№ 6(41) (2025)

№ 6(41) (2025)
Опубликован: 07-05-2025

Статьи

223 21

O‘QUVCHILARDA NAZARIY BILIM VA AMALIY KO‘NIKMALARNI OSHIRISHDA PEDAGOGIK MAHORAT VA KREATIV YONDASHUVLARNING DOLZARB MASALALARI

Рахмат Рустамов , Дониёр Дониёр , Самариддин Зайниддинов

This scientific article addresses several challenges in the educational process by integrating theory and practice. It aims to strengthen students’ theoretical knowledge while enhancing their skills and qualifications. The article examines the characteristics of various disciplines and their practical applications, connecting educational program topics to real-world practice. Additionally, it identifies key areas for improving the quality of teaching through a scientific approach.


The article provides methodological recommendations that produce positive outcomes in young students’ understanding and engagement with educational programs. These recommendations are designed to improve students’ comprehension, speaking, and overall communication skills. Furthermore, they seek to enhance the effectiveness of applying theoretical knowledge in practical scenarios, increase students’ interest in the subjects, and elevate the quality and depth of teaching.

169 38

OVQAT HAZM QILISH VA MODDA ALMASHINUVINING FIZIOLOGIK JARAYONLARI: ENERGIYA EHTIYOJLARINI HISOBLASH VA TA’MINLASH USULLARI

Абдулло Мирхомидов

mazkur maqolada ovqat hazm qilish va modda almashinuvining fiziologik jarayonlari tahlil qilinadi. Inson organizmining energiya ehtiyojlari va ularni hisoblash usullari ilmiy nuqtayi nazardan yoritilib, turli yosh va faoliyat turlariga qarab energiya sarfi hamda ularning muvozanatini ta’minlash metodlari ko‘rib chiqiladi. Ovqat hazm qilish jarayonining bosqichlari, ozuqa moddalari parchalanishi va so‘rilishi mexanizmlari, shuningdek, asosiy almashinuv, qo‘shimcha energiya sarfi va ularning fiziologik ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, energiya balansini saqlashning amaliy jihatlari, parhez rejimlari va metabolizmni optimallashtirish usullari muhokama qilinadi.

59 21

O‘ZBEKISTON VA ISLOM TARAQQIYOTI BANKI O‘RTASIDA MOLIYA, YO‘L QURILISHI VA ENERGETIKA SOHALARIDAGI HAMKORLIK

Муслимахон Мамажонова

Maqolada “Islom Taraqqiyot Banki” ning O‘zbekiston Respublikasi bilan olib borilayotgan ishlari xususan moliyaviy shartnomalar va ularning yo‘nalishi hamda moliya, yo‘l qurilishi va energetika sohalaridagi hamkorlikdan ko‘zlangan maqsadlari shuningdek munosabatlari haqida yoritilgan.

89 41

LЕGАL RЕGULАTIОN ОF FОRЕIGN TRАDЕ CОNTRАCTS IN THЕ RЕPUBLIC ОF UZBЕKISTАN

Мадина Ракхимова

Thе аrticlе еxаminеs thе lеgаl frаmеwоrk gоvеrning fоrеign trаdе cоntrаcts in Uzbеkistаn, drаwing оn nаtiоnаl lаws, gоvеrnmеnt rеsоlutiоns, аnd intеrnаtiоnаl аgrееmеnts. Spеciаl аttеntiоn is givеn tо rеfоrms in thе аrеаs оf digitаlizаtiоn, simplificаtiоn оf custоms prоcеdurеs, аnd thе hаrmоnizаtiоn оf lеgislаtiоn with intеrnаtiоnаl stаndаrds, which cоntributе tо imprоving thе businеss climаtе аnd intеgrаtiоn intо thе glоbаl еcоnоmy. Thе аrticlе аlsо prоpоsеs mеаsurеs fоr thе furthеr dеvеlоpmеnt оf fоrеign trаdе, including suppоrt fоr е-cоmmеrcе аnd imprоvеmеnts tо mеchаnisms fоr prоtеcting thе rights оf pаrticipаnts in fоrеign еcоnоmic аctivity.

158 23

TEMURIYLAR DAVRIDA QURILISH VA OBODONCHILIK

Джахонгир Усманов

Ushbu maqolada Temuriylar davrida olib borilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari, Samarqand shahrining qayta qurilishi, yangi me’morchilik obidalari va ularning o‘ziga xos jihatlari, Xoja Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek rasadxonasi va Oqsaroy qurilishi haqida so‘z boradi.

51 10

XORAZM HUDUDIDA QOG‘ONOQ SUVI KETGAN HOMILADORLARNI TEKSHIRISH USULLARI

Интизор Каримова

QPTOYO bilan bog`liq asosiy asorat- bu muddatdan oldin tug`ish bo`lib, bu o`z navbatida, yangi tug`ilgan chaqaloqlarda quyidagi asoratlarni keltirib chiqaradi: respirator distress-sindrom,ichki me`da qon ketishlar, infeksiyalar, nekrotik enterokolit va sepsis. QPTOYO kuzatilgan homiladorlarning taxminan 5% da muddatdan oldin tug`ish boshlanadi. Ikkinchi eng ko`p uchraydigan asorat – infeksiya yuqishi (xorioamnionit). Homila qobig`i qanchalik homiladorlikning erta muddatida yorilsa, shuningdek, servikal kanalda genokokk va streptokokk mikroflorasi (B guruh) urug` sochsa, uning chastotasi shunchalik yuqori bo`ladi. Boshqa asoratlar kindikning tushishi va yo`ldosh ko`chishi.

95 21

THE LINGUISTIC AND COGNITIVE CHALLENGES OF SIMULTANEOUS INTERPRETATION: A MULTIDIMENSIONAL ANALYSIS

Лобар Низамова
Simultaneous interpretation (SI) is a cognitively demanding and linguistically complex process requiring interpreters to manage real-time speech input, reformulate messages across linguistic structures, and maintain coherence under time pressure. This article explores the primary linguistic and cognitive challenges faced by simultaneous interpreters, highlighting the intricate interplay between language processing, memory constraints, and strategic adaptation.
92 23

TALABALARNING INGLIZ TILIDA LEKSIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING LINGVODIDAKTIK MUAMMOLARI

Нодира Рашидова

Ushbu maqolada talabalarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik muammolari bo‘yicha fikr va mulohazalar haqida fikr yuritilgan. Shunindek, mavzuga doir turli olimlar fikri ham o‘rganib o‘tilgan.

73 20

AVTOSERVISNI BOSHQARISHDAGI MUAMMO VA KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH CHORA TADBIRLARI

Шерзодбек Камалов

Ushbu maqolada avtoservisni boshqarishda muammo va kamchiliklarni bartaraf etish uchun ehtiyojlariga mos ta’minotni tminlash, texnik kadrlarni tayyorlash, xizmat sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar taqdim etish lozimligi bayon etilgan. Mijozlar va xodimlar uchun avtomobil texnologiyalari va xizmatlariga oid yangiliklarni taqdim etish, shuningdek, malakalarini oshirish uchun ta’limlar tashkil etish yoritib berilgan. Mijozlar ta’lim olish orqali avtomobil xizmatlari va muammolari haqida koʻproq tushunishi shuningdek, xodimlar xam yangi texnologiyalar va avtomobil modellari boʻyicha mutaxassisliklarini oshirishi mumkin boʻladi. Masalan xozirgi kunda zamonaviy gibrid va elektrik avtomobillarni ta’minlash boʻyicha bilim va tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

258 44

“ILK QADAM” DAVLAT O‘QUV DASTURI ASOSIDA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTAB TAʼLIMIGA TAYYORLASHNING SAMARALI SHAKLLARI, VOSITALARI, USULLARI VA METODLARI

Мухлиса Рихсиева

Ushbu maqolada, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida tayyorlov guruhi bolalarini maktab taʼlimiga tayyorlashning samarali shakllari, vositalari, usullari va metodlari yoritilgan.

418 47

TARBIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Нилуфар Сабирова , Манзура Рустамова

Ushbu maqolada interfaol metod nima ekanligi, uning turlari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tiladi va shuningdek Tarbiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish bo‘yicha fikr mulohazalar keltirib o‘tilgan, tegishli xulosalar chiqarilgan.

92 18

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SOLIQ NAZORATI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Мухаммада’зам Абдухапизов

Ushbu maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan soliq tizimini raqamlashtirish va nazorat tizimini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Daniya soliq tizimi istiqbollari yoritilgan va ushbu davlat tajribasi asosida O‘zbekiston soliq tizimidagi muammolarga yechim bo‘lishi mumkin bo‘lgan takliflar ilgari surilgan.

128 20

YANGI O‘ZBEKISTONDAGI ZAMONAVIY TA’LIM VA ILM-FAN SOHASIDAGI ISLOHOTLAR: TALABA YOSHLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Дурдона Матсабирова

Ushbu maqolada yangi O‘zbekistondagi ta’lim va ilm-fan sohalaridagi keng ko‘lamli islohotlar tahlil qilinadi. Maqsad – davlatning strategik islohotlari kontekstida ta’lim tizimining modernizatsiyasi va ilmiy izlanishlar rivojlanishi, shuningdek, talaba-yoshlarning ushbu jarayondagi roli va ahamiyatini aniqlashdir. Tadqiqot nazariy tahlil, empirik metodlar va komparativ yondashuv asosida olib borildi. Natijalar ko‘rsatadiki, islohotlar ta’lim sifatini oshirish, innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish va ilmiy salohiyatni kengaytirishga xizmat qilmoqda, shu bilan birga, talaba-yoshlarning faol ishtiroki kelajakning taraqqiyotida muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.

187 34

EMOTSIONAL INTELLEKTNING TALABALAR O‘QUV FAOLIYATIGA TA’SIRI

Фаррухбек Иброхимов

Ushbu maqolada emotsional intellektning talabalarning o‘quv faoliyatiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Emotsional intellekt shaxsning o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish hamda boshqalarning emotsiyalarini tushunish qobiliyati sifatida ta’riflanadi va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari EI yuqori bo‘lgan talabalar stressni boshqarish, akademik samaradorlik va ijtimoiy muhitga moslashish borasida ustunlikka ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Maqolada emotsional intellektning metodologik asoslari, psixologik va kognitiv yondashuvlari, shuningdek, EI rivojlantirish usullari tahlil qilingan.

68 29

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA “VATAN” TUSHUNCHASINING NOMINATIV SOHASINI QURISH

Мухлисабону Абдукодирова

“Tushuncha” so‘zi voqelikning hamma psixik xususiyatlarini taqdim etadi va hodisani bilishni o‘z ichiga oladi. Shaxs ongida tartiblangan tushunchalar uning kontseptual sohasini yuzaga keltiradi. Til – tafakkur jarayonining birliklari sifatida xalq ongiga, ularning g‘oyalariga, tushunchalarning mazmuni va tuzilishiga kirish vositalaridan biridir. Ushbu maqola kognitiv tilshunoslik sohasida ingliz va o‘zbek tillarida ona Vatan tushunchasini o‘rganish va tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ularning o'ziga xos xususiyatlari tavsiflanadi va tahlil qilinadi.

154 24

"O'QITUVCHI-O'QUVCHI" MUNOSABATLARIDA PSIXOLOGIK TO'SIQLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI

Камола Джахонова

maqolada o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlardagi psixologik to‘siqlar va uning mohiyati psixolog olimlar tomonidan tahlil qilinishi va yuzaga kelgan to‘siqlarni ijtimoiy omillar bilan bog’liqlik xususiyatlari bayon etilgan.

59 14

“SAHIHUL BUXORIY”NING “SADAFIY” NUSXASI

Ирода Даурбекова

Maqolada andalusiliyalik imom, qozi, mohir hofiz, xattot, faqih Ali ibn Sadafiyning hayoti va ilmiy faoliyati, shuningdek, uning mashhur “Sadafiy” qoʻlyozma nusxasi haqida ma’lumotlar yoritilgan.

71 20

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI HAMDA O‘QITUVCHILARI MUNOSABATLARI TIZIMIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLARNI ANIQLASH USULLARI

Камола Джахонова

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar tizimida yuzaga keladigan muammolarni aniqlashning asosiy usullari ko‘rib chiqiladi. O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada, o‘quvchilarning ehtiyojlarini tushunish, o‘qituvchilarni tanqidiy fikrlashga undash va o‘quv jarayonidagi muammolarni hal etish usullari tahlil etiladi. Muammolarni aniqlashda pedagogik kuzatish, so‘rovlar va intervyular kabi metodlar ishlatiladi.

52 15

QIZILQUMNING NUKUS SHAHRI ATROFIDA TARQALGAN CHENOPODIACEA OILASIGA MANSUB AYRIM TURLARNING BIOEKOLOGIYASINI O‘RGANISH

Мадина Таджимуратова

Bioecological characteristics of some species belonging to the Chenopodiaceae family distributed around the city of Nukus and their importance. Studying the morphological characteristics of the family and the number of common species.

1384 213

ABDULLA QODIRIYNINING ULOQDA HIKOYASI TAHLILI

Саидаброр Юсупов

Ushbu maqola badiiy asar tahlilining adabiyot darslaridagi ahamiyati asosli yoritilgan bo‘lib, ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, fikrni qisqa hajmda tushunarli yetkaza olish qobiliyati tahlillar misolida asoslangan. Realistik hikoyalarda personajlarning reallikka qay darajada mos kelishi Abdulla Qodiriyning sermahsul va rangbarang ijodi, qarashlari va realistik hikoyaning dastlabki namunasi sifatida baholangan "Uloqda" hikoyasi hususida.

255 48

VADUD MAXMUDNING ADABIY QARASHLARI

Авазбек Джабборов

Vadud Mahmud (1898–1976) XX asr boshidagi Turkiston madaniy va adabiy hayotida muhim rol o‘ynagan adib, adabiy tanqidchi va olimdir. Uning adabiy qarashlari, ayniqsa, 1920-yillarda shakllangan bo‘lib, o‘zbek adabiy tanqidining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada Vadud Mahmudning adabiy asarlarni tahlil etish uslubi, ularning badiiyligi, uslubi va tili jihatidan o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Adibning adabiy merosni zamonaviy adabiyot bilan bog‘lashga bo‘lgan intilishi, estetik yondashuvlari va adabiy tanqiddagi o‘rni maqolada atroflicha yoritiladi.

82 36

FUNCTIONAL AND SEMANTIC CHARACTERISTICS OF GASTRONOMIC TERMINOLOGY IN THE UZBEK LANGUAGE

Нодира Мухаммадиева

The functional-semantic properties of Uzbek culinary terminology are examined in this study. The study looks at how gastronomy-related phrases are formed, how they are used in different speech contexts, and how they are classified semantically. The study also looks at the relationship between local and foreign terminology, the difficulties in translating them, and their function in the contemporary linguistic system. The results show that historical, cultural, and linguistic influences have influenced Uzbek culinary terminology, which has functional characteristics that change according to the situation. This studies the evolution and standardization of culinary terminology.

70 41

КИЧИК ТАДБИРКОРЛИК СУБЪЕКТЛАРИНИ СОДДАЛАШТИРИЛГАН ТАРТИБДА СОЛИҚҚА ТОРТИШ МАСАЛАЛАРИ

Тўлқин Тоштемиров

Мақолада кичик тадбиркорлик субъектларини соддлаштирилган тартибда солиққа тортиш бўйича тадқиқот олиб борилган, айланмадан олинадиган солиқ ва айланмадан олинадиган солиқни қатъий белгиланган солиқ ставкаси таҳлил қилинган, уни такомиллаштириш юзасидан таклифлар берилган, хулосалар шакллантирилган.

61 19

АРХЕОЛОГИК МАТЕРИАЛЛАРДА ИЛК ЎРТА АСР ЖАНУБИЙ ОРОЛБЎЙИ ҲУНАРМАНДЧИЛИГИНИНГ ЎРГАНИЛИШИ

Санобар Абдисалиева

Мақолада Жанубий Оролбўйидаги илк ўрта асрлардаги ҳунармандчилик соҳалари археологик материаллар асосида ўрганилди. Бу даврга оид ёдгорликларда олиб борилган археологик тадқиқотлар натижасида бой ҳунармандчилик материаллари қайд қилинган. Археологик материаллар таҳлили, илк ўрта асрларда Жанубий Орол бўйи худудида ҳунармандчилик соҳалари тараққий қилганлигидан далолат беради.

42 17

XOR IJROCHILIGINING MASALALARI

Xилола Ишматова

Ushbu maqolada O‘zbek xor san’atini rivojlantirish va ushbu yo‘nalish uchun yetuk mutaxassis kadrlar tayorlash tamoyillari taklifi berilgan.

167 37

TARIX FANINI O‘RGANISH VA TADQIQOT QILISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR AHAMIYATI

Улуǵбек Хожаниязов

Raqamli asrda zamonaviy texnologiyalar tarix fanini o‘rganish jarayonini tubdan o‘zgartirdi. Raqamli arxivlar, sun’iy intellekt, geografik axborot tizimlari (GIS) va virtual reallikning rivojlanishi tarixiy tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu texnologiyalar tarixiy ma’lumotlarni chuqurroq tahlil qilish, vizuallashtirish va ularga kengroq kirish imkonini yaratmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalarning tarixiy tadqiqotlarga ta’siri tahlil qilinib, raqamli vositalarni tarix faniga integratsiya qilishning afzalliklari va muammolari muhokama qilinadi.

236 35

INGLIZ VA O‘ZBEK MAQOLLARIDA “OILA” KONSEPTINING NAMOYON BO‘LISHI

Лайло Юсупова , Феруза Маматова

Maqolada ingliz va o‘zbek maqollarida mavjud bo‘lgan oila konseptining qanday ifodalanishi, ularning o‘xshash va farqli taraflari tahlil qilinadi. Har bir xalqning madaniyati va dunyoqarashini maqollardek ochiq namoyon etuvchi lingvistik birlikni topish mushkul. Maqolaning ilmiy ahamiyati shundaki, u madaniy parallel va lingvistik yondashuv orqali ingliz va o‘zbek tillarida oila konseptining shakllanish qonuniyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.

209 28

SINF RAHBARINING SINF TARBIYAVIY ISHLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI

Малика Абдужамилова

Ushbu maqolada sinf rahbarining sinf tarbiyaviy ishlarini tashkil etish metodikasi haqida bo‘lib, sinf rahbarini tarbiyaviy jarayondagi asosiy faoliyati yoritib berilgan.

103 32

STARTAP TIZIMI VA TALABA-YOSHLARNING TADBIRKORLIK FAOLIYATI

Азиза Ёлдошова , Азиза Яхшимуротова , Мафтуна Ергашева

Bu maqolada yoshlarning hozirgi qilayotgan biznes loyihalari, yangi va innovatsion g‘oyalarini tatbiq etiladi. Yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanishi hamda oliy o‘quv yurtlarida talaba yoshlarning startap loyihalarini ko‘rib chiqib, eng maqbullarini saralab uni amalga oshirish imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Yoshlar uchun ochilgan keng ko‘lamli imkoniyatlar eshigi va bu sohada bo‘layotgan rivojlanishlar, o‘zgarishlarda yosh avlodning o‘rni. Rivojlanib borayotgan davlatimizda moliyaviy infratuzilmalarning ahamiyati, yirik biznes hamkorlar tomonidan startaplarni moliyalashtirish masalalari hamda kelajak kasblarining biznes g‘oyalarida ishtiroki.

187 28

SOG‘LOM TURMUSH TARZINING TA’LIM TARBIYA TIZIMIDAGI O‘RNI

О.О Назаров , Дилафруз Мустафаева

Sogʻlom turmush tarzining taʼlim va tarbiya tizimidagi oʻrni mavzusi, yoshlarga sogʻlom hayot tarzini shakllantirish, ularni salomatlik, jismoniy faoliyat, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga undashning ahamiyatini taʼkidlaydi. Bu, o'quvchilarning sogʻlom odatlar va me'yorlarga asoslangan hayot tarzini qabul qilishlarini ta'minlash, ularni stressni boshqarish, to'g'ri ovqatlanish va muntazam jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishga yo'naltirishni o'z ichiga oladi. Taʼlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targ'ib qilish, nafaqat salomatlikni yaxshilash, balki jamiyatda umumiy farovonlikni oshirishga xizmat qiladi.

79 21

NUTQ NUQSONIGA EGA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIDA LOGOPEDIK O'YINNING AHAMIYATI

Сарвиноз Хусанова

Ushbu maqolada, nutq nuqsoniga ega maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida logopedik o'yinning ahamiyati, logopedik o‘yinlarni o ‘tkazishning vazifalari haqida bayon qilingan.

47 18

BO‘LIMINI O‘QITISHDA TINKERCAD PLATFORMASIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Дилорахон Салохидинова

Ushbu tadqiqotda umumiy o‘rta ta’lim maktablari “Texnologiya” fani “Robototexnika” bo‘limi amaliy mashg‘ulot va loyiha ishlarini mustaqil bajarishda metodik va amaliy tavsiyalar berilgan.

83 35

WEB-BASED SOCIAL COMMUNICATION AND ITS INFLUENCE O THE LANGUAGE

Нилуфар Рузиева

Nowadays, we have been witnessing the evolution of cyberspace for various types of web-based social communication media which offer more advanced and convenient ways for users to engage in both domestic and international communication. We are now familiar with the use of technologies of the second generation web-based services which are known as Web 2.0. Web 2.0 provides a highly dynamic, flexible, and adaptable space that allows anyone to create and share information online with the principle of collaboration, conversation, and interaction (Coombs, 2007). It encompasses a wide range of applications and tools including Real Simple Syndication (RSS), Blog, Wiki, Podcast/streaming video and audio content, Instant Messaging (IM) like WhatsApp, LINE, and WeChat, Social Bookmarking/ Tagging, and Social Networking Sites (SNS) such as Facebook, Twitter, and MySpace. Collectively, these Web 2.0 applications are commonly referred to as social media.

243 24

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILARNI KREATIV FIKRLASHGA O‘RGATISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Дилшодахон Олимова

Hozirgi yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Maqolada aynan boshlang‘ich sinf o‘qish savodxonligi darslarida matn bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarning bilimini yanada takomillashtirishga qaratilgan, keng dunyoqarash hamda kreativ fikrlashga o‘rgatishning pedagogik ahamiyati, psixologik xususiyatlari to‘g‘risida fikrlar yuritilgan.

237 47

O‘ZBEKISTON TURIZMI: YANGI DAVRNING IMKONIYATLARI

Дилмурод Ахмедов , Яхёжон Рахимбердиев

Ushbu maqolada O‘zbekistonning turizm sohasi rivojlanishi, uning iqtisodiy ta’siri va xalqaro miqyosdagi o‘rni tahlil qilingan. Turizm infratuzilmasi, investitsiyalar, madaniy meros ob’ektlarining saqlanishi, ekoturizm va ichki turizm yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, xalqaro hamkorlik va marketing strategiyalarining turizmga ta’siri haqida ham fikr yuritilgan. Kelgusida sohaning barqaror rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalar, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.