AGROBIOLOGY OF PROMISING LOCAL ALMOND CULTIVARS

HAC
Google Scholar
To share
Samatov, I., & Eshdavlatova, D. (2023). AGROBIOLOGY OF PROMISING LOCAL ALMOND CULTIVARS. Modern Science and Research, 2(9), 149–152. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24273
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the issues of agrobiology of promising local almond varieties. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned.


background image



149

ISTIQBOLLI MАHАLLIY BODOM NАVLАRINING АGROBIOLOGIYASI

I.Samatov

D.Eshdavlatova

TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI

https://doi.org/10.5281/zenodo.8403963

Annotatsiya.

Mazkur maqolada istiqbolli mаhаlliy bodom nаvlаrining аgrobiologiyasi

masalalari haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalar keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

istiqbolli mаhаlliy bodom nаvlаrining аgrobiologiyasi, subtropik oʼsimlik.

AGROBIOLOGY OF PROMISING LOCAL ALMOND CULTIVARS

Abstract.

This article talks about the issues of agrobiology of promising local almond

varieties. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned.

Key words:

agrobiology of promising local almond varieties, subtropical plant.

АГРОБИОЛОГИЯ ПЕРСПЕКТИВНЫХ МЕСТНЫХ СОРТОВ МИНДАЛЯ

Аннотация.

В статье рассмотрены вопросы агробиологии перспективных местных

сортов миндаля. В ходе статьи приводятся обоснованные мнения и соображения.

Ключевые слова:

агробиология перспективных местных сортов миндаля,

субтропическое растение.

Bodom - janubiy, subtropik oʼsimlikdir. U Markaziy Osiyo, Oʼrta Yer dengizi, markaziy

Аmerika, bir qator Yevropa mamlakatlarida (Italiya, Frantsiya, Qrim, Kavkaz orti) tarqalgan.

Bodom issiqsevar, qurgʼoqchilikka oʼta chidamli, kserofit oʼsimlik boʼlganligi sababli

yiliga 500-700 mm dan ziyod yogʼin yogʼadigan Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo,

Surxondaryo viloyatlarining togʼ va togʼoldi qiyaliklarida qadim zamonlardan beri oʼsib hosil

berib keladi. Yangidan barpo qilingan bodomzorlardan tashqari tabiiy oʼrmonlarda yovvoyi holda

ham oʼsuvchi turlari ham mavjud. Bu yerlarda ularning oddiy, mahaliy navlari bilan birgalikda

Buxoro, Petunnikov, Tikanli, Kalmikov deb nomlanuvchi bodomning juda qimmatli navlari ham

mavjudligi, undan halq xoʼjaligining koʼp tarmoqlarida foydalanilishi aloxida ahamiyatga ega.

Danagi qotmagan xom bodomni shakarga qoʼshib yoki murabbo tayyorlab istemol qilish

foydalidir. Shirin magʼizli bodomda 40-70% yegʼ, 20-25% oqsil, 6% shakar boʼlib, turli

darmondori, organik moddalarga boy boʼladi va konditer sanoati uchun qimmatbaho xom ashyo

xisoblanadi. Kunjarasida 10% gacha moy va koʼp miqdorda oqsil va uglevodlar boʼladi. Taqir

bodom tarkibida yogʼ, oqsil, shakardan tashqari 2-2,5% amigdalin boʼlib, parfyumeriya sanoatida

va meditsinada keng qoʼllaniladi. Bodomning poʼsti gaz yutadigan kumir tayerlashda, vinochilikda


background image



150

vinoga xushboʼy hid, sifat va tam berishda foydalaniladi. Bodom poʼchogʼining kulida 40% gacha

kaliy hosil boʼladi va oʼgʼit sifatida foydalaniladi. Bodom yogʼochi juda qattiq va chiroylidir,

shuning uchun duradgorlikda va texnika uchun qimmatli ashyo hisoblanadi.

Bodom 3-4 yoshidan hosilga kiradi, 12-18 yoshidan 35-40 yilgacha yaxshi hosil beradi.

Yaxshi parvarishlansa 60-100 yil yashab hosil berishi mumkin. Bodom koʼchati kuzda yoki erta

bahorda ekiladi. U yorugʼlikka talabchan boʼlganligi sababli qalinlikni yoqtirmaydi, tarkibida

ohagi boʼlgan soz tuproqlarda yaxshi rivojlanadi.

Bodomning ildiz sistemasi 6 metr chuqurlikgacha boradi, qurgʼokchilikka yaxshi chidaydi

va togʼ-oʼrmon melioratsiya ishlarida ham muhim rol o’ynaydi.

U qurgʼoqchilikka gʼoyat chidamli boʼlib, yer tanlamasdan, suvsiz, toshloq va togʼning

unumsiz janubiy yon bagʼirlarida ham yaxshi oʼsa oladi. Bodomning bunday xususiyatlari

Respublikamizning togʼ va togʼoldi lalmikor xududlaridagi oʼrmon xoʼjaliklarini xar tomonlama

qoʼllab-kuvvatlash, ishlab chiqarish samaradorligini, iqtisodiy manfaatdorligini oshirishda muhim

ahamiyat kasb etadi. Yangi bodomzorlar barpo qilishda ekiladigan navlarni tanlash muhim

ahamiyatga ega.

Bodom poʼchogʼining qattiqligiga qarab toʼrtta toifaga boʼlish mumkin:

1. Gʼalvirak bodom. Poʼchogʼi qogʼozdek yupqa, ikki barmoq bilan yengil chaqiladi.

2. Yumshoq poʼchoq bodom, poʼchogʼi yumshoq, gʼovak, ikkala qoʼlning barmoqlari

yordamida chaqiladi.

3. Standart poʼchogʼli bodom, bolgʼa bilan sal urganda chaqiladi;

4. Qattiq poʼchogʼli bodom, poʼchogʼi qattiq, bolgʼa bilan kuchli urganda chaqiladi.

Bodomning mahaliy navi Zavetniy

Bodomning mahaliy navi Konsoy


background image



151

Koʼchatzor barpo qilish uchun sugʼoriladigan, tekis yer ajratilib, kuzda gektariga 20-25

tonna chirigan goʼng va 150-180 kg fosforli oʼgʼit solinib 45-50 sm.gacha chuqurlikda haydaladi,

15-18 sm kultivatsiya qilinib borona qilinadi. Oraligi 70 sm boʼlgan egatlarga 6-8 sm chuqurlikda

va 8-12 sm masofida urugʼlar qadaladi. Ob- xavo sharoitiga qarab oʼsish davrida 8-12 marta

sugʼoriladi. Koʼchat qator oraligʼi har bir sugʼorishdan keyin yumshatiladi va begona oʼtlardan

tozalanadi. Payvandlash oldidan kuchatzor albatta sugʼoriladi va tanasi pastki bachki novdalardan

tozalananadi. Bodom iyulning uchinchi dekadasidan sentyabrning birinchi dekadasigacha,

mevachilikda kullanadigan oddiy «T»-usulida ulanadi. Ikki haftadan soʼng payvandning tutgan

yoki tutmagan miqdori aniqlanadi va tutmay qolganlari bodomning payvandostga oldin ulangan

oʼsha nav kurtagi bilan qaytadan payvandlanadi. Kuzda payvand bogʼlami bir oz boʼshatib

koʼyiladi va qish davomida bogʼlanma olib tashlanmaydi. Kelgusi yil erta bahorida koʼchatning

payvand qilingan joyidan tepa qismi batamom kesib tashlanadi. Tutmay qolgan payvandlar oʼrniga

yangi oʼsib chiqqan kurtaklarni qayta payvand qilish mumkin boʼladi.

Kelgusi yilning erta baxorida bogʼlam olib tashlanadi. Koʼchat tez oʼsishi va payvand yaxshi

tutishi uchun koʼchatlarni oʼz vaqtida va sifatli parvarishlash lozim. Koʼchatlarning oʼsish davrida

gektariga 90 kg azotli, 60 kg fosforli va 20 kg kaliy hisobida oʼgʼit solinadi. Kurtaklarning toʼgʼri

va yosh novdalarning tez oʼsishini taʼminlash uchun yevvoyi shoxlarni oʼz vaqtida butab turish

lozim. Yaxshi parvarish qilingan nihollarni boʼyi kuzga borib

1-1,5 metrga yetadi, usuv davrini yaxshi tugallaydi.

Bodomning asosiy zararkunandalaridan biri- shaftoli yoki bodom biti boʼlib, daraxtning

tana, novda va barglari shirasini suradi, natijada daraxt nimjonlanadi, bargi bujmayadi, xosili

Rasm. «T»- usulida payvandlash sxemasi.


background image



152

pasayadi, yosh koʼchatlar va novdalar nobud boʼlish darajasigacha yotib boradi. Bodomning

asosiy kasalliklari - klyasterosporioz (zamburug’li, teshikli doglanish kasalligi) - bunda daraxtning

kurtagi, bargi, guli, shoxi va novdalarini zararlaydi. Kasallik daraxt xosilini kamaytiradi, meva

sifatini pasaytiradi. Baxorda barglarda dumaloq dogʼlar va teshikchalar paydo buladi. Xosilda

kungir tusli shishlar paydo boʼlib, yelim oqib chiqa boshlaydi, kurtaklar quriy boshlaydi.

Novdalarning pustlogi yorilib yelim chiqaradi, gullari va dovchalari tukilib ketadi.

Un shudring kasalligida novdalarning uch qismida, barglarida oq unsimon gubor paydo

buladi, natijada novdalar meva berishdan, barglar esa rivojdan koladi. Kasallik yosh novdalarda

kishlaydi va aprel oylaridan boshlab rivojlana boshlaydi.

«Barg kuyish» kasalligi bodom barglarida qizgʼish dogʼlar paydo qiladi, ular barvaqt tukila

boshlaydi, «barglar kuyishi» va un shudring xisoblanadi.

Zararkunandalarga qarshi erta baxorda, kurtaklar burtishidan oldin nitrofen bilan (10 l suvga

250 g kushib) purkaladi. Daraxtlarning tana va novdalari karbofos (100 l suvga 250 g) yeki 0,2 %-

li donitol (gektariga

2-2,5 kg) bilan ishlov beriladi.

Kasalliklarga qarshi bordo suyuqligining 1,0%-li eritmasi (getariga 10-15 kg), vetrani yoki

topazning 0,03% li eritmasi (gektariga 300 g) purkaladi. Un shudringga qarshi kolloidli yoki

dispersli oltingugurtning 1% li kontsentratsiyasi (10 l suvga 80-100 g) bilan ishlov berilsa yaxshi

natija beradi.

Аgrotexnik chora- tadbirlardan- bogʼ qator oralari shudgor qilinadi, daraxtlar atrofi

yumshatiladi, begona oʼtlardan tozalanadi, kurigan, shikastlangan, zararlangan shox-shabbalar

kesilib kuydiriladi, daraxt tanasi (shtamb) oqartiriladi.

REFERNCES

1.

А.А.Аbdurasulov, S.S.Kalmыkov. Аgrotexnika i luchshie sorta orexoplodnыx kulьtur.

Tashkent. 1985.

2.

А.А.Аbdurasulov. Mindalь v Uzbekistane: gibridnыe sorta.J. «Sadovodstvo i

vinogradarstvo». № 2. 2005.

3.

А.А.Xanazarov, А.А.Аbdurasulov, Ya.X.Yuldashev. Sostav i perspektivы razvitiya

mindalya v Uzbekistane. «Аgrarnыy vestnik Uzbekistana». № 4. 2006.

References

А.А.Аbdurasulov, S.S.Kalmыkov. Аgrotexnika i luchshie sorta orexoplodnыx kulьtur. Tashkent. 1985.

А.А.Аbdurasulov. Mindalь v Uzbekistane: gibridnыe sorta.J. «Sadovodstvo i vinogradarstvo». № 2. 2005.

А.А.Xanazarov, А.А.Аbdurasulov, Ya.X.Yuldashev. Sostav i perspektivы razvitiya mindalya v Uzbekistane. «Аgrarnыy vestnik Uzbekistana». № 4. 2006.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов