175
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MDH MAMLAKATLAR BILAN
IQTISODIY ALOQALARI (2005
–
2016 YILLAR)
Baxtiyarov Bekzodbek Maxammadsoliyevich
Andijon davlat pedagogika instituti, ijtimoiy-gumanitar va amaliy fanlar fakulteti
tarix yo'nalishi 2-bosqich magistranti
Tajimirzayev Elyorbek
Andijon davlat pedagogika instituti, Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi, tarix fanlari
b
o‘
yicha falsafa doktori, PHD, dotsent, Ilmiy rahbar
Anotatsiya:
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqil
Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari bilan 2005–2016 yillar oralig‘ida
amalga oshirgan iqtisodiy hamkorligi tahlil qilingan. Ushba davrida O'zbekistonning
MDH davlatlari bilan savdo, investitsiya, transport va energetika sohalarida o'zaro
aloqalarini rivojlantirdi. Ushbu Maqolada MDH mamlakatlari bilan O'zbekiston
savdo-
sotiq ko‘rsatkichlari, yirik iqtisodiy bitimlar, hamkorlik dasturlari, investitsion
va qo'shma ishlari bo'yicha amalga oshirilgan moliyaviy iqtisodiy aloqalar va
integratsion jarayonlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Oʻzbekiston, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH), tashqi
siyosat, siyosiy aloqalar, iqtisodiy hamkorlik, savdo, madaniy aloqalar, xavfsizlik,
mintaqaviy barqarorlik, investitsiya, integratsiya, diplomatiya, qo'shma korxonalar.
Annotation:
This article analyzes the economic cooperation between the
Republic of Uzbekistan and the member states of the Commonwealth of Independent
States (CIS) during the period 2005-2016. During this period, Uzbekistan developed
its mutual relations with CIS countries in the fields of trade, investment, transport and
energy. This article presents trade statistics between Uzbekistan and CIS countries,
major economic agreements, cooperation programs, financial and economic relations
implemented in joint ventures and investments, and integration processes.
Keywords:
Uzbekistan, Commonwealth of Independent States (CIS), foreign
policy, political relations, economic cooperation, trade, cultural relations, security,
regional stability, investment, integration, diplomacy, joint ventures.
Аннотация:
В
данной
статье
анализируется
экономическое
сотрудничество
Республики
Узбекистан
со
странами
Содружества
Независимых Государств (СНГ) в период с 2005 по 2016 год. В этот период
Узбекистан развивал взаимоотношения со странами СНГ в сферах торговли,
инвестиций, транспорта и энергетики. В статье представлены показатели
176
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
товарооборота между Узбекистаном и странами СНГ, крупные экономические
соглашения, программы сотрудничества, финансово
-
экономические связи,
реализованные в рамках совместных предприятий и инвестиций, а также
процессы интеграции.
Ключевые слова:
Узбекистан, Содружество Независимых Государств
(СНГ), внешняя политика, политические отношения, экономическое
сотрудничество, торговля, культурные связи, безопасность, региональная
стабильность, инвестиции, интеграция, дипломатия, совместные предприятия.
Kirish
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so
‘
ng, jamiyat ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy hayotining barcha jabhalarida keng o
‘
zgarishlar jarayoni ro
‘
y berdi hamda
bermoqda. Qisqa muddat mobaynida amalga oshirilgan yangiliklarni har jabhada
ko‘rish mumkin.
Dunyo tarixidan maʼlumki hech bir davlat tashqi aloqalarni oʻrnatmay rivojlana
olmaydi. Oʻzbekiston ham mustaqillikni dastlabki kunlaridanoq tashqi aloqarni
yoʻlga qoʻyishga jiddiy eʼtibor qaratdi. Bu borada MDH davlatlari bilan aloqalar
oʻrnatish muhim ahamiyat kasb etdi.
1991 yilda O'zbekistonning mustaqillikka erishishi tashqi siyosatda yangi
yo'nalishlarni ochdi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) doirasida o'z o'rnini
topishga harakat qildi. MDH O'zbekiston uchun muhim mintaqaviy tashkilot bo'lib,
siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol
o'ynaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingach Oʻzbekiston mintaqaviy
va Xalqaro tashkilotlarga a’zo boʻlib kirdi. Geografik yaqinlik, tarixiy va madaniy
aloqalar, shuningdek, umumiy manfaatlar Oʻzbekistonni MDH doirasida iqtisodiy
hamkorlikni rivojlantirishga undaydi.
MDHga a’zo barcha davlatlar oʻtish davrining qariyb bir xil murakkabliklarini
boshdan kechirdi. Shuning uchun iqtisodiy boʻhronlarni bartaraf etish, bozor
munosabatlarini shakllantirish jarayonida yillar mobaynida bir-
biriga oʻzaro
chambarchas bogʻliq ishlab chiqarish va xoʻjalik munosabatlarini yanada yaxshilash
zarur edi. 1993-
yil sentabrda imzolangan MDH davlatlari oʻrtasidagi “Iqtisodiy
lttifoq” haqidagi shartnoma ham ana shu maqsadlarni nazarda tutdi. Bu me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etishda Oʻzbekiston alohida oʻringa ega boʻldi.
Oʻzbekiston MDHga a’zo davlatlar bilan oʻzaro ikki taraf uchun ham foydali
hamkorlik qilishga hamisha tayyor va oʻz tashqi siyosatida shunga intilib kelyapti.
177
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovev MDHning
Oʻzbekiston tashqi siyosatida tutgan oʻrni haqida quyidagi fikrlarni bildirganlar:
“MDH Oʻzbekiston uchun shunchaki muloqot, fikr almashish va qarashlarni
solishtirish “maydoni” emas. Bu tuzilma biz uchun ustuvor sohalarda amaliy
hamkorlik qilishning gʻoyat muhim institutidir, Hamdoʻstlikka a’zo mamlakatlar esa
bizning doimiy sheriklarimiz, qoʻshnilarimiz va doʻstlarimizdir".
O'zbekistonning tashqi siyosati bugungi kunda ham o'zining dolzarbligini saqlab
qolmoqda. MDH doirasidagi hamkorlik O'zbekistonning iqtisodiy va siyosiy
barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega.
Ushbu maqolaning yozilishidan asosiy maqsad; Oʻzbekiston Respublikasining
2005-2016-
yillarda Mustaqil Davlatlar Tashkilotiga aʼzo mamalkatlar bilan olib
borgan iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalarini tahlil qilishdan iborat.
Maqolaning natijalari Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy
hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatining samaradorligini baholashga,
shuningdek, kelajakda ushbu hamkorlikni yanada rivojlantirish yoʻnalishlarini
aniqlashga yordam beradi.
Asosiy qism
2005
–
2016 yillarda O'zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi
(MDH) doirasidagi iqtisodiy manfaatlarini faol ilgari surdi. Bu davrda mamlakat
iqtisodiy siyosatining barqaror yo'nalishlaridan biri sifatida MDH mamlakatlari bilan
savdo-iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada e'tiborga oldi.
Oʻzbekistonning MDH davlatlari bilan iqtisodiy munosabatlari, ayniqsa,
Rossiya xavfsizligi, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiziston bilan savdo
-iqtisodiy
kooperatsiya doirasida jadallashdi. 2005-
yildan boshlab Oʻzbekiston davlatlari bilan
energetika, transport-logistika, mehnat migratsiya va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi
boʻyicha bir qator strategik bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov 2005
-yil 28-
iyunda Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muloqat chogʻida Oʻzbekiston
-Rossiya munosabatlari strategik sherikchilik
tamoyillari asosida rivojlanib borayotgani, mamlakatimiz oʻrtasida siyosiy, savdo
-
iqtisodiy, ijtimoiy-
madaniy sohalardagi hamkorlik keng koʻlamda tarakqiy etayotgani
ta’kidlandi. Prezidentlar oʻrtasidagi munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqbollari
yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Hamkorlikni kengaytirish borasida
tomonlarning hamfikrligi, qarashlarning mushtarakligi muhim ahamiyatga ega
22
Mirziyoev Sh. M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik- milliy g`oyamiz poydevoridir.
–
T.: Tasvir, 2021.
–
B. 6.
23
Karimov I. A. “Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch”. –
T.: Maʼnaviyat, 2008.
178
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ekanigi qayd etildi. 2005 yildan Rossiya-
Oʻzbekiston hamkorligining holati va
rivojlanish istiqbollari, savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, birinchi navbatda,
yoqilgʻi
-
energetika sohasiga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida Ittifoqchilik
munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma (14
-noyabr 2005-yil)ga asosan Rossiya
Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama
munosabatlarning asosi sifatida ittifoqchilik tamoyillarini xalqaro huquqiy
mustahkamlashga qaratildi. Shartnomaga muvofiq tomonlar harbiy va harbiy-texnik,
savdo-
iqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlikni oshirmoqda, odamlar oʻrtasida
bevosita aloqalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratmoqda. 2013-yil
boshida Oʻzbekistonda 846 ta Rossiya
-
Oʻzbekiston kompaniyalari faoliyat yuritgan
boʻlib, 127 ta Rossiya korxonalari vakolatxonalari akkreditatsiyadan oʻtgan edi.
Rossiyada oʻzbek kapitali ishtirokidagi 401 ta kompaniya tashkil etilgan.
2016-yil 25-
aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom
Karimov va Vladimir Putinning norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Prezidentlarning
samimiy va sermazmun suhbati uzoq davom etdi. Tashrifning asosiy tadbirlari 26-
aprel kuni Kremlda boʻlib oʻtdi. Davlat rahbarlarining uchrashuvida siyosiy, savdo
-
iqdisodiy, investitsiyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy- gumanitar va boshqa
sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayriboshlash koʻrsatkichi
izchil oʻsib bormoqda.
2007-
yildan buyon bu boradagi koʻrsatkich 1 milliard AQSH
dollaridan ziyod raqamni tashkil qilib kelmoqda. E’tiborli jihati shundaki, bunda xom
ashyoning ulushi pasayib, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega sanoat mahsulotlarining
salmogʻi ortib bormoqda.
Mamlakatlarimiz oʻrtasida 2006
-2010-yillarga
moʻljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasi qabul qilingan. Bu hujjatlar savdo,
suv-energetika majmui, sarmoya, moliya, transport, kommunikatsiyalar, bojxona va
innovatsiya borasida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini oʻzida
mujassam etgan edi. Ularni hayotga toʻla tadbiq etilishi tovar ayriboshlash
koʻrsatkichini bir necha hissaga orttirdi
O‘zbekiston
Respublikasining
birinchi
prezidentining
Qozogʻistonga,
Qozogʻiston Prezidentining Oʻzbekistonga bir necha bor tashriflari ikki oʻrtadagi
doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlamoqda. Jumladan, Oʻzbekiston ham,
Qozogʻiston ham oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir. 2009 yilda
24
Кичкилов
Х
.,
Файуллаева
М
.
Энг
янги
тарих
(1945-2010 ).
–
Т
.:
Янги
нашр
.
–
Б
.414.
179
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
oʻzaro tovar ayriboshlash hajmi 1,3 milliard AQSH dollarini tashkil qildi. Bu 2006
yildagi koʻrsatkichdan ikki baravar koʻpdir
2010-yilning
16-
martida
Qozogʻiston
Respublikasi
Prezidenti
N.Nazarboyevning rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelishi va ikki davlat
rahbarlari tomonidan qoʻshma bayonotining qabul qilinishi ikki qoʻshni qondosh xalq
istaklarini yana bir bor namoyon etdi.
Oʻzbekiston Qozogʻistonga meva
-sabzavotlar,
transport vositalari, mineral oʻgʻitlar, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar,
turli xizmatlar eksport qiladi. Qozogʻistondan Oʻzbekistonga qora va rangli metallar,
yogʻ
-moy mahsulotlari keltiriladi.
Mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash
hajmi izchil oʻsib bormoqda. 2015
-
yil yakunlariga koʻra, bu koʻrsatkich 3 milliard
dollardan ziyodni tashkil qilgan. Qozogʻistonda oʻzbekistonlik ishbilarmonlar
ishtirokida tashkil etilgan 151 korxona faoliyat yuritmoqda.
2016-yil 14-15-
aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti
Islom Karimovning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton
Nazarboyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Islom Karimov va Nursulton
Nazarboyev muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Qozogʻistonning turli sohalardagi
hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Muzokarada savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va mintaqaviy hamkorlikni yanada
rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro tovar
ayirboshlash hajmi izchil oʻsib, 2015
-
yil yakunlariga koʻra, bu koʻrsatkich 3 milliard
dollardan ziyodni tashkil qilgan.
2005
–2016 yillar mobaynida Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi iqtisodiy
munosabatlar murakkab, ammo muhim bosqichlardan o‘tdi.
Ushbu davrda ikki davlat
oʻrtasidagi savdo
-iqtisodiy aloqalar siyosiy omillar, energetika resurslari va transport-
logistika muammolari bilan chambarchas bogʻliq edi.
2005-
yilda Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi savdo hajmi sezilarli darajada
kamaygan edi. Bunga ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy munosabatlardagi sovuqlik va
bojxona-
soliq siyosatlaridagi kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan. Jumladan,
Tojikistonning O‘zbekiston orqali o‘tadigan tranzit yo‘llaridan foydalanishida yuzaga
kelgan qiyinchiliklar savdo oqimini sezilarli darajada cheklab qo‘ygan.
2010
–2015 yillar oralig‘ida ayrim iqtisodiy sektorlarda hamkorlik saqlanib
qoldi. Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik va oziq
-ovqat
mahsulotlari bo‘yicha cheklangan hajmda bo‘lsa
-da, savdo amalga oshirilib kelgan.
25
Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. Oʻzbekiston tarixi. –
T .: Iqtisod-moliya , 2006.
–
Б.
435.
26
Мусурманова
Г. “Ўзбекистон–Тожикистон
муносабатлари
:
мураккаб
йўл
ва
истиқболлар” //
Жаҳон
сиёсати
ва
халқаро
муносабатлар
, 2013, №4, Б
. 45
–
47.
180
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Tojikiston bozori O‘zbekistonning ba’zi sanoat mahsulotlari, jumladan, o‘g‘itlar va
texnik uskunalarga nisbatan ehtiyoj sezgan.
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tojikistonlik
hamkasbi Imomali Rahmon bilan 2016-yil 23-iyun kuni uchrashgan.Ikki rahbar
oʻrtasidagi uchrashuvning rasmiy tafsilotlarida Shanxay Hamkorlik tashkilotida
koʻriladigan masalalar qatori Dushanbe va Toshkent munosabatlari muhokama
etilgani aytiladi. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan
uchrashuvda oʻzbek va tojik xalqlarini azaliy doʻstlik va qoʻshnichilik rishtalari,
madaniyat va an’analar uygʻunligi bogʻlab turishi ta’kidlandi. Imomali Rahmon
Tojikiston Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yuksak qadrlashini, ushbu uchrashuv
oʻzaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun yaxshi
imkoniyat boʻlganini ta’kidladi. Soʻnggi yillar tojik
-
oʻzbek tomonlari
uchrashuvlarida "ikki qoʻshni mamlakat oʻrtasida davlatlararo keng koʻlamli, rejali
aloqalarni yana ham yaxshilash, bu borada qator ishlar bajaralishi kerakligi haqida
e’tiroflar" bu gal ham yangragan
2016-
yilda ikki tomonlama munosabatlarda iliqlik kayfiyati paydo bo‘lishi bilan
birga iqtisodiy sohadagi muloqotlarga ham musbat turtki berildi. O‘zbekistonning
yangi tashqi siyosati qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni
rivojlantirishga qaratildi.
Bu holat O‘zbekiston–
Tojikiston iqtisodiy aloqalarining
keyingi bosqichlarda faollashishiga zamin yaratdi.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik 2005–
2016 yillar
mobaynida izchil tarzda rivojlanib bordi. Ikkala mamlakat oʻzaro do‘stona va
strategik munosabatlarga ega boʻlib, bu holat iqtisodiy sohada ham o‘z aksini topdi.
2004-yilda Toshkentda Ozarbayjon-
Oʻzbekiston Hukumatlararo iqtisodiy
hamkorlik komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilganidan so‘ng, 2005–
2010 yillar
davomida ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi asta
-
sekin o‘sdi. Oʻzbekiston asosan
paxta tolasi, mashinasozlik mahsulotlari, kimyo sanoati mahsulotlari va qishloq
xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilgan. Ozarbayjon esa Oʻzbekistonga neft
mahsulotlari, qora metallar, kimyoviy reagentlar va oziq-ovqat mahsulotlarini
yetkazib bergan. 2008-
yilda ikki davlat oʻrtasidagi savdo hajmi 20 million AQSh
dollaridan oshgan bo‘lsa
-
da, bu ko‘rsatkich hali yuqori darajada emasdi, ammo o‘sish
dinamikasi kuzatilgan. Transport-
logistika sohasida Ozarbayjon va Oʻzbekiston
oʻrtasidagi hamkorlik Kaspiy dengizi orqali tranzit imkoniyatlaridan foydalanishga
27
http://azculture.uz/uz/bizning-dostlik.php?link=iki-kardas-olke
28
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga doir
tashabbuslari”,
Xalq So‘zi
, 2016-yil, dekabr
181
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
asoslangan. Bu, ayniqsa, O‘zbekistonning Yevropa bozorlariga chiqishida muhim
strategik yo‘nalish hisoblanadi. 2010
-yildan boshlab ikki mamlakat Transkaspiy
xalqaro transport yo‘lagi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirgan 2010
-yil 27-sentabr kuni
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov Koʻksaroy
qarorgohida rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Ozarboyjon Respublikasi
Prezidentini Ilhom Aliyevni qabul qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va
Ozarboyjon Respublikasi Prezidentining Qoʻshma deklaratsiyasi hamda turli
sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator
boshqa qator hujjatlar imzolandi.
2016-
yilga kelib, ikki davlat oʻrtasida savdo
-iqtisodiy hamkorlikni
chuqurlashtirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Jumladan, investitsiyalarni
o‘zaro himoya qilish, bojxona, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni
kuchaytirish bo‘yicha bitimlar imzolandi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Ozarboyjonga transport vositalari, rangli metallar,
elektrik va mexanik uskunalar, turli optik jihozlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
yetkazib beradi, transport, sayyohlik va boshqa sohalarda xizmat koʻrsatadi.
Ozarboyjonning Oʻzbekistonga eksporti asosan mexanik uskunalar, dori
-darmon,
plastmassa, shakar va qandolat mahsulotlari, turli organik kimyoviy birikmalar,
koʻnchilik va boʻyoqchilik ekstraktlaridan iborat. Mamlakatlarimiz fuqaro aviatsiyasi
sohasida samolyot ehtiyot qismlari yetkazib berish, havo kemalarini ta’mirlash va
ularga texnik xizmat koʻrsatish, uchuvchilar va texnik
-
muhandis xodimlarni oʻqitish
kabi yoʻnalishlar boʻyicha faol hamkorlik qilmoqda.
2005
–2016 yillar davomida Oʻzbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi iqtisodiy
aloqalar izchil ravishda rivojlanib, Markaziy Osiyo mintaqasida muhim iqtisodiy
hamkorlikni shakllantirdi. Ikkala davlatning geografik, siyosiy va iqtisodiy aloqalari,
ularning resurslarga boy bo‘lishi, savdo va energetika sohalarida o‘zaro manfaatlarni
keltirib chiqardi.
2005
–2016 yillar mobaynida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo
aloqalari o‘sib bordi. 2006
-
yildan boshlab ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi
sezilarli ravishda oshdi. 2007-
yilda bu ko‘rsatkich 200 million AQSh dollariga yetdi,
va 2010-yillarning boshlarida 300 million dollarni tashkil etdi. Bu savdo
aloqalarining o‘sishi, asosan, energetika resurslari, paxta va qurilish materiallari kabi
asosiy eksport mahsulotlarining almashinuvi bilan bog‘liq edi.
29
Oblomuradov N., Tolipov F. O‘zbekiaton tarixi.
-T.,2021.
–
B.354.
182
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Turkmanistonning paxta va gaz eksporti O‘zbekiston uchun strategik
ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston esa, o‘z navbatida, Turkmanistonni sanoat
mahsulotlari, oziq-
ovqat va kimyo sanoati mahsulotlari bilan ta’minladi. Shu bilan
birga, ikki davlat o‘rtasidagi transport va logistika hamkorligi savdoning o‘sishiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Energetika sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar ham muhim ahamiyatga
ega bo‘ldi. 2009
-
yilda ishga tushirilgan "O‘zbekiston–
Turkmaniston
–
Xitoy" gaz
quvuri, Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yirik
loyiha bo‘lib, O‘zbekiston va Turkmanistonning gaz resurslarini eksport qilish
imkoniyatlarini kengaytirdi. Bu quvur orqali Turkman gazining Xitoyga tranziti
O‘zbekiston hududi orqali amalga oshirilmoqda, bu esa O‘zbekistonning tranzit
salohiyatini oshirish bilan birga, iqtisodiy foyda keltirdi.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida transport va logistika aloqalari ham
rivojlandi. 2011
–2016 yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi temiryo‘l va avtomobil
yo‘llari orqali o‘tkazilayotgan yuklar hajmi sezilarli darajada oshdi. O‘zbekiston
Turkmaniston orqali Eron va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga chiqishni muhim strategik
yo‘nalish sifatida ko‘rdi. Shu bilan birga, Turkmaniston orqali o‘tgan yuklar tranzit
imkoniyatlarini yaxshilab, O‘zbekistonning xalqaro savdosini kuchaytirdi.
2016-
yilda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida iqtisodiy aloqalar yangi
bosqichga ko‘tarildi. Bunga ikki davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari, shuningdek,
savdo va energetika sohasidagi yangi bitimlar sabab bo‘ldi. O‘zbekistonning yangi
tashqi siyosati va Turkmaniston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga
qaratilgan strategiyalar iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga yordam berdi.
MDH doirasida Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlari Rossiya,
Qozog‘iston va Tojikiston hisoblanadi. 2005–2016 yillar davomida O‘zbekiston
MDH davlatlari bilan savdo hajmini bosqichma-bosqich oshirib bordi. Masalan, 2010
yilda MDH davlatlariga umumiy eksport hajmi 2,8 milliard AQSH dollarini tashkil
etgan boʻlsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 3,5 milliard dollarga yetdi. Bundan tashqari,
MDH mamlakatlari bilan energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida bir
qancha muhim hamkorlik loyihalari amalga oshirildi.
Oʻzbekiston qisqa tarixiy davr mobaynida xalqaro maydonda oʻz oʻrniga ega
boʻldi
.
Oʻtgan yillar MDH mamlakatlari ikki tomonlama va koʻp tomonlama
shartnoma munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida oʻzaro foydali
hamkorlik ishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday
30
“O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichda”,
Xalq So‘zi
, 2016-yil, noyabr.
31
. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. www.stat.uz (2024
-yil 10-aprel holatiga).
183
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
hamkorlik hamdoʻstlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan
bogʻlanganligina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar va mintaqaviy aloqalar, katta
tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos boʻldi.
Xulosa
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar
Hamdoʻstligiga (MDH) a'zo davlatlar bilan 2005
-
2016 yillar davomida boʻlgan
iqtisodiy aloqalari tahlil qilindi..
Mazkur davrda O‘zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan
iqtisodiy aloqalari izchil ravishda rivojlandi va o‘zaro manfaatlarga asoslangan
strategik hamkorliklar shakllandi. Ushbu davrda O‘zbekiston o‘zining tashqi
siyosatida MDH doirasidagi iqtisodiy aloqalarga alohida e’tibor qaratib, savdo,
energetika, transport, va sanoat sohalarida ko‘plab muhim kelishuvlarga erishdi. Bu
davrda mamlakatning MDH mamlakatlari bilan bo‘lgan iqtisodiy aloqalari nafaqat
savdo hajmini oshirdi, balki mintaqaviy integratsiyani yanada mustahkamladi.
Shuningdek, O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalari,
asosan, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika va transport sohalaridagi hamkorlikni o‘z
ichiga olgan holda rivojlandi. O‘zbekistonning energetika resurslarining eksporti,
shuningdek, paxta va sanoat mahsulotlari almashinuvi ushbu davlatlar bilan iqtisodiy
aloqalarni mustahkamladi. 2016-
yildan so‘ng, O‘zbekistonning yangi tashqi siyosati
va qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan
tashabbuslari, MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga
ko‘tarishda muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, O‘zbekistonning yangi siyosiy kursi
natijasida iqtisodiy aloqalar yanada faollashdi va ilgari yuzaga kelgan ba’zi to‘siqlar
bartaraf etildi.
Xulosa qilib aytganda, 2005
–2016 yillar mobaynida O‘zbekistonning MDH
mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalari barqaror o‘sish yo‘lini bosib o‘tdi. Ushbu
aloqalar nafaqat iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, balki mintaqaviy xavfsizlik va
barqarorlikni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. Oʻzbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. –
Toshkent: O‘zbekiston, 2007.
2.
Mirziyoev Sh. M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik- milliy
g`oyamiz poydevoridir.
–
T.: Tasvir, 2021.
–
B. 6.
3.
Karimov I. A. “Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch”. –
T.: Maʼnaviyat,
2008.
184
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
4.
Кичкилов Х., Файуллаева М. Энг янги тарих(1945
-2010 ).
–
Т.: Янги
нашр. –
Б.414
5.
Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. Oʻzbekiston tarixi. –
T.: Iqtisod-
moliya, 2006.
–
Б.
435.
6.
Oblomuradov N., Tolipov F. O
zbekiaton tarixi.-T.,2021.
–
B.354.
7.
. Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston –
taraqqiyot va islohotlar yo‘lida. –
Toshkent: O‘zbekiston, 2019.
8.
1
Мусурманова
Г. “Ўзбекистон–Тожикистон
муносабатлари
:
мураккаб
йўл
ва
истиқболлар” // Жаҳон
сиёсати
ва
халқаро
муносабатлар
, 2013,
№4, Б
. 45
–
47.
9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning qo‘shni
davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga doir tashabbuslari”, Xalq So‘zi
, 2016-yil,
dekabr
10.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. www.stat.uz (2024
-yil 10-aprel
holatiga).
11.
Akramov, M. (2018). MDH doirasida iqtisodiy hamkorlik:
O'zbekistonning yondoshuvi. Journal of Central Asian Studies, 15(2), 34-49.
12.
Islomov, F. (2021). O'zbekiston tashqi siyosati va MDH doirasidagi
hamkorlik. Toshkent: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi.
13.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nashri. Xalqaro
munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar.
–
Toshkent, 2017.
