Авторы

  • Дурдонахон Дадажонова
  • Обиджон Каримов

Биографии авторов

  • Дурдонахон Дадажонова
    Namangan Davlat universiteti Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) mutaxasisligi ikkinchi kurs magistranti
  • Обиджон Каримов
    Filologiya fanlari nomzodi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.125787

Аннотация

Ushbu maqolada taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripovning tarjimonlik mahorati buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin she’rlari tarjimasi asosida ochib beriladi.


background image

73

Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ABDULLA ORIPOV

SHE’RIYAT

VA TARJIMANING USTUNI

Dadajonova Durdonaxon Botirjon qizi

Namangan Davlat universiteti Filologiya fakulteti

Adabiyotshunoslik

(o‘zbek

adabiyoti) mutaxasisligi ikkinchi kurs magistranti

Karimov Obidjon Yakubjonovich

Filologiya fanlari nomzodi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada taniqli

o‘zbek

shoiri Abdulla Oripovning

tarjimonlik mahorati buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin

she’rlari

tarjimasi asosida

ochib beriladi.

Kalit

so‘zlar:

tarjimon, tarjima, aktant, detotativ, milliy kolorit, ibora, pari,

sha’n,

tumor, idrok va hissiyot sintezi, tabiiylik, tasviriylik, transformatsiya, tilmoch.


Dunyoda

o‘z

she’rlari

bilan xalqning

ko‘nglidan

chuqur joy olgan, asarlari bilan

jahonni lol qoldirgan adabiyot namoyandalari

ko‘p.

Lekin shular bilangina cheklanib

qolmay, mashhurlarning mashhur satrlarini mohirona tarjima qilishdek

og‘ir

vazifani

zimmasiga yuklagan serqirra

iste’dod

sohiblari ham bor. Shulardan biri

O‘zbekiston

Qahramoni,

o‘zbek

adabiyotining taniqli vakili, jamoat arbobi va tarjimon

Abdulla

Oripov. Ustoz tarjimonning xazinasi yetarlicha ulkan va saboqqa boydir. Jumladan,
Dante Aligyeri, Aleksandr Pushkin, Taras Shevchenko, Sergey Baruzdin va yana bir
qancha adiblarning asarlarini

she’riy

yo‘lda

tarjima qilganlar.

Adabiyot ahliga

ma’lumki,

tarjima

bu nafaqat

so‘zlarni,

balki ruh va

ma’noni

ham

ko‘chirish

san’atidir.

Ruh va

ma’no

uyg‘un,

chambarchas

bog‘liq

bo‘lishi

uchun

esa tarjimondan

so‘z

ustasi

bo‘lish,

undan

tog‘ri

foydalana olish, uni mos va xos

holatda tanlash talab etiladi. Birgina rus xalqi buyuk shoiri Pushkin tomonidan
yozilgan

«Все

кончено

:

меж

нами

связи

нет…»

she’rining

Abdulla Oripov

talqinidagi

“Hammasi

tugadi, oramiz

ochiq

19

deb tarjima qilinishiga nazar tashlasak,

sarlavhaning

o‘ziyoq

e’tiborimizni

tortmay qolmaydi. Rus tilidan

tog‘ridan

tog‘ri

o‘girilganda

«связи

нет»

aloqa, ulanish,

bog‘lanish

yo‘q

degan

ma’nolarni

bildirsa,

shoir muhabbatga limmo-lim ikki qalb

ayrilig‘ini

“oramiz

ochiq”

iborasini keltirish

orqali

she’r

ruhiyatini

o‘quvchiga

yetkazib beradi.

Ya’ni

o‘sha

so‘zga

sinonim

bo‘lgan

frazadan foydalanib, tabdil qiladi. Bu yerda tarjima transformatsiyasining

19

Abdulla Oripov “Tanlangan asarlar” III jild –

G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti –

Toshkent

2001: 356-357-

betlar. Keltirilgan barcha she’rlar shu kitobdan olingan.


background image

74

Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

denotativ xususiyatlari

ko‘zga

tashlanadi.

She’rning

davomida esa yana qator

tarjimachilik yutuqlarini kashf etamiz:

Все

кончено:

меж

нами

связи

нет.

В

последний

раз

обняв

твои

колени,

Произносил

я

горестные

пени.

Все

кончено

я

слышу

твой

ответ.

Обманывать

себя

не

стану

вновь,

Тебя

тоской

преследовать

не

буду,

Прошедшее,

быть

может,

позабуду

Не

для

меня

сотворена

любовь.

Ты

молода:

душа

твоя

прекрасна,

И

многими

любима

будешь

ты.

Hammasi tugadi, oramiz

ochiq…

So‘ng

bor

qo‘llaringni

o‘parkan,

pari,

Sha’ningga

to‘qiyman

mungli bir

qo‘shiq,

Tinglayman javobing :

“Tugadi

bari…”

Endi aldovlarni qilmasman rasm

Va seni alam-la axtarmoq nechun?!

O‘tdi…

O‘tganlarning

unut hammasin,

Sevgi yaralmagan faqat men uchun.

Sen yoshsan, qalbingning

go‘zal

mahali,

Sevimli

bo‘larsan

ko‘plarga

hali…

Umuman, tarjimaga ijodiy jarayon, boshqa tilda asarni qayta yaratish

san’ati

sifatida qaralishi tabiiy. Ushbu fikrimiz

she’rning

keyingi misralarida

o‘z

isbotini

topadi.

«В

последний

раз

обняв

твои

колени

,

Произносил

я

горестные

пени»

aslida bu yerda oxirgi marta yorning oyoqlarni quchib

g‘amgin

qo‘shiq

kuylayotgan

oshiq holati tasvirlangan, bu esa

g‘arb

odamlari sevgi sarguzashtlarida ularga xos

bo‘lgan

odatiy holatdir. Biroq sharqda erkaklar

tog‘day

savlatli, viqorli,

g‘ururli

qilib

ta’riflanadi.

Va shoir millat kitobxoniga

she’r

mazmunini quyidagicha yetkazib

berishni afzal

ko‘radi:

“So‘ng

bor

qo‘llaringni

o‘parkan,

pari,

Sha’ningga

to‘qiyman

mungli bir

qo‘shiq”.

Natijada, tarjima transformatsiyasida milliylik,

an’anaviy

ruh

she’rga

o‘zgacha

mazmun baxsh etadi. Bundan tashqari tarjimon mahbuba

yorga

murojaat tarzida

“pari”

so‘zini

qo‘llab,

yangi (asliyat matnida keltirilmagan) aktant

kiritish orqali badiiy tarjimada shoirlik mahoratini ham namoyon etgan. Bu

o‘rinda

Vasiliy Jukovskiyning

Tarjimon - nasrda qul, nazmda esa

raqibdur”

degan

so‘zlari


background image

75

Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

beixtiyor yodimizga tushadi. Biror-bir hikoya, roman, umuman olganda, epik asar
tarjima qilinar ekan undagi jumlalar garchand

so‘zma

-

so‘z

o‘girilmasa

-da, tarjimon

undagi sujetni burib yuborishga,

o‘zgartirishga

haqqi

yo‘q

va shu nuqtayi nazardan

olib qaralsa, tarjimon nasrda yozuvchi

ko‘rsatgan

yo‘ldan

yurishga majbur

hisoblanadi. Lekin lirikada vazn, qofiya, ichki kechinma va ruhiyatni yetkazib bera
olish talabidan kelib chiqqan holda tarjimon

o‘z

mahoratini ishga solishi va shoir

bilan raqobatga kirishishga majbur. Buni yuqorida keltirilgan

she’r

hajmining aynan

tengligida va unda saqlanib qolgan qofiyada

ko‘rishimiz

mumkin. Tarjima qilish

badiiy va ilmiy ijodga

oʻxshab

tilmochdan tafakkur va fantaziyani talab qiladi.

Xususan, muhabbatning nozik jilvalari aks etgan ushbu

she’rga

yorni

ta’kidlab

koʻrsatish

uchun "pari"

soʻzini

olib kirilishi tarjimonning fantaziyasidan,

ijodkorligidan darak beradi. Bundan tashqari

«Произносил

я

горестные

пени»

misralarini

o‘grishda

ham shoir

o‘z

imkoniyatlaridan foydalana biladi,

ya’ni

oshiq

kim uchun, nega

g‘amgin

qo‘shiqlar

kuylashi sababini

“Sha’ningga

to‘qiyman

mungli bir

qo‘shiq”

deya

“sha’n”

so‘zini

qo‘shish

orqali ochiqlaydi. Haqiqatan,

sevuvchi yor bilan vidolashuv onida endi uning naqadar

go‘zalligiga

emas, balki

uning nomusi va

sha’niga

bag‘ishlab

qo‘shiqlar

kuylashi tabiiy hol. Buni

o‘quvchiga

yetkazib berish uchun faqat tarjimon

bo‘lish

yetarli emas, albatta. Ushbu holat

poetikani chiqarish va yaratishda tarjimonning idrok va hissiyot sintezi va ulardan
vujudga keladigan tabiiylik birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi.

20

Tarjima murakkab jarayon

boʻlib,

bunda ma'no, uslub bilan birga milliy koloritni

saqlab qolish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, yana bir she'riy tarjimaga nazar
solsak:

Храни

меня

,

мой

талисман

,

Храни

меня

во

дни

гоненья,

Во

дни

раскаянья,

волненья:

Ты

в

день

печали

был

мне

дан.

Когда

подымет

океан

Вокруг

меня

валы

ревучи,

Когда

грозою

грянут

тучи,

Храни

меня,

мой

талисман.

В

уединеньи

чуждых

стран,

На

лоне

скучного

покоя,

В

тревоге

пламенного

боя

20

I. G‘afurov, O Mo‘minov, N. Qambarov “Tarjima nazariyasi” –

Tafakkur Bo‘stoni –

Toshkent

2012: 6-bet.


background image

76

Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Храни

меня,

мой

талисман.

Священный

сладостный

обман,

Души

волшебное

светило…

Оно

сокрылось,

изменило…

Храни

меня,

мой

талисман.

Пускай

же

ввек

сердечных

ран

Не

растравит

воспоминанье.

Прощай,

надежда;

спи,

желанье;

Храни

меня,

мой

талисман.

O‘zing

asra endi meni, tumorim,

Quvg‘in

chog‘larimda

meni asray qol.

Qalbimni

chulg‘asa

shubha va malol,

O‘zing

asra endi meni, tumorim.

To‘lqinlar

buzishib sabru qarorim,

Tegramni

chulg‘ashib

olsalar mutloq,

Bulutlar solsalar vahshiy qaldiroq,

O‘zing

asra endi meni, tumorim.

Begona ellarda yozib xumorim,

Erinchak sukunat

qo‘ynida

qolsam,

Olovli jang hissin qalbimga solsam,

O‘zing

asra endi meni, tumorim.

Sirli va muqaddas oftob uzorim,

Aldoqchi,

g‘aroyib,

laziz

tuyg‘ular…

Xiyonat

ko‘kida

botdilar

ular…

O‘zing

asra endi meni, tumorim.

O‘tgan

xotiralar. dildagi zorim,

Qalbim jarohatin tirnamasin, bas,

Alvido, umidlar, tinch uxla, havas,

O‘zing

asra endi meni, tumorim.

Toʻgʻridan

toʻgʻri

tarjima qilinganda "

талисман

" sehrli kuchga ega va omad

keltiradi deb hisoblangan narsa, odatda duo yozilgan uzuk yoki tosh ma'nolarini
bildiradi.

Xoʻsh,

tarjimon ushbu

soʻz

oʻrnida

taqinchoq, marjon, zanjir, uzuk, tosh

kabilardan foydalana olmaydi. Negaki uning sehrli kuchi

yoʻqolib,

oddiy buyumga

aylanib qolish ehtimoli she'r mazmuniga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Endi u xalq urf-
odatlarini saqlab qolgan holda "tumor" so'zidan foydalanadi.

Oʻzbek

tilida esa bu

diniy tasavvurlarga

koʻra,

koʻz

tegishidan, turli ofat, balo, ins-jins va shu kabidan


background image

77

Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

saqlaydigan buyum, ichiga

Qurʼon

oyatlari bitilgan

qogʻoz

hamda ilohiy qudratga ega

deb bilingan narsalar solingan, duo yozilgan

qogʻoz

uchburchak yoki

toʻrtburchak

qilib buklab, charm yoki matoga

oʻrab

tikilgan, odatda

boʻyinga,

qoʻltiqqa,

sochga

taqiladigan yoki kiyimning ichki qismiga tikib

qoʻyiladigan,

bezak shakli sanalgan.

Ba`zida bir-birining ustini qoplaydigan 2

boʻlak

(quticha va qopqoq)dan iborat, tilla,

kumush va boshqa metallardan uchburchak,

toʻrtburchak,

naycha (silindr) shaklida

yasalib, sirti naqshlar bilan hamda qimmatbaho toshlar qadab bezatilgan, shokilalar
osilgan buyum ma'nosi ifoda etgan. U taqilishi va shakliga

koʻra

farqlanadi:

bozuband, duotuzi,

boʻyintumor

va hokazolar. Bu

o‘rinda

tarjimon har ikki xalq

o‘quvchilari

uchun tushunarli

bo‘lgan

so‘zning

muqobilini topa oladi. Shu bilan birga

endi tarjimon

she’r

egasining misralarda aks ettirgan ruhiy azoblarini, tushkun

kayfiyatini

o‘zbek

tiliga

o‘gira

olishi kerak. Bilamizki, Aleksand Pushkin ijod

yo‘li

davomida surgun va xastalik kabi zamonning murakkabliklarini boshidan

o‘tkazgan.

Bunday hodisalar uning

she’rlariga

o‘z

ta’sirini

o‘tkazmay

qolmagan. Yuqorida

keltirilgan

she’r

ham shular jumlasidan

bo‘lib,

«Когда

подымет

океан

,

Вокруг

меня

валы

ревучи»

-

“To‘lqinlar

buzishib sabru qarorim, Tegramni

chulg‘ashib

olsalar

mutloq”,

«Прощай

,

надежда

;

спи

,

желанье”

-

“Alvido,

umidlar, tinch uxla,

havas”

jumlalarining tarjimasidan

ko‘rinib

turibdiki,

she’r

boshdan oyoq Pushkining ruhiy

iztiroblarini

o‘zida

to‘laligicha

mujassam eta olgan. Demak Abdulla Oripov nafaqat

badiiy

so‘z

tarjimoni, balki inson psixologiyasining ham tarjimoni ekanligi ayon

bo‘ladi.

"Tarjima

oynaga

o‘xshaydi:

qanchalik tiniq

bo‘lsa,

asl haqiqat shunchalik aniq

ko‘rinadi",

- degan edi mashhur tanqidchi Jorj Steiner. Bu fikr tarjimaning sifati

haqidagi haqiqatni ochib beradi: yaxshi tarjima matn mohiyatini buzmaydi, balki uni
asl nusxadek aniq va tushunarli qiladi. Abdulla Oripov ham poetik tarjimada
ijodkorlarning asarlaridagi bosh

g‘oyasini,

ichki kechinmalarini shaffof va

go‘zal

tarzda yoritib bera olgan desak,

mubolag‘a

bo‘lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

ro‘yxati:

1.

Abdulla Oripov

“Tanlangan

asarlar”

III jild

G‘afur

G‘ulom

nomidagi

Adabiyot va

san’at

nashriyoti

Toshkent

2001;

2.

I.

G‘afurov,

O

Mo‘minov,

N. Qambarov

“Tarjima

nazariyasi”

Tafakkur

Bo‘stoni

Toshkent

2012;

3.

Zulfiya Olimjonovna

“Obrazli

hamda hissi-

ta’sirchan

so‘zlarning

tarjimasi”

Academic research in educational sciences

2021;

4.

www.kh-davron.uz

5.

Google tarjimon.

Библиографические ссылки

Abdulla Oripov “Tanlangan asarlar” III jild – G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti – Toshkent – 2001;

I. G‘afurov, O Mo‘minov, N. Qambarov “Tarjima nazariyasi” – Tafakkur Bo‘stoni – Toshkent – 2012;

Zulfiya Olimjonovna “Obrazli hamda hissi-ta’sirchan so‘zlarning tarjimasi” – Academic research in educational sciences – 2021;

www.kh-davron.uz

Google tarjimon.