THEORETICAL AND PRACTICAL FEATURES OF THE DEFECTOLOGIST PROFESSION

HAC
Google Scholar
To share
Shermatova , D. (2023). THEORETICAL AND PRACTICAL FEATURES OF THE DEFECTOLOGIST PROFESSION. Modern Science and Research, 2(9), 43–47. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24278
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses how speech pathologists work with children or children with special needs. At this point, the scientific article discusses the fact that the profession of defectology includes several main directions and their essence. What skills a defectologist should have when working with children, and what to pay attention to when working with their parents are explained.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

43

DEFEKTOLOG KASBINING NAZARIY VA AMALIY XUSUSIYATLARI

Shermatova Dilfuzaxon Qodirovna.

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, Farg'ona mintaqaviy filyalining

defektolog mutaxassisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8409168

Annotatsiya.

Ushbu maqolad, defektolog mutaxassislarining bolalar yoki ayrim yordamga

muhtoj bolalar bilan qanday ishlashlari haqida so'z boradi. Shu o'rinda, ilmiy maqolada
defektologiya kasbi bir necha asosiy yo'nalishlarni o'z ichiga olishi, ularning mohiyati haqida fikr
yurutilgan. Defektolog bolalar bilan ishlashda qanday ko'nikmalarga ega bo'lishlari lozimligi,
ularning ota-onalari bilan izchil ishlar olib borishda nimalarga e'tibor berish kerakligi yoritilgan.

Kalit so'zlar:

Defektolog, bola psixologiyasi, psixofizik, maxsus ta'lim va tarbiya, nutq,

surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya, rivojlanish, integratsiya,
ijtimoiylashuv.

THEORETICAL AND PRACTICAL FEATURES OF THE DEFECTOLOGIST

PROFESSION

Abstract.

This article discusses how speech pathologists work with children or children

with special needs. At this point, the scientific article discusses the fact that the profession of
defectology includes several main directions and their essence. What skills a defectologist should
have when working with children, and what to pay attention to when working with their parents
are explained.

Key words:

defectologist, child psychology, psychophysicist, special education and

training, speech, deaf pedagogy, typhlopedagogy, oligophrenopedagogy, speech therapy,
development, integration, socialization.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И ПРАКТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПРОФЕССИИ

ДЕФЕКТОЛОГА.

Аннотация

.

В данной статье рассматривается, как логопеды работают с детьми

или детьми с особыми потребностями. На данном этапе в научной статье
рассматривается тот факт, что профессия дефектолога включает в себя несколько
основных направлений и их суть. Объясняется, какими навыками должен обладать
дефектолог при работе с детьми и на что следует обращать внимание при работе с их
родителями.

Ключевые слова:

дефектолог, детская психология, психофизик, специальное

образование и обучение, речь, педагогика глухих, тифлопедагогика, олигофренопедагогика,
логопедия, развитие, интеграция, социализация.

"Muhabbat va bardosh bolalar uchun eng yaxshi terapiya".

Ron Xabbart.

Kirish

Dunyodagi deyarli barcha bolalarda qoliliyat va iqtidor topiladi. Hatto ayrim bolalar

maxsus yordamga muhtoj bo'lsalarda. Ularning ham o'z "olamlari" bor. Bunday bolalarning,
integratsiya bo'lishlari va ijtimoiylashuvlari jamiyatimiz uchun ham juda muhimdir. Yordamga
muhtoj bolalar bilan ishlashda, mutaxassis va ota-ona birligi talab etiladi. Shunday mutaxassislar
safiga "defektolog" kasb egalarini ham kiritishimiz mumkun bo'ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

44

1920-yildan qadar bizning diyorda ya'ni O'rta Osiyo mintaqasida, defektolog sohasida

deyarli ko'zga ko'rinadigan ishlar qilinmagan. Shu bois bu sohani o'rganishda ma'lum yutuqlarga
erishgan chet el va rus defektologlarini maxsus qilingan ishlaridan foydalanishga ehtiyoj sezamiz.
Respublikmizda maxsus maktablar uchun oliy ma'lumotli defektologlar tayyorlash ishi 1967- yilda
O'rta Osiyoda birinchi bo'lib boshlangan va bugungi kungacha davom etmoqda. Bolalarda turli xil
ijtimoiy - aqliy kechikishlarda, yordam berish usullarini tanlashda ishonish mumkun bo'lgan
asosiy mutaxassislardab biri bu defektologlar bo'lishadi. Defektolog tibbiyot va pedagogika
chorrahasida joylashgan kasb hisoblanadi. Defektolog (lot. defektus-kamchilik) jismoniy va aqli
nuqsonlari bo'lgan bolalarning rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlari, ularni o'qitish va
tarbiyalash masalalarini o'rganadigan soha sanaladi. Bu kasb egalari sog'lom maktab
o'quvchilarining nutqini tuzatish bilan shug'ullanadigan nutq terapevtlaridan, faoliyatlari bo'yicha
ajralib turadilar. Defektologiya nutq rivojlanishining kechikishi, markaziy asab tizimining
kasalliklari bilan og'rigan bolalar bilan ishlashni o'z ichiga oladi. Bunday faoliyat bilan
shug'ullanuvchi mutaxassislar, o'zlari bilan ishlayitgan bolalar bilan do'stona muhitda bo'lishlari,
ularni tushunishlari shart bo'ladi. Aks holda samaraga erishib bo'lmaydi. Aytib o'tilganidek har
bir yordamga muhtoj bolaning o'z qiziqishlari, ustun tomonlari bor. Shularni inobatga olgan holda
defektolog o'z ishida doimiy ravishda zamonaviy usullardan foydalanishi va ilmiy faoliyat bilan
shug'ullanishlari zarur. Bir so'z bilan aytganda, defektologning asosiy vazifasi yordamga muhtoj
bolalarni aniqlash tashxis usullarini ishlab chiqishi, ular uchun maxsus va mujassamlashtirilgan
ta'lim-tarbiyani tashkil etish, aqliy va jismoniy kamchiliklarni yo'qotish vositalarini izlab topish,
amalda qo'llash, ularni hayotga tayyorlash va ularni ijtimoiy foydali insonlar qilib yetishtirishdan
iborat.

Asosiy qism:

Defektologiya kasbining nazariy asoslari haqida quydagi fikrlarni keltirish

mumkun. Defektolog - anomal bolalar bilan defferensial va integratsiyalangan ta'limni tashkil etish
uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni o'rganishi, ulardagi kamchiliklarni bartaraft etish va
nuqsonlarni iloji boricha ko'zga ko'rinmaydigan darajaga keltirishni, o'z zimmasiga oladi.
Defektologiya fani rivojlanishi natijasida, undan mustaqil fan sifatida quydagi fanlar ajirab chiqdi:

- surdopedagogika (lot. surdos. "kar", "gung" so'zidan olingan), eshitishda nuqsoni bo'lgan

bolalar;

- tiflopedagogika (yunoncha. tiflos. "ko'r", "so'qir" so'zidan olingan), ko'rishda nuqsoni

bo'lgan bolalar;

- oligofrenopedagogika (yunoncha. oligos-kam, fren-aql so'zlaridan olingan) aqliy

tomonlama zaif bolalar;

- logopediya (yunoncha logos-so'z, pedeo-tarbiyalash so'zlaridan olingan) nutqida nuqsoni

bor bolalar bilan ishlashni nazarda tutadi.

Bolalar - hayot gullari! Har bir ota-onaning eng ezgu orzulari farzandlari bilan bog'liq. Ota-

onalar bolani ta'minlashi kerak bo'lgan birlamchi holat bu, bolani to'g'ri o'sish va rivojlanishiga
e'tibor berish sanaladi. Shuning uchun ham bolalarda eng kichik og'ishlar aniqlansa, darhol
mutaxassislardan yordam so'rashlari zarur. Shuni aytib o'tish joyiz, tibbiyot va pedagogikani
birlashtirga kasb egalari ya'ni defektolog mutaxassislari, yordamga muhtoj bolalar va ularning ota-
onalari uchun eng yaxshi do'st va maslahatchi bo'lishlari kerak. Defektolog bu avvalambor,
tegishli ta'lim olgan shaxs. Mutaxassis bolalarda mavjud bo'lgan, og'ishlarni tashxislash va ularni
qoplash yo'llarini izlash, shuningdek muammoliy bolalarni rivojlantirishga qaratilgan ma'lum bir


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

45

darslarni o'tkazishlari kerak. Bola va defektolog o'rtasida yosh to'siq bo'lmasligi kerak. Defektolog
quydagi shaxsiy fazilatlarga ega bo'lishlari kerak.

• Aqlning yuqori darajasi, nutqni savodli va aniq yetkazish kerak, va defektolog yaxshi

xotiraga ham ega bo'lishi zarur;

• Induktiv qobiliyat, muayyan holatga mos keladigan texnikani aniqlash uchun sezgiga ega

bo'lishi kerak;

• Kuzatish va ehtiyotkorlik, bu fazilat bola bilan aloqa o'rnatishga, uning xulq-atvorini

o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi;

• Hamjihatlik, mutaxassis bola bilan umumiy tilni topa olishi va ular bilan muloyim

bo'lishi, har doim bolani gaplashishga va ikki tomonlama muloqotni qo'zg'atishga qodir bo'lishi
kerak;

• Hissiy barqarorlik va sabr-toqat, kuchli asab tizimi defektologning jismoniy yoki aqliy

qobiliyati cheklangan bolalar bilan, o'tkaziladigan mashg'ulotlarning samaradorligini ta'minlaydi;

• Odob, yordamga muhtoj bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbat jarayonlarida

ehtiyotkor bo'lish lozim.

Tushunarsiz sabablarga ko'ra, odamlar defektolog faqat aqliy va jismoniy funksiyalarida

sezilarli og'ishlarga ega bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan degan fikrda bo'lishagi. Bu to'g'ri
emas. Defektolog akademik muammolari bo'lgan bar qanday bolaga yordam berishi mumkun.
Defektolog bu ma'lum bir bolaga to'g'ri o'qitish usulini tanlashni biladigan, keng profilli kasb egasi
sanaladi. Alohida yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash jarayonida, korreksion ishlarning
ahamiyati katta. Bu jarayon qanchalik sifatli amalgam oshirilsa, bolaning bilim, ko'nikma va
malakalarni o'zlashtirishi shunchalik oson kechadi. Bola rivojlanishidagi kamchiliklar qancha erta
aniqlansa uni hal qilish shunchalik tez kechadi. Maxsus yordamga muhtoj bolalarga 3 yoshgacha,
bo'lgan erta tashxis va aralashuv juda zarur hisoblanadi. Bolalar rivojlanishidagi kamchiliklar har-
xil bo'ladi. Ularning ba'zilarini batamom bartaraft etsa bo'ladi, ba'zilarini bir qator tuzatiladi,
korreksiyalanadi, boshqalari esa kompensatsiyalanadi. Defektologiya amaliyotida yana shunday
nuqsonlar uchraydiki, ularni tuzatib ham korreksiyalab ham bo'lmaydi. Masalan, tug'ma ko'rlik
yoki karlikning ayrim turlari shular jumlasidan. Bunday hollarda ko'rish analizatorining vazifasini
sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko'rish analizatoriga yuklash ya'ni
kompensatsiyalash o'rnini bosish mumkun. Bolalarning yoshlari bir xil bo'lsa-da, ular bir-biridan
farq qiladi. Ba'zi bolalar injiq, ba'zilari esa aksincha quvnoq, ba'zilari yaxshi kuylaydi, ba'zilari
esa aksincha. Bu ro'yhatini davom rtirish mumkun. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab ko'radi,
eshitadi, biror narsa tekkanida og'riq, issiq, hid va ta'mni his etadi. Diqqat, xotira, intilish, qiziqish,
sezgi va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga
ega. Defektolog alohida yordamga muhtoj bolalarning turli xil toifalari ustidan ish olib boradi.
Ular quydagilar:

1) eshitish kamchiliklariga ega bo'lgan bolalar, (kar, zaif eshituvchi bolalar,kech kar bo'lib

qolgan bolalar);

2) ko'rish qobiliyati zaif bolalar;
3) aqliy rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalar;
4) nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
5) harakat-tayanch a'zolarida kamchiliklari bo'lgan bolalar;
6) ruhiy rivojlanishi sust bolalar;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

46

7) mujassam kompleks nuqsonli ko'r, kar, soqov bolalar;
8) rivojlanishida murakkab ko'p nuqsonli bolalar;
9) autizim sindromiga chalingan bolalar;
10) daun sundromli bolalar bilan, ishlashni qamrab oladi.
Har qanday alohida yordamga muhtoj bolalarda, kuzatiladigan nuqson markaziy yoki

periferik nerv sistemasidagi organik yoki funksional o'zgarishlarga aloqador bo'lishi mumkun.

Alohida yordamga muhtoj bolalarda yuqorida keltirib, o'tilgan funkisiyonal vazifalar

buzilgan bo'lishi yoki ishlamayotgan bo'ladi. Bunday bolalarda quydagi muammolar uchraydi.

1. Nutqiy malakadagi muammolar;
2. O'qishdagi muammolar;
3. Diktovkada yozishdagi qiyinchiliklar, matnni ko'chirishdagi qiyinchiliklar;
4. Hikoya mantig'ini tushunmaslik;
5. Harakatlarning nomutanosibligi;
6. Sust xotira, agressiya;
7. Ongli mativatsiya yo'qligi.
Takidlanganidek mutaxassis, bolalarning yoshi va xususiyatlariga qarab, ta'lim va

o'rganish

mashg'ulotlarini

tanlaydi.

Defektolog

boshqa

mutaxassislar

bilan

ham

maslahatlashgandan so'ng muayyan tibbiy va dam olish tartiblarini belgilaydi. Shu asnoda
defektolog alohida yordamga ega bo'lgan bolalarning ijtimoiylashuvi va integratsiyalanishida o'z
mohirligini ko'rsatishi darkor bo'ladi. Defektolog bolalarning ota-onalari bilan ham doimo birga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

47

ishlashlari lozim bo'ladi. Ular bir - birlari bilan fikr almashib turushlari, boladagi muammoliy
vaziyatlarda uni qo'llay olishlari kerak bo'ladi. Bu jarayon bolada ijobiy moslashuvga, erishish
uchun zamin ochadi. Mufassalikda defektolog, quydagi metodlardan foydalandik. O'yin, kuzatish,
tinglash va eng keraklisi bu suhbat. Mutaxassis o'zining asosiy tatqiqotlarini ikkita muhum,
bo'limga yo'naltiradi.

1. Anomal bolalar kamol topib borishining qonuniyatlari va xususiyatlarini psixik-

pedagagik va klinik - fiziologik jihatdan o'rganish.

2. Anomal bolaning har biri turi uchun maxsus ta'lim va tarbiya sistemasini ilmiy asoslab

berish.

Umumiy qilib aytganda, aqliy va jismoniy rivojlanishda buzulishlar yuz bergan bolalarni

o'rganish, o'qitish, tarbiyalash va mehnatga tayyorlash haqidagi fan bo'lgan defektologiyaning
maqsadi, alohida yordamga muhtoj bolalarning kamol topish xususiyatlarini hisobga olgan holda,
ularning psixik va tayanch rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etishga, maksimal darajada
yordam beradigan deferensiyalashtirilgan ta'lim va shart-sharoitni belgilab berish bilan izohlanadi.

Xulosa:

Bugungi kunda O'zbekiston, ko'p asrlik juda boy pedogogik tajribaga ega. Hamda

ta'lim-tarbiya jarayonida ma'lum an'analar shakillangan. Yurtimizdagi ta'lim, "shaxsga
yo'naltirilgan ta'lim" ga asoslangan ilg'or yo'nalishlardan biri sifatida ta'sniflanadi.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi Qonun" ning 5-moddasida Jinsi, irqi,

millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar har
kimga ta'lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Deb bayon etilgan. Shu asnoda alohida
yordamga muhtoj bolalarning, ta'lim - tarbiya ishlarida o'z tengdoshlari qatorida ta'lim olishlari,
ta'lim va tarbiyaviy ishlarda, imtiyozlardan foydalanish huquqlariga ega ekanliklarini, alohida
takidlash lozim. Defektolog mutaxassis tomonidan, o'z vaqtida ko'rsatilgan yordam bolaga ijobiy
ta'sir qilishi shubxasiz. Bu jarayonlar bolalarni jamiyatga kirib borishlariga yordam bera oladi.
Shuni aslo unutmasligimiz lozimki huddi sog'lom bolalar qatorida, yordamga muhtoj bolalarning
ham o'z ichki olamlari, orzulari bo'ladi. Eng asosiysi erta tushunish, ota-ona va mutaxassis bir
bo'lib, bolaga yordam qo'lini cho'za olishlaridir. Defektolog kasbi egalari esa bu yo'lda, sabrli
bo'lishlari va bolalarni yaxshi ko'rishlari shart bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, bolalar bilan natijaga
erishishni istaga defektolog har doim, oldinga intilish lozim bo'ladi.


REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi Qonun" www.lex.uz. 2020yil.

2.

O'zbekiston Respublikasi "Umumiy o'rta ta'lim muassasasi qoshidagi logopediya
shoxobchasi to'g'risida" gi Nizom. www.lex.uz.2015 yil.

3.

G. Umarova. "Defektologiya asoslari" 2017 yil.

4.

M. R. Po'latxo'jaeva. "Defektologiyaning klinik asoslari" 2013 yil.

5.

M. Y. Yusopov. "Logopediya". 2007 yil.



References

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi Qonun" www.lex.uz. 2020yil.

O'zbekiston Respublikasi "Umumiy o'rta ta'lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to'g'risida" gi Nizom. www.lex.uz.2015 yil.

G. Umarova. "Defektologiya asoslari" 2017 yil.

M. R. Po'latxo'jaeva. "Defektologiyaning klinik asoslari" 2013 yil.

M. Y. Yusopov. "Logopediya". 2007 yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов