ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
126
INFORMATIKA OʻQITISH METODIKASI FANIDAN KEYSLARNI QO’LLANISHI
VA UNING AHAMIYATI
Raxmonov Mirzoxidjon Shavkatovich
Andijon davlat pedagogik instituti, Informatika va aniq fanlar kafedrasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13912826
Аnnоtаtsiyа.
Ushbu maqolada keys texnolgiyasining ta’limda qo’llanishi, keys turlari,
ularni ko’llash yordamida talabalarning ijodiy, mantiqish fikrlashlari, jamoada ishlash
ko’nikmalarini shakllantirish bayon etilgan.
Аннотация.
В данной статье описано применение кейс-технологии в образовании,
виды кейсов, формирование творческого, логического мышления учащихся, умений
работать в команде с помощью их масштабирования.
Kalit so’zlar.
Keys, keys texnologiya, keys-stadi, informatika oʻqitish metodikasi, raqamli
texnologiya, keys turlari, keys topshiriqlari
Ключевые слова.
Кейсы, технология кейсы, кейс-стади, методика преподавания
информатики, цифровые технологии, типы кейси, назначение кейси.
Keys texnologiyasi yoki muayyan vaziyatlar usuli (ingliz tilidan case – vaziyat, xolat)–bu
muayyan muammoli vaziyatlarni hal qilish (ishlarni hal qilish) orqali o’rganishga asoslangan
faol muammoli-vaziyatni tahlil qilish usulidir
Keys ta’limda-talaba va pedagog doimiy ravishda o’zaro harakati kuzatiladi, ta’lim berish
shakli tanlanadi, o’zaro munosabatlarga kirishadi, o’z harakatlariga motivatsiya oladi. Keys-
metodlarda baxslashuvlar, talabalar mavzuga oid etarlicha argumentlar bo’lib, baxslashuvda
ularni qo’llaydilar. Jamoada ishlash normalari va qoidalariga amal qiladilar. Keys metodlar
tarkibiga ko’ra bir nechtaga bo’linadi.
Rejalashtirilgan keyslar-aniq sonlar va faktlar, xodisalarga asoslanadi. Bunday tipdagi
keyslarga aniq javoblarga ega vaziyatlar tanlab olinadi. Bu kabi keyslar talabalarning aniq bir
mavzu, formula, qoida haqidagi bilimlarini baholash uchun qo’llaniladi.
Rejalashtirilmagan keyslar-ular o’zlarida katta ko’lamlagi ma’lumotlarni ifodalaydi va
talabalarning tez fikrlashi, aniq bir sohadagi birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlarni ajratish
faoliyatlarini rivojlantirish uchun qo’llaniladi. Bu keyslarda bir nechta to’g’ri javob variantlari
va kutilmagan nostandart echimlar ham nazarda tutiladi.
Tez echiluvchi keyslar. Bu turdagi keyslar juda qisqa yoki juda uzun bo’lishi mumkin.
Bunday keyslar talabalarga nostandart fikrlashni, kreaktiv g’oyalarga berilgan vaqt ichida
erishadilar. Agar keys to’g’risida jamoaviy echimlar berilsa, ular ichidan amalga
ko’llaniladiganlari ajratib olinadi.
Kays texnologiya metodi boshqa ta’lim berish metodlaridan farqli ravishda o’z belgi va
texnologik xususiyatlariga ega bo’ladi. Keyslar fandagi mashg’ulot turi doirasida o’zaro farq
qiladi. Ya’ni seminar, amaliy darslardagi keyslar maqsadiga ko’ra ajratiladi. Berilgan vazifalar
talabalarga individual nazariyalar, usullar va qonuniyatlarni o’rganish, ko’llash imkoniyatini
beradigan materialni taqdim etadi. Keysga asoslangan ta’lim talabalarda fanga oid
ko’nikmalarni egallashga yordam beradi. Berilgan keyslarda odatda bitta echimga va bu
echimga olib boradigan bitta yo’lga ega bo’ladi.
Keys texnologiya informatika darslarida ish o’rganish ob’ekti sifatida ham ishlaydi
(talabalar o’z ishlanmalarini ishlab chiqadilar) va samarali ta’lim vositasi sifatida qo’llaniladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
127
Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda keys usulini joriy etish amaliyotda
kompetentsiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirishga imkon beradi.
Keysni o’rganish usuli-bu haqiqiy vaziyatlarda faol o’rganishga asoslangan usuldir.
Nazariy bilimlarni optimal tarzda amaliyotdagi ishlarni bajarishga undaydi.
Haqiqiy asoslangan muammoli vaziyatni yaratish-hayotiy faktlar bu usulning o’ziga xos
xususiyati. Usul nafaqat shakllantirishni, balki muammoni hal qilishni, shuningdek,
shakllantirilgan muammoning tashuvchisi sifatida harakat qilishi mumkin bo’lgan muayyan
vaziyatni tanlashni ham o’z ichiga oladi.
Muayyan vaziyat:
nazariy kurs mazmuniga va talabalarning kasbiy ehtiyojlariga mos kelishi kerak;
muammoli bo’lishi, muammoning "yadrosini" aniq belgilashi va kerakli va etarli
miqdordagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak;
bu talabalar qo’lida bo’lishi kerak, lekin ayni paytda juda oddiy emas;
ishlarning rivojlanishi mahalliy materiallarga asoslangan bo’lishi kerak va ularni hozirgi
o’quv jarayoniga "joylashtiring";
muammoni hal qilish bo’yicha maslahatlar bo’lmasligi kerak;
qiziqarli, sodda va tushunarli tilda tasvirlangan bo’lishi kerak;
u bilan ishlash bo’yicha aniq ko’rsatmalar berilishi kerak.
O’quv jarayonini faollashtiradigan keys texnologiyalariga quyidagilar kiradi: hodisa
usuli; biznes yozishmalarini tahlil qilish usuli; vaziyatni tahlil qilish usuli.
Keys o’zida bir nechta rol tizimiga ega. Rol deganda qo’yilgan talablar to’plami
tushuniladi. Muayyan ijtimoiy lavozimlarni egallagan shaxslar to’g’risida. Yuqori ishdagi
rollarning kontsentratsiyasi ish usulini uning rol o’ynash shakliga aylantirishga olib keladi va
birlashtirgan o’yinga asoslangan o’rganish usuli, intellektual rivojlanishning nozik
texnologiyasi bilan o’yin va umumiy boshqaruv tizimi. Quyida informatika o’qitish fanidan bir
nechta keys namunalar keltiramiz.
Informatikaga oid keys namunalar
Keys 1.
Mavzu.
Internet qidiruv tizimi
Maqsad.
Talabalarning internet qidiriuv tizimlaridagi bilimlarini rivojlantirish,
takomillashtirish, brauzer dasturlarda ishlash koʻrikmalarini mustaxkamlash.
Xodisa bayoni.
Moxira uchun tarix darsidan “Buyuk ajdodlarimiz merosi” loyihasini
tayyorlashi kerak. Loyihada ajdodlarimiz haqida ma’lumotlar, rasmlar, allomalarimizning
biografik ma’lumotlari boʻlishi kerak.
Keys topshirigʻi.
Mohira tarix fanidan ushbu loyihani tayyorlash uchun qanday ishlarni
amalga oshirishi kerak. Ma’lumotlarni qidirish uchun qanday brauzerni ishlatadi va qanday
kalit soʻzlardan foydalanadi?
Keys 2.
Mavzu
. Elektron pochta.
Maqsad.
Elektron pochta bilan ishlash bilimlarni tizimlashtirish, takomillashtirish;
elektron pochta, uning funktsiyalari va interfeysi toʻgʻrisidagi bilimlarini mustaxkamlash.
Kasbiy faoliyatida elektron pochta xizmatlaridan samarali foydalanish kompetentsiyalarini
shakllantirish.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
128
Xodisa bayoni.
ADPI oliy ta’lim muassasasi konferentsiya tashkil etmoqchi.
Konferentsiyaga esa 100 ga yaqin ishtirokchilar taklif etilishi kutilyapti. Konferentsiyaga
taklifnomalar 1 ish kunida joʻnatilishi kerak. Konferentsiya kotibi shu 1 ish kunida faqat 50 %
ga yaqin ishtirokchilarga taklifnomalarni tarqata oldilar.
Keys topshirigʻi
. Sizningcha nima uchun konferentsiya kotibi oʻziga yuklangan vazifani
vaqtida bajara olmadi. Ushbu muammoni hal qilish uchun qanday usullarni taklif qila olasiz?
Keys 3.
Mavzu.
Grafik redaktorlar. Grafik redaktorda rasm yaratish.
Maqsad.
Grafik redaktorlar toʻgʻrisidagi bilimlarni tizimlashtirish, amaliy ishlata olish;
grafik redaktor instrumentlardan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish; ijodkorlik
qobiliyatini takomillashtirish; shaxsiy oʻz natijalarga erishishni shakllantirish.
Xodisa bayoni
. Faraz qiling siz rassomsiz. Siz yangi Oʻzbekistonni qanday tasavvur
qilishingizni tasvirlang. Yangi Oʻzbekiston haqidagi videolarni koʻring. Siz koʻrgan videolar
yordamida sizning tasavvuringiz kengayadi va asaringiz uchun syujet paydo boʻladi.
Keys topshirigʻi
. Siz oʻz vataningizni qanday tasavvur qilasiz? Ushbu tasavvuringizni
grafik redaktor vositalari yordamida tasvirlang.
Keys 4.
Mavzu.
MS Excel vositasida diagrammalar yaratish
Maqsad.
Elektron jadvallar haqidagi bilimlarni takomillashtirish; funktsiyalar bilan
ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish; berilgan topshiriq asosida grafik qurish bilimlarini
shakllantirish; muammoga echim izlash bilimlarini takomillashtirish.
Xodisa bayoni.
Sizga berilgan topshiriq xafta davomida kun xaroratini oʻlchaysiz va
ma’lumotlarni jadvalda qayd etib borasiz. Siz geograf sifatida haraqat qilishingiz va Excel
vositasidan foydalanib olingan ma’lumotlar asosida jadval tuzing, eng issiq kun, eng sovuq kun,
oʻrtacha xaroratni aniqlang.
Keys topshirigʻi.
Maksimal va minimal qiymatlarni topish uchue qanysi funktsiyalar
ishlatiladi? Olingan natijalar uchun diagramma qanday yaratiladi? Diagrammada jadvaldagi
ma’lumotlar qanday koʻrsatiladi?
Shunday qilib keys texnologiyasi o’qituvchi tomonidan qo’llanishi talabalarning
individual faolligini oshiradi, o’qish-o’rganish uchun ijobiy motivatsiyani yaratadi. Keyslarni
echish jarayonida past o’zlashtiruvchi, o’ziga ishonsiz bo’lgan talabalar “jonlanib” qoladilar va
qoloq talabalar soni kamayishga erishiladi. Bo’lajak pedagog kadrlarni raqamli texnologiyalar
asosida o’qitish ta’lim samaradorligini oshiradi va rivojlantirishiga erishiladi. Keyslarni
mashg’ulot davomida yoki raqamli ta’lim muhitida (onlayn) qo’llash talabalarning shaxsiy
fazilatlari, malakalari shakllanib boradi, boshqa tomondan esa o’qituvchi o’zini
takomillashtirish, ijodiy fikrlash, raqamli kontentlarni yaratish, o’z kasbiy salohiyatini
yangilash imkonini beradi.
Shu bilan birga talabalar jamoada ishlash, shaxsiy rivojlanishi, taxlil qilish bilimlari,
vaziyatga baho berish va uni anglash, qaror qabul qilish, o’z faoliyatini rejalashtirish va
umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
References:
1.
Земскова А. С. Использование кейс-метода в образовательном процессе / А. С.
Земскова // Совет ректоров, 2008. № 8. С. 12-16.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
129
2.
Багирова И.Х., Бурыхин Б.С. Кейс-стади как интерактивный метод в образовании
студентовэкономистов в процессе изучения дисциплины. «Управление персоналом» //
Вестн. Томского гос.ун-та. 2012. № 3(19). С. 118–129.
3.
Бакиева Ф.Р., Муллакаева В.С. Кейс-метод как способ формирования
профессиональной компетентности будущих педагогов // Молодой ученый. 2015. № 12.
С. 707–710.
4.
Берсенева О.В. Кейс-метод – инструмент формирования исследовательских
компетенций будущих учителей математики // Педагогическое мастерство и
педагогические технологии. 2015. № 2(4). С. 103–105.