ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
46
KORRUPSION JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA TERGOVNI
REJALASHTIRISH
Qodirova Go‘zal Qodir qizi
O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
Yurisprudensiya: biznes huquqi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12281510
Annotatsiya:
mazkur maqolada jinoyat ishi doirasida dalillarni faqatgina yig‘ish emas, balki
yig‘ilgan dalillarni har tomonlama tekshirish, o‘rganib chiqish va ularni jinoyat ishi holati
bo‘yicha to‘g‘ri baholash bo ‘yicha masalalar yoritiladi va takliflar bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
tergov, jinoyatchilik, dastlabki tergov rejasi, jinoyatni tergov qilishni
rejalashtirish.
PLANNING AN INVESTIGATION INTO THE INVESTIGATION OF CORRUPT
CRIMES
Kadirova Guzal is the daughter of Kadir
National University of Uzbekistan Faculty of Social Sciences
Jurisprudence: direction of business law Stage 2 student
Annotation
: this article covers issues within the framework of a criminal case that are not just
a collection of evidence, but a comprehensive examination of the collected evidence, study and
correct assessment of them in the case of a criminal case, and suggestions are made.
Keywords
: Investigation, crime, preliminary investigation plan, planning criminal
investigation.
ПЛАНИРОВАНИЕ РАССЛЕДОВАНИЯ В РАССЛЕДОВАНИИ
КОРРУПЦИОННЫХ ПРЕСТУПЛЕНИЙ
Кадирова Гузал Кадир кизи
Национальный университет Узбекистана Факультет социальных наук
Юриспруденция: направление делового права Студент 2-го курса
Аннотация:
В данной статье освещаются вопросы и высказываются предложения не
только по сбору доказательств в рамках уголовного дела, но и по всесторонней
проверке, изучению собранных доказательств и их правильной оценке по состоянию
уголовного дела.
Ключевые слова:
расследование, преступность, план предварительного расследования,
планирование расследования преступления.
Jinoyatni tergov qilish murakkab va ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayon bo‘lib, tergovchidan
yuqori saviyadagi tashkiliy va aqliy qobiliyatlarni talab qiladi. Tergov qilish jarayonining
murakkabligi shundaki, jinoyat ishi doirasida dalillarni faqatgina yig‘ish emas, balki yig‘ilgan
dalillarni har tomonlama tekshirish, o‘rganib chiqish va ularni jinoyat ishi holati bo‘yicha to‘g‘ri
baholash zarur, chunki, jinoyatchilar ko‘p hollarda sodir etgan jinoyatlarini yashirish uchun
turli xil ayyorlik ishlatadilar, ya’ni jinoyat izlarini turli usullar bilan yashiradilar, jinoyatga
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
47
baxtsiz tasodif, o‘z joniga qasd qilish yoki boshqa bir jinoyat ko‘rinishini berishga harakat
qiladilar hamda ba’zi hollarda jabrlanuvchi, guvoh va ish uchun daxldor bo‘lgan boshqa
shaxslarga nisbatan tazyiq o‘tkazadilar.
Jinoyat huquqiy jihatdan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar doirasida surishtiruvchi, tergovchi
va sud uchun jinoyatlarni ochish, jinoyatlarni tergov qilish va jinoyatlarni sodir etgan shaxsga
nisbatan adolatli hukm chiqarish jarayonlarida qilmish doirasida aniqlanishi lozim bo‘lgan
holatlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham tergovchining sodir
etilgan jinoyat doirasida o‘tkazishi kerak bo‘lgan barcha harakatlarini oldindan rejalashtirib
olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tergov rejasini tuzish nafaqat korrupsion jinoyatlarni, balki barcha jinoyatlarni tergov qilish
jarayonida ham tergovchi va prokuror tomonidan tergovni olib borishning rejasi tuzilishi
mumkin va u og‘zaki, yozma yoki ikkala shaklda bo‘lishi mumkin.
Chunki, dastlabki tergov rejasini tuzishda faqatgina tipik tergov vaziyatidangina kelib chiqadi,
ma’lumotlar kam bo‘ladi yoki mavhumlikka asoslangan holda tuziladi. Lekin, umumiy maqsad
va asos yagona bo‘ladi. Tergov jarayoni davomida to‘plangan ma’lumotlar asosida dastlabki
mavhumliklarga aniqlik kiritiladi va dalillarni baholash va ularni tizimlashtirishga qaratilgan
harakatlar bilan to‘ldirilishi mumkin.
Jinoyatni tergov qilishni rejalashtirish – jinoyat-protsessual qonunchiligining talablari va
hodisaning o‘ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda tergov vazifalarini, ularni
yechish yo‘llari va usullarini aniqlash, tashkil etish
esa
tuzilgan tergov rejasini optimal amalga
oshirish maqsadini ko‘zlaydi, ya’ni ta’minlovchi xususiyat kasb etadi.
Har qanday kriminalistik faoliyatni rejalashtirish hech bo‘lmasa minimal boshlang‘ich
axborotga ega bo‘lishni, yuzaga kelgan vaziyatga, yuzaga keluvchi vazifalarni hal qilish
imkoniyatiga to‘g‘ri baho berishni, alohida rejalar o‘rtasida muvofiqlikni ta’minlashni, jinoyatni
ochishda belgilangan vaqt chegarasini qat’iy hisobga olishni taqozo etadi.
Jinoyatlarini tergov qilish jarayonida tergovni rejalashtirish qay darajada ahamiyatli ekanligi
haqida bir qator tadqiqotchi olimlar ham o‘z fikrlarini bildirgan. Jumladan, tadqiqotchi olim N.
B. Semyinaning fikricha, tergovni rejalashtirish tergovchining tergov faoliyatini teshkil
etishning muhim va ajralmas elementi, uning usuli, shuningdek, jinoyatni tergov qilishning
samaradorligi va sifatining zarur va muhim sharti.
Dubrovitskaya va I.M. Luzginning ta’kidlashlaricha, tergovni rejalashtirish - bu tergovning
vazifalari, ularni hal qilish yo‘llari va usullarini aniqlash uchun murakkab bo‘lgan fikrlash
jarayoni deya ta’kidlaydi.
Yuqoridagi olimlar tomonidan ilgari surilgan fikridan ko‘rishimiz mumkinki, jinoyatlarni
tergov qilishni rejalashtirish muayyan bir jinoyat doirasida tergov qilish muammolarini qo‘yish
va uni hal qilish jarayonlarida eng samarali bo‘lgan usullarni belgilash bilan bog‘liq jarayon
hisoblanadi. Tergovchi ana shunday oldindan ishlab chiqilgan tergov rejasiga amal qilish orqali
yuzaga keluvchi vazifalarni o‘z vaqtida hal qilish, shu tariqa ilgari surilgan tusmollarni
tekshirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o‘z ish yurituvida bo‘lgan har bir jinoyat ishi bo‘yicha
bir maromda ish olib borish, rejaga o‘z vaqtida tuzatish kiritish, olingan natijalarga aniq baho
berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ish bo‘yicha tergov qilish rejasi dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilgandan keyin tuziladi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning o‘ziyoq, qoida tariqasida, tusmollar qilish va
reja tuzish uchun zarur axborotlarni beradi. Odatda ishlarni, aytaylik, poraxo‘rlik jinoyatlari
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
48
to‘g‘risidagi ishlarni tergov qilishda tergov rejasini jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun asos bo‘lgan
hujjatlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosidayoq tuzish mumkin. Biroq, dastlabki tergov
rejasi qat’iy emas. Tergov qilish jarayonida uning doirasi kengayib yoki ayrim keraksiz deb
hisoblangan qismlari olib tashlash hisobiga qisqarib, yangilanib borishi mumkin.
Korrupsion jinoyat ishi doirasida tergovchi tomonidan tuziladigan tergov rejasi har bir
jinoyatning sodir etish vaziyatlari, jinoyatning o‘ziga xos xususiyatlari va mazmuni bilan bo‘gliq
bo‘ladi.
Jinoyatlar doirasida tergovchi tomonidan tergov rejasini tuzishda o‘ziga xos bo‘lgan prinsiplar
asosida tuziladi. Mazkur prinsiplardan eng asosiysi qonuniylik prinsipi hisoblanadi. Mazkur
prinsipga ko‘ra tergovchi tergov rejasini tuzishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslari talablari doirasida tergov
harakatlarini amalga oshirilishini nazarda tutadi.
Jinoyatlarni tergov qilishni rejalashtirishning reallik prinsipi. Rejalarni tuzishda ular jinoyatni
tergov qilish bo‘yicha ish hajmini haqiqiy baholashdan, shuningdek, tergovchining kuchlari va
imkoniyatlarini hisobga olishdan, foydalaniladigan texnik-kriminalistik vositalar va usullarni,
tezkor xodimlar, ekspert-kriminalistlar va jamoatchilik bilan o‘zaro aloqa qilish shakllaridan
kelib chiqadi. Rejada ko‘rsatilgan barcha harakatlar ular uchun real tarzda tergov rejasida
belgilangan muddatda amalga oshirilishi kerak.
Jinoyatlarni tergov qilishni dinamik rejalashtirish tamoyili. Tergov jarayonida jinoyat ishi
bo‘yicha butun ish davomida o‘zgarishsiz qoladigan, qat’iy reja tuzish mumkin emas. Chunki,
bevosita faoliyatni amalga oshirish davomidagi ishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq
bo‘ladi, ya’ni ilgari noma’lum bo‘lgan faktlar aniqlanganligi sababli, tergov holati obyektiv
ravishda o‘zgarib qolishi mumkin bo‘lgan holatlarga bog‘liq. Yangi ma’lumotlar va manfaatdor
tomonlarning qarshiliklarini hisobga olgan holda, dastlabki tuzilgan rejani o‘zgartirishlari,
aniqlik kiritishlari va to‘ldirishlari kerak bo‘ladi, shuningdek undan keraksizlarni chiqarib
tashlashlari kerak bo‘ladi.
Jinoyatlarni tergov qilishni rejalashtirishning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha tamoyillari
o‘zaro bir-biriga bog‘liq va aloqadordir. Ulardan ba’zilari boshqalarni to‘ldirib bir vaqtning
o‘zida rejalashtirishning turli tomonlarini aks ettiradi. Ulardan bittasining buzilishi muqarrar
ravishda boshqa tamoyillarni ham buzilishiga olib keladi. Ularning barchasini muvofiqlik
asosida rejalashtirish tergov ishini samaradorligini ta’minlash va shu orqali jinoyatlarni
samarali tergov qilish va fosh qilish uchun imkonini beradi.
Muhtasar qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksida
tergovning amalga oshirish muddatlari keltirilgan bo‘lib, ushbu muddatlarga rioya etmaslik
protsessual qonunchilikni buzilishiga olib keladi. Shuning uchun ham tergovchi tomonidan
jinoyatlarni tergov qilishning samaradorligini oshirish va qonun buzilishini oldini olish uchun
tergovni amalga oshirish rejasini tuzib oladi. Bunday tergov rejalari tergovchi tomonidan tipik
tergov vaziyatlarini har tomonlama o‘rganib unga asosan tergov faoliyatni rejalashtirish va uni
tashkil etishga alohida ahamiyat qaratishi lozim bo‘ladi. Bu esa jinoyat ishini tergov qilish,
ochish va oldini olishda faoliyat samaradorligini oshirish, qonuniylik va adolatni qaror
toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
49
References:
1.
Kriminalistika. Darslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYU, 2015. – 180
bet.
2.
Семьина, Н. Б. Основы планирования и программирования следственной
деятельности: автореф. дис. … канд. юрид. наук. М., 2009.
3.
Криминалистическая тактика / отв. ред. В. Н. Карагодин, Е. В. Шишкина.
Екатеринбург, 1998.
4.
Криминалистика / отв. ред. Н. П. Яблоков. М., 2005. С. 129.
5.
Shakurov R.R., Rahimov A.M.,Jumanov Sh.T., Toshtemirov N. Bir necha shaxslar
tomonidan yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish
xususiyatlari. O‘quv qo‘llanma. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi, 2010- yil. 47 bet.
6.
Планирование расследования: учебное пособие / Н.И. Долженко, Н.А. Жукова, И.А.
Ярощук. – Белгород: ИД “БелГУ” НИУ “БелГУ”, 2021.
7.
Курьянова, Ю. Ю. Принципы планирования расследования преступлений [Текст] /
Ю. Ю. Курьянова // Сибирский юридический вестник. – 2009. – N 4 (47). – С. 78-83.