Авторы

  • Yoqutxon Azimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.108512

Ключевые слова:

foyda tannarx inflyatsiya

Аннотация

Mazkur tezisda narx tushunchasi, uning iqtisodiy mazmuni va bozordagi roli tahlil qilinadi.  Har bir narx turining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar, ularning tarkibiy qismlari – tannarx, foyda, soliqlar va ustamalar tahlil qilinadi. Shuningdek, narxni shakllantirishning asosiy usullari – xarajatlar asosida narx belgilash va raqobatga asoslangan narxlash usullari ko‘rib chiqiladi. Tezisda amaliy misollar asosida narx siyosatining samaradorligi va bozordagi o‘rni baholanadi. Bu mavzu iqtisodiyotni bozor mexanizmlari asosida boshqarish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va foydani oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

133

NARXLAR TURLARI, ULARNING TARKIBI VA NARXNI SHAKLLANTIRISH

USULLARI

Azimova Yoqutxon Sarvar qizi

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Moliya fakulteti 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15696493

Annotatsiya:

Mazkur tezisda narx tushunchasi, uning iqtisodiy mazmuni va bozordagi

roli tahlil qilinadi. Har bir narx turining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar, ularning
tarkibiy qismlari – tannarx, foyda, soliqlar va ustamalar tahlil qilinadi. Shuningdek, narxni

shakllantirishning asosiy usullari – xarajatlar asosida narx belgilash va raqobatga asoslangan
narxlash usullari ko‘rib chiqiladi. Tezisda amaliy misollar asosida narx siyosatining

samaradorligi va bozordagi o‘rni baholanadi. Bu mavzu iqtisodiyotni bozor mexanizmlari

asosida boshqarish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va foydani oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar:

foyda, ishchi kuchi, tannarx, inflyatsiya, tushirilgan baholar, xom- ashyo,

moliyaviy resurslar.

Narx – bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining vositasidir. Narx

bu tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda

namoyon bo‘lish shakli. Har bir mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, aholi

turmush farovonligi hamda ularning real daromadlarini muttasıl oshirib borishda ichki
iste'mol bozorida narx-navoning barqarorligi mühim o'rin tutadı. Chunki narx-navoning oshib
borishi (inflyatsiya) aholi ixtiyoridagi daromadlarning xarid qobiliyatini pasaytirib, ularning

ma’lum turdagi tovar va xizmatlar iste’molidan voz kechishiga sabab bo'lishi mumkin.

Bozor narxlarining asosiy xususiyati - ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. Bu

tabiiydir, chunki narxlar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi vositadir. Bizga ma’lumki, ularning

har ikkalasi ham harakatchandir. Shuning uchun marketing strategiyasida harakatchan
narxlar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning bozordagi harakatini tovar hayotiylik

davrining turli bosqichlarini tartibga solish va boshqarishni, bozorga yangi iste’mol tovarlari
va ishlab chiqarish vositalarini kiritishni, eskirgan modellarni bozordan siqib chiqarishni
ta’minlaydi. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Masalan, biror kamchiligi bo‘lgan va

ma’naviy eskirgan tovarlar pasaytirilgan baholarda, hattoki, tushirilgan baholar deb ataluvchi
narxlarda sotiladi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan

tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlarda marketingdagi

narxni tashkil qilish muammolarini faqatgina o‘zi faqat bozor subyektlari: sanoat va savdo

firmalari, korxonalari asosiy strategik yondashishlarigina ishlab chiqilishi bejiz emas, chunki
davlat tomonidan tartibga solinadi.

Narxlarning keskin tushib ketishi ishlab chiqaruvchilarning foyda me’yorini tushishiga

hamda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining pasayishiga sabab bo'ladi. Bu holat
iqlisodiyotda iqtisodiy o'sishning pasayishi, ishsizlik darajasınıng ortishi kabı salbiy

oqibatlarga olib kelishi mumkin. Faqat narxgina xaridorning iqtisodiy qurbonligi (aniq bir
mahsulot sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa mahsulotlardan voz kechish) ni belgilaydi.
Uni xaridor biron bir foyda yoki nafliligiga ega bo‘lish uchun to‘laydi. Biron bir mahsulot


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

134

uchun yuqori narx to‘lash xaridor uchun boshqa biron bir mahsulotdan voz kechishni

bildiradi.

Narx shakllanishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Narx shakllanishidagi eng asosiy

omil

talab va taklifning o‘zaro ta’siri

dir. Ushbu omil bozorning asosiy ish faoliyatini tashkil

qiladi va narxlarning o‘zgarishini belgilaydi.alabning kuchli bo‘lishi narxni oshiradi. Talab

oshgan sari, ishlab chiqaruvchilar ko‘proq mahsulotni taklif qilishga intiladilar, bu esa
narxlarni ko‘taradi.Agar bozorda taklif ko‘payib, raqobat kuchaysa, narxlar pasayadi.

Taklifning ortishi narxni pasaytiradi, chunki raqobat ishlab chiqaruvchilarni narxlarni
arzonlashtirishga majbur qiladi. Tannarx ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida

yuzaga keladigan resurs sarflarini o‘z ichiga oladi va mahsulot yoki xizmatning bozor narxini
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.Tannarxni to‘g‘ri hisoblash va tahlil qilish, ishlab
chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini samarali va raqobatbardosh narxda taklif qilish imkonini

beradi. Tannarxni tushunish, narx shakllanishi va bozor strategiyalarini ishlab chiqish uchun
juda muhimdir. Psixologik nuqtai nazardan, narxlar iste'molchilarga ijobiy ta'sir qilish uchun

o'rnatiladi. Masalan, 100 so'm o'rniga 99 so'm deb belgilash.

Narxlarning uch turi farqlanadi: silliq narxlar yaxlit raqam bilan tugaydi

(masalan,75000 so‘m); yaxlitlangan narxlar ya’ni 63 ming 480 so‘m= 63 ming 500 so‘m; siniq

narxlar ko‘pincha 9 raqami bilan tugaydi (32,999 so‘m). Savdo do‘konlarida chegirmalar
vaqtida yaxlit narxlar, juda oz kamaytirilib oxirgi raqamlari (5,999) bilan tugaydi. Masalan
6,800 turgan tovar (5,999 ga pasaytirilib) 5 raqami xaridor e’tiborini jalb qiladi, narx

pasayibdi, deb xaridor shu tovarni sotib oladi. Raqamlar bir qarashda 1 birlikka kamayganday

ko‘rinsada, aslida 0,5 – 0,7 birlikka kamaygan bo‘ladi.

Ishlab chiqarish xarajatlari

- bu mahsulotni yaratish yoki xizmatni ko‘rsatish uchun

zarur bo‘lgan barcha resurslar, xom ashyo, ishchi kuchi, texnologiyalar va energiya

xarajatlarining umumiy yig‘indisidir.Agar ishlab chiqarish xarajatlari oshsa (masalan, xom
ashyo narxi ko‘tarilganida yoki ishchi kuchining narxi oshganida), ishlab chiqaruvchilar

narxni oshirishi kerak bo‘ladi, chunki ularning foyda olish imkoniyati kamayadi.Bozordagi

raqobat

ham narx shakllanishiga ta’sir qiladigan muhim omildir. Raqobatning turli darajalari

narxlar shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.Davlatning soliq siyosati yoki mahsulotlarga

beriladigan subsidiyalar narxlarni oshirishi yoki pasaytirishi mumkin. Masalan, soliq to‘lashni

kamaytirish yoki subsidiyalarni taqdim etish narxlarning pasayishiga olib kelishi
mumkin.

Inflyatsiya

iqtisodiyotdagi umumiy narxlar darajasining o‘sishidir. Agar inflyatsiya

yuzaga kelsa, barcha mahsulotlar va xizmatlarning narxlari oshadi. Inflyatsiya o‘zgarishlari

ishlab chiqarish xarajatlari, xom ashyo narxlari, ish haqi va boshqa elementlarga ta’sir

ko‘rsatib, narxlarni oshiradi.

Kutilgan inflyatsiya

narxlarni oldindan oshirishga olib kelishi

mumkin, chunki ishlab chiqaruvchilar narxlarni oldindan hisoblab qo‘yishga harakat qilishadi.

Xulosa

Narx har qanday biznes samaradorligining muhim qismidir.Narxlar kompaniyaning

daromadliligining muhim elementlaridan biri bo'lib, u savdo faoliyatiga bevosita ta'sir qiladi,
chunki ma'lum turdagi mahsulotlarning narxlari darajasi va nisbati mijozlar tomonidan

amalga oshirilgan xaridlar hajmiga ta'sir qiladi. Narx belgilashda umumiy yo'nalishni tanlash,
yangi va mavjud mahsulotlar narxlarini aniqlashga yondashuvlar, sotish hajmini, aylanmani
oshirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish, foydani ko'paytirish, kompaniyaning bozordagi
mavqeini mustahkamlash va boshqalar. Haqiqiy tijorat natijalari ko'p jihatdan narxlarga


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

135

bog'liq bo'lib, to'g'ri yoki noto'g'ri narx siyosati firmaning bozordagi mavqeiga uzoq muddatli

ta'sir ko'rsatadi.Agar har bir iqtisodchi narx tuzilmasini bilsa, u holda u kompaniya o'z oldiga
qo'ygan maqsadlarga yaqinlasha oladi, foydani ko'paytiradi va bozorda qolishi, ishlab
chiqarishni kengaytirishi, xarajatlarni kamaytirishi va hokazo, lekin, albatta, , yakuniy
maqsadlarga erishish uchun nafaqat tuzilma, balki narx belgilash usullari va strategiyalari

haqidagi bilimlarni birlashtirish kerak. Mahsulotning yakuniy narxini hisoblashning asosiy
usullarini tahlil qilib, biz bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faqat bitta usuldan

foydalanmasligi kerak degan xulosaga kelishimiz mumkin, chunki bu har doim ham
rejalashtirilgan foydani olishga imkon bermaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullaev Yo. Bozor iqtisodi asoslari. T: «Mexnat» 1998 y.

2.

Moliya bozori darslik / Sh.Sh.Shoha’zamiy, K.Ismoilov, Sh.Q.Fozilchayev, J.I.Karimqulov

T.: Toshkent –“ILM-ZIYO” -2014
3.

“Moliya” T. Malikov va O.Olimjonov 2019-yil nashriyoti;

4.

Moliya bozori: Darslik /S.Elmirzayev, N.Tursunova, N.Sherqoʻziyeva, D.Abdikarimova,

I.Jumaniyazov, M.Zokirjonov, Sh.Elmurodov, N.Shavkatov T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 324 b.

Библиографические ссылки

Abdullaev Yo. Bozor iqtisodi asoslari. T: «Mexnat» 1998 y.

Moliya bozori darslik / Sh.Sh.Shoha’zamiy, K.Ismoilov, Sh.Q.Fozilchayev, J.I.Karimqulov T.: Toshkent –“ILM-ZIYO” -2014

“Moliya” T. Malikov va O.Olimjonov 2019-yil nashriyoti;

Moliya bozori: Darslik /S.Elmirzayev, N.Tursunova, N.Sherqoʻziyeva, D.Abdikarimova, I.Jumaniyazov, M.Zokirjonov, Sh.Elmurodov, N.Shavkatov T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 324 b.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)