SEMANTIC RELATIONS OF HEREDITARY PROCESS VERBS (BASED ON THE NOVELS OF ABDULLA QADIRI)

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xoliqova, M. (2023). SEMANTIC RELATIONS OF HEREDITARY PROCESS VERBS (BASED ON THE NOVELS OF ABDULLA QADIRI). Modern Science and Research, 2(5), 1247–1250. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20638
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

The article provides information about the verbs of the hereditary process and their semantics, meaning structure, and their use in Abdulla Qadiri's novels.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1247

IRSIY JARAYON FE’LLARINING SEMANTIK MUNOSABATLARI

(ABDULLA QODIRIY ROMANLARI ASOSIDA)

Xoliqova Munojot Jo‘rabekovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti

oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-kurs magistranti

R.Rasulov

Ilmiy rahbar: f.f.d. proff.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7980423

Annotatsiya.

Maqolada irsiy jarayon fe’llari va ularning semantikasi, ma’no tuzilishi

hamda Abdulla Qodiriy romanlarida ularning qo’llanilishi haqida ma’lumot beriladi.

Kalit so‘zlar

: semantika, irsiy jarayon fe’llari, semantikasi.

SEMANTIC RELATIONS OF HEREDITARY PROCESS VERBS

(BASED ON THE NOVELS OF ABDULLA QADIRI)

Abstract.

The article provides information about the verbs of the hereditary process and

their semantics, meaning structure, and their use in Abdulla Qadiri's novels.

Key words:

semantics, hereditary process verbs, semantics.

СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ ГЛАГОЛОВ НАСЛЕДСТВЕННОГО

ПРОЦЕССА

(НА МАТЕРИАЛЕ РОМАНОВ АБДУЛЛЫ КАДИРИ)

Аннотация.

В статье представлена информация о глаголах наследственного

процесса и их семантике, структуре значения, а также их употреблении в романах
Абдуллы Кадири.

Ключевые слова:

семантика, глаголы наследственного процесса, семантика.


KIRISH

Fe’llar qanday jarayonni ifodalashiga ko’ra quyidagi ma‘noviy guruhlarga bo’linadi:
a) nutqiy faoliyat fe’llari: gapirmoq, so‘zlamoq, aytmoq, demoq, bayon qilmoq,

ming‘irlamoq, do‘ng‘illamoq.

b) aqliy faoliyat fe’llari: o‘ylamoq, fikrlamoq, tafakkur qilmoq,xayol surmoq, tasavvur

qilmoq.

d) jismoniy faoliyat fe’llari: chizmoq, yozmoq, yemoq, artmoq, bino qilmoq, yugurmoq,

chopmoq, bormoq va hokazo.

d) holat fe’llari: titramoq, jovdiramoq, xursand bo‘lmoq, sevinmoq kabi ma’noviy

guruhlarga ajralgan.

1

Nutqiy faoliyat fe’llar nomidan kelib chiqib nutq jaryonini ifodalaydi. Bu turdagi fe’llarni

salbiy va ijobiy turlarga ham ajratish mumkin. Masalan: gapirmoq, so’zlamoq, aytmoq fe’llari
ijobiy ma’noda, ming’irladi, do’ng’illadi kabi fe’llar esa salbiy ma’nolarni ifodalaydi.

Aqliy faoliyat fe’llari esa inson tafakurri bilan bog’liq jarayonlarni ifodalaydi. Bularga

o’ylamoq, fikrlamoq, tasavvur qilmoq kabi fe’llarni misol qilib aytishimiz mumkin.

Fe’llarning qiyudagi ma’no guruhlarga ajratilganligini ko’rishimiz mumkin:

a)

yumush fe’llari: ishladi, mehnat qildi, ter to‘kdi,

1

N.Mahmudov va boshqalar; 6-sinf darsligi Toshkent-2017. 37-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1248

b)

tafakkur fe’llari: o‘yladi, kashf qildi, o‘qidi,

d)

sezgi fe’llari: sezdi, his qildi,

e)

ruhiy holat fe’llari: qayg‘urdi, iztirob chekdi, xursand bo‘ldi,

f)

tabiiy holat fe’llari: eridi, muzladi, yetdi,

g)

ishora fe’llari: imo qildi, labini burdi, ko‘zini qisdi,

h)

ko‘rish fe’llari: qaradi , ko‘rdi, boqdi , termuldi,

i)

nutq fe’llari: gapirdi, so‘zladi, bayon qildi,

j)

jismoniy holat fe’llari: og‘ridi, isitma qildi, xastalandi.

2

Yumush fe’llari - o’z nomidan anglashilib turganidek mehnat faoliyati, biror ish va yumush

bilan bog’liq bo’lgan fe’llar tushuniladi. Bu ish harakatining bajarilganlik yoki bajarilmaganligini
anglatadi. Bu turdagi fe’llar turli zamonda, barcha shaxs-sonda va nisbat shakllarida bo’lishi
mumkin. Masalan: ishladi, ishlayapti, ishlamoqchi.

Tafakkur fe’llari - insoniyatning o’y fikrlari, xayollari umuman ongda sodir bo’ladigan

jarayonlarni ifodalaydigan fe’llardir. Bu fe’llar soda, qo’shma, juft va takror shakllarda kelishi
mumkin, va fe’llar bajaradigan barcha gramatik vazifalarni ifodalab keladi. Masalan: fikrlamoq,
o’ylamoq, xayol qilmoq.

Sezgi fe’llari - sezish, dunyoni bilish, his qilish kabi jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan

fe’llardir. Bu nafaqat insoniyatga balki butun jonli va jonsiz narsalar, hayvonlarga xos bo’lgan
harakat va xususiyatlarni anglatadi. Sezgi fe’llari deganda ko’rish, eshitish, ushlab ko’rish, hid
bilish, ta’m bilish kabi his qilinuvchi va ularni ifodalovchi fe’llarga aytiladi. Masalan: his qilmoq,
ko’rmoq kabilar.

Ruhiy holat fe’llari - inson hayotiy faoliyati, uning fiziologiyasida, ruhiyatida sodir

bo’ladigan jarayonlarni ifodalaydigan fe’llarga aytiladi. Ruhiy holat fe’llari birinchi navbatda
ma’lumotni idrok etish, tushunish va talqin qilish jarayonlarini og’zaki ifodalaydigan fe’l turi
hisoblanadi. Masalan: quvondi, suyundi, qayg’urdi, xafa bo’ldi, iztirob chekdi. Ruhiy holat fe’llari
salbiy va ijobiy bo’yoqga ega. Masalan: suyundi, quvondi, xursand bo’ldi bu ijobiy, qayg’urdi,
xafa bo’ldi, iztorob chekdi kabi fe’llar salbiy bo’yoqdorligi bilan bir biridan farq qiladi.

Tabiiy holat fe’llari -tabiiy jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan va shu jarayonlarni

ifodalaydigan fe’llarga aytiladi. Bu fe’llar insoniyat, butun jonli mavjudot va tabiat bilan
bog’liqdir. Masalan: muzladi, yotdi, uxladi.

Ishora fe’llari – imo- ishora, hatti- harakatlarni ifodalaydigan fe’llardir. Bunda yuz qismi

va undagi boshqa tana a’zolarini harakatga keltirish orqali, qo’l harakatlari va boshqalar vositasida
fikrni ifodalash, tushuntirishdir. Masalan: labini burdi, imo qildi, ko’zini qisdi.

Ko’rish fe’llari- nomidan anglashilib turganidek, ko’z orqali hatti-harakatni ifodalash

tushuniladi. Masalan; ko’rdi, boqdi, qaradi, termuldi. Bunda fe’llar salbiy va ijobiy bo’yoqqa ega.
Masalan: qaradi, telmuldi kabilar ijobiy; o’qraydi, baqrayib qaradi kabilar salbiy bo’yoqqa ega
hisoblanadi.

Nutq fe’llari- og’zaki nutqni ifodalash uchun xizmat qiladigan so’zlar ya’ni fe’llar

tushuniladi. Masalan: so’zladi, dedi, aytdi, gapirdi

Jismoniy holat fe’llari- tana a’zolarining holatini ifodalovchi fe’llarga aytiladi. Masalan:

og’ridi, istmaladi, xastalandi.

2

A.Nurmonov, A.Sobirov va boshqalar; Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Akademik litsey. Toshkent- 2013. 346-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1249

Fe’lning ma’noviy guruhlari tarkibida yana irsiy jarayon fe’llari ham mavjud. Bunday

fe’llarni proff. R.R.Rasulov biologik holat fe’llari deb nomladi.

Bu turdagi fe’llarga quyidagilarni misol qilib olishimiz mumkin: keksaymoq, qarimoq,

o’lmoq, suvsamoq, chanqamoq , ochiqmoq, cho’llamoq, ulg’aymoq va hokazo.

3

O‘zbek tilida biologik holat feʼllari nisbatan ko‘p kuzatiladi. Ular keng maʼnodagi tirik

(jonli) mavjudotlarning hayoti, o‘sishi, rivojlanishi kabilar bilan bog‘lanib, ularda tabiiy, zaruriy
mavjud bo‘lgan irsiy jarayon-holatlarni ifoda etadi. Bunday holat feʼllariga xos muhim xususiyat
shundaki, ular mazmunida ifoda etiluvchi holat muayyan predmetning (mavjudotning) holat
belgisi bo‘ladi. Bu holat predmetning doimiy belgisi sifatida jismoniy, ruhiy jarayonlar bilan
bevosita bog‘lanib, dialektik munosabatda, o‘zaro taʼsirda kuzatiladi.

Biologik holat feʼllari nutq faoliyatida holat manbai (obʼekti)ga ko‘ra shaxs, hayvon va

o‘simliklar bilan bog‘lanadi. Ushbu feʼllar baʼzan vaqt, o‘rin, o‘xshatish kabi tarkibiy qismlarga
ham ega bo‘ladi. Biologik holat feʼllari tub va yasama feʼllardan tarkib topadi. O‘lmoq, chirimoq,
ochilmoq, yetilmoq, bo‘rtmoq, gullamoq, yosharmoq kabi holat feʼllari maʼnolarining farqlovchi
semalari quyidagicha:

O‘lmoq - yashash muddati, hayoti, umri tugagan holatda bo‘lmoq:Otam o‘ldi, qoldim

ko‘zimni yoshlab (Balogardon). Keyin qolgan bari o‘ldi (Alpomish). Qizning sevgilisi urushda
o‘libdi. (O‘. Hoshimov). Bu orada yana to‘rtta sigir o‘ldi (A. Kahhor).

Chirimoq – 1. Mo‘rt holatda bo‘lmoq: Uch-uch shoxlari esa uzun va nozik, ular qurigan,

chirigan (O. Muxtorov). 2.Aynigan, yeb bo‘lmas holatda bo‘lmoq: So‘yilgan qovun ichidan
chirigan ekan (Latifalar). Chirimoq og‘zaki va yozma nutqqa-umumnutqqa xos.

Ochilmoq - o‘sib, ko‘zga ko‘ringan holatda bo‘lmoq: Yonbag‘irlarda lolalar ochilgan (P.

Qodirov). oralaridagi lolaqizg‘aldoqlar qip- qizil bo‘lib ochilgan (M.Ismoiliy). Qizil, safsar, pushti
ochilibdi qashqargullar (M. Ismoiliy). Ochilmoq so‘zlashuv nutqida ko‘p qo‘llaniladi.

Yetilmoq - har tomonlama voyaga yetgan holatda bo‘lmoq: Yigit qirq yoshga kirganda

aqliy va jismoniy tomondan yetiladi (SH. Shomaqsudov, S. Dolimov). Qashqirlar yetilibdi, ovchi
kelib ... terisini shilib oladi (G‘. Jahongarov); Yetilmoq ko‘proq badiiy nutqqa xos.

Bo‘rtmoq - o‘sib chiqqan, bo‘rtish holatida bo‘lmoq: Daraxtlar yaltirab, bo‘rtdi har kurtak

(Zulfiya). Olcha novdalari munchoq-munchoq bo‘rtib ... (Mirmuhsin). Bo‘rtmoq, asosan, yozma
nutqqa xos.

Gul, yosh kabi ot, sifatlarga -la(sh), -ar yasovchilarining qo‘shilishidan yasalgan holat

feʼllarining farqlovchi semalari quyidagicha: Gullamoq - gul chiqargan, gulli holatda bo‘lmoq:
G‘o‘zalari o‘sib, gullab, ko‘saklar taqqan (H.Olimjon). Bog‘dagi meva daraxtlari gullagan,
havodan bol isi anqiydi (M. Osim). Mana cho‘lda ham olcha gulladi (O‘. Hoshimov).
Zinapoyaning yonginasida o‘rik gullagan edi (A. Muxtor). Gullamoq umumnutqqa xos bo‘lib,
ko‘p qo‘llaniladi.

Yosharmoq - yosh ko‘ringan holatda bo‘lmoq: Hamma yoshardi, faqat Mavlon qaridi (A.

Kahhor). U yosharib qayta kuch- quvvatga to‘lgandek (Almanax). Yosharmoq ko‘proq kitobiy,
adabiy uslubga oid.


3

R.Rasulov O’zbek tili nazariy grammatikasi muammolari. Toshkent-2022. 22-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1250

XULOSA

Irsiy jarayon fe’llari tirik organizmlarning, inson va hayvon organizmining o’sishi,

rivojlanishi bilan bog’liq jarayondir. Tirik organizmlarning o’ziga xos xususiyatlarini keying
avlodlariga qoldirishi irsiyat hisoblanadi, aynan shu jarayonlarni ifodalovchi fe’llarga irsiy jarayon
fe’llari deyiladi.

Abdulla Qodiriy romanlarida irsiy jarayon fe’llari keng qo’llanilgan bo’lib, har biri alohida

uslubiy bo’yoqqa ega. Ayrim fe’llar, badiiy uslubga ayrimlari esa, ilmiy va so’zlashuv uslubiga
xosligini aniqladik. Masalan, “keksaymoq”, “chanqamoq”, “sarg’aymoq” kabi fe’llar, asosan,
badiiy uslubda qo’llanilsa, “qarimoq “, “suvsamoq”, ”qurimoq”, fe’llari esa so’zlashuv uslubiga
xos hisoblanadi.

REFERENCES

1. O‘zbek tilining izohli lug’ati.5 jild.Toshkent 2006.
2.

R.Rasulov.O‘zbek tili fe’llarining ma’no tuzilishi.Toshkent.2008.

3. R.Rasulov O‘zbek tili nazariy grammatikasi muammolari.Toshkent.2022
4. Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar. Toshkent. 2016
5. Abdulla Qodiriy Mehrobdan chayon. Toshkent. 2019

References

O‘zbek tilining izohli lug’ati.5 jild.Toshkent 2006.

R.Rasulov.O‘zbek tili fe’llarining ma’no tuzilishi.Toshkent.2008.

R.Rasulov O‘zbek tili nazariy grammatikasi muammolari.Toshkent.2022

Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar. Toshkent. 2016

Abdulla Qodiriy Mehrobdan chayon. Toshkent. 2019

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов