224
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
AZIZ QAYUMOVNING NAVOIY VA BOBURGA BAG’ISHLANGAN
ASARLARIDA MATNSHUNOSLIKDAGI ILMIY YONDASHUVLAR
Bekmurodova Taxmina
Termiz davlat universiteti Adabiyotshunoslik yo'nalishi : o'zbek adabiyoti 2-kurs
magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada akademik Aziz Qayumovning o‘zbek
adabiyotshunosligidagi matnshunoslik tamoyillari tahlil qilinadi. Xususan, uning
“Ishq vodiysi chechaklari” (1985) va “Farhod va Shirin sirlari” (1979) nomli
monografiyalari Alisher Navoiy asarlarini badiiy-estetik va falsafiy jihatdan tahlil
qilishda yangi metodologik yondashuv namunasi sifatida baholanadi. Qayumov bu
asarlarda so‘z tushunchasini markaziy nuqtaga olib chiqadi, qahramon obrazlari
orqali insoniy kechinmalar va ijtimoiy masalalarni sharhlaydi, matn va muallif
shaxsiyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ilmiy asosda ochib beradi. Shuningdek,
“Zahiriddin Muhammad Bobur (Shoir hayoti va ijodi to‘g‘risida ayrim lavhalar)”
(2008) risolasida Boburning “Boburnoma”si asosida tarixiy-biografik va badiiy-
psixologik rekonstruksiya metodi orqali shoirning ruhiy olami va estetik tafakkurini
tahlil qiladi. Mazkur maqolada Aziz Qayumov ilmiy maktabining asosiy xususiyatlari
— konsepsiyaviy tahlil, shaxs va matn dialektikasi, poetik tafsir va tarixiylik
uyg‘unligi keng yoritiladi.
Kalit so‘zlar :
Aziz Qayumov, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur,
o‘zbek matnshunosligi, badiiy-estetik tahlil, konsepsiyaviy yondashuv, muallif
shaxsiyati, tarixiy-biografik metod, poetik tafsir, ilmiy maktab.
Ключевые слова:
Азиз Каюмов, Алишер Навои, Захириддин Мухаммад
Бабур,
узбекская
текстология,
художественно-эстетический
анализ,
концептуальный подход, личность автора, историко-биографический метод,
поэтическая интерпретация, научная школа.
Keywords:
Aziz Qayumov, Alisher Navoi, Zahiriddin Muhammad Babur,
Uzbek textology, artistic-aesthetic analysis, conceptual approach, author’s identity,
historical-biographical method, poetic interpretation, scientific school.
Aziz Qayumovning “Ishq vodiysi chechaklari” asari.
Aziz Qayumovning
1985 yilda chop etilgan
"Ishq vodiysi chechaklari"
nomli kitobi nafaqat Alisher
Navoiy ijodini badiiy–estetik tahlil qilish, balki
klassik matnlarni zamonaviy ilmiy
tamoyillar asosida sharhlashga bo‘lgan birinchi yirik tajribalaridan biridir
. Bu
225
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
asar olim ilmiy maktabining matnshunoslikdagi metodologik tamoyillarini yaqqol aks
ettiradi.
Aziz
Qayumov Navoiyning "Layli va Majnun" dostonidagi
sakkiz boblik
boshlang‘ich qismini
tahlil qilarkan, ularning an’anaviy diniy–axloqiy mazmundan
tashqari,
ijtimoiy va tafakkuriy mazmunini
ochib beradi. U “yaratuvchi va rasul
taʻrifi”dan so‘ng,
badiiy ijod vakillarini sultonlardan ustun qo‘yilishini
Navoiyning dunyoqarashi va ma’naviy qadriyatlar tizimi sifatida – talqin etadi.
Kitobda "so‘z" tushunchasi atrofida yurgizilgan mulohazalar –
so’zning ruhiy,
falsafiy va badiiy mohiyati
haqida olimning yondashuvi o‘ta chuqur. U
so’zni
“ma’no tangalarini zarb qilinadigan zarbxona”
deb tasvirlaydi va Navoiyda bu
tushuncha qanday shakllanganini, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy orqali qanday
boyiganini ko‘rsatadi.
Aziz Qayumov Qays va Layli obrazlarini an’anaviy ishqiy qahramonlar emas,
balki
ijtimoiy adolatsizlik, insoniy sevgi va ichki kechinmalar timsoli
sifatida
ochib beradi. Ayniqsa, Qaysning ishq daryosida “tentirashi” orqali muallif
shaxsiy
fojia bilan umumiy jamiyat fojiasini uyg‘unlashtiradi
.
Olim Navoiy asarlaridagi ba’zi motivlar, xususan “ishq vodiysi”, “muhabbat
dardi”, “musofirlik” kabi elementlar orqali
muallif shaxsi va ijodiy kechinmalari
ni
izlaydi. Bu bilan u
badiiy matn va muallif shaxsiyatini parallel o‘qish
usulini joriy
qiladi, bu esa zamonaviy matnshunoslikda muhim yondashuv hisoblanadi.
“Ishq vodiysi chechaklari” orqali Aziz Qayumov matnshunoslikka faqat faktik
ma’lumot yoki manba taqqoslash emas, balki
konsepsiyaviy tahlil
– ya’ni
matnning
ichki falsafasini tahlil qilish
usulini olib kirgan. Bu jihatdan, asar olim ilmiy
laboratoriyasining
mustaqil, integral, izchil va falsafiy yondashuvini
aks ettiradi.
Aziz Qayumovning “Farhod va Shirin sirlari” (1979) asari. Olimning ushbu
asari Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi “Farhod va Shirin” dostoniga bag‘ishlangan
bo‘lib, ilmiy–tahliliy, poetik va falsafiy yondashuvlarda yozilgan. Asarda dostonning
barcha asosiy boblari, xususan, muqaddimasi, qahramonlar tafsifi, mazmun–falsafasi
chuqur sharhlanadi.
Muqaddimada doston arabiy va o‘zbekcha baytlar bilan boshlanishi Xuroson
maktabi va Navoiyning ilmiy–diniy bilimlari asosida talqin qilinadi. “Ma’nolar
eshigi”, “so‘z kaliti”, “fitrat xazinasi” kabi obrazlar orqali so‘z san’ati, ilhom va ijod
erkinligining Navoiy tafakkuridagi o‘rni ochib beriladi.
Inson yaratilishi, uning qadri va irodasi haqidagi falsafiy mulohazalar orqali
Navoiyning tasavvufiy va insonga e’tiborli qarashlari yoritiladi. Inson taqdirining
226
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yozilganligi va iroda erkinligi mavzulari poetik shaklda, ammo qat’iy ilmiy–falsafiy
asosda tahlil qilinadi.
Asarda Farhod, Shirin, Xisrav, Shoh, Shopur va boshqa personajlar haqida
muallif manba va matn asosida sharhlar beradi, ularning poetik obrazini, dramatik
roli va ijtimoiy–falsafiy yukini yoritadi. Qayumov Farhodni Navoiy timsolidagi ideal
oshiq sifatida talqin qiladi.
Ishq nafaqat shaxsiy his–tuyg‘u, balki ijodning asosiy manbai, ijtimoiy haqiqat
va komillik sari yetaklovchi kuch sifatida tahlil etiladi. Navoiyning o‘z qalbidagi
iztiroblari, ehtimoliy shaxsiy sarguzashtlari “Farhod” obrazi orqali badiiy aks
sadolanayotgani ilmiy asosda ko‘rsatiladi.
Navoiydan oldingi “Farhod va Shirin”ni yozgan mualliflar (Nizomiy, Xisrav
Dehlaviy) bilan taqqoslashlar orqali Navoiy ijodidagi yangi yondashuv, xalqparvarlik
va yangilanish ruhini aniqlaydi.
Qayumov Navoiy qahramonini podshoh emas, xalq odami — Farhod qilib
olganini o‘z davri uchun demokratik g‘oya sifatida ta’riflaydi. Asar o‘zbek
adabiyotidagi klassik dostonlarni zamonaviy metodlar bilan o‘rganish uchun yuksak
namunadir. Olimning tadqiqot uslubi — poetik analiz va tarixiy–madaniy kontekst
uyg‘unligida qurilgan bo‘lib, matnni chuqur tushunishga xizmat qiladi.
Aziz Qayumovning 1985 -yilda chop etilgan
"Ishq vodiysi chechaklari"
va
1979- yildagi
"Farhod va Shirin sirlari"
nomli kitoblari nafaqat Alisher Navoiy
ijodini badiiy-estetik tahlil qilish, balki
klassik matnlarni zamonaviy ilmiy
tamoyillar asosida sharhlashga bo‘lgan yirik tajribalari
hisoblanadi. Bu ikki asar
Qayumov ilmiy maktabining matnshunoslikdagi metodologik tamoyillarini yaqqol
aks ettiradi. "Ishq vodiysi chechaklari"da Qayumov Navoiyning "Layli va Majnun"
dostonidagi
sakkiz boblik boshlang‘ich qismini
tahlil qilib, diniy-axloqiy
mazmunni ijtimoiy va tafakkuriy mazmun bilan uyg‘unlashtiradi. Xuddi shunday,
"Farhod va Shirin sirlari" asarida ham muqaddima, na’t, munojot kabi qismlarning
badiiy-falsafiy talqini chuqur ochib beriladi.
Har ikki asarda "so‘z" tushunchasi markaziy nuqtada turadi. Qayumov so‘zni
ma’no yaratish vositasi, ijodiy qudrat ramzi sifatida sharhlaydi. "Farhod va Shirin
sirlari"da bu holat ayniqsa
qalam va yozuv obrazlari
orqali keng yoritiladi. So‘z va
ma’no orasidagi o‘xshatishlar tasavvufiy va falsafiy qarashlar bilan boyitilgan.
"Ishq vodiysi chechaklari"da Qays va Layli, "Farhod va Shirin sirlari"da esa
Farhod va Shirin obrazlari orqali insoniy muhabbat, fidoyilik, ichki iztirob va ijtimoiy
tengsizlik masalalari yoritiladi. Farhod obrazi orqali Qayumov Navoiyning
xalqparvarlik g‘oyasini
ilgari suradi.
227
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Aziz Qayumovning ikki asari bo‘yicha taqqoslovchi jadval
Asosiy mezonlar
“Ishq vodiysi chechaklari”
(1985)
“Farhod va Shirin sirlari”
(1979)
Tadqiq etilgan
doston
“Layli va Majnun”
“Farhod va Shirin”
Tahlil uslubi
Poetika + falsafa +
matnshunoslik
Matnshunoslik + tasavvuf +
ruhiy–falsafiy tahlil
Markaziy obrazlar
Qays va Layli
Farhod va Shirin
Asosiy muammo
Ishq va iztirob, sadoqat,
ma’naviy komillik
Ishq va taqdir, ruhiy iztirob,
insonning ichki fojiasi
Navoiyning ijodiy
shaxsi talqini
Qays orqali falsafiy shaxs
sifatida yoritiladi
Farhod orqali ruhiy iztirobdagi
inson sifatida ochiladi
Matnning asosiy
manbalari
Nizomiy, Xusrav, Jomiy
an’analari
Nizomiy, Xisrav Dehlaviy,
tasavvufiy maktab
Muqaddima tahlili
Sakkiz bobdan iborat kirish
qism poetik–falsafiy talqinda
Arabcha va o‘zbekcha baytlar
asosidagi murakkab tahlil
Tadqiqotning
o‘ziga xosligi
Ishqni ijtimoiy tengsizlikka
qarshi kuch sifatida ko‘rsatadi
Ishqni taqdiriy yozuv va
falsafiy iztirob nuqtai
nazaridan talqin qiladi
Matnshunoslik
metodikasi
Badiiy qatlam + semantik
yondashuv
Poetik tuzilma + avtoportret
motivlar + falsafiy konsepsiya
Ilmiy ahamiyati
Navoiyshunoslikka zamonaviy
poetik tahlil olib kiradi
Doston tahliliga ruhiy–falsafiy
qatlamni qo‘shadi
228
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Aziz Qayumov har ikki asarda Navoiyning shaxsiy kechinmalari, ijodiy ilhomi
va ruhiy holatini izchil izlaydi. "Farhod va Shirin sirlari"da bu ayniqsa
VIII bobdagi
sevgi iztiroblari
tahlilida yaqqol ko‘rinadi. Qayumov bu bobni Navoiyning chin
dardli izhorlari deb baholaydi.
Bu ikki asarda Qayumov faktografik ma’lumotlar bilan cheklanib qolmay,
matnning ichki falsafiy qatlamlarini
ochishga intiladi. "Farhod va Shirin sirlari"
asarida poetik tuzilma, dostonning tarkibiy qismlari, qahramonlar tizimi, muqaddima
va yakuniy bobi izchil ilmiy asosda sharhlanadi. Bu yondashuv
matnshunoslikda
yangi bosqichni
boshlab bergan deyish mumkin.
Mazkur tahlil Aziz Qayumov ilmiy maktabining matnshunoslikdagi yutuqlarini
aniqlashga yordam beradi. "Ishq vodiysi chechaklari" va "Farhod va Shirin sirlari"
asarlari Qayumovning ilmiy laboratoriyasida yaratilgan yirik tadqiqotlar bo‘lib, ular
o‘zbek adabiyotshunosligida klassik matnlarni tahlil qilishda
zamonaviy yondashuv,
badiiy–falsafiy talqin va konsepsiyaviy qarashlarning
mujassam namunasi
hisoblanadi.
"Zahiriddin Muhammad Bobur (Shoir hayoti va ijodi to‘g‘risida ayrim
lavhalar)" nomli asari. Aziz Qayumov o‘zbek adabiyotshunosligida o‘ziga xos ilmiy
maktab va tahliliy uslubga asos solgan olimlardan biridir. Uning ilmiy-ma’rifiy
faoliyatida tarixiy shaxslar hayoti va ijodini o‘rganishga alohida e’tibor berilgan.
Xususan, 2008–yilda chop etilgan "Zahiriddin Muhammad Bobur (Shoir hayoti va
ijodi to‘g‘risida ayrim lavhalar)" nomli asari matnshunoslikda yangi bir yo‘nalish –
badiiy-biografik rekonstruksiya metodining amaliy namunasi sifatida e’tirof etilishi
mumkin.
Ushbu risolada muallif asosiy manba sifatida "Boburnoma" asariga tayanadi,
lekin uni oddiy sharhlash yoki faktlar ketma-ketligini hikoya qilishdan ko‘ra, badiiy
va psixologik tafsirga urg‘u beradi. Risoladagi ko‘plab sahnalar, jumladan,
Boburning ilk she’riy mashqlari, sevgida kuyinishlari, siyosiy sargardonliklari
muallif tomonidan xayoliy, ammo tarixiy haqiqatga yaqin shaklda tasvirlanadi. Bu
holat Qayumov yondashuvida tarix va adabiyot, tarixiylik va poetiklik uyg‘unligini
ko‘rsatadi.
Aziz Qayumovning boshqa asarlari, masalan, " Maxmur" yoki "Beruniy va
adabiyot" singari ishlanmalarida ham xuddi shu metodologik yondashuv kuzatiladi. U
har bir tarixiy obrazni badiiy kechinmalar, ruhiy tafakkur va davr kontekstida tahlil
etishga harakat qiladi. Bu jihatdan olim o‘zbek adabiyotshunosligiga shaxs va
matnning o‘zaro dialektik bog‘liqligi asosida yondashish an’anasini olib kirgan
deyish mumkin.
229
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
"Zahiriddin Muhammad Bobur" risolasida Qayumov Boburning ilk g‘azallarini,
ruboiylarini faqat poetik tahlil qilish bilangina kifoyalanmay, ularni yozilish
zamiridagi ruhiy holatlar, tarixiy sharoit va mualliflik pozitsiyasi orqali tahlil etadi.
Masalan, "Ortuqsan" radifli g‘azal yoki “Buloq boshida” deb nomlangan bobda
yozilgan she‘rlarning sharhi orqali shoir ruhiyatini, umidsizlik va izlanish orasidagi
ichki ziddiyatni ko‘rsatadi. Bu tahlil usuli matnshunoslikda faqat tashqi shakl va
mazmun bilan cheklanmay, balki poetik ong, estetik qiyofa va muallifning ruhiy
olamini anglashga yo‘naltirilgan yondashuvning namunasi hisoblanadi.
Aziz Qayumov o‘z ilmiy laboratoriyasida tarixiy–biografik, badiiy–psixologik
va estetik-falsafiy yondashuvlarni birlashtiradi. U tarixiy shaxslarni matndagi
obrazlar orqali qayta tiklaydi, shoir ijodini esa tarixiylik va zamonaviylik nuqtayi
nazaridan baholaydi. Natijada, Bobur shaxsi faqat tarixiy yoki adabiy emas, balki
ma’naviy–ruhiy fenomen sifatida tahlil qilinadi.
Aziz Qayumov ushbu risolada Boburning mashhur asari “Boburnoma”ga
asoslangan holda, uning bolalik davri, siyosiy hayoti, ilk hukmronlik yillari, adabiy
mashgʻulotlari, yurishlari, yurtdan chiqib ketishi va Hindistonda imperiya asos
solishgacha boʻlgan faoliyatini o‘ziga xos tahlil qiladi.
Risola Bobur hayotidagi muhim lahzalarni xayoliy va badiiy uslubda ifodalaydi.
Muallif o‘zining tasavvuridan foydalangan boʻlsa-da, Bobur hayoti voqealari tarixiy
manbalarga asoslanadi. Olim asarga badiiy ruh bergan. Masalan, Boburning
yoshlikdagi sarguzashtlari, sevgi iztiroblari, she’riy mashqlari, she’rga boʻlgan
ishtiyoqi jonli tasvirlar orqali beriladi. Boburning ilk she’rlaridan namunalar, ularning
qanday ruhiy holatda yozilgani hikoya qilinadi. Masalan, “Ortuqsan” radifli gʻazali
va ilk yozgan ruboiylari.
Boburning Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Qandahor, Hindistondagi yurishlari
va siyosiy kurashlari batafsil tasvirlanadi. Shuningdek, Shayboniyxon, Ahmad
Tanbal, va boshqa tarixiy shaxslar bilan boʻlgan murosalar va toʻqnashuvlar ham oʻz
aksini topgan.
Asarda hayot, taqdir, insoniylik, muhabbat, vatan sogʻinchi, shoirning ruhiy
kechinmalari haqida chuqur mulohazalar yuritilgan. Masalan, “Buloq boshida”
bobida Boburning hayotiy falsafasi she’rda jamlanadi: “Olamni mardlik va zo‘rlik
bilan oldik, lekin o‘zimiz bilan go‘rga olib ketolmadik.”
55
Aziz Qayumovning mazkur risolasi o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili
Zahiriddin Muhammad Bobur
hayoti va ijodini
"Boburnoma"
asosida tahlil
Қаюмов А. Заҳириддин Муҳаммад Бобур (Шоир ҳаёти ва ижоди тўғрисида айрим лавҳалар). Т:. – Фан. 2008, 16-
бет
230
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
qilishga qaratilgan. Asarda Boburning o‘z asarlaridan tashqari tarixiy shaxslar,
zamondoshlar (A. Tanbal, Shayboniy, Sulton Ahmad Mirzo va boshqalar) haqidagi
manbalardan foydalanilgan.
Olim Bobur obrazini faqat tarixiy emas,
shoir, sarkarda, murakkab ruhiy
kechinmalar egasi sifatida
ko‘rsatadi.
Asar
ilmiy dalillarga
asoslangan holda yozilgan bo‘lsa-da, u
badiiy-
publitsistik yondashuv
bilan sug‘orilgan. Bu esa o‘quvchi ongida Bobur shaxsini
jonli, ruhiy kechinmalari bilan yashayotgan shaxs
sifatida gavdalantiradi.
Masalan, Boburning Farg‘onani tark etishi, Samarqandni zabt etishi, sevgidagi
iztiroblari va ilk g‘azallarining paydo bo‘lishi aniq tarixiy kontekstda
psixologik
tahlil
bilan boyitilgan.
Aziz Qayumov Boburni faqatgina buyuk sarkarda yoki davlat arbobi emas, balki
insoniy fazilatlari, she’riyatga muhabbati, nozik qalbi
bilan tasvirlaydi. Bu esa u
haqidagi tarixiy–siyosiy yondashuvlarga
insoniy-falsafiy ko‘lam
qo‘shadi. Masalan,
Boburning o‘z dardini bayon qilgan ruboiylari shoirning
ruhiy olami
ni chuqur
ko‘rsatadi.
Aziz Qayumov o‘z tadqiqot uslubida
badiiy tasvir elementlari
dan keng
foydalangan. Diologlar, dramatik holatlar, muhit manzaralari orqali tarixiy voqealar
badiiy effekt bilan jonlantiriladi.
Masalan, iftor kechalaridagi suhbatlar, Buloq
boshidagi tafakkur, sevgi iztiroblari voqealari nafaqat informatsion, balki
tasviriy,
emotsional
jihatdan kuchli ta’sir uyg‘otadi.
Olim ayrim boblarda
hayot falsafasi, umr, vatansizlik, taqdir
, insoniy
qadriyatlar haqida
muloqot ohangida
fikr yuritadi. Bu esa risolani
faqat tarixiy
emas, ma’naviy–falsafiy darslikka
aylantiradi.
Muallif
ayrim voqealarni tarixiy manbalarda yo‘qligiga qaramay, tasavvur
bilan jonlantiradi.
Masalan, Boburning sevgi sahnasi, ko‘chalarda parishon yurishi,
qattiq shamolda yurgani, Tohir bilan uchrashuvi kabi sahnalar tarixiy dalillarga
asoslanmagan,
lekin Bobur ruhiy holatini
ochib berish uchun zarur badiiy vosita
sifatida ishlatilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qayumov A.“Ishq vodiysi chechaklari” — Toshkent: Gʻafur Gʻulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985.
2. Navoiy A.” Layli va Majnun”. — “Xamsa”dan.
3.“Farhod va Shirin sirlari”: Ezgulik va sevgini ulug‘lovchi motivlar / A.
Qayumov. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979.
– 168 b.
