115
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
O‘SMIRLIK YOSH DAVRIDA SUIDSIDIAL XULQNING IJTIMOIY
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Malikov Shukurjon Nodirjon o‘g‘li
Alfraganus unversiteti 2-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o‘smirlik yoshida uchraydigan suidsidial xulq
-
atvorning kelib chiqish sabablari,
unga ta’sir etuvchi ijtimoiy va psixologik omillar
,
shuningdek, bu holatning oldini olishda ijtimoiy muhit va psixologik yordamning
ahamiyati tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
o‘smirlik
, suidsid, ijtimoiy omillar, psixologik holat, profilaktika.
Аннотация
.
В статье анализируются причины суицидального поведения в
подростковом возрасте
,
социальные и психологические факторы
,
на него
влияющие
,
а также значение социальной среды и психологической поддержки в
профилактике этого состояния
.
Ключевые слова:
подростковый возраст
,
самоубийство
,
социальные
факторы
,
психологическое состояние
,
профилактика
.
Abstract:
This article analyzes the causes of suicidal behavior in adolescence,
the social and psychological factors that influence it, as well as the importance of the
social environment and psychological support in preventing this condition.
Keywords:
adolescence, suicide, social factors, psychological state, prevention.
Kirish.
O‘smirlik yoshi inson hayotida o‘ziga xos murakkabliklar bilan ajralib
turadi.
Bu davrda jismoniy va ruhiy o‘zgarishlar
,
shaxsiylikning shakllanishi va o‘z
“Men”ini anglash jarayoni o‘ta keskin kechadi
.
So‘nggi yillarda o‘smirlar orasida
suidsid holatlari ortib borayotgani jahon sog’liqni saqlash tashkilotlari hamda
mahalliy psixologlar e’tiborini tortmoqda
.
O‘zbekiston sharoitida bu holatga ijtimoiy
-
psixologik jihatdan yondashish orqali sabab va oqibatlarni aniqlash, profilaktik
choralarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.
Metodologiya.
Ushbu tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi:
Sotsiologik so’rovnoma –
14-
18 yoshdagi 200 nafar o’smir orasida o’tkazildi
.
Psixologik testlar
–
depressiyani aniqlash testidan foydalanildi.
Tahliliy usul
–
mavjud ilmiy adabiyotlar va statistik ma’lumotlar asosida
suidsidial xulq holatlari tahlil qilindi.
Natijalar.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari o‘smirlik yoshidagi suidsidial xatti
-
harakatlarning turli omillar ta’sirida shakllanishini ko‘rsatdi
. Tadqiqot doirasida 14-
116
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
18 yosh oralig‘idagi 200 nafar o‘smir ishtirokida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma
asosida aniqlanishicha,
respondentlarning 27 foizi o‘z hayoti davomida kamida bir
marta suidsid haqida jiddiy fikr yuritgan.
Ulardan 14 foizi esa o‘z joniga qasd qilishni
rejalashtirganini,
ammo bu harakatni amalga oshirmaganini ta’kidlagan
. Qolgan
respondentlarning asosiy qismi bu fikrni begona deb bilganini bildirgan bo‘lsa
-da,
ular orasida ruhiy tushkunlik va ijtimoiy ajralish alomatlari kuzatilgan.
Psixologik test natijalari, xususan, Bek depressiya shkalasi orqali olingan
ma’lumotlarga ko‘ra
,
yuqori depressiv darajadagi o‘smirlar orasida suidsidial
fikrlarga ega bo‘lganlar ulushi 70 foizni tashkil etgan
. Bu esa depressiyaning
suidsidial xatti-
harakatlar bilan bevosita bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi
. Shuningdek,
Shixanovning ijtimoiy izolyatsiya testida ishtirok etgan o‘smirlarning taxminan 42
foizida o‘zini yolg‘iz
, tashlandiq, yaqinlari tomonidan tushunilmagan deb his qilish
holatlari aniqlangan. Intervyular asosida aniqlanishicha,
o‘smirlar orasida suidsidial
fikrlarning shakllanishiga asosiy sabab sifatida quyidagi omillar ilgari surilgan:
oilaviy nizolar va ota-
ona e’tiborining yetishmasligi (35%)
, maktabdagi psixologik
bosim va do‘stlar orasidagi ajralishlar (23%)
,
shaxsiy muammolar yoki o‘zini
yetarlicha qadrlanmagan deb his qilish (20%), hamda turli ruhiy buzilishlar
–
xususan, tashvish va xavotir holatlari (22%).
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki
,
ijtimoiy qo‘llab
-
quvvatlash darajasi past bo‘lgan
o‘smirlar
,
ya’ni do‘stlari bilan yaqin munosabatda bo‘lmagan
, oilada hissiy aloqa zaif
bo‘lgan yoki maktab psixologlari bilan hech qachon suhbatlashmagan o‘smirlar
orasida suidsidial xulq ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan
. Shu bilan birga, ijobiy ijtimoiy
muhitga ega bo‘lgan
,
o‘zini tinglaydigan va qadrlaydigan oila a’zolari
,
do‘stlar yoki
o‘qituvchilarga ega bo‘lgan o‘smirlar orasida suidsidial fikrlar darajasi nisbatan past
bo‘lgan
. Tadqiqot davomida, shuningdek, shaxslararo munosabatlar sifati,
o‘smirlarning o‘ziga baho berish darajasi
, maktabdagi muvaffaqiyatsizlik holatlari va
internetdagi salbiy kontent bilan o‘zaro aloqadorlik ham kuzatildi
. Internetdagi
zo‘ravonlik
,
tarmoqda do‘stlar tomonidan chetlanish va negativ videokontentlar
ayrim o‘smirlar psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi
.
Yuqoridagi natijalar asosida xulosa qilish mumkinki,
o‘smirlik davrida yuzaga
keladigan suidsidial xatti-
harakatlar ko‘p omilli muammo bo‘lib
, uni bartaraf etishda
faqat psixologik yondashuv emas,
balki ijtimoiy qo‘llab
-quvvatlash tizimi, oilaviy
tarbiya, maktabdagi emotsional muhit va keng ommaviy axborot vositalarining roli
ham beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Munozara.
O‘smirlik davrida yuzaga keladigan suidsidial xulq
,
ko‘pincha
tashqi muhit ta’siri va ichki hissiy zo‘riqishlar natijasidir
. Oilaviy nizolar, ijtimoiy
117
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
qo‘llab
-
quvvatlashning yo‘qligi va maktab muhitidagi salbiy ta’sirlar bu xatti
-
harakatlarning kuchayishiga olib keladi.
O‘zini rad etilgan yoki e’tibordan chetda
qolgan deb his qilgan o‘smirlar ko‘pincha bu dunyoda o‘z o‘rnini topa olmaydi va
bunga javob sifatida suidsidial fikrlarga beriladi. Shu boisdan, maktab psixologlari va
ota-
onalar o‘smirlar bilan ochiq muloqot o‘rnatib
, ularning ruhiy holatini nazorat
qilib borishlari muhimdir. Shu bilan birga, ijtimoiy psixologik yordam markazlarini
rivojlantirish va keng jamoatchilikda ruhiy salomatlik madaniyatini shakllantirish
lozim.
Xulosa.
O‘smirlik davri –
bu nafaqat jismoniy o‘zgarishlar davri
, balki
shaxsning psixologik, emotsional va ijtimoiy jihatdan shakllanish bosqichi hamdir.
Ushbu davrda yuzaga keladigan ichki ziddiyatlar,
o‘zini anglashdagi qiyinchiliklar
,
atrof-
muhit bilan bo‘lgan murakkab munosabatlar
, ayniqsa, ijtimoiy va oilaviy
muammolar o‘smirlarni suidsidial fikr va harakatlarga moyil etishi mumkin
.
O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki
,
o‘smirlik yoshidagi
suidsidial xatti-
harakatlar faqatgina ruhiy salomatlik bilan bog‘liq emas
, balki keng
qamrovli ijtimoiy-psixologik muammolarning mahsuli hisoblanadi.
Tadqiqot davomida aniqlangan asosiy jihatlar shundan iboratki, suidsidial fikr
va xatti-
harakatlar ko‘proq oilaviy nizolar
, ota-
ona e’tiborining yo‘qligi
, maktab
muhitidagi bosim,
do‘stlar bilan aloqa yetishmasligi
, ijtimoiy izolyatsiya holatlari va
depressiv psixik holat fonida rivojlanadi. Bu holatlarni erta aniqlash va bartaraf etish
uchun maktab psixologlari,
o‘qituvchilar
, ota-onalar va jamiyatning boshqa vakillari
o‘rtasida tizimli hamkorlik zarur
. Shuningdek, suidsidial holatlarning oldini olishda
profilaktik choralarning samaradorligi katta ahamiyatga ega.
Bunga o‘smirlarga
yo‘naltirilgan psixologik xizmatlarni kuchaytirish
, maktab va jamoatchilik miqyosida
ruhiy sog‘lomlashtirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish
, psixologik madaniyatni oshirish,
ishonchli muloqot muhitini yaratish orqali erishish mumkin.
O‘smirlar bilan ishlovchi
mutaxassislar, xususan maktab psixologlari va sotsial pedagoglar, doimiy monitoring,
emotsional holatlarni baholash, shaxsiy suhbatlar orqali xavfli belgilarni erta aniqlash
imkoniga ega bo‘lishlari kerak
. Shu bilan birga, zamonaviy axborot texnologiyalari
va ijtimoiy tarmoqlarning o‘sib borayotgan ta’sirini inobatga olgan holda
, internet
makonida ham suidsidial targ‘ibotga qarshi faol choralar ko‘rish
, ijobiy kontentni
targ‘ib qilish zarur
.
O‘smirlar orasida ijobiy namunalarni targ‘ib qilish
, ularga hayot
mazmunini anglash,
ijtimoiy rolini topish va o‘zini qadrlash tuyg‘ularini singdirish
asosiy vazifalardan biri bo‘lishi lozim
.
Xulosa qilib aytganda,
o‘smirlik yoshida suidsidial xatti
-harakatlarning oldini
olish uchun kompleks yondashuv zarur: bu
–
ijtimoiy, psixologik, tarbiyaviy va
118
Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
madaniy yo‘nalishlarning uyg‘unligini talab qiladi
. Tadqiqot natijalariga asoslanib
quyidagi amaliy tavsiyalarni ilgari surish mumkin:
−
maktablarda muntazam ravishda psixologik treninglar, davra suhbatlari
va emotsional ongni oshirish dasturlarini o‘tkazish;
−
ota-
onalar uchun farzandlar bilan sog‘lom muloqot
, ruhiy holatni
tushunish va qo‘llab
-
quvvatlash bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar tayyorlash;
−
jamoatchilik asosida ishonchli muloqot platformalari, ishonch telefonlari
va maslahat markazlarini kengaytirish;
−
maktab psixologlari faoliyatini kuchaytirish, ularning kasbiy
tayyorgarligini oshirish;
−
mass-
media va ijtimoiy tarmoqlar orqali sog‘lom ruhiy hayotni targ‘ib
qiluvchi ijobiy namuna va kontentlar yaratish.
−
yuqoridagi choralar kompleks holda amalga oshirilgandagina,
o‘smirlik
davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suidsidial xatti
-harakatlar oldini olish va
sog‘lom
,
barqaror jamiyat shakllantirishga erishish mumkin bo‘ladi
.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
King C., va C. Merchant. Social and Interpersonal Factors Relating to
Adolescent Suicidality. New York: Springer, 2008. P. 118.
2.
CDC. Youth Risk Behavior Survey: Mental Health and Suicide Risk
Among High School Students. Atlanta: U. S. Department of Health and Human
Services, 2024. P. 23.
3.
Corder B. F., W. Shorr, va R. F. Corder. A Study of Social and
Psychological Characteristics of Adolescent Suicide Attempters in an Urban,
Disadvantaged Area. Washington, D. C.: American Psychological Association, 1974.
P. 60.
4.
Wei Z., Mukherjee S. Health-behaviors Associated with the Growing
Risk of Adolescent Suicide Attempts: A Data-driven Cross-sectional Study.
Cambridge: MIT Press, 2020. P. 25-38.
5.
World Health Organization. Adolescent Mental Health. Geneva: WHO
Press, 2023. P. 4
–
17.
6.
Beck A. T., Steer, R. A., & Brown, G. K. Manual for the Beck
Depression Inventory-II. San Antonio, TX: Psychological Corporation. 1996. P. 135.
