ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
34
O‘ZBEKISTON BANK TIZIMI VA UNING BARQARORLIGINI TA’MINLASH
Azimova Yoqutxon
TDIU 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15572389
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining shakllanishi,
ishlash mexanizmi hamda bank tizimining barqarorligini ta’minlash yo‘lida amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ularning natijalari, banklar reytingi haqida keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
bank tizimi, kredit, Markaziy bank, tijorat banki, xususiy banklar, raqamli
banklar, raqamli transformatsiya, kapital yetarliligi, valyuta operatsiyalari, investitsion
xizmatlar, moliyaviy barqarorlik.
KIRISH
Banklar va bank tizimi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ular
nafaqat moliyaviy vositachilikni amalga oshiradi, balki iqtisodiy o‘sish, moliyaviy barqarorlik
va ijtimoiy taraqqiyotga ham hissa qo‘shadi. Banklar jamg‘armalarni yig‘ib, ularni samarali
loyihalarga yo‘naltiradi. Bu jarayon orqali ular iqtisodiy resurslarning optimal taqsimotini
ta’minlaydi va investitsiyalarni rag‘batlantiradi. Banklar kreditlar orqali tadbirkorlik
faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga
yordam beradi. Barqaror bank tizimi investorlar va aholi o‘rtasida ishonchni mustahkamlaydi
va bu ishonch orqali moliyaviy tizimga ko‘proq mablag‘ jalb qilinadi, bu esa iqtisodiy faollikni
oshiradi. Moliyaviy barqarorlik, ayniqsa, iqtisodiy inqirozlar davrida muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, iqtisodiy tizimning izchil ishlashini ta’minlaydi. Bundan tashqari banklar yashil
iqtisodiyot va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim rol o‘ynaydi. Ular ekologik
toza loyihalarni moliyalashtirish, yashil obligatsiyalar chiqarish va ijtimoiy mas’uliyatli
investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash orqali barqaror rivojlanishga hissa qo‘shadi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston bank tizimi sezilarli rivojlanish bosqichlarini bosib
o‘tdi. Dastlab, banklar ixtisoslashgan kredit institutlari sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa,
hozirda ular iqtisodiyotning turli sohalarini moliyalashtiruvchi va aholi ehtiyojlarini
qondiruvchi muhim moliyaviy vositachilarga aylangan. 1992 yil “Banklar va bank faoliyati”
to‘g‘risidagi qonunda aynan O‘zbekistonda ikki darajali bank tizimining tashkil etilishi va
bunda Markaziy bankning zimmasiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari va
to’lov tizimini shakllantirish vazifalari yuklandi. Ushbu qonunning keyingi takomillashtirilgan
tahrirlarida tijorat bankalari faoliyatining huquqiy asosi yanada mustahkamlanib, unda bank
aktivlarining diversifikatsiyalashuvi, xorijiy kapitalni jalb qilgan holda tijorat banklari
shakllantirish tamoyillari yoritib berilgan. 1994 yilning iyul oyida muomalaga kiritilgan milliy
valyuta – so‘m – mustaqil bank tizimi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Aynan shu
vaqtdan boshlab Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni
tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to‘lov tizimini yaratish
bo'yicha faoliyati to'laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta'minlashga qaratildi.
Shuningdek, bank qonunchiligiga oid “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to'g'risida”gi Qonun Markaziy bankning asosiy maqsad-vazifalari, vakolatlarini, “Aktsiyadorlik
jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonun esa nodavlat
banklarning xususiy va aktsiyadorlik-tijorat shaklida tashkil etilishining huquqiy asosini,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni
rag'batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bank sektorida xususiy kapital
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
35
ishtirokini rag’batlantiruvchi kuch bo’ldi. Shuningdek, bank nazorati bo’yicha xalqaro qo’mita
Bazelning tavsiyalariga muvofiq faoliyat ko‘rsatish maqsadida tijorat banklari faoliyatini
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari doirasida tartibga soluvchi kompleks me’yoriy
hujjatlar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi va “Ipoteka
to‘g‘risida”gi Qonunlari (2006-2007 y.) orqali ko'chmas mulkni xarid qilish uchun kreditlar
ajratishning huquqiy mexanizmi va garov qo‘yishda yuzaga keluvchi munosabatlar yo‘lga
qo‘yildi. 2017 yildan boshlab esa banklarda avtoulov xaridi uchun , 2019 yildan boshlab esa
ko‘chmas mulk xaridi uchun uzoq muddatli kreditlar ajratilishi yo‘lga qo‘yildi.
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 20-noyabr kuni bank tizimida transformatsiya
va xususiylashtirish jarayonlari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilishda davlat banklariga shuncha
ko‘mak berilayotganiga qaramay, ularning rentabelligi xususiy va xorijiy banklarga nisbatan
ancha past darajada ekanini ta’kidladi.“Endi loyihalarni ham banklardan so‘raymiz. Yangi
O‘zbekistonda yangi bank tizimi bo‘ladi. 2025-yilga borib, davlat ulushini 70 foizdan 40 foizga
tushirishimiz kerak. Iqtisodiyot shunday rivojlanyaptiki, biz banklarni tezroq strategik
hamkorga bermoqchimiz. 4 ta bankimiz rejada turibdi. Yoki mana “Milliy bank”imizni IPO`ga
chiqarmoqchimiz. Xalqimiz ham manfaatdor bo‘lishi uchun bu bank soat mexanizmidek
ishlashi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
2
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 50-maqsadida bank tizimida islohotlarni
jadallashtirish, bank xizmatlari bozori haimini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish
haqida keltirilgan. Bank va moliya tizimida yillik kreditlash haimini 40 milliard dollarga
yetkazish, bank omonatlari haimini 4 barobarga oshirish, banklarni xususiylashtirish va
davlat ixtiyorida 3-4 ta bankni saqlab qolish, bank bozoriga kamida 4 ta yirik nufuzli chet el
banklarini jalb qilish.
Banklarga xalqaro tan olingan minimal standart va talablarni (joriy qilish orqali
me’yorlar va nazorat bazalarini takomillashtirish, kamida 3 ta tiorat banklarida islom moliyasi
mezon va tartiblarini joriy etish, islom moliyasining qonuniy asoslarini shakllantirish. Sudga
kiritilgan da’volar bo‘yicha kreditlarga oshirilgan foiz va jarima hisoblashni to‘xtatish
mexanizmlarini joriy qilish haqida keltirilgan.
Tahlil va natijalar
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshchiligidagi ikki bosqichli bank tizimini
tashkil qilish respublikaning iqtisodiy mustaqillikka erishish hamda bozor munosabatlariga
o‘tish ehtiyojlariga mos keladi», yaʼni ikki pog‘onali bank tizimining yuqori pog‘onasining
bosh maqsadi milliy valyuta – so‘mning barqarorligini taʼminlashdan iborat bo‘lgan Markaziy
bank, quyi pog‘onasini esa bevosita mijozlar bilan ishlovchi tijorat banklari tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank sektorini boshqaruvchi va nazorat
qiluvchi organ sifatida shakllanish jarayonlari davom etdi. Bank tizimiga taalluqli qonunchilik
bazasi sifat jihatidan yangilanib, xalqaro bank amaliyoti bilan muvofiqlashtirildi.
3
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi bevosita moliyaviy
sektor, xususan bank tizimining ishonchliligi va samaradorligiga bog‘liq. So‘nggi yillarda
mamlakatda bank tizimini modernizatsiya qilish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish
1
O’zbekiston Markaziy banki rasmiy sayti ma’lumoti
2
https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/state-banks/
3
Z.Mamadiyarov, M.Maxmudova, M.Kurbоnbekova Bank ishi. Darslik. ‒ T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa
uyi», 2021 – 160 b.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
36
hamda raqobatbardosh va barqaror moliyaviy muhit yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli
islohotlar olib borilmoqda.
Bank tizimi isloh qilish bu iqtisodiyotning samarali va barqaror rivojlanishini ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan jarayon bo‘lib, u bank xizmatlari sifatini yaxshilash, xususiy sektorni
rag‘batlantirish, davlat ulushini kamaytirish va raqamli texnologiyalarni kengaytirish kabi
masalalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi” bank
tizimini isloh qilishning aniq yo‘l xaritasini belgilab berdi. Ushbu farmonda quyidagi asosiy
vazifalar ko‘zda tutilgan: Bank tizimida davlat ulushini kamaytirish va xususiy sektor ulushini
oshirish, banklar faoliyatida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish xalqaro investorlarni
jalb qilish va xususiy banklar raqobatbardoshligini oshirish, xususiylashtirish va investorlarni
jalb qilish, 2025-yilga kelib, davlat ishtirokidagi kamida uchta bankga xorijiy investorlarni jalb
qilish, shu orqali bank tizimining xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini ta’minlash
rejalashtirilgan. Shuningdek, davlat banklarining xususiy sektor bilan raqobatlashish
imkoniyatlarini oshirish uchun faoliyatini optimallashtirish va xususiy banklar uchun qulay
sharoit yaratish maqsad qilingan edi.
4
Markaziy bank nazoratini kuchaytirish bank tizimini barqarorligini ta’minlashning
choralaridan biridir. 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Markaziy banki Basel III xalqaro
standartlariga mos kapital yetarliligi talablarini joriy etdi. Bu orqali banklarning moliyaviy
barqarorligi oshdi va ular yuqori xavf bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishdan tiyiladigan bo‘ldi.
Bank faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangilash ham muhim o‘rin kasb etadi. 2021-yil
misolida yangi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun
banklarga valyuta operatsiyalari, kapital bozorlari va investitsion xizmatlar bo‘yicha yangi
imkoniyatlar berdi. Kapital bazasini mustahkamlash, kredit portfeli sifatini yaxshilash va NPL
darajasini kamaytirish orqali bank tizimni takomillashtirishga imkon yaratib beradi. 2023-yil
misolida “Ipoteka Bank” tomonidan kreditlarni baholash tizimi takomillashtirilib, NPL
darajasi 9% dan 4.7% gacha tushirildi. Bu islohotlar bank tizimining ishonchliligini oshirgan
edi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, bank tizimida muammoli kreditlar hajmi 3,5%ga kamaydi. Bu
borada Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan prudensial nazorat choralari, xususan,
kredit portfeli sifatini yaxshilash, yirik qarzdorlarning moliyaviy holatini tahlil qilish va
muammoli kreditlarning undirilishini samarali tashkil etish kabi tadbirlar muhim rol o‘ynadi .
Raqamli transformatsiya ya’ni raqamli bank xizmatlarini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Shundan kelib chiqib, Respublikamizda 2020-yilda Anorbank va TBC banklar dastlabki
raqamli banklar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Anorbank va ―TBС banklar o‘z mijozlariga
mobil ilovalar yoki statsionar kompyuterlar orqali to‘liq raqamli xizmatni taqdim etmoqda. Bu
shundan dalolat beradiki, raqamli bank mijozi 24/7 tizimida bank xizmatlaridan foydalanishi
mumkin. Yaʼni bunda, raqamli bank tizimida mijozga mobil dasturi, mobil dasturga asosan esa
yuqori texnologiyali IT-infratuzilma bilan taʼminlangan bank operatsiyalarining yuqori
moslashuvchanligi taqdim etiladi.
5
2022-yilda esa “Hamkorbank” o‘zining to‘liq raqamli mobil
ilovasini ishga tushirdi. Mijozlar endi kartasiz to‘lovlar, kredit olish va hisob yuritishni ilova
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2020–2025-
yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi”.
5
Depozit.uz ―O‘zbekistondagi raqamli banklar va ularning istiqbollari 26-iyul 2021-yil.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
37
orqali amalga oshira oladilar. Bu xizmatlardan foydalanuvchilar soni bir yilda 3 baravarga
oshdi. 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasida
davlat banklarini xususiylashtirish va ularni transformatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Masalan 2022-yilda “Ipoteka Bank”ning 75% ulushi Vengriyaning “OTP Bank”i tomonidan
sotib olindi. Bu O‘zbekiston bank tizimiga yevropalik investorlarni jalb qildi va menejmentda
xalqaro tajriba paydo bo‘ldi. Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kuchaytirish
tashqi moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradi. Masalan 2020-yilda Yevropa
Tiklanish va Taraqqiyot Banki (EBRD) “Savdogarbank” va boshqa banklarga 200 million
dollarlik kredit liniyasini ochdi. Bu kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirishga
xizmat qildi.
2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston bank tizimining jami kapital yetarlilik
koeffitsiyenti 17,3%ni, I darajali kapital koeffitsiyenti esa 14,2%ni tashkil etdi. Bu
ko‘rsatkichlar Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talablar darajasidan yuqori
bo‘lib, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat
qilmoqda. 2024-yil 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimi aktivlari 648,6 trillion
so‘mni, majburiyatlari esa 549,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar bank tizimining
o‘sish sur’atlari va moliyaviy barqarorligini aks ettiradi .
Oʻzbekistondagi eng yirik banklarning 2024-yilning uchinchi choragidagi yangilangan
reyting banklar pogʻonalarining turlicha dinamikasini koʻrsatdi. 17 ta yirik banklar orasida
toʻrttasi oʻz oʻrinlarini saqlab qola olmadi, uchta bank esa oʻz pozitsiyalarini yaxshiladi. Shu
bilan birga, 10 ta bank oʻz pogʻonalarini oʻzgarishsiz saqlab qolishdi, bu esa bank sektorda
raqobatning kuchayganligini koʻrsatadi. Yirik banklar reytingida Top–6 banklar Kapital bank,
Trast bank, Aziya Alyans bank, Hamkor bank, Ipak yoʻli bank, Orient finans bank oʻz oʻrinlarini
saqlab qoldi.“Mikrokreditbank” joriy chorakda eng yaxshi natijani koʻrsatib, oʻz pozitsiyasini
birdaniga ikki pogʻonaga yaxshiladi va reytingda 11-oʻrinni egalladi. Oʻzsanoatqurilish bank
moliyaviy ommaboplik boʻyicha va aktivlar sifati boʻyicha 1 pogʻonaga, likvidlilik boʻyicha
birdaniga 3 pogʻonaga koʻtarilganligi sababli umumiy reytingda oʻz oʻrnini 1 pogʻonaga
yaxshilagan. Davlat ulushi mavjud yirik banklardan Xalq banki umumiy reytingda 1 pogʻonaga
koʻtarilishiga moliyaviy ommaboplik va likvidlilik boʻyicha 1 pogʻonaga, boshqaruv
samaradorligi boʻyicha 2 pogʻonaga yuqorilashishi turtki bergan.
6
No
Banklar
Umumiy
reyting
Reyting
o‘zgarishi
Moliyaviy
vositachilik
bo‘yicha
reyting
Moliyaviy
ommaboplik
bo‘yicha
reyting
1
Kapital bank
1
0
1
1
2
Trast bank
2
0
5
10
3
Asia alliance
bank
3
0
1
12
4
Hamkor bank
4
0
10
3
5
Ipak yo‘li bank
5
0
9
2
6
Orient finance
6
0
7
17
6
https://uz24.uz/uz/articles/bank-10-24
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
38
bank
7
Xalq banki
7
1
6
8
8
Invest finance
bank
8
-1
1
16
9
Ipoteka bank
9
0
12
4
10
Aloqa bank
10
0
4
9
11
Mikrokredit
bank
11
2
11
7
12
Biznesni
rivojlantirish
banki
12
-1
15
6
13
O‘zmilliy bank
13
-1
16
15
14
O‘zsanoatqurilis
h bank
14
1
17
14
15
Agrobank
15
-1
13
5
16
Turon bank
16
0
8
11
17
Asaka bank
17
0
14
13
Xulosa
Bank tizimining barqarorligi nafaqat moliyaviy resurslar, balki samarali boshqaruv,
raqamli texnologiyalar, xalqaro standartlarga mos qonunchilik va ishonchli nazorat tizimiga
asoslangan kompleks jarayondir. O‘zbekiston bank tizimi so‘nggi yillarda amalga oshirilgan
islohotlar natijasida moliyaviy barqarorlik, kapital yetarliligi, kredit portfeli sifati va raqamli
xizmatlar rivoji kabi yo‘nalishlarda sezilarli yutuqlarga erishdi. Bu esa mamlakat
iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga, investitsiyalar jalb etilishiga va moliyaviy tizimga bo‘lgan
ishonchning oshishiga xizmat qilmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Markaziy banki rasmiy sayti ma’lumoti
2.
https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/state-banks/
3.
Z.Mamadiyarov, M.Maxmudova, M.Kurbоnbekova Bank ishi. Darslik. ‒ T.: «Innovatsion
rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021 – 160 b.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni
bilan tasdiqlangan “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank
tizimini isloh qilish strategiyasi”.
5.
Depozit.uz ―O‘zbekistondagi raqamli banklar va ularning istiqbollari 26-iyul 2021-yil.
6.