THE INFLUENCE OF EASTERN CLASSICAL LITERATURE ON THE SYSTEM OF CLASSICAL EDUCATIONAL TERMS

HAC
Google Scholar
To share
Jabborov, E. . (2023). THE INFLUENCE OF EASTERN CLASSICAL LITERATURE ON THE SYSTEM OF CLASSICAL EDUCATIONAL TERMS. Modern Science and Research, 2(9), 11–14. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24073
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, views on the perception of absolute existence in Islam and Sufism, views of philosophical pantheism developed in the East and West, literary-cultural, cultural-enlightenment relations and interaction between East and West in Uzbek literature in the 80s and 90s of the 20th century, these relations are presented in a fair scientific way. Thoughts were made about the hard-working literary scholars who carried out on the basis of evidence.


background image



11

SHARQ MUMTOZ ADABIYOTINI MUMTOZ MAʼRIFIY ATAMALAR TIZIMIGA

TAʼSIRI

Eshnazar Jabborov

Termiz davlat universiteti katta oʻqituvchisi f.f.d. (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.8328474

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Islom va tasavvufda mutlaq borliqni inʼikosi haqidagi

qarashlar, Sharq va Gʻarbda rivojlangan falsafiy panteizm qarashlari, XX asrning 80-90-

yillarida oʻzbek adabiyotshunosligida Sharq-u Gʻarbning adabiy-madaniy, madaniy-maʼrifiy

aloqa va oʻzaro taʼsir munosabatlari, mana shu munosabatlarni adolatli ilmiy dalillar asosida

amalga oshirgan zahmatkash adabiyotshunos olimlar haqida fikr yuritilgan.

Kalit soʻzlar:

Islom va tasavvuf. Ibn Rushd (Averroes), tajalliy, refleksiya, inʼikos,

отражение, N. Komilov, “yangi hodisa”, “yangicha munosabat”, utyug soʻzi, Oʻ.Sulaymon,

islomiy ilmiy hayʼat.

THE INFLUENCE OF EASTERN CLASSICAL LITERATURE ON THE SYSTEM OF

CLASSICAL EDUCATIONAL TERMS

Abstract.

In this article, views on the perception of absolute existence in Islam and Sufism,

views of philosophical pantheism developed in the East and West, literary-cultural, cultural-

enlightenment relations and interaction between East and West in Uzbek literature in the 80s and

90s of the 20th century, these relations are presented in a fair scientific way. Thoughts were made

about the hard-working literary scholars who carried out on the basis of evidence.

Key words:

Islam and Sufism. Ibn Rushd (Averroes), tajalli, reflection, perception,

otrajenie, N. Komilov, "new event", "new attitude", word of achievement, O'. Sulayman, Islamic

scientific committee.

ВЛИЯНИЕ ВОСТОЧНОЙ КЛАССИЧЕСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ НА СИСТЕМУ

КЛАССИЧЕСКИХ УЧЕБНЫХ ТЕРМИНОВ

Аннотация.

В данной статье рассмотрены взгляды на восприятие абсолютного

существования в исламе и суфизме, взгляды на философский пантеизм, сложившиеся на

Востоке и Западе, литературно-культурное, культурно-просветительское общение и

взаимодействие Востока и Запада в узбекской литературе в В 80-е и 90-е годы 20-го века

обсуждаются эти отношения, высказываются мысли о трудолюбивых литературоведах,

которые сделали это на основе справедливых научных данных.


background image



12

Ключевые слова:

Ислам и суфизм. Ибн Рушд (Аверроэс), таджалли, размышление,

восприятие, отражение, Н. Комилов, «новое событие», «новое отношение», слово

достижения, О'. Сулейман, Исламский научный комитет.

Islom va tasavvufda Haqqi zoti mutlaq, borliqni uning tajalliysi, aksi sifatida qarash Ibn

Rushd (ovrupoda Averroes) asarlari orqali XIII asrdayoq Yevropada keng tarqaldi. Arabcha

tajalliy atamasi lotin tiliga refleksiya, lotinchadan ruschaga отражение va XX asr boshlarida

ruschadan oʻzbekchaga inʼikos yoki refleksiya shaklida qaytadan qabul qilindi.

1

Borliq Haqning tajalliysi boʻlgani sababli har bir narsada Haq zarrasi boʻladi. Sharq va

gʻarb falsafasida rivojlangan falsafiy panteizmning oʻnlab yoʻnalishlarida bu gʻoya har xil

talqinlarda qabul qilindi va ular barchasining manbai Sharq alloma donishmandlarining maʼrifiy

tafakkuri mahsulidir.

XX asrning 80-90-yillarida oʻzbek adabiyotshunosligida Sharq-u Gʻarbning adabiy-

madaniy, madaniy-maʼrifiy aloqa va oʻzaro taʼsiri mavzuini yoritishga ragʻbat ancha kuchaydi.

Ayniqsa prof. Fozila Sulaymonova, prof. Najmiddin Komilovning shu yoʻnalishdagi tadqiqotlari

diqqatga molikdir. Xususan, 80-yillarning boshidan roʻshnolik koʻrgan N. Komilovning ,,Ibn Sino

va Dante asariʼʼ

2

adabiy-ilmiy, maʼrifiy hayotimizda ulkan voqea sifatida peshvoz olindi hamda u

haqda mamlakatimiz nashrlarida koʻp yaxshi gaplar aytildi.

Jumladan, professor Gʻulom Karimov ,, Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati ʼʼ da juda shirin

taqriz eʼlon qilib, asarni ( tadqiqot) adabiyotshunosligimizda ,, Yangi hodisaʼʼ yoki ,, Yangi

yoʻnalish ʼʼ tarzida yuqori baholadi.

3

Olim ana shu xulosasini yetarli asoslab bergan. Oradan koʻp

oʻtmay, ,,Sharq yulduziʼʼ sahifalarida isteʼdodli adabiyotshunos, prof. Begali Qosimovning ,,

Tafakkur karvonlari ʼʼ taqriz maqolasi omma eʼtiboriga havola qilindi.

4

Oʻsha maqoladagi quyidagi jumlalarga eʼtibor qilaylik: ,,Avvalo, shuni taʼkidlash lozimki,

oʻzbek adabiyotshunosligida bugungi kunga qadar bunday ish qilingan emasʼʼ. Zukko olim

aytganlariga xulosa yasab yozadi: ,,Dadil aytish lozimki, ushbu kitobning qamrov va salmogʻi

adabiy aloqalarni oʻrganishning yangi bosqichi boshlanayotganiga oʻquvchini ishontiradiʼʼ, ,,

Guliston ʼʼ jurnalida eʼlon qilingan maqolada ( R. Vohidov, M. Sulaymonov, Gʻ. Hamroyev)

1

Қаранг: ,, Ўзбек тили ва адабиёти ʼʼжурн. 1991. 2-сон.

2

Қаранг: Р. Воҳидов. Илоҳий ишқ жозибаси. Самарқанд, ,, Зарафшон ʼʼ-1997; Ишқ маърифат қаноти. ,, Медицина ʼʼ.

Тошкент-2001.

3

Қаранг: ,, Ўзбекистон адабиёти ва санъати ʼʼ.1983.29-ноябрь. 49-сон, 4-5-бетлар.

4

Бегали Қосимов. ,, Тафаккур карвонлари ʼʼ. ,, Шарқ юлдузи ʼʼ. 1984,9-сон,185-187-бетлар.


background image



13

Najmiddin Komilov va uning ishi xususida ,, Ilmiy jurʼat koʻrsatdi ʼʼ, ,, muallifning ilmiy jasorati

ʼʼ, ,, yangicha munosabat ʼʼ kabi jumla va iboralarni oʻqish mumkin.

5

Ushbu risolaga shunday munosabat prof. Gʻaybulla as-Saomning ,,Yoshlikʼʼ oynomasida

bosilgan maqolasida ham koʻrinadi. Olim oʻsha maqolada N. Komilov kitobiga kamtarlik bilan

baho berarkan, ,, kashfiyot deyishga arzigulik ʼʼ,-degan xulosaga keladi...

6

Ilmiy jurʼat qilgan,

jonbozlik koʻrsatgan degan koʻtarinki degan baho berishga qanchalik toʻlqinlanib yondoshmaylik

bizningcha, bu haqiqatni deyarli barcha taniqli akademik, professor adabiyotshunoslar bilar edi.

Lekin jurʼatlari yetmas edilar. Hozirgi kunda ham (XXI asrning 23-yilida ) aytilishi kerak boʻlgan,

ajratib koʻrsatilishi, dalillari boʻlgan haqiqatlar uzlatda, xilvatda adolat kutib yotibdi.

Alqissa, adabiyotshunoslik oʻz bagʻrida yetilgan moʻjizani payqagan va tegishli fikrni

aytadigan soniyalarni keng jamoatchilik ilhaqlik bilan kutib turibdi. Darhaqiqat, Gʼarb oʻzining

hozirgi kunda erishgan barcha yutuqlarini ildizi, gʻoyasi Sharqniki ekanligini osonlikcha tan olgisi

yoʻq!?

XX asr boshlarida oʻzining uzoq qadimiy madaniyati va maʼnaviyatidan uzilgan oʻzbek

xalqi oʻz farzandi-tugʻma falsafiy-irfoniy gʻoyalarini ovrupocha talqinlarda qaytadan ,,

zamonaviy yangilik ʼʼ tarzida qabul qilishga majbur boʻldi. Chunki mustamlaka tufayli uning

negizi soʻzdan, - oʻzining boy va qadimiy maʼnaviyati madaniyatidan uzilgan edi. Albatta, hozirgi

utyug

soʻzi bilan ataladigan buyum bilan IX asrlarda ota-bobolarimiz ishlatgan utug soʻzi

anglatgan narsa orasida anchagina farq borligi aʼyondir.

7

Shuningdek, IX asrda shakllangan

tajalliy nazariyasi bilan hozirgi faylasuflarimiz qoʻllayotgan inʼikos nazariyasi orasida anchagina

farq bor, albatta. Lekin bizga ,,inʼikos nazariyasini yevropaliklar kelib oʻzbeklarga oʻrgatdi,ʼʼ-

qabilidagi zoʻravonlik maʼqul emas. Aslida esa, bu nazariyaning manbai Sharqda edi. Biz bugun

oʻtmishda Gʻarbga bergan qarzimizni foizi bilan qaytarib olyapmiz xolos. Bu borada taniqli qozoq

shoiri, publitsisti, vatanparvari Oʻljas Sulaymonning XX asrning 80-yillarida zabardast rus

tilshunos olimi Mixail Dalning ,,Толковый русский словарь" haqidagi ilmiy xulosalarini misol

qilib keltirishimiz mumkin.

Islomiy ilmi hayʼat (kosmogoniya) va mutakallim oriflarda Haq tomonidan olamning

yaratilishi, Haqqi mutlaqdan paygʻambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) nurlarining ajralib

chiqishidan boshlangan va shuning uchun olam ibtidosi (boshlanishi) shu nurning yaratilishi

5

Р. Воҳидов, М. Сулаймонов, Ғ. Ҳамроев. ,,Ибн Сино ва Данте ʼʼ. ,, Гулистон ʼʼ. 1984, 11-сон, 27-28-бетлар.

6

Қаранг: ,, Ёшликʼʼ журнали, 1988, 9-сон.

7

Suvonov Zavqiddin. Oʻzbek badiiy matnlarini lingvistik ekspertiza qilishning nazariy-metodologik asoslari. Monografiya.

Toshkent-2023.


background image



14

bilan aloqadordir, deyiladi. Ana shu gʻoya, obraz yoxud timsol ham Sharq maʼrifiy adabiyotida

minglab kattayu-kichik asarlarda oʻz aksini topgan.

REFERENCES

1.

Маҳмуд Асъад Жўшон. Ислом, тасаввуф ва ахлоқ. Тошкент, ,,Истиқлолʼʼ-1991.

2.

Нажмиддин Комилов. Тафаккур карвонлари. Тошкент-,,Шарқ“-2011.

3.

И. А. Орбели. Восток и Запад в XII-XIII веках. ,,Вопросы историяʼʼ журнали, 1967. №

6. С.106-107.

4.

Акмал Саидов. ,,Қиёсий адабиётшуносликка киришʼʼ. Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-

матбаа ижодий уйи. Тошкент-2020.

References

Маҳмуд Асъад Жўшон. Ислом, тасаввуф ва ахлоқ. Тошкент, ,,Истиқлолʼʼ-1991.

Нажмиддин Комилов. Тафаккур карвонлари. Тошкент-,,Шарқ“-2011.

И. А. Орбели. Восток и Запад в XII-XIII веках. ,,Вопросы историяʼʼ журнали, 1967. № 6. С.106-107.

Акмал Саидов. ,,Қиёсий адабиётшуносликка киришʼʼ. Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи. Тошкент-2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов