113
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
RAQAMLI BANK XIZMATLARINING RIVOJLANISHI VA MIJOZLARGA
TA’SIRI
Norov Anvar Savriyevich
Toshkent Iqtisodiyot va Soliq Texnikumi « Bank ishi » yo‘nalishi o‘quvchisi
Ulug‘murodova Feruza Mardon qizi
Toshkent Iqtisodiyot va Soliq Texnikumi « Iqtisodiy fanlar » kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada zamonaviy bank tizimida raqamli texnologiyalarning
roli va raqamli bank xizmatlarining rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan. Raqamli
bank xizmatlarining mijozlarga ko‘rsatadigan ta’siri, xususan, xizmatlar tezligi,
qulayligi va xavfsizligi yoritilgan. Shuningdek, mobil ilovalar, bulutli texnologiyalar,
blokcheyn va biometrik autentifikatsiya kabi ilg‘or texnologiyalar asosida yaratilgan
xizmatlarning afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Maqolada raqamli bank xizmatlari
doirasida SWOT tahlil o‘tkazilib, ushbu sohaning kuchli va zaif tomonlari,
imkoniyatlari hamda xavf-xatarlari aniqlangan.
Kalit so‘zlar:
Raqamli bank xizmatlari, raqamli transformatsiya, mobil ilovalar,
bulutli texnologiyalar, blokcheyn, biometrik autentifikatsiya,
DEVELOPMENT OF DIGITAL BANKING SERVICES AND IMPACT ON
CUSTOMERS
Abstract:
The article analyzes the role of digital technologies in the modern
banking system and the stages of development of digital banking services. The
impact of digital banking services on customers, in particular, the speed, convenience
and security of services, is highlighted. The advantages of services created on the
basis of advanced technologies such as mobile applications, cloud technologies,
blockchain and biometric authentication are also considered. The article conducts a
SWOT analysis within the framework of digital banking services, identifying the
strengths and weaknesses, opportunities and threats of this area.
Keywords:
Digital banking services, digital transformation, mobile
applications, cloud technologies, blockchain, biometric authentication.
Raqamli bank xizmatlarining rivojlanishi bugungi kunda davlatlar tomonidan
keng qo'llab-quvvatlanmoqda, chunki u iqtisodiyotni raqamlashtirish va bank
xizmatlarini zamonaviylashtirishning muhim tarkibiy qismidir. O'zbekistonda
114
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, masalan,
Prezidentning 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni
rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan, raqamli banking yuridik asoslarini
yaratish va mijozlar uchun qulay va xavfsiz xizmatlarni ta'minlashda alohida
ahamiyat kasb etadi. Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
faoliyatini
tubdan
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni
imzolangach, bank tizimiga chakana bank xizmatlariga ixtisoslashgan “raqamli”
banklar va bank bo‘linmalarini tashkil etish hamda innovatsion bank
texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da
kengaytirish vazifasi yuklatilgan. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yilda
“Anorbank” va “TBC bank”lar raqamli bank sifatida ro‘yxatga olindi.
Darhaqiqat, “raqamli bank” tushunchasi 2015-2020 yillar davomida Yevropa
davlatlarida jadallik bilan rivojlangan. Raqamli banklar o‘z mijozlariga yana-da
qulaylik va foydali xizmatlarni taqdim etish maqsadida zamonaviy raqamli
innovatsiyalardan keng foydalanadi.
Bugungi kunda raqamli bank sanalmish “Anorbank” va “TBС bank”lar ham o‘z
mijozlariga mobil ilovalar yoki statsionar kompyuterlar orqali to‘liq raqamli xizmatni
taqdim etmoqda. Bu shuni anglatadiki, raqamli bank mijozi 24/7 tizimida bank
xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Yaʼni, raqamli bank tizimida mijozga mobil
dasturi, mobil dasturga asosan esa yuqori texnologiyali IT-infratuzilma bilan
taʼmirlangan bank operatsiyalarining yuqori moslashuvchanligi taqdim etiladi.
Albatta savol tug‘iladi, bugungi kunda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari
bilan yangi tashkil etilgan raqamli banklar o‘rtasida qanday farq mavjud?
Raqamli banklar:
- bank filiallari tarmog‘ining kengaytirilmasligi;
- bank-mijoz o‘rtasida onlayn aloqa tizimining 100 foiz o‘rnatilganligi;
- sifatli va foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan mobil ilova;
- bozor talablariga javob beruvchi omonatlar va kreditlar uchun eng qulay
sharoitlar (yaʼni, mijoz talabidan kelib chiquvchi);
- tezkor, sifatli, qulay va 24/7 rejimida javob beruvchi aloqa markazlarining
mavjudligi;
Xususiy yoki davlat banklari:
- Bank filiallar tarmoqlarining har bir tuman, shahar va viloyat kesimida faoliyat
yuritishi, sifat darajasiga eʼtiborning sustligi;
- Bank-mijoz o‘rtasida onlayn aloqa o‘rnatish holatining pastligi;
115
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
- Mobil ilovalari nomiga chiqarilib, foydalanuvchi bir marotaba kiradi va qayta
kirmaslikka ahd qiladi (mobil ilovalarda oddiy kartadan-kartaga pul o‘tkazish yoki
kommunal to‘lovlar to‘lash jarayonlarida doimiy muammolar mavjud bo‘lim, ko‘p
holatlarda tizimda uzilishlar kuzatiladi);
- bozor talablariga javob beruvchi omonatlar va kreditlar chiqariladi, ammo ko‘p
holatlarda faqat tanish-bilishchilik katta rol o‘ynaydi (agar tanish bo‘lmasa, o‘sha
mijoz 3 oy va undan ko‘p muddatga sarson-sargardonlikda yuradi).
- tezkor, sifatli, qulay va 24/7 rejimida javob beruvchi aloqa markazlari
nomigagina faoliyat yuritadi, mijoz bir savoliga javob olish uchun bankning barcha
bo‘limlari mutaxassislari bilan so‘zlashishiga to‘g‘ri keladi. Mijoz vaqti, telefon
aloqa xizmati uchun mijoz tomonidan to‘lanadigan summa hisobga olinmaydi.
Demak, moliyaviy xizmatlarning raqamli transformatsiyasi bank mijozlari
uchun keng imkoniyatlar yaratib, moliyaviy faollikni oshirish uchun muhim bosqich
sanalish bilan birga, mijozlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga yordam
beradi. Yaʼni, raqamli banklarning istiqbollaridan biri, bu moliyaviy tarmoqlarni
raqamlashtirish evaziga xizmatlar tannarxi 40-60 foizgacha pasaytirilishiga erishiladi.
Mijozlar bankka tashrifi, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ketadigan vaqt hamda
mablag‘larini tejashiga imkon yaratadi.
Bir so‘z bilan aytganda, tijorat banklarining transformatsiya jarayoni va raqamli
bank tizimida ishlashga o‘zgarishi bu – yangi axborot texnologiyalarini rivojlanishi
va butun dunyo bo‘ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi hamda raqamli
texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni
kamaytiradi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, raqamli moliyaviy xizmatlarni
rivojlantirish mamlakat bank-moliya tizimi ravnaqining muhim yo‘nalishi bo‘lib
xizmat qiladi.
Raqamli bank xizmatlari turli texnologiyalar asosida rivojlanmoqda, jumladan
mobil ilovalar, bulutli texnologiyalar, blokcheyn va biometrik autentifikatsiya. Mobil
ilovalar mijozlarga bank xizmatlarini istalgan vaqtda va istalgan joyda ishlatish
imkonini beradi, bu esa vaqt va joyga bog'liq cheklovlarni bartaraf etadi. Bulutli
texnologiyalar esa ma'lumotlarni xavfsiz saqlash va tahlil qilishni ta'minlab,
banklarga tezkor va samarali xizmat ko'rsatish imkoniyatini yaratadi, shu bilan birga
mijozlarga xizmatlarining uzluksizligi va xavfsizligini oshiradi. Blokcheyn
texnologiyasi o'zining shaffofligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi, bu esa moliyaviy
operatsiyalarni tez va ishonchli amalga oshirishga yordam beradi, shuningdek,
firibgarliklarni kamaytirishga xizmat qiladi. Biometrik autentifikatsiya mijozlarning
shaxsini aniqlashda qo'llaniladi, bu esa xavfsizlikni oshiradi va xizmatlarga
116
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
kirishning qulay va xavfsiz usulini taqdim etadi. Ushbu texnologiyalar birgalikda
mijozlarga tezkor, ishonchli va xavfsiz bank xizmatlarini taqdim etadi, ular o'z
mablag'larini onlayn tarzda boshqarish va turli moliyaviy operatsiyalarni amalga
oshirishda qulaylikka ega bo'ladi.
O‘zbekistonda raqamli bank xizmatlari tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Bu xizmatlar mijozlarga 24/7 rejimida tezkor va qulay xizmatlardan foydalanish
imkonini bermoqda. Onlayn to‘lovlar, kreditlar, va boshqa moliyaviy operatsiyalar
soddalashtirildi. Raqamli xizmatlar orqali vaqt va xarajatlar sezilarli darajada
kamaymoqda. Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar ham mavjud. Kiberxavfsizlik
tahdidlari va texnik nosozliklar tizim barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yana
bir muammo – ayrim aholining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari
yetarli emasligi. Internet infratuzilmasi ham barcha hududlarda bir xilda
rivojlanmagan. Bu esa raqamli xizmatlardan foydalanishni cheklashi mumkin. Shu
sababli, raqamli bank xizmatlarini takomillashtirish va ommalashtirish uchun
qo‘shimcha chora-tadbirlar zarur. Quyida “SWOT” tahlil raqamli bank
xizmatlarining kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyatlarini va tahdidlarini aniqlashga
yordam beradi.
1-jadval
Raqamli bank xizmatlarining “SWOT” tahlili
16
Kuchli tomonlar (Strengths):
Tezkor va qulay xizmatlar
– mijozlar
internet orqali istalgan vaqtda
xizmatlarga kirishlari mumkin.
Kam xarajatlar
– raqamli platformalar
orqali bank operatsiyalari arzonroq
amalga oshiriladi.
Global kirish imkoniyati
– dunyoning
turli burchaklaridan mijozlar uchun
xizmatlar taqdim etiladi.
Innovatsion imkoniyatlar
–
texnologiya va yangiliklarga tez
moslashish orqali raqobatbardoshlikni
oshiradi.
Zaif tomonlar (Weaknesses):
Xavfsizlik masalalari
– onlayn
xizmatlarda xakerlik va ma'lumotlarni
o'g'irlash xavfi mavjud.
Texnik muammolar
– internet
tarmog'ida yuzaga keladigan muammolar
xizmatlarning to'xtashiga olib kelishi
mumkin.
Mijozlarning texnologiyaga nisbatan
qaramligi
– barcha mijozlar raqamli
xizmatlardan samarali foydalanishga
tayyor emas.
O‘zgaruvchan regulyatsiya
–
mamlakatlar va mintaqalarda raqamli
bank xizmati uchun doimiy qonunchilik
16
Mualliflar tomonidan tuzilgan
117
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
va regulyatsiya o‘zgarishlari mavjud.
Imkoniyatlar (Opportunities):
Raqamli transformatsiya
– banklar
raqamli texnologiyalarni rivojlantirish
orqali yangi xizmatlar va mahsulotlar
taklif qilishlari mumkin.
Mobil bank xizmatlari kengayishi
–
mobil ilovalar va smartfonlar orqali
xizmatlarni kengaytirish.
Yangi bozorlar
– rivojlanayotgan
iqtisodiyotlarda raqamli bank
xizmatlariga talab ortishi.
Avtomatlashtirilgan xizmatlar
– sun'iy
intellekt va avtomatlashtirish orqali
bank xizmatlarini yanada samarali qilish
imkoniyati.
Tahdidlar (Threats):
Kiberhujumlar
–
xavfsizlik teshiklari orqali raqamli bank
tizimlariga kirish va foydalanuvchi
ma'lumotlarini o'g'irlash.
Raqobatning
kuchayishi
– boshqa raqamli banklar va
fintech kompaniyalarining bozorga
kirishi.
Mijozlarning ishonchsizligi
–
ba'zi mijozlar raqamli bank xizmatlariga
nisbatan ishonchsizlikni saqlashlari
mumkin.
Qonunchilikni buzish xavfi
–
yangi qonunlar va regulyatsiyalar
bankning raqamli xizmatlarini cheklashi
yoki qo'shimcha xarajatlarni keltirib
chiqarishi mumkin.
Statistika
ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda global onlayn banking
foydalanuvchilari soni 2,14 milliardga yetdi. Raqamli banklar xarajatlarni kamaytirib,
iqtisodiy samaradorlikni oshirdi. O‘zbekiston bank sektorida raqamli transformatsiya
banklarning sof foydasini oshirib, xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirdi.
Masalan, 2020-yilda elektron tijorat daromadlari 481,3 million dollarni tashkil etdi,
bu umumiy raqamli daromadning 68% ni tashkil qiladi.
Dunyo bo‘ylab: 2021-yilda global elektron tijorat savdosi 4,9 trillion dollarga
yetdi, mobil elektron tijorat esa 3,56 trillion dollarni tashkil etdi. Revolut kabi
neobanklar 33 million mijozga xizmat ko‘rsatmoqda.O‘zbekiston: Markaziy Bank
ma‘lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda 36 ta bankdan 12 tasi raqamli xizmatlarga e‘tibor
qaratgan. “Anorbank” va “Uzumbank” faqat jismoniy shaxslarga masofaviy xizmat
ko‘rsatadi. 2020-yilda O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 23,9 millionga
yetdi, bu raqamli bankingning o‘sishiga zamin yaratdi.XulosaRaqamli bank
xizmatlari mijozlarga tezlik, qulaylik va xavfsizlikni ta‘minlab, iqtisodiyotni
rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda. O‘zbekistonda raqamli transformatsiya yangi
imkoniyatlar yaratmoqda, ammo xavfsizlik tahdidlari va raqamli savodxonlik
muammolari bartaraf etilishi zarur. Kelajakda AI, blokcheyn va DeFi kabi
texnologiyalar raqamli bankingni yanada rivojlantiradi.
118
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston iqtisodiyotida raqamli bank
xizmatlari sohasining rivojlanishi, shubhasiz, mamlakatning moliya tizimini yanada
raqamlashtirish va global tendensiyalarni o‘zida aks ettirishga yordam bermoqda.
Raqamli
bank
xizmatlarining
taqdim
etilishi,
foydalanuvchilarga
bank
operatsiyalarini qulay va tez amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Mobil ilovalar va
internet-banking tizimlari orqali mijozlar bank xizmatlaridan istalgan vaqtda
foydalanishlari mumkin, bu esa xizmatlarning samaradorligini oshiradi va mijozlarga
vaqtni tejash imkoniyatini yaratadi.
Biroq, raqamli bank xizmatlarining kengayishi ba'zi muammolarni keltirib
chiqaradi. Avvalo, xavfsizlik masalalari dolzarb bo‘lib, onlayn tizimlar uchun
kiberxavf va maxfiylikni ta'minlashda katta e'tibor talab etiladi. Bundan tashqari,
texnologiyalarga nisbatan tajriba va ishonch yetishmasligi, ayniqsa, kichik yoshdagi
va texnologiyalar bilan kam tanish bo‘lgan fuqarolar uchun qiyinchiliklar tug‘diradi.
Raqamli xizmatlar hamda yangi regulyatsiyalarni joriy etish borasida hukumat va
moliya organlari o‘rtasida yaqin hamkorlik zarur.
Muammolarni bartaraf etish uchun, quyidagi takliflarni berish mumkin:
Xavfsizlikni kuchaytirish: Raqamli bank xizmatlarining xavfsizligini ta'minlash
maqsadida kiberxavfsizlikni takomillashtirish, foydalanuvchi ma'lumotlarini himoya
qilish uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etish zarur.
Ta’lim va o‘qitish: Mijozlar va bank xodimlari uchun raqamli xizmatlar
bo‘yicha doimiy o‘quv dasturlari tashkil etish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishni
ta'minlash.
Raqamli xizmatlarni kengaytirish: Mobil ilovalar va internet platformalarini
takomillashtirish, foydalanuvchilarga yanada qulay va intuitiv xizmatlar taqdim etish.
Regulyatsiyalarning moslashuvi: Raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish uchun
qonunchilikni doimiy ravishda yangilab borish va innovatsiyalarni qo‘llab-
quvvatlash.
O‘zbekistonning raqamli bank xizmatlari sohasida erishgan muvaffaqiyatlari va
oldinga qo‘yilgan maqsadlar, mamlakatning moliya sektorini global iqtisodiyotga
integratsiyalashuviga xizmat qiladi. Ushbu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun davlat va xususiy sektorning birgalikdagi sa'y-harakatlari zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Gulyamov S.S. Bank tizimida innovatsion texnologiyalar: monografiya. –
Toshkent: Iqtisodiyot, 2021. – 186 b.
119
Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2. Omonov A.A. Zamonaviy bank xizmatlari rivojlanishining nazariy asoslari //
O'zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. – 2022. – №3. – B. 45-53.
3. Toshmatov B.T., Alimov R.T. Raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklari
raqobatbardoshligini oshirish yo'llari // Bank axborotnomasi. – 2023. – №2. – B. 118-
124.
4. Jumaeva N.M. O'zbekiston bank tizimida raqamli xizmatlar samaradorligini
baholash metodologiyasi: iqt. fan. nom. diss. avtoref. – Toshkent: Bank-moliya
akademiyasi, 2022. – 24 b.
5. Turdiyev F.X. Raqamli bank xizmatlarini rivojlantirishning xorijiy tajribasi va
uni O'zbekistonda qo'llash imkoniyatlari // Moliya va bank ishi elektron jurnali. –
2023. – №1. – B. 67-76.
6. Normatova Z.S., Abdullayeva L.M. Tijorat banklarida mijozlarga xizmat
ko'rsatish sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarning roli // Iqtisodiyot va
innovatsion texnologiyalar. – 2022. – №4. – B. 212-220.
7. Mirzayev K.L. Bank xizmatlarini raqamlashtirish: muammolar va istiqbollar:
monografiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2023. – 204 b.
8.
Toshxo'jayeva
S.A.
Bank
xizmatlarini
rivojlantirishda
raqamli
platformalarning o'rni // Bankmoliya akademiyasi xabarlari. – 2023. – №2. – B. 93-
102.
9. Saidov D.R., Umrzoqov N.N. Tijorat banklarida raqamli xizmatlarni joriy
etishning moliyaviyiqtisodiy samaradorligi // Biznes-ekspert. – 2022. – №7. – B.
156-163.
