Authors

  • Davronbek Rashidov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.47594

Keywords:

uchuvchisiz uchadigan apparatlar havo hududi xalqaro amaliyot O‘zbekiston qonunchiligi aviatsiya xavfsizligi.

Abstract

Uchuvchisiz uchadigan apparatlar texnologiyalarining keng tarqalishi va rivojlanishi ushbu sohani tartibga solish masalalarini murakkablashtirib bormoqda. Ushbu tadqiqot Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish sohasidagi xalqaro amaliyotni chuqur o‘rganish, O‘zbekiston havo hududi qonunchiligidagi ma’lum holatlarni tahlil qilish va samarali tartibga solish tizimini shakllantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida AQSH, Yevropa Ittifoqi, Xitoy va boshqa yetakchi davlatlarning uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qonunchilik bazasi mukammal o‘rganildi. Shuningdek, 2019-2023 yillar oralig‘ida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish statistikasi, ulardan foydalanish maqsadlari va qonun buzilishi holatlari ham o‘rganildi. O‘zbekistonda ushbu sohani huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi mavjud yutuqlar, amaliyotlar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish borasidagi mavjud yondashuvlar zamonaviy texnologik o‘zgarishlarga to‘liq moslashmaydi. Yangi texnologiyalar rivojlanishi bilan bog‘liq turli xavf-xatarlar vujudga kelishi sabablari o‘rganildi. Maqolada Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni samarali boshqarish va ulardan xavfsiz foydalanish uchun yangi tavsiyalar ishlab chiqilgan.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


297

UCHUVCHISIZ UCHADIGAN APPARATLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA

SOLISH: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON UCHUN TAVSIYALAR

Davronbek Rashidov

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jinoiy odil sudlov fakulteti1-kurs A-patok 1-guruh talabasi.

davronbek.ulugbekovich.only@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14090680

Annotatsiya. Uchuvchisiz uchadigan apparatlar texnologiyalarining keng tarqalishi va

rivojlanishi ushbu sohani tartibga solish masalalarini murakkablashtirib bormoqda. Ushbu

tadqiqot Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish sohasidagi xalqaro amaliyotni chuqur

o‘rganish, O‘zbekiston havo hududi qonunchiligidagi ma’lum holatlarni tahlil qilish va samarali

tartibga solish tizimini shakllantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqot

doirasida AQSH, Yevropa Ittifoqi, Xitoy va boshqa yetakchi davlatlarning uchuvchisiz uchadigan

apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qonunchilik bazasi mukammal o‘rganildi.

Shuningdek, 2019-2023 yillar oralig‘ida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan

foydalanish statistikasi, ulardan foydalanish maqsadlari va qonun buzilishi holatlari ham

o‘rganildi. O‘zbekistonda ushbu sohani huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi mavjud

yutuqlar, amaliyotlar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra,

Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish borasidagi mavjud

yondashuvlar zamonaviy texnologik o‘zgarishlarga to‘liq moslashmaydi. Yangi texnologiyalar

rivojlanishi bilan bog‘liq turli xavf-xatarlar vujudga kelishi sabablari o‘rganildi. Maqolada

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni samarali boshqarish va ulardan xavfsiz foydalanish uchun

yangi tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: uchuvchisiz uchadigan apparatlar, havo hududi, xalqaro amaliyot,

O‘zbekiston qonunchiligi, aviatsiya xavfsizligi.

REGULATION OF THE USE OF UNMANNED AERIAL VEHICLES:

INTERNATIONAL EXPERIENCE AND RECOMMENDATIONS FOR UZBEKISTAN

Abstract. The proliferation and development of unmanned aerial vehicle technology is

complicating regulatory issues in this industry. This study is aimed at in-depth study of the

international practice in the field of use of UAVs, analysis of certain situations in the legislation

of the airspace of Uzbekistan, and development of recommendations for the formation of an

effective regulatory system. As part of the study, the legal framework of the USA, the European

Union, China and other leading countries on the regulation of the use of unmanned aerial vehicles

was thoroughly studied.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


298

Also, the statistics of the use of unmanned aerial vehicles, the purposes of their use and

cases of violations of the law were also studied in the period 2019-2023. The current achievements,

practices and existing problems in the legal regulation of this field in Uzbekistan were also

analyzed. According to the results of the research, the existing approaches to regulating the use of

UAVs do not fully adapt to modern technological changes. The reasons for the emergence of

various risks associated with the development of new technologies were studied. The article

develops new recommendations for the effective control and safe use of UAVs.

Key words: unmanned aerial vehicles, airspace, international practice, legislation of

Uzbekistan, aviation safety.

РЕГУЛИРОВАНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БЕСПИЛОТНЫХ ЛЕТАТЕЛЬНЫХ

АППАРАТОВ: МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ И РЕКОМЕНДАЦИИ ДЛЯ

УЗБЕКИСТАНА

Аннотация. Широкое распространение и развитие технологий беспилотных

летательных аппаратов усложняет вопросы регулирования этой области. Данное

исследование направлено на углубленное изучение международной практики в сфере

использования БПЛА, анализ отдельных ситуаций в законодательстве воздушного

пространства Узбекистана и разработку рекомендаций по формированию эффективной

системы регулирования. В рамках исследования была тщательно изучена правовая база

США, Евросоюза, Китая и других ведущих стран по регулированию использования

беспилотных летательных аппаратов. Также изучена статистика применения

беспилотных летательных аппаратов, цели их использования и случаи нарушений

законодательства в период 2019-2023 годов. Также были проанализированы текущие

достижения, практика и существующие проблемы в правовом регулировании данной

сферы в Узбекистане. Согласно результатам исследования, существующие подходы к

регулированию использования БПЛА не в полной мере адаптируются к современным

технологическим изменениям. Изучены причины возникновения различных рисков,

связанных с развитием новых технологий. В статье разработаны новые рекомендации по

эффективному управлению и безопасному использованию БПЛА.

Ключевые слова: беспилотные летательные аппараты, воздушное пространство,

международная практика, законодательство Узбекистана, авиационная безопасность.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


299

I.

Kirish.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan

apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda uchuvchisiz

uchadigan apparat tushunchasiga uchuvchisiz parvozni amalga oshiradigan yoki to‘liq boshqa

joydan masofadan turib boshqariladigan yoxud dasturlashtirilgan va parvozda to‘liq avtonom

bo‘lgan havo kemasi deb ta’rif berib ketilgan

1

(havo kemalari modellari va o‘yinchoq havo

kemalari modellari bundan mustasno). O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uchuvchisiz

uchadigan apparatlarning birinchi paydo bo‘lishi Xitoyga borib taqaladi.

Xitoylik General Zhuge Liang (180-234) qog‘ozdan sharga o‘xshash uskuna yaratib uni

osmonga uchirishi ushbu texnologiyaning birinchi bosqichi sifatida qaraladi

2

. Uchuvchisiz

uchadigan apparatlarga nisbatan “dron” atamasi dastlab 1920-yillarda ishlatilgan bo‘lib, o‘sha

paytda “Fairey Queen” deb nomlangan samolyotlarga nisbatan qo‘llanilgan. Ilgari bu atama o‘q

uzishni mashq qilish uchun masofadan boshqariladigan samolyotlarga nisbatan ishlatilgan.

Bugungi kunda esa, uchuvchisiz uchadigan apparatlar aerodinamik kuchlar yordamida

havoga ko‘tariladi va ularni mustaqil ravishda yoki masofadan boshqarish mumkin, bu esa

ularning turli vazifalarda keng qo‘llanilishiga imkon beradi.

3

Uchuvchisiz uchadigan apparat

o‘zida odatda yaxlit tizim sifatida foydalaniladigan uchuvchisiz va masofadan boshqariladigan

havo kemalarini birlashtiradi. Uchuvchisiz uchadigan apparatlar texnologiyasining jadal

rivojlanishi ushbu sohani tartibga solish masalalarini dolzarb muammoga aylantirmoqda. Turli

mintaqalar kesimida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish sohasidagi qonunchilik va

amaliyotlar tubdan farq qiladi. Ba’zi davlatlarda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish

juda qat’iy tartibga solingan bo'lsa, boshqalarida esa hali ham tartibga solish borasida asosiy

qoidalar mavjud emas.

O‘zbekistonda ham uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish sohasidagi huquqiy

asoslar to‘liq shakllanmagan. Shu sababli, ushbu sohani huquqiy jihatdan tartibga solish, xavfsizlik

va xususiy hayotni himoya qilish kafolatlarini ta’minlash asosiy masalalardan biriga aylandi.

O‘zbekiston qonunchiligidagi mavjud holatlarni tahlil qilish va samarali tartibga solish

tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar orqali o‘rganish ushbu

1

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga 1-ILOVA,

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va

davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risida

2

Richard K. Barnhart, Stephen B. Hottman, Douglas M. Marshall, Eric Shappee (2012)

Introduction to Unmanned

Aircraft Systems

, (p.1)

3

Jain, Agrim, and Anshika Saxena.

Regulation and Operation of Drones: A Threat to Privacy. International Journal

of

Law

Management

&

Humanities

,

3,

2020,

pp.

1946.

https://heinonline.org/HOL/LandingPage?handle=hein.journals/ijlmhs6&div=186&id=&page=


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


300

tadqiqot uchun foydali yo‘l bo‘ladi.

4

Yangi texnologiyalarning rivojlanishi bilan bog‘liq turli xavf-

xatarlar vujudga kelishi muammoning muhimligini tasdiqlab turibdi. Shu sababli, uchuvchisiz

uchadigan apparatlarni samarali boshqarish va ulardan xavfsiz foydalanish uchun yangi

yondashuvlar va takomillashtirilgan tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish zaruriyati

mavjud.

Xavfsizlik, shaxsiy hayotni himoya qilish va hududiy qoidalardan tashqari, bir qancha

mahalliy hukumatlar uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga keng imkoniyat yaratib

berdi. Hozirda ko‘plab mamlakatlar uchuvchisiz uchadigan apparatlarning parvozlariga oid har

qanday qonun-qoidalarni ishlab chiqishni cheklab qo‘ygan, ya’ni, ulardan foydalanishda mutlaqo

erkinlikka ega. Lekin, ayrim davlatlarda qonun-qoidalar qat’iy belgilanib qo’yilgan va hamma

uchun majburiydir. Bu holat bir xil qoidalarga amal qilishni ta’minlash maqsadida amalga

oshirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlar parvozi ustidan nazoratni asosan davlat ushlab

turishiga qaratilgan.

5

II.

Metodologiya.

Tadqiqotning maqsadi xalqaro davlatlarning aviatsiya boshqarmasi, uchuvchisiz uchadigan

apparatlarni boshqarish va ular bilan bog‘liq qonun-qoidalar haqida batafsil ma’lumot taqdim

etadi.

6

Yevropa Ittifoqi va Xitoy ham AQSH kabi o‘zining uchuvchisiz uchadigan apparatlarni

qonuniy yo‘l bilan boshqarish va nazoratda tutish bo‘yicha dunyo reytingida yuqori o‘rinni

egallagan. Lekin, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, hozirgi zamonda uchuvchisiz uchadigan

apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha xalqaro tajriba va milliy qonunchilikni tahlil

qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar

ishlab chiqish asosiy maqsadlardan biriga aylangan.

7

Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi

vazifalar belgilandi:

uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha xalqaro

tajribani o‘rganish;

O‘zbekiston Respublikasining uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga

soluvchi qonunchiligini tahlil qilish;

4

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan

apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

5

Fischer, David A.

“Dron't Stop Me Now: Prioritizing Drone Journalism in Commercial

Drone Regulation.”

Columbia Journal of Law & the Arts, vol. 43, no. 1, 2019, pp.119.

https://heinonline.org/HOL/LandingPage?handle=hein.journals/cjla43&div=3&id=&page=

6

Thaddeus R. Lightfoot (Spring 2018)

Bring on the Drones: Legal and Regulatory Issues in Using Unmanned Aircraft

Systems

(published by American Bar Association. p. 41-45)

7

Ronald Schnitker, Dick Kaar, (April 2021)

, Drone Law and Policy: Integration into the Legal Order of Civil Aviation

(25) (Essential Air and Space Law)

, p.23


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


301

sohada mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab

chiqish.

Tadqiqotni amalga oshirishda quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanildi:

Birinchidan, tarixiy-huquqiy tahlil usulidan foydalanish orqali O‘zbekistonda uchuvchisiz

uchadigan apparatlarni tartibga solish bo‘yicha qonunchilik bazasining shakllanish bosqichlari va

rivojlanish tendensiyalarini chuqur o‘rganish zarur. Ushbu yondashuv orqali milliy

qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqlar va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish uchun

samarali choralarni ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. Xalqaro uchuvchisiz uchadigan

apparatlarning rivojlanish tarixi, o‘z navbatida, yangi boshqaruv tizimini yaratishda keng

imkoniyatlar taqdim etadi. Tarixiy tahlil, avvalo, avvalgi tajribalar va mavjud amaliyotlar asosida

chuqur xulosalar chiqarishga yordam beradi. Bu esa, kelajakda uchuvchisiz uchadigan apparatlar

bilan bog‘liq boshqaruvni tartibga solishning yangi tizimini yaratish uchun poydevor bo‘ladi. Shu

tarzda, tarixiy tahlil orqali qo‘llaniladigan yangi normativ va qonuniy asoslar, tartibga solishning

samarali va ilg‘or tizimiga aylanishi mumkin.

Ikkinchidan, qiyosiy-huquqiy tahlil usulidan foydalanish orqali AQSH, Yevropa Ittifoqi va

Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning uchuvchisiz uchadigan apparatlarni tartibga solish bo‘yicha

qonunchilik bazalarini chuqur o‘rganish imkoniyati yaratildi. Ushbu tahlil nafaqat xorijiy

tajribalarni o‘rganishni yengillashtiradi, balki O‘zbekiston sharoitida ularning ilg‘or jihatlarini

qo‘llash uchun qulay imkoniyatlarni taqdim etadi. Qiyosiy tahlil orqali dronlarni boshqarish va

ularni tartibga solish bo‘yicha global tajribalarni tahlil qilish, mamlakatimizda ushbu

texnologiyaning xavfsiz va samarali ishlatilishi uchun zarur bo‘lgan qonunchilik va normativ

hujjatlarni ishlab chiqishda yordam beradi.

Shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlarning global foydali va ziyonli tomonlarini

chuqur tahlil qilish orqali bu metodni yanada to‘ldirish mumkin bo‘ladi.

8

Bu esa O‘zbekistonda

dronlardan foydalanishni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.

Uchinchidan, statistik tahlil usuli yordamida 2019-2023 yillar davomida O‘zbekistonda

uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish dinamikasi, qonunbuzarlik holatlari va ularning

turli ko‘rinishlarini chuqur o‘rganish imkoniyati yaratiladi. Ushbu tahlil usuli yordamida olingan

statistik ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya agentligi va Ichki ishlar vazirligi kabi

tegishli tashkilotlarning yig‘ilgan ma’lumotlarini tizimli ko‘rib chiqishni yengillashtiradi.

8

Antony A. Tarr, Julie-Anne Tarr, Maurice Thompson. (Aug 1, 2022)

Drone Law and Policy: Global Development,

Risks, Regulation, and Insurance

, Part B, 2, Anthony A. Tarr and Kristy Paynter

Drones – delivering value to the

economy

, introduction


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


302

Buning natijasida, dronlardan foydalanishdagi o‘zgarishlarni kuzatish, xavfsizlikka tahdid

soluvchi holatlar va qonun buzilishi bilan bog‘liq masalalarni tahlil qilish aniq va tushunarli

jarayonga aylanadi. Shu orqali, uchuvchisiz apparatlar bo‘yicha yillik o‘zgarish tendensiyalarini

belgilash, xavf manbalarini aniqlash va ushbu sohada zarur choralarni ko‘rishga imkon yaratadi.

9

To‘rtinchidan, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni tartibga solishda tizimli tahlil usuli katta

ahamiyatga ega bo‘lib, bu yondashuv orqali ushbu qurilmalar bilan bog‘liq huquqiy, texnik va

tashkiliy jihatlar har tomonlama va kompleks ravishda o‘rganilishi mumkin. Bunday keng

qamrovli tahlil apparatlar bilan bog‘liq muammolarni yaxlit tarzda ko‘rib chiqish, ularning o‘zaro

bog‘liqliklarini aniqlash va bu bog‘liqliklardan kelib chiqadigan muammolarni samarali hal etish

yo‘llarini izlab topish imkonini beradi. Shu tariqa, tizimli yondashuvning qo‘llanilishi har bir

muammoning alohida tahlili bilan chegaralanib qolmay, mavjud bo‘lgan barcha masalalarni

birgalikda ko‘rib chiqishga, dronlar texnologiyasini tartibga solishda kelib chiqishi mumkin

bo‘lgan huquqiy, xavfsizlik va tashkiliy muammolarni bir butun sifatida o‘rganishga yo‘naltiriladi.

III.

Natija.

Xalqaro tajribalar o‘tkazilib borar ekan, O‘zbekiston bu o‘tkazilgan tajribalarga tayangan

holda yangi uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xarid qilishi mumkin. Lekin, O‘zbekiston

qonunchiliklariga binoan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni ishlatish uchun yetarlicha huquqiy

cheklovlar mavjud. Uchuvchisiz uchadigan apparatlar to‘g‘risidagi umumiy statistik ma’lumotlar

bilan tanishar ekanmiz, 2019-2023 yillar oralig‘ida yakuniy miqdor sonlari oshib borgan.

Jadval 1. 2019-2023 yillarda O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan uchuvchisiz uchadigan

apparatlar soni dinamikasi (Vazirlar mahkamasi qarori asosida)

Yil

Jami

ro‘yxatdan

o‘tgan

Tijorat

maqsadida

Shaxsiy foydalanish Davlat tashkilotlari

2019

245

85

142

18

2020

387

156

198

33

2021

562

234

285

43

2022

891

378

456

57

2023

1247

523

642

82

9

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya agentligining 2019-

2023 yillar statistik ma’lumotlari

va

2023-yil uchun Statistika dasturini tasdiqlash to‘g‘risida


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


303

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2019-yildan boshlab 2023-yilgacha raqam ko‘rsatgichlari

faqat oshib bormoqda, ya’ni, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish

tizimi mutanosib ravishda o‘sib bormoqda. Yaqin kelajak uchun umumiy miqdorning yanada

oshishi kutilmoqda.

Jadval 2. Xorijiy davlatlarda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni tartibga solish amaliyoti

(FAA gov, EASA EUROPE, CAAC gov va Lex.uz ma’lumotlariga tayangan holda)

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarning rivojlanishi bilan davlatlar ularning yangi

qo‘llanilish usullari, imkoniyatlari va texnologiyalariga moslashishga harakat qilmoqda. Har bir

davlatda qo‘llanilayotgan tartibga solish usullari farq qilsa-da, aksariyat qoidalar umumiy

jihatlarga ega: apparatning og‘irligi, uchish balandligi, foydalanish maqsadi va uchuvchilik

litsenziyasiga cheklovlar mavjud. Qoidalar, odatda, mamlakatning texnologiyalar rivojini

rag‘batlantirish yoki xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yish tanloviga asoslanadi.

10

Ushbu statistik

jadval ma’lumotlari bizning bugungi taqdimotimizga ko‘roq oydinlik kiritib beradi. O‘zbekiston

Respublikasi hududida 2023-yil statistikasi bo‘yicha 1247 dona uchuvchisiz uchadigan apparatlar

ro‘yxatga olinganligi tahlil qilindi. Umumiy vazni 0,25 kilogrammdan ortiq bo‘lgan har qanday

apparatning uchishi uchun ruxsat talab etiladi. O‘zbekiston ham boshqa rivojlangan davlatlar

qatori uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga cheklovlarni kamaytirish maqsadida

o‘z oldiga bir nechta ustuvor yo‘nalishlarni qo‘ygan. Bunga yaqqol misol qilib ushbu tadqiqot

davomida Vazirlar Mahkamasining uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish to‘g‘risida

qarorlarini muhokama qilganimizni ko‘rish mumkin.

10

Therese Jones,

INTERNATIONAL COMMERCIAL DRONES AND DRONE DELIVERY SERVICES

,

(RAND Corporation 2017).

Davlat

Asosiy

qonunchilik

hujjati

Ro'yxatdan o'tkazish

tartibi

Uchish uchun ruxsat

olish tartibi

AQSH

FAA qoidalari

Majburiy

25 kg dan ortiq vazn

uchun

Yevropa

EASA qoidalari

Majburiy

Barcha

turdagi

parvozlar uchun

Xitoy

CAAC qoidalari

Majburiy

7 kg dan ortiq vazn

uchun

O'zbekiston

VM 658-son qarori

Majburiy

0.25 kg dan ortiq vazn

uchun


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


304

Shuningdek, har qanday uchuvchisiz uchadigan apparat egasi o‘z uskunalarini ro‘yxatdan

o‘tkazishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, ularni xavfsiz holda uchirish mumkin, lekin

ba’zi talablar bajarilishi shart: masalan, parvoz kunduz kuni, yaxshi ob-havo sharoitida bo‘lishi,

apparat aeroportlardan belgilangan uzoqlikda va belgilangan balandlikda uchirilishi kerak.

Shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparat olomon ustida yoki biron shaxsga xavf

tug‘diradigan joylarda uchmasligi kerak.

11

IV.

Muhokama

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish darajasi

O‘zbekiston Respublikasida boshqa davlatlarga solishtirilganda ancha pastligini ko‘rishimiz

mumkin.

Bu nima sababdan degan savolga quyidagicha javob berilsa, muqobilroq bo‘ladi.

O‘zbekiston uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish uchun to‘la-qonli

rivojlangan davlat emas. Shuning uchun ko‘plab muammolarga duch kelishi mumkin. Nega

O‘zbekistonda uchuvchisiz uchadigan apparatlarga cheklovlar ko‘p? Chunki, O‘zbekiston

hukumati uchuvchisiz uchadigan apparatlar orqali jinoyat sodir etish osonroq va kutilmaganda

sodir bo‘lishini inobatga olib, ushbu jinoyatlarning sodir bo‘lishini oldini olish maqsadida ularga

cheklovlar qo‘ygan. Terrorchilik hujumlari ham ushbu texnologiyalar orqali sodir etilishi osonroq

va undan foydalangan shaxsga qulay imkoniyatlar yaratib beradi.

Xususan, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish tartibi yangicha ishlab

chiqilayotgan tartibga moslashishi Vazirlar mahkamasi qarorlarida o‘z tasdig‘ini topdi. Vazirlar

Mahkamasi qarorlari orqali mamlakatda ushbu soha bo‘yicha yangi izlanishlar va yangiliklarni

amalga oshirish mumkin. Xalqaro miqyosda tajriba almashish natijasida ushbu sohadagi davlat

tizimini o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayoni tezlashadi. Xalqaro davlatlarning

tamoyillarini o‘z davlatimiz tamoyillari bilan birlashtirish mamlakat rivojlanishiga ham katta hissa

qo‘shadi.

Xulosa.

Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish uchun mamlakatning

yetarli darajada resurslari bo‘lishiga qaramay, mamlakatimiz sodir etilishi mumkin bo‘lgan

jinoyatlarni oldini olish maqsadida o‘z tizimini yaratgan. Ushbu sohani tartibga solish borasida

yana bir qator qiyinchiliklar ham mavjud.

11

Ellis, Robert L.

“Drones and the Law.”

Ohio Lawyer, vol. 30, no. 1, January/February 2016, pp. 10.

https://heinonline.org/HOL/LandingPage?handle=hein.journals/ohiolawr30&div=6&id=&page=


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


305

Masalan, moliyaviy to‘siqlar, texnik bilimlarning yetishmasligi, aholining tinchligi bilan

bog‘liq xavotirlar va huquqiy tartibga solish masalalari shular jumlasidandir. Bu muammolarni

yechish uchun kompleks yondashuv talab etiladi.

Tadqiqot natijalariga asoslanib, O‘zbekistonning uchuvchisiz uchadigan apparatlardan

foydalanishni tartibga solish bo‘yicha bir nechta samarali tafsiyalar ishlab chiqildi. Bular orasida

strategik yondashuv, foydalanuvchilarni o‘qitish, texnik infratuzilmalarni rivojlantirish, aholi bilan

turli xil namoyishlar o‘tkazish va bosqichma-bosqich tushunchalar berib borish.

Umuman olganda, xalqaro miqyosdagi uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish

tizimlarini o‘rganish O‘zbekistondagi havo hududini boshqarish tizimini tubdan o‘zgartirish

potensialiga ega. Davlat bu imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun o‘z faoliyatlarini qayta

ko‘rib chiqishlari va yangi texnologik vositalarni joriy etishga tayyor bo‘lishlari lozim. Bu nafaqat

ularning raqobatbardoshligini oshiradi, balki butun huquqiy xizmatlar sohasining rivojlanishiga

ham xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga 1-ILOVA,

O‘zbekiston

Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan

foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risida

2.

Richard K. Barnhart, Stephen B. Hottman, Douglas M. Marshall, Eric Shappee (2012)

Introduction to Unmanned Aircraft Systems

3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

O‘zbekiston Respublikasida

uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida

4.

Fischer, David A.

“Dron't Stop Me Now: Prioritizing Drone Journalism in Commercial

Drone Regulation.”

Columbia Journal of Law & the Arts, vol. 43, no. 1, 2019, pp.119.

https://heinonline.org/HOL/LandingPage?handle=hein.journals/cjla43&div=3&id=&page=

5.

Jain, Agrim, and Anshika Saxena.

Regulation and Operation of Drones: A Threat to

Privacy.

International Journal of Law Management & Humanities

, 3, 2020,.

https://heinonline.org/HOL/LandingPage?handle=hein.journals/ijlmhs6&div=186&id=&

page=

6.

Thaddeus R. Lightfoot (Spring 2018)

Bring on the Drones: Legal and Regulatory Issues

in Using Unmanned Aircraft Systems

7.

Ronald Schnitker, Dick Kaar, (April 2021),

Drone Law and Policy: Integration into the

Legal Order of Civil Aviation


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


306

8.

Antony A. Tarr, Julie-Anne Tarr, Maurice Thompson. (Aug 1, 2022)

Drone Law and

Policy: Global Development, Risks, Regulation, and Insurance

9.

Therese Jones,

INTERNATIONAL COMMERCIAL DRONES AND DRONE DELIVERY

SERVICES

, (RAND Corporation 2017)

10.

Anthony A. Tarr and Kristy Paynter

Drones – Delivering Value to the Economy,

Introduction

11.

Ellis, Robert L.

“Drones and the Law.”

Ohio Lawyer,

https://heinonline.org/HOL/LandingPage?handle=hein.journals/ohiolawr30&div=6&id=&pag

e=

12.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi

Aviatsiya agentligining 2019-2023 yillar statistik ma’lumotlari

13.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil uchun Statistika dasturini

tasdiqlash to‘g‘risida

References

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga 1-ILOVA, O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risida

Richard K. Barnhart, Stephen B. Hottman, Douglas M. Marshall, Eric Shappee (2012) Introduction to Unmanned Aircraft Systems

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Fischer, David A. “Dron't Stop Me Now: Prioritizing Drone Journalism in Commercial Drone Regulation.” Columbia Journal of Law & the Arts, vol. 43, no. 1, 2019, pp.119.

Jain, Agrim, and Anshika Saxena. Regulation and Operation of Drones: A Threat to Privacy. International Journal of Law Management & Humanities, 3, 2020,. https://heinonline.org/HOL/LandingPage?handle=hein.journals/ijlmhs6&div=186&id=&page=

Thaddeus R. Lightfoot (Spring 2018) Bring on the Drones: Legal and Regulatory Issues in Using Unmanned Aircraft Systems

Ronald Schnitker, Dick Kaar, (April 2021), Drone Law and Policy: Integration into the Legal Order of Civil Aviation

Antony A. Tarr, Julie-Anne Tarr, Maurice Thompson. (Aug 1, 2022) Drone Law and Policy: Global Development, Risks, Regulation, and Insurance

Therese Jones, INTERNATIONAL COMMERCIAL DRONES AND DRONE DELIVERY SERVICES, (RAND Corporation 2017)

Anthony A. Tarr and Kristy Paynter Drones – Delivering Value to the Economy, Introduction

Ellis, Robert L. “Drones and the Law.” Ohio Lawyer,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya agentligining 2019-2023 yillar statistik ma’lumotlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori 2023-yil uchun Statistika dasturini tasdiqlash to‘g‘risida