136
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
TALABALARNING INGLIZ TILIDA LEKSIK KOMPETENSIYASINI
RIVOJLANTIRISHNING LINGVODIDAKTIK MUAMMOLARI
Rashidova Nodira Habibullayevna
NamDu fakultetlararo chet tillar kafedrasi mudiri (Phd)
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
talabalarning
ingliz
tilida
leksik
kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik muammolari bo‘yicha fikr va
mulohazalar haqida fikr yuritilgan. Shunindek, mavzuga doir turli olimlar fikri ham
o‘rganib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
leksika, leksik kompetensiya, kompetensiya, lug‘aviy birliklar,
ingliz tili leksikasi.
XX asrning so‘nggi o‘n yilligida ta’lim jarayonining mohiyatini aks ettiruvchi
tizimda o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘qitishga tayyorgarlik, ta’lim va malaka
tushunchalari o‘rnini moslashuvchan malaka, harakatchanlik, kompetentlik
tushunchalari egalladi. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvga bosqichma-bosqich
o‘tish, birinchi navbatda, oliy ta’limning an’anaviy kognitiv yo‘nalishlari bilan
bog‘liq farqlarni hal qilish zarurati bilan bog‘liqdir.
Oliy ta’limda faqat bilim berishga asoslangan ta’lim (knowledge based
education) mustaqil, murakkab kasbiy muammolarni hal qilishga qodir
mutaxassislarni tayyorlashda ko‘p qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ta’limning
an’anaviy shakllari shaxsning imkoniyatlarini to‘liq ochib bera olmaydi. Shu sababli
xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi davlat siyosati darajasida isloh qilinmoqda.
Islohotning asosiy maqsadlaridan biri ta’lim oluvchilarni tashabbus va mas’uliyatga
asoslangan faoliyatga yo‘naltirish, shuningdek, butun umr davomida uzluksiz ta’lim
olishdan iboratligini hisobga olib, o‘rganish jarayonida, avvalo, kompetensiya termini
ma’no-mazmunini tushunib olish muhim sanaladi. Dissertatsiya mavzusidan kelib
chiqib sohaviy va kasbiy leksik kompetensiyani rivojlantirishga aloqador
tushunchalarning tahliliga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Leksika yunoncha lexis - so‘zga oid, lug‘aviy so‘zlaridan olingan bo‘lib, tildagi
barcha so‘z va iboralar yig‘indisi, tilning lug‘at tarkibi degan tushunchalarni
ifodalaydi. Leksika ma’lum qonun-qoidaga bo‘ysunuvchi izchil va murakkab
tizimdan iborat. Til leksikasi to‘xtovsiz o‘zgarib rivojlanib turadi. Bu hodisa lug‘at
tarkibida yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi, mavjud so‘zlardan ayrimlarining eskirib,
iste’moldan chiqishi, leksik ma’nosini o‘zgartirib, yangi ma’no kasb etishi kabi
137
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
jarayonlarda ko‘rinadi. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning o‘zgarishi bilan
uzviy bog‘langan holda tilning leksika sohasi ham boyib boradi.
XX asrda barcha xalqlar qatori ingliz tili leksikasi ham tezlik bilan rivojlanib
taraqqiy etdi. Ingliz tili leksikasiga ham halqaro so‘zlar keng ko‘lamda kirib keldi.
Buning ustiga fan va turli sohalardagi atamalar ham mazkur tilga tezlikda kirib
kelishi kuzatildi. Ingliz tili sohaviy leksikasida o‘zlashma qatlam, shuningdek,
Umumevropa so‘zlari, ulardan yasalgan inglizcha so‘zlar mavjud. O‘zlashma qatlam
tarkibida forscha, arabcha, ruscha so‘z va tushunchalar ham bor.
Ingliz tili leksikasi zamonaviyligi jihatdan uch asosiy qatlamga bo‘linadi: 1.
Zamonaviy qatlam. Eskilik va yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan so‘zlar. Bu
qatlamga oid so‘zlar ingliz tili leksikasining asosini tashkil qiladi; 2. Eski qatlam.
Hozirda ham iste’molda bo‘lgan istorizm va arxaizmlar ushbu qatlamga kiradi; 3.
Yangi qatlam. Hozirgi ingliz tilida ishlatiladigan so‘zlardan iborat bo‘lib, yangi
leksika deb ham yuritiladi.
Lug‘aviy birliklarni qo‘llash doirasi jihatdan ikkita qatlamga ajratiladi: 1.
Foydalanish doirasi chegaralanmagan so‘zlar. Ma’nosi shu tilda so‘zlovchilar uchun
tushunarli va umumqo‘llanish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar, umumiste’moldagi
chegaralanmagan sohaviy leksika sanaladi; 2. Foydalanish doirasi chegaralangan
so‘zlar til lug‘at tarkibining ajralmas qismi bo‘lib, uning tarkibiga dialektal,
terminologiya, kasb-hunarga oid leksika, ilmiy atama, jargon, argo, vulgarizm va
varvarizmlar kiradi. Lug‘aviy birliklar nutq ko‘rinishlari jihatdan adabiy va
so‘zlashuv nutqiga xos bo‘ladi. Sohaviy leksika termini biror muallif yoki asar
sohaviy leksikasi kabi tor ma’noda ham qo‘llanadi.
1-rasm. Ingliz tili leksikasi qatlamlari
Leksika bir qarashda juda sodda ko‘ringani bilan uni o‘zlashtirish murakkab
jarayon hisoblanadi. Misol uchun ingliz tilidagi quyidagi leksik birliklarning
ma’noviy ifodalash imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Ingliz tili
leksikasi
Zamonaviy
qatlam
Eski qatlam
Yangi qatlam
138
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ingliz tilida: die – expire - pass away - bite the dust - kick the bucket - give up
the ghost – go berry picking.
O‘zbek tilida: o‘lmoq, vafot etmoq, qazo qilmoq, olamdan o‘tmoq, nargi (chin)
dunyoga ketmoq, hayotdan ko‘z yummoq, jon bermoq, jon taslim qilmoq, mosh
tergani ketmoq, oyoq uzatmoq.
Ushbu misolda keltirilgan so‘zlar ayni ma’noni ifodalovchi sinonimlari bo‘lib,
bir yoki undan ortiq so‘zlardan iborat. Ular ingliz tilidagi adabiyotlarda “multiword
units”, ya’ni ko‘p so‘zli birliklar, deb nomlanadi. Tarkiban bir necha so‘zlardan
iborat bo‘lgan bunday ifoda birliklari uchun leksema (lexical item) yoki leksik birlik
(lexical unit) sifatida qabul qilingan. Ushbu bir-birining o‘rnini bosishi mumkin
bo‘lgan leksik birliklar (an item that functions as a single meaning unit, regardless of
the number of words it contains) “tarkibida ishtirok etgan so‘zlarning miqdoridan
qat’iy nazar vazifasi ayni ma’noni ifodalovchi birikmalardir. Shunday qilib
yuqoridagi misollarni ayni ma’noni ifodalovchi leksemalar, deyish mumkin. Alohida
so‘z va ma’nolar o‘rtasidagi tafovutni aniqlashtiruvchi manbaalarning kamligi sababli
“so‘z” atamasining izohida grammatika va morfologiyadagi nomutanosibliklariga
duch kelinishi mumkin. Shu sababdan ham ingliz tilidagi walk, walked, walking va
walks so‘zlari bitta so‘zmi yoki bir necha ma’noni ifodalovchi so‘zmi degan savolga
aniq javob mavjud emas [131].
Stimulate, stimulative va stimulation leksemalarini ham bitta so‘z deyishga
yetarlicha asos mavjud emas. Ushbu misollarda o‘zak, ya’ni eng sodda shakl mavjud
bo‘lib, unga affiks - shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Agar
qo‘shimchalarning maqsad va vazifasi grammatikaga oid bo‘lsa, natijada grammatik
jihatdan shakli o‘zgargan so‘z hosil bo‘ladi. Demak, ingliz tilidagi walked, walking
va walks leksemalari “walk” o‘zak so‘zining o‘zgargan shakllaridir. Agar affikslar
o‘zak so‘zning shaklini o‘zgartirsa, natijada shakli o‘zgargan so‘z hosil bo‘ladi.
Shunday qilib, stumulative (ravish), stimulation (ot), stimulate (fe’l) so‘zlari
grammatik jihatdan vazifasi o‘zgargan hosila so‘zlardir. Albatta, ushbu so‘zlar shakli,
orfografik tuzilishi farqli bo‘lsada, aynan o‘xshag ma’nolarni ifodalashi kuzatiladi
[145].
Masalan: Look+s, look+ed, look+ing – inflections (shaklni o‘zgartiruvchi
qo‘shimchalar) Play, play+er, play+full, re+play – derivations (so‘z yasovchi
qo‘shimchalar).
Xulasa qilib aytish joizki, bunday so‘zlar majmui so‘z oilasini anglatadi va
o‘zak so‘zning tarkibiga kiritiladi. Ingliz tilidagi “leksema” termini nisbatan
139
Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
chegaralangan ma’noni, ya’ni asosiy yadro vazifasini bajaradi. Ushbu termin bizga
potensial leksikani aniqlashda yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jo‘rayev A.X. Chet tilda talabalar kommunikativ malakalarini
takomillashtirish texnologiyasi (ispan materialida). – T., 2009.– 157
2.
Zamanov O. Tibbiyot xodimlari xorijda malaka oshiradi // Elektron
resurs: https://www.norma.uz/uz/qo. Murojaat sanasi: 2 aprel, 2023 yil.
3.
Ikromxonova F.I. Ingliz tilidan kommunikativ-kognitiv korrektiv kurs
nazariyasi va amaliyoti (nolisoniy oliy o‘quv yurtlari misolida).: Avtoref. dis.... ped.
fan. nom. – Toshkent, 2012. –B. 26.
4.
Iliyeva L.K. Chet til ta’limida izchillikni ta’minlashning lingvodidaktik
asoslari: Diss....ped.fanlar.nomzodi.−Toshkent., 2007.−150 b.
5.
Isoqov A.I. Akademik lisey o‘quvchilarining ingliz tilida grammatik
ko‘nikmalarini takomillashtirish texnologiyalari: Diss....ped. fanl. nom. – Toshkent.,
2008. – 160 b.
6.
Rashidova N.X. Development technologies of medical students’ lexical
competence in English classes// “International journal of advanced research in
management and social sciences” Philippines-2022, Pp. 117-120.
7.
Rashidova
N.X.
Ingliz
tili
darslarida
talabalarning
leksik
kompetensiyasini
rivojlantirishda
zamonaviy
axborot
texnologiyalaridan
foydalanish//“NamDU axborotnomasi” 4-son. Namangan- 2022, 627-630-betlar.
8.
Rashidova N.X. The use of modern information technologies in teaching
English vocabulary// “NamDU axborotnomasi” maxsus son. Namangan- 2022, 731-
734-betlar.
