10
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ABDULLA QODIRIYNINING ULOQDA HIKOYASI TAHLILI
Yusupov Saidabror Ravshan o‘g‘li
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqola badiiy asar tahlilining adabiyot darslaridagi
ahamiyati asosli yoritilgan bo‘lib, ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, fikrni qisqa
hajmda tushunarli yetkaza olish qobiliyati tahlillar misolida asoslangan. Realistik
hikoyalarda personajlarning reallikka qay darajada mos kelishi Abdulla Qodiriyning
sermahsul va rangbarang ijodi, qarashlari va realistik hikoyaning dastlabki namunasi
sifatida baholangan "Uloqda" hikoyasi hususida.
Kalit soʻzlar:
hikoya, epik janr, personaj, realistik hikoya.
Hikoya badiiy adabiyotimizda kichik epik janr boʻlib hayot hodisalarini
ixcham holda ifoda etadigan nasriy asar turi hisoblanadi. Bu janr qadimdan rivojlanib
kelgan jumladan buning ilk yozma namunalarini Kultegin va To‘nyuquq
bitiktoshlarida uchratamiz, Rabgʻuziyning “Qissasi Rabgʻuziy” asarida ham ahloqiy
hikoyalarni koʻramiz. O‘zbek adabiyotida XX asrga kelib realistik hikoya janri
shakllana boshladi shu jumladan jadid adabiyotida hikoya janri rivojiga nazar
tashlasak Choʻlponning “Qurboni jaholat”, Abdulla Qodiriyning “Uloqda” hikoyalari
relistik hikoya janrining yorqin namunalaridir. Xoʻsh nega aynan realistik usulda
yozilgan bu hikoyalar? Bunga sabab oʻsha davr muhiti, shoʻrolar tazyiqi chunki
ochiqdan-ochiq qilingan tanqid har qanday yozuvchining jonini hatarga qoʻygan va
arzimagan sabablar bilan adabiyotimizning buyuk chinorlarini chopmasdan
qulatishgan uchun ham turli taxalluslarni qoʻllash jadid adabiyotida rivojlandi.
Abdulla Qodiriy asarlari maktab, oliy o‘quv yurti darsliklari mazmun-
mundarijasiga alohida ko‘rk, salobat bag‘ishlab turadi. Chunki bu ulug‘ adibning
ijodi, mana, bir asrdirki, ijtimoiy-madaniy turmushimizning o‘ziga xos ko‘zgusi
bo‘lib keladi. “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlarisiz nafaqat
adabiyotimiz, balki butun madaniy hayotimiz rangsiz, tussiz, juda g‘arib bo‘lib
qoladi. Ushbu romanlar o‘zbek xalqi tarixi, Markaziy Osiyo mintaqasi tabiati,
ijtimoiy hayoti, urf-odat va an’analari, oila munosabatlari, odamlarning
dunyoqarashi, fe’l-atvori va yana ko‘p narsalar to‘g‘risida yorqin tasavvur beradi.
Ishonch bilan aytish mumkinki, adabiyotning milliyligi va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslanishi, Abdulla Qodiriy singari ijodkorlar asarlarida aniq aks etadi.
Adib barcha asarlari mavzusini turmushning naq o‘zidan oladi va undagi hodisalarni
11
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
adabiyot tarozisiga tortib, taqdim qiladi. “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”,
“Obid ketmon”, “Juvonboz”, “Baxtsiz kuyov”, “Kalvak maxzumning xotira
daftaridan”, “Toshpo‘lat tajang nima deydi?”ni o‘qiganlar ijtimoiy turmushdagi
yaxshi va yomon jihatlarni aniq ajratib oladi. Yozuvchining “Uloqda” hikoyasi ham
shunday salmoqqa ega. Abdulla Qodiriy ushbu asarining keyingi nashriga: “Bu
hikoya 1915-yilda yozilg‘on edi. Bolalik davrimning yodgori bo‘lg‘ani uchun
ortiqcha o‘zgarishlar kiritmadim” deb izoh yozgan[1].
“Uloqda” hikoyasi “sahna”sida Turg‘un asosiy qahramon sifatida harakat
qiladi. Turg‘unning yonida onasi, xonadon xizmatchisi, akasi Mahkam, chavandozlar
(Sobir tegirmonchining o‘g‘li, mo‘ylovi shopdek yigit, oldiga bir ola echkini
o‘ngargan, ko‘kragi ochiq, yaktakchan, saman otliq yigit, To‘g‘on aka, bodring
sotuvchilar, Salim chavandoz, Murod chavandoz Turg‘unning o‘rtoqlari: Nurxon,
Haydar soqov, Shokir mishiqi, Orif sarkor, Esonboy ko‘rinadi. Shuningdek,
Turg‘unning otasi, tog‘asi, samovarchi, Ro‘zi qassob, Eson ko‘knorining o‘g‘li tilga
olinadi. Hikoyadagi voqealarda Turg‘un bilan yonma-yon tomoshabinlar ham ishtirok
etadi. Ularning ishtiroki: “Tomoshachilar orasida yana ola-g‘ovur qo‘pti: “Ana,
uloqning solig‘ini yig‘ayotibdilar!”, “Uloq hozir boshlanadi!”, “Murod chavandoz
ham turdi!”, “Salim qalpog‘ini kiydi!”, “Ro‘zi qassob uloqni bo‘g‘izlamoqchi,
pichog‘ini qayrayapti!”, “Boyvachchalar ham qo‘zg‘alishdilar!”, “Salim choponini
yechmoqchiga o‘xshaydi!”, “Hay barakalla, shovvozlar!” Hamma tomoshachilar
sabrsizlanib: “Shu tobgacha tuya bo‘g‘izlasa ham bo‘lar edi, ulog‘i yaxlab qoldimi?”
–deyishadilar... Bu yoqdagi tomoshachilar: “Taqimga bos, taqimga!”, “Otning
boshini qo‘y, choviga qamchini shig‘ab ber!”, “Bo‘sh kelma, mahkam tut!”,
“Yuganini bo‘shat, qamchingni tishlab ol, yoningga alahsima!”, “Olding, olding!”,
“Berma, chapga burul, chapga!”, “Tut, qo‘yma!”, “Voy to‘ymagur, berib yubording-
a, o‘z ko‘nglingda sen ham uloqchisan-da!”, “Oting harom qotsin, otmi, eshakmi –bu
harom o‘lguring?”... deb har xil tovushda baqiradilar. Uloq yerga tushib ketib qolsa,
tomoshabinlardan ba’zisi yugurib borib yerdan uloqni azod ko‘tarib oladi, ukasimi,
oshnasimi –ishqilib birorta yaqin kishisiga tutqizmoqchi bo‘ladi. Lekin boshqa
chavandozlar uloqni undan olmoqchi bo‘lib ustiga duv yig‘iladilar, u bermaslikka
tirishadi, boshqalar o‘rtaga sanjob qilib siqadilar. Bechora anchadan keyin
oqsoqlanib yoki qo‘lini silab o‘rtadan arang chiqib ketadi. Chekkan azobini so‘zlay-
so‘zlay bir chetga chiqib ketadi” tarzida beriladi. Hikoyada ular hozirgi paytdagidek
“tomoshabin” emas, “tomoshachi” deyiladi.
“Uloqda”dagi: “Otasi bolasini, akasi ukasini tanimaydi, chang-to‘zon,
terlangan, pishilgan, har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida. Bosh yorilib, ko‘z
12
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
chiqqan bilan, otdan yiqilib, qo‘li singan bilan parvoyi falak... Ishqilib, uloqni
taqimga bosilsa bo‘ldi... Taqimga bosish o‘zi juda ham nash’alik-da! Lekin taqimga
bosish har kimga ham muyassar bo‘lavermaydi, taqimga ko‘proq bosuvchilar boyagi
chavandozlar; azoblanib o‘layozib bo‘lsa ham uloqni taqimga bosgach, otga qamchi
berib, ellik-oltmish odim nariga qochib boradilar-da, yana orqadagilar tarafidan
o‘ralib olinadilar. Yana tortish” kabi o‘rinlar muallif voqelikka yuqoridan turib
qaraganini isbotlaydi. Ayni o‘rinlarda muallifning voqelikka munosabati aks etadi.
Shuningdek, ushbu o‘rinlarda “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Kalvak
maxzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lat tajang nima deydi?” va boshqa
asarlarida mahorat bilan qo‘llangan piching, kesatiq usulidan samarali foydalanilgani
namoyon bo‘ladi. Ayni o‘rinlar Abdulla Qodiriyning roman, hikoya, ocherklari,
publitsistik maqolalari Fitrat, Cho‘lpon asarlaridan o‘tkir piching, tagdor kesatiq,
zaharolud istehzosining kuchliligi bilan farq qilishini ko‘rsatadi. “O‘tkan kunlar”
muallifining “Uloqda” va boshqa asarlaridagi, ayniqsa, publitsistik maqolalaridagi
piching, kesatig‘ida u el-yurt ayanchli ahvolda ekanidan iztirobga tushib, azoblanib
yashagani bilinadi.
“Uloqda” hikoyasidagi so‘zlar statistikasini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, unda
umumiy 2195 ta so‘z ishlatilgan. Shu so‘zlardan 79,1 foizi turkiy so‘zlar bo‘lsa, 11,9
foizi arabcha so‘zlar, 9,8 foizi esa fors-tojikcha so‘zlar tashkil etadi. Qolgan 0,2
foizini boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar egallaydi[2].
Abdulla Qodiriyning “Uloqda” hikoyasi realistik ruhda yozilganligi bilan birga
avvalo voqeaning haqqona aks etishi personajlar ruhiyatining kishi hayajonini
bosolmas darajada va ishonarli koʻrsatib berishi bilan realistik adabiyot mezonlariga
toʻliq javob beradi. Hikoya personaj tilidan hikoya qilinsada mavzu juda tasirchan
ifodalangan. Abdulla Qodiriy bu asarida uloqning xalq hayotidagi ijobiy oʻrnini balki
uning hayotimizga salbiy tasirini ham aynan bir kichik hikoya orqali aks ettirgan. Bir
tomonda milliy qadriyatimiz, yosh oʻsib kelayotgan avlodni yigitlarimizning irodasini
mustahkam qiluvchi oʻyin boʻlsa, bir tomonda esa ayanchli taqdir kabi voqealar
turibdi, vaholangki bu asarni oʻqigan kitobxon chuqur oʻyga toladi, aniq bir xulosaga
kelish qiyinlashadi.
Xulosa qilib aytganda Abdulla Qodiriyning “Uloqda” hikoyasi oʻzbek
adabiyotidagi dastlabki realistik hikoya namunasi sifatida maktab darsliklaridan ham
joy olgan. Bu hikoyada Abdulla Qodiriy turmushni har taraflama oʻrgangan undagi
har bir sohalardan habardor boʻlgan, yozmoqchi boʻlgan asariga daxldor boʻlgan
materiallarni hatto eng kichik detallargacha avval oʻrganib chiqib, oʻzi aynan shu
holatga tushgandan so‘nggina oʻsha asarni yozganligini oʻzi ham aytib oʻtgan.
13
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Uloqda asaridagi personajlar huddi hayotdagi kabi insonlar diqqatini darxol jalb etadi
va voqeaga xos muhitni juda aniq tasvirlagan edi. Koʻrib oʻtganimizdek jadid
adabiyotida bu kabi hikoyalar talaygina va Qodiriy kabi qalami oʻtkir har qanday
xulosani kitobxon oʻzining dunyoqarashidan kelib chiqqan holda aytishni oʻziga
qoʻyib beradigan yozuvchilar ko‘pgina edi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.Qodiriy. Diyori bakr: she’rlar, hikoyalar, sahna asarlari, hangoma,
felyeton va maqolalar. –Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2007. –472-b. –418-bet
2.
Sobirova Salomat Saxatjonovna, Adabiyot darslarida badiiy asar tahlili,
Международныйнаучныйжурнал №10(100), часть2 «Научный импульс» Мая,
2023
3. Abdumajidov R.B., Abdulla Qodiriy–o ‘zbek realistik romanining yaratuvchisi,
Samarali ta’lim va barqaror innovatsiyalar jurnali 2 (3), 417-420
4. Abdumajidov R.B., Yusupov S.R., Abdulla Qodiriy hayoti va asarlarining
bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, Samarali ta’lim va barqaror innovatsiyalar jurnali
2 (3), 282-288
5. Qalqanova Gulbodam, Jadid adabiyotida hikoya janri rivoji International
scientific Journal «Modern science аnd research» volume 1 / issue 2
