SOME LINES ABOUT MUNAVVARQORI ABDURASHIDKHANOV'S ACTIVITIES

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ro‘zialiyeva, M., & Egamqulova, N. (2023). SOME LINES ABOUT MUNAVVARQORI ABDURASHIDKHANOV’S ACTIVITIES. Modern Science and Research, 2(5), 1189–1192. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20618
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article talks about some aspects of Munavvarqori Abdurashidkhanov's work.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1189

MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV FAOLIYATIGA DOIR AYRIM

CHIZGILAR

Muhayyo Ro‘zialiyeva

TerDU O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi

N.Egamqulova

Ilmiy rahbar: PhD, dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.7978032

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Munavvarqori Abdurashidxonov faoliyatiga doir ayrim

chizgilar haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

mustamlaka, jadidchilar, usuli jadid, Turkiston, maorif va madaniyat.

SOME LINES ABOUT MUNAVVARQORI ABDURASHIDKHANOV'S

ACTIVITIES

Abstract.

This article talks about some aspects of Munavvarqori Abdurashidkhanov's

work.

Key words:

colonialism, Jadidists, Usuli Jadid, Turkestan, education and culture.

НЕСКОЛЬКО СТРОК О ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МУНАВВАРКОРИ

АБДУРАШИДХАНОВА

Аннотация.

В данной статье рассказывается о некоторых аспектах творчества

Мунавваркори Абдурашидханова.

Ключевые слова:

колониализм, джадидисты, усули джадид, Туркестан,

образование и культура.


XIX asr oxiri XX asr boshlarida mustamlaka zulmi ostida qolgan Turkistonning

jarohatlariga malham izlagan ziyolilaridan biri, toshkentlik jadidlarning rahnamosi Munavvarqori
Abdurashidxonovdir. Millatpanoh o‘zining maqolalarida, shogirdlari, safdoshlari va butun
Turkiston xalqiga qarata aytgan nutqlarida xalqni, o‘sha davr tili bilan aytganda butun Turkistonni
basirat ko‘zini ochishda matbuotni buyuk omil deb bildi va uning vositasida millatni uyg‘otish,
xalqni jipslashtirishga, uning milliy e’tiqodini yuksaltirishga ham harakat qildi. Professor Begali
Qosimovning so‘zlariga ko‘ra, Munavvarqori nomi 30-yillarda Turkiyadagi Mustafo Rashid
Poshsho, Ozarbayjondagi Mirzo Fathali Oxundzoda, Qrimdagi Ismoilbek Gapirali qatorida
turgan[Qosimov: 234]. Uning Germaniyada tahsil olgan shogirdlaridan biri esa shunday yozadi:

Turkiston tarixining jadidchilar davri boshdan oxirigacha Munavvar Qorining tarjimayi holidan

iboratadir, desak yanglishmaymiz”[Qosimov, 234].

Laziz Azizzoda “Agar Munavvarqori vafot

etsa,uni butun Turkiston xalqi katta hurmat bilan so‘nggi manzilga kuzatishi kerak”, degan fikrni
bildirgan edi mahbuslik davrida. Uning obro‘si xalq orasida shu darajada zo‘r ediki, u 1921-yilda
qamalganda, Toshkent Eski shahar xalqi uning darhol ozod etilishini talab qilib chiqqan va
mitinglar o‘tkazgani tarixiy manbalardan ma’lum. U qatl etilgach, Italiyaning besh gazetasi ta’ziya
bosdi,1934-yilda Parijda Turkistonlik muhojir kurashchilar Mustafo Cho‘qay rahbarligida
Munavvar Qori Abdurashidxonovni eslash kechasini o‘tkazdilar [Munavvarqori: 4].
Munavvarqori Abdurashidxonov xalqimiz boshiga tushgan chorizm va bolshevizmning yirtqich
mustabidlik yillarida “Men-sendamen; sen-mendasen” hikmatiga muvofiq elimiz, millatimiz
qalbiga ma’rifat va ozodlik, erk va hurlik urug‘ini sochib, el vijdonini uyg‘otgan, vijdon erkinligini
taqdim etgan, millat g‘amini yegan millatpanoh, yurt hayotining sertashvish yo‘llarini munavvar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1190

qilgan yo‘lchi yulduz va shu yo‘lda shahid ketgan inson edi. Uning bu hayot yo‘li

“Ziyoli millat,

Vatan nima ekanini bilur va ziyoli millat uchun doimo harakat etar. Vaqti kelganda millat uchun
o‘zini halokat vartasiga tashlamoqqa muhayyo bo‘lur... Millat, Vatan, madaniyat, shunga
o‘xshash so‘zlarni bilmak bilan ziyoli bo‘lmaydur. ... bizning millatimizg‘a sado va so‘z birlan
ziyoli nomini olg‘on insonlar lozim emas. Balki xizmati, harakati, yordami va himmati birlan ziyoli
nomini olg‘on insonlar lozimdir”[Munavvarqori, 73]

so‘zining isboti, desak xato bo‘lmaydi.

Shu o‘rinda yana bir chizgiga nazar solib o‘tish lozim:

“Butun dunyodagi hurriyatchilar

orasida bir so‘z bor: Hurriyat berilmas, olinur. Hech narsa ila olub bo‘lmas, faqat qon va qurbon
ilagina olub bo‘lur”[Munavvarqori: 215]

. Ko‘rinib turibdiki, Munavvar Qori Abdurashidxonov

millat hayotini, kelajagini o‘ylagan va bu yo‘lda haqiqatni aytishdan qo‘rqmagan. Turkistonda
yangi xildagi maktablarning ochilib, xalqning ma’rifatdan bahramand bo‘lishi turkiylik shuurining
uyg‘onishi bilan bog‘liq masalalar o‘rganilayotgan vaqtda uzoqni ko‘ra olgan, ma’rifatparvar
Munavvar Qorining xalq uchun, millat uchun yonib-kuyib so‘zlagan nutqida ko‘ramiz:

“Ovrupo

xalqi maorif va madaniyat yo‘lida ishladi, bu holg‘a yetushdi, biz tushdik, uxladik, bu holg‘a
yetushdik. Bugungacha Ovrupo xalqi osmong‘a uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari,
ovrupolilar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun-qisqa kiyim janjallari, Ovrupo shaharlari butun
elektrik bilan isitilur va yoritilur ekan, bizda maktablarda jo‘g‘rofiya tabiyot o‘qitish, o‘qitmaslik
ixtiloflari davom etadi”

[Munavvarqori: 265]. Bu so‘zlardan shuni anglash mumkinki, Munavvar

Qorining yozganlarida davr muammolari, Turkiston o‘lka xalqlarining turmush tarzi,
dunyoqarashi o‘zining asl chizgilarini ko‘rsatgan.

Munavvarqori Abdurashidxonov maktab sohasida ko‘rsatgan xizmatlarini ham aytib o‘tish

bizning burchimizdir. 1901-yillarda Turkistonda usuli jadid maktablaridan hech bir xabar va asar
yo‘q edi. Ilk maktablar, eski maktablar, o‘rta va yuqori maktablari esa madrasalardir. Chet joylarga
borib o‘quvchilar uchun Buxoroyi sharifdan ko‘ra yaxshi joy yo‘q, arabcha bilan din darslaridan
boshqa dunyoda hech bir fan yo‘q, ruscha o‘qiganlar esa kofir hisoblanardi.

Faqat “Tarjumon” gazetasini o‘quvchilar, ichki Rossiya musulmonlari orasida usuli jadida

haqida biroz xabarlar o‘qisalar-da, bularning hisobi butun Turkistondan 5-6 kishidan oshmasdi.
Demak, bundan bilishimiz mumkinki, maktab maorif masalasi judayam og‘ir ahvolda bo‘lgan.
Munavvarqori esa maktab ishlarini tartibga solgan.

Munavvarqorining yangi usulda maktab ochishi.

Munavvarqori Abdurashidxonovning

asosiy qirralaridan birini tashkil etuvchi omil bu uning maktablaridir. Aynan Toshkentda yangi
usul maktablarining paydo bo‘lishi va rivoji yana Munavvarqori bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalishda
oxirgi 20 yil ichida juda ko‘p izlanishlar, maqolalar e’lon qilindi. Yana ularni takrorlashga hojat
yo‘q. Bir narsani aytish mumkinki, Munavvarqori aholini yangi usul maktablarining afzalliklarini
tanishtirish maqsadida Toshkentda ichki Rossiyada unumli qo‘llanilib kelinayotgan ochiq imtihon
tadbirini birinchilardan bo‘lib qo‘lladi. O‘z davrining jonli haykali deya ta’rif berilgan
Munavvarqori Abdurashidxonovning faoliyatini bevosita maktab, uning bu borada qilgan ishlari,
ya’ni usuli jadida maktablarining ochilishi, maktablarda jo‘g‘rofiya va tabiyot fanlarini o‘qitishda
ajdodimizning roli kattadir. Fikrimiz isbotini o‘sha davr manbalaridan yetarlicha topish mumkin.
Daliliy manbalarda yozilishicha, ilk bor usuli jadida maktabini 1901-yili Toshkentda
Munavvarqori qrimlik do‘sti rais Kushod yordami bilan o‘z hovlisida ochdi [Abdirashidov, 215].
Bu maktablar uchun u “Adibi avval”, “Adibi soniy”, “Havoyiji diniya”kabi alifbo va
xrestomatiyalar yaratdi. “Adibi soniy” ancha mukammal darslik sifatida bir necha yil davomida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1191

sho‘rolar maktabida ham qo‘llangan [Dolimov]. Munavvarqori maktabning o‘qish-yozishni qisqa
vaqtda o‘rgatishi, foydali bilimlar berishni ko‘rsatish uchun bitirish imtihonlarini talabalar
valiylari va bir qancha muxolif din odamlari huzurida o‘tkazdi. Uning maktabi, ayni zamonda
yangi ochiladigan boshqa maktablar uchun ta’lim usullari va tartibini amaliy jihatdan o‘rganadigan
joy vazifasini o‘tadi. Keyinchalik Farg‘onaning bir qator shaharlarida, Samarqand, Xo‘qand,
Chimkent yangi usulda maktab ochgan kishilar undan ta’lim tartibi yo‘llarini o‘zlashtirdilar.
Munavvarqori yetishtirgan yoshlardan qobiliyatli va muallimlikka havaslilarning bir qanchalari
uning yonida qoldilar, bilimlarini orttirdilar va muallim bo‘lib yetishdilar [Abdurashidxonov,
501].

Munavvarqori keyinroq to‘rt sinflik ibtidoiy maktabda qo‘shimcha sifatida ikki bosqichli

rushdiy(yuqori) sinfni ham ochishga muvaffaq bo‘ldi, bu-“Namuna” maktabi nomini oldi.
Munavvarqorining ushbu 4 yillik maktabining o‘quv dasturi yildan yilga takomillashib
borganligini davr ma’lumotlaridan bilish mumkin. Jumladan 1910-yili maktabda quyidagi
fanlardan saboq berilgan:

Birinchi yili o‘qish, yozish, dindan dastlabki saboqlar, namoz, arifmetika; ikkinchi yili

Qur’on, dindan dastlabki saboqlar, o‘qish, yozish, arifmetika, namoz; uchinchi yili Qur’on, tajvid,
she’riyat, o‘qish, yozish, diniy odatlar, geografiya, arifmetika, Payg‘ambarlar tarixi, bayon;
to‘rtinchi yili Qur’on, din saboqlari, tarix, fors tili, arab tili, geografiya, arifmetika, turkiy til
grammatikasi, savdo olib borish, aruz, o‘qish, husnixat, bayon. Munavvarqori bu maktablar uchun
“Adibi avval”, “Adibi soniy” kabi alifbo va xrestomatiyalar, “Tajvid al Qur’on”, “Yer yuzi”
singari qo‘llanmalar tuzib nashr etadi. “Adibi soniy” ancha mukammal darslik sifatida bir necha
yil sho‘rolar maktabida ham qo‘llangan.

Munavvarqori kim? U tarixchi, toshkentlik jadidlarning yetakchisi, butun jadid

maktablarining boshlig‘i, millat tarbiyachisi, mohir siyosatchi, ijodkor, musulmon matbuotining
ilk tashkilotchilaridan biridir. Millatpanohning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi
ishlari alohida tutadi. Uning aynan bu sohadagi ishlari alohida o‘rin tutadi. Uning aynan bu
sohadagi ishlari, yordami va ko‘magi ila Vatanimiz uchun qilgan xizmatlari taraqqiyotimiz uchun
qanot bo‘ldi. Uning faoliyati naqadar chuqur bo‘lsa,ushbu faoliyatning har bir qirrasi shu qadar
mukammal va chuqur tadqiq qilinishi lozimdir.

REFERENCES

1.

Qosimov, Begali. Milliy uyg‘onish: Jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – Toshkent Ma’naviyat,
2002.

2.

Munavvarqori Abdurashidxonov. Men sendamen (nashrga tayyorlovchi Sirojiddin
Ahmad). – Toshkent: Info Capital Group, 2019.

3.

O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida.
Toshkent, 2000.Q.: Abdirashidov Z. Ismail Gaspirinskiy i Turkestan v nachale XX veka:
svyazi-otnosheniya-vilyanie. Toshkent, 2011.

4.

Dolimov, Ulug‘bek. Turkistonda jadid maktablari. Toshkent, 2006.

5.

Abdirashidov, Zaynabidin. XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy va intellektual
jarayonlari. Ankara, 2019.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1192

6.

Egamkulova, Nodira. Problems of the Literary process at the beginning of the XX century
// ISJ Theoretical and applied sciences. – Philadelphia, USA, 2021.15.06.2021–№ 10 (78).
– P. 376-379. DOI: 10.15863/ТАС Impact Factor: 6.6

7.

Egamkulova, Nodira. Turkistonda milliy matbuot, adabiyot va adabiy til // O‘zbekiston: til
va madaniyat. 2022 №2. – B. 89-103

8.

Egamqulova, Nodira. “Oyina” – first uzbek national magazine// International Journal on
Integrated Education (IJIE). – Indonesia, 2019. Vol. 2, Issue – 5. –P. 91-93.Impact Factor:
7.2.

9.

Egamqulova, Nodira. Jadid press and theater // Jadid Press and Theater. International
Bulletin

of

Applied

Science

and

Technology,

3(5),

665–668.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7952194

10.

Raimova, Sayyora. Artistic interpretation of religious and educational issues of Uzbek
poetry in the period of independence.(As an example works of A.Aripov,A.Mahkam and
A.Uktam) //ISJ Theoretical and applied sciences. – Philadelphia, USA, 2019.–№ 11 (71).
– P. 42-44.

11.

Raimova, Sayyora.Artistic arts in the works of Asqar Mahkam //ISJ Theoretical and
applied sciences. – Philadelphia, USA, 2021.–№ 06. (98). – P. 347-349. Impact Factor:
6.6.

References

Qosimov, Begali. Milliy uyg‘onish: Jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – Toshkent Ma’naviyat, 2002.

Munavvarqori Abdurashidxonov. Men sendamen (nashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmad). – Toshkent: Info Capital Group, 2019.

O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. Toshkent, 2000.Q.: Abdirashidov Z. Ismail Gaspirinskiy i Turkestan v nachale XX veka: svyazi-otnosheniya-vilyanie. Toshkent, 2011.

Dolimov, Ulug‘bek. Turkistonda jadid maktablari. Toshkent, 2006.

Abdirashidov, Zaynabidin. XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy va intellektual jarayonlari. Ankara, 2019.

Egamkulova, Nodira. Problems of the Literary process at the beginning of the XX century // ISJ Theoretical and applied sciences. – Philadelphia, USA, 2021.15.06.2021–№ 10 (78). – P. 376-379. DOI: 10.15863/ТАС Impact Factor: 6.6

Egamkulova, Nodira. Turkistonda milliy matbuot, adabiyot va adabiy til // O‘zbekiston: til va madaniyat. 2022 №2. – B. 89-103

Egamqulova, Nodira. “Oyina” – first uzbek national magazine// International Journal on Integrated Education (IJIE). – Indonesia, 2019. Vol. 2, Issue – 5. –P. 91-93.Impact Factor: 7.2.

Egamqulova, Nodira. Jadid press and theater // Jadid Press and Theater. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(5), 665–668. https://doi.org/10.5281/zenodo.7952194

Raimova, Sayyora. Artistic interpretation of religious and educational issues of Uzbek poetry in the period of independence.(As an example works of A.Aripov,A.Mahkam and A.Uktam) //ISJ Theoretical and applied sciences. – Philadelphia, USA, 2019.–№ 11 (71). – P. 42-44.

Raimova, Sayyora.Artistic arts in the works of Asqar Mahkam //ISJ Theoretical and applied sciences. – Philadelphia, USA, 2021.–№ 06. (98). – P. 347-349. Impact Factor: 6.6.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов