THE ACTIONS OF MUNAVVAR QORI ABDURASHIDKHANOV ON THE PATH OF SCIENCE AND ENLIGHTENMENT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Usta-Alimova, I. (2023). THE ACTIONS OF MUNAVVAR QORI ABDURASHIDKHANOV ON THE PATH OF SCIENCE AND ENLIGHTENMENT. Modern Science and Research, 2(6), 333–335. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21086
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article summarizes the efforts of Munavvar qori Abdurashidkhanov on the path to science and enlightenment and describes the importance of youth education and the places that are important to apply today.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

333

MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOVNING ILM FAN VA MA’RIFAT

YO’LIDA OLIB BORGAN HARAKATLARI

I.S.Usta-Alimova

Jo’ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus

islom ta’lim muassasasi Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’lim boshlig’i

Osiyo Xalqaro Universtiteti 1-kurs magistiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.8026114

Annotatsiya.

Ushbu

maqolada Munavvar qori Abdurashidxonovning jadidchilik

harakatlari ilm fan va ma’rifat yo’lida olib borgan harakatlari haqida qisqacha ma’lumot berilib,
yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati va bugungi kunimizda tatbiq etilishi muhim bo’lgan o’rinlar
bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

Jadidchilik, xalq maorif, musulmon xalq dorilfununi, dorilmuallimin.

THE ACTIONS OF MUNAVVAR QORI ABDURASHIDKHANOV ON THE

PATH OF SCIENCE AND ENLIGHTENMENT

Abstract.

This article summarizes the efforts of Munavvar qori Abdurashidkhanov on the

path to science and enlightenment and describes the importance of youth education and the places
that are important to apply today.

Key words:

Jadidism, people maorif, Muslim people dorilfununi, dorilmuallimin.

ДЕЙСТВИЯ МУНАВВАРА КАРИ АБДУРАШИДХАНОВА НА ПУТИ К

НАУКЕ И

ПРОСВЕЩЕНИЮ

Аннотация.

В этой статье дается краткий обзор джадидистских движений

мунаввара Кари абдурашидханова на пути к науке и просвещению и излагается их значение
в воспитании молодежи и роль, которую они играют сегодня.

Ключевые слова:

джадидизм, народное образование, мусульманский народ

дорилфуну, дорилмуаллимин.

Barkamol yosh avlodni tarbiyalash, uning ongi tafakkurini jahon andozalari darajasiga

ko‘tarishda xalqimizning asrlar davomida yaratgan boy ma’naviy merosi umrboqiy qadriyatlari,
e’tiqodiy ta’limoti hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. Bular hozirgi kunda bizni ikki jihati bilan
o‘ziga jalb qiladi.

Birinchidan, ular bir vaqtlar jahon sivilizatsiyasi fanining rivojlanishiga turtki va poydevor

bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi mustaqillik sharoitiga yosh avlodni milliy g‘urur va ruhiy jihatdan
tarbiyalashda muhim ma’naviy omil hisoblanadi.

Ikkinchidan biz XIX-XX asrning kommunistik tuzum sharoitida o‘zligimizni unutib butun

bir avlod tarbiyasida milliy qiyofa, o‘ziga xos axloq odobimizni anchayin unutib yuborganimizni
ham bugungi kunda ularni e’zozlab o‘rganishimizni taqozo qiladi. Istiqlol yo‘lidan shahdam
odimlar bilan ilgarilab borayotgan Respublikamizda ma’naviy-axloqiy, ilmiy-irfoniy merosga
sidqu-sadoqat bilan e’tibor berayotganiga butun jahon jamoatchiligi tan bermoqda. Millatimizning
fidoyi ma’naviy otasi, buyuk Milliy Uyg‘onish - Renessans davriga asos solgan milliy jadidchilik
harakatining bosh yetakchilaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonov mustabid kommunistik
mustamlakatning aksilinsoniy siyosagi asosida bundan 87 yil muqaddam “xalq dushmani”degan
nohaq uydirma bilan qatag‘onlik qurboni bo‘ldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

334

Buyuk va muqaddas mustaqillik ila uning ham nomi qayta tiklandi. Munavvar qori

Abdurashidxonov Toshkenti azimning engnufuzli, el-yurtga taniqli ziyoli oilalaridan birida 1878
yilda dunyoga kelda. Unga padari buzrukvori - madrasa mudarrisi Abdurashidxon va volidayu
mehriboni otinoyi Xosiyatxon yaxshi niyatlar bilan Munavvar-“nurga to‘lgan”, “nur bilan
yoritilgan”, “nurli” degan ma’noni anglatuvchi ism qo‘ydilar. Munavvar yoshligidan o‘z ismi
sharifiga monand diniy-dunyoviy ilm-fanlarning inson qalbini yorituvchi nurlaridan to‘la
bahramand bo‘ldi. Avval onasidan, so‘ng Toshkentdagi Yunusxon va Buxorodagi madrasalardan
birida ta’lim-tahsil olib qorilik martabasiga erishdi.

Munavvarqori Abdurashidxonov bu yangi diniy-dunyoviylikka asoslangan harakatning

mazmun mohiyati va maqsad-vazifalarini juda erta anglab, 1901 yili 23 yoshida o‘z xovlisida
Toshkentda birinchi bo‘lib, “savtiya”-ohang ya’ni kur’oniy usulga asoslangan, an’anaviy eski
maktablarga mutloq raqobatda bo‘lgan, yangi to‘rt yillik (sinflik), pullik jadid maktabini ochdi.
Shu o‘rinda jadidchilik hozirgi tushunchadagi islohotchilik, ishbilarmonlik va yangilanish hamda
tadbirkorlikdan boshlandi desak, mubolag’a bo‘lmas. Munavvarqorining maktabida diniy va
dunyoviy ilmlar o‘zaro uyg‘unlikda, yonma-yon o‘qitildi. O'quvchilar olti oyda savod chiqarib,
ravon o‘qish va yozish qobiliyatiga ega bo‘ldilar. Buning uchun mutaassiblashgan an’anaviy eski
maktablarda besh yil vaqt kerak bo‘lgan edi. Munavvarqori maktabidan andoza olgan jadid
maktablari nafaqat Toshkent balki, butun Turkiston hatto, undan tashkarida ham birin-ketin
ochilib, tez ko‘paya boshladi.Munavvarqori birgina maktab bilan cheklanmay yana bir-ikki joyda
maktab ochdi. U yanada oldinga qadam tashlab, birinchi bo‘lib,pullik ikki yillik “Rushtiya” jadid
maktabini ochib, hozirgi milliy dunyoviy o‘rta maxsus ta’limiga asos soldi. Bu maktab ham juda
keng miqyosda boshqa joylarda tez rivojlanib, hatto sovet davrida ham asqotdi.

Jadidlarning asosiy maqsadlaridan biri mutaassiblashgan eski oliy musulmon madrasa

ta’limi tizimini isloh qilib, xalqaro tajribaga asoslangan yangi dunyoviy oliy ta’lim tizimini
yaratish bo‘lgan edi. Buning uchun ular avvalo, iqtidorli yoshlarni xorijga tashkiliy asosda
o‘qishga yuborish bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Munavvarqorining tashabbusi va yetakchiligida 1909
yilda Toshkentda birinchi bor jadidlarining yirik namoyondalari “Ko‘mak” nomli xayriya
jamiyatini rasman tashkil etdi.Uning “Nizomi”da yoshlarni chet mamlakatlarga o‘qishga yuborish
va ularni stipendiyalar bilan ta’minlash juda aniq ko‘rsatildi.

Munavvar qori Abdurashidxonov millat taraqqiyoti yo‘lida noshir va maorifchi, serqirra

olim, adabiyotshunos shoir, uzoqni ko‘ra olgan siyosatchi, millatparvar siymo sifatida o‘z millati
uchun ko‘plab ishlarni amalga oshirdi. U aslida millatchi ham, islomparast ham, turkparast ham
emasdi. O‘z xalqining ozod millat sifatida shakllanishini, ijtimoiy-siyosiy jihatdan barkamol
bo‘lishi istagida harakat qildi. Shuning uchun ham xayrli amallari bilan zamondoshlari e’tiborini
qozona oldi. Jadidlarning g‘oyalari o‘lmas g‘oyalar bo‘lgani uchun ham mustaqillik bilan birga
hayotimizga qayta kirib keldi.

Ilm egalarining foydasi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Ular elda aziz bo‘lib, hurmatga

sazovor bo‘ladilar. Shu tufayli ota-bobolarimiz doimo ilimga intilib yashaganlar. Ular ma’rifat
chiroyaqlarini mash’al singari yoqqanlar. Yuksak ma’naviyat va ilm-ma’rifat tufayli Turonzamin
yer yuzida shuhrat qozongan.



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

335

REFERENCES

1.

Munavvar

qori

Abdurashidxonov.Tanlanganasarlar

(Tahrir

hay’ati:

O.

Sharafiddinov, N.Aminov, N. Karimov vaboshq.: Mas’ul muharrir:N. Karimov,—
T.: «Ma’naviyat», 2003.—304 b,—(«Istiqlol qahramonlari» turkumi).Shayx
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. Toshkent. Hilol,
2019. - B 4.

2.

Munavvar qori Abdurashidxonov Tanlangan asarlar Toshkent Manaviyat» 2003
Muharrir U. Qo’chqorov



References

Munavvar qori Abdurashidxonov.Tanlanganasarlar (Tahrir hay’ati: O. Sharafiddinov, N.Aminov, N. Karimov vaboshq.: Mas’ul muharrir:N. Karimov,—T.: «Ma’naviyat», 2003.—304 b,—(«Istiqlol qahramonlari» turkumi).Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. Toshkent. Hilol, 2019. - B 4.

Munavvar qori Abdurashidxonov Tanlangan asarlar Toshkent Manaviyat» 2003 Muharrir U. Qo’chqorov

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов