Authors

  • Gulsevar Isamitdinova
  • Shohzoda Bo’riyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.20501

Keywords:

innovative achievements

Abstract

This article illuminates the professional qualification of primary education through innovative and intellectual ideas, and today pedagogues are focused on the development of interests, abilities and skills of primary school students.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1077

BOSHLANG`ICH TA`LIMDA KASBIY PEDAGOGIKANI RIVOJLANTIRISH

Isamitdinova Gulsevar Ulug’bek qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

Bo’riyeva Shohzoda Norqobil qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7971425

Annotatsiya.

Ushbu maqola boshlang`ich ta`lim kasbiy malakasini innovatsion va

intellektual g`oyalar orqali yoritib, bugungi kunda pedagoglarning boshlang`ich sinf
o`quvchilarining qiziqish, layoqat va qobiliyatlarini rivojlantirishiga qaratilgan.

Tayanch so`zlar:

innovatsion yutuqlar, nazariy bilimdonlik, kasbiy pedagogika,

kasbiy ko‘nikmalilik, kasbiy malakalilik, kasbiy kompetentlik.

DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL PEDAGOGY IN PRIMARY EDUCATION

Abstract.

This article illuminates the professional qualification of primary education

through innovative and intellectual ideas, and today pedagogues are focused on the development
of interests, abilities and skills of primary school students.

Key words:

innovative achievements, theoretical knowledge, professional pedagogy,

professional skills, professional competence, professional competence.

РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПЕДАГОГИКИ В НАЧАЛЬНОМ

ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация.

Данная статья освещает профессиональную квалификацию начального

образования через новаторские и интеллектуальные идеи, и сегодня педагоги
ориентированы на развитие интересов, умений и навыков младших школьников.

Ключевые

слова:

инновационные

достижения,

теоретические

знания,

профессиональная

педагогика,

профессиональные

умения,

профессиональная

компетентность, профессиональная компетентность.


KIRISH

Oʻzbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans davrida boshlangʻich taʼlimni

rivojlantirish va u orqali 7-11 yoshli avlodni yuksak saviyali qilib voyaga yetkazish muhim vazifa
hisoblanadi. Boshlangʻich taʼlim pedagogikasida fanning oʻquv dasturlarini hozirgi kun talablari
asosida tashkil etish, boshlangʻich taʼlim jarayonini pedagogik ishlanmalar orqali yoritish va
oʻqitish asoslari yangilandi. Boshlangʻich taʼlimda kasbiy pedagogikani rivojlantirishdan asosiy
gʻoya taʼlim beruvchilarning ilmiy savodxonligi, bilim va koʻnikmasini shakllantirish, eng ilgʻor
oʻqitish metodlari, innovatsion gʻoyalar, kasbiy metodlar yordamida rivojlantirish koʻzda tutilgan.
Boshlangʻich taʼlim pedagoglarini tayyorlashdan koʻzda tutilgan asosiy maqsad kelajagimiz
ravnaqi uchun oʻz kasbini sevadigan yoshlarni erkin fikrlaydigan va ilmiy dunyoqarashi keng
doirada boʻlgan darajada tarbiyalashdir. Boshlangʻich taʼlim kasbiy pedagogikasi  har bir
shaxsning oʻz kasbiga oid bilim va koʻnikmalarini, shuningdek, ulardagi mavjud tushuncha va
gʻoyalarni boyitishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan soʻng ijtimoiy hayotning barcha sohalari singari

boshlang`ich talimda kasbiy pedagogikani rivojlantirishga ham alohida eʼtibor berib kelinmoqda.
Hozirgi paytda dunyo miqyosida ta‘lim bo‘yicha raqobat qay darajada tus olib borayotganiga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1078

barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Bu raqobatga munosib javob berish  yo'llari,  yuqori
texnologiyalar  va innovatsion yutuqlarni ommaga keng joriy etish, o‘z ustida ishlovchi mutaxassis
kadrlarni yanada ko'paytirish, zamonaviy ilm-fanni kuchli usulda rivojlantirishdan iboratdir.
 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020-yil 23-sentyabridagi "Ta‘lim  to‘g‘risida"gi
O‘RQ-637-son Qonunida berib o'tilgan 13-moddaga nazar qaratadigan bo'lsak, unda kadrlarni
qayta tayyorlanishi, tayanch mutaxassisliklar va  kasblarga  muvofiq bo'lgan yo'nalishlar bo‘yicha 
faoliyatni amalga oshirish uchun  qo'shimcha kasbiy  bilim, malaka va ko‘nikmalarni ta'minlanishi,
kadrlar malakasini oshirilishi, malaka va ko‘nikmalarni chuqurlashtirilishi hamda yangilanib
borishi ta‘minlanib, kadrlarning  toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishga xizmat qilishi,
undan tashqari, kadrlarni qayta tayyorlanilishi va ularning malakasini  oshirilishi shakllari va
muddatlari  tegishli davlat ta‘lim talablari bilan belgilanganligini ko'rishimiz mumkin.
Boshlangʻich ta'limda kasbiy pedagogikani rivojlantirish uchun, avvalo,  biz yosh kadrlarga katta
e'tibor berishimiz zarur, ya'ni ularni milliy tajriba va jahon andozalari talablariga mos ravishda
tayyorlashimiz hamda ularning qiyofasini (imidjini) shakllantirishimiz muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. Pedagog olimlarimizning yondashuviga ko'ra,  bo'lajak boshlang'ich sinf
o`qituvchilariga haqiqiy mutaxassis bo`lishi uchun quyidagi kasbiy xususiyatlar keraklidir:
1. Nazariy bilimdonlik

2. Kasbiy ko`nikmalilik
3. Kasbiy malakalilik
4. Kasbiy kompetentlik

Bu tushunchalarga tayangan holda oliy pedagogik taʼlim jarayonida boʻlajak boshlangʻich

sinf oʻqituvchilarining taʼlim qiyofasi orqali nazariy bilimlar shakllantirilib, kasbiy bilim va
koʻnikmalari rivojlantiriladi va amaliyotga targʻib etish qobiliyati oshirib boriladi. Boʻlajak
boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining kasbiy qiyofasida ijtimoiy faollik, axloqiy yetuklik, kasbiy
namunalilik asoslari muhim oʻrin tutadi va oliy pedagogik taʼlim jarayonida ana shu umumiy va
kasbiy talablarni oʻzlashtiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O‘zbekiston  hududida professional ta'limning tub asoslari uch ming yil avval   Avestoda

bayon etilgan. Faqatgina o'sha vaqtlarda  bizda bu boradagi tajribalar yetarli darajada
o'rganilmagan.  Hozirgi kunda asosiy e'tibor kasbiy  pedagogik ta‘lim berishga   qaratilmoqda,
ya`ni  kelajagimiz poydevori bo'lgan boshlang‘ich sinf o'qituvchilari zimmasiga malakaviy
talablar, zamonaviy yondashuvlar, innovatsion  g'oyalar asosiy vazifa sifatida yuklatilmoqda,
chunki yosh avlodni mustaqil fikrlaydigan, milliy qadriyatlarni  hurmat qiladigan , xalq va oila
manfaati yo`lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas`uliyatni 
o‘z zimmasiga olishga qodir, shijoatli o'quvchilarni yetishtirib chiqarish boshlang‘ich  sinf 
o'qituvchisining  pedagogik mahoratidan darak beradi, desak hech shubha qilmaymiz.  Negaki 7-
11 yoshli bolalar ongi juda ham yaxshi rivojlangan bo‘lib, bu yoshda ularga yuksak  ta‘lim-
tarbiya,  bilim berilsa, to'g'ri yo'l ko‘rsatilsa, ular shu tomonga  harakat qiladi. Aksincha,
boshlang‘ich sinf o'qituvchisi loqaydlik qilib, o'quvchilar bilan yaxshi ishlay olmasa , ularga  bilim
va ko‘nikmalarni yetarli darajada yetkazib bera olmasa, ular botqoqlik taraf sho'ng'ib ketadilar. Bu
narsaning oldini olish maqsadida boʻlajak boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarini yuqori malaka
talablari, umumpedagogik metodlar, innovatsion ishlanmalar, individual oʻqitish metodikasi bilan
qurollantirish kabilar  koʻzda tutilgan. Bu yondashuvimizga koʻra, taʼlim jarayonida oʻquvchilarda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1079

bilim olishga boʻlgan ishtiyoqni  ijtimoiylashtirish oʻquv fanlarining mavzulari va materiallari
qiziqarli, aniq va tushunarli boʻlish imkoniyatini beradi.

Hozirgi vaqtda  boshlangʻich  ta‘lim pedagogikasida quyidagicha muammolar mavjud:
-boshlang‘ich ta'limni rivojlantirishda axborot  kommunikatsion vositalardan  kam

foydalanish;

-har bir  yosh avlodning  qobiliyatini kutilgan darajada ochib berolmaslik;
-dars jarayonida qiziqarli metodlar hamda didaktik materiallardan foydalanmaslik.
Pedagogik olimlarning aytishlaricha, so‘nggi 20 yil ichida maktab yoshidagi bolalarning

aqliy rivojlanishi 5 foizga o'sgan, bu holat boshlang‘ich ta'lim  o'quv  dasturlari va darsliklarini 
tezkor ravishda yangilab borishni taqozo etadi. Mamlakatimizda bunday muammolarni 
yumshatish maqsadida  "Milliy  o‘quv dasturlari" ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, 
O'zbekistonga Finlandiya ta‘lim tizimini  olib kirish ko'zda tutilmoqda. Chunki   finlandiyadalik
maktab  o'quvchilari dunyodagi eng yuqori bilimlar darajasini namoyish etishmoqda. Ular,
shuningdek,  dunyodagi eng ko`p kitob o‘quvchi bolalar hamdir. Bundan tashqari, bu davlat ta‘lim
tizimida darslarning oshkoraligi, quvnoqligi va o‘quvchining erkin, mustaqil fikrlay olish 
qobiliyatining yuksakligi quvonarli holat desak yanglishmaymiz. Biz ham bu ta‘lim-tizimini asta
- sekin o‘zimizda mujassam etamiz.

XULOSA

Ushbu maqoladan kelib chiqadigan xulosa shuki, kasbiy pedagogikani rivojlantirishda

asosiy e'tiborning  boshlang‘ich ta'lim o'qituvchilariga  qaratilishi maqsadga muvofiq  bo‘ladi.
Chunki bolani jamoaviy va milliy  ruhda   tarbiyalaydigan, bolaga individual yondashadigan,
layoqatlarini shakllantiradigan, mustaqil fikrlash va faoliyatga o‘rgatadigan inson boshlang‘ich
sinf o'qituvchilaridir. Shu sababdan boshlang‘ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy mahoratini
yanada  yuksaltirish chora tadbirlari  amalga oshirilib kelinmoqda.

REFERENCES

1.

Erknazarova Gulnora Oblaqulovna ,Kadirova Xurshida Abdixalilovna “Kasbiy
pedagogika" o‘quv qo’llanma. 2021-y.

2.

Hudoyqulov X.J, Jumanova F.U "Kasbiy pedagogika “ o‘quv qo‘llanma. T.:”Ishonchli
hamkor",2021. 300b.

3.

N. Xo‘jayev va boshqalar . Pedagogika asoslari.-T.:Dizayn-Press.2011 y.

4.

O. M. Jabborova , Z. A. Umarova, L.M.Babaxodjayeva “Boshlangʻich ta‘lim
pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi" darslik. T-.:2021.

5.

Xudoyqulov X. J. Pedagogika, Psixologiya.-T.: Dizayn-Press.2011 y



References

Erknazarova Gulnora Oblaqulovna ,Kadirova Xurshida Abdixalilovna “Kasbiy pedagogika" o‘quv qo’llanma. 2021-y.

Hudoyqulov X.J, Jumanova F.U "Kasbiy pedagogika “ o‘quv qo‘llanma. T.:”Ishonchli hamkor",2021. 300b.

N. Xo‘jayev va boshqalar . Pedagogika asoslari.-T.:Dizayn-Press.2011 y.

O. M. Jabborova , Z. A. Umarova, L.M.Babaxodjayeva “Boshlangʻich ta‘lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi" darslik. T-.:2021.

Xudoyqulov X. J. Pedagogika, Psixologiya.-T.: Dizayn-Press.2011 y