STUDYING THE DENSITY OF TRANSPORT VEHICLES ON THE STREETS OF KARSHI CITY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xushvaqtova, B., & Abduraxmonov, U. (2023). STUDYING THE DENSITY OF TRANSPORT VEHICLES ON THE STREETS OF KARSHI CITY. Modern Science and Research, 2(6), 199–203. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21006
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article presents the traffic density in the central streets of Karshi and its changes depending on traffic composition, speed and road conditions.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

199

QARSHI SHAHRI KO‘CHALARIDA TRANSPORT VOSITALARINING

ZICHLIGINI O‘RGANISH

Xushvaqtova Bibioysha Mamayusupovna

magistr

Abduraxmonov Urol Nurmatovich

dotsent (QarMII)

https://doi.org/10.5281/zenodo.8016029

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Qarshi shahrining markaziy ko‘chalarida transport

oqimining harakat zichligi va uning harakat tarkibiga, harakat tezligiga va yo‘l sharoitiga bog‘liq
ravishda o‘zgarishi keltirilgan.

Tayanch so‘zlar:

avtomobil, transport oqimi, yo‘l, yo‘l bulagi, harakat zichligi, harakat

miqdori, harakat tezligi, harakat notekisligi, xavfsiz harakat.

STUDYING THE DENSITY OF TRANSPORT VEHICLES ON THE STREETS

OF KARSHI CITY

Abstract.

This article presents the traffic density in the central streets of Karshi and its

changes depending on traffic composition, speed and road conditions.

Key words:

car, traffic flow, road, road source, traffic density, traffic volume, traffic speed,

traffic unevenness, safe traffic.

ИЗУЧЕНИЕ ПЛОТНОСТИ ТРАНСПОРТНЫХ СРЕДСТВ НА УЛИЦАХ

ГОРОДА КАРШИ

Аннотация.

В данной статье представлена плотность движения на центральных

улицах города Карши и ее изменения в зависимости от состава трафика, скорости
движения и дорожных условий.

Ключевые слова:

автомобиль, транспортный поток, дорога, дорожный источник,

плотность движения, интенсивность движения, скорость движения, неравномерность
движения, безопасное движение.

Kirish. Avtomobil yo‘llarida xavfsiz harakatni tashkil etish uchun transport vositalarini

yuqori samaradorlik bilan harakatlanishiga qaratilgan tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi. Unda
transport vositalari oqimi yo‘lning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, uning har xil bo‘laklarida
xavfsiz harakat rejimini va yuqori o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi lozim bo‘ladi. Transport
oqimining o‘zgarishiga yo‘l sharoitining holatiga bog‘liqligini ham hisobga olish kerak.

Avtomobil yo‘llarida transport oqimining harakat tizimini o‘rganishda eng ahamiyatli

xususiyatlardan biri bu - transport oqimining harakat zichligidir. Transport oqimining harakat
zichligi – transport vositalarining yo‘lning 1 km uzunlikdagi bitta harakat bulagiga joylashgan soni
bilan o‘lchanadi[1]. Bu ko‘rsatkich harakat tarkibiga, uning tezligiga va yo‘l sharoitiga nisbatan
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yengil avtomobillardan iborat maksimal transport oqimining zichligi
qmak=200 avt/km, bunda tezlik v=0 km/soatga, transport oqimining optimal zichligi Qopt= 15-25
avt/kmga ega bo‘ladi. Tranport oqimining zichligi oshib borgan sari transport vositalari oraliq
masofasi kamayishi, tezlikning kamayishi hamda haydovchilarning ruxiy ish rejimining
qiyinlashishi umumiy yo‘l harakatining noqulayligiga olib keladi. Eng katta transport oqimining
zichligi transport vositalarining to‘xtab qolish holatida kuzatiladi[2].


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

200

Transport vositalarining eng asosiy ko‘rsatkichlari bu: harakat miqdori(N), tezlik(V) va

tranport oqimining zichligidir(Q) [3,4]. Tranport oqimining zichligini quyidagi ifoda orqali
aniqlandi.

Q = N / V (1)
Bu yerda:

N- yo‘lning bitta bo‘lagidagi harakat miqdori, avt/km

V-transport oqimining tezligi, km/soat

Transport oqimining harakat zichligi harakat miqdori “N” va yo‘l sharoiti o‘zgarishiga

bog‘liq ravishda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Tranport oqimining zichligi aerofotosyemka yoki yo‘lning
yon tarafidan baland joydan tasvirga olish orqali aniqlanadi.

Tranport oqimining zichligi yuqori bo‘lgan paytlarda yo‘lning yuklanganlik darajasi ortadi

va transport oqimining tezligini kamayadi. Bu xollarda tabiiy ravishda transport vositalaridan
atrof-muhitga chiqayotgan ortiqcha zaharli gazlar miqdori ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Transport
vositalaridan chiqayotgan chiqindi gazlarning kamaytirishda transport oqimining zichligini kichik
ko‘rsatkichga keltirish, buning uchun oraliq masofani saqlagan holda 40 dan 60 km/soatgacha
tezlik bilan harakatlanishini ta’minlash lozim bo‘ladi. Xarkov milliy avtomobil-yo‘llar universiteti
olimlari L.A.Kovalenko, S.N.Urdziklar transport oqimining harakat zichligi, harakat miqdori va
harakat tezligini bog‘lovchi qonuniyatni ishlab chiqishdi:

Nmax=Qmax * V, (2)
Bu yerda Q=Qmax meyoriy harakat miqdori, shahar ko‘chalarida o‘tkazuvchanlik

qobiliyatining miqdorini belgilab beradi.

Yilning har xil vaqtlarida olib borgan eksperimental tadqiq ishlariga asosan, harakat

zichligi va harakat tezligi orasidagi bog‘liqlik:

quruq ob-havo sharoiti uchun
Qmax= 125-0.88V, (3)
yog‘ingarchilik sharoiti uchun
Qmax= 125-1.10 V, (4)

Ifodalardan ko‘rinadiki, yog‘ingarchilik sharoiti quruq havo sharoitiga nisbatan

harakat zichligining o‘tkazish qobiliyati va transport oqimining tezligiga ko‘proq ta’sir
ko‘rsatadi[5]. Shuning uchun transport oqimining harakatlanish xavfsizligi va uning holatini
baholashda harakat zichligini va harakat tezligini aniqlash talab etiladi.

Shahar ko‘chalarida eksperimental kuzatishlar olib borishdan maqsad harakat tezligini

o‘zgarish qonuniyatini o‘rganish, har xil sharoitlarda transport oqimining harakat zichligining
o‘zgarishini o‘rganish hamda transport oqimining asosiy xususiyatlari orasidagi qonuniyatlarni
o‘rganishdir.

Transport oqimining zichligi harakat tezligining pastligi va harakat notekisligi orqali ham

xarakterlanadi. Transport oqimining harakat zichligini o‘rganish uchun harakat zichligiga yo‘l
sharoitining ta’sirini va “tezlik-zichlik ” bog‘liqligini tadqiq qilinadi.

Harakat zichligi vaqt davomida yo‘lning ahamiyatiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi.

Harakat zichligining yuqori qiymatini ko‘proq qiyaliklarga ko‘tarilishlarda, temir yo‘l
kesishmalari atrofida, aholi yashash joylarining qatnov qismi tor bo‘lgan ko‘chalarida kuzatiladi.
Balandliklarga ko‘tarilishlarda harakat jadalligi ortishi bilan transport oqimining zichligi ortib
boradi. Kesishmalar oldida harakat zichligi ortib boradi va yuqori darajaga yetadi hamda
kesishmalardan so‘ng to‘g‘ri yo‘l bo‘laklari boshlanishi bilan kamayib boradi. Aholi yashash


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

201

joylariga kirishdan 150-200 metrdan so‘ng harakat zichligi yuqori ekanligini kuzatish mumkin.
Harakat zichligi ortib borishi bilan xavfsizlik koeffitsiyenti kamayib boradi[6].

1-rasm. Harakat zichligining xavfsizlik koeffitsiyentiga bog‘liqligi
Transport oqimining zichligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan V.M.Trubunskiy [7]

“tezlik - zichlik” bog‘likligiga aniqlik kiritdi. “Tezlik-zichlik” bog‘liqligi va avtomobillar
oqimining asosiy xususiyatlari bilan bog‘liklik darajasini quyidagi formula ko‘rinishiga keltirdi:

N= VQ (5)
V=Vcb – βq + αp (6)
bu yerda: N-harakat miqdori, avt/ soat; Q- harakat zichligi, avt/km;
V- ko‘rib chiqilayotgan jadallikdagi harakat tezligi, km/soat; Vcb–erkin sharoitdagi
harakat tezligi, km/soat; α - harakat tarkibiga ta’sirini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
p-harakat tarkibidagi yengil avtombillar soni,%
Yo‘l sharoiti har xil bo‘lganda darajalanish koeffitsiyentini aniqlash:

to‘g‘ri yo‘l bo‘lagida
N= 81v – 1.5 v2 + 0.125 pv; (7)
radiusi 35 m bo‘lgan rejadagi egrilikda
N= 96v – 3.76 v2 + 0.422 pv; (8)
50 gradius burchak ostida balandliklarga ko‘tarilishlarda
N= 75v – 1.73 v2 + 0.175 pv; (9)
Bundan V.M.Trubunskiy yo‘l sharoitining yuqori darajadagi harakat zichligiga

bog‘likligini quyidagicha izohladi: radiusi 35 m bo‘lgan rejadagi egriliklarda 96 avt/km, 50
gradius burchak ostida balandliklarga ko‘tarilishlarda 75 avt/km, to‘g‘ri yo‘l bo‘laklarida 81
avt/km ni tashkil etadi.

Demak, transport oqimining zichligiga to‘g‘ri yo‘l bo‘laklariga qaraganda balandliklarga

ko‘tarilishlarda ko‘proq ta’siri hamda asosan kichik radiusli egriliklarda ta’sir etishi aniqlandi. 2-
rasmda olib borgan tadqiqot ishida asosan Qarshi shahrining Islom Karimov ko‘chasida harakat
zichligining har xil vaqtlarda o‘zgarish diagrammasi keltirilgan.

0

0,2

0,4

0,6

0,8

1

10

20

30

40

50

60

70

80

zichlik, аvt/км


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

202

2-rasm. Islom Karimov ko‘chasida harakat zichligining o‘zgarishi.
Ushbu grafikdan tahlil qilib ko‘rsak, harakat zichligi harakat miqdori ortgan sari ko‘payib

bormoqda. Ushbu ko‘chada harakat miqdori eng kam bo‘lganda, ya’ni 2725 avt/soat ni tashkil
etganda, harakat zichligi o‘rtacha 30 avt/kmni tashkil qildi.

Xuddi shunday yo‘l sharoitlarida kunning boshqa vaqtlarida harakat miqdori 2930, 4300

va 4600 avt/soatni tashkil etgan vaqtlarda harakat zichligi o‘rtacha 38, 40 va 43 avt/km atrofida
bo‘lishi aniqlandi.

Harakat miqdori ancha jadallashgan vaqtlarda ya’ni 5200 avt/soat atrofida bo‘lganda

harakat zichligining eng yuqori qiymati 48 avt/km atrofida aniqlandi.

Jayxun ko‘chasida harakat zichligi Islom Karimov ko‘chasiga nisbatan kam ekanligini

aytish mumkin. Ushbu ko‘chada harakat miqdori 1546 avt/soat atrofida bo‘lganda harakat zichligi
24 avt/kmni tashkil etishi aniqlandi. Harakat miqdori ortib borgan sari, ya’ni 2540, 2900 avt/soat
bo‘lgan holatlarda harakat zichligi 27, 30 avt/kmni tashkil etgan bo‘lsa, harakat miqdori
jadallashgan paytlarda, ya’ni, 3800 avt/soatda harakat zichligining yuqori qiymati 36 avt/km
atrofida bo‘lishi kuzatildi.

Nasaf ko‘chasida harakat miqdori eng kam bo‘lganda, ya’ni 1546 avt/soat ni tashkil

etganda, harakat zichligi o‘rtacha 22 avt/kmni tashkil qildi. Xuddi shunday yo‘l sharoitlarida
kunning boshqa vaqtlarida harakat miqdori 2540, 2900, 3200 va 3800 avt/soatni tashkil etgan
vaqtlarda harakat zichligi o‘rtacha 30, 30, 34 va 36 avt/km atrofida bo‘lishi aniqlandi.

Xuddi shunday yo‘l sharoitlarida kunning boshqa vaqtlarida harakat miqdori 2540, 2900,

3200 va 3800 avt/soatni tashkil etgan vaqtlarda harakat zichligi o‘rtacha 25, 25, 34 va 37 avt/km
atrofida bo‘lishi aniqlandi.

A.Navoiy ko‘chasida harakat miqdori eng kam bo‘lganda, ya’ni 1546 avt/soat ni tashkil

etganda, harakat zichligi o‘rtacha 24 avt/km ni tashkil qildi.

Xulosa: Harakat zichligi harakat miqdori bilan uzviy bog‘liqligi aniqlandi,ya’ni harakat

miqdori o‘zgarib borihsi bilan harakat zichligi ham o‘zgarib borishi kuzatildi. Shuningdek harakat
zichligi yo‘l sharoitiga ham bog‘liq ekanligi, ya’ni yo‘llarda xavfsiz harakatni ta’minlashda va yo‘l
harakatini tashkil etishda transport oqimi xususiyatlarini o‘rganish lozimligi aniqlandi.



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

203

REFERENCES

1.

Azizov Q.X. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. T., Fan va texnologiya,
2009,-244 b.

2.

Muxitdinov N.F., Tadjixanov B.U., Dimetov R.N., Nazarov A. Yo‘l patrul xizmati
xodimiga qo‘llanma. Toshkent: 2003.-182b.

3.

Сильянов В.В. Транспортно-эксплуатационные качества автомобильных
дорог и городских улиц: учебник для студ.высш.учеб. заведений. Сильянов
В.В., Домке Э.Р. –М.: Академия, 2007. - 352 с.

4.

Иносэ Х., Хамада Т. Управление дорожным движением// Блинкина М.Я.:
Пер.с англ. М.: Транспорт, 1983.- 243 с.

5.

Красников

А.Н.

Закономерности

движения

на

многополосных

автомобильных дорогах. М.: Транспорт, 1988. -311 с.

6.

Мухитдинов Н.Ф. Закономерности распределения интервалов между
автомобилями

на

городских

улицах

с

трамвайными

путями;

ТАДИ.Ташкент,1989 г., 10 с. Деп. В УзНИИНТИ 06.05.89.,№998

7.

В.М. Трибунский. Режимы движения потоков автомобилей и пропускная
способность дорог. «труды МАДИ», 1972, вып.37.

8.

Xidirov, M. Q. Avtotransport tizimida chiqindi gazlar tarkibidagi zararli
moddalarning atrof-muhitga ta’siri. Educational Research in Universal Sciences,
2023. 2(3), p. 543– 548.

9.

Shodmonov G‘.D., Xidirov M.Q. Avtotransport chiqindi gazlari zararliligini
kamaytirishning zamonaviy usullari // International conference on innovative
development of education” 2022/18. p. 140-147.

References

Azizov Q.X. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. T., Fan va texnologiya, 2009,-244 b.

Muxitdinov N.F., Tadjixanov B.U., Dimetov R.N., Nazarov A. Yo‘l patrul xizmati xodimiga qo‘llanma. Toshkent: 2003.-182b.

Сильянов В.В. Транспортно-эксплуатационные качества автомобильных дорог и городских улиц: учебник для студ.высш.учеб. заведений. Сильянов В.В., Домке Э.Р. –М.: Академия, 2007. - 352 с.

Иносэ Х., Хамада Т. Управление дорожным движением// Блинкина М.Я.: Пер.с англ. М.: Транспорт, 1983.- 243 с.

Красников А.Н. Закономерности движения на многополосных автомобильных дорогах. М.: Транспорт, 1988. -311 с.

Мухитдинов Н.Ф. Закономерности распределения интервалов между автомобилями на городских улицах с трамвайными путями; ТАДИ.Ташкент,1989 г., 10 с. Деп. В УзНИИНТИ 06.05.89.,№998

В.М. Трибунский. Режимы движения потоков автомобилей и пропускная способность дорог. «труды МАДИ», 1972, вып.37.

Xidirov, M. Q. Avtotransport tizimida chiqindi gazlar tarkibidagi zararli moddalarning atrof-muhitga ta’siri. Educational Research in Universal Sciences, 2023. 2(3), p. 543– 548.

Shodmonov G‘.D., Xidirov M.Q. Avtotransport chiqindi gazlari zararliligini kamaytirishning zamonaviy usullari // International conference on innovative development of education” 2022/18. p. 140-147.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов