FACTORS AFFECTING STORAGE OF ROOT VEGETABLES

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Cho‘liyev , M. (2023). FACTORS AFFECTING STORAGE OF ROOT VEGETABLES. Modern Science and Research, 2(6), 101–105. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20894
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Vegetables are an important food product and have very beneficial nutritional, dietary and medicinal properties. They contain carbohydrates, proteins, amino acids, vitamins, essential oils, organic acids, potassium, sodium, phosphorus, calcium, iron salts and other substances that help the digestion of food consumed by a person.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

101

УЎТ: 635.1+664.8.022.6+631.431

ILDIZMEVALI SABZAVOTLARNI SAQLANUVCHANLIGIGA TA’SIR ETUVCHI

OMILLAR

Cho‘liyev Mirjalol Bekmurod o‘g‘li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti magistranti

tel: +998908734548

https://doi.org/10.5281/zenodo.8002549

Аннотация.

Sabzavotlar muhim oziq-ovqat mahsuloti bo‘lib, juda foydali oziqlik,

parhezlik va shifobaxshlik xususiyatiga egadir. Ularning tarkibida uglevodlar, oqsillar,
aminokislotalar, vitaminlar, efir moylari, organik kislotalar, kaliy, natriy, fosfor, kaltsiy, temir
tuzlari va boshqa moddalar borki, inson tanovvul qilgan oziq-ovqatlarning xazm bo‘lishiga
yordam beradi.

Tayanch iboralar:

ildizmeva, sabzi, xo‘raki lavlagi, turp, sholg‘om, rediska, ildizmevali

va bargli pasternak, petrushka, selьderey, ildizmeva boshi, bo‘yni, va ildizi, O‘rta Osiyo va
Yevropa kenja turlari, urug‘lik ildizmevalarni yetishtirish.

ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ХРАНЕНИЕ КОРНЕВОДОВ

Аннотация.

Овощи являются важным продуктом питания и обладают очень

полезными питательными, диетическими и лечебными свойствами. Они содержат
углеводы, белки, аминокислоты, витамины, эфирные масла, органические кислоты, калий,
натрий, фосфор, кальций, соли железа и другие вещества, помогающие перевариванию
потребляемой человеком пищи.

Ключевые слова:

клубень, морковь, свекла, редька, репа, редька, корневой и

листовой пастернак, петрушка, сельдерей, клубневая головка, шейка и корень,
среднеазиатский и европейский подвиды, семенное хозяйство.

FACTORS AFFECTING STORAGE OF ROOT VEGETABLES

Abstract.

Vegetables are an important food product and have very beneficial nutritional,

dietary and medicinal properties. They contain carbohydrates, proteins, amino acids, vitamins,
essential oils, organic acids, potassium, sodium, phosphorus, calcium, iron salts and other
substances that help the digestion of food consumed by a person.

Key words:

tuber, carrot, beetroot, radish, turnip, radish, root and leaf parsnips, parsley,

celery, tuber head, neck and root, Central Asian and European subspecies, seed farming.

Ildizmevali sabzavotlarni uzoq saqlash ularning saqlanuvchanligi bilan aniqlanadi. Ko‘p

turadigan ildizmevali sabzavotlar uyumini uzoq muddat davomida ortiqcha isrofsiz, fiziologik
buzilishsiz, xaridorgir va isteg‘moldagi sifatlarini yomonlashmasligi yaxshi saqlanishi
hisoblanadi. Sabzavot ekin tur va navlari, ularning hosildorligi, noqulay ob-havo, kasallik,
zararkunanda va boshqa ko‘rsatgichlar asosiy xo‘jalik-biologik tarifiga kiradi. Miqdoriy
saqlanuvchanlik mahsulotni optimal sharoitda yetishtirish va saqlashni maksimal muddati bilan
ifodalanadi.

Ikki yillik sabzavot va boshqa o‘simliklarning jamg‘aradigan a’zolari (sabzi, qand va osh

lavlagi, turp, sholg‘om va boshqalar) hamda ulardagi o‘suv nuqtalari (kurtaklari) bilan saqlanadi.
Ikki yillik sabzavotlarni saqlashdan maqsad keyingi o‘sish mavsumida o‘suv nuqtalari reproduktiv
rivojlanishga tayyorlashdan iborat. Bu tayyorgarlik qat’iy qoidaga muvofiq dastlab o‘suv nuqtalari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

102

tartibli shakllanishi sekin kechadi, keyinroq esa tezlashadi. To‘xtovsiz differentsiyalanish
jarayonida o‘suv nuqtalarini reproduktiv rivojlanishi urug‘lik o‘simlik tashkil etgunga qadar
boradi.

Ayrim ildizmevalardan, jumladan, qand lavlagi ildizlarining to‘qimalaridan saxaroza,

asosan, diffuziya yo‘li bilan ajratib olinadi, shuning uchun qand lavlagi mevalari zich, turgorlik
holatini yo‘qotmagan bo‘lishi kerak. Turgorligini yo‘qotgan ildizmevalar maydalash paytida
bo‘tqasimon bo‘lib, diffuziya jarayonini qiyinlashtiradi. Shuning uchun qabul qilinayotganda
texnik talablarga binoan, egilgan, so‘ligan va burishgan ildizmevalar 5% dan oshmasligi kerak.
Bundan tashqari qand lavlagi ildizmevalarida quyidagi kamchiliklari bo‘lgan mevalarni saqlashga
qabul qilishga ruxsat etiladi. Ya'ni, qand lavlagining mexanik yo‘llar bilan shikastlanganlik
darajasi 12% dan, gullab turgan mevalarining miqdori 1% dan hamda uyumlarda yashil massa 3%
dan oshmasligi talab etiladi. Qurigan, turgorligi tiklanmaydigan, chirigan, qoraygan to‘qimali
ildizmevalar umuman qabul qilinmaydi. Qand lavlagining umumiy ifloslanganligi unda turli xil
aralashmalar mavjudligini aniqlashda zamonaviy asbob-uskunalardan, avtomatlashtirilgan
laboratoriyalarda uyumlardan namunalar olinib, davlat standartlari asosida sifat ko‘rsatkichlari
baholanadi. Korxonalarda bir soatning ichida 48 ta namunada qand lavlaginig qandlilik darajasini
aniqlovchi avtomatik tizimlar o‘rnatilgan.

Lavlagini uzoq saqlash uning saqlanuvchanligi bilan aniqlanadi. Ko‘p turadigan

ildizmevalar uyumini uzoq muddat davomida ortiqcha isrofsiz, fiziologik buzilishsiz sifatlarini
yomonlashmasligi yaxshi saqlanishi hisoblanadi. Ildizmevalarning saqlanuvchanligini nafaqat nav
tabiiy xususiyatlari, balki kuchli darajada saqlash sharoiti bilan belgilanadi. Shuning uchun
lavlagini saqlash sharoiti chegaralarini belgilashda quydagi talablarga amal qilish lozim:

1. Moddalar almashinishida biokimyoviy moddalar jadalligini minimal darajaga tushirish

kerakki, qachonki fiziologik buzilishga sabab bo‘lmasin;

2. Saqlash ob'ektlariga nam bug‘lanishini maksimal cheklash;
3. Fitopatogen mikroorganizmlar rivojlanishini yo‘qotish.
Qand lavlagini saqlashda asosiy tashqi sharoitlar harorat, namlik va gaz muhiti tarkibi

hisoblanadi. Undan tashqari, amalda saqlanayotgan ob’ektlarga ishlov berishda o‘sishni
boshqaruvchi fiziologik moddalar va har xil turdagi nurlanishlardan foydalaniladi.

Hаrоrаt.

Ildizmevali sabzavotlarni saqlashda haroratning pasayishi moddalar

almashinuvida biokimyoviy jarayonlar, shuningdek, fitopatogen mikroorganizmlar rivojlanishini
susayishi bilan bog‘lash mumkin. Shuning uchun qand lavlagini vaqtinchalik saqlash kagatlarida
sun’iy shamollatish tirqishlari bilan ta’minlash undagi isrofgarchiliklarni kamaytirishni hal
etishdagi asosiy omil hisoblanadi.

Saqlanadigan ildizmevalarga haroratning ta’siri Vant-Goff qoidasiga bo‘ysunadi. Bunda

harorat 10°C ga tushirilsa, kimyoviy reaksiyalar tezligi ikki marotaba sekinlashadi. Birinchidan,
mahsulotning muzlashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu holda to‘qimalar tuzilishi buziladi.
Hujayra shakli o‘zgaradi va hosil bo‘lgan muz bo‘laklari ta'sirida parchalanadi, ya'ni sun'iy
to‘qimalar ulanadi. Muzlagan sabzavotlar erigandan so‘ng, ulardan sharbat oqib, fitopotogen
mikroorganizmlar tomonidan yengil zararlanadi.

Ildizmevali sabzavotlarni saqlashda harorat tanlash, mahsulotning terim paytida fiziolоgik

yetilish darajasiga bog‘liq. Odatda sabzavot to‘liq fiziologik davrida yig‘ilgan bo‘lsa, saqlashda
harorat minimal darajada bo‘lishi mumkin. Ba'zi hollarda sabzavotlar yetilmasdan terilgan bo‘lsa,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

103

yuqori darajada harorat belgilanadi.

Gаz muhiti nаmligi.

Ushbu omil saqlanadigan ob'ektlarni nami bug‘lanishi va fitopatogen

mikroorganizmlar rivojlanishiga sabab bo‘ladigan namni suyuq tomchi holda (terlash) tushishiga
bog‘liq. Undan tashqari, gaz muhiti namligi moddalar almashinishidagi biokimyoviy jarayonlarga
ta'sir etadi. Saqlash texnologiyasida muhitning nisbiy namligi % (foizlar)da ifodalanadi.

Saqlanadigan ildizmevalarning namligi bug‘lanish hajmiga katta ta'sir etadi, chunki muhit

qanchalik quruq bo‘lsa, shunchalik nam ko‘p sarflanadi. Shuning uchun sabzavotlarni saqlashda
havoning yuqori nisbiy namligi yoki oz namligini ushlashga sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik
ildizmevalilar uchun 85-90% li havo nisbiy namligi maqbul keladi.

Gаz muhiti tаrkibi

.

U saqlanadigan ildizmevalardagi biokimyoviy jarayonlarni,

shuningdek, mahsulot sifati isrof miqdoriga ta’sir etadi. Gaz muhiti tarkibidagi oksidlanish
jarayonlari va ularning integral ko‘rsatkichi - nafas olish jadalligiga bog‘liq.

Shunday qilib, ildizmevalarni saqlashda nafaqat tashqi muhitga taalluqli omillar moddalar

almashinishidagi biokimyoviy jarayonlarni to‘xtatish bilan bog‘liq bo‘lmasdan, boshqa
omillarning ma'lum berilgan me'yori bo‘lgani va fiziologik buzilish ro‘y bermaydi.

Bоshqа оmillаr.

Ildizmevali sabzavotlarni saqlashga ta'sir etuvchi asosiy sharoitlardan

tashqari qo‘shimcha omillarni inobatga olish zarur. Bu saqlash ob’ektlariga ba’zi moddalarning
fiziologik ta’siri hamda qo‘llaniladigan boshqa turdagi ta’sir etuvchi (ekzotik omillar) kimyoviy
preparatlar kiradi.

Ko‘proq o‘rganilgan fiziologik ta’sir etuvchi modda etilen hisoblanadi. Bu gazni jadal

ajratish nafas olishning klimoterik ko‘tarilish paytida kuzatiladi. Ildizmevalarning
saqlanuvchanligini oshirish maqsadida ularga maxsus kimyoviy preparatlar bilan ishlov beriladi.

Ildizmevali sabzavotlarni saqlanuvchanligiga agrotexnik omillardan biri tuproq sharoiti

ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning

mexanik tarkibi

ildizmevali sabzavotlarning oziqlanishi,

shakllanishi, rivojlanishi uchun muhim omillardan biri hisoblanadi.

Tuproq yoki jinslardagi turli katta-kichiklikdagi mexanik elementlarning foizlarda

ifodalanadigan nisbiy miqdoriga

mexanik tarkibi

deyiladi. Turli mexanik elementlarning

miqdoriga ko'ra tuproq va jinslarning xossalari bir xil emas. Tuproq va jinslarning mexanik tarkibi
uning fizik, fizik-kimyoviy xossalariga qarab bir nechta gruppalarga ajratiladi.

Mexanik tarkibining klassifikasiyasida "fizik-qum" ua "fizik-loy" fraksiyalarining nisbati

asos qilib olingan. Dastlabki ana shunday klassifikasiyalardan birini N.M.Sibirsev tavsiya etgan.
Keyinchalik qator klassifikasiyalar A.N.Sabanin, V.R.Vilyamslar tomonidan ishlab chiqildi.
Hozirgi vaqtda N.A.Kachinskiyning ancha mukammallashtirilgan va foydalanish uchun qulay
klassifikasiyasi keng qo‘llanilmoqda.

Jadval

Mexanik
tarkibiga
ko‘ra

«Fizik loy»<0,01 mm), miqdori, %

«Fizik qum» (>0,01 mm), miqdori, %

Tuproqlar

Podzol
tipidagi

Dasht
tipidagi
hamda qizil
va

sariq

tuproqlar

Sho‘rtob va
kuchli
sho‘rtoblar

Podzol
tipidagi

Dasht
tipidagi
hamda qizil
va

sariq

tuproqlar

Sho‘rtob va
kuchli
sho‘rtoblar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

104

Qum
tuproq:

sochilma
qum

0-5

0-5

0-5

100-95

100-95

100-95

birikkan
qum

5-10

5-10

5-10

95-90

95-90

95-90

Qumloq
tupгoq

10-20

10-20

10-15

90-80

90-80

90-85

Qumoq
tuproq

yengil
qumoq

20-30

20-30

15-20

80-70

80-70

85-80

o‘rta
qumoq

30-40

30-45

20-30

70-60

70-55

80-70

og‘ir
qumoq

40-50

45-60

30-40

60-50

55-40

70-60

Soz tuproq

o‘rta soz

50-65

60-75

40-50

50-35

40-25

60-50

yengil soz

65-80

75-85

50-65

35-20

25-15

50-35

og‘ir soz

>80

>85

>65

<20

<15

<35


Bu klassifikasiyaga ko‘ra mexanik tarkibining asosiy nomi “fizik qum”ning “fizik loy”ga

bo‘lgan nisbatiga qarab beriladi уа qo‘shimcha nomlanayotganda esa, ko‘proq uchraydigan
fraksiyalar (shag'al 3-1 mm, qum 1-0,05 mm, yirik chang 0,05-0,01 mm, changsimon 0,01-0,001
mm vа loyqa <0,001 mm) miqdori e’tiborga olinadi.

Shuni e’tiborga olish lozimki, klassifikasiyada tuproqning genetik tabiati ulardagi lоу

fraksiyalarning struktura agregatlariga birlashuvi xossasi e’tiborga olingan bo‘lib, bunda gumus
miqdori, tarkibi vа almashinuvchi kationlar hamda mineralogik tarkibi muhim ahamiyatga ega. Bu
xususiyatlar qanchalik yaxshi ifodalangan bo‘lsa, fizik lоу miqdori bir xil bo‘lgan sharoitda ham
lоу zarrachalarining xossalari unda kuchliroq nаmоуоn bo‘ladi.

Shuning uchun ham doim dasht tuproqlari, qizil vа sariq tuproqlar podzol, sho‘rtob

tuproqlarga nisbatan strukturali bo‘lganidan, undagi fizik lоу miqdori bu tuproqlarda ancha
ko‘proq saqlangandagina og‘ir mexanik tarkibli kategoriyalarga kiritiladi.

Маsаlan N.A.Kachinskiy ma’lumotlariga ko‘rа dasht tuproqlari (qora tuproq kabi)ni soz

tuproqlar jumlasiga fizik lоу miqdori 60-75% bo‘lganda, podzol tuproqlarni 50-65%, sho‘rtoblarni
esa 40-50% bo‘lganda kiritiladi.

Demak, tuproqlar mexanik tarkibni aniqlayotganda ularning kelib chiqish genetik

xususiyatlariga yetarlicha e’tibor berish lozim. Shundagina ildizmevali sabzavotlardan yuqori va
sifatli hosil olish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

105

REFERENCES

1.

Oripov R.O., Xalilov N.X. O‘simlikshunoslik. Toshkent-2006 yil. B.301-371.

2.

Atabayeva X.N., Xudayqulov J.B. O‘simlikshunoslik. –T.: “Fan va
texnologiyalar”. 2018. –B.288-314.

3.

Zuyev V.I., Abdullayev A.G. “Sabzavot ekinlari biologiyasi va ularni yetishtirish
texnologiyasi”, T.:, “O‘zbekiston”, 1997.

References

Oripov R.O., Xalilov N.X. O‘simlikshunoslik. Toshkent-2006 yil. B.301-371.

Atabayeva X.N., Xudayqulov J.B. O‘simlikshunoslik. –T.: “Fan va texnologiyalar”. 2018. –B.288-314.

Zuyev V.I., Abdullayev A.G. “Sabzavot ekinlari biologiyasi va ularni yetishtirish texnologiyasi”, T.:, “O‘zbekiston”, 1997.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов