Authors

  • Alisher Abdusamatov
  • Fotima Aliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.20220

Keywords:

PISA PIRLS TIMSS

Abstract

Students of international evaluation programs serve to evaluate the knowledge of subjects, to be able to independently apply the acquired knowledge in real life situations. It expands their world views and teaches them to make wise decisions in necessary situations.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

429

XALQARO BAHOLASH DASTURLARI, ULARNING AHAMIYATI

Abdusamatov Alisher Sobirovich

Termez iqtisodiyot va servis universiteti “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi

dots.v.b., pedagogika fanlari falsafa doktori (PHD)Termiz (O’zbekiston)

Aliyeva Fotima Zokir qizi

Termez iqtisodiyot va servis universiteti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

“Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7941676

Annotatsiya

. Xalqaro baholash dasturlarining o’quvchi yoshlarning fanlardan olgan

bilimlarini baholash, olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarda mustaqil qo’llay olishlari uchun
hizmat qiladi. Ularning dunyo qarashlarini kengaytiradi, kerakli vaziyatlarda oqilona qaror qabul
qilishga o’rgatadi.

Kalit so’zlar

: PISA, PIRLS, TIMSS, tafakkur, bilim baholash, dastur, savodxonlik ta’lim

sifati,dunyoqarash.

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ПРОГРАММЫ ОЦЕНКИ, ИХ ЗНАЧЕНИЕ

Аннотация.

Студенты международных оценочных программ служат для оценки

знаний по предметам, чтобы иметь возможность самостоятельно применять
полученные знания в реальных жизненных ситуациях. Это расширяет их мировоззрение и
учит принимать мудрые решения в необходимых ситуациях.

Ключевые слова:

PISA, PIRLS, TIMSS, мышление, оценка знаний, программа,

качество обучения грамоте, мировоззрение.

INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS, THEIR IMPORTANCE

Abstract.

Students of international evaluation programs serve to evaluate the knowledge

of subjects, to be able to independently apply the acquired knowledge in real life situations. It
expands their world views and teaches them to make wise decisions in necessary situations.

Keywords:

PISA, PIRLS, TIMSS, thinking, knowledge assessment, program, quality of

literacy education, worldview.


Zamon rivojlanar ekan, insonlarning dunyo qarashi ham rivojlanadi. Insonlarning dunyo

qarashini rivojlantirishda ta’lim tizimi muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham maktab ta’lim
tizimini rivojlantirishda alohida e’tibor qaratilmoqda. ta’lim tizimini sifatini yaxshilash,
o’quvchilarning bilim salohiyatini o’stirishda jahon mamlakatlari tajtibalarida foydalanish yaxshi
samara beradi. Xalqaro baholash tizimini o’rganish, unda ishtirok etishimizni ta’minlash uchun
ko’plab qaror va farmoishlar qabul qilindi. Misol uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining ‘’Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish chora tadbirlari to’g’risidagi 2018–yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish, Davlat
inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish
Milliy markazi tashkil etildi. Xalqaro baholash tizimini o’rganish va ularda ishtirok etish uchun
amalga oshirilishi kerak bo’lgan vazifalar belgilandi.Eng avvalo o’qituvchilarga xalqaro baholash
dasturlari haqida to’liq tushuncha berish ,ular orqali o’quvchilarni shu dasturlarda ishtirok
etishlarini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.Dunyoda mavjud bo’lgan xalqaro baholash
dasturlari .Bular:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

430

PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study-Xalqaro o’qish savodxonligini

o’rganishdagi yuksalish)- bu turli mamlakatlardagi boshlang’ich sinfda o’qiyotgan o’quvchi
yoshlarning matnni o’qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash
dasturidir.B u dasturda o’quvchilarni baholash uchun 2 turdagi ya’ni,badiiy matn va axborotli matn
beriladi.Bu matnlar asosida o’quvchilar orasida eng ko’p qo’llaniladigan o’qishning ikki turidan
foydalaniladi:
1.Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadida o’qish .
2Axborotni o’zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o’qish.

Bundan tashqari PIRLSS tadqiqotida ishlatiladigan matnlarni tanlashda belgilangan

mezon va talablar mavjud.Bular matnning hajmi(1000 ta so’zgacha o’qish savodxonligi past
mamlakatlarda 400-500 ta so’zgacha), matn mavzusi,matn tili, matn mazmuni, matndagi
bog’liqlik va voqealarning ketma-ketligi inobatga olinadi.PIRLSS tadqiqotlarida 4-sinf
o’quvchilari qatnashishadi chunki 9-10 yoshli bolalarning fikrlash qobiliyati ancha rivojlangan
bo’ladi.Mamlakatimizdagi umumta’lim maktablaridagi o’quvchilarni ushbu dasturda ishtirok
etishlarini ta’minlash uchun dastur va amaliy ishlar amalga oshirildi.Jumladan mamalakat
miqyosida PIRLSS tadqiqotida ishlatilgan matnlar mashq daftarlari ko’rinishida chiqarilib
mahtablarga tarqatildi,ushbu yo’nalish bo’yicha o’qituvchilar o’qitildi.O’quv darslari jarayonida
ushbu matnlar asosida sinov darslari tashkil etilib o’quvchilar bahilandi va olingan natijalar
bo’yicha muhokamalar olib borildi. Mavjud bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari
belgilandi.

Xalqaro baholash dasturlaridan yana biri TIMSS(Trends in International Mathematics and

Science Study)bu dastur 4-8- sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan
o’zlashtirish darajasini baholash dasturi bo’lib ,bu tadqiqot har to’rt yilda bir marta o’tkaziladi. Bu
dastur asosida o’quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan olgan bilimlari baholanadi,
solishtiriladi hamda milliy ta;lim tizimidagi farqlar aniqlanadi shu bilan bir qatorda maktablarda
matematika va tabiiy fanlar bo’yicha berilayotgan ta’lim mazmuni ,o’quv jarayoni ,ta’lim
muassasasining imkoniyatlari,o’qituvchilarning o’qitish salohiyati ,o’quvchilarning oilalari bilan
bog’liq bo’lgan omillar o’rganiladi. Bu baholash dasturi orqali o’quvchilarning nafaqat matematik
balki borliqni anglash uni tushunish darajalari ham ko’rib chiqiladi.Bu dasturda
o’quvchilarimizning ishtirok etishi ularning matematika va tabiiy fanlar bo’yicha bilimlarining
qay darajada ekanligi ,ularga bu fanlar qiziq yoki qiziqmasligini,ushbu fanlarga
oquvchilarimizning qanchalik qiziqishlarini ,oila a’zolarining ularning nqiziqishlarini qo’llab
quvvatlashlari bilan bir qatorda mamlakatimizda ushbu fanlarni o’qitishdagi shart –sharoitlar
o’rganiladi. Maktablarda ushbu fanlarda dars o’tayotgan o’qituvchilarning qo’llayotgan metodlari
boshqa mamlakatlardagi o’qituvchilarniki bilan taqqoslanadi. Ularning metodlaridagi o’ziga hos
jihatlar o’rganilib, bizning o’quv jarayonlariga ham tadbiq etiladi. O’quvchilarning matematik
savodxonligini rivojlantirish juda muhim hisoblanadi. Chundi yoshlarimiz qaysi soha
mutaxasislari bo’lishlarida qat’iy nazar ularga matematik bilan butun hayot yo’li davomida kerak
bo’ladi.

PISA(Programme for International Student Assessment) – turli davlatlardagi 15 yoshli

o’quvchilarning savodxonligini (o’qish,matematika,tabiiy fanlar) hamda olgan bilimlarini
amaliyotda qo’llash qobiliyatini baholovchi dasturdir.PISA dasturining maqsadi o’zi nima? Bu
dasturda qatnashish bizning yaoshlarimiz uchun nimaga kerak ?XXI asr information texnalogiya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

431

asri .Endilikda yoshlardan oldingi davrdagi yoshlarnikiga o’xshamagan bilim ,malaka,g’oyalar
talab qilinmoqda.Texnika taraqqiyoti rivojlangan davrda yoshlarimizdan yangi g’oyalar yaratish
hozirda mavjud bo’lmagan yangi kashfiyotlar yaratishlari kutilmoqda. Bu dastur orqali
yoshlarimizning yaratuvchanlik, izlanuvchanlik qobiliyatlari shakllantiriladi. Shuning uchun
hanm bu dasturda 15 yoshli bolalarning bilimlari sinovdan o’tkaziladi.Bunga sabab rivojlangan
mamlakatlarda bu yoshdagi bolalar maktablarning bitiruvchilari hisoblanadi.Bu yoshdagi bolalar
o’zlarining kelajakdagi rejalarini belgilashgan ,kelajakda qaysi kasb egasi bo’lishlarini o’zlariga
maqsad qilib qo’yishgan. Mamlakatimizdagi o’quvchilarni PISA baholash dasturiga tayyorlash
o’qituvchilarimizdan o’z ishlariga yangicha yondashishni talab qiladi.O’qituvchilarimizni PISA
dasturida tushadigan savollar bilan tanishtirish,ularni yechimlarini topishga o’rgatish muhim
vazifa qilib belgilandi.PISA dasturi savollari dunyoning yetakchi mutaxasislari tomonidan
tuziladi.O’quvchilarimizni ushbu dastur savollari bilan tanishtirish uchun PISA dasturi savollari
to’plamlari yaratildi .Mamlakatimiz 2021 –yildan buyon dasturda qatnashish uchun
tayyorlanmoqda.Xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishimiz ta’lim tizimimizni rivojlantiradi
nafaqat o’quvchilarimizni balki o’qituvchilarimizning ham bilim ,malaka,ko’nikmalarini
rivojlantiradi.Kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarimizning jahondagi tengdoshlari bilan bir xil
fikrlashlari uchun hizmat qiladi.Biz o’qituvchilar o’quvchilarimizni ushbu dasturlarda ishtirok
etishlari va yaxshi natijalarni egallashlari uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak.

Xulosa:
Xulosa qilib aytganda ta’lim tizimini rivojlantirishda ,o’quvchi yoshlarning dunyo

qarashini shakllantirishda Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati katta ekan.Mamlakatimiz
rivojlangan mamlakatlar safiga kirishi uchun juda ko’p islohotlar amalga oshirilmoqda.Bu borada
ta’lim tizimida o’qituvchilarning kasbiy faoliyatida yangi metodlarni qo’llash ,dars jarayonlarida
o’quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash ,ularning shaxsiy fikrlarini erkin bayon qilishlarini
ta’minlash ,dunyo qarashlarini kengaytirish muhim vazifa qilib belgilangan.Xalqaro baholash
dasturlarida ishtirok etish unda yuqori natijalarni egallash uchun o’qituvchi,o’quvchilar bilan
birgalikda ularning oila a’zolari ham faol ishtirok etishsa o’ylangan natijalarga erishish mumkin.,


REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8- dekabrdagi “Xalq ta’lim
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori.

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi 2019-yil 29-apreldagi
PF-5217 sonli Farmoni.

3.

Islomova.Z. 4-sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash bo’yicha
o’tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko’rish uchun 7-mashq
daftari.Toshkent.2021.


References

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8- dekabrdagi “Xalq ta’lim tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi 2019-yil 29-apreldagi PF-5217 sonli Farmoni.

Islomova.Z. 4-sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash bo’yicha o’tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko’rish uchun 7-mashq daftari.Toshkent.2021.