Authors

  • Malika Duysenbaeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.97788

Keywords:

Raketka ushlash usullari Penhold Shakehand Stol tennisida Seemiller usuli. Stol tennis.

Abstract

Bu maqalada stol tennisi haqida so`z boradi uning texnikasi va usuli yoritib berishga harakat qilindi. Stol tennischilarning aksariyat qismi yuqoridagi ikkita uslubdan birida oʻyin olib borishsa-da, hali yuqori darajadagi oʻyinda oʻz samaradorligini isbotlamagan va juda kam uchraydigan qiziqarli usullar ham mavjud.V-usuli. Ushbu uslub Xitoyda ishlab chiqilayotgan eksperimental usul boʻlib, „gʻalaba uchun V“ (V for victory) shaklida raketka ushlashni nazarda tutadi. Bunda raketka tutqichi koʻrsatkich va oʻrta barmoq oʻrtasida, boshqa barmoqlar tutqichning pastki va tepa qismida ushlab turiladi.

background image

1526

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

STOL TENNISI TEXNIKASI VA USULLARI

Duysenbaeva Malika Salamat qızı

Ájiniyaz atındaǵı No`kis mámleketlik pedagogika institutı

Dene mádeniyatı fakulteti 3-kurs studenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15531252

Annotatsiya. Bu maqalada stol tennisi haqida so`z boradi uning texnikasi va usuli yoritib

berishga harakat qilindi. Stol tennischilarning aksariyat qismi yuqoridagi ikkita uslubdan birida
oʻyin olib borishsa-da, hali yuqori darajadagi oʻyinda oʻz samaradorligini isbotlamagan va juda
kam

uchraydigan

qiziqarli

usullar

ham

mavjud.V-usuli. Ushbu

uslub

Xitoyda ishlab

chiqilayotgan eksperimental usul boʻlib, „gʻalaba uchun V“ (V for victory) shaklida raketka
ushlashni nazarda tutadi. Bunda raketka tutqichi koʻrsatkich va oʻrta barmoq oʻrtasida, boshqa
barmoqlar tutqichning pastki va tepa qismida ushlab turiladi.

Kalit so`zlari:

Raketka ushlash usullari,

Penhold,Shakehand,

Stol tennisida, Seemiller

usuli. Stol tennis.


Seemiller usuli.

Stol tennisi boʻyicha amerikalik chempion Den Seemiller tomonidan ishlab chiqilgan va

ommalashtirilgan raketka ushlash uslubi. Seemiller uslubida koʻrsatkich barmogʻining uchi
raketkaning backhand tarafi chetiga yetib boradi (yoki boshqa bir Amerika chempioni Erik
Boggan
usuli

boʻyicha, raketka chetini oʻrab oladi).

Stol

tennis

raketka

bilan

oʻynaladigan

sport

turlari orasida boshqa sport turlariga qaraganda oʻziga xosligi bilan ajralib

turadi, chunki bu sport turida oʻyinchilar bir qancha oʻyin uslublarida oʻyin olib borishadi.
Shuning uchun ham stol tennisi sport turi koʻp qirrali ekanligi bilan oʻziga xosdir.
Sportchilarning oʻyin darajalari oshib borgani sayin ularning oʻyin uslublari xilma-xilligi
kamayib boraveradi, bunga sabab esa texnik jihatdan oʻyinchilarning zaif uslublari ham oʻyin
davomida tezda yoʻqolib boraveradi, ammo hatto eng katta xalqaro darajadagi stol tennisi
oʻyinlarida ham juda koʻplab bir-biriga oʻxshamagan oʻyin uslublarini kashf etish mumkin.
Masalan, stol tennischilarining oʻyin uslublari xilma-xilligi kuzatilishi jihatidan 2021-yil stol
tennisi tarixidagi eng mashhur yil hisoblanadi. Stol tennisida hujumkor oʻyin uslublari
boshqalariga qaraganda ustunlik qiladi. Biroq himoyaviy oʻyin uslublari ham ham hujumkor
uslubdan ustun kelishi mumkin. Bu esa oʻyinchilarning oʻyin darajalariga bogʻliq.

Raketka ushlash usullari

Dunyo boʻylab raqobatbardosh stol tennischilari raketkani turli xil usullar bilan

ushlaydilar. Oʻyinchilarning raketkalarni ushlash usullarini ikkita asosiy guruhga boʻlish
mumkin:

Penhold

Shakehand

Hozirgacha raketka ushlash uslublari boʻyicha koʻplab oʻzgarishlar mavjud.

Xalqaro stol

tennisi federatsiyasining

(ITTF) tomonidan belgilangan Stol tennisi qoidalarida raketkani aniq

ushlash usuli haqida aniq koʻrsatmalar berilmagan.

Penhold usuli

Penhold usuli xuddi qalam ushlash usuliga oʻxshashligi uchun ham shunday nomlangan

(

inglizcha

:

pen

– qalam,

hold

– ushlamoq). Soʻnggi yillarda raketkani bu koʻrinishda ushlovchi

oʻyinchilarning chap tomondan kuchsizroq oʻyin koʻrsatishi kuzatilmoqda. Bu kamchilik
penhold uslubida endigina sportga qadam qoʻyuvchi tennischilar uchun

shakehand

uslubidagi


background image

1527

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

oʻyinchilarga qarshi oʻyin olib borishda koʻzga tashlanadi. Biroq bu narsa penhold uslubida
oʻyin olib boruvchi dunyoga mashhur eng yaxshi oʻyinchilarning Jahon chempionatlari,

Jahon

kubogi va Olimpiya oʻyinlarida

muntazam ravishda gʻalaba qozonishlariga toʻsqinlik qilmaydi,

chunki chap tomonning zaifligi oʻrnini mukammal oyoq harakati yetarli darajada toʻldiradi,
shuningdek, penhold uslubida chap tomondan oʻyin olib borish uchun qoʻlni orqa tomondan
aylantirib zarba berish yoʻli bilan ham bu kamchilikni toʻldirish mumkin.

Shakehand usuli

Shakehand uslubi stol tennisi oʻyinlarida raketkani ushlash usullari orasida saqlanib

qolgan eng qadimgi uslublardan hisoblanadi. Ushbu uslub oʻng va chap tomondan oʻyin olib
borishda energiyaning deyarli bir xilda teng taqsimlanishiga imkon beradi.

Forehand

(oʻng)

va

backhand

(chap) tomonlar oʻrtasidagi bu kesishish nuqtasi oʻyinchilarning eng zaif sohasi

hisoblanadi.

Deyarli barcha

yevropalik va osiyolik o

ʻyinchilarning taxminan uchdan ikki qismi bu

uslubdan foydalanishadi.

Penhold

Shakehand

Stol tennischilarning aksariyat qismi yuqoridagi ikkita uslubdan birida oʻyin olib

borishsa-da, hali yuqori darajadagi oʻyinda oʻz samaradorligini isbotlamagan va juda kam
uchraydigan qiziqarli usullar ham mavjud.

V-usuli.

Ushbu uslub

Xitoyda ishlab chiqilayotgan eksperimental usul boʻlib,

gʻalaba uchun V

“ (

V for victory

) shaklida raketka ushlashni nazarda tutadi. Bunda raketka

tutqichi koʻrsatkich va oʻrta barmoq oʻrtasida, boshqa barmoqlar tutqichning pastki va tepa
qismida ushlab turiladi.

Seemiller

usuli.

Stol

tennisi

boʻyicha amerikalik chempion Den

Seemiller tomonidan ishlab chiqilgan va ommalashtirilgan raketka ushlash uslubi. Seemiller
uslubida koʻrsatkich barmogʻining uchi raketkaning backhand tarafi chetiga yetib boradi
(yoki boshqa bir Amerika chempioni Erik Boggan usuli boʻyicha, raketka chetini oʻrab
oladi).

Penholdning

looper

(ilmoq)

usulida

oʻyin

olib

boruvchilar,

asosan,

aylanmali

topspin

zarbalaridan asosiy qurol sifatida foydalanadilar. Sportchilar asosan yuqori

tezlikka ega oyoq harakatlariga ega boʻlib, odatda, stolning katta qismini va hatto butun qismini
qoplab olishga harakat qiladilar.

Penhold

loopers

usulida 1981–1983-yilgi jahon chempioni Guo Yuexua, 1988-yilgi

Yozgi Olimpiada oʻyinlari oltin medali sovrindori Yo Nam-kyu, 1992-yilgi Yozgi Olimpiada
erkaklar juftlik oʻyinlari oltin medali sovrindori Lü Lin, 1992-yilgi Yozgi Olimpiada bronza
medali
sovrindori Kim Taek-soo, 2001–2003-yilgi Jahon chempionati erkaklar juftlik bahslari
gʻolibi Yan Sen, 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari oltin medali sohibi Ryu Seung-min,
2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari oltin medali sohibi Ma Lin, 2009-yilgi jahon
chempioni Wang Hao, 2015-yilgi erkaklar oʻrtasida yakkalik va aralash juftlik oʻyinlari
gʻolibi Xu Xin kabi koʻplab mashhur stol tennischilar oʻyin olib borishgan.

Stol tennisida stolga yaqin masofada turib oʻyin olib borishda penhold usulining

afzalligini toʻliq kuzatish mumkin. Oʻyinchilar stolga yaqin turib,

counter driver

usulini

qoʻllashadi va raqibning yuqori aylanmali zarbalariga tezlikda javob qaytarishadi yoki qarama-
qarshi

forehand

zarbalari bilan raqiblarining hujumlarini qaytarib tashlashga harakat qilishadi.

2000-yilgi Osiyo chempioni Chiang Peng Lung va janubiy koreyalik oʻyinchi Mun Xyon


background image

1528

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Jung kabi oʻyinchilar mashhur penhold

counter driver

usulida oʻyin olib boruvchi oʻyinchilar

hisoblanishadi.

Qisqa pips zarbasini beruvchi oʻyinchilar stol ustida oʻyin olib borishadi va toʻp stoldan

sakragan zahoti qisqa pips zarbasi bilan raqiblari tomonidan berilgan zarbalarga javob
qaytarishadi.

1996-yilgi Olimpiada chempioni Liu Guoliang, 1985 va 1987-yillardagi jahon

chempioni Jiang Jialiang, uch karra olimpiachi Toshio Tasaki, Yang Ying, Kwak Bang-
bang,
Seok Eun-mi, He Zhi Wen, Lee Eun-hee, Wang Zeng Yi va Rory Cargill kabi mashur stol
tennischilar penhold uslubining qisqa pips zarbalariga ega sportchilar hisoblanishgan.

Shakehand uslublari
Shakehand

looper

uslubi oʻyin davomida raqibga kuchli bosim oʻtkazishi bilan mashhur

boʻlib, forehand zarbasiga qaraganda tez va kuchliroq aylanma zarbalar bilan oʻyinchilarga
koʻroq ochko olib keladi. Shakehand looper usulida uzatilgan toʻp hatto raqib stoliga tushgandan
keyin ham qayta orqaga qaytib kelish kuchiga ega.

Mashhur looperlar orasida Vladimir Samsonov, Jan-Mishel Saive, Werner Shlager, Wang

Liqin, Ma Long, Fan Zhendong, Zhang Jike, Ding Ning kabi kuchli stol tennischilar bor.

Har ikkala tomondan ham hujumkor oʻyin uslubida oʻynovchi stol tennischilarda yuqori

effektga ega chap taraf

backhand

zarbasi ular uchun oʻyin davomida birinchi boʻlib hujumga

oʻtish imkoniyatini yanada oshiradi va hujum qilinishi mumkin boʻlgan burchaklar sonini
oshiradi. Har tomonlama hujumkor uslubda oʻynovchi tennischilar oʻyini looper uslubida oʻyin
olib boruvchi oʻyinchilarnikidan unchalik farq qilmaydi.

Chap qoʻlda oʻyin olib boruvchi

counter driver

oʻyinchilari oʻyin davomida raqiblarining

turli hujumlarini toʻsib, raqibni xato qilishga majbur qiladilar. Mashhur stol tennischilar orasida
ushbu usulda oʻyin olib boradigan koʻp karra Olimpiya chempioni Chjan Yining, Fukuhara
Ai,
Tie Yana va He Zhuojia kabi bir qator nomdor tennischilar bor.

Stol tennisidagi eng oʻziga xos uslublardan biri bu hujumkor kesish uslubidir. Stol

tennisida deyarli barcha oʻyin uslublari orqali hujumkor oʻyin olib borishga va tashabbusni
qoʻlga olishga harakat qilinsa, chopper uslubi orqali hujumga himoyaviy uslubda javob
qaytariladi va toʻpni raqibga kesib uzatish usulidan foydalaniladi. Bu esa raqibni hujumni
qaytadan boshlashga majbur qiladi. Himoyaviy chopper usuli ularga beriladigan takroriy
hujumlarga sekinlik bilan beriladigan zarbalar bilan javob qaytaradi. Iloji boricha toʻpga stoldan
uzoqroq va nisbatan kechroq javob qaytarishga harakat qilinadi, stol orqasida turib muntazam
ravishda kesib qaytarilgan toʻp uzatmalari odatdagidan koʻproq vaqt oladi va shu orqali ular
raqiblarini koʻproq charchatishga majbur qilishadi. Chopperlar teskari aylanuvchi toʻp
uzatmalarining miqdori, yon tomondan toʻpni kesib uzatish (stolga egilish yoki raqibdan
uzoqlashish) yoki oʻyin pozitsiyalari bilan boshqa uslubdagi oʻyinchilardan farq qilishlari
mumkin. Bu esa raqib uchun odatiy va doimiy hujumga oʻtish imkoniyatini qiyinlashtiradi. Agar
raqib hujumga oʻtishni davom ettirish oʻrniga himoyaga oʻtib olsa, unda hujumchi chopperlar
kutilmaganda oʻyinni qoʻlga olish maqsadida himoyaviy kesish uslubidan raqibga qarama-qarshi
hujumkor zarba berishi yoʻliga oʻtib olishlari mumkin. Odatda, teskari aylanmali toʻp uzatmalari
forehand tomonidan amalga oshirilsa, oʻyin olib borishni yengillashtiradigan backhand tomoni
uzoq yoki qisqa pips uzatmalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Baʼzi oʻyinchilar oʻng
tomondan amalga oshiriladigan pips uzatmalar uchun raketkaning himoyaviy tarafini tezlik bilan
teskari aylantirib oladilar.

Jahon miqyosida tanilgan chopperlar orasida Koji Matsushita, Svetlana Ganina, Irina


background image

1529

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Kotikhina va Viktoria Pavlovich kabi nomdor oʻyinchilar mavjud, lekin chopperlarning baʼzilari,
jumladan, Chen Weixing (Chen vaqti-vaqti bilan hujum qilish uchun backhand zarbalaridan
foydalanadi), Joo Sae-Hyuk, Ding Song, Kim Kyung-ah, Park Mi-young va Tan Paey Fern kabi
oʻyinchilar oʻzlarining oʻyin uslublarini yanada osonlashtirish maqsadida himoyaviy oʻyin
uslubidan tezkor hujumga oʻtib olishadi. Stol tennisida juda kam sonli oʻyinchilar har ikkala
tomondan ham himoyaviy usulda oʻyin olib borishni tanlaydilar, bunday kam sonli
tennischilarga Vang Tingtingni misol keltirishimiz mumkin.

Chopper (himoyachi) va hujumchi oʻrtasidagi oʻyin, odatda, stol tennisi bilan

professional tarzda shugʻullanmaydiganlar uchun toʻpning oʻyin davomidagi sekinligi va uni
kesib uzatish usuli sababli oson tuyilishi mumkin, ammo haqiqiy stol tennischilar bu ikki oʻyin
uslubiga ega oʻyinchilar oʻrtasidagi bahslar oson kechmasligini juda yaxshi tushunishadi.


ADABIYOTLAR

1.

Yuza N., Sasaoka K., Nishioka N., Matsui Y., Yamanaka N. et al. (1992.) Game Analysis
of Table Tennis in Top Japanese Players of Different Playing Styles.
Int. J. of Table
Tennis Scis. 1:79-89.

2.

Drianovski Y. and Otcheva G. (1998.) Survey of the game styles of some of the best
Asian players at the 12th World University Table Tennis Championships (Sofia, 1998).
International Table Tennis Federation (ITTF). „ITTF Handbook 2021“.

I

3.

"Dene tárbiyası hám sport haqqında" ǵı Nızam. // Ózbekstannıń jańa nızamları. №23.- T.:
Ádalat, 2001. 211-223 - b.

4.

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń "Ózbekstan Balalar sportın rawajlandırıw fondı
iskerligin jetilistiriw is – ilajları haqqın" ǵı 29 -avgust 2004- jıl 3481 - sanlı Pármanı.

5.

Ózbekstan Respublikasınıń "Tálim haqqında" ǵı Nızamı (1979, 29- avgust). "Turkiston"
gazetası.

6.

Ózbekstan Respublikası "Kadrlar tayarlaw milliy baǵdarlaması". "Bilim" gazetası, 1998,
1- aprel.

7.

Xalmuratov, M. (2025). DENE TÁRBIYASI OQITIWSHILARINIŃ KÁSIBIY
TAYARLIǴIN RAWAJLANDIRIW METODLARI. Modern Science and Research,
4(3), 390-395.

8.

Халмуратов,

М.

Т.

(2023).

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ

ПОДГОТОВКА

ПРАКТИЧЕСКОЙ

СИСТЕМЫ

ФИЗИЧЕСКОГО

ВОСПИТАНИЯ

ДЕТЕЙ

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ. Science and innovation, 2(Special Issue 7), 406-410.



References

Yuza N., Sasaoka K., Nishioka N., Matsui Y., Yamanaka N. et al. (1992.) Game Analysis of Table Tennis in Top Japanese Players of Different Playing Styles. Int. J. of Table Tennis Scis. 1:79-89.

Drianovski Y. and Otcheva G. (1998.) Survey of the game styles of some of the best Asian players at the 12th World University Table Tennis Championships (Sofia, 1998). International Table Tennis Federation (ITTF). „ITTF Handbook 2021“. I

"Dene tárbiyası hám sport haqqında" ǵı Nızam. // Ózbekstannıń jańa nızamları. №23.- T.: Ádalat, 2001. 211-223 - b.

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń "Ózbekstan Balalar sportın rawajlandırıw fondı iskerligin jetilistiriw is – ilajları haqqın" ǵı 29 -avgust 2004- jıl 3481 - sanlı Pármanı.

Ózbekstan Respublikasınıń "Tálim haqqında" ǵı Nızamı (1979, 29- avgust). "Turkiston" gazetası.

Ózbekstan Respublikası "Kadrlar tayarlaw milliy baǵdarlaması". "Bilim" gazetası, 1998, 1- aprel.

Xalmuratov, M. (2025). DENE TÁRBIYASI OQITIWSHILARINIŃ KÁSIBIY TAYARLIǴIN RAWAJLANDIRIW METODLARI. Modern Science and Research, 4(3), 390-395.

Халмуратов, М. Т. (2023). ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА ПРАКТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ. Science and innovation, 2(Special Issue 7), 406-410.