Авторы

  • Шахнозахон Мирзажонова

Биография автора

  • Шахнозахон Мирзажонова
    Namangan davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.125618

Аннотация

Ushbu maqolada Abdulla Jabborning dramatik dostonlari, xususan “Ko‘rgoli keldim” va “Alpomishning o‘q-yoyi” asarlarida tarixiy shaxslar va afsonaviy qahramonlar obrazining badiiy talqini yoritilgan. Muallif o‘z asarlarida tarixiy xotira va badiiy tafakkur uyg‘unligini yaratish orqali milliy o‘zlik, ma’naviy qadriyatlar va haqiqatparastlik g‘oyalarini ilgari suradi. Shoir va qahramon obrazlari zamonaviy ijtimoiy-ma’naviy kontekstda talqin etilib, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash, insoniylik, erkinlik va haqiqat kabi tushunchalar chuqur badiiy ifodasini topadi. Asarlarda tasviriy vositalarning boyligi va dramatik kuch badiiy-estetik yuksaklikni ta’minlaydi.


background image

208

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ABDULLA JABBOR DRAMATIK DOSTONLARIDA TARIXIY SHAXSLAR

VA AFSONAVIY QAHRAMONLARNING BADIIY TALQINI

Mirzajonova Shaxnozaxon Ne’matjon qizi

Namangan davlat universiteti

o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 2

-kurs magistranti

muhaddasa. 1581@gmail. com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Abdulla Jabborning dramatik dostonlari,

xususan “Ko‘rgoli keldim” va “Alpomishning o‘q

-

yoyi” asarlarida tarixiy shaxslar va

afsonaviy qahramonlar obrazining badiiy talqini yoritilgan.

Muallif o‘z asarlarida

tarixiy xotira va badiiy tafakkur uyg‘unligini yaratish orqali milliy o‘zlik

,

ma’naviy

qadriyatlar va haqiqatparastlik g‘oyalarini ilgari suradi

. Shoir va qahramon obrazlari

zamonaviy ijtimoiy-

ma’naviy kontekstda talqin etilib

, jamiyatdagi adolatsizlikka

qarshi kurash, insoniylik, erkinlik va haqiqat kabi tushunchalar chuqur badiiy
ifodasini topadi. Asarlarda tasviriy vositalarning boyligi va dramatik kuch badiiy-

estetik yuksaklikni ta’minlaydi

.

Аннотация:

В статье рассматривается художественная интерпретация

исторических личностей и легендарных героев в драматических поэмах
Абдуллы Джаббора

,

особенно в произведениях «Я пришел

,

чтобы увидеть» и

«Лук и стрела Алпомиша»

.

Автор через синтез исторической памяти и

художественного мышления поднимает идеи национальной идентичности

,

нравственных ценностей и стремления к истине

.

Образы поэта и героя

переосмыслены в контексте современных социальных и духовных реалий

,

где

раскрываются темы борьбы с несправедливостью

,

гуманизма

,

свободы и

преданности истине

.

Богатство художественных средств и драматическая сила

придают произведениям высокую эстетическую значимость

.

Abstract:

This article explores the artistic interpretation of historical figures and

legendary heroes in the dramatic poems of Abdulla Jabbor,

particularly in “I Came to

See” and “Alpomish’s Bow and Arrow

.

” The author skillfully blends historical

memory with artistic thought to highlight themes such as national identity, moral
values, and the pursuit of truth. The characters are reimagined within a modern socio-
spiritual context, emphasizing the struggle against injustice, the essence of humanity,
freedom, and loyalty to truth. The richness of literary devices and the dramatic

intensity contribute to the works’ profound aesthetic impact

.

Kalit so‘zlar:

“Dramatik doston”

,

“Ko‘rgoli keldim”

,

”Alpomishning o‘q

-

yoyi”

,

“afsonaviy qahramon”

,

“tarixiy xotira”

,

“badiiy tafakkur” va h

. k


background image

209

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

XX asrning ikkinchi yarmida dramatik doston janri sezilarli darajada rivojlandi.

Turli

mavzulardagi

ushbu

badiiy

asarlarda

tarixiy

shaxslar

hamda

zamondoshlarimizning hayotiy obrazlari yaratilgan. 90-yillarga kelib, bu jarayon
yanada chuqurlashdi va boyidi. Shunday qilib,

bu davr dostonchiligining o‘ziga xos

jihatlaridan biri

dramatik dostonning bosqichma-bosqich rivojlanishi hisoblanadi.

A.

Oripovning “Ranjkom”

, A.

Nosirovning “O’tror hokimi”

, S. Sayyidning

“Tanazzul”

, M.

Rahmonning “Abadiy nido” kabi asarlarida dramatizm va lirizm

uyg‘unligi aniq seziladi

.

Tarixiy mavzudagi “O’tror hokimi” dostonida mo‘g‘ullarga

qarshi kurashgan Inolchiq, Temur Malik kabi qahramonlarning badiiy tasvirlari
yaratilgan. A.

Oripovning “Ranjkom”

, S.

Sayyidning “Tanazzul” va M

. Rahmonning

“Abadiy nido” dostonlarida esa zamonaviy voqealar

,

turg‘unlik davrining fojialari

hamda bugungi kunning ma’naviy

-axloqiy inqirozi ramziy tarzda ifodalangan. Bu

asarlarning zamonaviy mavzudagi boshqa dramatik dostonlardan farqi, voqelikni

ramziy va timsoliy uslubda yoritilishida namoyon bo‘ladi

.

Abdulla Jabborning dramaturgiyasi adib ijodining eng muhim burchaklaridan

biri bo‘lib

,

unda tarixiy xotira va badiiy tafakkur uyg‘unligi muhim o‘rin tutadi

.

Uning sahna asarlari milliy tarix, xalqning o'tmishdagi voqealari, ijtimoiy va axloqiy
muammolarni chuqur falsafiy yondashuv orqali ifodalaydi. Shu bois, Abdulla Jabbor

dramaturgiyasi tarix va badiiyat o‘rtasida mustahkam bog‘lanish va uyg‘unlikka
asoslangan san’at namunasi hisoblanadi

.

Abdulla Jabbor ijodida tarixiy xotira millatning o‘tgan davrlarini eslab qolish

,

xalqning umumiy tarixiy tajribasini saqlash va avlodlarga yetkazish vositasi sifatida
qaraladi. Uning dramalarida tarixiy xotira faqatgina voqealar zanjiri yoki faktlar
majmui emas,

balki ularning chuqur ma’naviy

, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini

ochishdir. Asarlarda xalqning qahramonliklari, urush va tinchlik davrlari, xalq
orasidagi qadriyatlar va qarama-

qarshiliklar badiiy tafakkur bilan uyg‘unlashgan

holda tasvirlanadi.

Masalan, uning dramalarida tarixiy shaxslar va voqealar qayta jonlanadi, ularda

milliy o‘zlik va sha’n

-

shuhrat masalalari ko‘tariladi

. Abdulla Jabbor bu orqali

millatning o‘z tarixini unutmasligi

, undan saboq olib, kelajak uchun kuchli poydevor

yaratishi kerakligini ta’kidlaydi

. Uning sahna asarlarida tarixiy xotira fuqarolarning

ongida milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘usini uyg‘otadi

, shuningdek, ijtimoiy adolat

va ma’naviyat masalalarini muhokama qilish uchun platforma yaratadi

.

Abdulla Jabbor dramaturgiyasida tarixiy xotira va badiiy tafakkur uyg‘unligi–

uning ijodining markaziy g‘oyasi va asosiy tamoyili hisoblanadi

. U tarixiy voqealarni

faqat faktologik jihatdan emas, balki badiiy va falsafiy nuqtai nazardan chuqur


background image

210

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yoritadi. Shu bilan birga, dramaturg sifatida u tarixiy xotirani zamonaviy tafakkur

bilan uyg‘unlashtirib

,

milliy o‘zlik va ma’naviyatni yangi badiiy shakllarda

ifodalashga intiladi.

Uning sahna asarlarida tarixiy xotira

xalqning o‘tmishdagi jasoratlari

,

mardliklari, shuningdek, xatolari va kamchiliklari yodga olinadigan, ulardan dars
olinadigan qimmatli meros sifatida tasvirlanadi. Badiiy tafakkur esa bu tarixiy
xotirani yuksak badiiy did va falsafiy chuqurlik bilan boyitib, uni zamonaviy

tomoshabin uchun anglashiladigan va ta’sirchan qiladi

.

Bu uyg‘unlik

dramaturgiyaning falsafiy-

estetik asoslarini tashkil etadi va uning asarlarini o‘zbek

milliy teatrining ajralmas qismiga aylantiradi.

Abdulla Jabbor o'zining dramaturgiya sohasidagi ijodiy yutuqlari bilan o'zbek

adabiyoti tarixida alohida o'rin egallagan adiblardan biridir.

Uning "Nurli yo‘l"

(1978), "Xiyonat" (1982),

"Zo‘rdan zo‘r chiqsa" (1983)

, "Chorraha" (1984),

"Ko‘zgu" (1986) kabi sahna asarlari o‘zbek teatr san'atiga yangicha nafas olib kirgan

,

sahna ko‘rinishlarining falsafiy

-

estetik yuksalishiga asos bo‘lgan

. Ushbu asarlar

orqali muallif zamonaviy teatrning badiiy imkoniyatlarini kengaytirgan, ijtimoiy-

ma’naviy muammolarni yoritishda yangi yo‘nalishlar yaratgan

.

Abdulla Jabbor o‘z

dramatik dostonlarida tarixiy shaxslar hamda afsonaviy qahramonlar obrazini

yaratish orqali ma’naviy

-

ma’rifiy g‘oyalarni ilgari suradi

,

o‘tmish voqealar orqali

bugungi kun jamiyati uchun dolzarb bo‘lgan masalalarni ochib beradi

. Uning

"Ko‘rgali keldim" va “Alpomishning o‘q

-

yoyi” nomli dramalari bu borada alohida

e'tiborga loyiqdir.

“Ko‘rgoli keldim” dramatik dostoni o‘zbek adabiy

-falsafiy tafakkurining yuksak

namunasi bo‘lib

, unda XVII asrda yashab ijod qilgan, xalq orasida "Shoh Mashrab"

nomi bilan mashhur bo‘lgan tasavvufiy shoir Boborahim Mashrab siymosi markaziy

obraz sifatida tasvirlanadi. Asarning asosiy voqealari Mashrab yashagan muhit

Namangan va Qashqar zaminida kechadi. Bu tarixiy makonlarda ijtimoiy hayot,

e’tiqodiy qarashlar

, ruhiy izlanishlar,

din va siyosat o‘rtasidagi murakkab

munosabatlar badiiy shaklda mujassamlashtirilgan.

Asarda Ofoqxo‘ja

, Mulla Bozor,

Mahvash (Qumri), Abdukabir, Kubrobegim,

Ko‘rahon

, Sayoid kabi qator tarixiy va

badiiy obrazlar ishtirok etadi. Ularning har biri alohida xarakter, dunyoqarash,
maqsad va niyat bilan sahnaga olib chiqiladi.

Abdulla Jabbor bu obrazlar orqali davr ruhiyatini, xalq ichidagi ijtimoiy

keskinlik va ruhiy o‘zgarishlarni

,

ziddiyat va uyg‘unliklarni

,

e’tiqod va

munofiqchilikni chuqur tahlil qiladi. Asarning badiiy kuchi aynan ana shu ijtimoiy
ziddiyatlarning obrazlar orqali badiiy talqinida yotadi. Mashrab obrazi esa bunday


background image

211

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

talqinning eng yuksak cho‘qqisidir

. U faqat oshiq emas, balki tasavvuf ruhi bilan

sug‘orilgan murid

, xalq dardini aytuvchi shoir, ruhiy yetuklikka intiluvchi mutafakkir

va erkin fikr egasidir.

Uning so‘zlarida insoniylik

, adolat, erkinlik, haqiqatga sadoqat

kabi umuminsoniy g‘oyalar mujassam

.

Asarda Mashrab jamiyatdagi ikkiyuzlamachilik, riyo, mansabparastlik,

e’tiqoddan foyda izlash kabi illatlarga qarshi kurashadi

. Aynan shu kurash uning

hayotini izdan chiqaradi,

uni quvg‘inga

, tazyiqqa uchratadi. Lekin bu fojaa

Mashrabni ojiz emas, aksincha,

kuchli va qat’iyatli inson sifatida tasvirlashga xizmat

qiladi.

Uning mahbubasi Mahvashga bo‘lgan muhabbati –

sof, samimiy, ammo

ijtimoiy to‘siqlar sababli yashirin qolgan muhabbat sifatida tasvirlanadi

. Bu esa

badiiy asarning hayotiylik darajasini oshiradi.

“Ko‘rgoli keldim” dramasida dramatik voqealar bilan birga she’riy dialoglar

,

falsafiy monologlar,

ichki ruhiy kechinmalar keng o‘rin olgan

. Bu holat Mashrab

obrazini chuqur,

ko‘p qirralikda yoritishga imkon beradi

. Ayniqsa, uning ichki

iztiroblari, orzu-umidlari, dardli monologlari orqali inson ruhiyatining eng nozik
qatlamlari ochiladi.

Uning she’rlari –

bu dardli xalq kuyiga aylangan ash’orlar bo‘lib

,

xalq dardi bilan sug‘orilgan

, xalq istaklarini ifoda etgan. Shu jihatdan, u nafaqat

shoir, balki ruhiy shifokor,

xalqni uyg‘otuvchi

,

dardiga malham bo‘luvchi inson

sifatida talqin qilinadi.

Asarda tasvirlangan ijtimoiy ziddiyatlar o‘zbek tarixining chuqur ildiz otgan

muammolarini yoritishga xizmat qiladi. Ustoz-shogird, piri-murid, rahbar-xalq,
erkak-ayol munosabatlari badiiy ifoda topgan. Bu munosabatlar zamonaviy jamiyat

uchun ham dolzarb bo‘lib

, asarni faqat tarixiy emas, balki hozirgi kun adabiyoti

uchun ham muhim deb hisoblashga asos bo‘ladi

.

Ofoqxo‘ja va Mulla Bozor kabi

obrazlar orqali sufiya dunyoqarashi, sabr, halollik, donishmandlik yoritilsa, ularga

qarshi qo‘yilgan Abdukabir

, Sayoid,

Ko‘rahon kabi shaxslar mansabparastlik

, riyo,

munofiqlik, ijtimoiy axloqsizlik timsoli sifatida tasvirlanadi. Bu esa asardagi
ziddiyatni yanada kuchaytiradi.

Muallifning uslubiy mahorati ham tahsinga loyiq.

Abdulla Jabbor she’riy va

nasriy matnlarni uyg‘unlashtirish orqali asarga dramatik kuch beradi

. Mashrab

she’rlari

,

muallif tomonidan yozilgan g‘azal va muxammaslar sahna nutqiga

singdirilib, har bir personajning ruhiy holatini, ichki kechinmalarini ifodalashda
xizmat qiladi. Mashrabning poetik nutqi, Mahvashning mayin ovozi, Sayoidning
manmanona,

istehzoli so‘zlari –

ularning xarakterini aniqlik bilan ochib beradi. Bu

uslubiy yondashuv asarni badiiy-

estetik jihatdan yuksak pog‘onaga olib chiqqan

.


background image

212

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

“Ko‘rgoli keldim” asarini faqat tarixiy drama sifatida emas

, balki tasavvufiy-

falsafiy sahna dostoni sifatida talqin qilish mumkin. Asarda inson va jamiyat,
muhabbat va erkinlik,

haqiqat va yolg‘on

,

fidoyilik va munofiqlik o‘rtasidagi

ziddiyatlar keng badiiy tasvir topgan.

Muallif bu asar orqali o‘tmishdagi erkin

tafakkur va xalqparvarlik an’analarini hozirgi avlodga yetkazish

, ularni haqiqat va

adolatga da’vat qilish niyatida bo‘lgan

.

Mashrab siymosi orqali u xalq og‘ushida

yetilgan, erkinlik, haqiqat,

e’tiqod yo‘lida kurashgan inson timsolini yaratgan

. Bu

obraz bugun ham biz uchun zarur bo‘lgan haqiqatparast

, adolatparvar, xalq dardini

o‘z dardidek his qiluvchi insonning timsolidir

.

Xulosa qilib aytganda,

“Ko‘rgoli keldim” asari Abdulla Jabborning

dramaturgiya sohasidagi eng yuksak yutuqlaridan biri bo‘lib

,

o‘zbek sahna san’atida

o‘chmas iz qoldirgan

. Asar orqali nafaqat tarixiy bir davr aks ettirilgan, balki doimiy

takrorlanib kelayotgan insoniy drama

haqiqat uchun kurash va bu kurashdagi

fojeaviy taqdirlar badiiy tasvirlangan. Haqiqatni aytish jazoga olib keladi, ammo
undan voz kechish

insonlikdan voz kechishdir degan g‘oya asarning bosh g‘oyasi

sifatida ilgari suriladi.

Abdulla Jabbor ijodining serqirraligi, uning badiiy tafakkuri va milliy

qadriyatlarni zamonaviy tafakkur bilan uyg‘unlashtirishga bo‘lgan intilishi ayniqsa
uning dramatik dostonlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi

. Xususan,

“Alpomishning o‘q

-

yoyi” dramatik dostoni muallifning milliy epos asosidagi obraz yaratishdagi yuksak

mahoratini namoyon etuvchi yirik badiiy asarlardan biri hisoblanadi.

Mazkur asar orqali adib xalq epik merosini chuqur o‘rganish

, uni zamonaviy

badiiy-estetik tamoyillar asosida talqin etish,

ayni paytda qadimiy an’analarni

bugungi kun ijtimoiy-

ma’naviy kontekstida qayta tahlil qilishga uringan

.

“Alpomishning o‘q

-

yoyi”da nafaqat mashhur xalq qahramoni Alpomishning siymosi

,

balki o‘sha davr xalqining orzu

-armonlari, or-nomusi,

erkinlik yo‘lidagi kurashi

san’atkorona tasvir etiladi

.

Muallif epik an’analarni saqlagan holda

, uni dramatik shaklda ifodalab, syujetni

zamonaviy talqinda qayta quradi. Asar kompozitsiyasidagi epizodlar, voqealar
silsilasi,

dramatik zo‘riqish va emotsional holatlarning ketma

-ketligi obraz

yaratishdagi muhim vositalardan biri sifatida xizmat qiladi. Bu jihatdan asar klassik
epik asarlardagi timsollarni saqlagan holda, ularni dramaturgiya talablariga

moslashtirib bergani bilan ham o‘ziga xosdir

.

Abdulla Jabbor o‘z dostoni orqali Alpomish siymosini shunchaki jasur

, kuch-

qudrat timsoli bo‘lgan qahramon emas

, balki chuqur tafakkurli, xalqining taqdiriga

befarq bo‘lmagan

,

ijtimoiy mas’uliyatni his qiladigan shaxs sifatida yoritadi

. Bu


background image

213

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yerda muallif Alpomishni yangicha badiiy-estetik mezonlar asosida qayta yaratganini

ko‘rish mumkin

. Alpomish obrazining ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari, shaxsiy

iztiroblari asar bo‘ylab asta

-sekin ochiladi.

Muallif qahramonni oddiy yengilmas pahlavon emas, balki xalq hayotining

og‘irini yelkasiga olgan fidoyi inson sifatida ko‘rsatadi

. U jamiyatdagi adolatsizlikka

qarshi kurashadi, sevgi, sadoqat, vatanparvarlik, or-

nomus kabi yuksak ma’naviy

-

axloqiy qadriyatlar uchun kurash olib boradi. Shu bois,

asar o‘quvchiga chuqur

psixologik va falsafiy ta’sir ko‘rsatadi

.

Alpomishning monologlari,

ichki o‘y

-kechinmalari orqali uning shaxsiyati,

dunyoqarashi, orzulari ochib boriladi. Jumladan,

uning xalq oldidagi mas’uliyatni his

qilgan holatda qilgan qarorlari dramatik holatni kuchaytiradi. Bu yerda obraz

yaratishning psixologik yo‘nalishda olib borilgani

, obrazning sirtqi emas, ichki

mohiyati ko‘proq tahlil etilgani alohida ta’kidlanadi

.

“Alpomishning o‘q

-

yoyi” dramatik dostoni tili o‘ziga xos lirizm

, falsafiy

teranlik, xalqona iboralar, maqollar, aforizmlar bilan boyitilgan. Muallif asarda epik

uslub bilan dramatik uslubni uyg‘unlashtira olgan

.

Bu uyg‘unlik obrazlar ifodasida

yanada aniqroq ko‘zga tashlanadi

.

Asarda dialoglar lo‘nda

, hayotiy va chuqur

ma’noga ega

. Monologlar esa obraz ichki kechinmalarining badiiy ifodasini beradi.

Tilning emotsional boyligi obrazlarning ichki psixologiyasini ochishga xizmat

qilgan. Jumladan, Alpomishning xalqiga, oilasiga, yor-

u do‘stlariga nisbatan

tuyg‘ulari kuchli badiiy vositalar orqali ifoda etiladi

. Badiiy tasvir vositalari

metafora, epitet, tazod, parallelizm va boshqa vositalardan samarali foydalangan
muallif, obrazni jonli va obrazli tasvirlashga erishgan.

Asarda tilning poetikligi, uslubning badiiy jozibadorligi, qahramonlar nutqidagi

milliylik va xalqchil ifoda ularni o‘quvchiga yaqinlashtiradi

. Ayniqsa, dramatik

kuchga ega sahnalar orqali Alpomishning qat’iyati

, mehribonligi, xalqparvarligi

chinakam obraz sifatida qaror topadi.

Abdulla Jabbor “Alpomishning o‘q

-

yoyi” asarida o‘z xalqining o‘tmishdagi

jasoratini, erkinlikka intilishini, or-nomus, vatanparvarlik kabi yuksak qadriyatlarini
tarannum etadi.

Bu obrazlar orqali muallif milliy ruhni uyg‘otish

, yosh avlod qalbiga

tarixiy xotirani singdirish,

ularni ma’naviy merosga hurmat bilan qarashga undaydi

.

Alpomish obrazida xalqning g‘ururi

, irodasi, mustahkamligi mujassam.

U o‘z

hayotini emas,

xalqining taqdirini o‘ylaydi

. Bunday yondashuv asarni oddiy doston

emas, balki katta tarbiyaviy va estetik ahamiyatga ega badiiy hodisaga aylantiradi.

Doston asosan mustaqillikdan keyingi davr ruhiga hamohang tarzda yozilgan bo‘lib

,

unda erkin Vatan,

ozod inson g‘oyalari markazda turadi

.


background image

214

Issue 12(47), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Abdulla Jabbor bu asari orqali milliy qadriyatlarni tiklash, ularni zamonaviy

badiiy ifoda orqali jonlantirish, yosh avlodni xalq qahramonlari siymosida

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ijod qilganini yaqqol ko‘rish mumkin

.