Authors

  • Nilufar Ernazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.47660

Abstract

Mazkur maqolada Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonidagi baytlarda ruju` san`ati orqali tasavvufona g`oyalarning qo’llanishi, ularning baytlar sharhidagi o’rni, ma’nosi tahlil qilinadi. Tasavvufdagi ramziy ma’nolari sharhlanadi.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


199

LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA TASAVVUFONA G`OYALARNING RUJU’

SAN’ATI ORQALI BERILISHI

Ernazarova Nilufar Umarovna

Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti

mutaxassisligi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14059250

Annotatsiya

. Mazkur maqolada Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonidagi

baytlarda ruju` san`ati orqali tasavvufona g`oyalarning qo’llanishi, ularning baytlar

sharhidagi o’rni, ma’nosi tahlil qilinadi. Tasavvufdagi ramziy ma’nolari sharhlanadi.

Kalit so’zlar.

Tasavvuf, ramz, istiloh, badiiy san`atlar, ruju` ,” Layli va Majnun” ,

sharh, nafs, komil inson, botiniy dunyo, majoziy ishq, ruhiy qiyofa.

THE TRANSMISSION OF MYSTICAL IDEAS THROUGH THE ART OF RUJU’ IN

THE EPIC "LAYLI AND MAJNUN"

Abstract.

this article analyzes the application of mystical ideas through the art of lipstick

in the verse of Alisher Navoi “Layli and Majnun”, their role and meaning in the interpretation of

bytes. The symbolic meanings of mysticism are interpreted.

Keywords.

Mysticism, symbol, occupation, artistic arts, lipstick, " Layla and Majnun”,

interpretation, nafs, the perfect man, the whole world, figurative work, spiritual appearance.

ПЕРЕДАЧА МИСТИЧЕСКИХ ИДЕЙ ПОСРЕДСТВОМ ИСКУССТВА РУЖУ В

ЭПОСЕ «ЛЕЙЛИ И МЕДЖНУН»

Аннотация.

В данной статье анализируется использование мистических идей в

стихах эпоса Алишера Навои «Лейли и Меджнун» через искусство руджу, их место и

значение в трактовке стихов. Объясняются символические значения мистицизма.

Ключевые слова.

суфизм, символизм, терминология, искусство, руджу`, «Лейли и

Меджнун», комментарий, нафс, совершенный человек, внутренний мир, образная любовь,

духовный облик.

Sharqda so’zga buyuk inoyat sifatida qaralgan, balki shuning uchun azaldan sharqliklar

nazmga moyildirlar. Nazm egalari esa so’zga yangi ma’no yuklashga harakat qilganlar, balki

shuning uchun Sharq she’riyatida zohiriy ifodalar botiniy qarashlarni o’zida yashirgandir.Bu

tushunchalar shuni bildiradiki, ijodkorlar misralarida tasavvuf olamining qarashlari o`z aksini

topgan. Ma’lumki, tasavvuf islomda inson ruhiyati va ahloqiy jihatdan insonni komilllik sari

yetaklovchi , yo’llovchi ta’limot hisoblanadi. Tasavvuf bu- Ollohning birligi, Ollohdan boshqa


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


200

narsaga muhtoj bo’lmaslik, har qanday mol-mulk, boylik quliga aylanmaslik, sabr-qanoat

qilib yashashdir. Shuningdek, bu ta’limotda komil inson maqomi, nafsni tiyish,

bag’rikenglik, diniy donishmandlik, ruhiy barkamollik kabi g’oyalarni ilgari suriladi.

O’z davridayoq Sharqda ilmi bade’da “ badoyi us-sanoyi’”, “sanoyei’ lafziy” (“badiiy

san’at”) deb yuritiluvchi ma’noviy-uslubiy usul o’rganilgan. Badiiy san’atlar shartli ravishda

ikkiga: ma’naviy va lafziy san’atlarga bo’linadi. Ma’noviy san’atlar so’z, ibora va jumlaning

ma’no jihatlariga, lafziy san’atlar esa so’z va iboralarning shakli, jaranglashi, hattoki, xattiy

chiziqlariga e’tiborni jalb qiladi.

Ma’lumki, A.Navoiy ijodida ham badiiy san’atlar o’zining original ifodalariga egaligi

bilan ajralib turadi va ushbu badiiyliklar zamirida tasavvufona fikrlar bayon etiladi, ana shunday

badiiy san’atlardan biri ruju’ (arabcha - qaytish)

1

san’atidir. Bu haqda Fitrat shunday yozgan:

“Shoir-adib o’z tuyg’ularini onglatib turgan chog’da, go’yo birdan ifodalashning yetishsizligini

bilgan bo’lub, burungi so’zidan qaytadir-da, undan kuchlirak bir ifoda bilan so’ylaydir.”

2

.

Odatda, ruju’ san’atida inkor ma’nosini beruvchi so’z va qo’shimchalardan foydalaniladi.

Fikrimizni “Layli va Majnun” dostonidan olingan misollar bilan dalillaymiz. Masalan,

ne

inkor

so’zi bilan:

Ul hajr tuniga subhi ummid,

Ne subhi umid, mehri jovid

.

3

Majnun Laylining qavmidan bo’lgan Zaydga (XXIV bob) “salomimni Layliga yetkaz” deb

yolboradi. Zayd: “Sen haqingda Layliga xabar yetkazaman, bu xabar uning hijron tuni soya solgan

qalbiga bir tongdan umid kabidir”,- deydi va bu javobidan qoniqmay: “Yo’q bir tong emas, balki

bu xabar uning qalbini quyosh kabi abadiy yorug’ qiladi”,-deydi.Ya`niki ,qalbning yorug`lik

istashi va yorug`lik nuriga intilishi ham Ollohning tajallisiga intilishdir. Birinchi misrada yashirin

tashbeh qo’llanilgan bo’lib, shoir ikkinchi misrada bu tashbehdan chekinib, uni kuchliroq

ifodalashga harakat qiladi. Bu bilan ma’shuqaning ahvoli yanada oydinlashtiriladi.

Shoir Laylining Majnun maktubidan iztirob chekishini (XXVII bob) tasvirlar ekan,

Majnunning Layliga yozgan maktubini keltiradi. Majnun Layli sifatlarini ta’riflashda ham o’z

bahosidan chekinadi:

Ey nozu karashma bog’ida vard,

Ne vard, bahori nozparvard.

Bu o’rinda ham birinchi misrada tashbehli ifoda keltirilgan, ya’ni Layli

gulga (vard)

1

Hojiahmedov A. Badiiy san’atlar va mumtoz qofiya. –Toshkent, 1988. 47-bet.

2

Fitrat A. Adabiyot qoidalari. –T.: O’qituvchi, 1995. 74-bet.

3

Alisher Navoiy. Layli va Majnun. –T., 1991. (Misollar mazkur kitobdan olindi).


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


201

qiyoslangan, biroq ikkinchi misrada Majnun bu ta’rifdan qoniqmay,

sen gul emas, balki

gulg’unchasan

, deydi. Ma’lumki, Sharq adabiyotida

g’uncha

va

gul

timsollari nisbatan

zidlantiriladi,

g’uncha tug’ilish, bahor, pinhonlik

ma’nolarida,

gul

esa

xazon bo’lish, kuz, oshkor

bo’lish

kabi zohiriy va botiniy ma’nolarda qo’llanadi. Bu esa misralarda hayot sarhadlarida

tasavvuf g`oyasi xususiyatlarini aks ettiradi.

Majnunning o’z to’yi oqshomida biyobonga ketib qolishi bobida (XXX bob) shoirning

Navfalga ta’rifi keltirilgan. Unda ruju’ qo’llangan misralar ham bor:

Kim Navfalkim Arabdadur toq,

Yo’q, yo’q, ne Arabki, toqi ofoq.

Shoir Navfaldek inson “Arabda toq, ya’ni yagona” degan sifatlashidan chekinib,

“Arabdagina emas, balki olamda (ofoq) yagona” sifatlashini keltiradi. Bu misralarda Olloh

tajallisiga ishora borligini anglash qiyin emas.Baytda ruju’ san’atining yuzaga kelishiga birinchi

misrada qo’llangan sifatlash sabab bo’lgan. Shuningdek,

yo’q

inkor so’zining takror qo’llanishi

keyingi ta’rifning kuchliroq ifodalanishiga, diqqatni to’la tortishiga sabab bo’lgan.

Majnunning biyobonlarda vahshiy hayvonlar bilan do’st bo’lishi va ovga chiqqan Navfalga

duch kelishi bayon qilingan bobda (XXI bob) ruju’ san’atining original ko’rinishi qo’llanilgan:

Har yon bo’ri posbon itidek,

Yo’q, yo’q, ne dedim, shubon itidek.

Shoir Majnunning biyobonda kiyiklar galasi o’rtasida go’yoki cho’pon kabi yurganini,

yonida esa bo’rilar qo’riqchi itdek uni himoya qilishayotganini ta’riflar ekan, bu ta’rifdan chekinib,

ular qo’riqchi itdek emas, balki cho’pon itidek Majnunni va kiyiklarni himoya qilayotganini

ta’kidlab tasvirni kuchaytiradi. Ma’lumki, itga mumtoz adabiyotda vafo timsoli sifatida qaraladi.

Birinchidan, baytda chiroyli tashbeh qo’llanilgan, vahshiy hayvon bo’lgan bo’ri itga qiyoslangan.

Ya`ni nafs yo`lida o`zini tiyib ,Majnunga hamdarddek. Ikkinchidan, bu o’rinda itlardagi farq

ko’rsatilgan va ruju’ san’ati asosida isbotlangan. Sababi posbon it egasini himoya qiladi, cho’pon

iti esa egasini va uning suruvini himoya qiladi. Uchinchidan, Majnundagi botiniy tasavvufona

ishqning nafasi zohiriy ifodalarda betakrorlik kasb etgan. Bu ishq oldida vahshiy hayvon ham

yuvosh tortib qolgan.

Shuningdek, ruju’ san’atini yuzaga keltirishda inkor ma’nosidagi birliklar yetakchi rol

o’ynaydi, ular vositasidagina fikrdan chekinganlik aniq anglashinib turadi. Bu birliklar yakka yoki

takror, ba’zan esa ketma-ket keltirilishi mumkin. Bunday o’rinlarda fikrdan chekinish aniq

bo’rtibgina qolmasdan, ekspressivlikka ham ega bo’ladi. Masalan, yuqoridagi misolda

yo’q

inkori

takror qo’llanib qolmasdan, shoir poetik tasvirni o’ta ta’sirli ifodalash maqsadida yana bir inkorni


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


202

(

ne dedim

) qo’llagan.

“Layli va Majnun” dostonida ilohiy ishq zohiriy obrazlarda tasvirlangan ekan, shoir bu

tasavvufona tasvirni aniq ifodalashda ruju’ san’atidan mahorat bilan foydalangan, desak xato

bo’lmaydi.

REFERENCES

1.

Hojiahmedov A. Badiiy san’atlar va mumtoz qofiya. –Toshkent, 1988. 47-bet.

2.

Fitrat A. Adabiyot qoidalari. –T.: O’qituvchi, 1995. 74-bet.

3.

Alisher Navoiy. Layli va Majnun. –T., 1991. (Misollar mazkur kitobdan olindi).