Authors

  • Nuriddin Abdualiyev
  • Muhriddin Toyirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.22269

Keywords:

garlic, variety, agriculture

Abstract

The article presents information about the agrotechnology of garlic cultivation and its significance today. In addition, it was noted that the relevance of the process of planting garlic cloves is an important issue.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

487

UDK 631.315.4

SARIMSOQPIYOZ EKISH TEXNOLOGIK ISH JARAYONINI

MEXANIZATSIYALASHTIRISH

Abdualiyev Nuriddin Habibovich

“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti - t.f.f.d., v.b. dotsent.

Email:

n.abdualiyev.91@mail.ru

Toyirov Muhriddin Zoir o’g’li

“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti talabasi

Email:

toirovmuhriddin82@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8203347

Annotatsiya.

Maqolada sarimsoqpiyozni yetishtirish agrotexnologiyasi va uning bugungi

kundagi ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, sarimsoqpiyoz ekish
jarayonini mexanizatsiyalashning dolzarbligi muhim masala ekanligi ta’kidlangan va unda
innovatsion sarimsoqpiyoz ekish qurilmasi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

Tayanch so’zlar:

sarimsoqpiyoz, ekish chuqurligi, qishloq xo’jaligi, nav, ekish sxemasi,

lentasimon, qo’sh qator, texnologik jarayon.

MECHANIZATION OF THE PROCESS OF TECHNOLOGICAL WORK OF

PLANTING GARLIC

Abstract.

The article presents information about the agrotechnology of garlic cultivation

and its significance today. In addition, it was noted that the relevance of the process of planting
garlic cloves is an important issue.

Keywords:

garlic, variety, agriculture, comb, planting scheme, planting depth,

technological process, double row, ribbon-like.

МЕХАНИЗАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА ПОСАДКИ

ЧЕСНОКА

Аннотация.

В статье представлена информация об агротехнологии выращивания

чеснока и ее значении на сегодняшний день. Кроме того, было отмечено, что актуальность
процесса посадки зубчиков чеснока является важным вопросом.

Ключевые слова:

чеснок, сорт, сельское хозяйство, гребень, схема посадки, глубина

посадки, технологический процесс, двухрядный, лентообразный.


Ma’lumki,

Respublikamizda

sarimsoqpiyoz

ekish

texnologik

jarayoni

mexanizatsiyalashmaganligi sababli sarimsoqpiyoz ekish amaliyoti qo’l mehnati yordamida
amalga oshirilib kelinmoqda. Shu sababli, hozirgi kunda yetishtirilayotgan sarimsoqpiyoz nisbatan
kichik dalalarda an’anaviy usullarda ekiladi. Bunda bir gektar maydonni ekish uchun odatda 60-
65 ish kuni talab etiladi. Mazkur tadqiqot ishida sarimsoqpiyoz ekishning innovatsion
qurilmasidan foydalanilgan. Innovatsion loyihalanib tayorlangan ushbu qurilma sarimsoqpiyoz
donalarini bir qatorli lentasimon usulda ekishga mo’ljallangan (1-rasm). Lentalar orasidagi masofa
(egat kengligi) 60 sm bo’lib, donalar qadami 15 sm bo’ladi. Ko’milish chuqurligi 7-8 sm ni tashkil
qiladi. Sarimsoqpiyoz ekish qurilmasining ish unumi a’nanaviyga nisbatan samarali hisoblanadi.
Bugungi kunda sarimsoqpiyoz ekish texnologik jarayoni qo’l mehnati orqali amalga oshirib
kelinmoqda va ushbu texnologik jarayon bir muncha mehnat sarfini hamda ish unumini
pasayishiga sabab bo’lmoqda. Bundan tashqari, sarimsoqpiyoz yetishtirishda texnika va texnik


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

488

vositalarning yetishmasligi sababdan aholimizni sarimsoqpiyozga bo’lgan talabi yetarlicha
qondirilmas edi. Hozirgi kunda biz tavsiya etayotgan qurilma yordamida sarimsoqpiyoz
yetishtirilsa aholimizni sarimsoqpiyozga bo’lgan talabini sezilarli darajada qondirishda katta hissa
qo’shadi. Sarimsoqpiyoz ekish qurilmasi yordamida yetishtiriladigan sarimsoqpiyozning
pallalarining donadorligi ya’ni pallalaring kattaligi a’nanaviy yetishtirilib kelayotgan
sarimsoqpiyoz pallalaridan sezilarli darajada yirikroq bo’lishi bilan ham ajralib turadi.
Sarimsoqpiyozlarning pallalaring kattaligi qancha yirik bo’lsa meditsina sohasida ishlatiladigan
efirmoyining sifatli va ko’proq natijalarga ega bo’lamiz. Sarimsoqpiyoz ekish qurilmamizni
ishlash pirinsipi oddiy bo’lganligi bilan hozirgi kundagi zamon talabiga ham javob beradi va
landshaft dezayini ham zamonaviy talablarga bemalol javob beroladi. Sarimsoqpiyoz ekish
qurilmasi yordamida ekilgan sarimsoqpiyozlar a’nanaviy ta’rizda ekilgan sarimsoqpiyozlarga
nisbatan tezroq hamda yaxshiroq unib chiqadi. Eng asosiy muammolardan biri bo’lgan sifatli
urug’larga ega bo’lishimizga o’z hissasini qo’shadi.

Materiali va usuli.

Qurilma taqish moslamasi, rama, va unga qo’zg’almas tarzda

o’rnatilgan urug’ bunkeri hamda tayanch g’ildiraklardan iborat bo’lib, bunkerga sarimsoqpiyoz
donalari tushadigan qilib mahkamlangan quvur, quvurning ostki qismida ponasimon
chuquryumshatgich hamda quvur va bunker orasiga gorizontal tekislikka nisbatan tik o’rnatilgan
tasmali uzatmadan tashkil topgan. Sarimsoqpiyoz donalarini donalab yo'naltirish uchun tasmali
uzatmaga sferik qoshiqchalar ma'lum masofada joylashtirilgan.

Sarimsoqpiyoz ekish qurilmasini ishlash prinsipi yurish uskunasi orqali harakatga

keltiriladi. Yurish kuskunasiga o’rnatilgan tasmali uzatma orqali o’qga harakatni uzatib
bunkerdagi qoshiqchalarni harakatlantiradi. Sarimsoqpiyozni ekishda yurish g’ldiraklarining
harakati muhim hisoblanadi. Qurilmani ishlash prinsipi sodda tuzilgani tufayli ishlash jarayonini
tez o’rganish hamda oson ishlatishimiz mumkin. Qurilmani ishlashda unga ulangan traktorni
tezligi muhim hisoblanadi. Traktorning tezligi ekish oralig’iga mos bo’lishi kerak hamda kerakli
tezlikda o’zgarmas harakatni ta’minlab berish bu ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

1-rasm. Sarimsoqpiyozni qurilma yordamida ekilgan ko’rinishi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

489

Sarimsoqpiyoz ikki-uch qatorli lentasimon usulda ekiladi (2-rasm). Lentalararo masofa

(egat kengligi) 70 sm, bo’lib lentadagi qo’shqator oralig’i 20 sm, uch qatorli ekishda oralari 15
sm, qatorlarda sarimsoqpiyoz pallalari orasi 7-8 sm.li holda ekiladi. Sbunkerday qilib,
sarimsoqpiyozning ekish sxemsi: 5-6 sm va x 7-8 sm. ko’rinishda, gektariga 450-600 ming dona
o’simlik joylashadi. Ekish chuqurligi 5-8 sm. ni tashkil qiladi. Ekish me’yori, ya’ni bir gektar
maydonga sarimsoqpiyoz pallalaridan 1000-1200 kg. sarflanadi.

А)

B)

2-rasm. Sarimsoqpiyoz ekish sxemalari :

А) (40+(15+15))/2x(7-8) sxemada; Б) (70+(20+20))/2x(5-6) sxemada

Xulosa.

Yuqoridagilardan kelib chiqib sarimsoqpiyoz ekish qurilmasining konstruksiyasi

va texnologik ish jarayoni ishlab chiqildi. Sarimsoqpiyoz ekishda agrotexnikaning qo’llanilishi
a’nanaviy usulda ekishdagi bir necha muammolarga yechim bo’lishi tajriba jarayonida aniqlandi.


REFERENCES

1.

Turkiya Respublikasi―oziq-ovqat qishloq xo'jaligi vazirligi‖ hamda ―Denizbank‖
hamkorligida tayyorlangan -100 ta kitobdan‖ iborat to'plami.

2.

O'zbekiston Respublikasi hududida ekish ucbunker tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari
Davlat reestri. – Toshkent, 2020. – b. 55.

3.

Scotton D. C. et al. Response of root explants to in vitro cultivation of marketable garlic
cultivars //Horticultura Brasileira. – 2013. – T. 31. – S. 80-85.

4.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sarimsoqpiѐz hamda to'qsonbosti usulida sabzavot
mahsulotlarini etishtirish va eksport qilishni ko'paytirish chora-tadbirlari to'g'risida‖gi 2020
yil 15 oktyabrdagi PQ4863-son qarori.

5.

Li X Y, Geng A J, Hou J L, Zhang M Y, Zhang J, Li W. Research status of garlic seeding
machinery. Farm Machinery, 2017; 2: 105-107, 109.

6.

Ostonaqulov T.E., Zuev V.I., Qodirxo'jaev O.Q. Sabzavotchilik T.―Navro'z‖ 2018. - b. 497-
505.

7.

Zuev V.I., Abdullaev A.G. Sabzavot ekinlari va ularni etishtirish texnologiyasi. T.,
"O'zbekiston", 1997. -b. 342.

8.

Bo'riev X.Ch, Zuev V.I., Qodirxo'jaev O.Q., Muhamedov M.M. Ochiq joyda sabzavot ekinlari
etishtirishning progressiv texnologiyalari T., ―O'zbekiston milliy entsiklopediyasi‖ 2002. –b.
245-251.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

490

9.

Li yu X, Vu yu K, Li T X, Niyu z R, Xou J L. mashinani ko'rishga asoslangan sarimsoq
chinnigullari yo'nalishini sozlash moslamasini ishlab chiqish va tajriba qilish. Qishloq
xo'jaligida kompyuterlar va elektronika, 2020; 174: 105513.

10.

Go va F. ekish texnikasida sarimsoq yo'nalishini aniqlash usulini o'rganish. Sian: shimoli-
G'arbiy qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi fan va muhandislik universiteti, 2011 yil. (Xitoy
tilida).

11.

Cui zi S, Song j L, Xu T, Li N, Cai S R. sarimsoq ekish moslamasini ishlab chiqish. Qishloq
xo'jaligini mexanizatsiyalash bo'yicha tadqiqotlar jurnali, 2017; 39(11): 131-135. (Xitoy
tilida).

12.

Syu T, Song Ji L, Tsui zi S, Li N, Tsay S R, Song Gyu va boshqalar.sarimsoq urug'ini mexanik
ekish ucbunker tegishli xususiyatlarni o'rganish. Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash
bo'yicha tadqiqotlar jurnali, 2018; 40(5): 137-141. (Xitoy tilida).


References

Turkiya Respublikasi―oziq-ovqat qishloq xo'jaligi vazirligi‖ hamda ―Denizbank‖ hamkorligida tayyorlangan -100 ta kitobdan‖ iborat to'plami.

O'zbekiston Respublikasi hududida ekish ucbunker tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari Davlat reestri. – Toshkent, 2020. – b. 55.

Scotton D. C. et al. Response of root explants to in vitro cultivation of marketable garlic cultivars //Horticultura Brasileira. – 2013. – T. 31. – S. 80-85.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sarimsoqpiѐz hamda to'qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini etishtirish va eksport qilishni ko'paytirish chora-tadbirlari to'g'risida‖gi 2020 yil 15 oktyabrdagi PQ4863-son qarori.

Li X Y, Geng A J, Hou J L, Zhang M Y, Zhang J, Li W. Research status of garlic seeding machinery. Farm Machinery, 2017; 2: 105-107, 109.

Ostonaqulov T.E., Zuev V.I., Qodirxo'jaev O.Q. Sabzavotchilik T.―Navro'z‖ 2018. - b. 497-505.

Zuev V.I., Abdullaev A.G. Sabzavot ekinlari va ularni etishtirish texnologiyasi. T., "O'zbekiston", 1997. -b. 342.

Bo'riev X.Ch, Zuev V.I., Qodirxo'jaev O.Q., Muhamedov M.M. Ochiq joyda sabzavot ekinlari etishtirishning progressiv texnologiyalari T., ―O'zbekiston milliy entsiklopediyasi‖ 2002. –b. 245-251.

Li yu X, Vu yu K, Li T X, Niyu z R, Xou J L. mashinani ko'rishga asoslangan sarimsoq chinnigullari yo'nalishini sozlash moslamasini ishlab chiqish va tajriba qilish. Qishloq xo'jaligida kompyuterlar va elektronika, 2020; 174: 105513.

Go va F. ekish texnikasida sarimsoq yo'nalishini aniqlash usulini o'rganish. Sian: shimoli-G'arbiy qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi fan va muhandislik universiteti, 2011 yil. (Xitoy tilida).

Cui zi S, Song j L, Xu T, Li N, Cai S R. sarimsoq ekish moslamasini ishlab chiqish. Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash bo'yicha tadqiqotlar jurnali, 2017; 39(11): 131-135. (Xitoy tilida).

Syu T, Song Ji L, Tsui zi S, Li N, Tsay S R, Song Gyu va boshqalar.sarimsoq urug'ini mexanik ekish ucbunker tegishli xususiyatlarni o'rganish. Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash bo'yicha tadqiqotlar jurnali, 2018; 40(5): 137-141. (Xitoy tilida).