov Jaloliddin
Sharafutdin o‘g‘li
Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi
Qibray tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16814100
Annotatsiya.
Mazkur
maqolada raqamli aktivlar bilan bog‘
liq nizolarni hal qilishda
qo‘llanilayotgan muqobil usullar tahlil qilinadi hamda ularning afzalliklari, huquqiy asoslari va
amaliy qo‘llanilishi o‘rganiladi. Xususan, ODR platformalarining blokcheyn texnologiyasi bilan
integratsiyasi, taraflar o‘rtasida i
shonchni mustahkamlash va nizolarni tezkor hal etish
imkoniyatlari alohida e’tiborga olinadi. Maqola raqamli iqtisodiyot sharoitida adolatli va
innovatsion nizolarni hal qilish tizimini shakllantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yondashuvni taklif
etadi.
Kalit so‘zlar:
raqamli aktivlar, kriptoaktivlar, blokcheyn texnologiyasi, smart-kontraktlar,
raqamli iqtisodiyot.
АЛЬТЕРНАТИВНЫЕ МЕТОДЫ РАЗРЕШЕНИЯ СПОРОВ, СВЯЗАННЫХ С
ЦИФРОВЫМИ АКТИВАМИ
Аннотация.
В
статье анализируются альтернативные методы разрешения споров,
связанных с цифровыми активами, рассматриваются их преимущества, правовые основы и
практическое применение. В частности, особое внимание уделяется интеграции платформ
ODR с технологией блокчейн, возможностям укрепления доверия между сторонами и
быстрого разрешения споров. В статье предлагается научно
-
практический подход,
направленный на создание справедливой и инновационной системы разрешения споров в
цифровой экономике.
Ключевые слова:
цифровые активы, криптоактивы, технология блокчейн, смарт
-
контракты, цифровая экономика.
ALTERNATIVE METHODS OF RESOLVING DISPUTES RELATED TO DIGITAL
ASSETS
Abstract.
This article analyzes alternative methods used in resolving disputes related to
digital assets, and examines their advantages, legal frameworks, and practical applications. In
particular, the integration of ODR platforms with blockchain technology, the possibilities of
strengthening trust between parties, and rapid dispute resolution are given special attention. The
article offers a scientific and practical approach aimed at creating a fair and innovative dispute
resolution system in the digital economy.
Keywords:
digital assets, cryptoassets, blockchain technology, smart contracts, digital
economy.
Raqamli aktivlar bilan bog‘liq nizolarni hal qilishning muqobil usullari
deganda agar ular
bilan bog‘liq nizo vujudga kelsa ularni hal etishning tartib
-taomillari tushuniladi. Bunda boshqa
huquqiy munosabatlarda qo‘llaniluvchi nizolarni muqobil hal qilish (ADR) usullarini qo‘llashimiz
mumkin bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda ni
zolarni hal qilishning eng samarali usullaridan
mediatsiya hamda arbitraj hisoblanadi.
Avgust, 2025-Yil
26
Nega deganda, arbitraj qarorlari majburiy bo‘
lsa (keyinchalik sud orqali ijro xati olingandan
keyin), mediativ kelishuv ham tegishli majburiyatlarni yuzaga keltiradi. Quyida nizolarni hal
qilishning ushbu usullari yoritiladi hamda uning raqamli aktivlar bilan bog‘liq nizoolarga
qo‘llanishining o‘ziga
xos jihatlari tahlil qilinadi.
Mediatsiya.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlar jadal rivojlanib
borayotganligi sababli subyektlar o‘rtasida turli nizolar kelib chiqishi muqarrar; bundan tashqari,
amaldagi amaliyot shuni ko‘rsatadiki, oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ko‘plab
ziddiyatli vaziyatlar mavjud; nizoni hal qilish uchun tomonlar bunday vaziyatda mediatsiya tartib-
taomilini qo‘llashlari ham mumkin bo‘ladi. Mediatsiya –
taraflarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha
nizoni mediator yordamida hal etish usuli. Mediatorlar neytral tomon hisoblanadi. Hozirgi vaqtda
nizolarni suddan tashqari hal etishga qaratilgan vositachilik-kelishuv jarayoni rivojlangan xorijiy
davlatlarning huquqiy tizimlarida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda haqiqiy
bozor jarayonlaridan foydalanishni tartibga soluvchi qonunchilik bazasi yaratilishi kerak.
“Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat
qilishi bilan ahamiyatli. 2019 yil 1-yanvardan kuchga kirgan bu qonun haqida fikr yuritganda,
avvalambor, “mediatsiya” so‘zining lug‘aviy ma’nosiga to‘xtalish lozim. Vositachilik ma’nosini
anglatuvchi bu atama
lotincha “mediare” so‘zidan olingan bo‘lib, jahonning ko‘plab davlatlarida
nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishning eng
maqbul usuli sifatida tan olingan. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “2022 –
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi 2022
-yil 28-yanvardagi PF60-sonli Farmonining 15-
maqsadida nizolarni haetishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-
huquqiy shart-
sharoitlarni yaratish, yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada kengaytirish
vazifasi belgilangan. Shu bilan birga mediatsiyaning qo‘llanilishi sud tomonidan ko‘riladigan ishlar
h
ajmini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Oliy sudning statistik ma’lumotlariga ko‘ra 2022
-yilda
iqtisodiy ishlarda 3568 ta, fuqarolik ishlarda 3265 ta mediatsiya qo‘llanilgan va bu 2021 yilga
qaraganda tegishlicha 1,5 baravar 3 baravarga oshgan.
Tarixni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, mediatsiya amaliyoti Bobil, Qadimgi Yunoniston va
Qadimgi Rimda huquq tizimining evolyutsiyasi davrida qonuniylashtirilgan. Mediatsiya nizolarni
hal etish vositasi sifatida Yustinian kodeksidan (miloddan avvalgi 6-asr) boshlab Rim huquqida tan
olingan. “Vositachi” so‘zi rimliklar tomonidan nizolarni hal qiladigan mutaxassislarga nisbatan
ishlatilgan. Ular ruhoniylar va daholar bilan bir darajaga qo‘yilgan. 20
-asrning ikkinchi yarmida
AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniyada zamonaviy tushunchalarda vositachilik shakllana boshladi.
Oilaviy kelishmovchiliklar Yevropadagi vositachilar tomonidan hal qilinadi.
Umuman olganda, mediatsiya - bahs-munozaralarni uchinchi betaraf tomon ishtirokida
tartibga solishga doir huquqiy texnologiya.
Mediatsiya sohasidagi munosabatlarga mediatsiya kelishuvini tuzish, mediatsiya jarayonini
o‘tkazish, mediativ kelishuvni tuzish va uni ijro qilish bilan bog‘liq munosabatlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunni
ng 4-moddasiga
asosan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi deganda necha hujjat bilan tuzilishi (xoh
u bitta hujjatdan iborat bo‘ladimi, xoh u ikkita hujjatdan iborat bo‘ladimi yoki o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan bir qancha hujjatlardadan iborat bo‘ladimi)dan, bundan tashqari, o‘zining nomidan va
tuzilish shaklidan (shartnoma, konvensiya, bayonnoma, bitim, pakt, akt, xatlar yoki notalar
Avgust, 2025-Yil
27
almashinuvi yoki xalqaro shartnomaning boshqacha nomlari va tuzilish usullaridan) qat’i nazar,
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan chet davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro shartnomalar
tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyekt bilan yozma shaklda tuzil
gan, xalqaro huquq bilan
tartibga solinadigan xalqaro kelishuv tushuniladi. Misol uchun, agar O‘zbekiston Respublikasi
Singapur konvensiyasiga qo‘shilsa, chet elda tuzilgan mediativ kelishuvlar O‘zbekiston
Respublikasida ushbu Konvensiyada belgilangan qoidalar asosida ijro qilinadi.
O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksi 2-moddasining 1-qismiga asosan fuqarolik huquqiy
munosabatlarga fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa
ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lga
n huquqlarning vujudga kelish
asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilash, shartnoma majburiyatlari va o‘zga
majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlar
kiradi. O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi
qonunning 3-moddasiga asosan tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari
tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy
j
avobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. O‘zbekiston
Respublikasining Mehnat kodeksi 11-moddasining 2-
qismiga ko‘ra mehnat to‘g‘risidagi
qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda
tutilgan mehnat shartlarini ish beruvchi tomonidan ta’minlashda xodimning mehnat vazifasini ichki
mehnat tartibiga bo‘ysungan holda haq evaziga shaxsan bajarishi haqidagi, xodim bilan ish beruvchi
o‘rtasidagi kelishuvga asoslangan munosabatla
r yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridir. Ushbu
Kodeksning 575-moddasiga asosan hozirda jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etish
(tartibga solish) ham joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 5
-moddasiga asosan
oilaviy huquqiy munosabatlar nikoh tuzish, nikohning tugatilishi va uni haqiqiy emas deb topish
shartlari va tartibini belgilash, oila a’zolari: er
-xotin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvchilar va
farzandlikka olinganlar) o‘rtasidagi, oila to‘g‘risidagi qonunchil
ikda nazarda tutilgan hollarda va
doirada esa qarindoshlar hamda o‘zga shaxslar o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy
munosabatlardan iborat. Mediatsiya faqat taraflarning kelishuvi asosida o‘tkazilishi mumkin.
Shuning uchun mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlariga, jamoat manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilishi mumkin bo‘lgan nizolarga
nisbatan qo‘llanmasligi belgilab qo‘yilmoqda.
Mediatsiya ishtirokchilari ushbu Qonunning 10-
moddasida belgilab qo‘yilgan.
Jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan sud muhokamasidan farqli o‘laroq, mediatsiya
konfidensial jarayon hisoblanadi. Konfidensiallik taraflar va mediatorning jarayon paytidagi
holatlarni oshkor etmaslik haqidagi majburiyatida ifodalanadi. Jarayon davomidagi ma’
lumotlar
oshkor qilinmasligi va mediator sudda ushbu ish bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin
emas. Ushbu modda qoidalari mediatsiya taomiliga tegishli dalillarni boshqa muhokamalarda (sud,
hakamlik) foydalanishga yo‘l qo‘yilmaslikka qaratilgan.
Bunday qoidalarni kiritishdan maqsad
mediatsiya jarayonida taraflar ma’lumotlarni oshkor etishlari va kelishmovchiliklarni ochiq ifoda
etib, keyinchalik bu muhokamalar ularga qarshi ishlatilishi mumkinligidan ko‘rqmasliklari uchun
1
Конвенция Организации Объединенных Наций о международных мировых соглашениях, достигнутых в
результате медиации,
Avgust, 2025-Yil
28
ochiq muhokama va mazmunli muzokaralarni rag‘batlantirishdan iborat, shuningdek bu qoidalar
nizoga erkin va ijodiy yechimlar topish imkonini beradi. Ushbu qoidalar mediatsiya taomilining
muhim huquqiy himoyasi hisoblanadi. Tarafning huquqiy vorisi deb bir shaxsdan ikkinchi shaxsga
huquq va majburiyatlar yoki majburiyatlar bir qismining o‘tishi tushuniladi. Huquqiy vorislik qonun
kuchi bilan, shartnoma yoki boshqa yuridik asoslarga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Maxfiylik prinspi ayniqsa kripto-
aktivlar bilan bog‘liq nizolarni hal etishda juda muhim rol
o‘ynaydi.
Mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuv –
bitimlarning bir turi bo‘lib, FKning 101
-
moddasiga asosan bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini
belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga ayti
ladi. FKning 353-moddasiga
ko‘ra ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish
yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. Mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi
kelishuv shartnomaning sharti yoki alohida kelishuv tarzida yozma shaklda tuzilishi belgilangan.
Taraflar mediatsiyani nizo kelib chiqqanda yoki kelajakda kelib chiqqanda qo‘llashlari
haqida kelishib olishlari belgilanmoqda, shuningdek ular o‘z munosabatlaridan kelib chiqqan barcha
nizolarni yoki ma’lum bir turdagi nizolarni mediatsiya qo‘llab hal eti
shni kelishib olishlari shart.
Shu bilan birga taraflar ushbu kelishuvga nizo predmeti, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish
tartibi, mediatsiya tartib-
taomilini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarda taraflarning ishtirok
etish shartlari, mediatsiya tartib-
taomilini amalga oshirish muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
kiritishlari mumkin.
Mediatsiya va unga taalluqli axborotning maxfiyligi muhim jihatlardan bo‘lib, uning
maqsadi taraflarning mediatsiya jarayonida nizo bilan bog‘liq holatlarni ochik muhokama qilib, har
bir tarafning o‘z manfaatlarini to‘liq ifoda etib, taraflarning mediatorga bo‘lgan ishonchini oshirib,
o‘zaro maqbul qarorga kelishga imkoniyat yaratishdir. Shu sababli ushbu moddada keltirilgan
holatlarga mediatsiya ishtirokchilarining kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan sud, hakamlik va
boshqa muhokamalarda, agar taraflar boshq
acha qoida haqida kelishib olmagan bo‘lsa, havola
qilishi taqiqlangan.
Arbitraj.
Arbitraj -
nizolarni muqobil hal qilish (ADR) shakli bo‘lib, unda nizo tomonlari
arbitr sifatida tanilgan neytral uchinchi shaxsga ega bo‘lishga rozi bo‘lib, ularning ishini ko‘rib
chiqadi va majburiy qaror qabul qiladi. Ushbu jarayon tez-
tez sudda da’voga
muqobil ravishda
qo‘llaniladi, chunki u tezroq, kamroq rasmiy va tejamkor bo‘lishi mumkin. Arbitrajda nizoda
ishtirok etuvchi tomonlar o‘zlarining dalillarini hakam (arbitr)ga taqdim etadilar, so‘ngra u faktlarni
ko‘rib chiqadi va qaror chiqarad
i. Arbitrning qarori har ikki tomon uchun ham qonuniy kuchga ega
va zarurat tug‘ilganda sud tomonidan ijro etilishi mumkin. Arbitrajning ikki turi mavjud, jumladan,
ad-hoc arbitraj va institutsional arbitraj. Ad-hoc arbitraj arbitraj jarayonining qoidalari va tartiblarini
kelishib olgan tomonlarni o‘z ichiga oladi, institutsional arbitraj esa arbitraj uchun qoidalar va
qo‘llab
-quvvatlash xizmatlarini taqdim etuvchi arbitraj instituti tomonidan boshqariladi. Arbitraj
turli sohalardagi nizolarni, jumladan, tijorat shartnomalari, mehnat nizolari, qurilish nizolari va
oilaviy huquq masalalarini hal qilish uchun ishlatilishi mumkin. Bu ko‘pincha o‘z nizolarini hal
qilishda maxfiylikni qadrlaydigan subyektlar tomonidan afzal ko‘riladi, chunki arbitraj muhokamasi
o
datda maxfiy tartibda o‘tkaziladi.
2
Yuridik atamalar qomusiy lug‘ati/Mas’ul muharrir H.R.Rahmonqulov//T.: “Sharq”, 2003. 428
-b.
Avgust, 2025-Yil
29
Arbitrajning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, u tomonlarga nizo predmeti bo‘yicha o‘z
tajribasiga asoslanib, o‘z arbitrlarini tanlash imkonini beradi. Bu suddagi da’vo bilan solishtirganda
ko‘proq xabardor va samarali qaror qabul qilishga olib kelishi
mumkin.
Umuman olganda, arbitraj tomonlarga nizolarni an’anaviy sud muhokamasidan tashqarida
hal qilishning moslashuvchan va samarali usulini taklif qiladi. Bu nizolarni adolatli va xolis hal
qilish bilan birga vaqt va pulni tejash imkonini beradi.
Taraflarning kelishuvi asosida qo‘llanuvchi qonunchilikni aniqlashning xususiyatlari yoki
uni belgilash to‘g‘risidagi qoidalar, boshqacha qilib aytganda arbitraj kelishuvi yoki shartini
imzolash yo‘li bilan rasmiylashtirilgan kelishuvlar muhim bo‘lib hisoblanadi. O‘zining yuridik
tabiatiga ko‘ra, arbitraj kelishuvi uning turidan qat’iy nazar asosiy shartnomaga nisbatan mustaqil
xarakterga ega bo‘lgan
fuqarolik-
huquqiy shartnoma bo‘lib hisoblanadi. FKning 109
-moddasi 3-
qismiga ko‘ra, qonunda yoki taraflarning kelishuvida aniq ko‘rsatilgan bitimning yozma shakliga
rioya etmaslik uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi. To‘xtalib o‘tish joizki,
ishtirokchilardan hech bo‘lmasa bittasi O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan tashqi iqtisodiy bitim, bitim tuzish joyidan qat’i
nazar yozma shaklda amalga oshiriladi. 1958-yilgi Nyu-York Konvensiyasining 2-moddasi 1-
bandiga ko‘ra, har bir Ahdlashuvchi mamlakat, taraflar ular o‘rtasida obyekti arbitraj tomoni
dan
ko‘rib chiqish predmeti bo‘lishi mumkin bo‘lgan biror
-bir konkret shartnomaviy yoki boshqa
huquqiy munosabatlar yuzasidan yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tortishuvlarni
arbitrajga uzatish majburiyatini oladigan yozma kelishuvni tan oladi. Arbitraj kelishuvi matnidagi
ikki ma’noli iboralarning oldini olish maqsadida, xalqaro arbitraj institutlari arbitraj
kelishuvlarining namunaviy shakllarini tavsiya qiladilar, masalan, Xalqaro savdo palatasi quyidagi
namunaviy arbitraj shartini qo‘llashni tavsiya etadi: “Mazkur shartnoma yuzasidan vujudga
keladigan har qanday tortishuvlar, Xalqaro savdo palatasining Arbitraj reglamentiga muvofiq, bir
yoki bir necha arbitrlar tomonidan ushbu reglamentga mos ravishda uzil-kesil tartibga solinishlari
lozim
”.
FK 1189-moddasining 3-
qismi qo‘llanuvchi huquqni nazarda tutadi, masalan, chet el arbitraj
qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi Konvensiya(Nyu York, 10
-iyun 1958-y.) ning 2-
moddasiga muvofiq, shartnomada taraflar tomonidan imzolangan arbitraj izohi yoki arbitraj
kelishuvini tuzishda yoki shartnomani xat yoki telegramma almashish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Ushbu Konvensiyaning mazmuniga ko‘ra, xar qaysi shartlashayotgan mamlakat, taraflar,
ular o‘rtasida obyekti arbitrajda ko‘rib chiqish predmeti bo‘lishi mumkin bo‘lgan biron
-bir
shartnomaviy yoki boshqa munosabat bilan bog‘liq vujudga kelgan yoki vujudga ke
lishi mumkin
bo‘lgan barcha yoki biron
-bir nizolarni, arbitrajga topshirish majburiyatini oladigan yozma
kelishuvni tan oladi.
Arbitraj raqamli aktivlar bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda hal qiluvchi vositadir. Raqamli
aktivlar bozori o‘sishda va rivojlanishda davom etar ekan, nizolarni hal qilishning ishonchli va
samarali mexanizmiga bo‘lgan ehtiyoj tobora muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Arbitraj ushbu
kontekstda bir qator afzalliklarni taqdim etadi va bu raqamli aktivlar bo‘yicha nizolarni hal qilish
uchun ideal tanlovdir. Arbitrajning asosiy afzalliklaridan biri uning moslashuvchanligidir.
An’anaviy sud jarayonlarida jarayon uzo
q va qimmatga tushishi mumkin, bu ayniqsa raqamli
aktivlarning tez sur’atda rivojlanayotgan dunyosi uchun mos kelmaydi.
Avgust, 2025-Yil
30
Arbitraj tomonlarga jarayonni o‘zlarining maxsus ehtiyojlariga moslashtirish, jumladan,
raqamli aktivlar bo‘yicha nizolar bo‘yicha tajribaga ega arbitrlarni tanlash va ularning talablariga
mos vaqt jadvalini belgilash imkonini beradi.
Bundan tashqari, arbitraj maxfiylikni ta’minlaydi. Sud muhokamasidan farqli o‘
laroq,
arbitraj tomonlarga o‘z nizolarini jamoatchilik e’tiboridan chetda saqlashga imkon beradi. Bu,
ayniqsa, maxfiylik va xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar muhim bo‘lgan raqamli aktivlar dunyosida
muhim bo‘lishi mumkin. Arbitraj, shuningdek, tomonlarga
nizolarni hal qilish uchun neytral
forumni taqdim etadi. Raqamli aktivlar bo‘yicha tajriba yoki bilimga ega bo‘lmagan sudyalarga
ishonish o‘rniga, tomonlar ushbu sohada mutaxassis bo‘lgan va murakkabliklarni tushuna oladigan
hakamlarni tanlashlari mumkin.
Bu ko‘rib chiqilayotgan masalalarni chuqur tushunadigan shaxslar
tomonidan qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, arbitraj qarorlari odatda Nyu-York konvensiyasi kabi xalqaro
konvensiyalar orqali bir nechta yurisdiksiyalarda ijro etilishi mumkin. Bu tomonlarga arbitraj orqali
qabul qilingan har qanday qaror, ular qayerda joylashganidan qat’i nazar, qo‘llab
-quvvatlanishi va
ijro etilishiga ko‘proq ishonch hosil qiladi. Umuman olganda, arbitraj raqamli aktivlar bilan bog‘liq
nizolarni hal qilishning soddalashtirilgan va samarali usulini taklif qiladi. Uning moslashuvchanligi,
konfidensialligi va ijro etilishi uni ushbu jadal rivojlanayotgan raqamli huquqlar davrida nizolarni
samarali va adolatli hal etishni ta’minlash uchun bebaho vositaga aylantiradi.
Onlayn nizolarni hal qilish bu nizoni hal qilish vositasi, yarashish yoki hakamlik jarayoni
bo‘ladimi yoki yo‘qmi onlayn texnologiyalar tomonlar o‘rtasidagi nizoni hal qilishda
foydalaniladigan texnologiyalar. Onlayn nizolarni hal qilishning uch bosqichi mavjud: tomonlar
o‘rtasidagi muzokaralar (onlayn muzokaralar), vositachilik (onlayn mediatsiya) va arbitraj.
Onlayn
arbitraj tushunchasi bir nechta ma’noga ega, ammo ko‘pincha jarayon ishtirokchilari o‘rtasida
masofaviy aloqa texnologiyalar
idan foydalangan holdabo‘lib o‘tgan hakamlik muhokamasini
tasvirlash uchun ishlatiladi. Hozirgivaqtda nizolarni onlayn hal qilish uchun ko‘plab onlayn
platformalar yaratilgan. Biroq Internetdagi bitimlar ko‘pincha kam miqdorda amalga oshirilganligi
sababli amaldagi onlayn platformalarning aksariyati kichik nizolarni hal qilishga qaratilgan.
Ko‘pchilik davlatlar Nyu
-York konvensiyasining ishtirokchilari hisoblanadi. Shuning uchun
ularning xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etishni tartibga soluvchi qonunlari
konvensiyasining tegishli qoidalariga asoslanadi. Muammo shundaki, bugungi
kunda ko‘p jihatdan
hakamlik bitimi, hakamlik sudi qaroriga, shuningdek, onlayn protsedura tartibiga qo‘yiladigan
talablar nizoni an’anaviy shaklda (oflayn) hal qilishga qaratilgan.
Ushbu standartlar elektron
vositalarni ishlatishda yuzaga keladigan barcha xususiyatlarni hisobga olmaydi. Ushbu ishning
maqsadlari uchun elektron axborot muhitida huquqiy nizolarni hal qilish tartibini rivojlanishiga
to‘sqinlik qiladigan uchta sabab mavjud. Birinchidan, bu hakamlik bitimi bilan bog‘liq bo‘lsa,
ikkinchidan, toifadagi huquqiy to‘siqlar protsessual xarakterga ega, va nihoyat, onlayn arbitrajga
qo‘yilgan to‘siqlar oxirgi qaror bilan bog‘liq.Shu sababli nizolarni hal qilish uchun elektron
vositalardan foydalanish protsessual talablarning bu
zilishi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin
emas. Biroq nizoni elektron vositalar yordamida ko‘rib chiqishda barcha asosiy prinsiplarga
rioya qilish kerak, tomonlar an’anaviy protsedura (oflayn)dan foydalanishda bo‘lgani kabi bir xil
protsessual huquqlar va imkoniyatlar kafolatlanishi lozim.Onlayn nizolarni hal qilish tartibining
yana bir xususiyati shundaki, tomonlar va hakamning o‘zaro munosabati bilvosita
-onlayn
Avgust, 2025-Yil
31
platforma orqali ro‘y beradi. Bu asosiy protsessual kafolatlar va tamoyillarni amalga oshirishning
o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Internet orqali nizolarni hal qilish protsedurasi taraflarga
ishda ishtirok etish, ishda o‘z pozitsiyalarini, dalillar va e’tirozlarni taqdim etish uchun teng
imkoniyatlarni taqdim etishi kerak.Onlayn rejimda nizolarni hal qilish natijasida arbitraj qarori
elektron shaklda amalga oshiriladi. Uning matni tomonlarga elektron pochta orqali yuborilishi yoki
hakamlik sudining veb-
saytiga joylashtirilishi mumkinligi to‘g‘risida tomonlarga majburiy
ravishda xabar beriladi. Agar milliy qonun hujjatlarida hujjatning elektron shakli yozma shaklga,
elektron imzo esa qo‘lda yozilgan imzoga teng ekani belgilangan bo‘lsa, elektron imzo bilan
imzolangan arbitraj qarori to‘siqlarsiz bajarilishi mumkin.Arbitraj qarorini bajarishni rad etish
xavfi ushbu qarorga nisbatan qo‘llaniladiganmilliy qonunchilik uning shakli uchun qat’iy
talablarni belgilab qo‘ygan va elektron ish oqimi va elektron imzodan foydalanish to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirdagina yuzaga keladi.
Shu bois, “Xalqaro tijorat arbitraji
to‘g‘risida”gi Qonunda onlayn tarzda nizolarni qo‘rib chiqish va hal etish, shuningdek, chet el
davlati arbitraj (hakamlik) sudining xalqaro tijorat va xalqaro savdo sohasidagi nizolar bo‘yicha
chiqargan qarorlarini tan olish va ijro etish tartibini nazarda tutish lozim. Bundan tashqari, Qonun
loyihasini xalqaro me
’yorlarga mos holda qabul qilishimizlozim. Muhokama va qabul qilish
bosqichida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Singapur, Gonkong, Fransiya va Dubay kabi davlatlar va
shaharlarning tajribasini diqqat bilan o‘rganish tavsiya etiladi. Kelajakda O‘zbekistondagi xa
lqaro
arbitrajga ko‘proq e’tibor qaratilsa, huquq sohasiga katta ijobiy tomonlar keltirishi mumkin.
Mamlakatimizda nufuzli yuridik kompaniya bo‘lgan “White&Case”ning kiritilishi ushbu
vazifani amalga oshirishni sezilarli darajada tezlashtiradi va shu bilan birga, xalqaro nizolarni hal
qilishda mamlakatimizdagi mahalliy yuridik firmalar uchun xarajatlarni kamaytiradi.
Raqamli aktivlar bilan bog‘liq nizolarni hal qilish usullari haqida gap ketganda hozirgi kunda
frilanserlik platformalarida qo‘llaniladigan nizolarni hal qilish usulllariga ham to‘xtalib o‘tishimiz
lozim. Yaxshi bilamizki, hozirgi kunda Upwork va Fiverr kabi onlayn frilanserlik flatformalari
mavjud bo‘lib, bunda platformalar mehnat bozori vazifasini o‘taydi, ya’ni talab va taklif
birlashadigan joy bo‘lib, mijozlar o‘z ishlarini frilanserga berishlari hamda frilanserlar ishni bajarib
mutanosib haq olishlari
mumkin bo‘ladi. Qiziqarlisi shuki, ushbu platformalarda ham nizolar,
ayniqsa frilanserlar tomonidan qilingan ishlarning sifati bilan bog‘liq nizolar uchun tegishli tartibda
ularni hal qilish mexanizmlar mavjud bo‘lib hisoblanadi.
Masalan, Upwork platformasida nizolar
mustaqil mediator/ekspert tomonidan hal etiladi. Bunda mediato/ekspert platforma tomonidan
tayinlanib, taraflarga kim haq yoki ham nohaq ekanligini aytmaydi, balki tavsiyalar beradi.
platformasida esa ishdan qoniqmagan “sotib oluvchi” frilanserning qilgan ishi yuzasidan “Dispute
resolution center” ga murojaat qilishga haqli bo‘lib, unda ishni 10 kun davomida platforma
tomonidan tayinlangan mustaqil uchinchi tomon ko‘adi va tegi
shli qaror qabul qiladi, bunda
frilanserga tushishi kerak bo‘lgan pul, agar ish haqiqatdan ham sifatsiz deb topilsa, “sotib
oluvchi”ga qaytariladi.
Yuqoridagilarni ko‘rgan holda shuni aytishimiz mumkinki, O‘zbekistonda domen nomining
ma’muriga o‘z platformasida (ayniqsa yuqoridagi frilanserlik platformalarida) nizolarni hal qilish
mexanizmini yaratishning majburiyligi va bunda professional mediatorni tayinlashni majburiy qilib
3
https://support.upwork.com/hc/en-us/sections/360002713853-Disputes
4
https://help-pro.fiverr.com/hc/en-us/articles/16279984394001-Cancel-an-order-with-the-Resolution-Center
Avgust, 2025-Yil
32
qo‘yish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Domen nomining ma’muri domen nomini o‘z nomiga
ro‘yxatdan o‘tkazgan yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanib, u platformaning egasi hisoblanadi.
Fiverr, Upwork yoki shu kabi pul aylanmalari, akkauntida pul turuvchi va aylanuvchi boshqa
platformalar O‘zbekistonda juda ko‘p. Shuning, unda nizolarni hal etishda domen ma’muriga
yuqorida aytilgan majburiyatlarni o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
ning uchun ham,
““UZ” domenidagi domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi
to‘g‘risida”gi Nizomda, domen ma’murining majburiyatlari oshirilib, unda nizolarni hal qilishning
tegishli mexanizmini yaratish hamda bunda faqatgina professional mediatorlar ishtirokini
ta’minlash tavsiya etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Конвенция Организации Объединенных Наций о международных мировых
соглашениях,
достигнутых
в
результате
медиации,
2.
Yuridik atamalar qomusiy lug
‘
ati/Mas
’
ul muharrir H.R.Rahmonqulov//T
.: “
Sharq
”, 2003.
428-b.
3.
https://support.upwork.com/hc/en-us/sections/360002713853-Disputes
4.
